Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
DASTLABKI GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING KOLUMB SAYYOHLIK FAOLIYATIGA TA'SIRI
Erkinjon Asqaraliyevich Mahmudov
Farg'ona davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada manbalar va ilmiy adabiyotlarga asoslangan xolda yangi davr tarixining boshlanishiga turtki bo'lgan jarayon - dastlabki geografik kashfiyotlarning Xristofor Kolumb sayohatlariga ta'siri, ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy sharoitlari ishlab chiqarishda tajriba orttirish, aholi o'rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashishi, mehnat qurollarini takomillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalarini tahlil qilingan
Kalit so'zlar: Yevropa, Buyuk geografik kashfiyotlar, Xristofor Kolumb, iqtisodiy o'sish, texnika taraqqiyoti, salib yurishlari.
KIRISH
XV - XVII asrlardagi Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropada kapitalning dastlabki jamg'arilish jarayoni bilan bo'g'liq edi. Yangi savdo yo'llarining ochilishi, kashf etilgan yerlarning o'zlashtirilshi va u yerlardagi boyliklarning talanishi bu jarayonni tezlashtirdi, mustamlaka tizimining shakllanishi boshlab berdi, jahon bozorining tarkib topishiga, Yevropada savdo kapitalining, bank ishi va kreditning rivojlanishiga olib keldi. Qit'alar o'rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlandi, jahon savdosi O'rta Yer dengizidan Atlantika okeaniga ko'chdi.
Salib yurishlari vaqtida rivojlangan levant savdosi o'rta asr oxiriga kelib doimiy savdo aloqalari tusini oladi. Sharqdan keladigan har xil mollar - ziravorlar (murch, dolchin, qalampirmunchoq, muskat yong'ogi va shu singarilar), qand, zargarlik, attorlik mollari, Sharqning har xil matolari va boshqa mollar G'arbiy Yevropadagi yuqori va o'rta sinflarning iste'moliga tobora ko'proq kira boradi. Janubiy Italiya, Janubiy Fransiya, Sharqiy Ispaniya (Kataloniya) shaharlaridagi savdogarlar Sharq bilan savdo qilishi natijasida juda katta boylik to'playdilar1. Biroq XV asrning ikkinchi yarmida O'rta dengiz orqali bo'ladigan savdo qattiq inqirozga uchraydi. Bir qancha sabablar ham ilgari levant savdosining rivojlanishiga to'sqinlik qilib kelgan edi. Sharq mollari arablar, vizantiyaliklar, italiyanlar va boshqa
1 Семёнов В.Ф. Урта асрлар тарихи. - Т.:Укитувчи, 1973. Б.419. Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan 950
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
xalqlarning qo'lidan o'tganligi tufayli ulaming narxi benihoya oshib ketardi. G'arbiy va shimoli-g'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi savdogarlar juda uzoqdagi Sharq bozorlariga borishlari amrimahol edi. Yaqin Sharqning turklar tomonidan istilo qilinishi levant savdosining ahvolini yanada mushkullashtirdi. Turklarning talonchiligi, dengiz qaroqchiligi, savdo kemalaridan, karvonlar va bozorlardan juda ko'p xilma - xil soliqlar olinishi tufayli O'rta dengizning sharqiy qismi bilan savdo qilish xavfli, kam foyda keltiradigan bo'lib qoldi va bu savdo ahyon - ahyondagina bo'lib turdi. Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan - bir yo'l - Misr orqali va Qizil dengiz orqali boradigan yo'l qolgan edi, xolos. Ammo bu yo'lni arablar o'zlariga tamomila monopoliya qilib olgan edi. Hatto venetsiyaliklar ham Sharqqa borganda faqat Aleksandriyagacha borar va u yerda ularni arab savdogarlari o'z ziravorlari bilan kutib olardilar. G'arbiy Yevropadagi turli mamlakatlarning savdogarlari va dengizchilari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo'l topish ustida tobora ko'proq bosh qotira boshladilar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Afsonaviy Hindistonni qidirib topishga yevropaliklarni yana boshqa bir sabab ham qiziqtirgan edi. Yevropada tovar xo'jaligining rivojlanishi qimmatbaho metallarni ko'proq talab qila boshlaydi. Oltin bilan kumush Yevropa feodallari va o'sib borayotgan burjuaziyaning xo'jalik maqsadlariga tobora ko'proq zarur bo'la boslaydi. Ammo G'arbiy Yevropada qimmatbaho metallar qazib olish ishlari juda sust rivojlanmoqda edi. Sharq bilan bo'ladigan savdo oltin va kumush masalasida qo'shimcha qiyinchilik tug'dirmoqda edi. Levant savdosining savdo balansi Yevropa uchun foydasiz bo'lib qoldi. Yevropa Sharqning qimmatli g'aroyib mollari evaziga o'zining qishloq xo'jalik va o'rmon xo'jaligi mahsulotlarini, mis, qalay, qisman movut va boshqa ayrim sanoat mollarini bera olardi. Yevropaning bu mollari har holda Sharq mollariga nisbatan umuman ancha arzon yurar va shuning uchun Sharqdan sotib olinadigan mollarning qiymatini qoplay olmas edi. Shunday qilib, yevropaliklar har yili Sharqqa yetmay qolgan summaning muayyan miqdorini qimmatbaho metallar bilan to'lshga majbur bo'lardilar, natijada oltin kumush Yevropaga kirmas, balki undan Sharq mamlakatlariga chiqib ketar edi.
Usmonli turklar Vizantiya poytaxti Konstantinopolni bosib olgach, yevropaliklarning Sharq bilan savdo qilishi yanada qiyinlashdi. Usmonli turklar Kichik Osiyo va Suriya orqali boradigan savdo yo'llarini bosib oldilar. Ular shu
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
qadar katta boj olardilarki, bu mamlakatlardan tovar olib o'tish savdogarlar uchun foydasiz bo'lib qola boshladi. Natijada turklar istilosi Yevropadan Osiyoga boriladigan yangi yo'llar qidirib topishni tezlashtirdi.
VIII asrda Pireney yarim oroli arab (mavr) lar tomonidan egallab olindi. Ko'plab asrlar davomida bu yerning xalqlari arablar tobelikda yashadi. Asrlar o'tib, arab xalifaligi asta - sekin yemirila boshladi, yarim orolning shimolidagi kichik davlatlar esa, aksincha, rivojlanib, mustahkamlanib arablarga qarshi hujumga o'tishadi. Xristianlarning musulmonlar bilan qilgan bu urushlari XV asrga qadar beto'xtov davom etadi. Musulmonlar qo'lga kiritgan o'lkalarni birin - ketin tashlab chekinishga majbur bo'ldilar. Shiddatli janglar natijasida Pireney yarim orolida ikki yangi davlat: Ispaniya bilan Portugaliya tashkil topdi.
Portugallar mavrlarni ispanlarga nisbatan ikki yarim asr ilgari - 1249-yilda
л
haydab chiqardilar va kuchli qirol hokimiyatiga asoslangan davlat barpo qildilar . Dehqonlar, vino soluvchilar va cho'ponlar mamlakati bo'lmish kichik Portugaliya XIV asrdayoq qudratli dengiz flotiga ega bo'ldi.
Biroq o'sha vaqtda Portugaliya katta, juda muhim savdo yo'llaridan chetda bo'lib, bu yo'llar uning qudratli raqiblari tasarrufida edi. Chunonchi, Shimoliy va Baltika dengizlarida Ganza ittifoqi hukmronlik qilar, O'rta Yer dengizida va uning sohillarida esa, arablardan tashqari, Shimoliy Italiya shaharlarining savdogarlari, birinchi navbatda Venetsiya va Genuya hamda ispaniyalik katalonlar savdo qilishar edi. O'rta Yer dengizi G'arbiy Yevropani Sharqqa - Hindiston, O'rta Osiyo va olis Xitoyga boradigan Buyuk savdo yo'llari bilan bog'lar edi. Garchi Portugaliya XV asrda qudratli davlatga aylangan bo'lsada, O'rta Yer dengizida hukmronlik qilishni hayoliga ham keltira olmas edi. Chunki asosiy raqiblaridan bo'lmish Ispaniya va Italiya bu dengizda hukmronlik qilar edi. Tabiiyki, yangi yerlarni ochishga va Hindistonga yo'l topish uchun portugal feodallarining nigohi G'arbiy Afrika sohillariga qaratilgan edi.
Portugaliya uchun Atlantika ekspansiyasini amalga oshirgan va dengizchilarining Hindistonga dengiz yo'lini topishda mehnati singan, tarixda "Dengiz sayyohi" laqabi bilan mashhur Portugaliya qiroli Xuan I ning uchinchi o'g'li
"5
shaxzoda Genrixning (infant Enrike) (1394-1460) xizmatlari katta bo'ldi . Shaxzoda Genrix Portugaliyaning janubidagi o'zining verflari bilan tanilgan Sagrish shahrida o'rnashadi. Bu keyinchalik Sagrish shahrini dengiz sayohatlariga tayyorlanuvchi
2 Lielays A. Dengiz sarguzashtlari. - T.:O'zbekiston, 1978. B.8.
3 Бейкер Дж. Историей географических открытий и исследований. - М.: Иностранной литературы, 1950. С.75. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 952 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
markazga aylantirdi4.Infant Enrike o'zining qasrida observatoriya va dengizchilik maktabini tashkil etadi.Bu yerda portugaliyalik dengizchilar yangi xaritalar tuzilishini, kompas bilan ishlashni o'rganadilar. Genrixning ko'rsatmasiga binoan bu shaharda uzoq safardan qaytgan kema kapitanlarni kema jurnali va xaritalarni umumiy ko'rib chiqishlari uchun taqdim etishgan. Bu materiallar o'rganilishi asosida yangi ekspeditsiyalarga tayyorgarlik ko'rilgan. Genrix "dengiz sayyohi"ga vatanidagi siyosiy holat va 1415 - yilda arablarning joylashgan Suet qasriga qarshi urushi, Niger hududida savdo - sotiq ishlarini olib borishga kuchli yordam beradi. Uning harbiy qobiliyatidan hayratlangan Rim papasi Martin V, ispan qiroli Xuan II, Angliya qiroli Genrix V shahzodaga ularning armiyasiga qo'mondonlik qilishga taklif qilishgan bo'lsalarda, lekin uning shuhratparastligi boshqa tomonga yo'llanganligi sababli bu takliflarni rad etadi. Uning maqsadi birinchilardan bo'lib Hindistonga dengiz yo'lini topish edi. U Portugaliya kemasozligida ko'plab ishlarni amalga oshirdi. Portugaliya baliq ovlash kemasi yoki savdo kemasining rivojlantirilgan holda ishlab chiqilgan yangi turi, Portugaliya karavellasi XV asr oxirigacha o'zining hususiyatlarini yo'qotmadi. Genrix umri davomida karavellani yengil kemaga aylantirildi, 200 tonna suv sig'imiga ega, uch va undan ortiq machtaga ega qiya yelkanli qilib jihozlandi. Bu unga shamolga qarshi suzishiga imkon berar edi. Bu kemalarni italiyaliklar oddiy qilib nave (kemalar), ispanlar - nao, portugaliyaliklar -nau deb atashgan5. Bir paytning o'zida shahzoda Genrix Portugaliyadan va boshqa mamlakatlardan dengizchilarni, butun Yevropadan astronomlar, kartograflar, matematiklar va astrologlarni to'pladi. Sayohat uchun kerakli bilimlarni yig'ish boshlangan edi. Genrixning akasi Pedro Yevropa bo'ylab ko'plab kitoblar va xaritalar to'plab keltirar edi.
Shahzoda Genrix o'zi dengiz sayohatlarida ishtirok etmasada, lekin ekspeditsiyalarga tayyorgarlik ko'rishda va amalga oshirishda homiylik qilar edi6. Afrikaning g'arbiy sohillaridagi Non burni anchadan buyon barcha sayyohlar uchun falokatli chegara hisoblanardi. Ushbu burunning nomlanishi "Non" - ispan tilida "yo'q", degan ma'noni anglatib, dengizchilar uchun ahmoqona shon - shuhrat belgisini olgan edi. 1419 - yilda bu burunni Genrix "dengiz sayyohi" tomonidan yuborilgan ikki portugaliyalik dvoryanlar - Xuan Gonsalu Sarku va Trishtan Teysheralar aylanib o'tdilar. Bulargacha biror dengizchi bu burundan o'tishga yuragi
4 СубботинВ.А. Великие открытия Колумб Васко да Гама Магеллан. - М.: УРАО, 1998.С. 16.
5 СубботинВ.А. Великие открытия Колумб Васко да Гама Магеллан. - М.: УРАО, 1998.С. 18.
6 Жюль Верн. История великих путешествий В трех книгах Открытие земли Книга первая. - М.: Ладомир. 1996. С.121.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
dov bermagan edi. Kuchli shamol ularni ochiq dengizga surib yuborishi natijasida, keyinchalik o'zlari nom bergan Portu - Santu oroliga kelib qoladilar. Bir yildan so'ng portugallar bu yerga qaytib keladilar va janubi - sharqiy tomondan juda olisda qora nuqtani payqab qoladilar. U yerga borishganda juda qalin o'ramonlar bilan qoplangan orollarga duch kelishadi va bu orollardan eng kattasini Madeyra (O'rmon) deb atashadi. 1431 - yilda Gonsalu Kabral Azor orollarini kashf etdi va arxipelagdagi butun orollarga Portugaliya bayrog'ini o'rnatib chiqdi. 15 yillik orollar kompaniyasidan so'ng shahzoda Genrix dengizchilarini Afrika qirg'oqlari bo'ylab janub tomonga yo'llay boshlaydi. Yuqoridagi kashf etilgan orollar portugallarga dengiz sayohatiga chiqishlarida tayanch nuqta hisoblangan. Shahzoda Genrixning dengizchilari bo'lmish portugallar Bohador burnini (26° shimoliy kenglikda) aylanib o'tishga qaror qilishadi. Bu yer yevropalilar uchun o'tib bo'lmas burun bo'lib, Bohador burnini kuchli shamollar va daxshatli bo'ronlar "qo'riqlar" edi. Portugallar uchun ilgarilari bu yerlar insaon yashaydigan eng chetki chegara hisoblanar edi. 1434 - yilga kelib dovyurak va shuhratparast kapitan Jil Eanish uchinchi urunishda Kanar orollaridan 200 km janubroqda joylashgan bu burunni chetlab o'tishga muyassar bo'ladi. Zamondoshlari "Jil Eanishning jasoratini faqat Gerakl jasoratiga tenglashtirish mumkin" deb aytib o'tishgan.
Bu muvaffaqiyatdan so'ng ruhlangan portugallar 1441 - yilda Antoniyu Gonsalvish va 1444 - yilda Nunyu Trishtanlar yanada janub tomonga harkatlanishdi. Birinchi dengizchi Antan Gonsalvish Oltin daryo quyilishiga yetib keladi va undan boy oltin qumlarga ega, qora tanli negrlarning zich yashovchi Gvineya sohiliga chiqadi. Gonsalvish Rio-de-Oro sohillaridan ozgina oltin qum bilan qaytadi. Ikkinchi dengizchi Nunyu Trishtan Senegal daryosining quyilish joyiga yetib keladi va 10 negrni asirlikka oladi, Lissabonga olib borib katta narxga ularni qul qilib sotib yuboradi. Shunday qilib 400 yil davom etgan, afrika materigini vayron qilgan va insoniyat uchun sharmandalik bo'lgan qora tanli negrlarni qul qilib sotish davri boshlanadi...
1444 - yildan boshlab portugaliyaliklar ko'plab flotiliyalarni Afrikaga qora tanli qullar uchun yubora boshladilar. Odamlarni ovlash uchun maxsus o'rgatilgan itlardan foylanishar edi. Infant Enrika qora tanli qullar savdosini qo'llab -quvvatlshdan tashqari foydaning 5 qismini o'ziga olar edi. O'sha vaqtlarda Lissabonda qullarning narxi baland edi, shuning uchun ham yil sayin ko'plab kemalar Afrika sohillariga yo'l olar va ko'pincha katta o'ljalar olib qaytardi. Jumladan, o'sha davr hujjatidan quyidagilarni o'qish mumkin: " Sahovatli, yaxshi ishlarni ato etuvchi
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
tangrining o'ziga shukurki, uning xizmati yo'lida ko'p aziyatlar chekib, nihoyat mana shularning evaziga shukuronasini ham ko'rdik,muzaffariyatga erishib, mehnat - shon bilan, ziyon - mukofot bilan taqdirlandi, jami bo'lib 165 bosh erkak, ayol va bolalar qo'lga kiritildi"7.
Qul savdosi portugallarni G'arbiy Afrika janubiy sohillari tomon yanada ichkariga yo'lladi. 1445 - yilda Dinish Diash Yashil burunni aylanib o'tib, Gvineya ko'rfazi sohillarini bir qismini tadqiq qildi. Yashil burundan janubda joylashgan Afrika qirg'oqlari oldingi hududlaridan boshqacha edi. Unumsiz, suvsiz sahro yerlar o'rniga bu yashil vodiylar bilan o'ralgan, qirg'oq yerlar ajoyib tropik o'siliklar bilan qoplangan edi. Genrix va uning yordamchilari ekvator hududlari haqidagi Ptolomey qarashlari noto'g'ri ekanligi isbotlashdi. Ekspeditsiya a'zolaridan biri Fernandes shahzoda Genrixga yozgan xatida shu masalada to'xtalgan edi: " Janobi oliylarning iltifoti bilan shuni ma'lum qilamanki, Ptolomeyning yer shari bo'linishi haqidagi ovoza bo'lgan qarashlarida juda yaxshi narsalar bor, lekin bir joyda xatoligi bor... Ekvator janubida ko'plab qora tanli qabilalar yashashadi, daraxtlarning aqlga sig'maydigan darajada kattaligi bu yerda o'simlik dunyosi kuchi va mo'l - ko'lligini ko'rsatadi"8. 1456 - yili shahzoda Genrix (infant Enrike) "dengiz sayyohi" xizmatida bo'lgan venetsiyalik Alvize da Kadamosto Yashil burunning sharqiy orollar guruhini ochdi9. Xristian dinining jonkuyar xizmatchisi va uning ta'limoti targ'ibotchisi infant Enrike Rim papasidan Afrika mamlakatlari bilan savdo qilish hamda janubiy dengizlarda suzish va Afrikaning qirg'oqlarini "to hindlar yashaydigan joy"gacha bosib olish huquqi faqat Portugaliyaga berilishini iltimos qildi va bunga erishdi. Shahzoda Genrix "Dengiz sayyohi" 1460 - yilda vafot etdi. Uning butun faoliyati tajribali dengizchilar tayyorlashi, o'sha davrda eng kuchli deb hisoblangan flotni tuzishi Portugaliya tarixida juda katta rol o'ynaydi.
Shahzoda Genrix "Dengiz sayyohi" vafotidan so'ng ham portugaliyaliklarning Afrikaning g'arbiy sohillari bo'ylab janubga harakatlanishi davom etdi. Ular 1482 -yilda Gvineyadagi Oltin Sohilda mustamlaka tashkil etib, fort qurishadi va uni San-Jorji-da-Mina (Avliyo Georgiy koni) deb atay boshlashadi. Chunki bu hududda yirik oltin konlari topildi. Tez orada xaritalarda Oltin Qirg'oq bilan bir qatorda Fil suyagi qirg'og'i, Qalampir qirg'og'i, Tutqunlar qirg'og'i paydo bo'ldi. Qalampir qirg'og'i deyilishining sababi - bu yerga afrikaliklar ayirboshlash uchun osiyo qalampiriga
7 Lielays A. Dengiz sarguzashtlari. - T.:O'zbekiston, 1978. B.14.
8 Ревзин Г. Колумб. - М.: Молодая гвардия, 1947. С.35-36.
9 Жюль Верн. История великих путешествий В трех книгах Открытие земли Книга первая. - М.: Ладомир. 1996. С.122-123.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
o'xshash xushbo'y hidli urug'lar keltirib turishgan. Afrikaning dengiz qirg'oqlariga qo'yilgan bu nomlarning o'ziyoq portugallarning asl maqsadlarini, qiyofalarini yaqqol ko'rsatib turibdi. Portugaliya qiroli Xuan II o'z ismiga Gvineya hukmdo ri unvonini qo'shadi. 1484 - 1486 yillarda Diogu Kan ekvatordan Kozerog tropiklarigacha bo'lgan Afrikaning g'arbiy sohillari tadqiq qiladi. Diogu Kan uchinchi dengiz sayohatida 21°50' janubiy kenglikka chiqishga muyyassar bo'ladi. Bu yerda Kross burni bo'lib, ekspeditsiya rahbari an'anaga ko'ra Portugaliya gerbi tushirilgan tosh ustunni o'rnatadi. Bunday ustun "padran" deb atalgan. Ortga qaytayotganda Kongo hukmdorini qabulida bo'ladi va Lissabonga Kongo qirolligi elchisi Kasutu va ko'p sonli afrikalik ruhoniylarni olib keladi.
NATIJALAR
Diogu Kan ekspeditsiyadan qaytib kelgach tez orada 1487 - yil avgustida uch karavella Bartalameo Diash qo'mondonligida Taxo (Teju) daryosi bo'ylab pastga ochiq dengizga chiqdi. Tajribali dengizchi Xuan Infant ikkinchi kemaga boshchilik qildi. Uchinchi yuk kemasiga Bartalameo Diashning ukasi Diogu Diash kapitan etib tayinlandi. Bu sayohatning birinchi qismi haqida hech qanday tafsilotlar saqlanib qolmagan. Faqat XVI asrning yirik Portugaliyalik tarixchisi Xuan Barrushning kitobi orqali shu va boshqa portugaliyaliklarning dengiz ekspeditsiyalari haqida ma'lumotlar olish mumkin10. Unga ko'ra, dastlab Bartalameo Diash Kongo quyilish joyiga harakatlangan so'ngra notanish sohillar bo'ylab 29 - parallelgacha suzib borgan. Ular tomonidan nomlangan gavan Angradush-Voltashda Diash karavellalari ichida kichigi bo'lgan yuk kemani 10 ta matros qo'riqchiligida qoldiradi. Bu gavanda yomon ob - havoni o'tkazib, u bu yerdan janub tomonga qarab suzib ketadi. O'n uch kun davomida Diash qo'rqinchli dovul bilan kurashishiga to'g'ri keladi. Qancha janub tomonga suzgani sayin havo harorati tushib boradi. Dengizchilar o'zlarini halok bo'lgan deb hisoblay boshlashadi. Bartalameo Diash Afrika qit'asining eng janubiy nuqtasidagi burunda ikki hafta davom etgan dovulni boshidan kechirdi. Shiddatli bo'ron ularni janubga qarab olib ketadi va Diash qirg'oqni topolmay qoladi. Shuning uchun bu joyni "Tormentozu" (Bo'ronlar burni) deb atadi. Shunda u Afrikaning janubiy qismini allaqachon o'tib bo'lganini anglaydi. Shu yerda sohilga yetib olgach, qirg'oq bo'ylab sharqqa tomon suzib bordi va tezda Hind okeaniga chiqqanini anglaydi. Diash 1488-yil dekabrda Afrika qirg'oqlari bo'ylab 1260 mil
10 Barrush Xuan - XVI asrning yirik portugaliyalik tarixchisi (1496 - 1570), ko'p tomli "Osiyo haqida dekadalar" nomli tarixiy asar muallifi.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
uzunlikdagi hududni o'rgangach, Lissabonga qaytib ketadi11. U vataniga yetib kelgach Afrika orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo'li ochilgani haqidagi quvonchli xabarni qirolga yetkazadi. Qirol "Bo'ronlar burni"ni "Yaxshi umid burni" deb nomlashga buyruq beradi.
Biroq Hindistonga tez yetib olish umidining ro'yobga chiqishi oson emas edi, chunki Lissabonni Afrikaning eng janubiy nuqtasidan o'n minglarcha kilometr masofa ajratib turardi. Yaxshi Umid burnidan Hindistongacha yana qancha suzish kerakligini esa hech kim bilmagan. Portugallar bir necha yil davomida oldinga tomon harakat qila olishmagan.
Portugaliyaliklarning Hindistonga dengiz yo'lini ochish uchun amalga oshirgan ekspeditsiyalarni 5 bosqichga bo'lib o'rganish mumkin. Birinchi bosqich 1415 -yildagi Seutuni egallashdan bo'shlangan ekspeditsiya bo'lib, 1434 - yil portugaliyalik dengizchilarni Bohador burnidan o'tishlari bilan tugallandi. Bu davrni dastlabki bosqich desa ham bo'ladi. Bu yillar davomida ko'plab ekspeditsiyalar amalga oshirildi, Atlantika okeanidagi orollarga va Afrikaning g'arbiy sohillariga ko'plab dengiz sayohatlari uyushtirildi. 12 yil davomida Bohador burnidan o'tish uchun ko'plab urunishlar amalga oshirildi va bu burundan kapitan Jil Eanish o'tishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa birinchi to'siq yengib o'tildi.
Ikkinchi bosqich 1434 - yildan to 1462 - yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olib, bu davrda Afrika sohillari bo'ylab muvaffaqiyatli dengiz sayohatlari amalga oshirildi. Yashil burunni kashf etilishi bu bosqichdagi o'ziga xos jarayon bo'lib, keyingi sayohatlarni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon berdi. Bu yerning "yashil" tabiati sayohatchilarni o'ziga rom etdi. Karavella ekipaji a'zolari bu hududdagi palma va baland daraxtlarni birinchi bor ko'rganlarida "ular Nil daryosining Senegal deb nomlanuvchi G'arbiy dengizga quyilish joyiga yaqin turibmiz" deb o'ylashgan. Yashil burun 1445 - yil ochildi, shahzoda Genrixning o'limidan ikki yil o'tib, 1462 - yil portugaliyaliklar Gvineya qo'ltig'iga yetib kelishdi va keyinchalik bu yerda San-Jorji-da-Mina fortini qurishdi.
Biroz tannafusdan so'ng, 1470 - yil besh yil davom etgan dengiz sayohatlarining uchinchi bosqichi boshlandi. Bu davrda Portugaliya yangi kashfiyotlarni amalga oshirishda dengizchilar bilan asosan shartnoma asosida muntazam ekspeditsiya jo'natib turdi. Shu yo'l bilan portugaliyaliklar Gvineya ko'rfazining boshqa hududlar bilan tanishib chiqishdi va 1475 - yil ekvatordan 2° janubroqda joylashgan Yeketerina burniga yetib kelishdi.
11 Бейкер Дж. Историей географических открытий и исследований. -Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan 957
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
1482 - yil to'rtinchi bosqich boshlandi. Bu davrda asosan ikki dengiz sayyohi Diogu Kan va Bartalameo Diash olib borgan ekspeditsiyalarda o'tdi. Kan o'zining birinchi sayohatini 1482 - yil amalga oshirdi. U ham oldingi o'tmishdoshlari kabi janub tomonga suzishni davom ettirdi va Muqaddas Mariya burnida Portugaliya bayrog'ini tikladi. Bu yerdagi Kongo daryosining quyilish joyida Portugaliya gerbi tushirilgan tosh ustun (padran)ni o'rnatdi. 1485 - yil ikkinchi sayohatini amalga oshirdi. Diogu Kan Monte-Negro burniga uchinchi padranni, Krest burniga esa to'rtinchi padranni o'rnatdi. Kan umri davomida dengiz qirg'oqlari bo'ylab 1450 mil suzgan.
Ikkinchi ekspeditsiya 1487 - yil Bartalameo Diash boschiligida Lissabondan Kongoga qarab yo'l oladi. Diash Kit qo'ltig'igacha bo'lgan sohillarni o'rganib chiqdi. Bartalameo Diashning bu ekspeditsiyasining ahamiyatli tomoni u "Yaxshi umid" burnini kashf etganida edi. Bu yerdan sharqqa tomon suzib Hindistonga chiqish mumkin edi.
Beshinchi bosqichda portugaliyalik dengizchi Vasko de Gamaning 1498 - yil Hindistonga dengiz yo'li ochilishi bilan yakun topdi.
XULOSA
Portugaliyaning Afrika sohillarini o'zlashtirishdagi muvaffaqiyatlari Ispaniyada ham katta qiziqish uyg'otdi. Bu ikki mamlakat o'rtasida, garchi davlat boshliqlarini qon - qarindoshlik iplari bog'lab tursa ham, dushmanlik va adovat hukm surgan. Portugaliya qiroli o'z dengizchilariga Afrika qirg'oqlariga yaqinlashgan har qanday chet el kemasini shafqatsizlik bilan cho'ktirib yuborishga buyruq bergan. Portugallar Afrika qit'asi sohillarini, Hindistonga boriladigan janubiy dengiz yo'lini o'z mulklari hisoblashgan va hech kim bilan bo'lishishni xohlashmagan.
REFERENCES
1. World history: patterns of interaction. McDougal Littell, USA, 2009.
2. Xolliev A, Artiqov X. Jahon tarixi (Yangi davr. Osiyo va Afrika mamiakatlari). -Toshkent, 2014.
3. Габриэльян С. И. История стран Азии и Африки в новое время. - Т., 2012.
4. Европа мамлакалари ва АКШ 1640 - 1918 йилларда. /А.Холлиев тахрири остида. -Т., 2010.
5. Новая история стран Европы и Америки. Первый период / Под ред. Е.Е.Юровской и И.М.Кривогуза. - М., 1998.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 958 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-950-959
6. Новая история стран Европы и Америки. Второй период / Под ред. Е.Е.Юровской и И.М.Кривогуза. - М., 1998.
7. Ergashev Sh. Jahon tarixi. Yangi davr XVI-XVIII asrlar. - T.: O'zbekiston, 2014.
8. Бейкер Дж. Историей географических открытий и исследований. - М.: Иностранной литературы, 1950.
9. Жюль Верн. История великих путешествий В трех книгах Открытие земли Книга первая. - М.: Ладомир. 1996.
10. Isamiddinov M. The history of emergence of Sughd Cities // EPRA International Journal of Research and Development. Volume:5, Issue:10, October 2020 India. - P. 125128.
11. Mirsoatova S.T. New data on the late paleolithic of the Fergana valley // Евразийский союз ученых (2020. - № 10 (79/4). - P. 25-29.
12. Farmanova G.K. The role of the geographic environment and climatic conditions in the formation of economic-cultural type of population when during ancient and antic period // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 10, Issue 11, November 2020. - P. 1612-1622. Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13. DOI: 10.5958/22497137.2020.01639.0.
13. Rakhmatillayev H. Ethnodynamics of the city population of the Fergana valley of the first half of the XX century // EPRA International Journal of Research and Development. Volume: 5, Issue:5, Мау 2020. - P. 532-535.
14. Arslonzoda R. Memoirs as asourse on the history of Uzbekistan in the second half of the 19th - early 20th centuries // EPRA International Journal of Research and Development. Volume: 5, Issue:10, October 2020. - P. 119-124.
15. Mahmudov O. The beginning of the European renaissance. ERPA International Journal of Research and Development. 2020; Vol. 5 (7). - P. 104-108. DOI: https://doi.org/10.36713/epra4787
16. Khamayev N.M. The essence of the armed struggle against soviet power in Turkestan in the interpretation of journalists // Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). 2020. - Vol-09. Issue-11, November 2020. - P. 146-150.
17. Rasulov M. Archival documents on turkestan autonomy as a historical source (on the example of documents from the Fergana regional state archive): https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1267
18. Yuldashev S. Visit of chinese ambassador dung wan to Fergana // The history of the Fergana valley in new researches. - Fergana, 2021. - P. 123 - 131. https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1240