Научная статья на тему 'AYOL JAMIYATNING YETAKCHI KUCHI'

AYOL JAMIYATNING YETAKCHI KUCHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
689
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ayol / ona / jamiyat / davlat / ijtimoiy / ta’lim-tarbiya / oila / huquq va himoya

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dilnoza Qurbonova

Ushbu maqolada davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlar masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotgani, ayollarning oila va jamiyatimizdagi о‘rni nechog‘lik yuksalib borayotgani, ularni ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish va bu borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosiyhuquqiy islohotlar haqida ma’lumotlar va fikrlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AYOL JAMIYATNING YETAKCHI KUCHI»

AYOL - JAMIYATNING YETAKCHI KUCHI

Dilnoza Qurbonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlar masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor berilayotgani, ayollarning oila va jamiyatimizdagi o'rni nechog'lik yuksalib borayotgani, ularni ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish va bu borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar haqida ma'lumotlar va fikrlar berilgan.

Kalit so'zlar: Ayol, ona, jamiyat, davlat, ijtimoiy, ta'lim-tarbiya, oila, huquq va himoya.

WOMEN ARE THE LEADING FORCE OF SOCIETY

Dilnoza Qurbonova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides information and views on the President's focus on women's issues at the state policy level, the growing role of women in the family and society, increasing their social and political activity and political and legal reforms in this area.

Keywords: Woman, mother, society, state, society, education, family, rights and protection.

Ayolga bo 'lgan hurmat e'tibor - bu avvalo oilaga, jamiyat kelajagiga bo 'lgan

hurmat e'tibor ifodasidir. Sh.Mirziyoyev.

Ayollar muammosi va jamiyatni demokratlashtirish masalasining hal qilinishi -ikki o'zaro bog'liq jarayonlardir. Bu yerda eng muhimi, demokratiya ayol va erkaklarning teng huquqliligini ta'minlash imkoniyatini berilishidagina emas, balki aynan mana shu sharoitdagina ayollar o'z-o'zini namoyon qilinishining yangi shakllari vujudga kelishida. O'z navbatida bu ularning "ijtimoiy himoya" obyektidan faol harakatlantiruvchi shaxsga aylanishida birinchi qadam hamda jamiyatda ayol statusi o'zgarishining zarur sharti hisoblanadi. Bu borada, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edilar: - "Onalarimiz, opa-singillarimiz, rafiqalarimiz va qizlarimizning jamiyatda tutgan o'rni va ahvolini o'stirish, ularni ardoqlash, hurmat qilish, ularni mehnatini yengillashtirish va hayot sharoitlarini yaxshilash davlatimiz, jamiyatimizning asosiy va ustuvor vazifalari hisoblanadi"[1].

Dunyoda davlat va jamiyatning nufuzi, ongu tafakkuri, madaniy darajasini ko'rsatadigan mezonlar ko'p. Lekin har qaysi millat va xalqning ma'naviy kamolotini belgilovchi, ta'lim-tarbiyasini takomillashtiruvchi hilqat - ayoldir. Xotin-qizlarga bo'lgan munosabat, hurmat-ehtiromni davlatning ularga bo'ladigan munosabatida belgilash mumkin.

Shu nuqtai nazardan qaralsa, ayollarni ulug'lab, ardoqlab, boshiga ko'tarib yashaydigan xalq o'zining yuksak madaniyati va oliyjanob qadriyatlarini amalda namoyon qiladigan millat sifatida hurmat qozonadi.

Ayollarni izzat-ikrom qilish, ulug'lash, ardoqlash, og'irini yengil qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir. "Ma'lumki muqaddas Qur'oni Karimning eng katta suralaridan biri - "Niso", ya'ni "Ayollar" deb ataladi. Allox Taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda bo'lishga da'vat etadi va bu ilohiy so'zlar zamirida albatta teran hikmat mujassam", deya ta'kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida[2].

Bugun jamiyatimizda ayollarni, onalarni, xotin-qizlarni davlat tomonidan ulug'lash ularnig ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni dunyo e'tirof etmoqda. Bu borada jaxonda bo'layotgan o'zgarishlar va jarayonlarga e'tiborimizni qaratsak. Ma'lumki, bugungi kunda global miqiyosda turli muammolar aks etmoqda: OITS, giyohvandlik, uyushgan jinoyatchilik, davlatlararo siyosiy, iqtisodiy kelishmovchilik, etnomilliy, diniy to'qnashuvlar, fuqorolar urushlari va hokazolar. Shu bilan birgalikda ayollarni "kichik" va "katta" siyosatga kirib borishlari ko'paymoqda. Chunki ayollar onalar sifatida farzandlarini baxtli qilib, muhofaza qilish maqsadida dunyoda ro'y berayotgan barcha salbiy voqea va jarayonlarga chek qo'yishga munosibdirlar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambliyasining 75-sessiyasidagi nutqida ham bu masalaga e'tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari "Biz gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko'paydi", - deya ta'kidladi[3].

Darhaqiqat, O'zbekiston uchun ushbu soha davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Shu asosda yurtimizda oxirgi yillarda xotin-qizlar ijtimoiy siyosiy faolligini yuksaltirish, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo'yicha muhim qadamlar qo'yildi. Qisqa vaqt mobaynida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama ta'minlashga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarga

nisbatan zo'ravonlikni oldini olish hamda oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Zero, har qanday millat taraqqiyotining negizida - oila, ayol yotadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 14-bobi aynan "Oila" deb nomlanadi. Unda to'rtta modda mavjud. Bu moddalarda ham milliy ham umuminsoniy qadriyatlar mohiyati aks etgan. [4: 21 b.]

Oila tinchligi - jamiyat tinchligi. Ushbu qo'rg'onning mustahkamligiga har birimiz bevosita mas'ulmiz. Zotan, oila - jamiyat poydevori. Bu borada, davlatimiz rahbarining shaxsan tashabbusi bilan xotin-qizlarning hayotda o'z o'rnini topishi, ularning huquqlarini himoya qilish hamda oiladagi o'rnini yanada mustahkamlash borasida qator-qator farmon, qarorlar hayotga tadbiq qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-sonli Farmoni Xotin-qizlar qo'mitalari faoliyatida tub burilish yasadi desak, mubolag'abo'lmaydi. [5] Chunki, bu Farmon Xotin-qizlar qo'mitalari va xotin-qizlar hamda oilalar manfaatlarini himoyalovchi muhim huquqiy asoslardan biriga aylandi.

Jamiyatimizda gender siyosatni amalga oshirish bo'yicha qator huquqiy asoslar yaratilgan. Qonunchilik palatasi tomonidani 2019-yil 17 avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 23 avgustda ma'qullangan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida" va "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi[6].

Ushbu qonunlarning maqsadi: xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Hozirgi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanmoqda. Bugun Yangilanayotgan O'zbekistonda inson huquqlari, jumladan, xotin-qizlarning huquqlarining himoyasiga, ularning jamiyatdagi nufuzini oshirishga alohida e'tibor qaratilayotganiga hammamiz guvohmiz.

2020 yil 20 fevralda "Jamiyatda ijtimoiy - ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. [7] Ushbu hujjatlar xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza qilish, ularning oila va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismidir. Bu borada davlatimiz rahbarining quyidagi fikrlari juda ahamiyatlidir. "Yer

yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi" [8: 345 b.] Bu albatta isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir.

2022 yil birinchi martda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Shuningdek, "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident farmoni e'lon qilindi. [9]

Farmonda oilada ta'lim-tarbiyani mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash, ma'naviy-ahloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osyoda birinchi bo'lib Birlashgan millatlar tashkilotining "Xotin-qizlar huquqini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida"gi Konvensiyasiga qo'shildi. Ushbu qo'mita tavsiyalari asosida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha Millatlar tashkiloti konvensiyasining bajarilishini ta'minlash maqsadida Milliy xarakat dasturi ishlab chiqildi va tegishli tuzilmalar, davlat va nodavlat tashkilotlarni jalb qilgan holda amalga oshirilib kelinmoqda.

Asosiy Qonunimizning 26-moddasida hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shavqatsiz yoki inson qadr-qimmatining kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi belgilab qo'yilgan. [10: 11 b.]

Garchan, O'zbekistonda Konvensiya asosida ko'plab ijobiy ishlar olib borilishiga qaramasdan, O'zbekistonda har yili 600 ga yaqin ayol o'z joniga qasd qilmoqda. Aynan ularning ko'pchiligi zo'ravonlik va kamsitilish oqibatida jabrlanmoqda. Eng ayanchliligi, ular orasida ko'plab yosh, voyaga yetmagan qizlarning uchrab turishidir. O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunda "Jismoniy zo'ravonlik Xotin-qizlarga nisbatan og'irligi turli darajada bo'lgan tan jaroxatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, xayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko'rsatmaslik, zo'ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta'sir o'tkazish yoki bunday ta'sir o'tkazishning o'zga choralarini qo'llash bilan taxdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog'lig'i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zo'ravonlik shakli"- hususida alohida Asosiy tushunchalar 3-moddasida berilgan[11].

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish - bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalalaridan biridir. Chunki zo'ravonlik xotin-qizlarning nafaqat ruhiy, balki ijtimoiy, jismoniy salomatligiga zarar yetkazish barobarida, bir qator ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Xotin-qizlar siyosiy hayotda va ijtimoiy turmush faoliyatida o'z huquqlarining kamsitilishiga duch kelishadi. Bu

borada, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning "Prezident ayollarni hokimlikka tasdiqlayman - deb turganda, biz ularni zo'ravonlikdan asray olmayapmiz" [12] - degan so'zlari bejiz emasligiga aminmiz.

Afsuski, "Ayol kishini gul bilan ham urib bo'lmaydi", degan naqlni unutib qo'yganlar ham topiladi. Dunyoda eng tengsiz ne'mat hisoblangan hayot insonga Allox taolo tomonidan bir martagina ato etiladi. Uni farog'atda yashagan el-yurtga, odamlarga yaxshilik istaganlarning umri mazmunli kechadi, ularga hamma havas qiladi, bunday insonlardan yaxshi nom, ezgu ishlar qoladi. Zero, tinchlikni ulug' ne'mat deb e'lon qilgan dinimizda - bu yo'lda nafaqat amal bilan, balki so'z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan.

Jamiyat taraqqiyoti esa mana shu munosabatlar to'kisligiga bevosita bog'liqdir. Shu bois, oilani himoya qilishga davlat siyosati darajasida e'tibor berilayotgan bir paytda xotin-qizlarni zo'ravonlikdan himoya qilish masalasini to'g'ri va ijobiy hal qilishda quyidagi masalalarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz:

- xotin-qizlarga nisbatan barcha shakldagi kamsitish va zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik;

- jamiyatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;

- ayol va erkakning mas'uliyati, o'zlarining oiladagi burchini to'liq his qilishi, o'zaro hurmati va oilaviy muammolarning yechimini bafurja hal qilishida imkoniyatlar yaratish;

- ayollarning huquqiy madaniyati va diniy savodxonligini oshirish;

- mahalla fuqorolar yig'inida ota-onalarning mafkuraviy, pedagogik, psixologik bilim saviyasini oshirib borish;

- ayollarning ilmli bo'lish darajasini oshirishni ta'minlashda targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borish;

- telekanallar orqali oilaviy munosabatlarga salbiy ta'sir ko'rsatadigan xorij seriallarini ko'paytirgandan ko'ra, milliy mentalitetimizga hos oilaviy munosabatlarni aks ettiradigan dasturlar sonini ko'paytirish;

- mahalla fuqorolar yig'inida psixologik treninglar tashkil etish va unga aholini qiziqtirish.

- qizlarga zamonaviy ta'lim-tarbiya berishga ko'maklashish;

- xotin-qizlar ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash;

Xulosa qilib aytganda, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarda ma'naviy ahloqiy muhitni mustahkamlash va sog'lomlashtirish jamiyat va davlat rivojining muhim mezonidir. So'nggi yillar mobaynida ayollar huquqlarini kamsitishga yo'l qo'ymaslik, xotin-qizlarni

mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish uchun bir qancha huquqiy asoslar yaratilgan.

Davlatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor va imtiyozlarga javoban, yurtimizni yanada rivojlanishi uchun biz ziyolilar munosib yosh avlodni tarbiyalash bilan bir qatorda yashab turgan mahallamiz tumanimiz va viloyatimizda, faoliyat olib borayotgan jamoamizda xotin-qizlarni jamiyatda o'z o'rniga ega ekanligini yana bir bor ta'kidlab, ularga to'g'ri maslahatlar bilan yo'naltirish orqali o'z hissamizni qo'shish burchimizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I. Karimovning Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. // "Xalq so'zi" -2016. -8 mar.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. // "Xalq so'zi" -2020. -8 mar.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamblyasining 75-sessiyasidagi nutqi. // "Yangi O'zbekiston" -2020. -24 sen.

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2014. -76 b.

5. Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // Xalq so'zi -2018. -2 fev.

6. "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida", "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonuni // Xalq so'zi -2019. -3 sen.

7. Jamiyatda ijtimoiy ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // Xalq so'zi -2020. -20 fev.

8. Mirziyeyov SH.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. -Toshkent: O'zbekiston, 2017. -592 b.

9. "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // Yangi O'zbekiston" -2022. -10 mar.

10. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2014. -76

b.

11. "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida""Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonuni // Xalq so'zi -2019. -3 sen.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.