Научная статья на тему 'BOLALAR OG`ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA O'YIN VA O'YINCHOQLARNING O'RNI'

BOLALAR OG`ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA O'YIN VA O'YINCHOQLARNING O'RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
20125
977
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Tarbiyalanuvchi / o'yinchoq / qo'g'irchoq / tarbiya / ta'lim / ertak / nutq o'stirish / maktabgacha ta'lim / yozuv / milliy o'yinchoqlar / milliy qadriyatlar. / pupil / toy / doll / upbringing / education / fairy tale / speech development / preschool education / writing / national toys / national values.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. F. Qurbonova, T. N. Bekpolatova

Ushbu maqolada maktabgacha ta'limda bolalar og`zaki nutqini rivojlantirishda o'yin va o'yinchoqlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF GAMES AND TOYS IN DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEAKING

The article discusses the importance of games and toys in the development of children's oral speech in preschool education.

Текст научной работы на тему «BOLALAR OG`ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA O'YIN VA O'YINCHOQLARNING O'RNI»

BOLALAR OGZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA O'YIN VA

O'YINCHOQLARNING O'RNI

M. F. Qurbonova T. N. Bekpo'latova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq davlat

pedogogika instituti o'qituvchisi pedogogika instituti Maktabgacha talim

maftunafaxriddinovna@mail .ru yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'limda bolalar og'zaki nutqini rivojlantirishda o'yin va o'yinchoqlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiyalanuvchi, o'yinchoq, qo'g'irchoq, tarbiya, ta'lim, ertak, nutq o'stirish, maktabgacha ta'lim, yozuv, milliy o'yinchoqlar, milliy qadriyatlar.

ROLE OF GAMES AND TOYS IN DEVELOPMENT OF CHILDREN'S

SPEAKING

M. F. Kurbonova T. N. Bekpolatova

Teacher of Chirchik State Pedagogical Chirchik State Pedagogical Institute of

Institute of Tashkent region Tashkent Region, Student of Preschool maftunafaxriddinovna@mail. ru Education

Abstract: The article discusses the importance of games and toys in the development of children's oral speech in preschool education.

Keywords: pupil, toy, doll, upbringing, education, fairy tale, speech development, preschool education, writing, national toys, national values.

KIRISH

Bolaning nutqining paydo bo'lishi va rivojlanishini o'rganish nafaqat psixologiya nuqtai nazaridan dolzarb, balki shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ham ega.[1] Nutq kommunikativ faoliyat tarkibidagi tarkibiy element, bu esa o'z navbatida bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Aloqa va nutq orqali bola insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi xazinasidan ma'lumot olishni o'rganadi. Maktabgacha yoshdagi og'zaki monologik nutqni rivojlantirish maktabda muvaffaqiyatli o'qitish uchun asos yaratadi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning nutqini rivojlantirish uchun asosiy o'yin vazifalaridan biri bu bolaning so'zlarini boyitish, tushunchalarni o'zlashtirishda, ishlatilgan so'zlarning polisemiyasini va ularning semantik soyalarini tushunishda. O'yinlarda nutq faoliyati rivojlanadi, ona tiliga qiziqish va e'tibor tarbiyalanadi.

O'yin bolani har tomonlama har jihatdan to'g'ri tarbiyalashga qaratilgan faoliyatdir. O'yin insonni barkamol avlod sifatida rivojlantiradi. O'yinchoq bu narsaning o'ziga xos predmeti bo'lib, bolani maqsadini bilib oladi va shu maqsadga yo'naltirishga ko'maklashadi. Ko'pgina tadqiqodchi olimlar shuni isbotladiki, o'yinchoqlar orqali bolalar kelajakda o'zlari duch keladigan vaziyatlarga tushadi va ulardan qanday vaziyatlardan chiqishga o'rgatadi. Bola o'yinchoqlar bilan tanishish, o'ynash orqali ular atrof-olam bilan tanishadi. Bolalar o'zlari orasida bo'ladigan munosabatlari, bir-birlariga muomila madaniyatlari, o'zlari orasida xuddi kattalardek gaplashishlarini xoxlashadi. O'yinchoqlar orqali bola sizga, atrofdagilarga nima demoqchiligini tushuntira oladi. Ular o'yinchoqlar orqali borliq haqidagi bilimlarini boyitishadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

O'yin nazariyasini va o'yinchoqlarning bolaning shaxsiyatini rivojlantirishdagi o'rni haqida L.S.Vygotskiy, A.N.Leontiev, D.B.Elkoninlar samarali izlanishlar olib borgan[2].

Buyuk rus olimi A. M. Gorkiy "O'yinchoq, avvalambor bolani hayratda qoldiradi va bu tuyg'u tushunishning boshlanishidir". O'yinchoq bolani atrof-muhit bilan tanishtiradi, ularni o'rgatadi, taassurotlarini mustahkamlaydi va muloqotga bo'lgan ehtiyojni qondiradi[3].

O'yinchoq bola tug'ilganidan to 3 yoshigacha bo'lgan davrda katta ahamiyatga ega. Chunki ular o'ynash davomida o'zlarini rag'batlantiradi, o'yin tashkil etish qonun-qoidalarini o'rganadi: qo'g'irchoq bilan ular ona va qiz bo'lib o'ynashsa, raketa yoki moshina, samolyot bilan ular haydovchi rolini o'ynashga kirishib ketadi. O'yinchoqlar orqali o'yin qay tarzda ketayotganini va nima maqsad borligini tushuntira oladi. Bola ota-onaga ichidagi his tuyg'ularini o'yin orqali yetkazib beradi. Bola o'yin mazmuni o'yinchoqqa bog'liqligini bilib, uning ijodiy faoliyatini shakllantiradi. Bola o'yinchoq o'ynash orqali o'zini dunyosini shakllantirib, yangi g'oyalar bilan o'rtoqlashadi va biz shu g'oyalarni rivojlanishiga yordam berishimiz kerak. O'yinchoqlar bolalar uchun eng kuchli tarbiyaviy ta' sirga ega, chunki hamma narsalar xilma-xilligi bilan tasvirlanadi. Hayvonlar, o'simliklar, transportlar, turli xil asbob-anjomlar, har xil shakllar, hattoki, inson o'zi ham qo'g'irchoqlar sifatida o'yinchoqqa aytantirilgan. O'yinchoqlar bola hayotida ilk hayot tasavvurlarni shakllantirib, asta sekinlik bilan rivojlantiradi. Bola o'yinchoq o'ynab o'sha muhitga kirishadi. Misol qilib oladigan bo'lsak bola shifokor qo'g'irchog'ini o'ynash vaqtida o'zini shifokorday gaplarini gapirib, bemorlarga yordam berishga urinishadi.

Bola ulg'aygan sari o'yinchoqlarni saralay boshlaydi. Ular o'zlariga manfaat keltiruvchi yoki o'yin payti bola nimani xohlayotganiga qarab o'yinchoqni tanlaydi.

O'yinchoq bolani haг tomonlama, nutqini, xotirasini, hissiyotlarini, fikrlashini гivojlantiгib, shakllantiгadi. N.K.Kmpskaya "O'yinchoqlar bolalami atгofdagi haqiqiy dunyo bilan tanishtirish, ularning hissiyotlaгini rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega"deb yozgan. [4]

TADQIQOT METODOLOGIYASI

O'yinchoqlarga tuгli xil tasniflar mavjud bo'lib ulaг: Didaktik o'yinchoq, ta'limiy o'yinlar, teatг o'yini, sport o'yini va musiqiy o'yinlarga ajratiladi.

Didaktik o'yinchoqlar - o'yin jarayonida bolalaгga o'zlaгining tuгmush taгzi, tabiati, har xil hodisalaгi haqida o'rgatadi. Bolalarning bilimini chuquгlashtiгadi. Didaktik o'yinlar bolalar nutqini rivojlantirishga katta e'tibor beradi.

Ta'limiy o'yin - bolalarga o'yin orqali ta'lim-tarbiya o'rgatadi. Bunda o'yin bilan bir qatorda bilim, malaka egallanadi.

Teatr o'yini - zamonaviy teatrda ''o'yin'' atamasi aktyor tomonidan turli ifoda vositalari - nutq, mimika, imo-ishora, har xil harakatlar orqali foydalanuvchiga yetkazib berish.

Sport o'yini - bolalarni sog'lom bo'lishiga qaratilgan harakatli o'yinlar. Bolalar sport o'yinlari orqali kun bo'yi tetik, quvnoq, karfiyati a'lo bo'lib yuradi.

Musiqiy o'yin - bolalar bu o'yin orqali musiqaga qiziqishini shakllantiradi. Musiqiy qobiliyatlari rivojlantiradi. Bu o'yin bolalarga quvonchli va quvnoq daqiqalar beradi. Bolalarda o'yinlar orqali milliy urf-odatlarimiz ham shakllanadi. Bolalarga har bir o'yinni tushuntirish kerak.

TAHLIL VA NATIJALAR

O'yinchoqlar to maktabga chiqqunicha bola hayotida katta o'rin egallaydi. Bolalar yoshi kichkina paytida barcha o'yinchoqlarni o'ynashga urinadi. Keyinchalik yoshi ulg'aygan sari o'yinchoqlarni saralay boshlaydi. O'zlariga ayni vaqtda nima kerakligini yon-atrofdagilarga o'yinchoqlar orqali yetkazadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kichik guruh ( 3-4 yosh) bolalariga asosan qo'lda bemalol o'ynashga mo'ljallanga o'yinchoqlar o'ynaladi. Tig'li, uchli o'yinchoqlar bola hayoti uchun xavfli o'yinchoqlar o'ynashi mumkin emas. O'rta guruhda (4-5 yosh) bolalar kichik guruhdan farqli ravishda ozgina murakkabroqdir. Unda bolalar tarbiyachi bilan birga o'yinchoqlar orqali rollar ijro etishlari mumkin. Ijro etayotgan rollari orqali bolada nutq ham rivojlanadi. Yangi so'zlar o'rganadi. Talaffuzidagi kamchiliklar ham asta-sekin to'g'irlanib boriladi. Katta guruh (5-6 yosh) bolalar bemalol o'zlari o'yinchoq o'ynashlari mumkin bo'ladi. O'zlari orasida rollar bo'lib olinib turli o'yinlar va o'yinchoqlar orqali rollar ijro etiladi. Tayyorlov guruhi ( 6-7 yosh) bolalar endi o'yinchoqlarni bemalol tanlay oladi. Qaysi

personajga qaysi o'yinchoq mos kelishini tarbiyachisiz o'zlari mustaqil tanlab ko'rsatishi mumkin.

O'yin bilan o'yinchoqni farqi shundaki, o'yin orqali bolalar o'zlari turli muhitga turlicha moslashishni o'rganadi. O'yinda bolalar o'zlari ishtirok etadi. O'yinda bolalarni psixikasi, o'y-xayollarida nima kechayotganini bilishimiz mumkin. O'yin orqali bolalar o'rtasida nutq, muomila ma'daniyati rivojlanadi.

O'yinchoqlar rang-barangligi bilan bolalarni o'zlariga jalb qiladi. Har bir bola turli o'yinchoqlar o'ynaydi. Bola qanday o'yinchoq o'ynayotganiga qarab uni ichki dunyosini bilib olish mumkin. Oilasida bolaga bo'lgan munosabatlar ham bola o'yinchoq o'ynash orqali bildiradi. [5]

Qo'g'irchoqlar - inson qiyofasini aks ettirgan o'yinchoqdir. Qo'g'irchoqlar deyarli barcha qizlar, aksariyat, o'g'il bolalar uchun yasaladi. Qo'g'irchoq orqali bolalar turli kasblar haqida o'zlarida fikr shakllanadi va o'zlarini qiziqishlaridan kelib chiqib qo'g'irchoqlarni tanlab o'ynaydi. Kimdir onasi rolida bo'lsa, boshqasi qizi rolida, yana kim esa shifokor va hokazo. Go'daklik davrida bola qanday o'yinchoqga oshno tutinsa, undan ruhiy ta'sir oladi. Qo'g'irchoqlar bolalarda go'zallik, nafislik, qo'rqmaslik kabi xislatlarni shakllantiradi. Qo'g'irchoq birinchi bo'lib 150 yil oldin Amerika Qo'shma Shtatlaridan "Barbi" nomli qo'g'irchoq O'zbekistonga kelgan. Chet el qo'g'irchoqlari bizning milliyligimizdan ancha uzoqda bo'lganligi uchun bolalari kichikligidan xuddi kattalardek fikrlab, kattalarga taqlid qilishga urinishgan. Mustaqillikka erishganimizdan keyin, o'zimizni milliyligimizni unutmasligimiz, hamda, milliylikni kelajak avlodga ham yetkazishimiz uchun milliy qo'g'irchoq yaratishga har tomonlama tadbirkorlarimizga shart-sharoit yaratib berilmoqda. Yurtimizda milliy qo'g'irchoqlarga bo'lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Bu qo'g'irchoqlar orqali bolalar milliy ma'daniyatimiz, urf-odatlarimizni o'rganadi.

Bolaning nutqini rivojlantirish muhim va murakkab jarayondir. Nutqni rivojlantirishning asosiy davri - o'yin faoliyati davri bilan bog'liqdir. Shunga ko'ra, mashg'ulotlar o'yin shaklida olib borilsa, samaraliroq bo'ladi. Odatda o'yin shaklida faoliyat yuritishni talab qilishning hojati yo'q, chunki aslida har qanday o'yin bolalarda katta qiziqish uyg'otadi.

XULOSA

Bolaning nutqini rivojlantirishga o'yinchoqning ta'siri katta. O'yinchoqlar bilan har kuni o'tkazadigan o'yinlarida bola nafaqat o'zi foydalanadigan ob'ektlarni, balki ularning xususiyatlari, o'lchamlari, shakli, rangi va boshqalarni ham nomlashni o'rganadi. U o'yinchoqlarni o'yinga o'z g'oyalariga mos ravishda qo'shadi va ularning qolganlari bilan munosabatlarini aniqlaydi. O'yinda ishtirok etadigan narsalar va

shaxslar orqali ijtimoiylashadi. Bola o'yindagi barcha harakatlarini nutq bilan birga olib boradi.

Nutq o'stirish mashg'ulotlarida bolalarga tasvirlay olish, kuzatuvchanlik va bilish qobiliyatlarni shakllantirish maqsadida "Toping va tavsiflang" o'yinida tashkil etish mumkin. Ushbu o'yinni tashkil etish uchun turli xil o'yinchoqlar tanlanadi: ikkita qo'g'irchoq - biri kamon bilan, ikkinchisi kamonsiz; turli xil rangdagi ikkita mushuk. O'yinchoqlar birma-bir ko'rib chiqiladi va taqqoslanadi; ularning xarakterli xususiyatlari va farqlarini aytish orqali bolaning lug'at boyligi faollashtiriladi. Keyin tarbiyachi o'yinchoqlarni yashiradi (bolalar ularni tezda topishi uchun) va ularni topishni taklif qiladi: "Aziz oq mushukchani, Malika qora rangni, Nigora esa kamonli qo'g'irchoqni topadi". Bolalar o'yinchoqlarni topib olib kelishadi, o'qituvchining savollari ("Sizda qanday mushuk bor? Mushukning boshida nima bor? Va bu nima?") Bola tarbiyachi yordamida ularni nomlaydi va tavsiflaydi.

Ushbu suhbat natijasida bolalarning turlicha javoblari asosida fikrlar umumlashtirildi: «Malika qora mushukchani topdi. Uning boshida quloqlari, katta ko'zlari, mo'ylovi bor. Mushukchaning ham uzun dumi bor. "Bolalar savollarga yaxshi va to'g'ri javob berishni o'rgansalar, tarbiyachining tavsifini takrorlashlari so'raladi. Shunday qilib, bu yerda bolaga mavzuni tavsiflashda yordam berishga qaratilgan kuzatish, ko'rib chiqish, savol-javob, suhbat, analiz-sintez metodlar qo'llaniladi.

Bolaning og'zaki nutqini rivojlantirish va uning so'z boyligini boyitish vositasi sifatida o'yinchoqlardan foydalanish tez samara beradi. O'yinchoq bolada lug'atni mustahkamlash va faollashtirish imkoniyatini yaratadi, yangi so'zlarning manbai bo'lib xizmat qiladi. O'yinchoq bolada faqat ijobiy his-tuyg'ularni, gapirishga bo'lgan istakni uyg'otadi. Bolaning tasvirlash va hikoya qilishga bo'lgan qiziqishi orqali bilimlari ortib boradi.

REFERENCES

1. Гербова В . Планирование работы по развитию речи и ознакомление с художественной литератрой // Дошкольное воспитание, 1999, № 3, c19-22.

2. Shodiyeva Q. «Maktabgacha yoshdagi bolalarni to'g'ri talaffuzga o'rgatish». -Т .: «O'qituvchi», 1990

3. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. -T.: 2016 y., 29-dekabr.

4. Крупская Н.К. Дошкольное воспитание. 1899. C 165.

5. Qurbonova Maftum, Methods for improvement of training competitions for classifications leading on the organization of independent works // Экономика и социум, 2020. №6(73), с 432-437.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.