Sobirov T.R.
Turkiston yangi innovatsiyalar universitetiprofessori
Majidova G.A.
Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti musiqa mutaxassisligi magistri
MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA FORTEPIANO O'QITISH METODIKASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada musiqiy tarbiyaning ayniqsa fortepiano musiqa asbobini chalishni o 'rgatish orqali bolalar rivojlanishidagi ahamiyati va o'rni ko'rsatilgan. Ushbu jarayonda murabbiy tomonidan qo'yiladigan asosiy vazifa - o'quvchilarda musiqaga muhabbat hissini uyg'otish hamda ularning musiqiy va ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat hisoblanadi. Ijrochilik mahoratini o'rganish jarayonida bola avvalambor shaxs sifatida shakllanadi, zarur hayotiy ko'nikmalarga ega bo'ladi. Shu nuqtai nazardan maqoladamaktabdan tashqari ta'lim ayniqsa musiqa va san'at maktablaridagi o'quv-tarbiya jarayonining muhimligi ta'kidlanib, qaysikim ushbu ta'lim muassasasida har bir bola individual yondashuv asosida erkin ijodiy jarayon ta'sirida tarbiyalanadi.
Kalit so'zlar: san 'at, musiqa, tarbiya, jarayon, ijod, fortepiano, qobiliyat, yondashuv, ijro, mahorat, natija.
Sobirov T.R. professor
Turkestan New Innovation University
Majidova G. master of music Turkestan New Innovation University
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF PIANO TEACHING METHODOLOGY IN MUSIC AND ART SCHOOLS
Abstract. This article shows the importance and place of musical education in the development of children, especially by teaching them to play the piano musical instrument. In this process, the main task of the coach is to instill in the students a feeling of love for music and to develop their musical and performing abilities. In the process of learning performance skills, the child is first of all formed as a person, acquires the necessary life skills. From this point of view, the article emphasizes the importance of extracurricular education, especially the educational process in music and art schools, in which every child is brought up under the influence of a free creative process based on an individual approach.
Keywords: art, music, education, process, creativity, piano, ability, approach, performance, skill, result.
Fortepianoning birinchi vatani Italiya hisoblanadi. Italiyalik usta Bartolomeo Kristofori 1709 yilda klavesin tanasi va klavikordning klaviatura mexanizmini asos qilib olgan holda ushbu asbobni yaratgan. Kristofori uni piano et forte deb atagan, bu "sokin va baland ovozli" degan ma'noni anglatadi. "Grand piano" atamasi birinchi marta 1777 yilda ishlatilgan.
Fortopiano haqli ravishda musiqa asboblari qiroli deb ataladi. Buning sabablari ko'p, lekin asosiysi - asbobning diapazoni. Pianino fagotning eng past notasidan tortib pikkolo nayining eng yuqori notasigacha bo'lgan orkestr asboblari tovushlarining butun spektrini qamrab oladi.
1732 yilda fortepiano uchun birinchi musiqa asari yozilgan. Bu Lodoviko Giustinining sonatasi edi. Shu bilan birga, ko'pchilik bastakorlar kompozitsiyalarni yozishda hali ham klavesinga e'tibor berishgan. V.A.Motsart va J.Gaydn birinchilardan bo'lib pianino uchun asarlar yaratdilar.
O'zbekistonda fartepiano musiqasi janrlarining vujudga kelishi va ularning XX asrda rivojlanishi o'zbek musiqasi tarixiga bag'ishlangan nashrlarda, shuningdek, V. Golovkina, N. Yanov-Yanovskaya, T. G'afurbekov kabi musiqashunoslar tadqiqotlarga o'rganilgan.
Shiddat bilan o'zgarib borayotgan ijtimoiy-madaniy hayot sharoitida faqat ta'limgina har tomonlama rivojlangan shaxsning shakllanishiga asos va poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Bolaning yoshligidan boshlab individual qobiliyatlari va ijodiy xususiyatlarini kashf etish, ularning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish va buning uchun zarur bo'lgan ta'lim-tarbiya asoslarini ta'minlash zamonaviy talim tizimining vazifalari hisoblanadi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishda maktabdan tashqari ta'lim salmoqli ahamiyat kasb etadi. Bolalar rivojlanishining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib uni san'atga, shu jumladan musiqaga oshno qilish hisoblanadi.
Fortepiano musiqa asbobini chalishni o'rganish bolaning musiqiy ta'limida alohida o'rin tutadi.
«Fortepianoda chalish - barmoqlar harakati, fortepianada ijro etish esa-qalb harakati", odatda biz birinchisini eshitamiz degan edi A.Rubinshteyn.
Musiqa sadolari orqali dunyoni, ayniqsa erta yoshda anglash, bolaning ijtimoiy chegaralar bilan hali cheklanmagan ijodiy qobiliyatlarini ochib berishga imkon beradi va uning estetik tasavvurlarini shakllantirishga yordam beradi.
Filigran fortepiano texnikasini o'zlashtirish endigina chalishni o'rganishni boshlagan yoshlardan katta kuch talab etmaydi, bu jarayon ko'p jihatdan ularga yangi, qiziqarli o'yin faoliyati sifatida ko'rinadi.
Musiqa asboblarini chalishni o'rgatish jarayonida bolada kattalar va o'zi ham sezmagan boshqa qobiliyatlar va xususiyatlar ham namoyon bo'lishi mumkin.
Qo'shimcha ko'nikma va malakalarga ega bo'lgan bolalar tengdoshlari o'rtasida farqlanib turadilar va atrofdagi insonlar tomonidan o'zlariga bo'lgan e'tiborni his etishadi. Bu esa o'z navbatida ularda yangi muvafaqiyatlar sari intilish, shaxsiy rivojlanishlari, hayot yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun qo'shimcha motivayiya hosil qilish imkonini beradi.
Maktabdan tashqari ta'lim jarayoni tizimini tahlil qilish, bizga fortepiano chalishni o'rgatishga yordam beradigan quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
1. Ijtimoiy:
1) bolaning ijodiy (jumladan irsiy o'tadigan) qobiliyatlarini namoyon etish;
2) ota-onalar va pedagoglar bilan bolaning ijodiy potensialini namoyon qiladigan yo'nalishlarni aniqlash;
3) bolaning ijtimoiy moslashuvi, shu jumladan unda atrofidagilarni qabul qilish va o'z manfaatlarini erkin amalga oshirish imkonini beradigan ma'naviy-axloqiy tamoyillarni shakllantirish;
4)o'smirlar organizmida ro'y beradigan psixofiziologik o'zgarishlar davrida, ularning o'z xohishlari asosida bandligini ta'minlash;
5) turli musiqa asamrlarini forepianoda ijro etishga o'rgatish orqali bolaning madaniy o'sishi va rivojlanishini ta'minlash, shu jumladan tarixiy davrlarda madaniyat rivoji hamda buyuk musiqashunos shaxslar haqidagi bilimlarni egallashi;
6) klassik va zamonaviy musiqiy asarlarni audio va video yordamida eshitish, tinglash orqali mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini rivojlantirish.
2. Pedagogik:
1) bolaning ijodiy potensiali, individual qobiliyatlarini rivojlantirish;
2) fortepiano cholg'u asbobida chalish ko'nikmaklariga o'rgatish, ijro mahorati texnikasini hosil qilish;
3) bolaning darsga tayyorgarlik hamda mustaqil ta'lim jarayonidagi mehnat intizomini shakllantirish;
5) bolada musiqiy asarlarni ijro etishda aniqlik, fidoyilik, filigranlik, professionallik, shuningdek, badiiylik, improvizatsiya, assotsiativlik va, albatta, o'z ishiga va boshqa odamlar tomonidan berilgan mehnatga mas'uliyat kabi fazilatlarni tarbiyalash.
Ushbu tadqiqot vazifalarini samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan o'qitishning umumiy didaktik tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
1. Oddiydan murakkabga o'tishda bosqichma-bosqichlik va izchillik;
2. Qo'shimcha ta'lim muassasasiga o'qishga kirishda bolaning tabiiy qobiliyatlari, o'quv faoliyati, mehnat faoliyati, musiqiy tayyorgarligi darajasidan kelib chiqqan holda o'quvchilarga yondashuvda individuallik va farqlash;
3. O'qitishning variativligi va ko'p qirraliligi: repertuar tanlash, o'quvchining yoshi va psixo-emotsional xususiyatlarini hisobga olgan holda darsni tashkil etish tizimi;
4. Talaba va o'qituvchi o'rtasidagi o'zaro hurmat va tushunish darajasida muloqotni ta'minlash, muloqotning demokratik uslubini o'zlashtirish, talabalar tashabbuslarini qabul qilish;
5. Qo'shimcha ta'lim shakllarini jalb qilish: musiqiy asarlar ijro etish, spektakllarni tomosha qilish, madaniy tadbirlarda qatnashish (kontsertlar, ochiq darslar va boshqalar)4
6. Turli ijodiy jamoalar tajribasini o'rganish orqali nafaqat musiqa sohasidagi, balki boshqa sohalarda ham dunyoqarashini kengaytirish bo'yicha tizimli ishlarni olib borish;
7. Bola qaysi ijtimoiy muhitdan kelib chiqqan va u qanday tarbiyalanganligini tushunish;
8. O'qitishda noan'anaviy metod va usullardan foydalanish. Masalan, yosh bolalar bilan ishlashda, o'yin faoliyati uchun vaqt ajratish, musiqa asarlarining tasvirlarini ko'rsatish va taqdim etish.
Respublikamizdagi maktabdan tashqari va sinfdan tashqari musiqiy ta'lim mashg'ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish, rivojlantirish hamda to'g'ri yo'naltirish muammosi yoshlarni ma'naviy yetuk, fidoyi vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod fortepiano mutaxassisligini mukammal egallashi uchun ta'lim-tarbiya sinfdan tashqari to'garaklarda boshlang'ich sinfdan boshlab olib borilsa, pedagoglar kutgandek yetuk mutaxassis yetishib chiqqanligiga guvoh bo'lamiz.
Adabiyotlar:
1. Абдуллаев К. Ф., Умурова М. Ё. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УРОКА ПЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES. - 2023. - Т. 4. - №. 2. - С. 66-69.
2. Арзиматова Заррина Бахтияровна ФОРТЕПИАНО ТАЪЛИМИНИНГ МАЗМУНИ ВА МО^ИЯТИ // Oriental Art and Culture. 2022. №1.
3. Djalalova, N.X. FORTEPIANODA IJRO ETISH YOSHLARNI MUSIQIY TAFAKKURINI FAOLLASHTIRUVCHI OMIL SIFATIDA // ORIENSS. 2022. №10-2.
4. Karimov, A. (2023). FORTEPIANO CHOLG'U SINFIDA ISHLASHNING USLUBIY ASOSLARI. Евразийский журнал технологий и rnHoeatsrn, 1(5 Part 2), 184-187.
5. Собиров Т.Р., Зарипова Л.Р. Роль геометрических узоров в народном декоративном искусстве в Средней Азии IX-XV вв. Вестник казанского государственного университета культуры и исскусств. Научный журнал. № 4 2023. С 46-52.