Научная статья на тему 'BOLALARDA BILISH JAROYONLARINI RIVOJLANTIRISHDA OʻYINNING AHAMIYATI'

BOLALARDA BILISH JAROYONLARINI RIVOJLANTIRISHDA OʻYINNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
5030
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’yin / tarbiya / rivojlanish / bolalar / bilish jarayoni

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Mirzarahim Abdualiyevich Zokirov

O’yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo’lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan bo’lishi, ma’lum malakalar, o’quvlar va elementar tushunchalarga ega bo’lishi kerak bo’ladi. Bularga bola o’yin faoliyati orqali erishadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA BILISH JAROYONLARINI RIVOJLANTIRISHDA OʻYINNING AHAMIYATI»

BOLALARDA BILISH JAROYONLARINI RIVOJLANTIRISHDA

O'YINNING AHAMIYATI

Mirzarahim Abdualiyevich Zokirov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: O'yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo'lgan ta'lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o'zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan bo'lishi, ma'lum malakalar, o'quvlar va elementar tushunchalarga ega bo'lishi kerak bo'ladi. Bularga bola o'yin faoliyati orqali erishadi.

Kalit so'zlar: O'yin, tarbiya, rivojlanish, bolalar, bilish jarayoni.

THE IMPORTANCE OF GAME IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S

LEARNING PROCESSES

Mirzarahim Abdualiyevich Zokirov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Play activities prepare children for educational activities that are an active form of human social experience. One cannot start a social experience all at once. In order to actively master social experiences, a person must first have a sufficient command of speech, certain skills, teachings and basic concepts. This is achieved through play activities.

Keywords: Play, upbringing, development, children, learning process.

Jamiyatning ma'naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta'lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog'liqdir. Shu boisdan ham ta'limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta'lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keladi. Hozirgi yoshlarning har jihatdan mukammal barkamol, keng dunyoqarashga, ijodiy tafakkurga, intellektual salohiyatga ega bo'lgan shaxslar qilib tarbiyalashimiz zarur. Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarimizning bilimdonligi, ma'naviy kamoloti, g'oyaviy yetukligi davrimizning dolzarb vazifalaridandir.

O'zbek xalqi ta'lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo'lib, avlodlarga insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do'stlik birodarlik, mehr-oqibat kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o'yin bilan o'tadi. O'yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining

I icclT^^^^H 465 http://oac.dsmi-qf.uz/

muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo'lib hisoblanadi. O'yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub'ekti sifatida shakllana boshlaydi. O'yin o'zoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o'ziga qaratib kelgan.

O'yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasiga, maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o'rin tutadi. O'yinda yosh organizmga xos bo'lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. SHuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o'yin munosib o'rin egallaydi. O'yin ta'lim va mashg'ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog'liq bo'lib juda katta ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ijodiy o'yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurni, xayolni, diqqatni, xotirani faollashtirishni talab qiladi. Bola masalalarni mustaqil hal qilishga o'rganadi, o'ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o'ylab topadi, o'z bilimlaridan foydalanish va uni so'z bilan ifodalashni o'rganadi. O'yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish o'yg'onadi. Ko'pincha o'yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalarda kattalarning mehnatiga, ijtimoiy hayotga, kishilarning qahramonona ishlariga qiziqish sari ularda bo'lajak mutaxassislik, yaxshi ko'rgan qahramonlariga taqlid qilish kabi dastlabki orzular paydo bo'ladi.

Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro muomalasiga qiziqadi;

2) bolalar rolli o'yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo'shqin xis-tuyg'uli jihatlarini aks ettiradilar;

3) rolli o'yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;

4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakkam shaxsiy hayotida o'chmas iz qoldiradi. Maktabgacha yosh davrida o'yinning takomillashuvi. Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o'yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi.

Ma'lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda oz o'zlashtirganlar. Ular hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini yaxshi ajrata olmaydilar. SHuning uchun ularga ko'g'irchoq bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniksa, qiz bolalar o'z ko'g'irchoqlarini har xil rangli matolarga o'rab, ro'mol qilib o'ratib mashq qiladilar. O'g'il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig'adigan quticha o'yinchoklarni berish foydalidir.

I ícclT^^^^H 466 http://oac.dsmi-qf.uz/

Bola 1-yoshdan 3- yoshgacha narsalar, bilan harakatlar qilishni egallaydi o'yin bolaning harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga yordam qiladi.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning hozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go'yo bir mo'jizadek ko'rinadi. Natijada ular ham o'zlarining turli o'yinlari jarayonida o'xshatma qilib har xil hayoliy narsalarni o'ylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy narsalarni o'ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o'zlarining har turli o'yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog'da ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar. Bolalarning o'yin faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o'zgartiruvchan jarayondir. Bolalar o'yin faoliyatlarining yana bir ajoyib hususiyati shundan iboratki, o'yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko'pincha umumiylik harakteriga ega bo'ladi. Bunda bola o'zining turli-tuman o'yinlarida faqat o'ziga tanish bo'lgan yolg'iz bir shofyorning, shifokorning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba'zan kichik guruh bolalari ham) o'zlarining o'yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, onasini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O'rta, katta maktabgacha yoshidagi bolalarning o'yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo'la boshlaydi.

O'yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o'yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P.Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil etish - ularni to'g'ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o'yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o'yinda bola yashashni o'rganmaydi, balki o'z hayoti bilan yashaydi». O'yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini O'yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o'yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P.Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil etish - ularni to'g'ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o'yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o'yinda bola yashashni o'rganmaydi, balki o'z hayoti bilan yashaydi».

O'yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat-1 soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. SHu bilan birga ermak o'yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik bola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq o'yg'onib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Nishonova Z.T. «Bolalar psixologiyasi» ukuv kullanma. - T., 2006 y

2. Leventuev P., A.Askarxujaev, B.CHudnovskiy, M.Voxidov «Bolalar psixologiyasi ocherklari».

3. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

4. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

5. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

6. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

7. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

8. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

9. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

10. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ДАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

11. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

12. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

13. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

14. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

15. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.

16. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

17. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

18. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

19. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

20. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

21. Рузиева, Г., & Хабибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

22. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

23. Угли, Х. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

24. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

25. Солиева, Х. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

26. Омоновна, С. X,. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

27. Омоновна, С. X. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахдмияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

28. Омоновна, С. X. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса»... Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

29. Омоновна, X. С. (2020). ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, (V).

30. Омоновна, С. X. (2021). Глобаллашув жараёнида ахборот окдмининг ёшлар маънавиятига таъсири хусусида. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

31. Омоновна, С. X. (2021). Маданият ва маънавият масалаларида тарихий илдизлар излари. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

32. Парпиев, А. (2021). ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАXМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.