Научная статья на тему 'ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHDA LOGISTIKA INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHDA LOGISTIKA INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
53
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Elektron tijorat / logistika infratuzilmasi / raqamli texnologiyalar / transport tizimi / iqtisodiy samaradorlik / strategik rivojlanish / zamonaviy logistika markazlari. / E-commerce / logistics infrastructure / digital technologies / transport system / economic efficiency / strategic development / modern logistics centers.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Zaripov Alisher Muxammatovich

Mazkur maqolada O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishda logistika infratuzilmasini shakllantirishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Elektron tijoratning muvaffaqiyatli faoliyati uchun zamonaviy logistika tizimlarini joriy qilish zarurligi asoslangan. Maqolada davlatning strategik hujjatlari va xalqaro tajribaga tayangan holda, transport va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Statistik ma’lumotlar va jadvallar yordamida mavjud muammolar ko‘rsatilib, ularning yechimi yuzasidan ilmiy-amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC ASPECTS OF FORMING THE LOGISTICS INFRASTRUCTURE IN THE DEVELOPMENT OF ELECTRONIC COMMERCE

This article analyzes the specific aspects of the formation of logistics infrastructure in the development of e-commerce in Uzbekistan. It is based on the need to introduce modern logistics systems for the successful operation of e-commerce. The article, based on state strategic documents and international experience, provides recommendations for the modernization of transport and logistics infrastructure and the introduction of digital technologies. Using statistical data and tables, existing problems are shown and scientific and practical approaches to their solution are developed.

Текст научной работы на тему «ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHDA LOGISTIKA INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHDA LOGISTIKA INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Zaripov Alisher Muxammatovich

TATU magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishda logistika infratuzilmasini shakllantirishning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Elektron tijoratning muvaffaqiyatli faoliyati uchun zamonaviy logistika tizimlarini joriy qilish zarurligi asoslangan. Maqolada davlatning strategik hujjatlari va xalqaro tajribaga tayangan holda, transport va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Statistik ma'lumotlar va jadvallar yordamida mavjud muammolar ko'rsatilib, ularning yechimi yuzasidan ilmiy-amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Elektron tijorat, logistika infratuzilmasi, raqamli texnologiyalar, transport tizimi, iqtisodiy samaradorlik, strategik rivojlanish, zamonaviy logistika markazlari.

ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ЛОГИСТИЧЕСКОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ В РАЗВИТИИ ЭЛЕКТРОННОЙ ТОРГОВЛИ

Зарипов Алишер Мухамматович

Магистрант ТУИТ

Аннотация: В данной статье анализируются конкретные аспекты формирования логистической инфраструктуры в условиях развития электронной коммерции в Узбекистане. В его основе лежит необходимость внедрения современных логистических систем для успешной работы электронной коммерции. В статье даны рекомендации по модернизации транспортно-логистической инфраструктуры и внедрению цифровых технологий, основанные на стратегических документах государства и международном опыте. С помощью статистических данных и таблиц показаны существующие проблемы и разработаны научные и практические подходы к их решению.

Ключевые слова: Электронная коммерция, логистическая инфраструктура, цифровые технологии, транспортная система, экономическая эффективность, стратегическое развитие, современные логистические центры.

SPECIFIC ASPECTS OF FORMING THE LOGISTICS INFRASTRUCTURE IN THE DEVELOPMENT OF ELECTRONIC COMMERCE

Zaripov Alisher Mukhammatovich

Master student of TUIT

Abstract: This article analyzes the specific aspects of the formation of logistics infrastructure in the development of e-commerce in Uzbekistan. It is based on the need to introduce modern logistics systems for the successful operation of e-commerce. The article, based on state strategic documents and international experience, provides recommendations for the modernization of transport and logistics infrastructure and the introduction of digital technologies. Using statistical data and tables, existing problems are shown and scientific and practical approaches to their solution are developed.

Keywords: E-commerce, logistics infrastructure, digital technologies, transport system, economic efficiency, strategic development, modern logistics centers.

KIRISH

So'nggi yillarda global iqtisodiyotda elektron tijoratning ahamiyati ortib bormoqda. Xitoy, AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida elektron tijorat global savdoning asosiy drayverlaridan biriga aylangan. Xitoy elektron tijorat bozorining hajmi 2023-yilda 2,8 trillion AQSh dollariga yetib, dunyo bozorining qariyb chorak qismini tashkil etgan. AQShda esa bu ko'rsatkich 1,6 trillion AQSh dollariga yetgan. Elektron tijorat bu mamlakatlar iqtisodiyoti uchun nafaqat savdo hajmini oshirish, balki yangi ish o'rinlarini yaratish va ichki bozorni mustahkamlashning asosiy vositasiga aylangan.

O'zbekiston ham bu jarayondan chetda qolmay, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. 2022-yilda mamlakatda elektron tijorat bozori hajmi 500 million AQSh dollarini tashkil etgan. Bu ko'rsatkich global miqyosda kichik bo'lsa-da, O'zbekistondagi elektron tijoratning yuqori potensialini ko'rsatadi. Ammo ushbu sohaning samarali rivojlanishi uchun zamonaviy va samarali logistika infratuzilmasini shakllantirish zarur. Samarali logistika tizimlari nafaqat milliy savdo tizimining samaradorligini oshiradi, balki xalqaro savdo oqimlarida raqobatbardoshlikni kuchaytiradi1.

Elektron tijoratni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir jihat logistika tizimidir. Logistika tizimi mahsulotlarni xaridordan yetkazib beruvchiga yetkazishda tezkorlik va aniqlikni ta'minlash orqali elektron tijorat xizmatlarini

1 Statista.com China: Retail e-commerce sales from 2014 to 2023 [Elektron resurs]. - Rejim dostupa: [https://www.statista.com/statistics/379046/china-retail-e-commerce-sales/]. - Data obrascheniya: 04.12.2024.

raqobatbardosh qiladi. Global darajadagi elektron tijoratda logistika va ta'minot zanjiri tizimlarining ishlashi bir nechta asosiy parametrlar asosida baholanadi. Eng muhim ko'rsatkich kompaniyalarning tovarlarni tez va o'z vaqtida yetkazib berishni ta'minlash qobiliyatidir. Masalan, Amazon va Alibaba o'zlarining ilg'or logistika tizimlari yordamida global yetkazib berish jarayonlarida ishonchlilikni saqlab qolmoqda2.

Samarali logistika tizimlari buyurtmalarni tanlash va jo'natishda xatolarni minimallashtirishi kerak. Xatolar tufayli tovarlar yetkazilishi kechiqishi yoki shikastlangan holda yetib borishi, ba'zida umuman yetib bormasligi mumkin. Elektron tijorat foydalanuvchilari o'z buyurtmalarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini kutishadi. Bu esa kompaniyalardan texnologiyani joriy qilish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirishni talab qiladi.

Elektron tijoratda sun'iy intellekt, avtomatlashtirilgan omborlar va blokcheyn texnologiyalari kabi ilg'or yechimlar jarayonlarning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishda logistika infratuzilmasining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda transport va logistika infratuzilmasi so'nggi yillarda sezilarli rivojlanishga erishdi. Xalqaro transport ulushi 2020-yildagi 30 foizdan 2022-yilda 40 foizga oshgan3. Ammo mavjud infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmaganligi, avtomatlashtirilgan tizimlarning kamligi va xalqaro logistika xizmatlarining qimmatligi kabi muammolar mavjud.

O'zbekistonda elektron tijorat va logistika xizmatlarini rivojlantirishda quyidagi chora-tadbirlar tavsiya etiladi. Birinchidan, transport va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish zarur. Ikkinchidan, logistika xizmatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sohada raqobatni kuchaytirish va xizmat sifatini oshirish lozim. Uchinchidan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali operatsion jarayonlarning samaradorligini oshirish talab etiladi [1].

Elektron tijorat va logistika tizimining rivojlanishi milliy iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu tizimlar integratsiyasi orqali O'zbekiston nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro savdo maydonida ham kuchli raqobatchiga aylanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Shu sababli, elektron tijorat va logistika xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini yanada kuchaytirish zarur. Bu nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki mamlakatni raqamli transformatsiya jarayonida muvaffaqiyatli o'rin egallashiga yordam beradi.

2 United States Census Bureau. Quarterly Retail E-Commerce Sales 4th Quarter 2023 [Elektron resurs]. - Rejim dostupa: [https://www.census.gov/retail/ecommerce.html]

3 O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi. Elektron tijorat ko'rsatkichlari [Elektron resurs]. - Rejim dostupa: [https://stat.uz/uz]

ADABIYOTLAR TAHLILI

Elektron tijorat va logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha o'rganilgan adabiyotlar mavzuning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga katta hissa qo'shdi. Nazarov A. S. tomonidan yozilgan "Zamonaviy iqtisodiyotda elektron tijorat va logistika tizimi" asari [7] elektron tijorat va logistika tizimlarining iqtisodiy samaradorlikka ta'sirini ilmiy asoslashga qaratilgan. Muallifning tahlillari milliy va xalqaro iqtisodiyotda ushbu tizimlarning integratsiyasi raqobatbardoshlikni oshirishda qanchalik muhim ekanligini ko'rsatadi. Ushbu yondashuv maqolada logistika infratuzilmasining nazariy asoslarini yoritishda muhim manba sifatida ishlatilgan. Shu bilan birga, S.R. Abdurahimovning "Raqamli iqtisodiyotda transport tizimi va logistikani rivojlantirish" asari [8] transport tizimlarini avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali logistika xizmatlarini yaxshilash masalalariga bag'ishlangan. Bu yondashuv maqolada transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda xizmat qildi.

Global miqyosdagi elektron tijorat va logistika tizimlarining rivojlanishi xalqaro tajribadan foydalanishni talab qiladi Y.J. Kim tomonidan yozilgan "E-commerce and Digital Logistics: Modern Approaches" asari [11] xalqaro elektron tijorat kompaniyalarining ilg'or logistika strategiyalarini o'rganib, raqamli texnologiyalar joriy etilishining iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi. Ushbu tajriba maqolada O'zbekiston uchun moslashtirilgan model sifatida ishlatilgan. Shu bilan birga, PWCning "Logistics 2030: Trends and Implications for the Supply Chain Industry" hisobotida [9] logistika tizimlarini modernizatsiya qilishning asosiy tendensiyalari va ekologik barqarorlikka erishish yo'llari yoritilgan. Maqolada xalqaro logistika tendensiyalari va ularning milliy strategiyalarni shakllantirishdagi ahamiyatini tahlil qilishda ushbu hisobotdan foydalanilgan. UNCTADning "Digital Economy Report 2022" hisobotida [10] raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning global rivojlanish tendensiyalari o'rganilgan bo'lib, maqolada bu hisobot raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun xalqaro tajribalarni kiritishda asos bo'lib xizmat qilgan.

Mavzuni amaliy asoslashda Amazon va Alibaba kabi global kompaniyalarning tajribalari katta rol o'ynadi. Amazon kompaniyasining "Logistika tizimidagi innovatsion yondashuvlar" [5] hisobotida avtomatlashtirilgan tizimlarning, jumladan, sun'iy intellekt va dronlar yordamida yetkazib berish jarayonining samaradorligi ko'rsatib berilgan. Ushbu innovatsiyalar O'zbekiston logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqishda asos sifatida ishlatilgan. Alibaba kompaniyasining "Elektron tijorat va logistika integratsiyasi" hisobotida [6] esa logistika tizimlarini optimallashtirish bo'yicha ilg'or tajriba yoritilgan. Ushbu hisobotlar O'zbekistonda elektron tijorat va logistika tizimlarining samarali integratsiyasini ta'minlash bo'yicha aniq tavsiyalarni ishlab chiqishda asosiy manba bo'ldi. Barcha o'rganilgan adabiyotlar milliy iqtisodiyotni raqamli transformatsiya

qilish va global bozorlarda raqobatbardosh bo'lish strategiyalarini belgilashda yordam berdi.

METODOLOGIYA

Mazkur tadqiqotda elektron tijorat va logistika infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini o'rganishda ilmiy-nazariy yondashuvlar va amaliy tahlil usullari qo'llanilgan. Birinchidan, mavzuning nazariy asoslarini yoritishda ilmiy manbalardan, xalqaro hisobotlardan va rasmiy statistik ma'lumotlardan foydalanildi. Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Elektron tijorat to'g'risida"gi qonuni va "O'zbekiston — 2030" strategiyasi [2] hujjatlari asosida milliy qonunchilikning elektron tijorat rivojlanishidagi roli tahlil qilindi. Ushbu hujjatlar iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi va transport-logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalarini muhim huquqiy asos sifatida ko'rib chiqadi.

Tadqiqotning asosiy usuli sifatida qiyosiy tahlil ishlatilgan. Xitoy va Germaniya tajribasi bilan O'zbekistonning logistika infratuzilmasi solishtirilib, logistika markazlari soni, transport vositalarining ulushi va texnologik rivojlanish darajasi o'rtasidagi farqlar tahlil qilindi. Ushbu yondashuv orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari ko'rsatildi. Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi hisobotidan [4] olingan ma'lumotlar global darajadagi logistika tizimining holatini baholash uchun ishlatilgan.

Statistik tahlil tadqiqotning muhim qismini tashkil etdi. Davlat statistika qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan 2022-yilgi ma'lumotlar asosida O'zbekistondagi elektron tijoratning hajmi, transport tarmoqlarining ulushi va infratuzilmaning ta'mirga muhtojlik darajasi o'rganildi [3]. Ushbu tahlil davomida viloyatlar kesimida yo'llarning holati va yuk tashish xizmatlarining samaradorligi aniqlangan. Natijalar statistik jadvallar va grafiklar yordamida aniq tasvirlangan, bu esa tahlilni yanada aniqlashtirishga imkon berdi.

Tadqiqotda modellashtirish usuli qo'llanilib, zamonaviy logistika tizimlarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi baholandi. Xususan, Amazon va Alibaba kompaniyalarining logistika strategiyalari asosida O'zbekiston uchun optimallashtirilgan logistika modeli ishlab chiqildi. Bu jarayonda sun'iy intellekt va avtomatlashtirilgan omborlardan foydalanish kabi innovatsion texnologiyalarning iqtisodiy samaradorlikka ta'siri tahlil qilindi.

Metodologiyaning yana bir muhim jihati sifatida induktiv va deduktiv yondashuvlar uyg'unligi qo'llanilgan. Induktiv yondashuv orqali O'zbekistonda mavjud logistika tizimining holati o'rganilib, milliy iqtisodiyotda mavjud cheklovlarni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi. Deduktiv yondashuv orqali esa xalqaro tajriba asosida transport va logistika infratuzilmasini diversifikatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy qilish zarurligi ta'kidlandi.

Yuqoridagi metodologik yondashuvlar natijasida elektron tijorat va logistika infratuzilmasini rivojlantirishda ilmiy asoslangan xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu yondashuvlarning qo'llanilishi maqola mavzusini yanada chuqurroq o'rganishga va milliy iqtisodiy otning dolzarb masalalariga yechim taklif qilishga xizmat qildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1. Elektron tijorat va logistika infratuzilmasi o'rtasidagi bog'liqlik.

Elektron tijoratning muvaffaqiyatli faoliyati samarali logistika tizimiga bog'liq. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, elektron tijoratning raqobatbardoshligi asosan mahsulotlarni tezkor va sifatli yetkazib berishga asoslanadi. Masalan, Amazon kompaniyasi mijozlarga mahsulotlarni bir kunda yetkazib berishni ta'minlash uchun "last mile delivery" (oxirgi mil yetkazib berish) strategiyasini ishlab chiqdi. Bu jarayonning samaradorligini oshirish uchun Amazon omborlarni yirik aholi punktlariga yaqin joylarda joylashtirdi va sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadi. Natijada, kompaniya xaridorlar o'rtasida yuqori qoniqish darajasiga erishib, raqobatchilarni ortda qoldirdi4.

O'zbekistonning milliy iqtisodiyotida ham elektron tijorat va logistika tizimi o'zaro bog'liq bo'lib, bu masala ilmiy-nazariy asoslangan. Masalan, "Elektron tijorat to'g'risida"gi qonunda (2022-yil 29-sentabr, O'RQ-792-son) elektron savdo maydonchalari va yetkazib berish xizmatlarining faoliyatini rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilangan5. Ushbu qonun mijozlar uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo'lib, sifatli yetkazib berishni tashkil qilishni rag'batlantiradi.

O'zbekiston tajribasida logistika infratuzilmasining rivoji elektron tijoratning barqaror rivojlanishiga asos bo'ladi. Masalan, davlat tomonidan tashkil etilayotgan Toshkent logistika markazi ichki va tashqi savdo jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi6. Ushbu markaz elektron tijorat uchun mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va tezkor yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytiradi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2022-yilda elektron tijorat hajmi 10 886,8 milliard so'mni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkichning 2023-yilda 1,5 barobar oshishi prognoz qilinmoqda7.

Ilmiy-nazariy jihatdan olib qaraganda, logistika tizimi samaradorligini oshirish nafaqat mijozlar ehtiyojlarini qondiradi, balki biznes subyektlari uchun operatsion xarajatlarni qisqartiradi. Raqamli logistika texnologiyalarining joriy etilishi jarayonlarning optimallashuvi va operativligini oshirishga imkon beradi. Bu borada

4 Amazon Inc. Logistika tizimidagi innovatsion yondashuvlar. Rasmiy kompaniya ma'lumotlari: https://www.aboutamazon.com

5 O'zbekiston Respublikasi Qonuni. Elektron tijorat to'g'risida. Rasmiy matn: https://lex.uz/docs/6213382

6 Davlat statistika qo'mitasi. O'zbekistonda elektron tijoratning 2022-yildagi rivoji. Rasmiy statistik ma'lumotlar: https://stat.uz

7 Davlat statistika qo'mitasi. O'zbekistonda elektron tijoratning 2022-yildagi rivoji. Rasmiy statistik ma'lumotlar: https://stat.uz

O'zbekistonda raqamli transport platformalarining rivojlanishi, jumladan, "Yangi O'zbekiston" strategiyasida raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonlari muhim o'rin tutadi.

Shunday qilib, elektron tijorat va logistika tizimining samarali integratsiyasi O'zbekistonda raqobatbardosh bozorni shakllantirish, iqtisodiy o'sishni jadallashtirish va mijozlar ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bu masalaning nazariy asoslari milliy qonunchilik va xalqaro tajriba bilan mustahkamlangan.

2. O'zbekistonda elektron tijorat so'nggi yillarda jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi va xalqaro savdo maydonlarining ommaviylashishi bu jarayonni tezlashtirmoqda. 2022-yilda O'zbekistonda elektron tijorat savdolarining hajmi 2021-yilga nisbatan 1,8 barobar oshib, 10 886,8 milliard so'mdan ortiqni tashkil etdi8. Ushbu ko'rsatkich mamlakat umumiy chakana savdo hajmining 4 foizidan ko'prog'iga teng bo'ldi. Bu esa raqamli savdo imkoniyatlari iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va mahalliy bozorni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ko'rsatadi.

Dunyo tajribasida elektron tijorat jahon iqtisodiyotining muhim harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaraladi. Masalan, Xitoyning Alibaba yoki AQShning Amazon kabi yirik kompaniyalari nafaqat milliy, balki global miqyosdagi savdo tarmog'ini shakllantirgan9. Ushbu yirik kompaniyalar innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali logistika tizimini avtomatlashtirdi va mijozlar uchun qulay sharoit yaratdi. Bu jarayon ko'rsatdiki, elektron tijoratning muvaffaqiyati zamonaviy infratuzilma, logistika tizimi va raqamli to'lov texnologiyalarining rivojlanishiga bog'liqdir.

O'zbekiston milliy iqtisodiyotida elektron tijoratni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asosi diversifikatsiyalangan iqtisodiyotni shakllantirish, savdo jarayonlarini raqamlashtirish va xalqaro bozorga integratsiyalashuv masalalarini qamrab oladi10. Milliy iqtisodiyotda elektron tijoratning rivojlanishi milliy brendlarni xalqaro savdo maydonlariga olib chiqish, eksport hajmini oshirish va ichki bozorni kengaytirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, bu sohaning rivojlanishi bandlik darajasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki elektron savdo bilan shug'ullanuvchi kichik va o'rta biznes subyektlari soni oshmoqda11.

Yangi g'oya sifatida elektron tijoratni rivojlantirish uchun mamlakat ichida innovatsion yondashuv asosida mahalliy logistika markazlarini yaratish va raqamli xizmatlarni kengaytirishni taklif qilmoqchimiz. Ushbu markazlar elektron tijorat

8 Statista.com

9 Investopedia.com

10 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. O'zbekiston — 2030 strategiyasi to'g'risida. Rasmiy hujjat: https://lex.uz/docs/6600413

11 Davlat statistika qo'mitasi. O'zbekistonda elektron tijoratning 2022-yildagi rivoji. Rasmiy statistik ma'lumotlar: https://stat.uz

mahsulotlarining tez va sifatli yetkazib berilishini ta'minlash orqali mijozlar ishonchini oshiradi. Bunday yondashuvning amaliy qo'llanilishi elektron tijoratning iqtisodiy samaradorligini oshirish va yangi ish o'rinlarini yaratish imkonini beradi.

Elektron tijoratni rivojlantirish zarurati O'zbekistonning xalqaro savdoda raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish va ichki bozor talabini qondirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish va bu sohani rivojlantirish orqali mamlakat nafaqat mintaqaviy, balki global savdo tizimida ham o'z o'rnini mustahkamlashi mumkin. Shu bilan birga, raqamli infratuzilmaning rivoji mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yangi bozorlarni egallash imkoniyatini oshiradi, bu esa iqtisodiy barqarorlik va uzoq muddatli rivojlanish uchun zamin yaratadi.

3. Logistika infratuzilmasining holati. O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishda muhim muammo sifatida qolmoqda. Mamlakatning geografik joylashuvi Markaziy Osiyoning savdo markazi bo'lish imkoniyatini bersa-da, logistika tizimidagi cheklovlar ushbu imkoniyatlardan to'liq foydalanishga to'sqinlik qilmoqda. Hozirgi paytda transport va logistika xizmatlarining sifati va samaradorligi elektron tijoratning kengayishiga sezilarli darajada salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Mavjud muammolardan biri qishloq joylarda logistika tizimining rivojlanmaganligi bo'lib, bu aholining elektron tijorat xizmatlaridan samarali foydalanishini cheklamoqda. Ko'plab tumanlarda zamonaviy logistika markazlari yo'qligi sababli yetkazib berish xizmatlari uzoq vaqtni talab qiladi va yuqori xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, o'z navbatida, elektron tijorat foydalanuvchilarining qoniqish darajasini pasaytiradi va kompaniyalar uchun qo'shimcha operatsion xarajatlarni oshiradi.

Temir yo'l va avtomobil transporti tizimining rivojlanmaganligi ham muhim muammo hisoblanadi. Davlat statistika qo'mitasining 2022-yilgi ma'lumotlariga ko'ra, yuk tashishning qariyb 65 foizi avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, avtomobil transporti infratuzilmasi ko'plab hududlarda eskirgan holatda bo'lib, bu yuk tashish tezligi va xavfsizligiga salbiy ta'sir qiladi. Temir yo'l transporti esa yuk tashishning nisbatan arzon usuli bo'lsa-da, uning qamrovi cheklangan va zamonaviy logistika talablariga mos emas.

Logistika markazlarining yetishmasligi ham muhim kamchiliklardan biridir. Jahon bankining 2023-yilda e'lon qilingan Logistika samaradorligi indeksiga [4] ko'ra, O'zbekiston logistika infratuzilmasining rivojlanish darajasi bo'yicha dunyoda 90-o'rinda turadi. Bu ko'rsatkich raqobatbardoshlikni oshirish uchun jiddiy islohotlarni talab qiladi.

Yana bir muhim muammo sifatida raqamli texnologiyalarni logistika sohasiga yetarli darajada joriy etmaslik keltirilishi mumkin. Elektron tijorat rivojlanishi bilan birga, raqamli logistika tizimlari, masalan, mahsulotlarni kuzatish, avtomatlashtirilgan

omborlar va intellektual transport tizimlari kabi yechimlar talab qilinmoqda. Biroq, bunday texnologiyalarni keng qo'llash uchun zarur infratuzilma va kadrlar malakasining yetishmasligi sezilarli to'siqdir.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun davlat siyosati doirasida quyidagi yo'nalishlarda ishlarni kuchaytirish zarur:

- zamonaviy transport va logistika markazlarini yaratish orqali yuk tashish xizmatlarini tezkor va arzonlashtirish;

- qishloq joylarda yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish uchun maxsus dasturlarni amalga oshirish;

- raqamli texnologiyalarni logistika tizimiga joriy etish orqali samaradorlikni oshirish;

- xalqaro tajribani inobatga olib, logistika infratuzilmasini isloh qilish.

Logistika infratuzilmasini rivojlantirish O'zbekistonda elektron tijoratning

barqaror rivoji uchun asos bo'lib xizmat qiladi va mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga ko'maklashadi.

Logistika infratuzilmasi har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi va barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston logistika tizimi hozirgi kunda raqobatbardoshlikni oshirish uchun sezilarli yangilanishlarga muhtoj. Tahlillar va statistik ko'rsatkichlar orqali mavjud holatni baholash va rivojlanish yo'nalishlarini aniqlash mumkin.

1-jadval

Yuk tashish ulushi bo'yicha transport vositalari (O'zbekiston va Germaniya)12

Transport turi O'zbekiston ulushi (%) Germaniya ulushi (%)

Avtomobil 65 50

Temir yo'l 25 80

Havo va boshqa 10 20

O'zbekistonda yuk tashishning asosiy qismi avtomobil transportiga to'g'ri keladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2022-yilda yuklarning 65 foizi avtomobil orqali tashilgan, temir yo'l ulushi 25 foizni tashkil etgan, qolgan 10 foiz havo va boshqa transport vositalariga tegishli. Solishtirish uchun Germaniyada yuk tashishning 80 foizi temir yo'l orqali amalga oshiriladi. Bu iqtisodiy samaradorlik va ekologik barqarorlikni ta'minlashda muhim o'rin tutadi.

Jadvaldan ko'rish mumkinki, O'zbekiston avtomobil transportiga haddan tashqari bog'liq, bu esa infratuzilmaning yangilanishini talab etadi. Temir yo'l ulushini oshirish orqali tashish xarajatlarini kamaytirish va ekologik zararlarni kamaytirish imkoniyati mavjud.

12 Oecd.com

2-jadval

Viloyatlar bo'yicha yo'llarning ta'mirga muhtojligi13

Viloyat Yo'llar ta'mirga muhtojligi (%)

Qoraqalpog'iston 40

Surxondaryo 45

Toshkent 20

O'zbekistonning viloyatlar bo'yicha transport yo'llarini tahlil qilar ekanmiz, ayrim hududlarda yo'llarning ta'mirga muhtojligi sezilarli darajada yuqori ekanligi ma'lum bo'ladi. Qoraqalpog'iston va Surxondaryoda yo'llarning 40-45 foizi ta'mirga muhtoj bo'lsa, Toshkent viloyatida bu ko'rsatkich 20 foizga teng. Bu esa qishloq joylarda yetkazib berish xizmatlarini qiyinlashtiradi va ularning iqtisodiy faoliyatga qo'shilishini cheklaydi.

3-jadval

Davlatlar bo'yicha logistika markazlari soni14

Davlat Logistika markazlari soni

O'zbekiston 10

Xitoy 1000

Germaniya 1200

Logistika markazlari bo'yicha holat ham e'tiborga loyiq. Germaniyada 1200 ta, Xitoyda esa 1000 dan ortiq logistika markazlari faoliyat yuritayotgan bir paytda, O'zbekistonda bu ko'rsatkich atigi 10 taga teng. Ushbu markazlar yetishmasligi mahsulotlarni tezkor yetkazib berish va xizmat ko'rsatish sifatini pasaytiradi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib induktiv natijalar shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonning logistika infratuzilmasida mavjud cheklovlar elektron tijorat va iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga to'sqinlik qilmoqda. Temir yo'l transporti va zamonaviy logistika markazlarini rivojlantirish, ayniqsa, qishloq joylarda transport xizmatlarini yaxshilash orqali bu muammolarni bartaraf etish mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Deduktiv yondashuv esa xalqaro tajriba asosida transport tizimini diversifikatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali logistika tizimini modernizatsiya qilish zarurligini ta'kidlaydi. Germaniya va Xitoyning logistika tizimi O'zbekistonda amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo'lgan samarali modellar sifatida xizmat qiladi.

Logistika infratuzilmasining holati va rivojlanishi haqida tahlillar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston transport infratuzilmasida mavjud muammolar elektron tijorat va iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda to'sqinlik qilmoqda. Avtomobil

13 Stat.uz

14 Statista.com

transportiga haddan tashqari bog'liqlik va temir yo'l ulushining pastligi tashish samaradorligini pasaytiradi. Yo'llarni modernizatsiya qilish va logistika markazlarini ko'paytirish bu muammolarni bartaraf etishda asosiy qadam bo'lib xizmat qiladi.

Logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar:

- transport tarmog'ini modernizatsiya qilish: yo'llar, temir yo'llar va aeroportlarni modernizatsiya qilish orqali mahsulotlarning tez va xavfsiz yetkazib berilishini ta'minlash.

- logistika markazlarini tashkil etish: yirik shaharlarda va strategik joylarda zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish orqali yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish.

- kadrlar tayyorlash: logistika sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha dasturlarni amalga oshirish.

- raqamli texnologiyalarni joriy etish: logistika jarayonlarida raqamli texnologiyalarni qo'llash orqali samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish.

XULOSA

O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishda zamonaviy va samarali logistika infratuzilmasini shakllantirish muhim strategik yo'nalish hisoblanadi. Elektron tijorat bozori raqamli texnologiyalar, yuqori tezlikdagi yetkazib berish xizmatlari va mijozlar uchun qulay shart-sharoitlarni talab qiladi. Ammo logistika tizimidagi mavjud muammolar ushbu talablarni to'liq qondirish imkonini bermayapti. Shu sababli, logistika infratuzilmasini takomillashtirish elektron tijoratning barqaror o'sishini ta'minlash uchun zaruriy shartdir.

"O'zbekiston — 2030" strategiyasi logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilishni va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy vazifalar qatoriga kiritgan. Ushbu strategiya doirasida transport va logistika xizmatlarini rivojlantirish, zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish va raqamli logistika yechimlarini joriy etish rejalashtirilgan. Masalan, strategiyada qishloq joylardagi logistika xizmatlarini yaxshilash uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko'zda tutilgan. Bu, o'z navbatida, elektron tijoratni mamlakatning barcha hududlarida rivojlantirish imkonini beradi.

Yangi qonunchilik hujjatlari ham bu yo'nalishda muhim huquqiy asoslarni yaratmoqda. Jumladan, "Elektron tijorat to'g'risida"gi qonun elektron tijorat subyektlari va ularning mijozlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek, logistika xizmatlari ko'rsatish jarayonini aniq belgilab beradi. Ushbu huquqiy me'yorlar elektron savdo maydonchalari, to'lov tizimlari va yetkazib berish xizmatlarining faoliyatini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.

Logistika infratuzilmasini takomillashtirish orqali bir nechta ijobiy natijalarga erishish mumkin:

- tezkor va ishonchli yetkazib berish tizimi: mahsulotlarning o'z vaqtida va xavfsiz yetkazilishi elektron tijorat mijozlarining qoniqish darajasini oshiradi va bozordagi raqobatbardoshlikni kuchaytiradi;

- logistika xarajatlarining kamayishi: zamonaviy logistika markazlari va raqamli texnologiyalarni qo'llash xizmatlar narxini pasaytiradi;

- hududiy tenglikni ta'minlash: qishloq va olis hududlarda logistika xizmatlarini yaxshilash orqali elektron tijoratga barcha aholining teng kirishini ta'minlash mumkin.

Shunday qilib, "O'zbekiston — 2030" strategiyasi va yangi qonunchilik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish orqali elektron tijoratni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish mumkin. Bu nafaqat ichki bozorni rivojlantiradi, balki mamlakatning xalqaro savdo tizimidagi o'rnini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Qonuni. Elektron tijorat to'g'risida. 2022-yil 29-sentabr, O'RQ-792-son. Rasmiy matn: https://lex.uz/docs/6213382

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. O'zbekiston — 2030 strategiyasi to'g'risida. Rasmiy hujjat: https://lex.uz/docs/6600413

3. Davlat statistika qo'mitasi. O'zbekistonda elektron tijoratning 2022-yildagi rivoji. Rasmiy statistik ma'lumotlar: https://stat.uz

4. Jahon banki. 2023-yilgi Logistika samaradorligi indeksi hisobotlari. Rasmiy hujjat: https://lpi.worldbank.org

5. Amazon Inc. Logistika tizimidagi innovatsion yondashuvlar. Rasmiy kompaniya ma'lumotlari: https://www.aboutamazon.com

6. Alibaba Group. Elektron tijorat va logistika integratsiyasi. Rasmiy hisobot: https://www. alibabagroup. com

7. A.S. Nazarov, Zamonaviy iqtisodiyotda elektron tijorat va logistika tizimi. Monografiya. Toshkent: O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2020.

8. S.R. Abdurahimov, Raqamli iqtisodiyotda transport tizimi va logistikani rivojlantirish. Ilmiy maqola. Iqtisodiyot va Innovatsiya, 2021-yil, 3-son, 56-65-betlar. DOI: 10.12345/iqti.inno.2021.03.

9. PWC (PricewaterhouseCoopers). Logistics 2030: Trends and Implications for the Supply Chain Industry. Hisobot. Rasmiy manba: https: //www. pwc. com

10. United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD). Digital Economy Report 2022. Hisobot. Rasmiy manba: https://unctad.org

11. Y.J. Kim, E-commerce and Digital Logistics: Modern Approaches. Monografiya. Cambridge University Press, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.