DOI 10.46566/2225-1545_2021_89_66
Boymurodov E.S.
Samarqand tibbiyot instituti farmakagnoziya va farmasevtik texnologiyasi kafedrasi assistenti
Olimov S.M.
Samarqand tibbiyot instituti farmakagnoziya va farmasevtik texnologiyasi kafedrasi assistenti
Imomova Yu.A.
Samarqand tibbiyot instituti farmakagnoziya va farmasevtik texnologiyasi kafedrasi assistenti
DORILAR HAQIDA TUSHUNCHA
Annotataiya: Ushbu maqolada dorilar tarkibi va xususiyatlari qo'llanishi haqida ma 'lumotlar keltirilib, yetarlicha yoritilib berildi.
Kalit so'z: dorilar diagnostikasi, turlari, linimentlar, granullalar.
Boymurodov E.S. assistant
department of pharmacognosy and pharmaceutical technology
Samarkand Medical Institute Olimov S.M. assistant
department of pharmacognosy and pharmaceutical technology
Samarkand Medical Institute Imomova Yu.A. assistant
department of pharmacognosy and pharmaceutical technology
Samarkand Medical Institute
THE CONCEPT OF MEDICINES
Annotation: This article provides information on the composition and properties of drugs and their use.
Keywords: drug diagnostics, types, liniments, granules.
Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday dorilarni odamlarga qo'llashdan oldin hayvonlarda sinab ko'riladi va klinikalarda kuzatiladi. dorilar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, o'simlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan aayrim dori.lar esa dorixonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje,
мЭкономнка h ^uyM" №10(89) 2021
www.iupr.ru
66
granula va boshqalar) hamda alohida in'yeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.
Ta'siriga ko'ra, yurak D.lari, surgi, siydik haydaydigan, og'riq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa D.lar bo'ladi. Bevosita kasallikning qo'zg'atuvchisiga ta'sir qiladigan D.lar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa D.lar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. D.larning shifobaxsh ta'siri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bog'liq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qo'zg'atuvchisini oo'sha dori.ga chidamli qilib qo'yishi mumkin. Shuning uuchun dori.ni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak.
Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yo'li orqali yuboriladi va in'yeksiya qilinadi. Ularning kuchi, ta'siri organizmga qay yo'l bilan va qanchalik tez kiritilishiga bog'liq. Ba'zi dorilar takror yuborilganda organizmda to'planib ta'sir etadi (qarang Kumulyasiya). dorini ko'rko'rona qabul qilish yaramaydi, chunki ko'p kasalliklar belgisi bir-biriga o'xshaydi, uning uchun keraksiz dorilarni qabul qilish sog'liqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan dori.lar qisman parchalanadi va o'zgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yo'llari, ter va boshqa orqali chiqib kketadi dorilar uyda bolalarning bo'yi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir dorini yaroklilik muddati yorlig'ida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda ta'sirini yo'qotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan dorilar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.
Shakl oxiri
Og'riq...................ailadi?
Og'riq qoldiruvchi dorilar - og'riq sezgisini yo'kotuvchi yoki kamaytiruvchi dorilar. Bularga kimyoviy tuzilishi va ta'sir mexanizmi turlicha dori moddalari kiradi.
Og'riq qoldiruvchi dorilardan nerv tizimiga ta'sir etib, og'riqni kamaytiruvchi moddalar (analgetiklar) asosiy o'rinni egallaydi. Narkotik analgetiklar va narkotikmas analgetiklar farq qilinadi. Narkotik analgetiklarga morfiy, va uning sintetik o'rindoshlari (promedol, fentanil va boshqalar) kiradi.
Narkotik analgetiklar turli og'riqlar, jumladan, shikastlanish, kuyish, miokard infarktida ro'y beradigan kuchli og'rikdarni ham qoldiradi. Morfiy markaziy nerv tizimiga ta'sir ko'rsatib, eshituv, qo'rquv, taktil sezgisini o'tkirlashtiradi, o'ziga xos gallyutsinatsiyalar keltirib chiqaradi. Og'riq bilan kechadigan salbiy emotsiyalar (vahima, hayajonlanish, g'am-g'ussa va boshqalar)ni ssaytirib, xavfsizlik, o'zini yengil his qilish, bamaylixotirlik tuyg'usini paydo qiladi.
Narkotik analgetiklar takror-takror qabul qilinganda odam unga o'rganib, ko'msaydigan bo'lib, narkomaniyaga sabab bo'lishi mumkin. Shu bois narkotik analgetiklar qat'iy hisobda turadi va ular cheklangan holda beriladi. Narkotik analgetiklarni vrach ruxsatisiz ichish taqiqlanadi.
Narkotikmas analgetiklarga kimyoviy tuzilishi turlicha bo'lgan sintetik moddalar (amidopirin, analgin, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol va boshqalar) kiradi. Bu xil analgetiklarning narkotik analgetiklarga qaraganda og'riq qoldiruvchi ta'siri kuchsizroq bo'lib, asosan, nevralgiya tusidagi og'riqlarda, mialgiya mushaklar yallig'lanishiga, tish va bosh og'rig'ida, artralgiyada ishlatiladi. Narkotikmas analgetiklar og'riq qoldirishi bilan bir qatorda isitma tushishiga ham (q. Isitma tushiruvchi dorilar) yordam beradi. Ko'pchilik narkotikmas analgetiklarning yallig'lanishi qarshi ta'siri ham bor (q. Yallig'lanishga qarshi dorilar). Shifokor ruxsatisiz bu dorilarni ichmaslik kerak.
Analgetiklar guruhiga mansub bo'lmagan bir qancha dori moddalar ham og'riq qoldirishi mumkin. Masalan, silliq mushaklarni bo'shashtiruvchi dorilar -atropin, bangidevona preparatlari, papaverin, no-shpalar va boshqalar qon tomirlar spazmida ishlatiladigan tomir kegaytiruvchi dorilar shular jumlasidandir.
Shifokorga ko'rinib og'riq sababi va xususiyatini bilgandan so'ng og'riq qoldiruvchi dorilar ichilsa, yaxshi naf beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'ME. Toshkent 2000-2005 yillar.
2. Odam anatomiyasi A. Ahmedov X. Rasulov Toshkent 2013-yil
3. Allayeva. X — farmakologiya asoslari Toshkent 2019.
4. Toshmuhammedova. A Aliyev. X farmakologiya va retseptura 2018.
"Экономика и социум" №10(89) 2021
www.iupr.ru
69