Научная статья на тему 'BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA’LIMIDAGI ILK QADAMLARI'

BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA’LIMIDAGI ILK QADAMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
42
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Brayl / tiflopedagogika / tiflometronom / tiflotyuner / solfedjio / garmoniya / polifoniya / xor / orkestr / Braille / typhlopedagogy / typhlometron / typhlotyuner. solfeggio / harmony / polyphony / chorus / orchestra

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Namozova, Dilorom, Astanova, Zumradxon Tohirovna

Ushbu maqolada ko’zi ojiz o’quvchilarning musiqa savodxonligini ta’minlash yuzasidan fikrlar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FIRST STEPS OF THE BRAIL NOTATION SYSTEM IN MUSIC EDUCATION

This article discusses ideas for teaching music literacy to blind students.

Текст научной работы на тему «BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA’LIMIDAGI ILK QADAMLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI

Ushbu maqolada ko'zi ojiz o'quvchilarning musiqa savodxonligini ta 'minlash yuzasidan fikrlar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: Brayl, tiflopedagogika, tiflometronom, tiflotyuner, solfedjio, garmoniya, polifoniya, xor, orkestr

В этой стате обсуждаюця идеи по обучению музыкалной грамотности слепым учащимся.

Ключевые слова: шрифт брайля, тифлопедагогика, тифлометроном, тифлотюнер, солфеджио, гармония, полифония, хор, оркестр

This article discusses ideas for teaching music literacy to blind students. Key words: Braille, typhlopedagogy, typhlometron, typhlotyuner. solfeggio, harmony, polyphony, chorus, orchestra

"Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo'lmaymiz ham!" (I.A. Karimov) mazmunidagi shijoatbaxsh va ilhombaxsh so'zlar bugungi kunda bizning ya'ni ko'zi ojiz insonlarning qalb tubiga shuqadar singib ketdiki, uning mazmun-mohiyati hayotimizning har javhasida (jumladan, musiqa sohasida) o'zining ijobiy turtkisini, samarasini beribgina qolmay, yuqori cho' qqilar va yutuqlar sari yetaklamoqda.

Ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlodning kelajak haqidagi orzu-umidlari, intilishlari va qiziqishlari biz kattalarni ya'ni, pedagoglarni, san'at ahlini quvontiradi, hamda, yanada ijod qilishga, o'z ustimizda muntazam ishlashga, yangiliklar kashf etishga undaydi. Zero, biz kichik izdoshlarimizga sof mumtoz musiqamizni va uning

Namozova Dilorom,

FarDU dotsenti Astanova Zumradxon Tohirovna

FarDU musiqa ta'limi va san'at yo'nalishi magistranti zumradastanova@gmail. com

ANNOTASIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

negizida yaratgan ijod mahsulimizni me'ros qilib qoldirishimiz, bu orqali kelgusi avlodning ta'lim-tarbiyasi va madaniyati ravnaqiga o'z hissamizni qo'shish baxti bizga nasib etayotganidan mamnunmiz.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi "Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish -xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" 1mazmunidagi fikrlari ko'zi ojiz yoshlarni ham musiqa san'atiga jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, hududlarda ulug' san'atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil etish yuzasidan amaliy ko'rsatma sifatida ko'zi ojiz, yuksak ite'dodli yoshlar qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha g'amxo'rdikdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biroq ularning noyob iste'dodlarini muvofiqlashtirib ro'yobga chiqarishda haqiqiy tayanch va suyanch bo'lishi zarur bo'lgan ijodiy uyushmalarimiz va idoralarimizning o'rni va ta'siri yetarlicha sezilmayapti. Ijodiy tashkilotlarimiz shiddat bilan o'zgarayotgan zamonga hamqadam bo'lib yashash, o'z faoliyatini samarali tashkil etishda davr talablaridan orqada qolmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma'qullangan O'RQ-641 2 , "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi" qonunining 8, 38, 40-moddalari asosida bugungi kunda ko'zi ojiz bolalar ta'lim-tarbiyasiga davlatimiz tomonidan katta e'tibor va imkoniyatlar berilmoqda. Shuningdek, bu qonunning "8-moddasida qayd etilgan "Nogironligi bo'lgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va o'z individualligini saqlab qolish huquqi.."dan kelib chiqib nogironligi bo'lgan bolalarni har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, mehnatga bo'lgan qiziqishiga ko'maklashish, ta'limga, ilm-fanga, texnikaga, san'at va sportga jalb etish maqsadida nogironligi bo'lgan bolalar manfaatlari, ularga nisbatan bajariladigan barcha harakatlarda ustuvorlik yaqqol seziladi.

Davlat organlari nogironligi bo'lgan shaxslarning har biri uchun mosroq bo'lgan tillarni, muloqot qilish usullari va vositalarini rivojlantirish, Brayl alifbosini, muqobil harflarni, nutq va og'zaki muomala ko'nikmalarini o'zlashtirish, shuningdek o'qituvchilarni va maktab xodimlarini inklyuziv ta'lim masalalarida o'qitish, imo-ishora tilini va Brayl alifbosini biladigan nogironligi bo'lgan o'qituvchilarni ta'lim

1. Узбекистан Президенты Шавкат Мирзиёевнинг 03.08.2017 даги Узбекистан ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги маърузаси

2.Озбекистон Республикаси Крнунчилик палатаси томонидан 2020-йил 22-июлда кабул килинган, Сенат томонидан 2020-йил 11-сентабрда маъкулланган УРК^-641. 8, 38, 40-моддалари

261

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muassasalariga ishga joylashtirish yordamida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ko'makdosh bo'lgan loyihalar tahsinga sazovordir. Shu o'rinda "Ko'ngil ko'zi" loyihasi muallifi, Mass-media fondi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoyeva boshchiligida Respublikamiz bo'ylab 12 ta ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, hamda ularda ta'lim olayotgan 3000 dan ziyod ko'rish qobiliyati cheklangan o'quvchilarga barcha turdagi musiqa cholg'u asboblari, zarur o'quv anjomlari tuxfa etildi. Saida Mirziyoyeva o'zining telegramdagi kanalida "Ko'ngil ko'zi" loyihasi doirasida Yangi yil bayrami arafasida "Sovg'alar karvoni" xayriya aksiyasi boshlanganligi haqida quidagicha yozgan edi:

"Loyiha rahbari sifatida shuni aytamanki, endi har bir internat zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida ko'plab chop etilgan bosma hamda audio kitoblarga ega bo'ladi. Umid qilamizki, Agentlikning ushbu aksiyasi sizning qalbingizga iliqlik olib kiradi, sizga Yangi yilning bayramona kayfiyatini tuhfa etadi va salomatligingizni mustahkamlashda, ko'zlagan maqsadlaringizni amalga oshirish va hayotda zafarlarga erishishingizda yordam beradi,"3 - deydi Saida Mirziyoyeva.

Ko'zi ojiz bolalar hayotida ilk bora amalga oshirilgan "Sovg'alar karvoni" xayriya aksiyasi bolajonlar qalbiga quvonch, ertangi kuniga ishonch shukuhini olib kirdiki, ularning qo'lida jarang sochayotgan bu cholg'ularning ovozi turli sahnalarda minntdorlik hissi bilan yangramoqda. Qolaversa, ushbu loyiha tomonidan amalga oshirilgan ishlardan eng quvonarlisi shuki, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi o'quvchilar shu yildan e'tiboran Bolalar musiqa va san'at maktablarida bepul o'qish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Buning natijasi o'laroq ayrim iqtidorli ko'zi ojiz o'quvchilar Respublika miqyosidagi xatto, xalqaro ko'rik-tanlovlarda ishtirok etib faxrli o'rinlarni egalladilar. Ularga cholg'u ijrochiligi va xonandalik sirlaridan saboq berayotgan bir guruh ko'zi ojiz va sog'lom ustozlarning xizmatlari tahsinga loyiqdir.

Biroq, bugungi kunda ya'ni ta'lim sohasiga kirib kelayotgan inovatsiyalashish jarayoni ilgarilab, o'zaro raqobatlashib ketayotgan bir paytda ko'zi ojizlar ta'limi, ayniqsa, musiqa yo'nalishi anchagina oqsab qolayotganligi sezilmoqda. Chunki, bir tomondan ko'zi ojiz o'quvchilarni Brayl nota tizimi orqali o'qitishda zarur qo'llanma va darsliklar, bo'lgan taqdirda ham o'quvchilarga mos kelmasligi, yetarli emasligi bo'lsa, ikkinchidan, ularga ustozlik qilayotgan pedagoglarning musiqa tiflopedagogikasidan bexabar ekanligi, ko'zi ojiz BMSM o'qituvchilarga o'z ustida

1O'RQ-641 "Nogironligi bo'lgan shaxslaening huquqlari to'grisi". www.lex.uz

2Loyixa muallifi. "Ko'ngil ko'zi" loyihasi muallifi, Nass-media fondi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoyeva. 14:49/

23.12.2019. www.xabar,uz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ishlashlari va ijod qilishlari, zamonaviy dars mashgulotlarini olib borishlari uchun yetarli shart-sharoitning yoqligi, jumladan, ularga yordamchi kotibalar ajratilmaganligi qator og riqli nuqtalarni keltirib chiqarmoqda. Buning natijasida oquvchilar qanchalik mohir ijrochi bolmasin, ular nota savodxonligidan, Solfedjio, Garmoniya, Polifoniya kabi fanlarni ozlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Orkestr va Xorda ijro etish, shuningdek, unda dirijorlik qilish haqida esa aytmasa ham boladi. Hozirda kozi ojiz oquvchilar noyoob esda saqlash tug'ma iste'dodiga tayanib, faqatgina ananaviy ijrochilik yonalishida taxsil olishga majbur bo'lmoqdalar. Ya'ni ular koproq tinglash orqali biror cholguni chalish yoki qoshiq kuylashni o rganmoqdalar. Qolgan yo nalishlar esa ularga bir orzudek bo lib qolmoqdaki, bu muammoning yechimini izlab topish zamon talabi darajasida muhum ahamiyatga egadir.

Ushbu muammoni hal etishda avvalo, kozi ojizlarning musiqiy savodxonligini shakllantirish maqsadida bizgacha mavjud manbaalardan foydalangan holda Brayl nota tizimiga asoslanib, nota savodi boyicha oquv qollanma (Brayl nota alifbosi) yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazkur oquv qollanmada besh chiziqli nota yoli asosida yoziladigan notalar va ularning chozimlari ifodasi, skripka, bas va boshqa kalitlar, intervallar, alteratsiya, dinamika, nota chozimini uzaytiruvchi, hamda nota yozuvini qisqartiruvchi, shuningdek, nota savodxonligiga oid barcha belgilar va alomatlar birgina yo ldan iborat bo lgan bo rtma nuqtalar ko rinishida o z aksini topishi kozda tutilgan. Ayrim noqulaylik tugdiruvchi belgilarni qayta korib chiqish, moslashtirish, mavjud bo lmaganlarini esa yaratish zarur bo ladiki, bunday izlanishlar natijasi ozidan keyingi joriy qilinadigan koplab darsliklarga keng yol ochib beradi. Bu esa kelajak avlodning bizdanda yuqori choqqilarga erishib, musiqa ilmining yetuk namoyondalari, buyuk san at ustalari bo lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Xulosa tarzida ta'kid o'rinliki,ushbu mummaolar yechimini topish uchun quyidagi nazariy -amaliy va metodik ishlar yuzasidan faoliyat olib borish maqsadga muvofiqdir:

1. Brayl nota alifbosini yaratish.

2. Mavjud Musiqa nazariyasi, Solfedjio, Shashmaqom, , Fortepiano, Ansanbil, Orkestr, Xor uchun bir ovozli va kop ovozli kuy-qo' shqlarning matnlari va notalarini brayl yozuviga ogirib, alohida kitob shaklida nashr qilish.

3. Kozi ojiz oquvchilarni musiqa va sanat sohasida oqitish uchun maxsus oquv dasturlar ishlab chiqish.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Brayl doskalarini joriy qilish, Tiflometronom va Tiflotyunerlarni ko'zi ojizlar uchun moslashtirish.

5. Musiqa tiflopedagogikasi metodikasini ishlab chiqish va pedagoglarni bu tizim bo'yicha qayta tayyorlash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 03.08.2017 dagi O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi

2. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma'qullangan O'RQ-641. 8, 38, 40-moddalari

3. O'RQ-641 "Nogironligi bo'lgan shaxslaening huquqlari to'g'risi" www.lex.uz

4. Loyiha muallifi. "Ko'ngil ko'zi" loyihasi muallifi, Nass-media fondi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoyeva. 14:49/ 23.12.2019. www.xabar,uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.