DUTOR CHOLG'USIDA IJROCHILIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISH
BOSQICHLARI (Bolalar musiqa va san'at maktablari misolida)
Nigina Zoxiddin qizi Xolmirzayeva
Kasb ta'limi: Xalq ijodiyoti (cholg'u ijrochiligi) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: o'qituvchi J.Turatov ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bolalar musiqa va san'at maktablarining dutor sinfida tahsil olayotgan o'quvchilarga dutor ijrochiligining umumiy qoidalari hamda cholg'uni o'rgatish bo'yicha kerakli tavsiyalar keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlari: Musiqa, cholg'u ijrochiligi, nota yozuvi, uslub, applikatura, mashqlar.
ABSTRACT
This article provides general instructions for playing the dutar and recommendations for teaching the students of the dutar class of children's music and art schools to play the instrument.
Keywords: Music, instrumental performance, music, style, application, exercises.
Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari musiqaning barcha tarmoqlariga mos shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Milliy cholg'ular tarixi va ularning hozirgi kungacha bosqichma-bosqich rivojlanib kelayotganligini ajdodlarimizning musiqa madaniyatiga oid eng qadimiy ma'lumotlarida, xususan hududimizdagi qoyatoshlarda chizilgan tasvirlarda, arxeologik qazilmalar paytida topilgan ashyolarda qolaversa, turli bosma nashrlarga ishlangan rasm va miniatyura shaklida berilgan tasvirlarda ko'rishimiz mumkin.
O'zbek milliy cholg'ularida ijrochilik tarixini o'rganishda o'rta asrlar musiqa ilmiga oid asarlar asosiy manbalardan hisoblanadi. Milliy cholg'ularimizning tarixiy jarayonini bilish aynan o'sha davrda yashab ijod qilgan olimlarning asarlarida keltirilgan.
Ana shunday qadimiy-tarixiy cholg'u sozlaridan biri bu dutor cholg'usidir. Dutor cholg'usi xususidagi dastlabki ma'lumotlarni Mavlono Zaynulobidin al Xusayniyning Alisher Navoiyga bag'ishlangan "Musiqiy ilm va amaliyot qonuni"
risolasida uchratamiz. XV asrning ikkinchi yarmida bitilgan bu risolada o'sha zamonda kvarta intervali oralig'ida sozlanuvchi, o'n bir pardaga ega bo'lgan dutor tavsiflanadi.
Bizga ma'lumki, o'zbek musiqa ijrochiligi, boshqa sharq xalqlari musiqalari kabi o'ziga xos sayqallarga boy, dardli va tarovatli ohanglar tarannum etishga asoslangandir. Cholg'u sozini ijrochi qo'lida ushlash holatidan, toki mukammal ovozlar talqinigacha bo'lgan jarayonlarni bolalar musiqa va san'at maktablarida o'rgatilib kelinadi.
Maktab yoshidagi bolalarning o'zbek xalq cholg'ularida o'qishga bo'lgan ehtiyojlarni nazarda tutib, Respublika musiqa maktablarida turli cholg'ulari qatorida dutor sinfi ham tashkil qilingan. Shuni nazarda tutish kerakki, ommalashgan o'zbek xalq cholg'ularidan dutor cholg'usi tuzilish jihatdan katta bo'lib, musiqa maktabi o'quvchisi bu cholg'uni o'rganayotganda ancha qiynaladilar.
Oxirgi yillarda dutor sinfida o'qitish tajribasi o'quv yurtlarida, xususan bolalar musiqa va san'at maktablarida dutor-pirima, dutor alt va dutor-tenor (an'anaviy) ommalashib bormoqda. Buning natijasi yosh avlodlarimizni dutorgan bo'lgan ishtiyoqlari tobora kuchayib bormoqda. Bolalar musiqa va san'at maktablarining besh yillik ta'lim yo'nalishiga mo'ljallangan bo'lib, bu davr ichida o'quvchi imkoni boricha musiqa ijrochiligining professional mahoratini egallashi va notaga qarab ijro etish malakasini hosil etishi ko'zda tutilgan.
Mutaxassislik sinfi darslarining ta'limiy jarayonini amalga oshirish shakli yakka tartibda o'tiladi. 1-4-sinflarda xar bir o'quvchi uchun xaftasiga 2 akademik soatdan 5-sinflar (bitiruvchi) uchun 3 akademik soatdan o'tilishi ko'zda tutilgan.
Amaliyotda dutorning ko'plab ijrochilik namunalari shakllangan. Asosan har bir cholg'uda bo'lgani kabi dutor cholg'usida ham o'ziga xos ijro uslublar mavjud. Mana shunday ijro uslubini tashkil etishda avvalo dutor haqida nazariy bilimlarga ega bo'lishimiz lozim. Ana undan keyin cho'lg'uda to'g'ri o'tirish yani pastanofkani to'g'ri qo'ya bilishimiz, bu esa ijrochining o'zi ijro etayotgan asarini mohirlik bilan ijro etishini ta'minlaydi.
O'quvchilarimizga dars mobaynida belgilangan majburiy ijro dasturi hisoblangan asarlar bilan cheklanib qolmay, o'z dunyo qarashini muntazam kengaytirib borishi uchun boshqa vazifalarni ham bajarish lozim. Reyting nazoratlari yoki konsertda tinglovchi-tomoshabinlar oldida ijro qilish uchun ma'lum bir bastakorlar tomonidan yaratilgan asar ijrochisini o'zlashtirayotgan davrda ushbu muallifning shu janrdagi boshqa asarlarini ham o'rganishimiz kerak. Bunday mustaqil izlanish ustozlar uslubini chuqurroq singdirib olishga katta yordam beradi.
Birinchi marta bolalar musiqa va san'at maktabiga kelgan o'quvchilar uchun albatta cholg'uning kelib chiqish tarixini qisqacha gapirib tushuntirishimiz lozim.
Dutor sinf o'qituvchisi o'quvchiga avvalo dutorning tuzilishi (bosh qismi, dastasi,
kosasi, qopqog'i, quloqlari, pardalari, xarragi, simlari), qismlari va ulardan
foydalanish (chertib chalish), dutor torlarining nomi va ulaming sozlanishi haqida
tushuncha beradi. Dutorni ushlab o'tirish holatini, uining kosa qismi va dastasini
tegishli o'rnida tutishni o'quvchiga o'rgatib mashq qildiradi.
Dutor alt - sozi ikki tordan iborat bo'lib ijro etilayotgan asarga qarab kvarta (1-oktava mi-lya) yoki kvinta (1-oktava re-lya) soziga sozlanadi.
O'quvchi dutor chalayotganida qo'l muskullarini taranglashtirmay o'ng qo'l bilagini va chap qo'l barmoqlarini erkin harakat qildirishi kerak. Ijro paytida bukchaymasligi uning yelkalari esa bir xil balandlikda bo'lishi alohida ahamiyatga ega.
Mashg'ulot davomida o'quvchining qo'llari tolmasligi va qattiq charchamasligiga e'tibor beriladi.
Dutorda ijro etayotganda o'quvchi musiqa asarlarini fortepiano jo'rligida ijro etishi muhim ahamiyatga ega. Fortepiano jo'rligida dutor chalish, o'quvchilarni ansamblda ijro etishga o'rgatadi. Bu esa o'quvchilarning garmonik eshitish qobiliyatini rivojlantiradi.
Keyingi bosqichda pazitsiya va applikaturani qo'yish ham muhim omillardan biri hisoblanadi. Cholg'uda tovush chiqarish va zarblar haqida ma'lumot. Bularni puxta egallagandan so'ng albatta musiqiy asarlar bilan ishlashga o'tiladi. Mustaqil o'z ustida ishlash orqali o'quvchi mahoratini oshirib boradi.
Dutor chalishning umumiy qoidalarini ham o'quvchiga amaliy tarzda ko'rsatish lozim. O'tirganda stulning bir chekkasiga o'tirib, gavdani erkin va to'g'ri tutish kerak. O'ng oyoqni chap oyoq ustiga qo'yish lozim. Dutor kosasi o'ng oyoq ustiga qo'yilib, o'ng qo'l tirsagi bilan biroz siqib turiladi dutor-tenor.
Chap qo'l tirsagi bukilgan bo'lib, tanaga yopishmasdan turishi kerak; dutor dastasining yuqori qismi chap qo'l bilan ushlab turilishi lozim. Dutor dastasi ko'rsatkich barmoqning uchinchi bo'g'inidan biroz pastda va bosh barmoq asosida
turishi kerak. Chap qo'l kafti dutor dastasiga tegmasligi kerak. Chap qo'lning bosh barmog'idan boshqa hamma barmoqlari doira shaklida bo'lib ular dastaga, bo'g'in yaqiniga qo'yiladi. Dutor jarangining sofligi barmoqlarni pardalarga to'g'ri qo'yish va torni qanday kuch bilan bosishga bog'liqdir. Chap qo'l barmoqlarining tartib raqamlari:
1 - ko'rsatkich barmoq
2 - o'rta barmoq
3 - yon barmoq
4 - jimjiloq
Bosh barmoq "b" harf bilan belgilanadi. Dutor chalishda bu barmoq faqat ikkinchi torni bosishda ishlatiladi.
O'ng qo'l bilagining o'rtasida dutor kosasining chekkasiga qo'yiladi. Qo'l panjasini torlar ustida bukilgan holda erkin ushlab, torlarga qalqon ustida zarb tashlash kerak. Barmoqlar bir joyga yig'ilib, kaf ichiga yarim bukilgan holda erkin turishi kerak.[3:33]
Dutor ovozi asosan o'ng qo'l panjasi bilan torlarni pastga va urish bilan hosil qilinadi. Barmoqlar erkin va bir maromda harakatlanishi kerak. Pastga ko'rsatkich barmoq bilan va yuqoriga bosh barmoq bilan zarb beriladi, bu ikki barmoq bir-biri bilan biroz yopishganbo'lib, yuqoriga qarab urganda bosh barmoq ko'rsatkich barmoqdan biro z chap tomonga qochadi. Bunday chalish usuli yakka zarb deb ataladi va quyidagi belgilar bilan ifodalanadi:
n - panja va o'ng qo'lining ko'rsatkich barmog'i bilan pastga qarab chiqish.
V - panja va o'ng qo'lning bosh barmog'i bilan yuqori qarab chalish.
Notalar dutorga joylashuvini urganib olib, turli cho'zimga ega bo'lgan notalar,
takt o'lchovlari va sanoq bilan tanishib chiqqach, birinchi mashqni bajarishga o'tish mumkin.
Dutor cholg'usida usullarning (shtrixlarning) zarb yo'nalishlari belgilari:
n - yuqoridan pastga zarb urish;
V - pastdan yuqoriga zarb urish;
Dutor cholg'usida usullarning harfiy belgilari;
K - ko'rsatkich barmoq bilan zarb urish;
BZ - bilak zarb- bilak bilan zarb urish;
B - bosh barmoq bilan zrab uriah;
Rizz - pitsikato (chertma zarb);
Tr - tremolo (rez) ko'rsatkich barmoq bilan uzluksiz chertish barmoq bilan uzluksiz;
J - jimjiloq bilan zarb urish;
Asarlarni murakkab zarblar orqali chalinishi quyidagicha;
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
VVP PVV P B K. K B B K.
Uslubiy qism orqali teskari zarblar ko'rsatilishi
P-pastka, B-bosh barmoq yuqoriga, K-ko'rsatkich barmoq yuqoriga
B K B K P V V, P V V.
Uslubiy qism orqali terma zarblar belgilanishi:
K - ko'rsatkich pastga; B - bosh barmoq pastga; B -bosh barmoq yuqoriga; K - ko'rsatkich barmoq yuqoriga;. K B B K K B B K P P V V P P V V.
Uslubiy qismning bu ko'rinishi pirrang, ya'ni rez usulida chalinadi. Musiqa cholg'uda tovush chiqarish usuli shtrix deyiladi. Chalish vaqtida qanday shtrix tanlab olish pyesaga turlicha xarakter va joziba beradi.
REFERENCES
1. Rasultoyev J.K. "O'zbek dutor ijrochiligi" Toshkent.: 1997 y. 6-bet.
2. F.Rasulova "Bolalar musiqa va san'at maktablari uchun o'quv dasturi" Toshkent -2019 y.
3. Qilicheva Hayotxon Inoyatovna "Dutor cholg'usida o'qitish uslibiyoti" Toshkent-2017 y.
4. G.Muhammedova "Dutor darsligi" 2005 y.
5. M.A.Asilov, F.N.Vasilev "Dutor darsligi"-T-1977 y.
6. G.Qochqarov "Dutor sadolari", 1-kitob, T-1987 y. Dutor ijrosi uchun moslashtiruvchi hamda toplovchi