Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© D. Ermanova1H_
1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali, Nukus, Qoraqalpog'iston
Annotatsiya
KIRISH: boshlang'ich fortepiano ta'limi va fortepiano chalishning dastlabki bosqichi fortepiano san'ati va musiqiy mahoratni o'zlashtirishda juda muhim bosqichlarni tashkil etadi. Ushbu davrda talaba nafaqat texnik ko'nikmalarni rivojlantiradi, balki musiqiy ifodaning asosiy tamoyillarini o'rganadi. Dastlabki bosqichda fortepiano chalishning oddiy mashqlari, notalar bilan ishlash, va musiqiy ritmni tushunish ustida to'xtalib, musiqiy nutqni shakllantirishga katta e'tibor beriladi. Dastlabki qadamlar musiqiy did va tekniqaga asos bo'lib, keyingi rivojlanish bosqichlarida o'rganilgan bilimlar va ko'nikmalarni mustahkamlashda yordam beradi. Ushbu bosqichda yangicha boshlovchilar uchun samarali pedagogik yondashuvlar va metodlar ko'rsatiladi.
MAQSAD: ushbu maqolaning asosiy maqsadi boshlang'ich fortepiano ta'limining o'ziga xos jihatlarini tahlil qilish va fortepiano chalishning dastlabki bosqichida yuzaga keladigan muammolarni aniqlashdir. Shuningdek, maqolada fortepiano chalishning o'ziga xos usullari va texnikalarini o'rgatishning samarali metodlari haqida so'z yuritiladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: ma'lumotlar to'plashda boshlang'ich fortepiano ta'limi bo'yicha o'rganilgan ilmiy asarlar, o'qituvchi va o'quvchi tajribalari hamda fortepiano chalish bo'yicha mavjud metodologiyalar asos qilib olinadi. Tadqiqotda, o'qitish jarayonida foydalaniladigan asbob-uskunalar, darsliklar, praktikumlar va video materiallar ham ko'rib chiqiladi. Ishning metodologik asosi tajribaviy o'rganish va tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, fortepiano chalishning dastlabki bosqichida qo'l pozitsiyasi, koordinatsiya, va musiqiy ifodalanishning eng oddiy elementlari o'rganiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: boshlang'ich fortepiano ta'limi o'ziga xos qiyinchiliklarga ega bo'lishi mumkin, chunki o'quvchilar asbob bilan tanishish jarayonida bir qancha texnik va ritmik muammolarga duch keladilar. Dastlabki bosqichda asbobni to'g'ri tutish, qo'l va barmoqlarning to'g'ri holatda bo'lishi, hamda ritmik sezgini rivojlantirish o'quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, o'qituvchilar o'quvchilarga bir vaqtning o'zida texnik va musiqiy yondashuvlarni o'rgatishlari zarur, chunki fortep iano chalishda texnikani mukammal bilish musiqaning ifodalanuvchanligini oshiradi.
XULOSA: boshlang'ich fortepiano ta'limi va fortepiano chalishning dastlabki bosqichlari, musiqiy ta'limda asosiy va muhim jarayonlardan biridir. O'quvchilarga o'z vaqtida va samarali o'rgatish uchun metodik yondashuvlar va to'g'ri usullar zarur. Dastlabki
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
bosqichda texnikaning to'g'ri o'rganilishi va musiqiy ifodalanishning rivojlanishi, kelajakda o'quvchining fortepiano chalishdagi muvaffaqiyatiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, fortepiano chalish, musiqiy texnika, notalar bilan ishlash, ritm, musiqiy ifoda, pedagogika, ko'nikmalar, talaba rivoji.
Iqtibos uchun: Ermanova D. Boshlang'ich fortepiano ta'limi va fortepiano chalishning dastlabki bosqichi. // Inter education & global study. 2025. №2. B.582-592.
НАЧАЛЬНОЕ ФОРТЕПИАННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И НАЧАЛЬНЫЙ ЭТАП ИГРЫ
НА ФОРТЕПИАНО_
© Д. Эрманова1И
1Нукусский филиал государственного института искусств и культуры Узбекистана,
Нукус, Каракалпакстан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: начальное фортепианное образование и начальный этап игры на фортепиано являются очень важными этапами в овладении искусством игры на фортепиано и музыкальными навыками. В этот период ученик не только развивает технические навыки, но и усваивает основные принципы музыкального выражения. На начальном этапе большое внимание уделяется формированию музыкальной речи, акцент делается на простых упражнениях игры на фортепиано, работе с нотами, пониманию музыкального ритма. Начальные шаги закладывают основу музыкального вкуса и техники, помогая закрепить полученные знания и навыки на более поздних этапах развития. На этом этапе будут продемонстрированы эффективные педагогические подходы и приемы для начинающих.
ЦЕЛЬ: основной целью данной статьи является анализ особенностей начального обучения фортепиано и выявление проблем, возникающих на начальном этапе игры. В статье также рассматриваются эффективные методы преподавания специфических техник и подходов игры на фортепиано.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: для сбора информации использовались научные работы по начальному обучению фортепиано, опыт преподавателей и студентов, а также существующие методологии игры на фортепиано. Исследование включает в себя рассмотрение инструментов, учебников, практических занятий и видеоматериалов, используемых в процессе обучения. Методологической основой работы является экспериментальный подход, ориентированный на анализ элементов игры на фортепиано, таких как постановка рук, координация и основные элементы музыкальной выразительности на начальном этапе обучения.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Начальное обучение фортепиано может представлять собой определенные сложности, поскольку студенты сталкиваются с техниками и ритмическими проблемами в процессе знакомства с инструментом. Важными аспектами на начальном этапе являются правильное держание инструмента, правильное положение рук и пальцев, а также развитие ритмического
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
чувства. Также преподаватели должны одновременно обучать студентов как техническим, так и музыкальным подходам, так как знание техники игры на фортепиано способствует улучшению музыкальной выразительности.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: начальное обучение фортепиано и освоение игры на этом инструменте являются важными процессами в музыкальном образовании. Для успешного и эффективного обучения студентов необходимы методические подходы и правильные методы. Правильное освоение техники и развитие музыкальной выразительности на начальном этапе обучения влияют на успехи студентов в дальнейшем освоении игры на фортепиано.
Ключевые слова: начальное образование, игра на фортепиано, музыкальная техника, работа с нотами, ритм, музыкальная выразительность, педагогика, навыки, развитие учащихся.
Для цитирования: Эрманова Д. начальное фортепианное образование и начальный этап игры на фортепиано. // Inter education & global study. 2025. №2. С. 582-592.
ELEMENTARY PIANO EDUCATION AND THE INITIAL STAGE OF PIANO PLAYING
Dilafruz Ermanova1®
1Nukus branch the State Institute of Arts and Culture of Uzbekistan,Nukus,
Karakalpakstan_
Annotation
INTRODUCTION: elementary piano education and the initial stage of piano playing are very important stages in mastering the art of piano and musical skills. During this period, the student develops not only technical skills, but also learns the basic principles of musical expression. At the initial stage, great attention is paid to the formation of musical speech, focusing on simple piano playing exercises, working with notes, and understanding musical rhythm. The initial steps serve as the basis for musical taste and technique, and help consolidate the knowledge and skills learned in subsequent stages of development. At this stage, effective pedagogical approaches and methods are shown for beginners.
AIM: the main goal of this article is to analyze the specific aspects of basic piano education and identify the challenges that arise at the early stage of piano playing. The article also explores effective methods for teaching specific techniques and approaches to playing the piano.
MATERIALS AND METHODS: the information gathered for this research is based on scientific works on basic piano education, the experiences of teachers and students, and existing methodologies of piano playing. The study also includes a review of tools, textbooks, practical exercises, and video materials used in the teaching process. The methodological foundation of the research is based on an experimental approach focused on analyzing elements of piano playing, such as hand positioning, coordination, and the basic components of musical expression at the initial stage of learning.
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
DISCUSSION AND RESULTS: basic piano education can present certain challenges, as students face technical and rhythmic difficulties while becoming familiar with the instrument. Key aspects at the initial stage include proper hand placement, correct positioning of the hands and fingers, and the development of rhythmic sensitivity. Furthermore, teachers need to instruct students in both technical and musical approaches simultaneously, as mastering technique enhances musical expressiveness.
CONCLUSION: basic piano education and the initial stages of playing the piano are essential processes in music education. Methodological approaches and correct teaching methods are necessary for effective and successful instruction. Mastery of technique and the development of musical expressiveness at the initial stage significantly influence the student's success in future piano playing.
Keywords: elementary education, piano playing, musical technique, working with notes, rhythm, musical expression, pedagogy, skills, student development.
For citation: Dilafruz Ermanova. (2025) 'Elementary piano education and the initial stage of piano playing', Inter education & global study, (2), pp. 582-592. (In Uzbek).
Ta'lim va uzluksiz ta'lim tizimining rivojlanishi pedagoglik kasbining yetarlicha o'zgarishiga olib keladi. O'qitish va tarbiya jarayonidagi mutaxassislar sonining uzluksiz ortishi yuzaga keladi. Bu hol pedagoglik kasbining nafaqat keskin ortishiga va turlarining ko'payishiga olib keladi. Shu jumladan fortepiano o'rgatish jarayoni ham pedagogdan samarali bilim va malakalarni talab qiladi. Fortepianoni o'rganmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun dastlabki dars jarayonlari va fortepiano bilan tanishuv quyidagicha amalgam
oshirilishi mumkin:
Bu fortepiano klavishing ko'rinishi. Agar yo'q bo'lsa, onlayn fortepianodan ham foydalanish mumkin pianoplays. com rasmga e'tibor bering suratning chap tarafdagi eng chekkadagi oq klavish bu do notasi. Fortepianoda chapdan o'ng tarafga qarab yettita oq klavishlarni sanasak, sakkizinchi oq klavishdan yana takrorlanib do notasi keladi va bu yerda keyingi oktava boshlanadi. Oktava bu musiqiy interval bo'lib (xohlagan, klavishingizdagi) bir notadan keyingi xuddi shu notagacha bo'lgan masofa hisoblanadi. Masalan: Do-re-mi-fa-sol-lya-si-do. Do notasidan do notasiga qadar bo'lgan masofa oktava hisoblanadi. Shunday qilib do notasi bir oktavaning tugashi va keyingi oktavaning boshlanishi xisoblanadi. Bu oktavalar ovozning pasd-balandligi bilan ajralib turadi. Chap tarafdagi oktavalarning tovushi basslik va yog'on bo'ladi. O'ng tarafdagi oktavalar yoki klavishlarning tovushi ingichka bo'ladi. Klavishlarning tovushi chapdan onga borgani sari ingichklashib, mayinlashib boradi.
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Fortepianoda notalarning nomlari. Bu yerda 7 ta sof notalar ko'rsatilgan. Sof notalar hammasi bo'lib yetita: do-re-mi-fa-sol-lya-si.
Fortepianoda qora klavishlar. Endi qora klavishlar haqida. Qora klavishlar bu oq klavishlarning oralig'i. Masalan: do notasini olsak. Fortepianoda do notasi o'ng tarafida qora klavish do notasini re notasidan ajratib turibti. Bu qora klavish do notasi uchun diyez re notasi uchun bemol hisoblanadi.
Yodda tutish : Qora klavish oq klavishning ong tarafida turgan bo'lsa unga diyez hisoblanadi agarda chap tarafida turgan bo'lsa bemol.
Diyez nota yo'lida quyidagicha yoziladi # vazifasi notani yarim ton yuqoriga ko'tarish. Bemol nota yo'lida quyidagicha yoziladi b vazifasi notani yarim ton pastga tushirish.
Lekin bizda yonida qora klavish bo'lmagan notalar ham mavjud. Masalan mi va si notalari. Bolalarda shunday savol tug'ilishi mumkin nimaga bu notalarda diyez yo'qmi? Albatta diyez bor bu notalarning diyezi oq klavishlar mi notaning diyezi fa notasi si notasining diyezi esa do.
Rasmda diyez nimayu bemol nima ekanligini ko'rsatilgan. Fortepianoda ton va yarim
tonliklar. Yuqorida ton va yarim tonliklar haqida so'z yuritdik endi esa ton va yarim ton nima ekanligi haqida aytib o'tmoqchiman. Ton bu ikki nota orasidagi masofa. Bir ton ikki yarim tondan tashkil topadi.
Masalan: do notasini olsak. Donotasidan uning yonidagi do # (#-diyez) gacha yarim ton xisoblanadi. Do notasidan re notasiga qadar bo'lgan masofa esa bir ton xisoblanadi. Chunki do va re notalari orasida ikkita yarim tonlik mavjud.
Yodda tutish: yarim ton bu bir klavishning yonidagi klavishga qadar bo'lgan masofa( yonidagi klavish oq yoki qoraligini ahamiyati yo'q).
Ton bu bir klavishning ikkinchi klavishdan otib uchinchi klavishgacha bo'lgan masofa ( yonidagi klavish oq yoki qoraligini axamiyati yo'q).
Rasmda tonliklar ifoda ko'rsatilgan.
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Notalarning lotin harflarida nomlanishi
Notalarning do-re-mi-fa-sol-lya-si nomlaridan tashqari lotin xarflarda xam yozilgan nomlarini uchratishingiz mumkin.
Do-C Re-D Mi-E Fa-F Sol-G Lya-A Si-H
F G A H
Qora klavishlarning nomlari xuddi shu nomlarga diyez yoki bemol nomi qoshilgan holda aytiladi. Mashqlar
Fortepianoda do-re-mi-fa-sol-lya-si-do notalarini chalinadi va tovushlar eslab qolinadi.
Fortepiano chalish uchun barmoqlar joylashishi.
O'ng qo'l: do-bosh barmoq
Re-ko'rsatgich barmoq
Mi-o'rta barmoq
Fa-bosh barmoq
Sol-ko'rsatgich barmoq
Lya-o'rta barmoq
Si-nomsiz barmoq
Do-chimchaloq barmoq
Chap qo'l: do-chimchaloq barmoq
Re-nomsiz barmoq
Mi-o'rta barmoq
Fa-ko'rsatgich barmoq
Sol-bosh barmoq
© intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Lya-o'rta barmoq
Si-ko'rsatgich barmoq
Do- bosh barmoq. Barmoqlar joylashishini yod olish kerak chalishda barmoqlar muxim axamiyatga ega.Qora klavishlar bilan birgalikda chalinsa ovozlar qanday o'zgarayotganini taxlilqilish mumkin .Notalar nomlarini yod olish kerak .
Fortepianoda postonovka va barmoqlar joylashuvi. To'g'ri o'tirish va qo'llarni to'g'ri xarakatlantirishni o'rganamiz. Bunda yagona qoida o'quvchiga qulay bo'lgan xolda to'g'ri o'trish kerak. Agar o'quvchi uyda yoki maktabda fortepiano chalayatgan bo'lsa stulni o'ziga qulay qilib sozlab olishi kerak._
Fortepianoda qo'llarni qo'yish. 1. Qo'llarini bo'sh qo'yish. 2.Barmoqlari yarim aylanasimon joylashsin chunki barmoqlarini noto'g'ri qo'ysa texnik kuylarni cholaolmaydi. Mashq. 1. Yuqorida aytilgan maslaxatlarga amal qilgan xolda do-re-mi-fa-sol-lya-si-do notalarini o'ngiga xam teskarisiga xam chalish va barmoqlarni to'g'ri turganiga ishonch xosil qilish. 2. Barmoqlarini orasini katta ochgan holda oktava chalish masalan: do-do, re-re, mi-mi, fa-fa, sol-sol, lya-lya, si-si. do-do. Birinchi notani chimdalog'i bilan chaladi ikkinchisini bosh barmog'i bilan. Bu mashqni qaysi qo'libilan chalishinifarqi yo'q bu mashq ikkala qo'l uchun xam kerak bo'l adi. Bu qisqacha bo'lgan ma'lumot o'quvchilar bilan to'g'ri o'tirish va qo'llarimizni to'g'ri xarakatga keltirishni o'rganadi . Fortepiano chalishda to'g'ri o'tirish va qo'llardan to'g'ri foydalanish muxim ahamiyatga ega. Agar barmoqlarimizdan notog'ri foydalansak barmoqlarimiz charcha ydi va biz uzoq vaqtga va texnikaviy kuylarni cholaolmaymiz.
Fortepianoda oktavalar. Pianinoda yoki boshqa xoxlagan klavishi bor cholg'u asbobida oktavalar klavishlar bilan sanaladi. Do notasidan si notasiga qadar bolgan masofa bir oktava keyingi do notasidan keyingi sinotasiga qadar bo'lgan masofa yana bir oktava. Xaqiqiy pianinoda 9 ta oktava bo'ladi 7 ta butun oktava 2 ta to'liqmas oktava. Rasmda pianinoda oktava nomlari.
il il m il m il hi il m il m il m il m
Я >
я
s
о
s
я х
я >
я **
JC
о
х
2 о
£
я
>
я
X
о
и с 'С
я >
я
s
о
X X
я
>
я
s
о
о э
я >
я
X
о
о с
о н-
я >
я
s
о
(Л 0 m
Endi har bir oktava xaqida ma'lumot olamiz.
1. Subkontroktava. Eng birinchi to'liq bo'lmagan oktava. Uchta notadan tashkil topadi lya, lya diyez, si.
© intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. Kontroktava. Bu endi pianinoda to'liq oktava xisoblanadi do notasidan boshlanib si notasidan tugaydi.
3. Katta oktava. Odatda bu oktavada ko'proq bass partyalar ijro etiladi.
4. Kichik oktava. Bu oktavada xam bass partyalar ijro etiladi.
5. Birinchi oktava. Eng ko'p ishlatiladigan oktava. Bu oktavada ko'proq ovoz sozlash mashqlari bajariladi.
6. Ikkinchi oktava. Birinchi oktavadan kam ishlatilmaydi bu oktava xam.
7. Uchinchi oktava.
8. To'rtinchi oktava
9. Beshinchi oktava. Bor yog'i bitta nota do notasidan tashkil topgan oktava.
Rasmda nota yoli.
Rasmda beshta chiziq tasvirlangan va bu bizning nota yo'limiz. Bu chiziqlarda va chiziq oralarida notalar joylashadi. Rasmga et'ibor qilamiz notalarimiz bu chiziqlarda qanday joylashar ekan. Nota nomlarini o'rgangan edik . Qarang nota yo'lida notalar joylashishi.
ю:
"О" pv
ф.< СОЛЬ IM
Nota yo'limizning boshida tushinarsiz bir rasm chizilgan turibti bu nima ekan deb o'quvchilarda savol tug'iladi albatta, bu skripka kaliti deb ataladi bu kalit xaqida pastroqda yozib o'taman xozr esa notalar xaqida. 1. No'ta yo'li pastdan yuqoriga qarab sanala boshlaydi. 2. Notalar xam nota yo'liga pastdan yuqoriga qarab yoziladi. Notalar qancha yuqoriga yozilsa nota ovozi xam shuncha yuqori pardada bo'ladi. Endi xar bir notani nota yo'lida koramiz va pianino klavishida xam.
Do notasi bu nota uchun biz qoshimcha yani yordamchi chiziq chizdik va donotasi shu yordamchi chiziqda joylashadi.
Re notasi birinichi chiziqning tagida joylashadi.
© intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
II IIIш
notasi birinchi chiziqda joylashadi.
•i IIIIIIIIII
Fa notasi birinchi va ikkinchi chiziq orasida joylashadi
Sol notasi ikkinchi chiziqda joylashadi
7
Lya notasi ikkinchi va uchinchi chiziq orasida joylashadi
-MM
Si notasi
uchinchi
chiziqda
f
Do notasi uchinchi va to'rtinchi chiziq orasida joylashadi
joylashadi
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'quvchilarda savol tug'ilishi mumkin nega bu yerda ikta do notasi lekin xar-xil joylarda degan. Esingizda bo'lsa biz siz bilan pianino oktavalari xaqida gaplashgan edik. Mana birinchi yordamchi chiziqda joylashgan do notasi birinchi oktavaga tegishli ikkinchi yuqorida uchinchi va to'rtinchi chiziqlar orasida joylashgan do notasi esa ikkinchi oktavaga tegishli.
Skripka kaliti. Har doim nota yo'lining boshida skripka kaliti chiziladi.Skripka kaliti oktavani belgilaydi. Agar skripka kaliti nota yo'liga chizilgan bo'lsa shu beshta chiziqga chizilgan notalar birinchi oktavaga tegishli bo'ladi (yordamchi chiziqga chizilgan do notasi xam bunga kiradi). Skripka kaliti sol kaliti deb xam yuritiladi. E'tibor bering kalit ikkinchi chiziqdan chizila boshlanyapti va xuddi shu ikkinchi chiziqda sol notasi joylashadi.
Yana musiqada bass kaliti xam mavjud.
° ? - - Bass kaliti notalar kichkina oktavaga tegishli
gaplashmaymiz chunki biz xozr faqatgina nota o'qishni o'rganyapmiz. Yordamchi chiziqlar. Bitta pastda joylashgan yordamchi chiziqni biz n „ siz bilan ko'rdik unda do notasi joylashgan edi.
Lekin siz boshqa yordamchi chiziqlarni xam uchratishingiz mumkin ular tepada xam pastda xam joylashgan bo'lishi mumkin.
Masalan: Yuqorida joylashgan birinchi yordamchi chiziqda turgan notani bilmoqchi bo'lsangiz ikkinchi oktavada joylashgan do notasidan (uchinchi va to'rtinchi chiziqlar orasidagi do notasini nazarda tutyapman) boshlab sanang do, re, mi, fa, sol, lya va yuqorida turgan birinchi yordamchi chiziqga kelib to'xtadik. Demak bu nota lya notasi ekan.
Diyez va bemol belgilari qanday yoziladi?
Biz diyez va bemol belgilari xaqida ma'lumotga egamiz bu xaqida pianinoda nota nomlari degan ma'lumotimizda aytib o'tgan edik. Endi esa nota yo'lida ular qanday yozilishini o'rganamiz.
Диез Бемоль
Ushbu rasmda diyez va bemol belgisi fa notasiga qo'yilgan. Lekin ular barcha notalarga qo'yilishi mumkin. Nota savodida bu belgilar notadan oldin qoyiladi va notadan keyin o'qiladi diyez yarim ton kotarish bemol yarim ton pasaytirish kerak ekanligini bildiradi.
Mashq. O'quvchilar nota yozish uchun maxsus musiqiy daftar tutishi yoki oddiy daftarga o'zlari nota yo'li chizib olsalar xam bo'laveradi.
»
j
© intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Tutgan daftarlariga ikkinchi rasmni yozishadi avvaliga tartib bilan do, re, mi, fa, sol, lya, si, do so'ngra teskarisiga yoziladi ancha qo'llari kep qolgandan so'ng aralashtirib yozib ko'rishadi masalan: si, fa, lya, do, sol, re, mi. Koproq mashq qilinsa shunda notalarning joylashuvi xam yodda qoladi va notalarni tezo'qishni o'rganadilar. Boshlang'ich fortepiano ta'limi va fortepiano chalishning dastlabki bosqichi musiqiy mahoratni o'zlashtirishda juda muhim o'rin tutadi. Ushbu davrda talabalar fortepiano chalishning asosiy texnik ko'nikmalarini, notalar bilan ishlashni va ritmni to'g'ri tushunishni o'rganadilar. Bu jarayon musiqiy ifoda va didni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'lib, keyingi rivojlanish bosqichlarida yanada murakkab musiqiy asarlarni o'qish va ijro etish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Samarali pedagogik yondashuvlar va metodlar orqali boshlang'ich bosqichdagi o'quvchilarni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. D. Jamolova, N. O'tayeva "Fortepiano olamiga ilk qadamlar" Jahon kompozitorlari asarlaridan namunalar. Bolalar musiqa va sa'nat maktablari uchun o'quv-uslubiy qo'llanma . Toshkent 2016
2. D.Rajabova "Fortepiano mashg'ulotlari" (fortepiano ta'limi metodikasi) Toshkent "O'qituvchi" 1994
3. Rubinshteyn S. L. Prinsipi i puti razvitiya psixologii. M., 1959, 126-bet.
4. R. Qodirov "Ommabop musiqiy glossariy" ma'lumotnoma "Musiqa" nashriyoti Toshkent
5. Rubinshteyn S. L. Problemi obshey psixologii. M. 1973, 220-bet.
6. Teplov B.M. Psixologiya muzikalnix sposobnostey.
7. Uspenskiy V.A. Stat'i, vospominaniya, pis'ma. - T.: izd.lit. i iskusstva im. Gafura Gulyama, 1980. - 384 s.
8. X.F Azimov "Fortepiano darsligi" Toshkent "o'qitiuvchi" 1998-yil
9. Марк Зильберквит "рождение фортепиано" П. Юргенсон москва 2016
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Ermanova Dilafruz, o'qituvchi, [Эрманова Дилафруз, преподаватель], [Dilafruz Ermanova, teacher]; manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpog'iston ko'chasi, raqamsiz uy, [адрес: Республика Каракалпакстан, город Нукус, улица Каракалпакстан, дом без номера], [address: Republic of Karakalpakstan,city of Nukus, Karakalpakstan street, house without a number].
2014