Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
CHOLG'U IJROCHILIGIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING
Xudoyqulova Nilufar Xo'jamurod qizi
O „zDSMI "Musiqiy-nazariy fanlar " kafedrasi o'qituvchisi xbnn4@mail.ru
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning о'quv jarayonidagi о'гш, ularning ijobiy va salbiy ta'siri haqida sо'z yuritilgan. Shuningdek, maqolada fortepiano musiqasi janrlarida yaratilgan asarlarning e'tiborga molik jihatlarini inobatga olgan holda hamda fanning о'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, talaba ijro dasturidan о'rin olgan badiiy namunalarni samarali yod olishdagi mantiqiy, motorik (harakat), eshitish, vizual (kо'rish) va emotsional xotira turlarining ahamiyati haqida bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Sintetik qobiliyat, xotira, musiqiy xotira, mantiqiy, motorik (harakat), eshitish, vizual (to'rish), emotsional xotira turlari, ijro dasturi, pyesa, etyud, polifoniya, ekspozitsiya.
РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ИНСТРУМЕНТАЛЬНОМ
ИСПОЛНИТЕЛЬСТВЕ
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается роль, положительные и отрицательные влияния информационных и коммуникационных технологий в образовании на сегоднящний день. Также в статье рассматриваются виды логической, моторной, слуховой, зрительной и eмоциональной памяти при eффективном запоминании музыкальных произведений с учетом особенностей, специфики жанра фортепианной музыки которые входят в программу студенческого исполнительства.
Ключевые слова: Синтетическая способность, память, музыкальная память, логическая, моторная (двигательная), слуховая, зрительная, виды eмоциональной памяти, исполнительская программа, пьеса, eтюд, полифония, eкспозиция.
THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN INSTRUMENTAL
PERFORMANCE
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
ABSTRACT
This article discusses the role, positive and negative effects of information and communication technologies in education today. The article also discusses the types of logical, motor, auditory, visual and emotional memory in the effective memorization of musical works, taking into account the features and specifics of the piano music genre that are included in the program of student performance.
Keywords: Synthetic ability, memory, musical memory, logical, motor (motor), auditory, visual, types of emotional memory, performing program, play, study, polyphony, exposition.
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan ta'limga, xususan Oliy ta'limga jiddiy e'tibor qaratilayotgani bejiz emas albatta. Zero, har bir davlat rivojlanish bosqichida bilimli va malakali, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan yoshlarga ehtiyoj sezadi. Chunki, yuksak marralar sari jadal rivojlanib borayotgan Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan yuqori kompetentli, malakali kadrlar, axborotlashgan zamonda fan-texnika taraqqiyotiga albatta o'z xissalarini qo'shadilar.
Barchamizga ma'lumki, XXI asr yuksak axborot-texnologiyalar davri bo'lib, O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish, ta'lim jarayoni sifati va natijadorligini oshirish maqsadida axborot telekommunikasion texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiya"si to'g'risidagi PF-5847-sonli Farmoniga ko'ra "Ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish", 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-son qarorida innovatsion va texnologik g'oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qo'llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, professor-o'qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish; o'quv mashg'ulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yo'naltiradigan o'qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish kabi vazifalarga e'tibor qaratilgan1.
Hozirda IT texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib borib kun sayin rivojlanmoqda. Shunga ko'ra oliy ta'lim professor-o'qituvchilar va talaba yoshlardan ham axborot-texnologiyalardan foydalana olish va uni o'quv jarayonida
1 Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) Tashkent, Uzbekistan
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
у
tadbiq eta olish talab etilmoqda. Informatsion texnologiyalarning ta'limdagi, xususan oliy ta'limdagi ta'siri yuqori bo'lib, ular orqali talabalarning kreativ va
"5
tizimli fikrlashiga molik ahamiyati borligini texnolog olimlar e'tirof etishgan .
Axborot-kommunikasiya texnologiyalarining ta'limdagi ahamiyati qanchalik muhim va zarur bo'lmasin yoshlarga bu vositalardan ratsional foydalanishni har doyim eslatib turishimiz zarur. Chunki, raqamli vositalardan ongsiz ravishda besamar, nazoratsiz foydalanish diqqatga va ayniqsa xotiraga zarari borligi sohaga oid bir qancha tadqiqotlarda asosli ta'kidlangan4.
Musiqa ta'limini egallashda asosiy va eng muhimi jihat katta hajmdagi ma'lumotlarni egallash va yodda saqlash, o'quv dasturiga mos keladigan ijro repertuarini o'zlashtirish, amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishdir.
Cholg'u ijrochiligi darslarida aksariyat talabalar uchun murakkab vazifalardan biri semestr ijro dasturida o'rin olgan yangi musiqiy asarlarni tez va sifatli yod olishdir. Tarkibiga ko'ra mushkul bo'lgan musiqiy asarlarni yod olib, ularni xotirada saqlab va ma'lum vaqtda xotirada tiklash bu nihoyatda murakkabdir. Chunki xotira -"in'ikos etilgan narsa va hodisalarni yoki o'tmish tajribalarni esda qoldirish va zarur bo'lganda tiklashdan iborat psixologik jarayon"dir5.
Ma'lumki, xotiraning obrazli, emotsional, mantiqiy, motorik, vizual, hissiy kabi turlari mavjud. Musiqiy xotira esa eshitgan va esda saqlab qolingan musiqiy matinni izchil ifoda etishdir. Tarkibiga ko'ra musiqiy xotira murakkab sintetik qobiliyat bo'lib, xotiraning bir qancha turlarini, jumladan mantiqiy xotira, motorik, ya'ni harakat xotirasi, eshitish xotirasi, vizual (ko'rish) xotira va emotsional xotira turlarini o'zida mujassamlashtiradi6. Shundan kelib chiqqan holda musiqiy asarni o'rganish jarayonida sezgi, hissiy va aqliy faoliyat qanchalik yuqori bo'lsa, u shunchalik tez o'zlashtiriladi. Demak, asar matnini yod olishda imkon qadar ko'proq xotira turlaridan foydalanish zarur.
Biz bilamizki, nota matnlari tarkibiy jihatdan polifonik, gamofon-garmonik bo'lib, ular o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Musiqiy asarni tahlil qilish jarayoni asar mohiyatini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'rganilayotgan asar matni albatta batafsil tahlil qilinganidan so'ng yod olinishi kerak. Xususan, G.M.Sipinning "Fortepianoda chalishni o'rganish" ("Обучение игре на фортепиано") qo'llanmasida musiqiy asarni yod olishning samarali uslublari
2 Захарова И.Г. Информационные технологии в образовании. - М.: Академия, 2005. С 11.
3 Аллаярова С. Ахборот-коммуникация технологиялари олий талим сифати ва самарадорлигини ошириш омили. Замонавий таълим. 2020, 4 (89). 10-19 б.
4 Japhet E. Lawrence, Usman A. Factors that influence teachers adoption and integration of ICT in teaching/learning process // Educational Media International. February 2018, 55(4):1-27. DOI:10.1080/09523987.2018.1439712
5 Хотира - нерв тизими хусусиятларидан бири булиб, ташки олам вокеалари ва организм реакциялари ^акидаги ахборотни узок саклаш х,амда уни онг фаолиятида ва хулк, хатти-^аракат доирасида кайта тиклаш кобилиятида намоён булади. ^аранг: Узбекистон миллий энциклопедияси. 9 жилд - Т.: «Узбекистон миллий энциклопедияси», Давлат илмий нашриёти, 2000. 241 б.
6 Алексеев Д.Е. Методика обучения игре на фортепиано. - М.: Музыка, 1978. С. 34.
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
yoritilgan. Uning ta'kidlashicha, musiqiy asarni yod olish jarayonida puxta o'ylangan, mantiqli uslublarga badiiy intelektual, hissiy aktivlikni birlashtirgandagina
n
to'liq o'zlashtirish mumkin .
o
Cholg'u asarni o'zlashtirishda dastlab uni rasional bo'laklarga taqsimlab olib, uning tonal va garmonik jihatdan modulyasiyalangan sekvensiyalarni hamda takrorlanuvchi o'xshash jumlalarini aniqlab intonatsiyasi ustida ishlash, so'ng bir-biriga qo'shib yaxlit epizod (hajman yirik bo'lgan musiqiy lavha) holida asar matnini yodlash tavsiya etiladi. Bunday amaliyot nazarimizda, talabalarda o'rganilayotgan asar matnini "uzoq muddatli" xotirada saqlanishiga faol xizmat qiladi. Shu bilan birga, musiqiy matnni tezroq o'zlashtirib yod olishda vizual xotiraning ham o'rni bor. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, vizual xotira ichki eshitish xotirasi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u xotira usuli bilan asar matni tahlil qilib chiqilgandan so'ng, kuy yo'llarini ichki eshitish xotira turini "ishga" solgan holda yod olish lozim. Ta'kid joizki, shu uslubda yod etilgan musiqiy asarni ijro etish jarayonida albatta, uning matni ijrochi talabaning ko'z oldida namoyon bo'ladi.
Xotiraning emotsional turi esa kechinma xotirasi sifatida obyektiv voqelikning ta'sirida o'rganuvchi ongida kechgan his-tuyg'ular va hissiyotlarni yodda saqlaydi. Aynan emotsional xotira turi orqali musiqiy asarning badiiy obrazi ijroda "hosil" qilinadi. Hissiy kechinmalar emotsional xotiraning muhim omili bo'lib, u o'z navbatida musiqiy va hissiyotli ijroning poydevoriga aylanadi.
Shuni ham aytib o'tish kerakki, asarning vertikal garmonik yo'lini ichki eshitish qobiliyati bilan tinglash, kuy yo'llarini xirgoyi qilish asarni puxta yod olishda samarali uslublardandir.
Musiqiy asar tahlilidan so'ng uning umumiy shakli aniq bo'lgandagina ijro va oldindan taqsimlab olingan qismlarni yod olishga "kirishiladi"
Asar puxta yod olinishi uchun tempning ham ahamiyati katta. Bu jarayonni muallif tomonidan belgilangan tempda emas, avval mo'tadil sur'atda amalga oshirish kerak. Chunki tafakkur qilish imkoni yuqori tempda susayadi va o'z-o'zidan asar yuzaki yodlanadi. Yod olingan jumlani qayta-qayta takrorlab, ongda saqlanganligiga ishonch hosil qilingandan keyin boshqa parchani yod olishga kirishiladi. Yangi ikkinchi jumla shu tariqa o'zlashtirilgandan so'ng birinchi jumla bilan qo'shgan holda ijro etiladi. Pirovardida shu jarayon bilan o'rganilgan va yod olingan jumlalar mustahkam xotiraga jamlanishiga ximat qiladi.
Musiqiy xotirani rivojlantirishga oid quyidagi muhim qoidalarni xulosa o'rnida aytib o'tish joizdir. Cholg'u ijrochiligi mashg'ulotlari bilan muntazam, ma'lum bir vaqtda shug'ullanish musiqiy asarni yod olishning asosiy shartlardan biridir. Bundan
7 Цыпин Г.М. "Обучение игре на фортепиано" - М.: Просвещение. 1984. С. 111.
8 Ratsional - oqilona, maqsadga muvofiq. Qarang: Ожегов С.И. Словарь русского языка. - М.: "Оникс"; 2005. С. 875
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
tashqari, matn tahlilida applikatura, ya'ni barmoqlar joylashuvini aniqlab olib, har doim ularni bir xilda chalish, yod olingan asar ijrosida "uzulishlar" bo'lmasligini kafolatlaydi. Shu bilan birga, asar ijrosi uchun muhim bo'lgan jihat badiiy obrazni ifoda vositalari orqali yod olinishi ham zarur. Musiqiy matnni o'xshash, bir xil jumlalarini aniqlab, ularni solishtirish va yaxlit epizodlarni belgilab olish orqali uni qisqa vaqtda puxta yod olishga erishiladi. Musiqiy asarni yoddan ijrosida kutilmagan "uzilish" bo'lsa darhol to'xtab, nota matnida aynan o'sha taktlardagi nomukammal o'rganish sabablari aniqlanadi. Bunda, aniqlangan jumlani yanada mo'tadil tempda forte chalish orqali ijrodagi "uzilish" sabablari bartaraf etiladi va mukammal ijroga erishiladi. Musiqiy matn to'liq o'zlashtirilgandan keyingina asarning badiiy obrazi ustida ishlanadi.
Musiqiy asarlarni yod olishda har bir pedagog-cholg'uchi aynan shu tamoyillarni inobatga olib, ulardan ta'lim jarayonlarida foydalansa, va eng muhimi, mazkur tizimni o'quvchi-talabalarga "yuqtira" olsa cholg'u ijrochiligi mashg'ulotlarida natijadorlik oshadi hamda darslar ijobiy, samarali bo'ladi deb o'ylaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Захарова И.Г. Информационные технологии в образовании. - М.: Академия, 2005. С. 11.
2. Allayarova S. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oliy talim sifati va samaradorligini oshirish omili. Zamonaviy ta'lim. 2020, 4 (89). 10-19 b.
3. Japhet E. Lawrence, Usman A. Factors that influence teachers adoption and integration of ICT in teaching/learning process // Educational Media International. February 2018, 55(4):1-27. DOI:10.1080/09523987.2018.1439712
4. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 9 jild - T.: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi», Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. 241 b.
5. Алексеев Д.Е. Методика обучениya игре на фортепиано. - М.: Музыка, 1978. С. 34.
6. Цыпин Г.М. "Обучение игре на фортепиано" - М.: Просвещение. 1984. С. 111.
7. Ожегов С.И. Словарь русского yashi^. - М.: "Оникс"; 2005. С. 87
8. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)