PROFESSIONAL TA'LIMDA PEDAGOGLARNING KREATIVLIK
POTENSIALINI OSHIRISH
Boboxo'jaev B.Ya.
Kattaqo'rg'on servis texnikumi direktori
Xolmamatov D.H.
SamISI, Marketing kafedrasi dotsenti
Annotatsiya: mazkur maqolada professonal ta'limda faoliyat olib borayotgan pedagoglarning kreativlik potensialini oshirish yo'llari, o'qitishni tashkil etish jarayonida kreativlikni oshirish, dual ta'limni tashkil etish bo'yicha kreativlikni oshirish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: kreativlik, kreativlik potensialini oshirish, dual ta'lim, masafoviy ta'lim, o'qituvchisining pedagogik-shaxsiy faoliyati, interfaol ta'lim, innovatsion ta'lim, ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, bahs-munozara, debat.
Аннотaция: В данной статье описаны пути повышения творческого потенциала педагогов, работающих в сфере профессионального образования, вопросы повышения креативности в процессе организации обучения, повышения креативности в организации дуального образования.
Ключевые слова: творчество, повышение потенциала творчества, дуальное образование, дистанционное образование, педагогическая и личностная деятельность педагога, интерактивное образование, инновационное образование, творческие задания, проблемные ситуации, дискуссия, дискуссия.
Abstract: This article describes the ways to increase the creativity potential of pedagogues working in professional education, the issues of increasing creativity in the process of organizing teaching, increasing creativity in the organization of dual education.
Key words: creativity, increasing the potential of creativity, dual education, distance education, pedagogical and personal activity of the teacher, interactive education, innovative education, creative tasks, problem situations, debate.
Kirish. Professional ta'limda faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik potensialini oshirish ularda o'quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg'or, talabalarning o'quv faoliyati, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish, ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo'lishga e'tibor qaratadi.
"0'zbekiston-2030" strategiyasida professional ta'lim tizimini rivojlantirish orqali o'quvchilarni zamonaviy bilim va ko'nikmalarga o'rgatish, 700 ta professonal ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini
takomillashtirish, 14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega bo'lgan pedagog kadrlar ulushini 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllardan tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30 foizga yetkazish, o'rta bo'g'in mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo'nalishlarida 100 foizga yetkazish belgilangan.
Shulardan kelib chiqib, professonal ta'limda pedagoglarning kreativlik potensialini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mavzuning o'rganilganligi. So'nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida talaba va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko'plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko'rish mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan "Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?" nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o'qituvchilar kreativlik asoslarini o'rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O'qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko'nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta'lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan'anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta'lim departamenti, 2013 y.).
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko'pchilik o'qituvchilar hali hanuz shaxs (o'zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o'zlashtira olmayaptilar.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik" tushunchasining ma'noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui" (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o'z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: "kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim" Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik "muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish" demakdir.
Ko'plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o'rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o'rtasida hyech qanday bog'liqlik yo'q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog'liq ekanligini ta'kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
"Kreativlik" tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta
tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o'quv topshirig'i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko'p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to'g'ri yechimda to'xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Tahlil va natija. Zamonaviy pedagogikada "kreativ pedagogika" tushunchasi qo'llanila boshlaganiga hali u qadar ko'p vaqt bo'lmadi. Biroq, o'qitish jarayoniga innovasion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo'lgan ehtiyoj "Kreativ pedagogika"ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta'minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o'qitish metodikasi, ta'lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g'oyalari tashkil etadi. "Kreativ pedagogika" fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o'z mohiyatiga ko'ra jarayon tarzda namoyon bo'ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g'oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo'lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o'zgarishining o'zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi - tug'ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog'liq.
Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning integrasiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integrasiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur'ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy
muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog'liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi taqozo etadi.
Ta'lim tizimini boshqarish organlari har yili ta'lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e'tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o'quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o'quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o'qituvchilarni kasbiy o'sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg'a intilishga bo'lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o'quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, o'quv yilining oxirida kelib oliy ta'lim muassasalarida talabalarning fanlarni o'zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko'plab talabalarning ta'lim olishga nisbatan qiziqishi yo'qolgan. Buning natijasida o'qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o'ylashmayapti. Ta'lim tizimini boshqaruvchi organlar ta'lim olishga nisbatan xohish-istagi bo'lmagan talabalar, bu kabi ta'lim oluvchilarni o'qitishni istamayotgan o'qituvchilar faoliyatini o'zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o'zgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o'ylab, rejalashtirilib qo'yilishi talabalar uchun qiziq bo'lmayotgandir, balki balki ta'lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hyech qanday stimul bermayotgandir, rag'bat bildirmayotgandir. O'quv mashg'ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g'oyalarni o'ylab topishga majbur qilish ta'lim olishga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag'batlantirishda asosiy omil bo'lar. O'quv mashg'ulotlarida yetishmayotgan omil - kreativlik sanaladi1.
Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, "talabalar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi".
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o'qituvchilar ham o'zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o'tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o'ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo'yicha baholash imkoniyatini
1 Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). -Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014. - p. 4._
yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to'rtta mezonni qanotlantirishi lozim2.
Xulosa. Professional ta'limda pedagoglar kreativlik potensialini oshirish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq:
- professional ta'lim tizimi o'qituvchisining pedagogik-shaxsiy faoliyati asosi sifatida pedagogik, umumkasbiy va ixtisoslikga oid bilimlarni o'zlashtirishga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishga erishish; kasbiy faoliyat individual metodining asosi sifatida, o'quv-pedagogik va ishlab chiqarish harakatlarining reproduktiv va ijodiy usullarini shakllantirish;
- muhim kasbiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish (hamdardlik, bolalarni sevish va boshqalar), kasbiy va shaxsiy o'z- o'zini rivojlantirish ehtiyojini yuzaga keltirish hisoblanadi;
- professional ta'limda faoliyat olib borayotgan pedagoglar tayyorgarligida alohida ahamiyatga ega jihat, ularning ishlab chiqarish bilan bog'liq qo'nikmalarining yetarli bo'lishidir. Chunki, professional ta'limda pedagoglar faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmasdan, aniq kasbiy amaliy bilimlarga ham ega bo'lishi lozim. Dual ta'lim bo'yicha kreativ g'oyalarni ilgarish surishlari;
- professional ta'limda faoliyat olib borayotgan pedagoglarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardorligini ta'minlash, raqamli texnologiyalardan foydalanish, masofali ta'limni tashkil bo'yicha kerativ fikrlarini shakllantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11-sentabrdagi ""O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/6600413
2. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014. - p. 4.
3. Pedagogika. Umumiy pedagogika asoslari. Didaktika: darslik. / I.I.Prokopiev, N.V. Mixalkovich. - Minsk: TetraSystems, 2002. - y. 171-18
4. Nurdinbekovich K. N. Improving the Quality of Personnel in the Field of Technology Through the Effective Organization of Independent Education //Journal of Pedagogical Inventions and Practices. - 2023. - Т. 21. - С. 62-65.
2 O'sha asar, 4-5-betlar.