Научная статья на тему 'Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishni takomillashtirish'

Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishni takomillashtirish Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
turizm / turistik industriya / turizmni rivojlantirish / madaniy ob’ektlar / gastronomik ko‘cha / arxeologiya merosi / arxeologiya parki / turizm mahallasi / turizm ovuli / turizm qishloqlari / ichki turizm / xorijiy sayyoh / mehmonxona / oilaviy mehmon uylari / xostellar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulrukh Djumanazarovna Khasanova, Sayyora Murodilloevna Zoirova

Ushbu maqolada mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek maqolada Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishni takomillashtirish»

Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishni

takomillashtirish

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova gulrux-xasanova1971@mail.ru Sayyora Murodilloevna Zoirova Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish to'g'risida fikr yuritilgan. Shuningdek maqolada Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirish bo'yicha olib borilgan ishlar to'g'risida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: turizm, turistik industriya, turizmni rivojlantirish, madaniy ob'ektlar, gastronomik ko'cha, arxeologiya merosi, arxeologiya parki, turizm mahallasi, turizm ovuli, turizm qishloqlari, ichki turizm, xorijiy sayyoh, mehmonxona, oilaviy mehmon uylari, xostellar

Improving domestic tourism development in Bukhara region

Gulrukh Djumanazarovna Khasanova gulrux-xasanova1971@mail.ru Sayyora Murodilloevna Zoirova Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: This article discusses the development of domestic tourism in the country. The article also describes the work carried out on the development of domestic tourism in the Bukhara region.

Keywords: tourism, tourist industry, tourism development, cultural objects, gastronomic street, archaeological heritage, archaeological park, tourism neighborhood, tourism farm, tourism villages, domestic tourism, foreign tourist, hotel, family guest houses, hostels

Turizm - jismoniy shaxsning vaqtincha bo'lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo'nab ketishi (sayohat qilishi)dir.

Turistik industriyadagi xizmatlarning turlari quyidagilardan iborat: ^ turlarni taqdim etish bo'yicha xizmatlar; ^ yashash joylarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar; ^ ovqatlantirish bo'yicha xizmatlar;

^ axborotga oid, reklama xizmatlari;

^ transport xizmatlari;

^ barcha turdagi transport uchun chiptalar hamda tadbirlarga va ko'ngilochar ob'ektlarga borish uchun chiptalar taqdim etish (band qilib qo'yish, sotish va etkazib berish) bo'yicha xizmatlar.

Turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasida boshqa turistik xizmatlar ham nazarda tutilishi mumkin.

O'zbekistonga 2023-yilda xorijdan 7 millionga yaqin turist keldi. Ta'kidlanishicha, ularning O'zbekistonda qolish muddati o'rtacha to'rt kungacha uzaygan, bu 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga ko'p degani. "So'nggi ikki yilda qo'shni mamlakatlardan tashqari, Arab davlatlari va Xitoydan turistlarning kelishi kamida to'rt barobarga oshdi.

2023-yilda "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" dasturiga asosan, hududlarga 21 mln mahalliy sayyoh tashrifi tashkil etildi.

Tahlillarga ko'ra, o'tgan yili 810 ta yangi turoperator va turfirma faoliyati yo'lga qo'yildi. Turizm va unga yondosh sohalarda 70 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi. 183 ta ta mehmonxona, 215 ta hostel, 356 ta oilaviy mehmon uyi ishga tushdi. Joylashtirish vositalari 5477 taga, o'rinlar soni esa 142 ming 720 taga yetdi.

Statistika agentligining ma'lumotlariga ko'ra esa 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 6,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O'zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko'rsatkich 2022-yilga nisbatan 1,4 mlnga yoki 26,6 foizga oshgan.

2023-yil davomida eng ko'p tashrif Tojikiston (2 mln 155,2 ming), Qirg'iziston (1 mln 757,1 ming) va Qozog'iston (1 mln 333,3 ming nafar)dan bo'ldi. Sayyoh sifatida Rossiyadan 714,3 ming kishi kelgan bo'lsa, Turkiyaning ko'rsatkichi 106,5 ming nafarni tashkil etdi.

Avvalroq ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov O'zbekistonga 2024-yilda 10 million xorijlik sayyoh kelishi kutilayotgani, mustaqil xalqaro tashkilotlar mamlakatdagi turizmni rivojlantirish holatini barqaror deb baholayotganini ta'kidlagan edi.

Ayni paytda 93 xorijiy davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish, 56 davlat uchun elektron kirish vizasi, 47 davlat uchun besh kunlik tranzit vizasiz kirish, shuningdek, 76 davlat uchun turistik viza berishning yengillashtirilgan tartibi belgilandi.

55 yoshga to'lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo'lmagan muddatga O'zbekistonga keluvchi Xitoy, AQSh va Viyetnam fuqarolari uchun vizasiz kirish rejimi joriy qilindi.

Bundan tashqari, "Vatandosh", "Student visa", "Academic visa", "Medical visa" va "Pilgrim visa» kabi yangi kirish viza turlari belgilandi.

Turistlar soni. O'zbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 2017 yilda 2,7 mln nafar bo'lsa, 2022 yilda 5,2 mln, 2023 yil o'tgan 9 oyida 4,3 mln.ni tashkil etmoqda. Turistlarning mamlakatimizda o'rtacha qolish muddati 4-5 kunni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ortdi.

Har bir xorijiy turistning respublika hududida bevosita sayohat xarajatlaridan tashqari sarflaydigan o'rtacha mablag' summasi 2017 yilda 197 AQSh dollarini tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2023 yilda 400 AQSh dollariga yetdi va turizm eksporti hajmi 2023 yil 9 oyida 1,72 mlrd dollarga yetdi.

Mahalliy (ichki) sayyohlar soni ham 2017 yilga nisbatan 107 foizga o'sib, 14,9 million nafarni tashkil qildi.

Turizm infratuzilmasi. Mehmon o'rinlari soni 2017 yildagi 37 mingtadan 3,4 barobarga ko'payib, 128 mingtaga yetdi. Joylashtirish vositalari soni 2017 yildagi 767 tadan 2023 yilda 5,5 mingtaga yetkazildi.

2017 yilda 749 ta turistik tashkilot va turagentlar faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lsa, hozirgi kunda ularning soni 2 404 taga yetdi.

Gid-ekskursovodlar soni esa esa 574 tadan 2864 taga yetdi.

Yangi yo'nalishlar

Respublikaning turizm salohiyati yuqori bo'lgan fuqarolar yig'inlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog'i» va «Turizm ovuli» maqomini berish va ularni qo'llab-quvvatlash mexanizmlari joriy qilindi.

Mamlakatimizda birinchi bo'lib Samarqand tumani Konigil qishlog'ida 52 ta hunarmandchilik va dam olish maskanlari mavjud bo'lgan «turizm qishlog'i» tashkil etildi va 200 nafardan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta'minlandi.

2022 yil davomida Navoiy viloyatining Nurota tumanida Sentob turizm qishlog'i hamda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Ertosh-soy va Ovjazsoy qishloqlariga «turizm qishlog'i» maqomi berildi. Ushbu qishloqlarda 90 ta oilaviy mehmon uylari, 20 turdagi xizmatlar tashkil etilishi natijasida 400 ga yaqin qishloq aholisi bandligi ta'minlandi.

Toshkent viloyatining Angren shahrida Lashkarak va Parkent tumanida Kumushkon, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida G'yelon, Boysun tumani Omonxona qishloqlariga turizm qishlog'i maqomi berish yuzasidan choralar ko'rilmoqda.

Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar. 2021 yilda turizm sohasidagi investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 11,4 trln so'm bo'lgan mablag'lar o'zlashtirilib, 495 ta loyiha amalga oshirildi. Davlat investitsiya dasturi doirasida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda umumiy qiymati 1,2 mlrd AQSh dollari bo'lgan 62 ta loyihada, 562,7 mln dollar investitsiya o'zlashtirilib, 31 ta loyiha ishga tushirildi.

2022 yilda turizm sohasida jami qiymati 22,1 trln so'mlik 735 ta loyihalar ishga tushirilib, tarmoqda qo'shimcha 23 mingga yaqin yangi ish o'rni yaratildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya jalb qilish hamda raqobatbardosh xizmatlarni yo'lga qo'yishga bergan e'tibor natijasida turizm bozorimizga Hilton, Marriott, Hyatt, Wyndham, Intercontinental Hotels Group va Accor kabi yetakchi mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Ular nafaqat poytaxt Toshkent, balki, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlariga ham qiziqish bildirib, o'z faoliyatlarini tashkil qilmoqda.

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari rahbarlari kengashining sammiti doirasida Samarqand shahrida 260 gektar maydonda yangi turistik markaz barpo etilib, jahon standartlari darajasidagi 8 ta mehmonxona ishga tushirildi. Mazkur loyihaga 516 mln dollar qiymatida investitsiya yo'naltirildi.

Mamlakatning turistik imiji. Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy merosini bir-biriga o'zaro bog'liq sifatida targ'ib qilish bo'yicha tashabbusiga asosan UNESCO'ning "Xiva deklaratsiyasi" qabul qilindi.

Islom hamkorlik tashkilotining joriy yildagi XI sessiyasida Xiva 2024 yil "Islom dunyosining turizm poytaxti" deb e'lon qilindi.

Turkiy davlatlar tashkilotining Turizm vazirlarining yig'ilishida Qo'qon shahriga "Ilk turizm poytaxti" nomi berildi.

Ispaniyaning Madrid shahrida o'tkazilgan UNWTO'ning 24-sessiyasida ilk marotaba BMT tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning 25-Bosh assambleyasini 2023 yilda qadimiy Samarqandda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi.

UNWTO O'zbekiston eng tez turizm sohasi rivojlanayotgan 20 mamlakat ichida 4-o'rinda e'tirof etdi.

"Jahon musulmon sayyohlari indeksi" reytingida 32-o'rindan 22-o'ringa ko'tarilib, "eng jozibador" hamda "xavfsizlik va bag'rikenglik darajasi yuqori" bo'lgan 10 ta mamlakat qatoriga kirdi.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish maqsadida bir qancha minglab huquqiy-me'yoriy kuchga ega bo'lgan hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, 2022 yilning 28 yanvarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonning III. "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" bo'limidagi 21-maqsadda: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni - 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda "daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar" qatoriga kirish uchun zamin yaratish; 35-maqsadda: "O'zbekiston bo'ylab sayohat qiling" dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda

respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga etkazish: bunda to'siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish. 2026 yilgacha turizm sohasida band bo'lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga etkazish; turizm va madaniy meros ob'ektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan ortiq madaniy meros ob'ektlaridan samarali foydalanish bo'yicha davlat dasturini qabul qilish; Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo'yicha alohida dasturni amalga oshirish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Shuningdek, ushbu farmonga muvofiq mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 543-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Buxoro viloyatidagi 800 dan ziyod madaniy ob'ektlarni birma-bir restavratsiya qilish bilan bog'liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Buxoro shahrida "Street Food" gastronomik ko'chasi tashkil etiladi va gastronomik ko'chani tashkil qilish uchun mo'ljallangan ko'cha va er maydonlarini tadbirkorlarga muayyan muddatga o'rnatilgan tartibda vaqtinchalik ijaraga berish choralari ko'riladi.

"Qadimgi Poykent" arxeologiya merosi ob'ektini muhofaza qilish, tadqiq etish, muzeylashtirish choralari ko'rilib, arxeologiya parki yaratiladi. Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi hamda Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi foydidagi noyob va alohida qiymatga ega bo'lgan nashrlarni alohida kolleksiya holida Buxoroda saqlanadi va muhofaza qilinadi.

Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi hamda Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi fondidagi qo'lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega bo'lgan nashrlarni tahlil qilgan xolda, YUNESKOning "Jahon xotirasi" ro'yxatiga kiritilishi bo'yicha zarur choralarning ko'riladi.

Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda "Turizm mahallasi", "Turizm ovuli", "Turizm qishloqlari"ning ichki yo'llari, ichimlik suvi va boshqa infratuzilma ob'ektlarini ta'mirlash ishlarini keyingi yillardagi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga kiritiladi hamda uning doirasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Qarorga asosan, 2026 yilga qadar Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari quyidagicha:

■ Ichki turistlar tashrifi sonini 4,1 mln.ga etkazish;

■ Xorijiy sayyohlar sonini 1 ming 800 tagacha oshirish;

■ Xizmatlar eksport miqdorini 300 mln.AQSH dollarga etkazish;

■ Mehmonxonalar nomer fondining bandlik darajasini 93 foizga etkazish;

■ Mehmonxonalar sonini 258 taga etkazish;

■ Oilaviy mehmon uylari sonini 345 taga etkazish;

■ Xostellar sonini 76 taga etkazish.

1-jadval

2022 - 2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli

ko'rsatkichlari

T/r Ko'rsatkichlar nomi 2022 y. 2023 y. 2024 y. 2025 y. 2026 y.

1. Ichki turistlar tashrifi soni (mln kishi) 2,4 2,9 3,4 3,8 4,1

2. Xorijiy sayyohlar soni (ming kishi) 450,0 900,0 1,200 1,500 1 800

3. Xizmatlar eksporti (mln AQSH doll) 121 200 230 270 300

4. Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni (ming) 5,399 6,131 6,721 7,336 7,976

5. Mehmonxonalar nomer fondining bandlik darajasi 45,0 51,0 61,0 71,0 93,0

6. Joylashtirish vositalaridagi o'rinlar soni (ming) 12,147 13,672 14,902 16,182 17,512

7. Mehmonxonalar soni (dona) 178 198 218 238 258

8. Oilaviy mehmon uylari soni (dona) 264 314 325 335 345

9. Xostellar soni (dona) 55 61 66 71 76

10. Internet (4G va 5G texnologiyalarini hisobga olgan holda) qamrovi darajasini oshirib borish 7 8 9 10 11

Izoh. Prognoz qilinayotgan maqsadli ko'rsatkichlarga turizmni rivojlantirish bo'yicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Khasanova, G. D., & Zoirova, S. M. (2023). Buxoro viloyatida ichki turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari. Science and Education, 4(5), 419-425.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.