PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI STEAM YONDASHUVI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
METODLARI
1B.A.Mavlonov 2 S.Shodmonqulova
1University of Tashkent for Applied Sciences, Tashkent, 100149, Republic of Uzbekistan 2University of Tashkent for Applied Sciences, Tashkent, 100149, Republic of Uzbekistan e-mail: mavlonovbahodir21@gmail.com, e-mail: sevaraakramova1991@gmail.com ORCID ID: 0000-0001-9400-4173, ORCID ID: 0009-0003-2616-5524 https://doi.org/10.5281/zenodo.13303959 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ kompetentlikni takomillashtirish muammosiga doir milliy va xorijiy tajribalarning tizimlashtirilganligi, ularda mantiqiy, tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish, hozirgi holati, pedagogik shart-sharoitlari, zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan metodlardan foydalanish orqali boshlang'ich sinf o'qituvchilarning o'zlashtirgan nazariy bilimi, amaliy ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni yangi vaziyatlarda qo'llash orqali o'quv materialini ongli o'zlashtirishga erishishga qaratilgan. Shuningdek, maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan hamda zamonaviy ta'lim shakllari va ularning dunyo ta'lim tizimidagi ahamiyati haqida fikr yuritilib zamonaviy ta'lim shakllaridan hisoblangan STEAM yondashuvi asosida ta'lim tizimini rivojlantirish imkoniyatlari va bugungi kundagi yutuqlari haqida keng molohaza yuritilgan. Boshlang'ich ta'lim tizimida STEAM dasturidan foydalanish afzaliklari, tarmoqlari o'rtasidagi aloqalarni o'rnatish asosida integratsiyalash, texnik va tabiiy fanlar ta'limini rivojlantirish orqali boshlang'ich ta'lim o'qituvchilar imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Ushbu maqolada STEAM yondashuvi orqali ta'limni yoritib berish va uni optimallashtirish bo'yicha so'rovnomalar tashkil etish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy birlashtirishning mantiqiy asosini yaratish haqida fikr yuritilgan. STEAM dasturi asosida bugungi kunda va kelajakda boshlang'ich sinf o'qituvchilarini yuqori malakali mutaxassis bo'lib etishish yo'lida zamonaviy o'qituvchilar o'qitadigan bilimlarga ega bo'lishi va egallagan mahoratlari vaqt talablariga javob beradigan nazariya va amaliy ko'nikmalarini samarali tarzda birlashtirish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'qituvchisi, kreativlik, kompetentlik, ijodiy qobiliyat, kreativ salohiyat, metod, STEAM yondashuv, ta'lim, texnologiya, integratsiya.
KIRISH
Bugungi kun zamon talabi bilan rivojlangan va rivojlanib borayotgan dunyo ta'lim taraqqiyotining jadal suratlar bilan o'sishi avvalambor ta'lim jarayoniga innovatsion va kreativ yondashish lozimligini taqozo etmoqda. Bevosita jahonda har qaysi jamiyatning rivojlanishi va yo'nalishini begilab beruvchi innovatsion kreativ kompetentligi ijodkorlik ta'siri ostida yuz berib, inson faoliyatining har bir sohasida ijodkorlikka bo'lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda, jumladan AQSH, Kanada, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya kabi bir qancha davlatlarda o'qitish jarayonlari kreativ kompetentlik STEAM yondashuv asosida amalga oshirilayotganini ko'rishimiz mumkin.
Ushbu holatni bevosita kuzatib, chuqur tahlil qilish natijasida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining bosh maqsadi bugungi ta'lim sohasini isloh qilish, milliy ta'lim tizimini jahon ta'lim standartlariga tenglashtirish, zamonaviy, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 23-avgustda xalq ta'limi, oliy ta'lim xodimlari bilan bo'lgan muloqotda uzluksiz ta'lim tizimida olib borilishi kerak bo'lgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritib, "... bugungi kunda ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
o'qituvchilarning obro'sini ko'tarish, shu bilan bir qatorda bugun o'qituvchilarning o'zlari ham ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha ijodiy yondashishi lozim" -degan bir qator fikrlar ta'kidlab o 'tilgan.
Shunday ekan rivojlangan davlatlarning eng ilg'or texnologiyalarini ta'lim sohamizda qo'llashimiz orqali katta yutuqlarga erishishimiz mumkindir. Ta'lim sohasidagi ilg'or texnologiyalardan biri bu STEAM texnologiyasidir.
Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi o'qituvchilari zamonoviy bilim va ko'nikmalarini egallashga yordam berish uchun ko'proq haqiqiy hayot muammolarini hal qilishga qodir. STEAM fan, texnologiya, muhandislik va matematika ta'limi boshlang'ich ta'lim yo'nalishi o'qituvchilarga tushunchalarni yaxshiroq tushunishga, muammolarni hal qilish kabi Shunga qaramay, sinfda integrativ yondashuvni qanday qo'llash mumkinligi noaniqligicha qolmoqda. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi ta'limi dasturlarida ham integratsion yondashuvning etishmasligi mavjud. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarni tayyorlash ko'pincha fanlararo diskret mantiqiy tahlil orqali dunyoni bilishga qaratilgan. Shuningdek boshlang'ich sinf o'qituvchilarni amaliyotlarni o'rgatish uchun ilmiy izlanish, texnologiya, dizayn va muhandislik bo'yicha keng qamrovli tayyorgarlikka ega bo'lishi lozim.
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Asosiy qism. Ilg'or fanlararo ta'lim texnologiyalarini tahliliy ko'rib chiqish STEAM ta'limiga e'tiborni qaratish imkonini berdi. Tadqiqot o'tkazilib, unda o'qituvchining tabiiy fanlar bo'yicha kompetentsiyalari hamda tanqidiy fikrlash rivojlanganlik jarayonini ko'rib chiqish va baholash. Tadqiqot mashg'ulotlar davomida boshlang'ich sinf o'qituvchilar tomonidan ham kasbiy, ham ilmiy va amaliy xarakterdagi fanlararo muammolarni aniqlash va uni bartaraf etish lozim.
Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan kasbiy kompetentsiyalar va ijodiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarning yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etiladi.
STEAM yondashuv orqali tashkil etiladigan dars jarayonlarida o'qituvchi va o'quvchi faol ishtirok etadi. Chunki o'quv faoliyatda manipulyatsiyalash va integratsiyalashgan haqiqiy zamonaviy muhit va uning axborot-kommunikatsiya qismi, jumladan,
programlanadigan robot qurilmalari bilan tajriba o'tkazish ta'lim oluvchini jalb etadi. STEAM dasturida boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilan tajribalar tashkil etish elementar faoliyatlar orqali tashkil etilib, oddiydan murakkabga qarab boradi. Shu tamoyilga amal qilinsa, boshlang'ich sinf o'qituvchilari qiyin tajribalarni tashkil etishda, labaratoriyada mustaqil ishlay olishga qiynalmaydi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida STEAM ko'nikmalari shakllangach, o'qituvchi va o'quvchida borliq, bizni o'rab turgan dunyo bilan intellektual xarakterga ega bo'lgan bilimlar jamlanmasi tobora rivojlanib boradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ kompetentlik salohiyatni rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik", "kreativ yondashuv" tushunchalarining ma'nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui"[6, 74 b.] sanaladi. Gardner esa o'z tadqiqotlarida mazkur tushunchani quyidagicha izohlaydi: "kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim"
Kreativ kompetentlik o'qituvchilarning egallagan va egallayotgan bilimlarini mustahkamligi va mukammalligini ta'minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo'lajak mutaxassislarning fan asoslarini o'zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda o'quvchilarda kreativ kompetentlikka
www.in-academy.uz
asoslangan yondoshuvlarni joriy etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Emebaylning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik "muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish" demakdir [5].
Kreativlik (lot., ing. "create" - yaratish, "creative" yaratuvchi, ijodkor) - shaxsning yangi g'oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi.
Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o'tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, "kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o'zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlikni ifodalaydi"
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi ularning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo'naltiradi. Shuningdek, o'quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg'or, o'quvchilarning o'quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish, ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo'lishga e'tibor qaratadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarga xos bo'lgan kreativ kompetentlik bilim, ko'nikma va malakalari tushunchalarini tadqiqot nuqtai nazaridan aniqlashtirib oldik. Jumladan: kreativ kompetentlik bilimlari - yangi yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan kreativ kompetentlik ko'nikmalari - shaxsning maqsadga yo'naltirilgan ijodiy faoliyatda, aqliy jarayon bosqichlarini tez va to'laqonli amalga oshirish darajasini ifodalashi aniqlandi. Kreativ kompetentlik malakalari esa shaxsning ijodiy faoliyatni qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini anglatadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari kreativ kompetentlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir darsda o'quv faoliyatining asosi bo'lishi lozim. Kreativ kompetentlik faoliyati o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish butun ta'lim jarayonining sifatini ta'minlashga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. Kreativ
PPSUTLSC-2024
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
kompetentlik faoliyatini rivojlantirisMa ilmiy-texnik ma'lumotlar bilan tanishish muhim o'rin tutadi. O'quvchilarga axborotnomalar, ilmiy atamalar bo'yicha ma'lumotlar, ixtirochilik va patentshunoslik materiallari haqida ma'lumotlar berib borish muhim manba vazifasini o'taydi. Axborot texnologiyalari va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish o'zining ijobiy natijalarini beradi.
Malakaga ega boshlang'ich sinf o'qituvchilarda ijodkor mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda innovatsion g'oyalar va texnologiyalarning muhim manbaini shakllantirishni talab etadi. Bu ishda kreativ kompetentlik tushunchasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini ilmiy-texnik bilimlar hamda ta'lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi asosida kreativ kompetentlik mahsulini intellektual mulk sifatida yaratishga qaratilgan faoliyat jarayoni sifatida qabul qilindi.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, "o'quvchilar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi".
Kreativ yondashuv bevosita innovatsiyalar bilan bog'liq jarayondir. Negaki o'qituvchining ijodiy faoliyat yuritishi uchun, u albatta o'zining sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan xabardor bo'lishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida o'rinli foydalana olishi lozim. Demak, o'qituvchi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo'lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali mashg'ulot jarayonini samarali tashkil etishi, o'quvchilar ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko'rinishi deyish mumkin.
Shu bilan birga, STEAM ta'limi boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarni uchun o'quv jarayonini loyihalashning asosi bo'ldi. Ushbu ish natijalari quyidagilarni ko'rsatadi: o'quv fanlari tarkibi va mazmuniga fanlararo vazifalarning kiritilishi boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga yordam beradi, chunki o'quv jarayoni amaliyotga yo'naltirilgan va ilmiy xususiyatga ega bo'ladi. Ilmiy -tadqiqot va amaliy yo'nalishning fanlararo vazifalari orqali amalga oshiriladigan universitet pedagogik ta'limi darajasidagi fanlararo integratsiya;
Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarning integratsiya tushunchasi bilan bog'liq manbalarni tahliliy ko'rib chiqish uning murakkab va o'zaro mustahkamlovchi xususiyatini ko'rsatadi. Har qanday o'ziga xos fanning rivojlanishi doirasida katta bloklar o'rtasidagi aloqani o'rnatadigan integratsiya mavjud. Ko'rinib turibdiki, bu aloqani ta'minlash doimo dolzarb bo'lib kelgan. Oliy pedagogik ta'lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashning yangi modeliga nisbatan fanlararo aloqalar g'oyasi kontseptual bo'ladi. Ilm-fan ham, ishlab
www.in-academy.uz
chiqarish ham turli kasbiy sohalarda va fanlararo fan sohalarida bilimga ega bo'lgan mutaxassislarni qidiradi. Oliy pedagogik ta'limning zamonaviy makonida kadrlar tayyorlash alohida o'rin tutadi.
Bugungi kunda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirayotgan pedagogik ta'lim o'quv jarayonining tuzilishi va mazmunini shunday tashkil etadiki, yakuniy natija bitiruvchilar faoliyatining sifati, ularning kompetensiyasi bilan o'lchanadi. Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarning sifat holati - uning pedagogik kompetensiyasini strategik qadriyatlar bilan bog'lash mumkin, ularning rivojlanishi milliy miqyosdagi vazifani-yuqori malakali xalq ta'limi xodimlarini tayyorlashda pedagogik ta'limda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni samarali amalga oshirishga yordam beradi. Muammoning dolzarbligi pedagogik kadrlar tayyorlashning tarkibi va mazmuni yangi oliy ta'lim davlat standartlarini joriy etish natijasida sezilarli o'zgarishlarga duch kelmoqda. O'quv rejadagi bloklari fanlari sonining ko'payishi fanlarni o'rganish uchun ajratilgan o'quv soatlari soniga ta'sir qilmadi. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarning tayyorlash mazmunini ratsionallashtirish yechimlaridan biri fanlararo integratsiyani amalga oshirish ekanligini tushunish muhimdir. Tadqiqotda kelajakdagi o'qituvchilarni tayyorlash jarayonida fanlararo integratsiya masalasini o'rganishda ikkita asosiy muammo aniqlandi.
O'quvchilar kreativ kompetentlik sifatlarini STEAM yondashuvi asosida shakllantirishda ta'lim mazmunini loyihalash va standartlashtirish, o'quvchilar kreativ kompetentlikini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o'quvchilar kreativ kompetentlikini tashkil etish va rivojlantirishning kreativ pedagogik texnologiyalari, o'quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatini tashkil etish va intensivlashtirishning intellektual o'qitish tizimlarini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko'rishimiz mumkin.
XULOSA VA AMALIY TAKLIFLAR
Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda avvalo rejalashtirilgan bir qolipdagi mashg'ulot turlaridan voz kechib, o'quvchilarda mustaqil, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, ya'ni yangi g'oyalarni o'ylab topishga majbur qilish, ta'lim olishga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, ularni yutuqlarga erishishiga rag'batlantirishda asosiy omil bo'lishi kerak. O'quv mashg'ulotlariga yetishmayotgan omil - kreativlik sanaladi. Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki ularning kasbiy faoliyatini ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, har bir o'qituvchining o'zini-o'zi rivojlantirishi va o'zini-o'zi namoyish eta olishi, kasbiy kompetentsiyalarni o'zlashtirib borishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga ega ekanligi hamda STEAM ta'lim texnologiyasiga asoslangan integrallashtirilgan
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent.mm.y2o« www.in~academy.uz
laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar va ma'ruzalar boshlang'ich sinf o'qituvchilarning o'quv jarayonini loyihalash vositasi bo'lib xizmat qildi.
Bunday yondashuvdan maqsad ta'lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ'ib qilishga qaratilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta'limi va oliy ta'lim tizimi o'qituvchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda so'zlagan nutqi. 2019.08.23.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni. http://uza.uz
3. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). -Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014. - p. 260
4. Aгaбaбян А. Р., Арутюнян Н. Д. К вопросу взaимосвязи KpearnBHOcra с личностными хaрaктеристикaми // Ан^ньев^ие чтения, 2007: Мaтериaлы нaучно-прaктической конференции. СПб., 2007. С. 598599.
5. Алейников А.Г. О креaтивной педaгогике / А.Г. Алейников // Вестник высшей школы. - 2009. - №12. - С. 29-34.
6. Андреев В.И. Педaгогикa творческого сaморaзвития. Инновaционный курс. - Ka3am: Изд-во КГУ, 1996. - 566 с.
7. Вишняковa, Н.Ф. Креaтивнaя aкмеология. Психология высшего обрaзовaния / Н.Ф. Вишняковa. - Мн.: Нaроднaя aсветa, 2007. - 300