Научная статья на тему 'CHINNI TARIXI VA UNING XALQ XO‘JALIGIDA AHAMIYATI'

CHINNI TARIXI VA UNING XALQ XO‘JALIGIDA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gil / kvars / chinni fayans / geolog

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Maxsudova Yodgoroy Raxparali Qizi

Ushbu maqolada nafis keramika va ularning birinchi vakili sopol haqida m a ’lumot berildi. Quyida nafis keramikaning ikkinchi vakili chinni haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Hozirgi mustaqil O'zbekiston ham chinnisozlik rivojlangan markazlardan biriga aylandi. Toshkent, Samarqand, Quvasoy va Xivadagi korxonalaming dovrug‘i butun dunyoga yoyildi. Respublika bo'yicha o'nlab kichik chinni korxonalari qurildi va ko'pgina yoshlar ish bilan ta’minlandi. Yoshlar orasidan bu sohani yoqtiradigan chinnisoz mutaxassislar yetishib chiqdi. Chinni buyumlari xalqimizning kundalik ehtiyojida keng qo'llaniladigan, tibbiyot sohasida, uy-ro‘zg‘orda, qurilish va boshqa tarmoqlarda ishlatiladigan mustahkam, badiiy bezalgan, sirlangan buyumlardir. Ular ishlatilish sohalari va xususiyatlariga ko'ra turlichadir. Chinnilar tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi va pishirish haroratlari bo'yicha ham ajralib turadi. Chinni buyumlarga bo'lgan ehtiyoj katta bo'lganligi sababli ularni keng miqyosda ishlab chiqarish, yangi xomashyo turlarini topish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHINNI TARIXI VA UNING XALQ XO‘JALIGIDA AHAMIYATI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

CHINNI TARIXI VA UNING XALQ XO JALIGIDA AHAMIYATI

Maxsudova Yodgoroy Raxparali qizi Namangan davlat pedagogika instituti ish yurituvchi

+998338551307, yorqinkulol@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12733847

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 7th July 2024 Accepted:8th July 2024 Published: 12th July 2024

KEYWORDS

Gil, kva rs, ch in n i faya ns, geo log.

Ushbu maqolada nafis keramika va ularning birinchi vakili sopol haqida m a 'lumot berildi. Quyida nafis keramikaning ikkinchi vakili chinni haqidagi ma'lumotlar keltiriladi. Hozirgi mustaqil O'zbekiston ham chinnisozlik rivojlangan markazlardan biriga aylandi. Toshkent, Samarqand, Quvasoy va Xivadagi korxonalaming dovrug'i butun dunyoga yoyildi. Respublika bo'yicha o'nlab kichik chinni korxonalari qurildi va ko'pgina yoshlar ish bilan ta'minlandi. Yoshlar orasidan bu sohani yoqtiradigan chinnisoz mutaxassislar yetishib chiqdi. Chinni buyumlari xalqimizning kundalik ehtiyojida keng qo'llaniladigan, tibbiyot sohasida, uy-ro'zg'orda, qurilish va boshqa tarmoqlarda ishlatiladigan mustahkam, badiiy bezalgan, sirlangan buyumlardir. Ular ishlatilish sohalari va xususiyatlariga ko'ra turlichadir. Chinnilar tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi va pishirish haroratlari bo'yicha ham ajralib turadi. Chinni buyumlarga bo'lgan ehtiyoj katta bo'lganligi sababli ularni keng miqyosda ishlab chiqarish, yangi xomashyo turlarini topish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.

CHINNINING QISQACHA YARATILISH TARIXI: Chinnisozlik xomashyosi alohida oppoq tusli loy-kaolin-oq gil bilan dala shpati va kvars harorat ostida qizdirib toblanadi. Chinnining nafisligi, tiniq rangli, jarangli, toshlardek pishiqligi, suv shimmasligi va jilvalanishi ko'pchilikni hayratga solgan. Chinni piyola, kosa, choynak, likopcha va lagan, naqshdor vaza, haykalcha singari bezakli buyumlar qadimdan har bir xonadonga ko'rk bergan. Chinni mahsulotining sifati, ko'rki avvalo uni ishlab chiqarayotgan muhandis-texnik va ishchining hunari hamda mahoratiga bog'liq. Unga berilgan rang, chizilgan tasvir va naqshlarga qarab xalq san'ati, urf-odati, milliy an 'analari haqida fikr yuritish mumkin. Xitoy chinnisi bilan milodning boshlarida koreys va yaponlar, VI—VIII asrlarda ular bilan savdo-sotiq qiluvchi arablar tanishdilar. Chinni ishlab chiqarish amallari qattiq sir tutilgan. Shu tufayli chinni haqidagi ilk yozma manbalarda yozilishicha IX asrlarga, ko'pgina Sharq o'lkalariga sayohat qilgan Sulaymon

degan andaluziyalik savdogarga tegishli. Milodning VIII asrida arablar orqali Yevropa xalqlari ham chinni bilan tanishdilar. 1520-yildagina portugaliyalik savdogarlar chinni idishlar va kaolin bo'lagi namunalarini xarid qilib, o 'z yurtlariga olib ketishga muvaffaq bo'ldilar. 1875-yilda ingliz geologi Reyms Xatton, bo'sh vaqtlarida kulolchilik buyumlarini tayyorlash bilan mashg'ul bo'lgan va Yerning geologik tarixiga oid mutlaqo yangi nazariyani ilgari surgan. Yevropaliklar tomonidan chinni ishlab chiqarishning sir-asrorlarini ochishga urinishlari natijasida, bu ulug'vor ilmiy kashfiyot dunyoga keldi. Chinni buyumlarining narxi juda qimmat — tilladan ham yuqori edi. Shuning uchun yevropalik kulol — shishasoz va alximiklar forscha «fag'fur» so'zidan kelib chiqqan va «xoqonning buyumi» degan m a'noni anglatuvchi «farfor» nomli bu mahsulot sirini ochish ustida bosh qotira boshladilar."Fag'fun"so'zi Xitoy hukmdori degan ma'noni ham bildirar edi. O'rta Osiyoda, jumladan, 0 'zbekistonda juda ko'p kulolchilik ustaxonalarining mavjudligiga qaramay chinni ishlab chiqarish yaxshi yo'lga qo'yilmagan edi. 1947-yilda O'rta Osiyoning qaldirg'och korxonasi - Toshkent chinni zavodiga asos solindi. Uning birinchi navbati 1951-yili qurib bitkazilib, xalq uchun zarur bo'lgan mahsulot bera boshladi. Korxonada birinchi (1952) yili 200 ming dona chinni ishlab chiqarildi. Hozirda kengaytirilib, mahsulot tayyorlash texnologiyasi ilmiy asosda takomillashtirilgan bu korxona yiliga 31 million, 1970 yili Samarqand shahrida ishga tushirilgan ikkinchi chinni zavodida esa yiliga 27 million mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Respublikamizning uchinchi chinni zavodi Farg'ona viloyatining Quvasoy tumanida qurildi. Mazkur korxona yiliga 25 million mahsulot ishlab chiqarmoqda. To'rtinchi yirik chinni korxonasi Xiva shahrida qurib bitkazildi va ishga tushirildi. O'zbekiston chinnisozlari hozirgi kunda chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish va sifatini yanada oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirish borasida ishlamoqdalar. Toshkent chinni zavodining navbatdagi rekonstruksiyasi tugatilib, bu korxona 1990 yilga kelib yangi q uvvatlar o'zlashtirilishi tufayli yil mobaynida ishlab chiqariladigan buyumlari soni anchagina ko'payishidir. Keyingi yillarda yengil sanoat buyumlarida respublikamiz ramziy belgilarini aks ettirishga alohida e 'tibor berilmoqda. Bu sohada ayniqsa, Toshkent chinnisozlari namunali ishlar olib borishmoqda. Korxona rassomlari Vatanimiz tarixiga oid shonli voqealami, buyuk kishilarning yorqin siymolarini, respublikamiz iftixori bo'lgan chinni buyumlarda z o 'r mahorat bilan aks ettirishmoqda. Bu o'rinda Toshkent chinni zavodi rassomlari tomonidan keyingi yillar ichida yaratilgan «Progress», «Paxta», «Oq oltin», «Tong», «Yubiley», «Dilorom», «Xushband», «Samarqand ansambli» kabi servizlami esga olish kifoya. Respublikamizda chinnisozlikning rivoj topishida yetuk muhandis va olimlaming hissalari katta. Ayniqsa, bu sohani takomillashtirish, korxonalardagi mahsulot turi va sifatini oshirishda F.X.Tojiev, N.A.Sirojiddinov, A.A .Ism atov, M .Y u.Yusupov, Ch.A .Ism oilov, A .P .E rk ax o 'jayeva, A.M.Eminov, Sh.Yu.Azimov, A.A.Ibrohimov, D.I.Maqsudov, T.I.Olimjonov va R.Yu.Yusupov kabi olim va muhandislaming xizmati kattadir.

CHINNI TURI VA TARKIBIY QISMLARI: Chinni mahsulotlari silikatlarning keramika va o 'tga chidamli materialllar texnologiyasi asosida ishlab chiqariladigan nafis keramika buyumlari turkumiga kiradi. Chinni mahsulotlari xo'jalik, badiiy va elektrotexnika chinnisiga bo'linadi. Chinnilar qattiq va yumshoq, yuqori va past haroratda pishuvchi mahsulotlarga bo'linadi. Qattiq chinni tarkibiga uch turli xomashyo: 50% kaolin va giltuproq, 25% dala shpati va 25% kvars kiradi (9-rasm). Bunday tarkibdagi massa sopolagi 1350°C haroratda zichlanadi. Shu tufayli uni yuqori haroratda pishuvchi massalar turkumiga qo'yish mumkin. Toshkent kimyo-texnologiya institutining «Silikat moddalar texnologiyasi» kafedrasi olimlarining yigirma yil davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida qattiq chinni tarkibidagi dala shpati va kvarsni Qoratov fosforiti va Markaziy Qizilqum konlaridan qazib olinadigan fosforit moddasi yoxud hayvonlar suyagining kuli bilan almashtirish mumkinligi aniqlandi. Eng ijobiy narsa shuki, ushbu mahalliy xomashyolarni chinni tarkibiga kiritish natijasida qattiq chinnining fizik-mexanikaviy xususiyatlari to 'la saqlanib qolgan holda pishish harorati 200°C ga kamaydi. Natijada yuqori haroratda pishuvchi massa turidan past haroratda sopolagi yetiluvchi yangi mahsulot turiga o'tildi. Yumshoq chinni buyumlari tarkibiga kvars va dala shpati ko'proq

kiradi. Undagi kvars miqdori 35%, dala shpati esa 34% bo'lishi mumkin. Yumshoq chinnining bir turi bo'lgan ingliz chinnisi tarkibiga esa 43—49% suyak kuli, 16—21% kvars, 18—19% giltuproq va 11—43% chinni gili kiradi. Bunday chinni sopolagi 1250—1280°C haroratda pishadi. Chinni tarkibiga kiruvchi barcha komponentlar texnologik jarayon va tayyor mahsulotlarning fizik-texnikaviy xossalariga ta 'sir o'tkazadi. Bu o'rinda, ayniqsa, gillarning ta 'siri seziluvchandir. Gil, tuproq, loytuproq chinni tarkibiga aluminiy (Ill)-oksidini olib kiradi. Shu tufayli ularni kimyoviy jihatdan aluminiyning asosiy silikati deb qarash mumkin. Tarkibidagi aluminiy (Ill)-oksidining miqdoriga ko'ra, ular ikki katta guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga kiruvchi gilli xomashyo tarkibida asosiy aluminiyli oksidning miqdori 46% ga yetmaydi, ikkinchi guruhga kiruvchi yuqori glinozyomli xomashyolarda aluminiy (Ill) -oksidining miqdori 46% dan ortiq b o 'ladi. Gillar, kaolinlar, loytuproqlar, suxarilar va slanesli gillarga ajraladi. Kaolin gili tarkibida 39,5% aluminiy (Hl)-oksidi, 46,5% kremniy (IV)-oksidi va 14% suv bo'ladi. Gil tarkibida kam miqdorda temir (III), magniy, kalsiy, natriy, kaliy, bariy va boshqa metall oksidlarining aralashmalari bo'ladi. Ularning kristallari monoklin singoniyaga mansub. Simmetriya ko'rinishi o'qsiz dielektrik, fazaviy guruhi ss. Elementar yacheykasining a,b, va c qirralarining uzunligi 5,14; 8,90 va 14,45 angstremga teng. Beta burchagining kattaligi 100°C atrofida. Kaolinning ayrim tanga va plastinka kristallari rangsiz, ko'pincha sarg'ish va qizg'ish, ba'zan yashil va ko'kimtir tovlanib turadi. Ularning qattiqligi birga yaqin. Solishtirma og'irligi 2580-2600 kg/m3. Kaolinning juda ko'p konlari m a'lum. Xitoyda birinchi kaolin konlari Kau-Ling tog'ida, Yauchau-Fuda, Angliyaning Kornuoll bilan Devonshirda, Chexiyaning Karlovi-Vari yaqinida, Germaniyaning Bavariya bilan Saksoniya viloyatlarida, Fransiyaning Limoja atrofida joylashgan. M D H da kaolinning yirik konlari mavjud bo'lib, ularning ko'pchiligi Ukraina hududida joylashgan. Ukrainadagi eng muhim konlar Gluxovetsk, Chasov-Yar, Drujkovka, Nikolayevsk, Prosyanovsk, Pologsk nomi bilan ma'lum. Ularda, asosan, o'tga chidamli kaolinning birlamchi va ikkilamchi konlari ko'p bo'lib, yiriklari qatoriga Vleninsk, Kochkarsk va Kishtimsk konlari kiradi. Irkutsk viloyatida Troshkovsk, Sharqiy Sibirda Baltiysk, Uzoq Sharqda Merkushevsk konlari m a'lum. Kozog'istonning Akmolinsk viloyatida birlamchi kaolin koni joylashgan. O'zbekiston O'rta Osiyoning birlamchi va ikkilamchi kaolin tuprog'iga boy respublikalardan biri hisoblanadi. Angren shahri yaqinidagi ko'mir havzasida joylashgan kaolinlar miqdori jihatidan ulkan konlar qatoriga kiradi. Bu konlarda joylashgan birlamchi kaolin miqdori A +B +C kategoriyalari bo'yicha 51,2 million tonna, ikkilamchi turining miqdori B+C kategoriyalariga ko'ra 200 million tonnadan ziyod. Ular jami 70 kvadrat kilometrli maydonni egallab turadi. Chinni xomashyosiga qo'shilgan kaolin gili tarkibida aluminiy (III)- oksidi bo'lgani tufayli massaning yopishqoqligini ta'minlaydi. Ular yuqori haroratda kimyoviy tarkibiga kiruvchi suvni chiqarib yuboradi va aluminiy (Ill)-oksidi bilan kremniy (IV)-oksidining muhim birikmasi — mullit mineralining hosil bo'lishiga olib keladi. Uch molekula aluminiy va ikki molekula kremniy oksididan tashkil topgan va tabiatda erkin holda deyarli uchramaydigan mullit kristallari ignasimon, gohida to'rt yonli prizmaga o 'xshagan bo'ladi. Kaolin gili boy magmatik va metamorfik jinslar — granit, gneyslar, kvarsli porfirlarning nurashi tufayli yuzaga keladi. Kaolinit paydo bo'lishining shu jarayonli suv va karbonat angidridi ta 'sirida o'tadi. Hosil bo'lgan kaolin massasi yuvilib ketadi va suvi turib qolgan havzalarda dispers gil clio'kindilaridan iborat qatlamda to'planadi. M a'lum sharoitlarda regional metamorfizm jarayonida yuqori haroratli muhit ta'sirida kaolin gili zich gilli slanesga aylanadi. Harorat 300°C dan ortib ketsa, kaolinitning parchalanishi tezlashadi. Natijada, kristallangan slanesni tashkil etuvchi andaluzit, sillimanit, disten, granit kabi minerallarga aylanadi. Kaolinning nurashi paytida ishqorilar ishtiroq etsa, slanes o'miga saratsit, slyuda, dala shpati kabilar paydo bo'ladi. Chinni olishda ishlatiladigan loytuproq kimyoviy tarkibiga ko'ra kaolin giliga yaqin, ammo mineralogik tarkibi bilan keskin farqlanadi. Agar kaolin gili tarkibiga kaolinit minerali kirsa, bu yerda esa ikki va undan ko'p gil mineralining tabiiy aralashmasi tushuniladi. Qo'shimcha giltuproq tarkibi: kaolinit — (A120 , x 2 S i0 2 x 2H 20 ), galluazit — (A120 3 x 2 S

i0 2 x 3H20 ) nirofillit - (A120 3 x 4 S i0 2 x 4H 20 ) giliga aralashmasidan iborat. Giltuproq tarkibida boshqa minerallardan kvars qumi, slyuda, dala shpati, kolchedan, karbonat rubil kabilar oz miqdorda uchrashi mumkin. Giltuproqlar o'tga chidamli gil (1580°C haroratda erimaydi), qiyin eruvchan gil (erish nuqtasi 1350—1580°C oralig'ida) va oson eruvchan gil (erishi 1350°C dan past) kabi turlarga ajratiladi. O'tga chidamli giltuproq yuqori haroratda qizdirilganda oq rangli massaga aylansa, uni chinni gili deb atash mumkin. Odatda, bunday tuproqlar qattiq chinni tarkibiga 10% atrofida qo'shiladi. Yuqori sifatli giltuproq konlari M DH da juda ko'p. Ularning ko'pligi Ukrainada joylashgan. Bu respublikaning birgina Artemovsk shahri yaqinida beshta Troychatka, Yangi Rayka, Yangi Shveytsariya, Abramovsk va Andreevsk konlari joylashgan. Mutaxassislar bu tuproq konlarini yagona nom Drujkovka guruhi gillari deb ataydilar, Yirik giltuproq konlari qatoriga Voronej viloyatining Latnaya stansiyasi tevaragida joylashgan Latnensk, Novgorod viloyatining Borovichi shahri atrofida uchraydigan Lyubitinsk konlari kiradi. Bu konlardan qazib olinadigan xomashyo tarkibiga 3138% aluminiy (lll)-oksidi va 2—3% titan (IV)-oksidi kirgan. Respublikamizda o 'tga chidamli va kuyindisi oq bo'lgan giltuproqlar oz uchraydi. Angren ko'mir havzasi va Nurota tog' yonbag'irlarida uchraydigan konlar kichik bo'lganligi tufayli e'tiborga olinmagan. Bizning serquyosh o'lkamizda asosan, oson eruvchi va temir birikmalariga boy bo'lgan gillar koni beqiyos bo'lib, ulami hozirgi kunda chinni sanoatida ishlatib bo'lmaydi. Xomashyo aralashmasining plastik xususiyatlarini oshirish maqsadida chinni tarkibiga montmorillonit, biotit, kvars, gips kabilar kiradi. Bentonit gili Turkmanistonning 0 'glonli, Gruziyaning Askan, Ozarbayjonning Xilmilli, Krimning Kurtsevo va 0 'zbekistonning Sho'rsuv konlaridan qazib olinadi. Chinni tarkibiga dala shpati va kvarsni ayrim yoki kvars-dala shpati qumi, pegmatit jinslari holida kiritsa bo'ladi. Qazib olingan xomashyo tarkibi temir birikmalaridan xoli etiladi va chinni uchun zarur moddalar bilan boyitiladi. Pegmatit tarkibidagi kvars miqdori 30% va undan yuqori bo'lsa, qimmatbaxo xomashyo hisoblanadi. Uning kimyoviy tarkibiga foiz hisobida olinganda 71-75 kremniy (IV), 14—18 aluminiy (III), 0,1—0,4 temir (III), 0,3—1,3 kalsiy, 0,07—0,14 magniy, 4 ,3 -9,4 kaliy, 13,5 natriy oksidlari kiradi. Pegmatit tarkibida 68,5—70% dala shpati, 22,2—30,1% kvars va 1,1 — 2,7% slyuda uchraydi. Kareliya, Ukraina va Uralda pegmatit konlari joylashgan. Kareliya konlaridagi pegmatit qatlamlarining qalinligi 60 metrga, uzunligi esa 400 metrga boradi. Chelyabinsk va Sverdlovsk viloyatida pegmatit konlari borligi aniqlangan. Ammo qatlamlarning qalinligi 0,5—0,7 metr atrofida bo'lganligi tufayli kam qiymatga ega. 0 'zbekistonda ham pegmatit konlari bor. H.M.Abdullayev, I.H.Hamroboev, X.N.Boymuhamedov, Q.L.Boboev kabi geolog olimlarG'arbiy 0 'zbekistonda 15 ta pegmatit maydonlari borligini ilmiy jihatdan asoslab berishgan. Qoraqalpog'iston hududida joylashgan Qizilsoy pegmatit maydoni alohida ahamiyatga ega. Pegmatit to'plamining uzunligi 500 metr, qalinligi esa 1,2 metr. Pegmatit o'rniga kvars-dala shpati qumlarini ishlatish mumkin. Bunday qum konlari Qashkadaryo va Samarqand viloyatlarida uchraydi. Qashkadaryo viloyatidagi Chiyali koni zaxirasi 38 min. tonna, Samarqand viloyatidagi Ilonsov koni zaxirasi esa 37,8 min. tonnani tashkil etadi.

CHINNI ISHLAB CHIQARISH JARAYONI: Chinni mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni ancha murakkab jarayon hisoblanadi (12-jadval). Chinni buyumi tarkibiga kiruvchi chinni gili va giltuproqni odatda, yer ostidan kavlab chiqarish korxona yaqinidagi ochiq sayoz kon-karyerlarda amalga oshiriladi. Xomashyo sidiradigan va yuklaydigan mashina—skreper, buldozeryoki 60 Xo'jalik-badiiy chinni buyumlarini ishlab chiqarishning texnologik tizimi ekskavator yordamida awalo karyer yuzasi o 'simlik, kulrang tuproq, qum va ohaktosh qoldiqlaridan tozalanadi, oqova ariqlari yo'qotiladi hamda yo'li quritiladi. So'ngra turli usullarda asosiy xomashyoni kavlash va transport vositalariga yuklash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarga odatda, cho'm ich hajmi 0,5 dan to 2 m gacha bo'lgan bir cho'michli, ko'pdan-ko'p hollarda cho'michli ekskavatorlar qo'l keladi. Kvars va dala shpati kabi qattiq xomashyolar portlatish yo'li bilan qazib olinadi va bir cho'michli ekskavator yordamida vagonetka, platforma yoki mashinalarga ortiladi. Xomashyo relsli va relssiz, davriy

va to'xtovsiz uzatib turuvchi mashinalar yordamida tashiladi. Relsli transport vositalariga motovoz, elektrovoz, osma simarkon kiradi. Relssiz yuk tashuvchi vositalarga esa turli markali avtomashinalar, elektrolafet, skreper va buldozerlarni ko'rsatish mumkin. Yuklami joydan-joyga uzatib turishda transporter va ekskavatorlardan, shuningdek, gidrotransportdan foydalaniladi. Kaolin va giltuproq yumshoqligi tufayli valikli maydalagichda, kvars va dala shpati esa qattiq va mustahkamligi sababli jag'li maydalagichlarda 100—200 millimetrli o 'lchamda boiaklanadi hamda bolg'achali, konus maydalagichlarda 10—30 millimetrgacha maydalanadi. Ushbu maqsadda zarbiy maydalagichlardan ham foydalansa bo'ladi. Gil, kvars va dala shpati sharli tegirmonga uzluksiz ishlatiladiganuchinchi usul esa badiiy chinni yoxud sanitar-texnik buyumlarini ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Misol tariqasida likopcha, lagan kabi chinni buyumlarni olishda plastik massa namligi 23—24%, choynak, ko'ra va kuvacha kabi murakkab buyumlarni olishda esa ushbu raqam 25—27% ga tengligini keltirish mum kin. U quyidagi tizimda ko'riladi (13-jadval): Chinni massasi kukun holdagi toshsimon komponentlardan foydalanilgan holda tayyorlab ham olinadi. Bu usulga oid texnologik tizim quyidagi 14-jadvalda keltiriladi. Bunday texnologik tizimni yuqoridagi jadvallardagi texnologik tizimning bir varianti deb qarash mumkin. Chinni buyumlarga termik ishlov berish chinni ishlab chiqarish texnologiyasidagi eng murakkab va m as'ul jarayon bo'lib, tayyor mahsulotni m a'lum darajada sifatini ta 'minlaydi. Qoliplangan chinni fayans buyumlari kabi quritiladi, so'ngra tunnel pechlarida kuydiriladi. Sopol buyumlari kabi bu yerda ham termik ishlov berish ikki bosqichda olib boriladi. Masalan, xo'jalik-maishiy chinnisi aw al 900—950°C haroratda kuydiriladi, sirti sirlanadi va 1300—I350°C haroratda ikkinchi marotaba kuydiriladi. So'ngra mahsulot yuzasi bo'yaladi va «oltin suvi» beriladi. Tayyor buyum saralanib, sortlarga ajratiladi. So'ngra maxsus yashik va konteynerlarga joylanadi va tayyor buyumlar omboriga jo'natiladi. Termik ishlov vaqtida kaolin, gil va dala shpati parchalanadi.

CHINNINING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI: Respublikamizning ko'pgina zavodlari, shu jumladan, Toshkent va Samarqand chinni zavodlar muhandislari chinni asosida koshinlar yasash va shu bilan marmartosh va granit plitalarining o'rnini bosish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Sitallashtirilgan chinni massasi asosida podshipnik, radiator, siklon, fawora, haykalcha, mozaika, panno va boshqa detallar yasash mumkin. Aholining chinni buyumlarga bo'lgan ehtiyoji borgan sari qondirilmoqda. Toshkent, Samarqand va Quvasoy chinni korxonalarida ishlab chiqarilayotgan buyumlarning turi 50 dan oshdi, ularning sifati ham yaxshilanib bormoqda. Chinnisozlik xomashyosi alohida oppoq tusli loy-kaolin bilan dala shpati va kvarsning qorishmasidan iborat. Chinnidan yasalgan idishlar maxsus o'choqlarda juda baland haroratda qizdirib toblanadi. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan chinni buyumlarda milliy bezaklar, a n 'anaviy naqshlar, halq san'atkorlarining ijodi yanada ko'proq aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir. Toshkentlik olimlar tomonidan yaratilgan yangi fosforitli chinni buyumlarning tarkibi esa boshqacharok. Ularning tarkibiga mullit, anortit, apatit kabi minerallar va shisha kiradi. Ba'zi vaqtlarda tayyor buyum tarkibida vitlokit nomli mineral ham uchrab turadi. Yumshoq chinnining tayyor mahsulotlarida mullit mineral! uchramaydi. Ularning tarkibida shisha moddasi juda ko'p miqdorda bo'ladi. Bu esa o 'z navbatida bunday buyumlarning oqligi va shaffofligini oshiradi. Bunday chinni tarkibiga fosforli birikmalar kiritilsa, u holda shisha moddasi bilan bir qatorda anortit va kristobalit minerallari hosil bo'ladi. Sinig'i oq, sopoli zich va uyushib qotgan bo'lib, suv va gazni o 'tkazmaydi. mustahkam, issiqlik va kimyoviy moddalar ta 'siriga chidamlidir. Chinnidan yasalgan mahsulotlar qurilish, texnika va xo'jalikda katta ahamiyatga ega. Qurilishda asosan, sanitariya chinnisidan tayyorlangan buyumlar ishlatiladi. Ular mustahkamligi, kimyoviy turg'un va issiq-sovuqqa bardoshliligi bilan alohida ajralib turadi. Texnikada qo'Ilaniladigan chinnilarga yuqori va past voltli izolatorlar kiradi. Ulardan birinchisi chastotasi SOgers, kuchlanishi esa 1 kilovatdan yuqori bo'lgan sanoat elektr tokini uzatishda qo'llaniladi. Ikkinchi tur izolatorlar xo'jalikda kuchlanish 500 voltdan oshmaydigan elektr tokini uzatishda ishlatilib, o'matiluvchi izolator

deb ataladi. Glinozyomli chinni nomi bilan ataluvchi massadan texnikada o 'ta mustahkam pokrishka, quvur, radioantennalarining izolatorlari, yuqori voltli o 'tkazuvchan izolatorlar, shuningdek, metallokeramika mahsulotlari olinadi. Keyingi yillarda chinni mahsulotlarining halq xo'jaligidagi ahamiyati yanada ortishi mo'ljallanmoqda. Yaponiyada avtomobillaming zang olmas va mustahkam motorining kobig'i chinnidan yasaldi va sinovdan muvaffaqiyatli o 'tdi. Chinni uy-ruzgor buyumi bo'libgina qolmay, balki san'at asari hamdir. Shu sababli chinnisoz ijodkorlar — rassom va haykaltaroshlar ko 'proq izlanishlari lozim. Bu o 'z navbatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turini ko'paytirishga hamda katta talab bilan xarid qilinishiga olib keladi. Korxonalaming to 'la q u w atd a ishlashi va mahsulot sifatini yanada yaxshilash, ularning tannarxini arzonlashtirish uchun yuqori sifatli xomashyo kerak. Angren shahri va Qoraqalpog'iston kaolinga, Bitob, Chiyali va Ilonsoy dala shpati va kvarsga, Buxoro oq qum va fosforitlarga juda boy. Respublikamizda vollastonit va alyaskit kabi chinni xomashyolari yetarlidir. Chinni buyumlarni qoliplash uchun ishlatiladigan gipsni Angren keramika kombinati yoki Ohangaron sement zavodida tayyorlash m um kin. Shunga qaramay kaolin bilan oq tuproq Ukrainaning Drujkovka rayonidan, pigment Kareliyaning Chupa rayonidan, gips Samara shahridan keltirilmoqda. Olinilar nozik chinni buyumi hamda yodgorliklami tayyorlash uchun kerakli massa va bo'yoqlam ing yangi turlarini topishlari, muhit ta 'siriga chidamli sirlarini ishlab chiqarishga izchillik bilan joriy qilishlari zarur. Toshkent kimyo-texnologiya institutining olimlari tomonidan yaratilgan past haroratda sopolagi pishuvchi fosforitli chinni massani izchillik bilan ishlab chiqarish lozim. Bu o 'z navbatida katta miqdordagi yoqilg'i va xomashyoni tejash, kuydirish pechlarining uzluksiz ta'mirlash muddatini keskin uzaytirish imkoniyatini bergan bo'lar edi. О 'zbekiston chinnisozlari zamondoshlarimizning yuksak talablariga ijodiy mehnatlari bilan javob berib, turmushimiz ravnaqiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shmoqdalar. U larbundan keyin ham chinnisozlikni har jihatdan takomillashtirib bormoqdalar. Tayanch so'z va iboralar Chinni — kaolin, o'tga chidamli tuproq, dala shpati va qumdan tashkil topgan, termik ishlov berilgan, zich, mustahkam, kimyoviy va boshqa muhitlarga bardoshli bo'lgan material. Qattiq chinni — tarkibiga uch turli xomashyo-kaolin va giltuproq, dala shpati va kvars kiradi. Bunday tarkibdagi massa sopolagi 1350°C li haroratda zichlashadi. Yumshoq chinni - buyumlar tarkibiga kaolin, kvars va ko'proq miqdorda dala shpati, suyak kuli, giltuproq kiradi. Bunday chinni sopolagi 125О— 1280°C haroratda pishadi. Chinnining asosiy xususiyatlari — nafisligi, tiniq rangli bo'lishi, jarangliligi, toshlardek pishiqligi, suv shimmasligi va jilvalanishi. Chinnisozlik tarixi — xitoyliklar ixtirosidan to o'zbekistonlik chinnisozlargacha bosib o 'tilgan uzoq, mashaqqatli va faxrli yo'l. Kvars — chinni massasi tarkibida pishish haroratini kamaytiruvchi, mustahkamlikni oshiruvchi komponent sifatida ishlatiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 3,1 ming tonna chinni idishlar ishlab chiqarilgan. Chinni idishlar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,2 % ga oshgan. 2022-yilning 9 oyida O'zbekistonda yirik korxonalar tomonidan chinni idishlar ishlab chiqarishda eng yuqori ulush, 55,7 % bilan Samarqand viloyati hissasiga to'g'ri kelgan. Viloyatda 1,7 ming tonna chinni idishlar ishlab chiqarilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ирита Бaгдaсaровa. "Русский фaрфор "MocKBa 2О2О

2.R.A.Rahimov.Keramika olovbardosh materiallar "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti Toshkent-2008

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à

3.Ruzinov. B. (2022). INTERDISCIPLINARY LINKS IN RESEARCH ON CULTURAL HERITAGE SITES AND ITS IMPACT ON THE YOUNGER GENERATION. Science and Innovation, 1(3), 167172.

4. internet saytlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.