SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021
ISSN: 2181-1601
VII-XI ASRLARDA O'RTA YER DENGIZI HAVZASI DAVLATLARINING
SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI
Shohrux Mirzo Gulboyev
Toshkent viloyati Toshkent tumani 7-maktab o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
O'rta Yer dengizi qulay geografik geostrategik yo'llar kesishgan uchta qit'ani birlashtiruvchi geografik makon hisoblanadi. Tabiiy sharoiti mo'tadil iqlimi minerallarga boy dengiz suvlari va boy tabiiy resurslari bilan Afrika va Yevro Osiyoning eng qadimgi sivilizatsiyalar chorrahasidir. Iqlimning mo'tadilligi savdogar va sayyohlar uchun qulay sharoit yaratgan. Ko'p ming yillik tarix mobaynida O'rta Yer dengizi aloqa va savdo tarmoqlarining markazlari bo'lib qadimda odamlar yangi dunyolarni ochish uchun shu yo'ldan foydalanishgan .
Kalit so'zlar: Ganza, Levant, Shimoliy yo'l, Savdo shaharlari, savdogar
TRADE AND ECONOMIC RELATIONS OF THE MEDITERRANEAN BASIN
COUNTRIES IN THE VII-XI CENTURIES
ABSTRACT
The Mediterranean is a geographical ma uniting three continents where convenient geostrategic paths intersect.With it is temperate climate and mineral rich-seawater and rich natural resources, it is the crossroads of the oldest civilizations in Africa and Eurasia. The temperate climate has created favorable conditions for traders and tourists. For thousands of years, the Mediterranean has been the center of communication andtrade, and in ancient times people used this path to open new worlds.
Keywords: Ganza, Levant, North Road, trade cities, merchand
Qadimda O'rta Yer dengizi savdo yo'llarini turli mintaqalardan kelgan dengizchilar dengizdagi muhum kashfiyotni qiladilar. Bu kema yelkanlari edi. Bu yangi texnologiya dengizchilikda ulkan muvaffaqiyat edi. Milloddan avvalgi uchinchi ming yillikning boshlarida dengizchilar O'rta Yer dengizi atrofini o'zlashtirish va yangi dengiz yo'llarini ochishgan. Qadimgi yunonlar misrliklar suriyaliklar va boshqa xalqlar o'ta murakkab dengiz yo'llarida savdo tarmoqlarida ishtirok etganlar. Ammo katta ehtimol bilan yunon va misir tarixchilari ma'lumot berishicha hech bir xalq O'rta Yer dengizi ustidan finikiyaliklarday hukumronlik qila olmagan. Finikiyaliklar savdo asosidagi o'zlarining ulkan madaniyatiga ega bo'lib ana shu madaniyatni boshqa xalqlarga ulashgan buning yorqin misoli finikiya alifbosi xalqaro savdo tiliga aylangan
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601
edi . Finikiyaliklar esa O'rta Yer dengizidagi birinchi raqamli dengizchi va savdogarlar edi [1]. Keyinchalik esa bu yutuqlarni dengizchilik sirlarini kemasozlikni va eng asosiysi finikiya alifbosini birinchilardan bo'lib, yunonlar o'zlashtiradilar. Buning natijasida yunon xalq og'zaki ijodidagi xalq eposlari va dostonlari qonunlar majmuyi oqsoqollar kengashidagi nutqlar diniy marosimlar urf-odat va an'analar turli xil xudolar sharafiga bayramlar yunon alifbosida tarixga muhrlandi. Bu ulkan bilimlar majmuyi esa keyinchalik, yunon antik madaniyatini va ulkan bilimlar majmuini yuzaga keltirdi.
Asrlar mobaynida O'rta Yer dengizi milloddan avvalgi birinchi asrda rim imperiyasi bilan uzviy bog'landi. Rim ulkan imperiya bo'lganligi bois O'rta Yer dengizi savdogarlarning aksariyati uzoq Hind okeaniga qadar suzib borib mahsulotlarini ayriboshlagan. Rim tarixchisi Tatsitning ma'lumotlariga ko'ra milodiy birinchi asr mobaynida rim imperiyasi Hindistonga va hatto Xitoyga qadar cho'zilgan savdo yo'llarida ham faol qatnashgan.
O'rta Yer dengizi qadimgi tutatqi va ziravorlar savdosi yo'llari bilan ham bog'langan edi.Tutatqi savdo yo'nalishi O'rta Yer dengizi dunyosini sharqiy va janubiy tutatqi ,ziravorlar va boshqa hashamatli buyumlar manbalari bilan bog'langan O'rta Yer dengizi portlari orqali Livan va oziq-ovqat orqali shimoliy-sharqiy Afrika va Arabiston orqali Hindistongacha bo'lgan ulkan quruqlik va dengiz savdo yo'llarini o'z ichiga olgan.Hindistonning Janubiy Arabistondan O'rta Yer dengiziga qadar tutatqi savdosi tahminan mil .av VlIasrdan toki II asr o'rtasida gullab- yashnagan. Hushbo'y tutatqilar savdosi Arabistonning hushbo'y isiriqlari savdosi uchun xizmat qilgan. Janubiy -sharqiy Osiyodan qimmatbaho toshlar, marvaridlar, shoyi va nozik matolar ,noyob o'rmon patlari hayvon terilari ,oltin kabilar asosiy tovar mahsulotlari hisoblangan.
O'rta Yer dengizi o'rta asrlarda savdogarlar va sayohatchilar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan.Bunga asosiy sabab savdogarlar uchun o'z mahsulotlarini sotish va ayrboshlashda sayohatchilari uchun o'z madaniyatini yoyishda qulay geografik hudud bo'lib xizmat qilgan. XI asrga kelib Yevropa shaharlari bir-birlari bilan zo'r berib aloqa qilishdan tashqari Vizantiya va Arab Sharqining ayrim savdo markazlari bilan ham savdo-sotiq aloqalarini bog'ladilar.O'rta dengiz bo'yida katta savdo-sotiq ishlari olib borgan shaharlar orasida ayniqsa Italiyanig Genuya ,Piza ,Venetsiya singari shaharlar alohida ajralib turardi.Bundan tashqari Fransiya hamda Kataloniya O'rta dengiz bo'yida katta rol o'ynardi. Ushbu davrda Shimoliy dengiz yo'lidagi shaharlar ham rivojlangan edi Ammo O'rta dengiz bo'yi shaharlari savdo- sotiq ishlarida hukmron vaziyatni egallagan edi. G'arbiy Yevropada o'rta asrlarda Ispaniya ,Italiya Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya va Osiyo mamlakatlari bilan bog'lash uchun Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge Lyubek Novgorod shaharlarini o'zaro bog'lash uchun Shimoliy savdo yo'lari o'zaro xizmat qilgan [2]. Xalqaro savdoning asosiy ikki dengiz yo'li rivojlangan o'rta asrlarda shakllanadi. Levant - O'rta Yer dengizi havzasidagi mamlakatlarni bog'lab, bu yerdagi o'zaro savdoning o'sishiga
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601
salib yurishlarning ham ijobiy tasiri bo'lgan. Birinchi salib yurishlaridan so'ng (1096-1099)Yaqin Sharqqa mustahkam o'rnashgan italiyalik savdogarlar Sharq va Garb orasidagi muntazam iqtisodiy aloqalarni o'rnatadi. Italiyalik savdogarlar Sharq mollaridan tashqari oz hunarmandchilik mahsulotlarni ham sotishgan. Savdo mollari Alp tog'lari dovonlari orqali olib o tilib so'ng, Rona ,Elba, Reyn daryolari bo'ylab qayiqlarda tarqalgan. Kemasozlik rivojlanishi orqali savdo mollari Yevropaning shimoliga ,aylana dengiz yo'li orqali Piraneya yarim oroli, Fransiyaning g'arbiy sohillari,Atlantika bo'ylab Angliya ,Flandriya,Shimoliy Fransiyaga olib borilgan. Shimoliy savdo yoli orqali joylashgan Germaniyaning 70 dan ziyod shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga birlashgan.Uning idora va omborlari Novgorod ,London,Bryuggeda joylashgan .Lekin xalqaro savdoda faol bolgan ganza shaharlari o'zaro aloqada sust edi.Bazi vaqtlarda chaqiriladigan shaharlar qurultoyi iqtisodiy aloqalarda ijobiy tasir otkaza olmagan.
Milodiy XIII asrning oxirlariga kelib O'rta Yer dengizi savdosi shonli Rim imperiyasi davridagiga qaraganda ancha o'z ahamiyatini yo'qotdi. Bu keng miqyosli xalqaro savdo tarmoqlari O'rtayer dengizi va havza davlatlarining tarqoqligi va o'zaro urushlar bilan bog'liq edi.
Arab bosqinlari Sharqiy Yevropa o'rtasidagi savdo aloqalarni uzib qo'ydai, biroq bu uzilish sabdo yo'lining boshqa bir tarmog'i Kaspiy dengizi bo'ylab savdo sotiqni rivojlantirishga yordam berdi. Misrdan katta miqdordagi don eksporti O'rta Yer dengizi sharq tomondan g'arbga qarab yo'naltirildi. Shoyi va ziravorlar kabi sharqona mahsulotlar qadimgi Levant yo'li orqali misrdagi dengizchilar va yahudiy savdogarlar tomonidan Venetsiya Genuya va Konstantinopl portlariga ko'chirildi. Shimoldan vikinglarning G'arbiy Yevropaga uyushtirilgan talonchilik va bosqinchilik g'arbiy Yevropa savdosini to'xtatib qo'ydi. Biroq Norvegiya va Skandinaviya xalqlari savdo sotiq munosabatlarini Oq dengiz tomonga yo'naltirdi va shu dengiz yili orqali Ispaniyadan O'rtayer dengizidan qimmatbaho mahsulotlarni savdosini yo'lga qo'yib oladi. Ammo vizantiyaliklar VIII asrning o'rtalariga kelganda O'rta Yer dengizining shimoliy-sharqiy qismidagi hududlari to'la nazorat qilishni o'z qo'llariga ola boshlagan. IX asrdan boshlab O'rtayer dengizining turli bandargohlarida o'z kemalari va savdo shahobchalarini Venetsiyalik savdogarlar yo'lga qo'yib boradilar. Venetsiyalik savdogarlar asosan an'anaviy sharqona mahsulotlarni (ipak, shoyi, ip gazlama, turli xil ziravorlar, shisha mahsulotlarini) Yevropa qismiga sotish savdosi ustidan nazoratni qo'lga oladi. Anatoliyada musulmonlarning kengayishi bolgarlarning yordami bilan Vizantiya tomondan to'sib qo'yiladi. Biroq Rim Suriya, shimoliy Afrika , Sitsiliya, Sardiniya, Korsika, Ispaniya, va Vizantiya provinsiyalari bunday qarshilikka duch kelmadi. Musulmonlar bosib olingan hududlarni uzib qo'yishdi. Uzoq g'arbda ular Fransuzlar tomonidan to'xtalishidan oldin Fransiyaning janubida arablarni to'xtatdilar. Arablar dengizni kesib o'tib Ispaniyaning janubiy qismini o'z tasarrufiga oladi. Eng
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 _ISSN: 2181-1601
muhim jhatlardan biri arab imperiyasi O'rta Yer dengizi mintaqasining % qismini nazorat ostiga oldi. O'rta Yer dengizining ko'p qismini nazorat qilish uchun Rim imperiyasidan so'ng yagona markazlashttirilgan imperiya bu Arab xalifaligi edi. Shuningdek arablar shimoliy Afrikaning aksar qismini yaqinsharqdagi asosiy musulmon markazlari uchun pereferiya maydoniga aylandi. Lekin Al Andalusiya va Marokash bu uzoqda joylashgan boshqaruvdan ajralib o'zlarini o'ta rivojlangan jamiyatga aylantirdilar Seviliya amirligi 831 va 1071- yillar orasida O'rta Yer dengizi mintaqasida Islom madaniyatining asosiy markazlaridan biri bo'lgan xristian Normandlarini bosib olgach orol o'ziga xos madaniyatni lotin va Vizantiya tasirining birlashishi bilan yakunlandi. Sitsiliyada esa bu paytda eng yirik Port shahar sifatida o'rta asrlarda yetakchi badiiy va savdo markazi bo'lib qolayotgan Palermo edi. Vizantiya va musulmonlar o'rtasidagi asosiy kurashlar O'rta Yer dengizi mintaqasida VII-XI asrlarda davom etadi.
G'arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda: Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog'laydigan Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini bog'laydigan Shimoliy savdo yo'llari harakatda bo'lgan. Shimoliy savdo yo'li bo'ylab joylashgan Germaniyaning 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan. Ganza - XIV-XV asrlardagi shimoliy nemis shaharlarining savdo va siyosiy ittifoqi. Uning bosh shahri Lyubek. Yevropaning shimolidagi savdoda yetakchi bo'lgan Ganza, qit'aning boshqa hududlari orasidagi savdoda ham vositavhilik qilgan. Levant yo'lida joylashgan Venetsiya va Genuyalar kuchli dengiz floti tuzib, ularning savdodagi raqobati ba'zida urushlarga ham aylangan [3].
Levant - O'rta dengizning sharqidagi Suriya, Falastin, Turkiya, Yunoniston va kiprning umumiy nomi. Ular orqali dunyo savdo yo'llaridan biri - Levant o'tgan.
Mol ayirboshlash va savdoning o'sishi shaharlarda bozorlar qurilishiga ehtiyoj tug'diradi. Jumladan, Londondagi birinchi yopiq bozor Blekuelxoll 1397-yili qurib bitkazilgan. Bozorlar ma'lum buyumlar yoki mahsulotlarni sotishga ixtisoslasha borgan. Tuluzada 1203-yili g'lla bozori ishga tushadi. Shaharda boshqa bozorlar ham bo'lib, birida vino, boshqasida mo'yna,teri, poyabzallar sotilgan.
REFERENCES
1. Волков А.В Карфаген. Белая империя черной Африки.-М.: 2004.С 302-311
2. Nansy Day. Your Travel Guide to Rennaisanse Europe 1984.563-589 b.
3. Xolliyev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi.-T.: 2014.131-136 b.