Научная статья на тему 'CHOLG'U IJROCHILIGIDA “SOLFEDJIO” FANINING О'RNI'

CHOLG'U IJROCHILIGIDA “SOLFEDJIO” FANINING О'RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
132
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Музика и музикалное искусство / музикалная грамота / спетсиалние предмети / музикалний вкус / музикалная памят и мишление / музикално-эстетическое воспитание / синтезатор / микрофон / стереозаписи / компьютерние программи. / Music and musical art / musical literacy / special subjects / musical taste / musical memory and thinking / musical and aesthetic education / synthesizer / microphone / stereo recordings / computer programs.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mullajonov Davlat Mavlonovich

В данной стате рассматривается рол солфеджио в образователном процессе системи висшего образования на сегодняшний ден, его сели, задачи и практическая значимост. Также в стате отражено, что знания и навики, полученние на занятиях по солфеджио, важни для учашихся на уроках инструменталного исполнителства, а также при изучении других диссиплин дополняюших их гармоничного развиваюших программ музикалного искусства.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the role of solfeggio in the educational process of the higher education system today, its goals, objectives and practical significance. The article also reflects that the knowledge and skills gained in solfeggio classes are important for students in instrumental performance lessons, as well as in the study of other disciplines that complement their harmonious developing programs of musical art.

Текст научной работы на тему «CHOLG'U IJROCHILIGIDA “SOLFEDJIO” FANINING О'RNI»

II SHO'BA

AMALIY MASHG'ULOTLARNI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION

YONDASHUV

CHOLG'U IJROCHILIGIDA "SOLFEDJIO" FANINING O'RNI

Mullajonov Davlat Mavlonovich

O'zDSMI "Musiqiy-nazariy fanlar" kafedrasi dotsent v.b., san'atshunoslik fanlari nomzodi mullaj onovdavlat@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bugungi kunda oliy ta'lim tizimining o'quv jarayonida Solfejio fanini o'rni, uning maqsad va vazifalari hamda shartlari xususida so„z yuritilgan. Shuningdek, maqolada Solfejio darslarida olingan bilim va ko'nikmalar talabalarga cholg'u ijrochiligi darslarida, shuningdek, badiiy yo'nalishning qo'shimcha umumiy rivojlantiruvchi dasturlarining boshqa fanlarini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Musiqa, musiqa san'ati, musiqiy savodxonlik, umumkasbiy, musiqiy did, musiqiy xotira va tafakkur, musiqiy-estetik tarbiya, sintezator, mikrofon, stereo yozuvlar, kompyuter dasturlari.

АННОТАЦИЯ

В данной стате рассматривается рол солфеджио в образователном процессе системи висшего образования на сегодняшний ден, его сели, задачи и практическая значимост. Также в стате отражено, что знания и навики, полученние на занятиях по солфеджио, важни для учашихся на уроках инструменталного исполнителства, а также при изучении других диссиплин дополняюших их гармоничного развиваюших программ музикалного искусства.

Ключевие слова: Музика и музикалное искусство, музикалная грамота, спетсиалние предмети, музикалний вкус, музикалная памят и мишление, музикално-эстетическое воспитание, синтезатор, микрофон, стереозаписи, компьютерние программи.

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

ABSTRACT

This article discusses the role of solfeggio in the educational process of the higher education system today, its goals, objectives and practical significance. The article also reflects that the knowledge and skills gained in solfeggio classes are important for students in instrumental performance lessons, as well as in the study of other disciplines that complement their harmonious developing programs of musical art.

Keywords: Music and musical art, musical literacy, special subjects, musical taste, musical memory and thinking, musical and aesthetic education, synthesizer, microphone, stereo recordings, computer programs.

Mustaqillik tufayli xalqimizning boy tarixiga adolatli baho berish, milliy qadriyatlarimizni e'zozlash, ezgulikka yo'g'rilgan an'analar, urf-odatlarimizni qayta tiklash, ularni rivojlantirish, jahondagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur o'rganish asosida madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, ularda faoliyat yuritayotgan ilmiy kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan ko'plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so'nggi besh yil mobaynida Oliy ta'lim tizimida chinakam inqilobiy o'zgarishlarga xizmat qiladigan muhim hujjatlar imzolandi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» [1.] 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosi tufayli respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida ilg'or jahon tajribalari asosida darslik va o'quv qo'llanmalari, davriy nashrlar chop etildi. Bu borada O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida ham davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, o'quv reja va fan dasturlariga muvofiq talaygina o'quv adabiyotlari yaratildi va ulardan ta'lim tizimida faol qo'llanilmoqda.

Ma'lumki, "Solfejio" fani musiqa san'ati "Xalq cholg'ulari" yo'nalishi bo'yicha umumkasbiy tarixiy va nazariy fanlar sohasiga taalluqlidir. Mazkur fan boshqa umumkasbiy fanlar kabi talabalarning estetik qarashlari, axloqiy munosabatlari va ehtiyojlarini shakllantirishga, shuningdek, ma'naviy qadriyatlar kesimida milliy san'at asarlarini idrok etishni tarbiyalaydi. Shu bois, ushbu fanni ayni paytda oliy ta'lim tizimida o'qitilishiga oid ayrim fikr-mulohazalarni bayon etishni maqsadga muvofiq deb hisobladik [5.].

Solfejio darslari talabalarda tinglash (eshitish), musiqiy xotira, ritm kabi bilim va ko'nikmalarni rivojlantiradi, ularning ijodiy rivojlanishiga yordam beradi va musiqa san'atining nazariy asoslari bilan yaqindan tanishtiradi. Ular boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda musiqiy dunyoqarashning kengayishiga, musiqiy didning

shakllanishiga, musiqaga muhabbat uyg'onishiga katta hissa qo'shadi. Shu bilan birga, Solfedjio darslarida olingan bilim va ko'nikmalar o'quvchilarga cholg'u ijrochiligi darslarida, shuningdek, badiiy yo'nalishning qo'shimcha umumiy rivojlantiruvchi dasturlarining boshqa fanlarini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim dasturi tarkibidagi barcha fanlar kabi Solfejio fanining maqsadi talabalarning musiqiy-estetik tarbiyasiga, ularning umumiy musiqiy dunyoqarashini kengaytirish, musiqiy didini shakllantirish, tinglash, xotira va tafakkurini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek, darslarda og'zaki tushuntirish, turli xil vizual ko'rgazmali jadvallar, darsliklar va ijodiy mashqlar kabilardan foydalangan holda talabalarning musiqiy qobiliyatini, tafakkurini va xotirasini maqsadli tizimli rivojlantirish, musiqani idrok etish asoslarini tarbiyalash, musiqa tilini o'rganishdagi qonuniyatlarni anglash, cholg'uda musiqa asarini ijro etishda, musiqa yaratishning ijodiy shakllarida amaliy ko'nikmalar va ulardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish hamda talabalarda tinglash (eshitish) qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi [3.].

Alohida qayd etish kerakki, Solfejio fanining maqsad va vazifalarini talabalar faoliyatini tashkil etishda lad ichidagi pog'onalarni yechilishiga asoslangan vokal-intonatsion mashqlarni kuylash, bir va ikki ovozli musiqiy misollarni, shu jumladan nota varag'idagi musiqa namunalarni kuylash, o'rganilayotgan akkord va intervallarning berilgan tovushdan va tonallikda tuzib kuylash, musiqiy misollar va musiqiy til unsurlarini tinglab tahlil qilish, yakka tartibda va ansamblda metroritmik mashqlarni kuylash, murakkab bo'lmagan kuyni notada yozish (musiqiy diktant), musiqiy misolning bas ovozini, jo'rovazlikni tinglab fortepianoda ijro etish, berilgan musiqiy matnni yoki ritmik formulaning davomini yaratish, yodlangan misollarni transpozitsiya qilib kuylash kabi shakllardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Albatta ushbu dasturni amalga oshirishda ta'lim muassasasida talabalar uchun o'quv qo'llanmalar, uslubiy adabiyotlar mavjudligi, audio kutubxonaning mavjudligi, didaktik tarqatma materiallar mavjudligi, fanlararo faol aloqalarga rioya qilish, turli musiqa ta'lim muassasalari bilan tizimli hamkorlik, tajriba almashish, solfejioni o'qitishning yangi shakllari va usullarini faol izlash, o'qituvchining o'z-o'zini tarbiyalash muhim shartlardandir.

Yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalar va shartlarni amalga oshirishda eng avvalo talabalarda musiqa san'atini tushunish, kuy va garmoniya go'zalligini his qilish, kuylash yoki cholg'uda ijro etishni sevish uchun musiqiy tinglash qobiliyati bo'lishi kerak. Aslida musiqiy tinglash - bu musiqa tovushlarining balandligi va davomiyligini idrok etish va ovoz bilan yoki cholg'uda ularni takrorlay olish

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

qobiliyatidir. Keng ma'noda esa musiqiy tinglash qobiliyati yoki musiqiylik deganda

musiqaning ma'nosini, musiqiy taassurotlarni idrok etish qobiliyati tushuniladi.

Konsertlarga, operaga tashrif buyuradigan, xorda kuylaydigan, musiqiy cholg'uda ijrochilik sirlarini o'rganayotgan har bir talabaning musiqiy tinglash qobiliyati bo'lishi kerak. Ammo musiqachi bo'lishga qaror qilgan talaba uchun musiqiy tinglash qobiliyati kasbiy faoliyatning asosiy, muhim vositasidir. Talaba uchun musiqiy tinglash qobiliyati "tabiatan" bo'lishi yetarli emas. Shunday ekan musiqiy qobiliyatni har bir ta'lim bosqichlarida rivojlantirish va o'stirish lozim. Har qanday qobiliyat singari, u ham sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin, tobora nozik va "sezgir" bo'lib, yanada moslashuvchan va tartibli bo'lishi mumkin.

Barchamizga ma'lumki, musiqiy qobiliyatning asosiy unsurlari - lad va ritm hissidir. Lad hissi musiqa tovushlarining o'zaro bog'liqligini, ularning balandligi va ma'nosini idrok etishga hamda musiqadagi tovushlarni o'zaro bog'liqligini ajratishga yordam beradi [4.].

Ritm hissi esa talabada musiqiy tovushlarning vaqtli qanday tashkil etilishini, qisqa tovushlarni uzundan, uziq va cho'zilgan tovushlardan ajratishga, "musiqiy nutq"dagi urg'ular orqali musiqiy tovushlarning har biriga ergashish tartibini his qilish va ularni tushunishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, har bir malakali pedagog o'z tajribasidan kelib chiqqan holda solfedjio fani mazmunli va talabalar uchun qiziqarli o'tishiga urinishi kerak. Bu XXI asr solfejio fanni o'qitishning muhim masalalardan biridir. Ushbu masalaga oid ayrim fikr-mulohazalarimizni bildiramiz.

Eng avvalo solfejio fanining mohiyatini soddalashtirmasdan, uni yangi avlod talabalari uchun qiziqarli qilish kerak. Bunda psixologiya fanining zamonaviy yutuqlari asosida solfedjio fanining o'qitish metodikasini ishlab chiqish, fanning musiqiy bazasini, jumladan, XXI asrning zamonaviy musiqasini, shuningdek, folklor, jaz va ommabop musiqasi namunalari bilan boyitish, musiqachi-ijrochining o'ziga xos ijro xususiyatlarini hisobga olgan holda solfejioni zamonaviy konsert amaliyotiga yaqinlashtirish va nihoyat o'qitishni sintezatorlar, mikrofon stereo yozuvlari, kompyuter dasturlarida faol qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son Qarori.

2. Abdullina G. V. Sistematicheskiy kurs zanyatiy po solfedjio: metodicheskoye posobiye dlya muzikalnix fakultetov pedagogicheskix vuzov / G. V. Abdullina. -Sankt-Peterburg: Kompozitor, 2004. - 115 s.

3. Bushina T. V. Osnovi formirovaniya i razvitiya garmonicheskogo sluxa: metodicheskaya razrabotka [Elektronniy resurs] URL: http://ext.spb.ru/2011-03-29-09-03-14/118-additional-education/2691-2013-04-10-07-58-52.html (24.01.2018).

4. Jukov S. V. Razvitiye ladogarmonicheskogo sluxa uchashixsya podrostkovogo vozrasta sredstvami vokalnogo ansamblevogo ispolnitelstva // Vestnik kafedri YUNESKO «Muzikalnoye iskusstvo i obrazovaniye». - 2013. - № 1. [Elektronniy resurs]

5. Ibrohimov O.A., Yunusov R.Y. Solfedjio darsligi. The Aga Khan Trust for Culture T.: 2004 - 199 b.

6. Kazanseva N. A. Razvitiye garmonicheskogo sluxa u mladshix shkolnikov sredstvami muzikalno-didakticheskoy igri kak pedagogicheskaya problema / Kazanseva N.A., Moskvina I.V. // Vestnik Shadrinskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo universiteta. - 2011. - № 3 (12). - S. 73-77.

7. Kak prepodavat solfedjio v XXI veke / sost. O. Berak, M. Karaseva. - Moskva: Klassika-XXI, 2016. - 220 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.