IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIM-TARBIYA
OLISHLARI
Gulbahor Abdullajonovna Nabiyeva
Namangan viloyati Kosonsoy tumani 45-sonli ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internati tarbiyachisi, defektolog. nabiyevagulbaxor@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar xususida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: Nogironlik, nogironligi bo'lgan shaxslar, inklyuziv ta'lim, qonun,
qaror.
EDUCATION AND UPBRINGING OF CHILDREN WITH DISABILITIES
Gulbahor Abdullajonovna Nabieva
Namangan region Kasansay district 45th blind and visually impaired children special
school-boarding educator, defectologist
ABSTRACT
The article describes the work currently being done for the education and training of children with disabilities, inclusive education and the law adopted on this education and the problems.
Keywords: Disability, persons with disabilities, inclusive education, law, decision.
KIRISH
Nogiron - jismoniy, aqliy , psixologik va hissiy faoliyatning izdan chiqishi, shikastlanishi natijasida hayot faoliyatining cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy yordam hamda himoyaga muhtoj bo'lgan shaxs tushuniladi. " Nogiron" atamasi hozirgi kunda eskirib qolgan va qo'pol bo'lgan so'z hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday shaxslarga nisbatan "imkoniyati cheklangan insonlar " yoki " nogironligi bo'lgan shaxslar " deb murojaat qilish to'g'ri bo'ladi.
Hozirgi kunda ko'plab davlatlar qatori O'zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim va tarbiya olishlari, tibbiy muolajalar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning haq-huquqlari qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo'yilgan va himoya qilinmoqda. . BMT ning Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning xalqaro standartlari, shuningdek, "nogiron" so'zi o'rniga "nogironligi bo'lgan shaxs" atamasidan foydalanishni nazarda tutuvchi " Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari to'g'risida" gi Qonun yurtimizda yuqoridagi toifaga mansub shaxslarning huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
2008-yil 22 - apelda " O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida" gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 2021-yil 16-yanvardan o'z kuchini yo'qotgan bo'lib, bu qonunga muvofiq 2020-yil 15 oktabrda " Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" gi O'RQ-641 sonli qaror qabul qilingan bo'lib, bu hujjat ko'zi ojizlar uchun mo'ljallangan Brayl alifbesida ham nashrdan chiqarildi.
MUHOKAMA
Prezident tomonidan 13- oktabr 2020- yilda " Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim - tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2020- yil 14 - oktabrdan kuchga kirgan. Hujjatga ko'ra 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo'yicha " Yo'l xaritasi" tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya 2 bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 1-bosqichda ( 2020-2022-yillar) inklyuziv ta'limni yo'lga qo'yish uchun shart-sharoitlar yaratish, bu bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash va zarur o'quv qurollari bilan maktablarni ta'minlash nazarda tutilgan.
2- bosqichda ( 2023-2025-yillar) inklyuziv ta'lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy etish, bu bo'yicha chora - tadbirlarni amalga oshirish kabilar.
Inklyuziv ta'lim - bu maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma - xilligini hisobga olgan holda barcha tahsil oluvchilar uchun ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatini teng ravishda ta'minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda ta'lim olish imkonini beradi.
Inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma-bosqich ayrim maktablarda sinov tariqasida yo'lga qo'yiladi va ijobiy natija va tajribalar keyinchalik respublikaning boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq etiladi. Shuningdek, o'quvchilarni kasb-hunarga
www.scientificprogress.uz
yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida " Inklyuziv ta'lim laboratoriyasi" tashkil etiladi.
Inklyuzi ta'limni joriy etishda boshqa davlatlarning tajriba va yutuqlaridan foydalanish, yaxshi natijalarga erishish uchun zamin bo'la oladi.
Misol uchun, Amerika davlatlarida nogironligi bo'lgan bola tug'ilsa, uni tug'ilganidan boshlab ijtimoiy hayotga moslashtirish, avvalo maktabgacha ta'lim bosqichiga, so'ngra maktab, kollej va universitetlarda tahsil olishiga erishish va amalga oshirish uchun mutaxassislar, nevropatolog, psixolog, nogironlik turiga qarab logoped, oligofrenopedagog yoki tiflopedagog biriktiriladi. Bu mutaxassislar bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bola bilan shug'ullanishadi va uni bog'chaga ( ijtimoiy muhitga) har tomonlama moslashtirib borishadi. Bog'chada ishlaydigan maxsus pedagoglar imkoniyati cheklangan bolani maktabga tayyorlashadi. Natijada bunday bolalar inklyuziv ta'limga tayyor holatda, oddiy maktablarda boshqa sog'lom bolalar bilan birgalikda tahsil olish, bunday muhitda ulg'ayishga moslashgan holatda chiqadi.
Keyingi o'quv yilidan boshlab alohida ta'limga ehtiyojmand bolalarning 24 foizi, 2025-yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Lekin bu ta'lim tizimi hali O'zbekistonlik imkoniyati cheklangan bolalar, ularning ota-onalari hamda ustozlari uchun yangi muhit, yamgi bosqich bo'lgani uchun ham xavotirlar mavjud. Imkoniyati cheklangan har bir bolaning ta'lim va tarbiyasi bilan shug'ullanish alohida e'tibor talab etadi. Lekin statistikaga ko'ra 2020-yilning o'zida O'zbekistonda ko'plab umumta'lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin nogironligi bo'lgan o'quvchilar inklyuziv ta'lim bilan qamrab olingan.
NATIJA
Hozirgi kunda O'zbekiston respublikasida ko'zi ojizlar maxsus maktab-internati 12-yillik ta'lim tizimida ko'rishda nuqsoni bo'lgan va ko'zi ojiz bolalarga ta'lim berib kelmoqda. 2020-yildan boshlab Prezident farmoni bilan bu maktablarda ta'lim olish 11 yillik etib belgilandi. Bu davr ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning to'la fanlarni va hayotiy zarur bilimlarni o'zlashtirishi, kelajakda biror bir kasbni egallashi uchun yetarli bo'lmaganligi sababli Toshkent shahar 77- sonli va Namangan viloyati Kosonsoy tumani 45-sonli ko'zi ojizlar maxsus maktab-internati o'qituvchi va tarbiyachilari tomonidan Xalq ta'limi vaziri hamda prezident nomiga qilingan murojaatda bunday maxsus maktablarni avvalgi 12 yillik ta'limga qaytarish kerakligi muhim asoslar bilan ko'rsatib o'tildi va so'raldi. Shundan keyin bunday maktablar avvalgi 12 yillik ta'lim tizimiga qaytarildi.
2019-yilda Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash, o'qish sharoitlarini yaxshilash, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida "Ko'ngil ko'zi" loyihasi tashkil etildi. Bu loyiha asosida shu yilning o'zida
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
www.scientificprogress.uz
ko'plab ishto amalga oshirildi. Shu loyiha nomi ostida ko'zi ojiz bolalaT uchun mo'ljallangan brayl tilidagi kitoblar chop etildi.
Saida Mimyoyevaning tashabbusi bilan bu yil yangi yilda "Ko'ngil ko'zi" xayriya tadbiri doirasida uch ming nafaгdan ortiq ko'zi ojiz va zaif ko'mvchi bolalaг tibbiy ko'гikdan o'tkaziladi. Tekshimv natijalaгiga ko'гa, ko'гish qobiliyatini yaxshilash imkoniyati bo'lgan har bir bolaga yordam berish rejalashtirildi. Ayni bayram arafasida bu xayriya doirasida " Sovg'a^ kai^voni aksiyasi" doiгasida O'zbekistonning barcha viloyatlaridagi imkoniyati cheklangan bolala^a sovg'a-salomlar ulashildi.
Ko'zi ojiz va zaif eshituvchi bolalami inklyuziv ta'lim bilan qamrab olish birmuncha qiyinchiliklarni qamrab olishi mumkin. Chunki hozirgi kunda O'zbekistonda tiflopedagog mutaxassislar yetishmaydi. O'zbekiston universitetlarida hozirgi kunda tiflopedagoglarni tayyorlaydigan fakultetlar mavjud emas. Bu borada darslik va qo'llanmala! ham ishlab chiqilmagan. Ko'zi ojiz bolala! o'qishiga mo'ljallangan bгayl tilidagi kitab^ juda katta hajmga egaligi va og'iriigi bilan bolaning ularni har kuni maktabga ko'taгib boгishida qiyinchiliklar tug'diгadi.
Toshkent shahar 77- sonli ko'zi ojiz bolalar maktab- internati psixologi Baxtiyor Hojiboyev inklyuziv ta'lim haqida kun.uz saytiga beгgan inte^^ida quyidagi fikriami bildiгib o'tdi: " Bolaning inklyuziv muhitda boshqalaгdan o'zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqa^ bilan yugurayotgan zaif ko'mvchi bola kimgadñ turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo'lsa, bola batta- o'z qobig'iga o'ralib oladi. Ko'ngli cho'kadi, o'qishga bo'lgan ishtiyoqi so'na boshlaydi, alamzada bo'lib qoladi".
XULOSA
Bu ta'lim tizimini joriy etish uchun avvalo jamiyatni, maktabdagi sog'lom bolalarni ham, imkoniyati cheklangan bolalarni ham bunga moslashtirish kerak. Ayniqsa, boshlang'ich sinfda tahsil olayotgan bola^ nogironlik nima ekanligi, bunday bolalarning ustidan kulmaslik kerakligini bilishmaydi. Shuning uchun ham ularinklyuziv ta'lim davomida nogironligi bo'lgan tengdoshining ustidan kulishi, masxara qilishi, uni ajratib qo'yishi, kamsitishi kabi^ kuzatilsa, bu albatta nogironligi bo'lgan bolaning гuhiyatiga jiddiy ta'sn ko'гsatadi. Sog'lom bolalaг orasida o'zini kamsitilganday his etish bola uchun doimiy ruhiy zo'гiqish ostida yashashga sababchi bo'ladi. Maxsus maktab-internatlarda esa nogironlik jihatidan bir-biriga o'xshash bo'lgan bola^ ta'lim va tartiya olishi jaгayonida atrofidagi tengdosЫari ham o'ziga o'xshashligi, u kabi kasallik bilan og'rigani uchun ham ortiqcha ruhiy bosimlar kuzatilmaydi va u^ o'zlaгini atгofdagilaгdan zaif va kuchsizday his etishmaydi.
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
REFERENSES
1. www.yuz.uz
2. www.norma.uz. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'limjoriy etiladi.-17.10.2020.
3. www.kun.uz. Inklyuziv ta'lim uchun 5 yillik reja.- 18.03.2021