Научная статья на тему 'EKISH MUDDATI VA ME’YORLARINING SABZAVOT MAKKAJO„XORI O„SISHI, RIVOJLANISHIGA TA’SIRI'

EKISH MUDDATI VA ME’YORLARINING SABZAVOT MAKKAJO„XORI O„SISHI, RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

345
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‟tloq bo„z tuproq / sabzavot makkajo„xori / ekish muddati / ekish me‟yori / o„sish / rivojlanish / hosildorlik

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Hilola Bazarovna Yuldasheva, Shuxrat Xudoyberdiyevich Rizayev

Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o„tloq bo„z tuproqlarida sabzavot makkajo„xorining “Zamin” navi va “Megaton F1” duragayini ekish muddatlari (1, 10, 20 aprel) va me‟yorlari (47,6 ming/ga (70x30 sm), 57,1 ming/ga (70x25 sm), 71,4 ming/ga (70x20 sm)) o„rganilganligi keltirilgan. O‟tkazilgan tajribalarda 10 aprelda 71,4 ming.ga me‟yorida 70x20 sm sxemada ekilganda sabzavot makkajo„xorining nav va duragayi o„sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilib, gektaridan 11,912,6 t/ga yuqori hosil olinganligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKISH MUDDATI VA ME’YORLARINING SABZAVOT MAKKAJO„XORI O„SISHI, RIVOJLANISHIGA TA’SIRI»

EKISH MUDDATI VA ME'YORLARINING SABZAVOT MAKKAJO'XORI

O'SISHI, RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

Hilola Bazarovna Yuldasheva

ToshDAU SF, tayanch doktorant

Shuxrat Xudoyberdiyevich Rizayev

ToshDAU SF dosenti, q-x.f.d.

ANNOTASIYA

Ilmiy maqolada Samarqand viloyatining o'tloq bo'z tuproqlarida sabzavot makkajo'xorining "Zamin" navi va "Megaton F1" duragayini ekish muddatlari (1, 10, 20 aprel) va me'yorlari (47,6 ming/ga (70x30 sm), 57,1 ming/ga (70x25 sm), 71,4 ming/ga (70x20 sm)) o'rganilganligi keltirilgan. O'tkazilgan tajribalarda 10 aprelda 71,4 ming.ga me'yorida 70x20 sm sxemada ekilganda sabzavot makkajo'xorining nav va duragayi o'sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilib, gektaridan 11,9 -12,6 t/ga yuqori hosil olinganligi bayon etilgan.

Kalit so'zlar. O'tloq bo'z tuproq, sabzavot makkajo'xori, ekish muddati, ekish me'yori, o'sish, rivojlanish, hosildorlik.

Kirish. Respublikamizda sabzavot mahsulotlari turlarini ko'paytirishda, yangi turdagi sabzavot ekinlarini yetishtirish zamonaviy dehqonchilikning dolzarb vazifasidir. Hozirgi kunda respublikamizda bir qator yangi turdagi sabzavot ekinlari -artishok, bamiya, batat, bryussel karami, dorivor melissa, sabzavot makkajo'xori kabi ekinlar yetishtirish yo'lga qo'yib borilmoqda. Yangi turdagi sabzavot ekinlari orasida sabzavot (shirin) makkajo'xori (Zea mays saccharata Strurt.) maydonlarini kengaytirish, tuproq va iqlim sharoitlariga mos nav va duragaylarini tanlash, ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan agrotexnologik tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega [4; 67-70 b.; 5; 22 b.; 10; 78-84 b.].

Sabzavot makkajo'xori -oziq-ovqat va yem-xashak ekini sifatida alohida ahamiyatga egadir. Sabzavot makkajo'xori doni oziq-ovqatda sut-mum pishish fazasida pishirib, konservalanib va yangiligicha muzlatilib ishlatiladi. Sabzavot makkajo'xori shakar va kraxmalga boy bo'lib, undan tashqari ma'lum miqdorda oqsil, inson salomatligi uchun zarur bo'lgan moy, vitaminlar S, V1, V2, RR hamda provitamin A saqlaydi [4; 67-70 b.; 5; 22 b.; 7; 23-27 b.].

Hozirgi kunda dunyo aholisi sevib iste'mol qiladigan sabzavotlardan biri, sabzavot makkajo'xorini vatani Markaziy

October 5-6

315

Amerika hisoblanadi va bu ekin AQSh, Kanada, Meksika, Argentina, Peru kabi mamlakatlarda keng tarqalgan sabzavot ekinidir. Bizda ham keyingi vaqtlarda qiziqish uyg'onmoqda. Lekin, sabzavot makkajo'xori navlarini tanlash, urug'chiligini tashkil qilish va ularni o'stirishda qulay ekish muddati va me'yorlarini belgilash bo'yicha muayyan sharoitda ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazilmagan [6; 162-169 b.; 8; 50-53 b.].

Bir qator olimlarning ta'kidlashicha, qishloq xo'jaligi ekinlarini maqbul ko'chat qalinligi, ekin ekiladigan dalaning suv bilan ta'minlanganligi va navning xo'jalik, biologik xususiyatlariga bog'liq. Urug'lar siyrak ekilsa, 1 tup o'simlikning mahsuldorlik ko'rsatkichlarini oshishiga olib keladi, lekin, olinadigan hosil maydon birligidagi ko'chat sonining kam bo'lishi hisobiga pasayishiga, ekish me'yorini ma'lum darajaga oshirish hosildorlikni ham oshiradi, ammo, yuqori me'yorda oshirish hosildorlikni kamayishiga olib keladi. Maydon birligida tup sonini oshgan sayin, 1 tup o'simlik mahsuldorligi kamayib, mahsulot sifatining pasayishiga olib kelishi qayd etilgan [1; 14-18 b.; 2; 49 b.; 3; 43-56 b.; 9; 295-299 b.].

Materiallar va metodlar. Yuqoridagilarni inobatga olib, bizlar Samarqand viloyatining o'tloq - bo'z tuproqlari sharoitida sabzavot makkajo'xorining "Zamin" navi va "Megaton F1" duragayidan yuqori va sifatli hosil olishda, maqbul ekish muddati va me'yorlarini o'rganish bo'yicha dala tajribalari olib borilmoqda.

Dala tajribalari ToshDAU Samarqand filialining Markaziy o'quv tajriba xo'jaligida sabzavot makkajo'xoridan yuqori hosil olish agrotexnologiyasini o'rganish bo'yicha turli ekish muddatlari 1, 10, 20 aprel va ekish me'yorlari 47,6 ming/ga (70x30), 57,1 ming/ga (70x25), 71,4 ming/ga (70x20 sxemalari) hisobida ekilib, 18 ta variantda, 3 takrorlik, 3 yarusda joylashtirib o'tkazilmoqda [11; 131 b.].

Tadqiqot obyekti qilib - sug'oriladigan o'tloq bo'z tuproqlar, sabzavot makkajo'xorining "Zamin" navi va Megaton F1 duragaylari olindi.

Tajriba dalasida barcha kuzatish, tahlil, baholash va hisoblashlar umumqabul qilingan uslublar va agrotavsiyalar asosida olib borilmoqda [ 11; 131 b.].

Olingan natijalar va ularning tahlili. Dala tajribalarimizda sabzavot makkajo'xorining Zamin va Megaton F1 duragaylari 1 aprelda (nazorat), 47,6 ming/ga (70x30 sm), 57,1 ming/ga (70x25 sm), 71,4 ming/ga (70x20 sm) me'yorlarida ekilganda, Zamin navida urug'larning unib chiqishi 10 kunda (10 aprel), Megaton F1 duragayida esa 11 kunda (11 aprel) unib chiqqanligi kuzatildi (1-jadval). Sabzavot makkajo'xori Zamin navida ro'vaklash fazasiga kelib, 47,6 ming/ga me'yorda ekilgan variantda 1 kunga uzayib, ushbu variantda keyingi rivojlanish fazalariga ham bu qonuniyat

October 5-6

316

kuzatilib, 57,l-7l,4 ming/ga ekilgan variantlarga nisbatan o'suv davri 3-4 kunga uzayib, 89 kunni tashkil etdi. Megaton Fl duragayida ham l aprel (nazorat)da ekilgan variantlarda o'suv davri 89-94 kunni tashkil etib, ekish me'yori 47,6 ming/ga dan 71,4 ming/ga me'yorda oshirib ekilgan variantlarda o'suv davri 2-5 kunga uzayganligi qayd etildi. Sabzavot makkajo'xori nav va duragaylarida 10 aprelda ekilgan variantlarda unib chiqish Zamin navida 8 kunni, o'suv davri 79-84 kunni tashkil etib, 71,4 ming.ga me'yorida ekilganda, o'suv davri 47,6 - 57,l ming/ga me'yorda ekilgan variantga nisbatan, 2-5 kunga tez pishganligi kuzatildi. Megaton Fl duragayida ham ushbu qonuniyatlar kuzatilib, l0 aprelda ekilgan variantla^a unib chiqish 9 kunni (19 aprel), o'suv davri 85-90 kunni tashkil etdi (l-jadval).

Ekish muddati va me'yorlari sabzavot makkajo'xori nav va duragayida o'suv davri davomiyligiga sezilarli ta'sir etib, 20 aprel muddatda ekilganda, unib chiqishdan - mum pishish davrigacha o'suv davrini 1-l0 aprelda ekilgan variantla^a nisbatan, qisqa bo'lib, ekish me'yorlari bo'yicha Zamin navida 75-80 kunni, Megaton Fl duragayida 83-88 kunni tashkil etdi. Ekish me'yori 47,6 ming/ga ekilgan nav va duragayda o'suv davrini 2-5 kunga uzayganligi qayd etildi (l-jadval).

Dala tajribalarimizda o'tkazilgan fenologik kuzatish natijalari asosida, sabzavot makkajo'xori Zamin navi va Megaton F1 duragayida l aprel (nazorat)da ekilganda, o'suv davri (Zamin navi va Megaton Fl duragayida mos ravishda - 85-89; 89-94 kun) 20 aprelda (75-80; 83-88 kun) ekilgan variantla^a nisbatan, uzun bo'lishiga olib keldi. Shuningdek, ekish 47,6 ming/ga dan 71,4 ming/ga me'yorida oshib borishi bilan o'suv davri nav va duragay bo'yicha 2-5 kunga uzayganligi kuzatildi.

Tajribalarimizda sabzavot makkajo'xori nav va duragayida o'simlik bo'yi, birinchi so'taning joylashish balandligi, tuplanganligi, bosh poyadagi barglar soni, bosh poyadagi bo'g'im oraliqlari soni, bir tupdagi so'talar soni kabi biometrik o'lchovlar o'tkazildi (2-jadval).

Sabzavot makkajo'xori nav va duragayida biometrik ko'rsatkichlar tahliliga ko'ra (2-jadval), o'simliklar bo'yi ekish muddatlari va me'yorlari bo'yicha turlicha bo'lganligi aniqlandi. Eng baland o'simliklar 1 va 10 aprelda 71,4 ming/ga me'yorida ekilgan variantla^a, Zamin navida l62,3-l64,7 sm, Megaton Fl duragayida l70,6-l78,7 sm ni tashkil etdi. Dala tajribalarimizda ekish muddatining kechikishi (20 aprel) va ekish me'yorlarining kamayishi (47,6-57,l ming/ga) o'simliklar bo'yining past bo'lishiga olib kelib, Zamin navida 147,1-l52,6 sm, Megaton Fl duragayida l64,l-l66,4 sm ni tashkil etdi.

Sabzavot makkajo'xorining nav va duragayida asosiy

poyadagi shakllangan birinchi so'taning joylashish balandligi

October 5-6

o'rganilganda, eng yuqori ko'rsatkichlar 1 aprel (nazorat)da ekilganda kuzatilib, Zamin navida 25,6-29,4 sm, Megaton F1 28,3-32,1 sm ni, 10 va 20 aprelda esa, mos ravishda 24,3-28,3; 23,9-26,6 sm va 27,1-31,4; 26,3-30,8 sm ni tashkil etib, ekish me'yorini oshirilishi (71,4 ming/ga) bilan nav va duragayda birinchi so'taning joylashish balandligi ham yuqori bo'lib borganligi qayd etildi (2-jadval).

Dala tajribalarida ekish muddati va me'yorlarining o'simlik bo'yi va birinchi so'taning joylashish balandligiga ta'siri bo'yicha qayd etilgan qonuniyatlar, keyingi biometrik ko'rsatkichlarda ham kuzatilib, o'rganilgan nav va duragayda 1 ta o'simlikning 0,7-2,7 tagacha tuplanganligi aniqlandi. Bosh poyadagi barglar soni ekish muddatlari va me'yorlariga bog'liq holda, 10,4 donadan 12,4 donagacha, bosh poyadagi bo'g'im oraliqlari 10,8-12,7 dona, bir tupdagi so'talar soni 1,8-3,1 dona hosil bo'lganligi kuzatildi.

Olingan tahlillarga ko'ra, sabzavot makkajo'xorining Zamin navi va Megaton F1 duragayi Samarqand viloyatining o'tloq bo'z tuproqlari sharoitida ekish muddatlari va me'yorlari bo'yicha eng yuqori sabzavot so'ta hosildorligi 10 aprel muddatida 71,4 ming.ga (70x20 sm) me'yorida ekilgan variantlaridan olinib, Zamin navida o'rtacha -11,9 t/ga, Megaton F1 duragayidan 12,6 t/ga ni tashkil etdi. Ekish 20 aprel kech bahorda ekilgan variantlarda havo haroratining ortishi bilan o'simliklarning yaxshi changlanmasligi sababli, to'la shakllanmagan so'talar soni ortib ketishi natijasida, eng past so'ta don hosili olinib, nav va duragayda mos ravishda ekish me'yorlari bo'yicha - 8,6-10,1 va 9,9-10,8 t/ga ni tashkil etdi.

Tajribalarimizda sabzavot makkajo'xori nav va duragayi 1 aprel (nazorat)da, turli ekish me'yorlarida ekilganda o'simliklar o'sishi, rivojlanishi yuqori ko'rsatkichlarni ta'minlagan bo'lsada, bu vaqtda atmosfera yog'inlari, havo harorati, tuproq namligining o'zgarib turishi, urug' unuvchanligining past bo'lishiga va o'rganilgan variantlarda tup soninning kamayishiga olib keldi, natijada, so'ta don hosilining ekish me'yorlari bo'yicha 10 aprelga nisbatan Zamin navida 0,3-1,2 t/ga, Megaton F1 duragayida 0,7-1,4 t/ga kam bo'lganligi qayd etildi.

Xulosalar. O'tkazilgan dala tajribalarimiz asosida, Samarqand viloyatining o'tloq bo'z tuproqlari sharoitida sabzavot makkajo'xorining Zamin navi va Megaton F1 duragayidan yuqori so'ta don hosili olishda 10 aprelda 71,4 ming.ga me'yorida 70x20 sm ekish sxemasida ekilganda yuqori urug' unuvchanligini (90,3 -91,7 %) ta'minlab, o'simlik o'sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilib, gektaridan Zamin navi va Megaton F1 duragayidan 11,9-12,6 t/ga sifatli sabzavot makkajo'xori so'ta don hosili olishni ta'minlaydi.

October 5-6

318

1-jadval

Sabzavot makkajo'xori nav va duragayida fenologik kuzatisb uatijalari

№Vir L ki.h IIU-'\ m i Unib chiqish 1-chin barg 2-chin barg 3-cbin barg Ro Yaklasb Ro k il lull gullashi So'tala sh Slit Jlh.llh.ll Mum Jlh.llh.ll O'súbela vri, kuo

/.:il:: navi, I kish niu dda ti - 1 aprel (Nazorat)

1 1 5 min:; ;;;t (70x30 sm) 10.04 14.04 17.04 23.04 27.05 01.05 14.06 30.06 08.07 89

2 57:1 "'in:' :- t (70x25 sm) 10.04 14.04 17.04 22.04 26.05 31.05 13.06 28.06 05.07 86

3 71,4 min:- :- t (70x20 sm) 10.04 14.04 17.04 22.04 2605 31.05 12.06 27.06 04.07 85

/:: n::: navi. ekish mu dda H - 10 aprel

4 47:6 min:- :- t (70x30 sm) 18.04 22.04 24.04 30.04 04.06 09.06 20.06 04.07 11.07 84

5 57.1 min:' :- i (70x25 sm) 18.04 22.04 24.04 29.04 02.06 06.06 17.06 01.07 08.07 81

6 71.4 ming ;;:i (70x20 sm) 18.04 22.04 24.04 29.04 01.06 05.06 15.06 29.06 06.07 79

Zamin navi. ekisb m.iilil:i[i - 20 aprel

7 47 6imiTig/g3 (70x30 sm) 28.04 01.05 03.05 09.05 11.06 15.06 26.06 10. 07 17.07 80

S 57.1 minga (70x25 sm) 28.04 01.05 03.05 08.05 10.06 13.06 23.06 07. 07 14, 07 77

9 1 1 min - ;- t (70x20 sm) 28.04 01.05 03.05 08.05 09.06 12.06 21.06 05. 07 12. 07 75

Megaton Fl duragayi. t kish muddati - 1 aprel (Nazorat)

10 1 6 ming ga (70x30 sm) 11.04 16.04 19.04 24.04 01.06 07.06 20.06 07.07 14.07 94

11 57.1 ming/ga (70x25 sm) 11.04 16.04 19.04 23.04 31.05 06.06 18.06 04.07 11.06 91

12 ; 1 1 min - :- t (70x20 sm) 11.04 16.04 19.04 23.04 30.05 05.06 16.06 02.07 09.07 89

Mej jaton Fl duragayi, ekisb muddati - 10 aprel

13 47,6 ming/ga (70x30 sm) 19 04 23.04 25.04 01.05 07.06 12.06 25.06 11.07 18.07 90

14 57.1 min;; g t (70x25 sm) 19.04 23.04 25.04 30.04 06.06 11.06 23.06 08.07 15.07 87

15 714- mm:- t (70x20 Sm) 19.04 23.04 25.04 30.04 06.06 11.06 22.06 07.07 13.07 85

Me< jaton Fl duragayi. ekisb muddati - 20 aprel

IS 47.6 mini; g t (70x30 sm) 28.04 02.05 04.05 09.05 15.06 20.06 02.07 18.07 25.07 88

17 57.1 ming ga (70x25 sm) 28.04 02.05 04.05 09.05 13.06 18.06 30.06 15. 07 22.07 85

IS 71:4 mm; g i (70x20 sm) 28.04 02.05 04.05 09.05 12.06 17.06 28.06 13.07 20. 07 83

2-jatlval

Sabzavot makkajo'xori nav va dura gay ining biometrik ko'rsatkichlari

.Vc yar Ekisb ine'yori O'simlik lu>'\ 1. sill Birincbi (dastlabki) so'taning joylanisli balandligi. sm TupLanganLik. dona Bosb poyadagi barglar soni. dona Bosb poyadagi bo'g'im oraliqlari soni. dona Hu tupdagi so'talar soni. dona

Zamin navi. eklsli muddati - 1 aprel (Nazorat)

1 1 ; 6 iniii;j ;;.i (70x30 sm) 158.4 25.6 2.7 11.7 12.0 3.1

2 57:1 min:- :- t (70x25 sm) 160,3 27,3 2,5 11:3 11:5 2:8

3 /1.1 min:- :- t (70x20 Sm) 164,7 29,4 2,3 ILO 1L3 2,6

Zamin Ii a vi. ikish muddati - 10 aprel

4 47:6 min:- :- t (70x30 sm) 152.2 24.3 2.6 11.6 11.8 3.0

5 57:1 min:- :- t (70x25 sm) 156.7 26.6 2.5 11.1 11.4 2.8

6 71:4 min:- :- t (70x20 sm) 164.3 28.3 2.3 10.8 11.1 2.6

Zamin Ii a vi. ikish muddati - 20 aprel

7 \ : 6 ininr. ;;:i (70x30 sm) 147.1 23.9 2.5 11.2 11.5 2.8

S 57:1 min:- :- t (70x25 sm) 152,6 24,7 2,4 10:8 11:2 2:7

9 71 4 min-- -- i (70x20 sm) 158.3 26.6 2.3 10.4 10.8 2.7

Megaton Fl duragayi. ekish muddati - 1 aprel (Nazorat)

10 \ : 6 ininr. ;;:i (70x30 sm) 170,7 28,3 13 12:4 12:7 2:3

11 57:1 min:- :- t (70x25 sm) 173.6 30.6 1.2 12.1 12.4 2.1

12 714 min:- :- t (70x20 sm) 178.7 32.1 1.0 11.8 12.1 2.0

Megaton Fl duragavi. i-kisIk muddati — 10 aprel

13 \ : 6 min;; ;;;i (70x30 sm) 166,3 27,1 1:2 11:9 12:3 2:2

14 57:1 min:- :- t (70x25 sm) 169.5 29.2 1.1 11.6 11.9 2.1

15 714 min:- :- t (70x20 sm) 173.4 31.4 1.0 11.3 11.7 2.0

Megaton Fl duragavi. ekisb muddati - 20 aprel

16 \ : 6 inin;; ga (70x30 sm) 164.1 26.3 1.1 11.6 11.9 2.1

17 57:1 min:- :- t (70x25 sm) 166,4 28,4 0:9 11:2 11:5 1:9

18 71:4 min:- :- t (70x20 sm) 170,6 30,8 0:7 10:8 11:2 1,8

® ©

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

o1

©

319

REFERENCES

1. Bobomirzayev P.X., Khalilov N, Rakhimov A. R. Photosynthetic activity durum wheat depending on time and norms of seeding south Uzbekistan. Вестник Мичирунского государственного аграрного унверситета, № 1, 2017, С. 14-18.

2. Bobomirzayev P.X., Tursunov Sh. Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley. Journal of Hunan University (Natural Sciences) Vol. 49. No. 01. January 2022.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Botirov A., Arakawa O. The interaction of rootstocks, water and soil humectants and young apple tree growth. Academic Research in Educational Sciences, 3(Special Issue 1), 43-56. 2022.

4. Sanaev S.T., Shamsieva Sh.B. Growing Varieties of Vegetable (Sweet) Corn Cuitable for Processing. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT) 2020. P. 67-70.

5. Saparniyazov I.A. Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida sabzavot (shirin) makkajo'xori yetishtirish texnologiyasi elementlarini takomillashtirish. Q-x.f.f.d. (PhD) diss. Avtoref. 2022 y. B.22.

6. Остонакулов Т.Э., Шамсиев А.А., Амантурдиев И.Х., Турсунов Г.С. Оценка сортов батата и разработка технологии их возделывания в Узбекистане. Межд. научно-исс. журнал. 2022). 118. 162-169 с.

7. Ризаев Ш.Х. Эффективность агротехнических и химических мер борьбы с сорняками на пшеничных полях. Актуальные вопросы современной науки. Научный журнал, Россия. № 1 (13), 2017.23-27 с.

8. Ризаев Ш.Х. Влияние глубины вспашки на агрофизические свойства почвы и сорные растения на пшеничном поле. Путь науки (The Way of Science) Межд. науч. журнал, Россия. № 1 (35), 2017. С. 50-53.

9. Ризаев Ш.Х. Водно-физические свойства сероземных почв в зависимости от глубины вспашки, проводимые против сорных растений зерновых культур. Ж. Znanstvena misel. Словения. 2016. № 1. 3-6 б.

10. Sharifov K., Rizayev Sh.X. The effects of different soil processing depths on the distribution of weeds through soil layers in irrigated land. 1st International Forum on Bioeconomy for Sustainable Development of Countries and Regions (IFBSDCR). Multidisciplinary Scientific Journal. SAM TSAU jointly with Latvia University of Life Science and Technology (LLU) 27th & 28th April 2022, Samarkand, Uzbekistan. 2022. Pp. 78-84.

11. Nurmatov Sh. va boshqalar. Dala tajribalarini o'tkazish

uslublari. O'zPITI, T. 2014. B. 1-131.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.