Научная статья на тему 'Mahalliy kaolinlar asosida qurilish keramikasi materiallari olish istiqbollari'

Mahalliy kaolinlar asosida qurilish keramikasi materiallari olish istiqbollari Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
70
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kaolinit / kimyoviy tarkib / dala shpati / kvars / suspenziya / dispergator / kaogulyant / struktura / ho‘l usul / reaksiya. / каолинит / химический состав / полевой шпат / кварц / суспензия / диспергатор / коагулянт / структура / мокрый способ / реакция.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Eminov a.m. Eminov a.m. Eminov a.m., Jumanov yu.q. Jumanov yu.q. Jumanov yu.q., Umarov f.sh. Umarov f.sh. Umarov f.sh., Sayfiddinov o.o. Sayfiddinov o.o. Sayfiddinov o.o.

Muhim fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlarga ega bo‘lgan sifatli, yangi kaolin xomashyo konlarini topish, ularni boyitishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va boyitish korxonalarini qurish muammosi dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida kaolinlarning katta zahirasi mavjud, ulardan turli xil sanoat tarmoqlarida foydalanish mumkin. O‘zbekistondagi kaolinlarni poligen tipligi sababli, ularni boyitishning mukammal texnologiyalarini ishlab chiqishni talab etadi. Shu sababli boyitishning turli xil usullari va ularning kimyoviy reaksiyalari tadqiq etildi. Boyitishning samarali usullari borligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Prospects of obtaining building ceramic materials based on local kaolins

Актуальна проблема поиска качественного, нового каолинового сырья с важными физико-химическими и технологическими свойствами, разработки эффективных технологий их обогащения и строительства обогатительных предприятий. На территории Республики Узбекистан имеется большой запас каолина, который можно использовать в различных отраслях промышленности. Из-за полигенного типа каолинов в Узбекистане требуется разработка отличных технологий их обогащения. По этой причине были изучены различные методы обогащения и их химические реакции. Выяснилось, что существуют эффективные методы обогащения.

Текст научной работы на тему «Mahalliy kaolinlar asosida qurilish keramikasi materiallari olish istiqbollari»

- "проект" ахборотлари кайта ишловчи марказларга юборилади;

- марказларда ахборотларни олиб маълумотлар базасига киритилади;

- хар бир катламлар мос равишда тегишли маълумотлар билан богланади.

Электрон тахеометр курилмасида олинган улчаш ишлари маълумотлари хам

ArcGIS дастури ёрдамида кайта ишланади хамда маълумотларни автоматлаштирилган базаларга киритилади. Ушбу электрон тахеометр съёмкаси улчаш натижалари топографик асос сифатида хам фойдаланилиши мумкин [10].

ArcGIS дастурида "Класс отношений..." буйруги ёрдамида мавзули катламларни боглаш ва маълумотларини интеграциялаш, ер хисобини юритишнинг автоматлашган тизимини жорий килишга хизмат килади. GPS курилмасидан олинган ахборотлаарни тугридан-тугри маълумотлар базага келиб тушишини таъминлаш эса, автоматлаштирилган тизимни модуллаштиришга хизмат килади.

Хулоса: Бугунги кунда ГАТ иктисодий ва техник тармокларнинг барча сохаларида кенг кулланилмокда. ГАТ дан фойдаланишда катта хажмдаги ёзма ва графикавий, худуд билан богланган географик маълумотларни туплаш, саклаш, кайта ишлаш хамда фойдаланувчиларга етказиб бериш керак булади. Шу жумладан, Автомобиль йулларини автоматлашган тизимини модуллаштириш оркали куйидаги самарадорликларга эришамиз:

- замонавий техника ва технологиялардан фойдаланиш куламини купайтириш;

- юкори аникликдаги натижалар;

- киска муддатдаги ахборотлар алмашинуви;

- фойдали иш коэффициентини ошиши;

- электрон маълумотлар алмашинуви;

- ахборотларни маълумотлар базасиди тизимлаштириш.

АДАБИЁТЛАР

1. 2017 — 2021 йилларда Узбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Харакатлар стратегияси.

2. Узбекистон Республикаси Президентининг "Узбекистон Республикаси йул хужалиги тизимини чукур ислох килиш чора-тадбирлари тугрисида"ги Фармони. Тошкент-2019 йил.

3. Узбекистон Республикаси Президентининг "Йул сохасини бошкариш тизимини янада такомиллаштиришга оид чора-тадбирлар тугрисида"ги Карори. Тошкент-2019 йил.

4. Узбекистон Республикаси Президентининг "Миллий географик ахборот тизимини ташкил этиш тугрисида"ги Карори. Тошкент-2013 йил.

5. Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2005 йил 16 февралдаги 66-сонли карори билан тасдикланган "Давлат кадастрлари ягона тизимини яратиш ва юритиш тартиби тугрисида"ги Низом.

6. Адлия Вазирлиги томонидан 2014 йил 8 октябрда 2618-сон билан руйхатдан утказилган Давлат кадастрлари ягона тизимига тегишли давлат кадастрлари маълумотларининг таркиби ва уларни такдим этиш тартиби тугрисида"ги Низом.

7. Вазирлар Махкамасининг 2014 йил 14 августдаги 431-сонли "Худудларнинг давлат кадастрини юритиш тартиби тугрисидаги низомни тасдиклаш хакида"ги карори.

8. O'.B.Muxtorov, A.N.Inamov, J.O.Lapasov Geoaxborot tizim va texnologiyalari, Toshkent 2017.

9. М.Эргашев, А.Инамов, КИноятов "Автомобиль йулларида геоахборот тизимлари", Наманган, НамМКИ 2019й.

10. O'.B.Muxtorov, A.N.Inamov, O'P.Islomov Geoaxborot tizim va texnologiyalari, Toshkent 2018.

UDK 666.321/666.327

MAHALLIY KAOLINLAR ASOSIDA QURILISH KERAMIKASI MATERIALLARI

OLISH ISTIQBOLLARI

Eminov A.M.

t.f.d., prof. I.Karimov nomidagi TDTU qoshidagi "Fan va taraqqiyot"

Jumanov YU.Q. k.f.f.d., kat.o'qit. NDKTU

Umarov F.Sh. t.f.f.d. kat.o'qit. Nam MQI

Sayfiddinov O.O. talaba Nam MQI

Annotasiya. Muhim fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlarga ega bo'lgan sifatli, yangi kaolin xomashyo konlarini topish, ularni boyitishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va boyitish korxonalarini qurish muammosi dolzarb hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi hududida kaolinlarning katta zahirasi mavjud, ulardan turli xil sanoat tarmoqlarida foydalanish mumkin. O'zbekistondagi kaolinlarni poligen tipligi sababli, ularni boyitishning mukammal texnologiyalarini ishlab chiqishni talab etadi. Shu sababli boyitishning turli xil usullari va ularning kimyoviy reaksiyalari tadqiq etildi. Boyitishning samarali usullari borligi aniqlandi.

Аннотация. Актуальна проблема поиска качественного, нового каолинового сырья с важными физико-химическими и технологическими свойствами, разработки эффективных технологий их обогащения и строительства обогатительных предприятий. На территории Республики Узбекистан имеется большой запас каолина, который можно использовать в различных отраслях промышленности. Из-за полигенного типа каолинов в Узбекистане требуется разработка отличных технологий их обогащения. По этой причине были изучены различные методы обогащения и их химические реакции. Выяснилось, что существуют эффективные методы обогащения.

Annotation. The problem of finding high-quality, new kaolin raw materials with important physico-chemical and technological properties, developing effective technologies for their enrichment and building enrichment enterprises is urgent. There is a large reserve of kaolin in the territory of the Republic of Uzbekistan, which can be used in various industries. Due to the polygenic type of kaolins in Uzbekistan, it requires the development of excellent technologies for their enrichment. For this reason, various enrichment methods and their chemical reactions have been studied. It was found that there are effective methods of enrichment.

Kalit so'zlar: kaolinit, kimyoviy tarkib, dala shpati, kvars, suspenziya, dispergator, kaogulyant, struktura, ho'l usul, reaksiya.

Ключевые слова: каолинит, химический состав, полевой шпат, кварц, суспензия, диспергатор, коагулянт, структура, мокрый способ, реакция.

Key words: kaolinite, chemical composition, feldspar, quartz, suspension, dispersant, coagulant, structure, wet method, reaction.

Tabiiy kaolinlarning mineral komponentlari asosiy ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhda nisbatan yirik donachali ona jinslarni saqlagan ko'rinishda nomoyon bo'ladi. Bular kvarsga bog'liq, kaolinitning biotit bo'yicha soxta shakllangan ko'rinishida sillimanit, granat,

seritsit, kaliyli dala shpati qisman kaolinlashgan ko'rinishda bo'ladi. Ikkinchi guruhda ona jinsli minerallari mayin dispersli (changli kvars, dala shpati, mayin tangachasimon seritsitli), nisbatan quyi darajadagi gipergenli gillar ko'rinishida nomoyon bo'ladi. Elyuvial kaolinlarni muskovit yoki kaliyli dala shpati tarkibli ko'rinishi bilan kaolinli jinslarning kimyoviy va minerologik tarkibi bo'yicha ishqorsiz (me'yoriy) va ishqoriy turlarga bo'lish mumkin. Ishqoriy kaolinlar qatlamlarning asosan alohida qismlarida, kamdan-kam hollarda butun qatlam bo'yicha yoyilgan bo'ladi. me'yoriy kaolinlar tarkibida 0,3-0,5% K2O bo'ladi, ishqoriy kaolinlarda unga qaraganda tarkibda 1,7 dan 4-5% gacha K2O ko'p bo'lishi bilan farq qiladi. Kaliyli dala shpatili ishqoriy kaolinlarni farqlashda kaliyli modul (K2Ü:Na2O) katta ahamiyatga ega. Sanoatdagi kaolin konlarining asosiy turlari quyidagilar:

-liparit, andezit, albitofir, ularni tuflari va b. lar vulqon va subvulqon jinslarini pastmagmatik eritmalarini o'zaro ta'sirlashuvi natijasida paydo bo'lgan, gidrotermal -metosomatik kaolin konlari;

-tog'larni emirilishidan kaolinli materiallarni yuvilishi natijasida yaqin atrofda to'planishidan shakllangan, ikkilamchi kaolin konlari, bunday kaolinlar orasidan kaolin tarkibli qumlar va gilga o'xshash paydo bo'lishidan litologik ko'rsatgichi bo'yicha cho'kindi kaolinlarni ajratish mumkin;

-kaolinlarni boshqa bir qancha geokimyoviy jarayonlar bilan bog'liq (boksitlarni resilifikatsiyasi, karbonatli to'siqlardagi qumlarni sulfat kislota eritmalarida cho'ktirishdan, neft -gaz yig'iladigan o'choqlardagi gilli jinslarni o'z'aro ta'sirlashuvi natijasida) shakllanishi, lek in bunday holatlarda qatlamlar hosil bo'lmaydi, ammo amaliy ahamiyati katta ekanligini ko'rsatadi[1].

O'zbekiston Respublikasi hududida 156 ta kaolin konlari hisobga olingan bo'lib, ularning umumiy ishlab chiqarish zahirasi 405,0 mln. m3 ni tashkil etadi[2]. Bu konlardan Angren, Alyans, Qarnab, Oltintog', Zaxquduq, Sulton-Uvays, O'rozali konlari istiqbolli konlar hisoblanadi. Bu konlarning o'rtacha kimyoviy tarkibi 1-jadvalda keltirilgan.

O'zbekistondagi istiqbolli kaolin konlarining o'rtacha kimyoviy tarkibi 1-Jadvalda keltirilgan.

1-Jadval

Oksidlar O'zbekiston kaolin konlarning kimyoviy tarkibi, mass. %

Angren Alyans Qarnab Oltintog' Zaxquduq Sulton- Uvays O'rozali

SiÜ2 62,0 54,02 62,7680,91 58,55 64,1466,47 67,28-76,00 64,65

Al2Ü3 23,1 30,45 24,927,94 20,1 21,04-25,0 13,06-17,38 21,38

TiÜ2 0,54 0,54 0,110,54 <0,30 0,26-1,02 0,48-0,55 0,73

Fe2Ü3 0,55 0,54 0,45 1,94 0,27-1,1 0,56-1,10 0,96

CaO 1,29 0,48 0,3-6,03 3,20 0,04-0,7 0,28-1,50 -

MnÜ 0,13 0,02 - - - - -

MgÜ - 0,49 0,3-1,1 1,71 0,0-0,42 0,20-0,48 -

Na2Ü 0,35 0,19 0,110,28 2,44 0,0-0,5 0,60-1,80 0,26

K2Ü 0,6 1,48 1,17-6 2,69 0,0-0,5 0,66-2,34 1,39

FeÜ 1,87 0,26 2,35 0,08 gacha - - -

SÜ3 0,25 0,21 - 1,04 0,0-0,23 - -

P2Ü5 0,04 - <0,5 - - - -

КУРИЛИШ

k.y. 1 9,1 1 11,1 1 2,98-9. 1 7,95 8,06-9,65 1 6,04-8,80 1 7,5

Ma'lumki Respublikamizdagi kaolin xomashyolari o'zining tarkibi bo'yicha odatda chinni sanoati uchun qo'yiladigan talabga javob bermaydi. Ular boyitish fabrikalarida boshlang'ich qayta ishlashni talab etadi. Kaolinni boyitishning vazifasi shundan iboratki, kaolinli jinslardan barcha qo'shimchalarni maksimal yo'qotish yo'li bilan kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari bo'yicha kaolinit mineraliga juda yaqin gilli moddadan tashkil topgan konsentrat olishdir. Kaolinitni kristall strukturasi asosida SiO44-tetraedridan iborat cheksiz qatlamlar yotadi. Kaolinitning kristall strukturasi ikki qatlamli qavatdan tashkil topgan, biri kremniy- kislorodli tetraedrik qatlam, va ikkinchisi alyumino-kislorod gidroksilli oktaedrik qatlam. [3](1-rasm.). Kaolinitning moos shkalasi buyicha qattiqligi 2-3; zichligi 2,58-2,63 g/sm3, tegilganda yog'simon, gilsimon massa hosil qiladi, u ayniqsa elektron mikroskop asosida juda kattalashtirilganda, mayda oltiqirrali kristallari kuzatiladi [4].

Структура каолинита

• Sij AI о AI

О Shared О

О

1-Rasm. Kaolinit mineralining kristall panjara tuzilishi

Kaolinni zararli qo'shimchalardan tozalash usullari

1. KHSO4, (H2SO4) sulfat kislotalik muhitda tiomochevina qo'llanilganda oqlik darajasi 90-94,2% li kaolin mahsuloti olinadi.

2. Har-xil ko'rinishli ko'pikli flotatsiyada zarrachalarni tashuvchi sifatida CaCO3(patent AQSH №2990958) qo'llanilgan.

3. Flokulyasiyani hosil qilishda yarim valentli kationit aralashmalarini aktivlashtirish uchun NH4+ tuzlarida qayta ishlanadi (patent AQSH №3371988; 3701417; 3837482 va 3862027).

Dispergatorlar Na2SiO3, PAN, geksametafosfat natriy qo'llaniladi. Dispersiyalovchi agent sifatida Na2SiO3, 1,0 kg/t va 0,25 kg/t NaOH pH-8,5-9,5 bo'lishi kerak. Gil suv bilan 6 soat mobaynida aralashtiriladi. Bu usulning kamchiligi ajratib olish darajasi va chiqimning kamligi hisoblanadi.

4. Kaogulyant sifatida Ca(OH)2 dan tashqari 10%-li CH3COOH kislotasi, 0,05% -li poliakrilamid eritmasi, kaliy-alyuminiyli achchiqtoshlar, HCl -xlorid kislotasi aralashmalari birmuncha yaxshi hisoblanadi, chunki ohak suti 1-2 oy mobaynida to'liq CaCO3 ga aylanishi uchun omborxonalarda saqlanishi uning kuchsizligi hisoblanadi.

5. Germaniyada qog'oz sanoatida ishlatish uchun kaolinni oqartirish usulida kaolinli shlikerga fosfat kislotaning 2 valentli temirli tuzi hosil qilinib, avvalo Na2S2O4 tuzi eritmasini kislotali muhitda ta'sir ettirishga asoslangan (6-reaksiya).

Kimyoviy ishlov berishning umumiy kamchiliklari texnologik sxemaning qiyinlashuvi va yuqori haroratda kaolinning sifatini pasayishiga olib keladi.

6. Fe3+^Fe2+ qaytarib temir oksidlaridan tozalashda natriy gidrosulfit HCl- xlorid kislotasi muhitida avvalo kaolin suspenziyasi tayyorlanadi va davriy ravishda berilgan HCl-xlorid

^yPHHHffl

kislotasi bilan shiddatli aralashtirilib so'ngra suspenziyaga natriy gidrosulfit (Na2S2O4 2H2O) qo'shiladi.

7. Fe3+^Fe2+ gacha qaytarishda kationitlar va natriy gidrosulfidning sulfat kislotalik muhitdagi suspenziyasi olinadi va ular umumiy eritmaning 15% ini tashkil etadi. Bu usulning kamchiligi: bunda temir izomorf holatiga o'tadi va gilning panjarasiga yoki silikat mineralining tarkibiga o'tib ketadi.

8. Kaolin flotatsiyasi kamerasining hajmi 1 l implellerining chastotasi 2000 ayl./min bo'lgan mexanik tipdagi mashinada o'tkaziladi. Flotatsiya rejimining optimal sharoiti quyidagicha: Q:S=1:4 sulfat kislotaning sarfi 0,8kg/t, yig'uvchi ANP sarfi -0,9kg/t. Konsentrat chiqimi 63,2%. Konsentrat tarkibi yuqori sifatli AhO3-36,12%. Gilli mahsulotni suvsizlantirish avtoklavda 2 atm. bosimda 2 soat mobaynida qayta ishlanadi. Avtoklavli qayta ishlash tarkibdagi temirni 0,57% ga tushiradi. Bunda oqlik darajasi 68^80% gacha ko'tariladi. Sulfat kislota sarfi 50 kg/t ni tashkil etadi[5].

Xramofor oksidlarni yo'qotishning kimyoviy reaksiyalari quyidagicha boradi:

FeO+2HCWFeCh+H2O (1); FeO+4HNO3(suyul.)^ Fe(NO3)2+2NO2Î+2 H2O (2); FeO+4NaOH^ Na4FeO3()+2 H2O (400-500°C) (3); Fe2O3+6HCl(s) ^2FeCl3+3H2O (i) (4); Fe2O3+6HCl(g) ^2FeCl3+3H2O (500°C; Cl2 atm.) (5); Fe2(SO4)3+ 2NaH2PO4^Na2SO4+ 2H2SO4+2FePO4|(6); FeS+2HCl(s)^FeCl2+ H2SÎ(7); FeS+2CHsCOOH(k)^Fe(CHsCOO)2+ №SÎ(8); 2FeS2+14H2SO4(k)^Fe2(SO4)3+15SO2Î+14H2O (9); FeS2+18HNO3(k)^ Fe(NO3)3+ 2H2SO4+15NO2Î+7H2O (10); MnO+2HCl(s)^MnCl2+H2O(11); Mn2O3+6HCl(k. issiq)^2MnCl2+Cl2Î+3H2O (12); Mn2O3+6H2SO4(50%-li sov.)^2Mn2(SO4)3+3H2O (13); MnO2+4HCl(k)^2MnCl4+2H2O (0°C, MnCl3 qo'sh.)(14); MnO2+6H2SO4(k)^2Mn2(SO4)3+O2Î+6H2O (t<110°c)(15); 3MnO2+4KClO3+3K2CO3^3KMnO4+KCl+3CO2 (16); MnO2+6H2SO4(suy.)+H2O2^2MnSO4+O2Î+2H2O (17); Cr2O3+KClO3+2K2CO3^3K2CrO4+KCl+2CO2 (500-700°C) (18); Cr2O3+3NaNO3+2Na2CO3^Na2CrO4+3NaNO2+2CO2 (400-600°C) (19); TiO2+2Ckoks+2Cl2^TiCl4+2CO(600-800°c) (20); 2NaHSO3+2Fe2O3+3 №SO4^Na2SO4+2FeSO4+4H2O (21); Na2S2O4+3Fe2O3+5H2SO4^Na2SO4+6FeSO4+5H2O (22); TiO2+4KHSO4^ 2K2TiO(SO4)2 +2H2O (23); TiO2+2KHCO3^ 2K2TiO3+H2O+CO2 (24); TiO2+2NaOH^ Na2TiO3 +H2O (25); TiO2+2H2SO4^ Ti(SO4)2 +2H2O (i) (26); Tiomochevina qo'llanilganda xromofor oksidlar bilan quyidagi ko'rinishdagi kompleks tuzlar hosil bo'ladi: Fe(CSNV3CS(N№)2; MnCh-2CS(NH2)2; ZnC^CS(NH2)2.

Kaolinni boyitishni oson va samarali usuli ho'l usul bo'lib, xlorid kislotali muhitda tarkibdagi zararli oksidlarni yo'qotish hisoblanadi. Xlorid kislota bilan ikki xil usulda termik qaynatish va avtoklavli gidrotermal usullarni qo'llab o'rganib chiqdik.

Kaolinni o'zgartirish usullari. Kaolinlarni gidrotermal avtoklavli qayta ishlash.

Kaolin namunalarni nisbatlari Q:S=1:1 (mas%) bo'lganda 10 mas. % konsentratsiyali xlorid kislotasi eritmasi bilan avtoklavda gidrotermal uslubda qayta ishlandi, HCl ni stexeometrik miqdorini 4 marta oshiradi. Avtoklavni 20 00S da 30 daqiqa davomida ushlab turildi. Avtoklav ichkarisida hisoblangan bosim (15-20)-105 Pa ni tashkil etadi. Xlorid kislota eritmasini avtoklav devori materiali bilan ta'sirlanishini yo'qotish uchun ftorplast himoya qobig'i (futerovkasi)dan foydalanildi. Qayta ishlangandan so'ng, olingan kaolin namunalari temir ionlariga reaksiya bo'lmaguncha suv bilan yuvildi va laboratoriya quritish shkafida 100-1100Cda quritildi.

Qaynatish usulida kaolinlarni gidrotermal o'zgartirish.

Kaolin namunalarini 10 mas. % konsentratsiyali xlorid kislotasi eritmasi bilan Q:S=1:2 nisbatda kolbaga joylashtirildi. Laboratoriyada elektr plitkasida qizdirish bilan amalga oshirildi. Qaynash jarayonida 960S da suspenziya uzluksiz aralashtirildi. Kislota konsentratsiyasini doimiyligini taminlash uchun eritma bug'lari yopiq sovutuvchi kontur bo'ylab o'tkazildi, suyuq fazaga so'ngra qaytarildi. Qayta ishlov doimiy atmosfera bosimida 30 daqiqa davomida olib borildi. Qayta ishlangandan so'ng olingan kaolin namunalari ham temir ionlariga reaksiya bulmaguncha suv bilan yuvildi va laboratoriya kuritish shkafida 100-110°S da quritildi. Qayta ishlangandan so'ng kaolinlarni kimyoviy va fazaviy tarkibi tadqiq qilindi. Bunda yuqoridagi 1,4,5,6,12-reaksiyalar bo'yicha jarayon boradi. Bunday usullar yordamida olingan kaolinli konsentratlar chinni materiallari uchun yaroqli bo'lgan, ikkinchi navli GOST talablariga javob beradi.

Birinchi navli kaolinlarni olish uchun 100 gramm kaolin xomashyosiga 300 ml suv qo'shiladi. So'ngra turli xil kompleks birikmalar hosil qiluvchi kislotalardan har bir jarayonga mos ravishda qayrag'och (dubilnoy), limon, oksalat, askorbin kislotalardan 4 grammdan qo'shiladi va pH-2,5 bo'lgunicha H2SO4 kislota qo'shiladi. Kuydirilgandan keyingi keramik sopalakning oqligi 89-92% ni tashkil etadi.Sulfat kislotali ishlov berish 9,13,15,17,21,22,26-reaksiyalar bo'yicha boradi [6].

Kaolin sanoatning turli sohalarida o'z o'rnini topdi, chunki u kimyoviy va fizik jihatdan ya'ni: gidrofillik, disperslik, olovga chidamlilik, etarli miqdorda alyuminiy oksidi mavjudligi, plastiklik, kimyoviy inertlik, kuydirishdan keyin yaxshi dielektrik xususiyatlarining mavjudligi, past zichlik, tuyishda qiyinchiliklarning yo'qligi, abraziv zarralar yo'qligi kabi foydali xususiyatlarga ega.

Olovbardosh materiallarni tarkibini ishlab chiqish uchun xomashyo va ikkilamchi kaolindan foydalanish zarur. Kaolin nafis keramik buyumlar ishlab chiqarishda, chinni va fayans buyumlar tarkibini ishlab chiqish, shuningdek, oq sement olish uchun xomashyo manbai bo'lib xizmat qiladi. Kimyo sanoati kaolinni alyuminiy sulfat, alyuminiy oksidi, ultramarin pigmentini olish uchun ishlatadi, pestitsidlar va o'g'itlar uchun tashuvchi va to'ldiruvchi, shuningdek kimyoviy reaksiyalar uchun katalizatorning o'zagi sifatida ishlatiladi. Aksariyat kaolin qog'oz olish uchun sarflanadi, qog'oz mahsulotlarini ishlab chiqarishda oqartirish uchun to'ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Kaolin rezina, plastmassa, elim, mastika, parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish uchun to'ldiruvchi sifatida ham kerak. Bu tibbiyotda ham keng qo'llaniladi. Kaolin bo'yoq va lok-bo'yoq mahsulotlarini oldishda ham kerak, chunki uning namligi atigi bir foizni tashkil etadi [7].

Laklar va bo'yoqlar ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotlarining retseptlari kaolinni qurilish sohasi uchun suvda suyultiriladigan bo'yoqlarda titan oksidining distribyutori sifatida ishlatadi. Kalsinatsiyalangan kaolinlar bir vaqtning o'zida asosiy xususiyatlarini namoyish etadi: yorqinligi, titan oksidining ajralishini yaxshilaydi va dog'larini yashirish qobiliyatiga ega. Yuvilgan kaolin esa ma'lum darajada titan oksidi ajralishini yaxshiroq qiladi va u shaffoflik

darajasini o'zgartirish uchun ishlatilishi mumkin.

Kaolinlar ko'proq oquvchanlik, uyumlanish belgilarini kamaytirish, plyonkalarning mustahkamligi, plyonkalarning silliqligi, atmosfera ta'siriga chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi. Kalsinatsiyalangan kaolinlar juda qattiq bo'lganligi uchun qoplamalarning karroziyaga chidamliligini oshiradi.

ADABIYOTLAR

1. Kaolin. Metodicheskie rekomendatsii po primeneniyu Klassifikatsii zapasov mestorojdeniy i prognoznbix resursov poleznbix iskopaembix// Geoinformmark. Moskva .-2007.-Str. 3-9.

2. Jumanov YU.K. Fiziko-ximicheskoe issledovanie kaolinov Zarafshanskogo regiona. Universum. TEXNICHE SKIE NAUKI Oktyabr 2018g. №10(55) str. 49-53J.

3. Kadirova Z.R., Usmanov X.L., Erkabaev F.I., Umarov F.SH., Xodjaev N.T., Vozmojnosti ispol'zovaniya glinistix slansev Devanasayskogo mestorojdeniya v kachestve sir'evogo komponenta sementnogo klinkera. Stroitel'nie materiali, oborudovaniye, texnologii XXI veka, jurnal Tehnologii betonov, 2010, № 5-6-, Rossiya, Moskva, S. 38-42.

4. A. D. Slukin, N.S. Bortnikov, A.P. Juxlistov, A. V. Moxov, N. M. Boeva Mikromorfologiya i geneticheskie vzaimootnosheniya glavnbix gipergenniix mineralov boksitonosniix lateritniix profiley (po rezultatom elektronno-mikroskopicheskogo izucheniya)// Institut geologii rudnbix mestorojdeniy, petrografii, minerologii i geoximii (IGEM), RAN Noviie danniie o mineralax. Moskva:2015 g.

5. Eminov A.M., Kadirova Z.R., Bayjanov I.R.,Kuryazov Z.M., Djabbergenov J. Jumanov YU.Q. Oltintog' kaolin xomashyosini boyitishning samarali usullarini tanlash. Kompozitsion materiallar jurnali 2020-yil 4-son. b.148-152.

6. Avtorii patenta: Bruno Passarello Sposob ochistki ot jeleza i ego soedineniy kaolina ili kvarsevogo peska. http://www.findpatent.ru/ patent/ 204/2042654.html

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

http://lkmprom.ru/analitika/kak-v-promyshlennosti-proizvodyaschey-laki-i-krask/

УДК 628.11

QIZIL-ROVOT SUV OLISH VA UZATISH INSHOOTI MODERNIZATSIYAsí

MUAMMOLARI

Yakubov Qutfiddin Asliyevich SamDAQU t.f.n.dotsent

Abdullayev Muhammadali Rustamjonovich SamDAQU doktorant. manammqi@gmail.com; manammqi@list.ru +99893 943-45-47

Annotatsiya: ushbu maqolada Qizil-Rovot suv olish va uzatish inshooti haqida umumiy ma'lumotlar, Namangan viloyat "Suvta'minot MCHJ" korxonasi tarkibiga kiruvchi inshootlar texnik imkoniyatlari, hamda mavjud texnik muammolari haqida masalalar ko'rilgan.

Аннотация: в данной статье приведены общие сведения о водозаборном и передающем узле Кызыл-Ровот, технических возможностях сооружений, входящих в состав предприятия ООО «Сувтаминот» Наманганской области, существующих технических проблемах.

Abstract: this article provides general information about the Kyzyl-Rovot water intake and transmission unit, the technical capabilities of the structures that are part of the Suvtaminot

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.