Научная статья на тему 'YEVROPADA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINING RIVOJLANISHI, GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING SHART – SHAROITLARI'

YEVROPADA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINING RIVOJLANISHI, GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING SHART – SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1971
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yevropa / Buyuk geografik kashfiyotlar / iqtisodiy o’sish / texnika taraqqiyoti / salib yurishlari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Erkinjon Asqaraliyevich Mahmudov

Maqolada ilmiy adabiyotlarga asoslangan xolda yangi davr tarixining boshlanishiga turtki bo’lgan jarayon – buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi arafasidagi Yevropadagi iqtisodiy vaziyat, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy sharoitlari ishlab chiqarishda tajriba orttirish, aholi o’rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashishi, mehnat qurollarini takomillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalarini tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YEVROPADA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINING RIVOJLANISHI, GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING SHART – SHAROITLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

YEVROPADA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINING RIVOJLANISHI,

GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING SHART - SHAROITLARI

Erkinjon Asqaraliyevich Mahmudov

Farg'ona davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada ilmiy adabiyotlarga asoslangan xolda yangi davr tarixining boshlanishiga turtki bo'lgan jarayon - buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi arafasidagi Yevropadagi iqtisodiy vaziyat, ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy sharoitlari ishlab chiqarishda tajriba orttirish, aholi o'rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashishi, mehnat qurollarini takomillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalarini tahlil qilingan

Kalit so'zlar: Yevropa, Buyuk geografik kashfiyotlar, iqtisodiy o'sish, texnika taraqqiyoti, salib yurishlari.

KIRISH

XV - XVII - asrlarga kelib G'arbiy Yevropa mamlakatlarida asta - sekin yangicha hayot tarzi vujudga kela boshladi. Yangi davrning shakllanishi murakkab jarayon bo'lib, borgan sari ko'plab xalqlar va mamlakatlarni qamrab oldi. Jahon xalqlari tarixi yagona jarayon sifatida shakllana bordi. Salib yurishlaridan so'ng yevropaliklarning sharq madaniyati bilan tanishishlari ularning hayotida ko'plab yangiliklar paydo bo'lishiga olib keldi. Jamiyat taraqqiyotida yangi belgilar paydo bo'ldi. Bular quyidagilar:

- o'rta asrlarning buyuk ixtirolari - kompas, porox, kitob chop etish va boshqalar hayotga yanada kengroq tatbiq qilina boshlandi;

- energiyani odatdagi manbalardan (suv, shamol) olish va ularni mexanizmlar bilan uzatishga yordam beradigan ko'plab yangi ixtirolar qilindi;

- manufaktura ishlab chiqarishi rivojlanib, asta - sekin sexlarni siqib chiqara boshladi;

- metallarga va o'tochar qurollarga ishlov berish jarayoni takomillashdi;

- savdo rivojlandi va pul - tovar xo'jaligi mustahkamlandi;

- savdo markazlari bo'lgan shaharlar jamiyat hayotida tobora kattaroq rol o'ynay boshladi;

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

- aholining tarkibi o'zgardi - shaharlarda burjuaziyaning salmog'i oshdi, yollanma ishchilar tez ko'paya bordi, ziyolilar soni o'sdi;

- burjuaziya sonining oshishi, uning boylik to'plashi, insoniy qadr - qimmat tuyg'usining rivojlanishi bu qatlamni o'z ozodligi va mulki uchun, jamiyatda hukmronlikni qo'lga olish uchun kurashga boshladi;

- dehqonlarning shaxsiy ozodlikka erishishi qishloq xo'jaligida ham yollanma mehnat va tadbirkorlikning rivojlanishiga olib keldi. Ko'plab zodagonlar ham endi tadbirkorlik faoliyatiga tortildi1.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bu davrda demografik jarayonlar mazkur asrning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Yevropa aholisining o'sishi ikki asr davomida (XV asrning o'rtalaridan - XVII asrning o'rtalarigacha) ikki barobarga ko'paygan. Tahminiy hisob - kitoblarga ko'ra, 1500-1600-yillar oralig'ida Yevropa aholisi soni 80 - 100 million kishidan, 180 milliongacha ko'paygan. Niderlandiya, Italiya va Germaniyaning g'arbiy hudulari aholi eng zich joylashganligi bilan ajralib turgan. Lombardiyada har 1 kv km.ga 80 - 200 kishi to'g'ri kelsa, Toskaniyada 50 - 80 kishiga to'g'ri kelgan . Bu hududdagi shaharlarning zichligi yuqori bo'lgan, chunki bu shaharlarga qishloqlardan oddiy dehqonlarning ko'chib kelishi shaharlarda aholining ko'payishiga olib keldi. Neapol, Palermo, Rim, Florensiya, London, Lissabon, Parij, Lion, Bryussel, Antverpen, Gamburg, Praga va boshqa ko'plab katta shaharlarda aholi soni ba'zan ikki martaga ortgan va 100 mingdan ortiq kishini tashkil qilgan. Bu davrda kichik shaharlarning aholisi 1500 kishidan ortmagan. Bu davrdagi migratsiya jarayoni bir tomondan ishlab chiqarishda tajriba almashishni, qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarishda texnologiyalarini takomillashtirish va bilimlarni chuqurlashtirishni tezlashtirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, migratsiya odamlarga ko'plab halokat keltirib, ularni odatiy hayotini izdan chiqargan.

Bu davrda iqtisodiy taraqqiyotning asosiy sharoitlari ishlab chiqarishda tajriba ortirish, aholi o'rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashishi, mehnat qurollarini takomillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilanishida ko'rinadi. Kapitalistik ishlab chiqarish uchun sharoit tug'ila borgan sari mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishi o'z o'rnini yirik sanoatga bo'shatib bera boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarishning dastlabki formasi manufaktura edi. Manufaktura asosan qo'l

1 Ergashev Sh. Jahon tarixi. Yangi davr XVI-XVIII asrlar. - T.: O'zbekiston, 2014. B. 6.

2 Карпова С.П. История средних веков Том 2. - М.: Печатные традиции, 2008. С. 33.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

mehnatiga, hunarmandchilik texnikasidan foydalanuvchi kasbkorlikka asoslansa ham undan farqli o'laroq, manufaktura ancha yirik ishlab chiqarish bo'lib undagi ishlab chiqarish jarayonida mehnat taqsimoti juda ham mayda qismlarga bo'linib ketgan edi.

"5

Bu esa mehnat unumdorligining keskin o'sishiga olib keldi .

O'rta asrlarda asosiy energiya hali ham inson mehnati, hayvon kuchi, suv va shamolga asoslangan edi. Issiqlik energiya manbasi yog'och, tosh ko'mir va torf bo'lgan. Bu davrda injenerlik g'oyalari asosan an'anaviy va tugamas energiya manbalari suv va shamol kuchidan foydalanishga qaratilgan edi. Shamol tegirmonlari binolarning korpus yoki tom qismida aylanishga moslashtirilib, uning qanot burchaklari o'zgaruvchan qilingan. Bu esa har qanday shamol yo'nalishini o'zgartirsa ham tegirmonning to'xtamay ishlashini ta'minlangan.

Suv tegirmonlarini ham takomillashtirib uning suv quyish g'ildiragini ikki karra kattalshtirishgan (uning kattaligi 10 metrga yetgan), bu ish samaradorligini oshirib, endi bunday tegirmonlardan nafaqat un olishda balki, movut ishlab chiqarishda, taxta yog'ochlarni tayyorlashda, rudani maydalashda va boyitishda, qog'oz tayyorlashda va temirchilikda ishlatila boshlangan4. Konchilik va hunarmandchilikda "suv dvigateli" qo'llanila boshlandi. Qadim zamondayoq tegirmonda suv parragidan foydalanilar, uning yordami bilan og'ir tegirmon toshlari harakatga keltirilardi. Buning uchun tegirmon parragining pastki qismi sharillab oqib turgan suv ichiga joylashtirilardi va bunday paarrak "quyidan harakatga keluvchi parrak" deb atalardi. Keyinroq boshqacha parrak ixtiro qilindi, suv yuqoridan zarb bilan tushib uni harakatga keltirardi, bunday parrak "yuqoridan harakatga keluvchi parrak" deb atala boshladi. To'g'on bilan to'silgan katta ariq yoki daryodan tarnov chiqarilib, unga suv qo'yib yuborilardi. Bu tarnovdan pastga tez oqib tushayotgan suv parrakka kelib urilib uni aylantirardi. Charxpalak (suv g'ildiragi) ning ixtiro qilinishi konchilikda juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Alohida quvurlar va novlar orqali suv g'ildirakka va uning parraklariga kelib tushar hamda uni aylanishga majbur qilardi. Bunday tizim ancha chuqurlikdagi ma'danlarni ularning suvga qancha yaqin -uzoqligidan qat'iy nazar qazib chiqarish imkonini berardi. Metall arni ishlashda suv parragi (charxpalak) vositasi bilan bir tonnacha og'irlikdagi to'qmoq harakatga keltirilardi. Qog'oz ishlab chiqaradigan korxonada suv parragi yordamida presslar yuqoriga ko'tarilar va pastga tushirilardi. Yangi charxpalak XIV asrning ox iri - XV

3 Семёнов В.Ф. Урта асрлар тарихи. - Т.:Укитувчи, 1973. Б.414.

4 Карпова С.П. История средних веков Том 2. - М.: Печатные традиции, 2008. С.34.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

asrning boshlarida Italiya, Janubiy Fransiya va Janubiy Germaniyada bir vaqtda paydo bo'ldi.

Metallurgiya sohasida sezilarli texnik siljishlar ro'y berdi. Metallurgiyada haqiqiy burilish XV asrda yaratilib takomillashtirilgan domna pechlari yaratilishi bo'lib, ular an'anaviy pechlarni o'rnini egallagan. Suv tegirmonlarning tatbiq qilinishi, uning meshlar bilan qo'shilishi tufayli erituv pechida haroratni ancha oshirish va suyuq cho'yan olishga erishildi. Domna ishlab chiqarishi asosan XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab avval Fransiya, Shimoliy Italiya va G'arbiy Germaniyada tarqala boshladi. XVI asrda temir rudasidan cho'yan eritib olinadigan va balandligi 3 - 4 metr bo'lgan katta pechlar - domnalar qurila boshlandi. Metall erituvchilar suv parragiga katta bosqonlarni ulardilar, bu bosqonlar pechga zo'r kuch bilan juda ko'p havoni "puflab" kiritardi. Buning natijasida domna ichidagi harorat yuqori darajaga yetib, rudani eritish, undan suyuq cho'yan hosil qilish mumkin bo'ldi. Cho'yandan har xil buyumlar yasalardi, qayta eritish yo'li bilan esa cho'yandan temir va po'lat olinardi. Domnalar qurilib, ishlay boshlagach, avvalgiga qaraganda ko'proq metall eritiladigan bo'ldi.Sanoat ishlab chiqarishida geografik ixtisoslashtirish chuqurlasha boradi. Mis, kumush, ruh, qo'rg'oshin quyish keyingi yuz yillar mobaynida asosan Germaniya, Tirola, Vengriya hududlarida toplandi. Bu hududlardan olingan metallar Yevropaning ko'plab mamlakatlariga va boshqa hududlarga eksport qilingan. Temir rudalarini qazib olish va ularni eritishning asosiy markazlari Sharqiy Alp tog'lari, Fransiya, Angliya, Shvetsiya bo'lib qoldi. Turli xil metall mahsulotlari faqat harbiy sohada emas, balki xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham keng qo'llanildi. Mix ishlab chiqarish kemasozlikda juda keng qo'llanilib, xo'jalik hayotida ham asosiy mahsulotlardan biriga aylandi. Metallni maxsus tokarlik, pardozlash, vint o'yish dastgohlarida qayta ishlardilar. Mexanik soatlarning takomillashuvi oddiy mexanizmlar bunyod etishga olib keldi. Og'ir toshlar bilan yuritiladigan dastlabki soatlarni shahar ratushalariga o'rnatishdi. Keyinroq tarang o'ralgan prujinali cho'ntak soatlari vujudga keldi. Soatning tishli g'ildiraklaridan harakatni uzatish uchun boshqa mexanizmlarda ham foydalana boshladilar.

O'qotar qurollar ishlab chiqarish uchun ko'p cho'yan va temir kerak edi. XIV asrda qamal paytida ishlatiladigan og'ir to'plar ham, yengil dala to'plari ham qo'llanilardi. Faqat o'q otibgina qolishmasdan, balki portlaydigan snaryadlar ham otishardi. Qo'lda ko'tarib yuriladigan o'q otar qurol ham takomillashtirildi. To'pponchalar va og'ir pilta miltiqlar - mushketlar paydo bo'ldi. Ayri yog'ochga

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

qo'yib o'q otiladigan bu miltiqlardan 150 - 200 qadam naridagi narsani xatosiz urishardi. To'p va miltiqlarning stvoli maxsus qolipga quyilib yasalar, stvolning teshigi esa parmalash dastgohida qilinardi. O'q otadigan qurolning paydo bo'lishi va tarqalishi bilan harbiy taxnikada katta o'zgarish yuz berdi. Ritsarlarning qalqon, sovut va boshqa yarog' - aslahalari ahamiyatini yo'qotdi, ularni o'q teshib o'tardi. Qasrlarning qalin va baland devorlari ham o'z ahamiyatini yo'qotdi - endi ularni to'pga tutib vayron qilish mumkin edi. Og'ir yarog' - aslaha bilan qurollangan otliq ritsarlar qo'shini o'rnini o't ochadigan qurol bilan qurollangan ommaviy yollanma qo'shinlar egalladi.

NATIJALAR

O'rta asrlarda Yevropada to'qimachilik sohasi ham alohida rivojlandi. XIII -XIV asrlarning birinchi yarmida Angliyadan chetga jun mahsuloti juda ko'plab chiqarilgan. XIV asrning o'rtalariga kelib Angliyadan chetga movut chiqishi ko'paya bordi, jun mahsuloti esa borgan sari kam chiqarilar edi. XV asrning oxiriga kelib Angliya Yevropada movut eksport qilishda birinchi o'ringa chiqib oldi. Niderlandiyada ham movut to'qish ishi jo'shqin rivojlandi. An'anaviy yuqori sifatli movut ishlab chiqarish o'chog'i bo'lmish Ipr, Gent, Bryugge kabi shaharlar oldingi mavqelarini yo'qotdilar. Ipni pishitish va kalavalashni bitta jarayonga birlashtiruvchi yigirish dastgohining ixtiro qilinishi manufaktura davrining ilk davridayoq to'qimachilik sanoatidagi juda muhim kashfiyot bo'ldi. To'qimachilik ishlab chiqarishida XV asr oxiriga borib g'ildirakli charx paydo bo'ldi. Bu to'qimachilikda ipni yigirishdan tashqari uni g'altakka o'rab qo'yishga imkon bergan. Bunday kashfiyotdan so'ng to'qimachilik sohasida o'ziga hos rivojlanish paydo bo'ldi va ish samaradorligini oshirdi. Ipak mato tayyorlash markazlari Italiyaning bir qator shaharlari: Lukka, Florensiya, Genuya, Venetsiya kabi shaharlar edi. XV asrda ipak mato tayyorlash Fransiya (Lion), Flandriya (Bryussel), Germaniya (Kyoln), Shvetsariya (Syurix) kabi hududlarga tarqaldi. Lion va Parij shaharlarida ipak tizmalardan qo'lda ishlangan dekorativ matolar ishlab chiqarila boshlani. Bazel va Nyurnberg shaharlarida tillo va kumush iplardan ipak kalavalar ishlab chiqarila boshlandi. Yangi ipak tayyorlash tarmog'i Bryussel, Parij, Venetsiya markazlarini o'rab oldi. Dvoryanlarning mavqeini belgilagan bahmal, atlas va parcha (o'rta asrlarda tayyorlangan bir mato turi) Yevropaning barcha yirik mamlakatlari:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya, Niderlandiya va albatta Italiyada tayyorlangan5.

Mayda ishlab chiqaruvchi dehqonlarning halok bo'lishi natijasida qishloq xo'jaligida ham yirik ishlab chiqarish vujudga keladi. Dehqonlarni ekspropriatsiya (jamiyatdagi bir tabaqaning ikkinchi tabaqa tomonidan ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilinishi) qilgan Lendlordlarning o'zi xo'jalikni kapitalistik asosda olib borib, sobiq dehqonlarni batraklar - yollanma ishchilar sifatida ekspluatasiya qilardi. Biroq katta yer egasi ko'pincha o'z yerini pomeshchikka katta yer rentasi to'lashga qurbi yetadigan va kapitalga ega bo'lgan birorta kattaroq ijarachi fermerga ijaraga berishni afzal ko'rgan. Yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish ham bunday rentaning manbai hisoblanadi. Yangi kapitalistik renta dehqonlardan olinadigan feоdal rentasidan farqi shuki, kapitalistik renta - qishloq xo'jaligi ishchilarining mehnatini ekpluatatsiya qilishdan fermer oladigan qo'shimcha qiymatning bir qismidir. Sanoatda manufakturachi qanday rol o'ynasa, qishloq xo'jaligida fermer ham natijada shunday rol o'ynaydi. Fermerlar qo'shga qo'shiladigan mollarning hamda sog'in sigirlarning yaxshilangan zotlarini ko'paytira boshladilar, shuningdek ommaviy qo'ychilik bilan shug'ullanib, bozorga juda ko'p miqdorda jun,teri, go'sht, yog', pishloq va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetkazib berdilar. Biroq mayda hunarmandchilik ustun bo'lsalar ham, ularni tamomila qisib chiqara olmagan markazlashgan manufakturalar singari fermer xo'jaliklari bilan yonma - yon yashardilar. Bu narsa ayniqsa Yevropa qit'asidagi mamlakatlarga taaluqlidir. Qishloq xo'jaligining asosiy tovar mahsuloti ko'plab miqdorda ana shu tarqoq dehqon xo'jaliklaridan yetkazib bereiladi. Bu dehqon xo'jaliklari esa bozor bilan bog'langan bo'lsalar ham, u yerda ortiqcha mahsulotlarini emas, balki feоdal davlatiga soliq va yer egasi - feodalga pul rentasi to'lash uchun mahsulotning zarur qismini sotishga majbur bo'lardi.

Yevropaliklar ochiq dengizda olis mamlakatlarga sayohat qilishga uzoq vaqtlargacha botina olmadilar. Sayohatchilar qo'lida aniq xaritalar va dengizda suzish uchun kerakli asboblar yo'q edi. Shuning uchun ular kichkina kemalarda Yevropa atrofidagi dengizlardagina suzardilar6. Dengizchilar o'z kemalari qayerda borayotganini chayqalish bo'lmagan qirg'oqqa tushib, havo ochiq kunlarda yulduzlarning joylanishiga qarab bilardilar. Dengizchilar kompasdan foydalan boshlaganlaridan keyin ochiq dengizga chiqish xatarsizroq bo'lib qoldi. Kemaning

5 Карпова С.П. История средних веков Том 2. - М.: Печатные традиции, 2008. С.36.

6 Lielays A. Dengiz sarguzashtlari. - T.:O'zbekiston, 1978. B.10.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

turgan joyini belgilovchi asboblar - astrolyabiya (usturlob) ham ixtiro qilindi. Viloyatlar bo'ylab olib boriladigan savdo - sotiq va keyinchalik Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi bilan qit'alararo olib boriladigan savdo ishlari dengiz transporti ahamiyatini oshirib yubordi, yangi turdagi kemalar ishlab chiqarila boshlandi. Italiya va Portugaliya davlatlari ko'p yuk ortish mumkin bo'lgan, harakatchan va chaqqon karavellalar ( o'zbekcha aytganda, yelkanli qayiqlar) qura boshladilar. Tez suzar yelkanli qayiqlar karavellalar XV asda qurila boshlanib, ularning to'g'ri va qiya yelkanli uchta machtasi bo'lardi. Bu kemalar dengiz va okeanlarda shamol yurgan tomongagina emas, balki shamol kelayotgan tomonga ham suza olardi. Karavellalarda uzoq joylarga sayohat qilish mumkin edi. Kemasozlikda ikkita muammo hal qilingan edi - yuk sig'imini yanada ortirilishi va kemalarni turli to'plar bilan qurollantirishlishi. Kemalarni qurollantirishini kuchayib borishi XVI asrga kelib Shimoliy dengiz, Boltiq dengizi va O'rta dengizning savdo yo'llarida dengizda qaroqchilik bilan shug'ullanuvchilarni (piratlarni) kuchytirib yubordi . Boltiq dengizidagi eng katta va qudratli kemalar Lyubekda qurilgan kemalar bo'lib, u uch palubali va har bir palubasida to'plar bilan qurollangan kema hisoblangan. Italiyaning Venetsiya va Genuya kemasozlari, Ispaniyaning Kadis va Malaga port shaharlarida joylashgan kemasozlar, Portugaliya davlatining Lissabon va Portu shaharlaridagi kemasozlar va boshqa Angliya, Gollandiya, Skandinaviya kemasozlari nafaqat kema tezligini oshirishga harakat qilganlar balki, uning yuk sig'imi va dengiz qaroqchilardan samarali himoyalana olishini kuchaytirganlar. O'rta asrlarning so'ngida dengiz kengliklarida ikki xil kema harakat qilgan, bular: yelkanli va eshkakli kemalar edi. Yuqori samarali dengiz savdo kemasi bo'lmish "floyta" - XVI asrning oxirlarida Gollandiyada qurila boshlanadi. Gollandiyalik kemasozlar tomonidan kemasozlikda ishlab chiqilgan qonun - qoidalar ganzaliklar, ispanlar, portugallar tomonidan o'zlashtirildi. Dengizchilik san'atida jiddiy yutuqlarga erishish, dengiz kartografiyasida yangi yo'l ochilishiga imkon yaratdi. Navigatsiya uskunalari yaxshilandi, ular yordamida osmon jismlarining joylashishi aniqlanardi. Bu dengizchilarga dengizda adashmay manzillariga yetib olishlariga yordam berdi. XV asrda nemis olimi Regimontan tomonidan aniqroq astronomik jadval tuzilgan bo'lib, dengizchilarga dengiz sayohatlarida adashib qolmasligini ta'minlagan. Quruqlik yo'llari kartografiyasi ham ancha takomillashtirildi. Merkator tomonidan ishlangan va 1554-yil nashr etilgan Yevropa xaritasi asosiy ishlardan biri bo'ldi. Yangi turdagi yo'l transportlari paydo bo'ldi. Ular endilikda metall g'ildiraklar bilan

7 Карпова С.П. История средних веков Том 2. - М.: Печатные традиции, 2008. С.50.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 945 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

jihozlangan edi. Yangi ko'plab yo'l ko'rsatkichlarning paydo bo'lishi esa, sayohatlarni osonlashtirar edi.

Manufakturada hamma narsa: bino, xom - ashyo, asbob - uskunalar va tayyor mahsulot manufaktura egasiga qarardi. Hunarmand ustalardan farq qilib, manufaktura egalarining o'zlari ishlamas edilar, ular o'z korxonalarini boshqarardilar,xolos. Manufaktura egalari movutni odatda savdogarlarga sotardilar, savdogarlar esa uni o'z magazin va do'konlarida sotar yoki boshqa mamlakatlar bozoriga olib borib pul qilar edilar. Yollanma ishchilar mehnati hisobiga davlat ortirgan manufaktura egalari, savdogarlar, hamma boylar burjuaziya sinfiga aylanardi. Burjuaziya katta puldorligi, korxonalar, tovarlar egasi bo'lishi bilan feodallardan farq qilardi, shahar boylari ko'pincha yerlar ham sotib olar edi. Burjuaziya yollanma ishchilarn i feodallarning qaram dehqonlarni ekspluatatsiya qilganiga nisbatan boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilardi. Yollanma ishchilar shaxsan erkin kishilar edi. Ular o'z yerlari ham, xo'jaliklari ham yo'qligi bilan qaram dehqonlardan farq qilardilar. Ishchilar ochlikdan o'lmaslik uchun manufaktura egalariga yollanib ishga kirardilar. Ular ertalabdan to qorong'i kechgacha ishlardilar. Ularga ish haqi juda oz berilardi. Bu ish haqi bilan yarim och holdagina kun kechirish mumkin edi. Manufaktura egasi ishchilar tayyorlagan tovarlarni xom ashyo sotib olishga va ish haqi to'lashga sarflaganiga qaraganda ancha ko'p pulga sotib, katta foyda olar edi. Manufaktura dastlabki kapitalistik korxonalar, ya'ni yollanma ishchilarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan korxonalar edi. Manufakturalar faqat movut ishlab chiqarishda emas, balki konchilikda, metallurgiyada va qurol - aslaha ishlab chiqarishda, kitob nashr qilishda ham vujudga kelgan edi. Manufaktura egalari yollanma ishchilarning mehnati hisobiga boyirdi. Dastlab ko'pgina ishchilar o'z uylarida ishlaganlari sababli ularning ishini nazorat qilish qiyin edi. Shuning uchun savdogar ishchilarni bir binoga to'plab ishlatib, yirik korxona barpo qilardi. O'nlab va hatto yuzlab ishchisi bo'lgan sanoat korxonalari ana shunday paydo bo'lar edi. Boyib ketgan ba'zi hunarmandlar sex ustavlariga rioya qilmay, shaharlarda o'z ustaxonalari kengaytirardilar. Boy hunarmand usta katta bino qurib, unga dastgohlar o'rnatar va ko'p xalfalarni yollar edi. Uning hunarmandchilik ustaxonasi yirik korxonaga aylanardi va xalfalar esa yollanma ishchi bo'lib qolardilar.

Tovarlar ishlab chiqarish ko'paygan sari hunarmandlarning ustaxonalari o'rtasida mehnat taqsimoti kuchaydi. Bu hol manufaktura ichidagi mehnat taqsimotiga asos bo'ldi. Ishchilarni manufakturada birlashtirish ishni ular o'rtasida yaxshiroq taqsim qilish imkoniyatini berdi. Bunda ishchilarning bir guruhi yungni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

katta qozonlarda qaynatar, so'ngra sovuq suvda yuvib, oftobda quritar, boshqalari esa uni taroq va cho'tkalar bilan titar edi. Shundan keyin yigiruvchilar qo'liga o'tgan yung yigirilib, kalava qilinardi. To'quvchilar kalavalardan mato to'qir, bo'yoqchilar esa uni bo'yar edilar. Manufakturada turli ixtisosdagi ishchilar o'rtasidagi mehnat taqsimoti mavjud edi. Ishchilarning har qaysi guruhi umumiy ishning faqat bir qismini bajarardi. Mehnat taqsimoti natijasida ish usullari tobora yaxshilandi. Ishchi doimo bir xil ishni bajarib, katta mahorat orttira boshladi. Manufaktura ishchilar soni jihatidan o'zlariga teng bo'lgan mayda hunarmandlarning ishlab chiqarganiga qaraganda ancha ko'p movut ishlab chiqarardilar. Manufakturadagi mehnat taqsimoti mehnat unumdorligining oshuviga yordam berdi.

XULOSA

Ma'lumki, yevropaliklarning Osiyo qit'asiga bo'lgan qiziqishlari qadimdan bo'lib kelgan. Salib yurishlaridan so'ng yevropaliklarning Sharq madaniyati bilan tanishishlari natijasida, ularda sekin astalik bilan ilm-fan, madaniyat rivojlana boshlagani hammaga ma'lum. Osiyo bilan savdo aloqalarining olib borilishi natijasida Yevropada shaharlarning rivojlanishi tezlashdi va natijada burjuaziya vakillarining paydo bo'lishiga olib keldi. Yevropada sekin-astalik bilan qo'l mehnatiga asoslangan manufaktura rivojlana boshladi. Bu esa, tovar hom-ashyosiga bo'lgan talabni oshishiga olib keldi. Osiyo bilan savdo aloqalar orqali yevropaliklar uchun qimmatli bo'lgan turli xil ziravorlar,qand, zargarlik buyumlari, har xil matolar yuqori va o'rta sinf vakillari iste'moliga ko'proq kira boshladi. Hindiston yevropaliklarga eng jozibali mamlakat bo'lib ko'rindi. Ular Hindistonda boyliklar daryoday oqadi, degan xom xayolga borganlar. Lekin Hindiston va Xitoy bilan bo'lgan savdoni ko'p vaqtdan buyon arablar va turklar o'z qo'llariga kiritib olgandilar. Ular sharq tovarlarini arzon bahoda olib, o'z narxidan 8 - 10 baravar ortiq baho bilan yevropalik savdogarlarga sotardilar. Yevropalik dengiz sayyohlari Sharq bilan bo'ladigan savdodan keladigan g'oyat katta daromadni butunicha o'zlariniki qilib olish uchun Osiyo mamlakatlari bilan bevosita aloqa o'rnatishga intildilar. XV asrdagi geografik kashfiyotlar Pireney yarim oroli davlatlari - Ispaniya va

Q

Portugaliya dengizchilari tomonidan amalga oshirildi .

8 Ergashev Sh. Jahon tarixi. Yangi davr XVI-XVIII asrlar. - T.: O'zbekiston, 2014. B.10.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 947 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

REFERENCES

1. World history: patterns of interaction. McDougal Littell, USA, 2009.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Xolliev A, Artiqov X. Jahon tarixi (Yangi davr. Osiyo va Afrika mamiakatlari). -Toshkent, 2014.

3. Габриэльян С. И. История стран Азии и Африки в новое время. - Т., 2012.

4. Европа мамлакалари ва АКШ 1640 - 1918 йилларда. /А.Холлиев тахрири остида. - Т., 2010.

5. Новая история стран Европы и Америки. Первый период / Под ред. Е.Е.Юровской и И.М.Кривогуза. - М., 1998.

6. Новая история стран Европы и Америки. Второй период / Под ред. Е.Е.Юровской и И.М.Кривогуза. - М., 1998.

7. Ergashev Sh. Jahon tarixi. Yangi davr XVI-XVIII asrlar. - T.: O'zbekiston, 2014.

8. Isamiddinov M. The history of emergence of Sughd Cities // EPRA International Journal of Research and Development. Volume:5, Issue:10, October 2020 India. - P. 125-128.

9. Mirsoatova S.T. New data on the late paleolithic of the Fergana valley // Евразийский союз ученых (2020. - № 10 (79/4). - P. 25-29.

10. Farmanova G.K. The role of the geographic environment and climatic conditions in the formation of economic-cultural type of population when during ancient and antic period // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 10, Issue 11, November 2020. - P. 1612-1622. Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13. DOI: 10.5958/2249-7137.2020.01639.0.

11. Rakhmatillayev H. Ethnodynamics of the city population of the Fergana valley of the first half of the XX century // EPRA International Journal of Research and Development. Volume: 5, Issue:5, Мау 2020. - P. 532-535.

12. Arslonzoda R. Memoirs as asourse on the history of Uzbekistan in the second half of the 19th - early 20th centuries // EPRA International Journal of Research and Development. Volume: 5, Issue:10, October 2020. - P. 119-124.

13. Mahmudov O. The beginning of the European renaissance. ERPA International Journal of Research and Development. 2020; Vol. 5 (7). - P. 104-108. DOI: https://doi.org/10.36713/epra4787

14. Khamayev N.M. The essence of the armed struggle against soviet power in Turkestan in the interpretation of journalists // Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). 2020. - Vol-09. Issue-11, November 2020. - P. 146-150.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-939-949

15. Rasulov M. Archival documents on turkestan autonomy as a historical source (on the example of documents from the Fergana regional state archive): https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1267

16. Yuldashev S. Visit of chinese ambassador dung wan to Fergana // The history of the Fergana valley in new researches. - Fergana, 2021. - P. 123 - 131. https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1240

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.