Boymurodov E. kafedrasi assistenti Samarqand tibbiyot institute farmakognoziya va farmasevtik texnologiya
Xasanova G. kafedrasi assistenti Samarqand tibbiyot institut farmakognoziya va farmasevtik texnologiya
Olimov S. kafedrasi assistenti Samarqand tibbiyot institut farmakognoziya va farmasevtik texnologiya
FARMAKOLOGIYA FANIGA KIRISH, FANNING BOSHQA FANLAR BILAN BOGLIQLIGI, KELIB CHIQISH TARIXI
Annotatsiya: fanning rivojlanish tarixini o^rganish, fanning yo^nalishlari tasnifi vaxususiyatlari haqida nazariy va amaliy ma'lumotlar.
Kalit so^z: Farmakodinamika, farmakokinetika, umumiy va xususiy farmakologiya, farmakopeya qo^mitasi.
Boymurodov E. assistant
department ofpharmacognosy and pharmaceutical technology
Samarkand Medical Institute Xasanova G. assistant
department ofpharmacognosy and pharmaceutical technology
Samarkand Medical Institute
Olimov S. assistant
department ofpharmacognosy and pharmaceutical technology
Samarkand Medical Institute
INTRODUCTION TO THE SCIENCE OF PHARMACOLOGY, THE RELATIONSHIP OF SCIENCE WITH OTHER DISCIPLINES, THE
HISTORY OF ITS ORIGIN
Annotation: the study of the history of science, theoretical and practical information about the classification and characteristics of science.
Keywords: Committee on Pharmacodynamics, Pharmacokinetics, General and Special Pharmacology, Pharmacopoeia.
Farmakologiya (yun. pharmacon — dori va logiya) — tibbiybiologik fan; odam va hayvonlar organizmiga dorilar yuborilgandan keyin ularda ro'y beradigan o'zgarishlarni o'rganadi. Farmakologiya bir necha yo'nalishlarni o'z ichiga oladi: farmakodinamika — doridarmonlarning organizmga ta'sirini, farmakokinetika — dorilar organizmga tushgandan to organizmdan chiqib ketguncha bo'lgan harakatini (so'rilishi, taqsimlanishi, biotransformatsiyasi va ekskretsiyasi), biokimyoviy farmakologiya — dorilarning organizmdagi molekulyar ta'sir mexanizmini o'rganadi. Doridarmonlarning tibbiyot amaliyotidagi ta'sirini o'rganish esa klinik farmakologiyaning vazifasidir.
Umumiy va xususiy farmakologiya ajratiladi. Umumiy farmakologiya dorilarning organizmga ta'sir mexanizmini, shu tufayli kelib chiqadigan umumiy o'zgarishlarni, dori moddalarini organizmga yuborish, ularning so'rilishi, taqsimlinishi, o'zgarishi va organizmdan chiqish jarayonlarini, dori moddalarining xususiyatiga ta'sir etuvchi sharoitlarni, dori moddalarining ta'sir va davolash turlarini, ularni birga qo'llanganda ro'y beradigan jarayonlarni hamda ularning standartlash, tasniflash va qidirish kabi juda ko'p muammoli masalalarini o'rganadi.
Xususiy farmakologiyaning vazifasi — asosiy ta'sir kuchiga ko'ra sistemalashgan dori moddalar, ya'ni og'riqsizlantiruvchi, siydik haydovchi va h.k. ni o'rganish. Shuningdek, turli xil mikroorganizm va parazitlarga ta'sir etuvchi dorilar ham xususiy F.da qayd etiladi. Xususiy farmakologiya. farmatsevtik kimyo, farmatsevtik texnologiya, farmakognoziya, biokimyoviy farmakologiya, kimyoterapiya, toksikologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq. Shu tufayli tibbiyotning asosiy nazariy bilimlari farmakologiya orqali amaliy tibbiyotga tadbiq etiladi.
Farmakologiya tarixi uzoq, o'tmishga borib taqaladi, chunki inson yaratilgandan boshlab u tabiat qo'ynida yashab o'zining turli xil noxush holatlari va kasalliklariga atrofidagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo, doridarmon izlagan. Farmakologiya rivojlanishiga qadimgi arab, yunon va Osiyo mamlakatlari olimlari ham katta hissa qo'shganlar. Xususan, Gippokrat, Dioskarid, Galen va boshqalarning dorivor giyohlar hamda ularning ishlatilishi haqidagi ma'lumotlari 19-asrgacha F. sohasida asosiy qo'llanma bo'lib kelgan.
Yaqin Sharq va O'rta Osiyoda Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning dorivor giyohlar va moddalar haqidagi asarlari F. taraqqiyotiga muhim turtki buldi. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarida qayd etilgan 811 xil oddiy dorilarning 612 tasi dorivor o'simliklar va ulardan foydalanish usullariga bagishlangan. Ushbu asar shu kungacha o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
19-asrga qadar farmakologiya asosan empirik tarzda rivojlangan. Shu davrga kelib eksperimental F. shakllandi. Bunda F. Majandi, Klod Bernar, R. Buxgeym, I. P. Pavlov, V. V. Zakusov, M. D. Mashkovskiy va boshqa jahon olimlarining ulkan hissalari bor.
O'zbekistonda farmakologiya 1920 yil Toshkentda Turkiston davlat universiteti tibbiyot fti qoshida farmakologiya kafedrasini tashkil etilishi tufayli rivojlandi. Keyinchalik respublikaning turli shaharlaridagi tibbiyot intlari qoshidagi farmakologiya kafedralarida, O'zbekiston FA ning i.t. institutlarida farmakologiya fani yanada rivojlantirildi. O'zbek farmakologlaridan, prof. I.K. Kamilov, M. B. Sultonov, O'.B. Zokirov, Q.N. Najmiddinov, S. S. Azizova va boshqalarning izlanishlari natijasida dorivor o'simliklar va kimyoviybiologik faol moddalardan 200 dan ortiq shifobaxsh moddalar ajratib olindi, ularning 30 dan ortig'i klinik tekshiruvlardan o'tkazilib, tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi.
Hulosa: O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng Respublika sog'liqni saklash vazirligi qoshida Dorivor moddalar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish hamda standartlash bo'yicha Bosh boshqarma hamda ular tarkibida farmakologiya va farmakopeya qo'mitalarining tuzilishi munosabati bilan farmakologiya fani yanada ravnaq topdi. Qisqa muddat ichida 20 dan ortiq shifobaxsh o'simliklar va 10 dan ortiq yangi biologik faol preparatlar (piratsin, kupir, fentriazolin, kobavit, fensulkal, glipil, mumiyo tabletkasi, navbaxtin, benzketozon va boshqalar) tibbiyotda qo'llash uchun tavsiya etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Farmakologiya (Maxmudjonova. K.S, Shadmonova.Sh va Rizayeva.N) fan darsligi Ivan.I.K, Galina.V.|
2. M va Murodova.L.I. Chueshov V.I, Gladux.E V va boshqalar.
3. Andriy Stanislavovich Gavrilov 2010.
4. Mixayilova G.V, Murodova.L.I 2000