Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA SYUJETLI-ROLLI VA SAHNALASHTIRILGAN O`YINLARNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA SYUJETLI-ROLLI VA SAHNALASHTIRILGAN O`YINLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
32818
1422
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta`lim / o’yin faoliyati / tafakkur / idrok / syujеtli-rolli o`yinlar / markaz / tasavvur. / preschool education / play activities / thinking / cognition / role-playing games / center / imagination.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G. N. Aminova

Ushbu maqolada syujetli-rolli, sahnalashtirish o’yinlarining maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati keng yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlarda mavjud bo’lgan “Syujеtli rolli o`yinlar va sahnalashtirish” markazining vazifazi hamda ushbu markazni jihozlash bo’yicha metodik tavsiyalar berilgan. Fikrlar maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o’quv dasturiga asoslangan holda xulosalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF STORY-ROLLING AND STAGED GAMES IN THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN

This article discusses the role and importance of storytelling and role-playing games in the development of preschool children. The purpose of the Center for "Role-playing and staging", which is available in groups of preschool organizations, as well as methodological recommendations for equipping the center. The opinions are based on the State Curriculum of the Preschool Education Organization.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA SYUJETLI-ROLLI VA SAHNALASHTIRILGAN O`YINLARNING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA SYUJETLI-ROLLI VA SAHNALASHTIRILGAN OYINLARNING AHAMIYATI

G. N. Aminova

Kogon pedagogika kolleji maxsus fan o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada syujetli-rolli, sahnalashtirish o'yinlarining maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishidagi o'rni va ahamiyati keng yoritilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi guruhlarda mavjud bo'lgan "Syujetli - rolli o'yinlar va sahnalashtirish" markazining vazifazi hamda ushbu markazni jihozlash bo'yicha metodik tavsiyalar berilgan. Fikrlar maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturiga asoslangan holda xulosalangan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, o'yin faoliyati, tafakkur, idrok, syujetli-rolli oyinlar, markaz, tasavvur.

THE IMPORTANCE OF STORY-ROLLING AND STAGED GAMES IN THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN

G. N. Aminova

Teacher of special subjects at Kogan Pedagogical College

ABSTRACT

This article discusses the role and importance of storytelling and role-playing games in the development of preschool children. The purpose of the Center for "Role-playing and staging", which is available in groups of preschool organizations, as well as methodological recommendations for equipping the center. The opinions are based on the State Curriculum of the Preschool Education Organization.

Keywords: preschool education, play activities, thinking, cognition, role-playing games, center, imagination.

KIRISH

Bolaning o'sishi va har tomonlama rivojlanib borishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashy ova buyumlar orqali anglab, undan ozicha mano topishiga intilishi, qiziqishi va hissiyotlarining rivojlanishini ular o'ynayotgan o'yinlari orqali kuzatish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bu - hissiy boyitilgan va idrok etilgan tarzda o'rganish uchun ideal sahnadir. Sahna o'yini bolani har jihatdan rivojlantiradi. Zero,

maktabgacha talim yoshidagi bolalar hayotda ko'rgan voqea-hodisalarni kishilarga taqlid qilib oynaydilar.Bolalar kishilarga taqlid qilish orqali real hayotiy muammolarni hal etishga o'rinadilar. O z kechinmalarini takrorlaydilar, qayta o ynaydilar va jonlantiradilar.Shu tariqa, sahna o'yini bolaning boshqalar bilan o'zaro hamkorlik qilishga qobil bo'lgan shaxs darajasiga o'sib rivojlanishiga komak beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sahnalashtirilgan o'yinlarning ahamiyatli tomonlaridan biri shundaki, ular orqali bola badiiy obrazni idrok qila bilishni o'rganadi, personajlar hatti-harakatini kuzatish qobiliyatini rivojlanib boradi. Musiqiy, so'z, ko'rish obrazlaridan foydalangan holda zarur bolgan ruhiy sifatlarini (idrok qilish, tassavur qilish, diqqat, tafakkur), ijrochilik konikmalarini (rolga kirish, tasavvurdagi muhitda harakatlanish ko'nikmasi) va sezgilari (mushak va hissiy) rivojlanish iuchun sahna mashqlari otkaziladi. Badiiy asarlar bo'yicha oddiy parchalarni sahnalashtirishda bola obrazni aks ettirish uchun unga malum ifoda vositalari (ohang,yuz-harakati,imo-ishora)o'rgatiladi. Har bir bola rol o'ynayotganda avvalo asar qahramoning his tuyg'u holatini sezishi va tushunishi, boshqa personajlar bilan rolni munosabatga kirishishida o'zini tutishi qobiliyatilari shakllantirishi lozim. Teatrlashtirilgan o'yinlarda obrazli o'yinchoqlardan, loydan, pape-mashe, plastilindan mustaqil yasalgan o'yinchoqlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sahnalashtirilgan har qanday o'yin asosida bolaning bilish jarayonida irodaviy - hissiy xususiyati badiiy asardagi go'zallikni his qilishi ko'nikmasini to'g'ri shakllantirib borishga alohida e'tabor qaratish kerak. Masalan,tarbiyachi bolalarga o'qib ertak kitobcha syujetinini oz so'zlarini bilan hikoya qilgan holda,sahna ssenariysini tuzadilar,unga mos qo'g'irchoqlarni tanlab,ishtirokchilar o'rtasida muhokama qilib,rollarni bolib olishadi. Syujetni rollarga kirib,ravon va ifodali qilib aytishi kerak. Syujetdagi qo'g'irchoqlar hatti-harakatini o'zlashtirishi- har bir imo-ishora va mimikasini ko'rsata bilishi kerak.

Rollarni ketma-ketlikda bajarish; qo'irchoqlarning birin-ketin chiqishini namoyish etish. Sahna o'yini jarayonida bola bir xodisa bilan boshqasini bog'lashi,

g'oyalarni sinab ko'rishi, xatolarini tuzatishi, rejalar tuzishi, uni amalga oshirish ularning aqliy rivojlanishiga olib keladi.

MUHOKAMA

Syujetli - rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazi uchun ko'rgazmalar tayyorlash.

Guruhlarda xonalarni syujetli rolli o'yinlar va sahnalashtirish markaziga mos holda jihozlash yo'riqnomasi:

1. Shirma

2. Marionetka-qo'g'irchoqlar (ipda o'ynatadigan)

3. Qo'lqopli, barmoqli, tayoqchali, soya teatr ertak kaxramonlari

4. Ertak qaxramonlari liboslari

5. Niqoblari

6. Uycha maketi

7. Mazmunli o'yinchoqlar

8. Rejissyorlik o'yinlari uchun qaxramonlar (odamchalar, askarlar, multfilm personajlari)

9. Sahna uchun jixozlar (turli daraxtlar, tandir maketi va xokazo)

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazlari bolalar iqtidorini namoyon bo'lishi, o'z mahoratini ko'rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni - bolaning "Men"ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo'lib, o'yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o'rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ladi. O'yinda oila a'zolarining o'zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o'rganish) imkoni yaratiladi. Syujetli-rolli o'yinlar mazmunining o'ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan xisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va boshqalarning fikricha, syujetli-rolli o'yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi rang-barang xatti-harakatlari, ko'rinishlari - bolalar o'yinlarining asosiy mazmuni bo'lib xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir.

NATIJA

Syujetli-rolli o'yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi.

1 - bosqich. Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi syujetli o'yinlar rivojlanishi darajasini o'rganishning asosiy vositasi quyidagilar:

- bolalar o'yinlarini kuzatish,

- o'yin rivojining asosiy yo'nalishlari, o'yin mavzusi, o'yin mazmuni, bola o'yin faoliyatining rivoji, o'yinda o'zaro munosabatlarning rivojlanishi bo'yicha tavsifnoma tuzish;

- o'yinga rahbarlik maqsadini aniqlash.

2 - bosqich. Kattalarning o'yin mavzui va mazmuniga ta'sir etishi:

- o'yin mavzui bo'yicha sayohat va maqsadli sayrlar;

- suhbatlar;

- badiiy asarlar va hikoyalar o'qib berish;

- illyusrativ rasmlar ko'rsatish;

- mavzu bo'yicha turli mashg'ulotlar;

- tasviriy faoliyat mashg'ulotlari

3 - bosqich. o'yinga tayyorgarlik (o'yin o'ynash uchun maxsus joy, o'yinchoqlar va o'yin materiallari):

- tayyor o'yinchoqlarni tanlash;

- qo'lda yasalgan o'yinchoqlar.

Bunda bolalarning mustaqil shug'ullanishlari uchun o'yin zonasini tashkil etish.

4 - bosqich. Bolalarni o'ynashga o'rgatish (o'yin jarayoni va boshqa narsalarni o'yinda aks ettirish):

- o'yinchoq va uning o'rnini bosuvchi buyumlar ta'sirini o'rganish;

- o'yinda xayoliy tasavvurlarni aks ettirishga o'rgatish;

- o'yinda so'zlardan foydalanishga o'rgatish;

- o'yinda harakatlarni hisobga olish malakalarini shakllantirish;

- so'z va harakat;

- harakat va o'yin materiali,

- so'z, harakat va o'yin materiali o'yinning tili xisoblanadi.

5 - bosqich. o'yinda ahloqiy munosabatlarga ta'sir etish, bolalar jamoasi, xulq-atvor, madaniyat, o'yin faoliyatida o'yin madaniyatini shakllantirish:

- ma'lum o'yin mavzuiga nisbatan bolalarning his-tuyg'ularini uyg'otish;

- bolalarga o'yinni avvaldan rejalashtirish elementlarini o'rgatish;

- o'yinda rol va o'yinchoqlarni oqilona tag'simlashga o'rgatish;

- tengdoshlari bilan ahil o'ynay olish madaniyatini tarbiyalash;

- ahil jamoani shakllantirish: mustaqil o'ynash va o'yinni oxiriga yetkazish, o'yin jarayonidagi kelishmovchilik, bahslarni oqilona hal eta olish malakalarini tarbiyalash;

- kattalarning o'yinga ta'sir etishi - maslahat berishi, tushunchalarini to'ldirish, o'yinga to'lag'onli yordam berish;

- bolalarning o'yin faoliyatlarini, ahloqiy munosabatlarni baholash.

XULOSA

Syujet - o'yin faoliyatida asosiy komponent bo'lib, u personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini o'z ichiga oladi. Syujetli-rolli o'yinlar o'z mazmun va mohiyatiga ko'ra jamoa o'yini bo'lib hisoblansada, yakka holda o'ynalmaydi, degan fikrni keltirib chig'armasligi kerak. Syujetli-rolli o'yinlar bolaning aqliy, ahloqiy, jismoniy rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi.

REFERENCES

1. I.V. Grosheva, L.G.Evstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi, Toshkent-2018.

2. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, Toshkent-2018.

3. Maktabgacha ta'lim metodikasi va nazariyasi jurnali.

4. Ruziyev, D. Y. (2021). BO'LAJAK O'QITUVCHIDA MUSIQIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH. Scientific progress, 7(5).

5. Ruziev, D. Y. (2021). DESIGNING THE LEARNING PROCESS FOR MUSICAL WORKS. International Engineering Journal For Research & Development, ¿(ICDSIIL), 6-6.

6. Ruziev, D. Y. (2021). THE ROLE OF THE CONDUCTOR IN ORCHESTRAL PERFORMANCE. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 66-71.

7. Рузиев, Д. Ю. (2020). ОРКЕСТР КАК СРЕДСТВО МУЗЫКАЛЬНО-ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ. Academy, (11 (62)).

8. Ruziev, D. Y. (2021). Ways Of Working On Musical Compositions. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 436-440.

9. Рузиев, Д. Ю. (2020). Некоторые психологические особенности развития навыков игры на инструменте и подпевания. Academy, (3 (54)).

10. Жураев, Б. Т. (2016). Некоторые вопросы наставничества в педагогическом наследии Хусаина Воиза Кошифи. In Социально-культурная деятельность: векторы исследовательских и практических перспектив (pp. 103-105).

11. Жураев, Б. Т. (2019). Сомонийлар даврида педагогик фикрлар тараккиёти. Pedagogik mahorat (Ilmiy-nazariy va metodik jurnal), 67-70.

12. Ходжаев, Б. К., & Жураев, Б. Т. (2020). ШКОЛЬНЫЙ МУЗЕЙ КАК СРЕДСТВО НРАВСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ШКОЛЬНИКОВ. Вестник науки и образования, (10-4 (88)).

13. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО И КУЛЬТУРНОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ (НА ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА АЛ-БУХАРИ И АЛ-ФАРАБИ). In Современное общество: актуальные проблемы и перспективы развития в социокультурном пространстве (pp. 66-71).

14. Жураев, Б. Т. (2019). Социально-духовное развитие студентов. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 22-23).

15. Жураев, Б. Т. (2017). Развитие науки и литературы в государстве Саманидов. Вестник Чувашского государственного института культуры и искусств, (12), 4.

16. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ. Наука, техника и образование, (3 (67)).

17. Raximov, A. R. O. G. L. (2021). O'ZBEK MUSIQA FOLKLORI NAMUNALARINI TO'PLASH VA YOZIB OLISH TARIXIDAN. Scientific progress, 1(5).

18. Yoshiyena, U. M. (2020). THE IMPORTANCE OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN SPECIAL EDUCATIONAL SCHOOLS. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

19. Umurova, M. Y., & Nurullaeva, N. K. (2020). ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ (ПО ОБЛАСТЯМ И УРОВНЯМ ОБРАЗОВАНИЯ). Проблемы педагогики, 40.

20. Yoshiyevna, U. M. R., & O'G'Li, R. A. R. (2021). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI. Scientific progress, 1(3).

21. Yorievna, U. M. R., & Karimovna, N. N. (2020). Innovative approach to the development of musical abilities in children with disabilities health opportunities. Проблемы педагогики, (2 (47)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.