Научная статья на тему 'DORIXONA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH, DORILAR SAQLASH CHORA TADBIRLARI'

DORIXONA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH, DORILAR SAQLASH CHORA TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
699
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INEKSIYA / TIBBIY BUYUMLAR / DORI VOSITALARI / TEXNIK TALABLAR / QALBAKI DORILAR / FARMASEVTIK FAOLIYATI / DORILAR TAVSIFI

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Usmonova M.B., Ernazarova M.E., Qo'Yliyeva M.U., Xasanova G.R.

Dorixona faoliyatini boshqarish, dorixonalarni texnik hujjatlari tuzish yopullari, maxsulot saqlàshga sharoit yaratish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF PHARMACY ACTIVITIES, MEASURES FOR STORAGE OF MEDICINES

Management of pharmacy activities, closing of technical documentation of pharmacies, creation of conditions for storage of products.

Текст научной работы на тему «DORIXONA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH, DORILAR SAQLASH CHORA TADBIRLARI»

DOI 10.46566/2225-1545_2021_89_337

Usmonova M.B.

Samarqand davlat tibbiyot instituti Farmakognoziya va farmasevtik

texnologiya kafedrasi assistenti Ernazarova M.E.

Samarqand davlat tibbiyot instituti Farmakognoziya va farmasevtik

texnologiya kafedrasi assistenti Qo'yliyeva M.U.

Samarqand davlat tibbiyot instituti Farmakognoziya va farmasevtik

texnologiya kafedrasi assistenti Xasanova G.R.

Samarqand davlat tibbiyot instituti Farmakagnoziya va farmasevtik

texnologiya kafedrasi assistenti

DORIXONA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH, DORILAR SAQLASH

CHORA TADBIRLARI

Annotatsiya: Dorixona faoliyatini boshqarish, dorixonalarni texnik hujjatlari tuzish yopullari, maxsulot saqlàshga sharoit yaratish.

Kalit so'z: ineksiya, tibbiy buyumlar, dori vositalari, texnik talablar, qalbaki dorilar, farmasevtik faoliyati, dorilar tavsifi.

Usmonova M.B. assistant

department of pharmacognosy and pharmaceutical technology

Samarkand State Medical Institute Ernazarova M.E. assistant

department of pharmacognosy and pharmaceutical technology

Samarkand State Medical Institute

Koyliyeva M.U. assistant

department of pharmacognosy and pharmaceutical technology

Samarkand State Medical Institute Khasanova G.R. assistant

department ofpharmacognosy and pharmaceutical technology

Samarkand State Medical Institute

ORGANIZATION OF PHARMACY ACTIVITIES, MEASURES FOR

STORAGE OF MEDICINES

Annotation: Management of pharmacy activities, closing of technical documentation ofpharmacies, creation of conditions for storage ofproducts.

Keywords: injection, medical devices, drugs, technical requirements, counterfeit drugs, pharmaceutical activity, description of drugs.

Dorixona, apteka — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ulaming sifatini nazorat qilish hamda tayyor dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya va gigiyena ashyolari, ma'danli suvlar, davolash-kosmetika mahsulotlarini saqlaydigan va sotadigan tibbiyot muassasasi. D.da to'satdan kasal bo'lib qolgan yoki baxtsiz hodisaga uchragan kishilarga tez tibbiy yordam ham ko'rsatiladi.

•Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday dorini odamlarga qo'llashdan oldin hayvonlarda sinab ko'riladi va klinikalarda kuzatiladi. Dorilar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, o'simlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim dorilar esa dorixonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida in'yeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.

•Ta'siriga ko'ra, yurak dorilari, surgí, siydik haydaydigan, og'riq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa dorilar bo'ladi. Bevosita kasallikning qo'zg'atuvchisiga ta'sir qiladigan dorilar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa dorilar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. Dorilarning shifobaxsh ta'siri bemorning yoshi, ahvoli va dozaga bog'liq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qo'zg'atuvchisini o'sha doriga chidamli qilib qo'yishi mumkin. Shuning uchun dorini faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak. Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yo'li orqali yuboriladi va in'yeksiya qilinadi. Ularning kuchi, ta'siri organizmga qay yo'l bilan va qanchalik tez kiritilishiga bog'liq. Ba'zi dorilar takror yuborilganda organizmda to'planib ta'sir etadi. Dorini ko'r-ko'rona qabul qilish yaramaydi, chunki ko'p kasalliklar belgisi bir-biriga o'xshaydi, uning uchun keraksiz dorilarni qabul qilish sog'liqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan dorilar qisman parchalanadi va o'zgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yo'llari, ter va boshqa orqali chiqib ketadi. dorilar uyda bolalarning bo'yi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir dorini yaroqlilik muddati yorlig'ida qayd qilinadi, belgilangan muddatdan

uzoq saqlanganda ta'sirini yo'qotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan dorilar xili bir qadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.

•Dori vositalari — kasallik profilaktikasi, ularga tashxis qo'yish va davolash, shuningdek odam organizmi holati va funksiyalarini o'zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari.

•Dori preparatlari — dozalangan, idishga joylan-o'ralgan, qo'llanish uchun tayyor dori vositalari.

•Sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o'tgan dori vositasi va tibbiy buyum.

•Tibbiy buyumlar — kasallik profilaktikasi, ularga tashxis qo'yish va davolash uchun, shuningdek odam organizmi holati va funksiyalarini o'zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo'llashga ruxsat etilgan buyum.

•Farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat.

•O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan dori vositalarining g'ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;

•Qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to'g'risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg'on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum;

•Muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat:

Birlamchi o'ram — dori vositasi bilan bevosita aloqada bo'lgan konteynyer yoki o'ram.

Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish shakli va qoidalari Sog'liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan retseptlar yoki retseptsiz sotiladigan dori vositalari ro'yxatiga muvofiq amalga oshiriladi. Dori vositasi va tibbiy buyumni sotishda sotuvchi xodim dori vositasi va tibbiy buyumni qo'llash tartibi, xususan, qo'llash davriyligi, bir marotabalik va sutkalik dozalari, qo'llash usuli, saqlash tartibi, yaroqlilik muddati va boshqalar haqida ma'lumot berishi lozim. Dorixona xodimi sotib oluvchi e'tiborini dori vositasi va tibbiy buyumni qo'llash yo'riqnomasi bilan diqqat bilan tanishib chiqishga qaratishi kerak.

Xulosa: Dorivor o'simlik xomashyolari (avvaldan quritilgan) havo yaxshi aylanadigan, quruq xonalarda, yopiq (shisha, metall, yog'och) idishlarda saqlanishi kerak. Bog'lovchi materiallardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga quyidagi talablar qo'yiladi:

Bog'lovchi materiallar quruq, havo yaxshi aylanadigan, chang va kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi. Sterillanmagan

materiallami isitilmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Steril materiallami harorat o'zgarishida o'ram sifatiga ta'sir qilmasligi uchun ularni harorat darajasi tez o'zgarmaydigan xonada saqlashga yo'l qo'yiladi;

sterillangan bog'lov materiallarini omborxonada saqlashda ularni ishlab chiqarish muddatlari bo'yicha taxlash zarur. Rezina buyumlardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga bo'lgan talablar: xona quyosh nuridan himoya qilingan bo'lishi kerak. Yorug'lik faqat sun'iy, elektr orqali bo'lishi lozim; buyumlar solingan qutilar va shkaflar markaziy isitish batareyasidan 1 metrdan kam bo'lmagan, shuningdek pechlardan 5 metrdan kam bo'lmagan uzoqlikda joylashtirilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;

3. Hojimatov Q., Olloyorov M. , O'zbekistonning shifobaxsh usimliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;

4. Xoliqov K., O'zbekiston janubidagi dorivor o'simliklar, T., 1992;

5. Hoji matov Q.H., Yo'ldoshev K.Y., Shogulomov U.Sh., Hojimatov O.Q., Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham (Fitoterapiya), T., 1995;

6. M urdoxayev Yu.M. Kultura lekarstvennix rasteniy v O'zbekistane, T.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.