Idiyeva G.I.
Buxoro davlatpedagogika institutiMaktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
ixtisosligi tayanch doktoranti
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHDA IJODIY IMKONIYATLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada 4K modelining bir tushunchasi sifatida kreativlik va uning boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan bo 'lib, unga ko 'ra, modefikatsion ta 'limda kreativlik ko'nikmasining ta'limni olib borishdagi samaradorligi va bu bilan bog'liq "quvnoq sharchalar" metodini tarbiya darslarini tashkillashtirishda foydalanish ketma-ketligi yoritilgan. Shuningdek, kreativlikni o 'rgangan olimlarning ayrim asosli fikrlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: kreativlik, kreativ fikrlash, 4K ko'nikmalari, kreativlik ko'nikmasi, optimallashtirish, tasavvur, g'oyalarni rivojlantirish, qiziquvchanlik
Idiyeva G. I.
PhD student
specialty Theory and Methodology of Education and Upbringing
(Primary Education) Faculty of Preschool and Primary Education Bukhara State Pedagogical Institute
CREATIVE OPPORTUNITIES IN DEVELOPING CREATIVITY IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Abstract: This article highlights creativity as a concept of the 4K model and its importance in the development of the creative ability ofprimary school students, according to which, the effectiveness of creativity skills in modificatory education in conducting education and thereby the sequence of using the related "happy balls" method in the organization of educational classes is explained. Some reasonable opinions of scientists who have studied creativity are also presented.
Keywords: creativity, creative thinking, 4K skills, creativity skills, optimization, imagination, idea development, curiosity
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining jahonga yuz tutishida va barcha sohalar bo'yicha rivojlanishda oldinda borayotgan davlatlar bilan raqobatbardosh bo'la olishidagi asosiy talab - yoshlarga berilayotgan bilimning sifati bilan belgilanmoqda. O'quvchilarining anglash va tushunish darajalarini baholashga asoslangan ta'lim-tarbiya jarayonida dars maqsadlari o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatiga asoslangan holda belgilanadi, bu esa ta'lim-tarbiya jarayonida yuqori natijaga erishishni kafolatlaydi, o'qituvchi hamda
o'quvchüarning o'zaro hamkorligi va o'quv harakatlarini aniq baholash imkoniyatini yaratadi. XXI asrga xos xalqaro talablar asosida o'quvchilar bilimini baholash, o'qitish va ta'lim olishning zamonaviy usullaridan maqsadli foydalangan holda ularni yuqori darajadagi fikrlash ko'nikmalariga ega bo'lishlarini ta'minlashga xizmat qiladi.
Ta'lim sifatini oshirish, o'quvchilarning anglash va tushunish darajalarini rivojlantirish, ularni o'qishga qiziqtirish maqsadida umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi va dasrliklari zamonaviy yondashuvlar asosida modernizatsiya qilinmoqda. Ushbu darsliklar XXI asr kishisi uchun eng zarur bo'lgan - 4K ko'nikmalari (kritik fikrlash, kreativ fikrlash, kollaboratsiya, kommunikatsiya) bo'yicha ishlab chiqilmoqda, ya'ni ular o'quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko'nikmalarini shakllantiradi. Zero muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "O'quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko'nikmalarini shakllantirish zarur".
Kreativ fikrlash - bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo...) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta'sirchan ifodalashga qaratilgan g'oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Kreativlik ko'nikmasi quyidagilar orqali namoyon bo'ladi.
A.X.Maslou kreativlikni 2 turini ajratib ko'rsatadi: Iste'dodning kreativligi, shaxsning o'z - o'zini aktuallashtirish kreativligi.
U kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi, hayot davomidagi tug'ma qobiliyat sifatida ko'radi, lekin hayoti davomida ma'lum ijtimoiy to'siqlar natijasida yo'qolib ketish haqida aytadi. T.A.Barsheva va Yu.A.Jigalovalar pedagogikada kreativlikni tizimli (ko'p bosqichli, ko'p o'lchamli) psixik (ruhiy) ta'lim sifatida talqin etib, unga faqatgina intellektual potentsialni
emas, balki motivatsiya, emotsiya, estetetik rivojlanish darajasi mavjudligi, kommunikativ parametrlari, kompetentligi va xokazolarni ham kiritadi.[4.]
Bolaning xulq-atvorida yuzaga keladigan ob'ektiv hodisalarning maqsad sari yo'nalishiga bir hodisa sifatida ijobiy xizmat qiladi. Bolalarda kreativlikni belgilashda, har bir vaziyatga yondashuv jihatidan maqsadni aniq va to'g'ri qo'ya olishi, berilayotgan yoki duch kelingan har qanday muammoli vaziyatlarni ko'ra olish, bartaraf etishda asosiy xizmat qiladigan vosita sanaladi. Vosita esa har qanday kreativlikni amalga oshirishda foydalaniladigan istalgan turdagi zamonaviy texnologiyalar, turli xom-ashyo, buyum-anjomlar, ijodiy salohiyatimizni ko'rsatib erishda qo'l keladigan, ijtimoiy hayot bilan bog'langan barcha turdagi narsalar nazarda tutiladi. Nazorat har jihatdan maqsadga qo'yilgan ildam yo'lni ko'rsatib beradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni shakllantirish yo'llari turlicha bo'lib, asosan didaktik o'yinlar, turli metodlar, vositalar, innovatsion kreativ topshiriqlar, ta'limning zamonaviy texnologiyalari kabilarni qo'llash va ulardan har bir dars jarayonini tashkil etishda foydalanish, noodatiy, nostandart usul va imkoniyatlardan keng miqyosda joriy qilish, o'quvchilarda ham shu ko'nikmalarni shakllanishi, tarkib topishi hamda rivojlanib borishida mustahkam asos sifatida keltirib o'tish mumkin. Kreativlikni namoyon etishda shu metodlardan biri sifatida boshlang'ich ta'limda o'tiladigan tarbiya darslari davomida "quvnoq sharchalar" metodini qo'llash mumkin. Ikki ta sharni olgan holda, ikki o'quvchi mavzu doirasida yoki o'tgan mavzularga oid atamalar, tushunchalar bir so'z yoki brikma bilan ifodalanadigan so'zlarni yozishi talab etiladi bunda, ularga 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Vaqt bo'lgandan keyin sharlarni bir-birlari bilan almashtiradilar. Yozgan atamalarini yoki o'sha mavzuga oid tushunchalarini topishni so'raydilar, Sharini almashgan o'quvchi esa uni topishga harakat qiladi shu bilan birgalikda, mavzuga oid barcha fikrlar almashadi, so'zlarga yangi gaplar tuzishlari yoki yozgan tushunchalarini izohlashlari ham mumkin.
M
Экономнка h соцнумм №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
Boshlang'ich sinf o'quvchilari bu kabi topshiriqlar orqali fikrlash qobiliyatlari, tushunchalarni topish, izohlash ularni tasniflashlari imkoniyatlari kengayadi.
Bolaning kreativligi - bu uning asl harakatlarida mehnat jarayonida mustaqil egallangan bilim, ko'nikma, kuch, ijodkorlik, individuallik, san'at hayot bilan uyg'unlashgan minimal darajadagi qobiliyatlarida namoyon bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Ne'matov B.S. (2021) "Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari" Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784, Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
2. Вишнякова, Н.Ф. (2007) Креативная акмеология. Психология высшего образования / Н.Ф. Вишнякова. - Мн.: Народная асвета. - 300 с.
3. Макаренко А.С. (1972) Коллектив и воспитание личности. - М.: Педагогика, - 334 с.
4. Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности. СПб, 2006. -285с
5. O.V.Usmanova, Y.V.Risyukova / tarbiya 4-sinf: darslik-Toshkent: "Novda Edutainment"2023. - 80 b.
"Экономика и социум" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
154