Научная статья на тему 'TA’LIMDA REFLEKSIYANING NAMOYON BO‘LISH SHARTLARI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI'

TA’LIMDA REFLEKSIYANING NAMOYON BO‘LISH SHARTLARI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1830
245
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
refleksiv ta’lim / refleksiv ta’lim shart-sharoitlari / refleksiv mahorat / refleksiv mahoratni shakllantirish / modellar / refleksiv metodikalar / innovatsion metod / refleksiv yondashuv / refleksiv ta’limni loyihalashtirish / рефлексивное обучение / условия рефлексивного обучения / рефлексивное умение / формирование рефлексивного умения / модели / рефлексивные методы / инновационный метод / рефлексивный подход / проектирование рефлексивного обучения.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shaxnoza Donayeva, Sh.Nurillayeva

Ta’lim jarayoni ishtirokchilarida refleksiv qobiliyatning namoyon bo‘lish usullari, shart-sharoitlari, refleksivlikni rag‘batlantiradigan ta’limiy muhit yaratishning ahamiyati kabi muammolarni qamrab olgan ilmiy adabiyotlarni tahlil etib, xulosalarni umumlashtirdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Мы проанализировали научную литературу, освещающую такие вопросы, как способы и условия проявления рефлексивной способности у участников образовательного процесса, важность создания образовательной среды, стимулирующей рефлексивность, и подвели итоги.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA REFLEKSIYANING NAMOYON BO‘LISH SHARTLARI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI»

TA'LIMDA REFLEKSIYANING NAMOYON BO'LISH SHARTLARI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Shaxnoza Donayeva

Termiz davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

Sh.Nurillayeva

QarDu pedagogika fanlari doktori,prof

ANNOTASIYA

Та'Нт jarayoni ishtirokchilarida refleksiv qobiliyatning патоуоп bo'lish usullari, shart-sharoitlari, refleksivlikni rag'batlantiradigan ta'limiy muhit yaratishning ahamiyati kabi muammolami qamrab olgan ilmiy adabiyotlarni tahlil etib, xulosalarni umumlashtirdik.

КаШ so'zlar: refleksiv ta'lim, refleksiv ta'lim shart-sharoitlari, refleksiv mahorat, refleksiv mahoratni shakllantirish, modellar, refleksiv metodikalar, innovatsion metod, refleksiv yondashuv, refleksiv ta'limni loyihalashtirish.

АННОТАЦИЯ

Мы проанализировали научную литературу, освещающую такие вопросы, как способы и условия проявления рефлексивной способности у участников образовательного процесса, важность создания образовательной среды, стимулирующей рефлексивность, и подвели итоги.

Ключевые слова: рефлексивное обучение, условия рефлексивного обучения, рефлексивное умение, формирование рефлексивного умения, модели, рефлексивные методы, инновационный метод, рефлексивный подход, проектирование рефлексивного обучения.

ABSTRACT

We have analyzed the scientific literature covering issues such as the methods and conditions for the manifestation of reflexive ability in the participants of the educational process, the importance of creating an educational environment that encourages reflexivity, and summarized the conclusions.

Keywords: reflexive education, conditions of reflexive education, reflexive skill, formation of reflexive skill, models,

May 6, 2023

97

reflexive methods, innovative method, reflexive approach, design of reflexive education.

Yuqorida biz aks ettirishning pedagogik va psixologik ahamiyati haqida gapirdik, bunda o'qituvchi ta'lim oluvchilarda shaxs shakllanishi uchun o'zida zamonaviy ta'lim tizimi hamda DTS talablariga muvofiq shaxs va mutaxassis fazilatlarini mujassaslashtirishdagi muhim o'rni haqida mulohaza yuritib, biz ushbu sifatdagi ta'lim fanlarida o'zaro va individual aks ettirishning paydo bo'lishi shartlariga to'xtaldik. Tadqiqotlarimiz davomida refleksiyaning shakllanishi va ta'lim tizimi talablariga javob beradigan darajada namoyon bo'lish shart-sharoitlarini mufassal bayon qilishdan oldin, bu pedagogik fazilatning asosiy funksiyalariga to'xtalib o'tmoqchimiz.

Ta'lim jarayonida refleksiya quyidagi funksiyalarni bajarish uchun zarur bo'ladi [7. 85-b]:

- diagnostik - o'quv jarayoni ishtirokchilari o'rtasida o'zaro bog'liqlik darajasini ko'rsatib berish va bu bog'liqlikning samarasi haqida aniq ma'lumot olish;

-loyihalashtirish - ko'zda tutilgan o'quv jarayonini loyihalashtirish, modellashtirish, o'quv jarayoni ishtirokchilarining barcha io'shtirokchilari uchun maqbul keladigan dars turi, shakli, ulubi va usulini ishlab chiqish [9. 370-b];

- konstruktiv va samarali o'quv jarayonini va o'quv jarayoni ishtirokchilarining munosabatlarini samarali tashkil etish uchun shart-sharoitlarni yaratish;

- kommunikativ - o'qituvchi va talabalar o'rtasida xolis va shaffof muhit yaratish;

- munosabatlarning mazmunini taqdim etish;

- o'quv jarayoni ishtirokchilari ongida o'zaro munosabatlarning yetarlicha ta'lim olish uchun juda zarurligini his qilish, o'zaro tahlillarning samaradorligiga ongli ravishda ishonish [10. 97-b];

-qiziqtiruvchilik vazifasi - dars jarayonining maqsadli aniq yo'nalishga qaratilganligini ta'minlash;

-korreksion - o'quv jarayoni ishtirokchilarida o'z xatti-harakatlarini, his-tuyg'ularini, ta'lim olishdagi faolliklarini umumiy muhit talablari asosida qayta ko'rib chiqishga zamin yaratadi [4. str 282];

Refleksiyaning zarur darajada tadbiq etilishi natijasida o'quvchilarda quyidagi ko'nikma va o'quv mahorati shakllanadi:

-bilgan va bilmagan mavzularini aniqlashtirib olish;

May 6, 2023

- muayyan ta'lim vazifasini belgilash va uni amalga oshirishning qisqa muddatli dasturini yaratish;

- qabul qilingan qarorlar va ishlab chiqilgan rejalarni o'quv jarayoniga tadbiq eta olish (masalan, o'qituvchi tavsiyasidan tashqari kerakli adabiyotlarni izlash);

-o'zining o'zlashtirish faolligini tengdoshlari bilan taqqoslash va sodir etayotgan harakatlarining samaradorlik darajasini belgilab borish;

-erishgan yutuqlarini o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bilan taqqoslash;

-o'z ustida ishlashning keyingi yo'nalishlarini aniqlab olish va o'zi uchun uzoq muddatli strategiya belgilash [5. str 550 ];

O'quv jarayonida refleksiv darsni tashkil qilishning oddiy ko'rinishi "o'tgan darsda nima o'rganilgani"ni so'rashdan iboratdir. Mazkur refleksiv so'roqning an'anaviy savollardan farqli jihati shundaki, o'qituvchi "o'tgan mavzuni o'zlashtirish natijasida nimani o'rganish lozim edi, haqiqatda nima o'rganildi va yana nimalar o'rganilmay qoldi" mazmunidagi qiyosiy savollar ustida mulohaza yuritishga o'rgatadi. Mavzuda tushunarsiz so'zlar, notanish tushunchalar, ta'riflarni o'rganish davomida duch kelgan qiyinchiliklar har bir o'quvchi uchun alohidalik tamoyili bo'yicha tahlil etiladi [6. 228-b]. Refleksiv muhitda o'tgan dars talabada tugallanmay qolgan qiziqarli film, o'qilmasdan qolgan kitob kabi o'ziga tortuvchi bo'lishi va undagi keyingi mavzuda o'rganiladigan tushunchalar talabalarda qiziqish uyg'otishi ta'minlanishi lozim [10. 98-b]. Refleksiv dars mashg'ulotlari to'rt xil tartibda o'tkazish tavsiya qilinadi:

1. Muayyan mavzuning yakuniga bag'ishlangan refleksiv dars.

2. O'quv dasturida ko'zda tutilgan muayyan bob yakuniga bag'ishlangan dars.

3. O'quv yili choragi yakuniga bag'ishlangan dars.

4. O'quv yili yakuniga bag'ishlangan dars [9. 369-b].

Yuqorida qayd etilganidek, refleksivlik qobiliyat sanaladi. Modomiki, u qobiliyat, o'qituvchi-pedagogning fazilati sanalar ekan, uni rivojlantirib borish maqsadga muvofiqdir. Refleksiyani shakllantirishdan oldin refleksivlikka o'rganish tavsiya etiladi. A.Karpov refleksiyaga o'rganishni to'rtta bosqichni o'z ichiga olgan reja bo'yicha tashkil etishni tavsiya qiladi [3.200-b].

1-bosqich. O'z kayfiyatini tahlil qilish va muayyan rejaviy muddat (misol uchun bir hafta) davomida erishgan yutuqlarni sarhisob qilish. Yana nimalarga erishish mumkin ekanligini mulohaza qilish.

2-bosqich. Har kunlik o'z-o'zini tahlil (bu maxsus kundalik yuritish orqali amalga oshirilishi mumkin. Muhimi, kundalik

yuritishda izchillik, davomiylik, shaxsning o'z-o'ziga nisabatan

May 6, 2023

p

xolisligi va talabchanligi namoyon bo'lishi maqsadga muvofiqdir).

3-bosqich. Hamkasblar (kursdoshlar, sinfdoshlar) erishgan yutuqlarni, yo'l qo'ygan kamchiliklarni tahlil etib borish.

4-bosqich. Mehnat jamoasi (sinf yoki guruh)dagi o'rtacha natijani qayd etib borish va o'z natijasini unga nisbatan qiyosiy tahlil etib borish [28. 51-b]. Refleksiyani ta'min etuvchi muhit yaratish uchun o'quv jarayonlarida har ikki tomonlama ochiqlik, mulohazalarda erkinlik talab etiladi. Shuningdek, agar talabalar (bizning tadqiqotimizda - talabalar) darsni tashkil etishda va mavzularni o'rganishda ma'lum qiyinchiliklarga duch kelmasalar yoki o'qituvchining bolalar bilan muloqot qilishda muammosi bo'lmasa, unda mulohaza yuritishning hojati yo'qligi qayd etilgan. [2. 300-b]. Demak, aytish mumkinki, dars jarayonida refleksiv muhit hosil qilish uchun birinchi galda o'quv mashg'uloti ishtirokchilari faoliyatida qiyinchiliklar paydo bo'lishi lozim. YA'ni "o'quv jarayoni ishtirokchilarining faoliyatida muayyan muammolarning paydo bo'lishi refleksiyaning muhim va birinchi shartidir" [9. 367368- b].

Paydo bo'lgan qiyinchilik yoki muammoni hal qilish davomida o'quv jarayoni ishtirokchilari o'z-o'zini tahlil etish, sodir etgan xatti-harakatlaridan xatolar, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni izlashga kirishadilar. Mazkur qiyinchiliklar va muammolarni, asosan, ikki guruhga bo'lish mumkin: Birinchi guruh: tabiiy hosil bo'lgan qiyinchiliklar va muammolar. Ikkinchisi: o'qituvchi dars mashg'ulotlarida mulohazakorlik muhitini yaratish uchun atay keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlar [8. 235-b]. Tabiiy tarzda hosil bo'ladigan muammo va qiyinchiliklar sirasiga o'qituvchi-pedagog tashkil etayotgan dars jarayoniga ta'lim oluvchilarning tayyor emasligi, o'qituvchi-pedagog dars jarayonini tashkil etish uchun joriy etgan usul, uslub va shaklning nisbatan yangiligi, binobarin, zaruriy manbalar bilan ta'min etilmaganligi, ta'lim jarayoni ishtirokchilari orasida o'zaro muomalalarning shaffof va erkin emasligi kabi omillarni kiritish mumkin [35.15-b]. Mazkur muammolar va qiyinchiliklarni bartaraf etish aynan refleksiv muhit yordamida amalga oshiriladi [10. str 98];

O'qituvchi-pedagog dars mashg'ulotlarida bahs-munozarali muhitni yaratish uchun o'rganilayotgan mavzu yuzasidan muammoli masalalarni o'rtaga tashlaydi va shu yo'l bilan o'quv jarayonida refleksiv muhitni shakllantira boradi. Dars jarayonini bunday shakl va usulda tashkil etish uchun o'qituvchi--pedagogdan kompetentlilik talab etiladi. Demak, aytish mumkinki, refleksiyaning shakllanishi uchun zarur bo'lgan ikkinchi shart o'qituvchining

kompetentligidir [1. 382-b]. Kompetentlilik faqatgina

May 6, 2023

p

o'qituvchining o'z fanini yetarlicha bilishinigina anglatmaydi. "Kompetentlilik -mutaxassisning o'z bilimlarini tartibga solish va ulardan o'rinli foydalanishni tashkil etishning shunday shakliki, qaysiki, o'qituvchi-pedagog dars jarayonida eng kerakli qarorlarni chiqarish uchun minimum qisqa vaqt sarflaydi va ta'lim oluvchilarning e'tiborini eng muhim mulohazalarga qaratadi" [9. 367-bet] Tadqiqotchilarning fikricha, o'qituvchi-pedagogning kompetentligini ko'rsatuvchi ma'lum bir komponentlar mavjud. Ular quyidagilardir:

-erkin qiziqtiruvchi komponent: o'rganilayotgan mavzuning hayotiy ahamiyati, talaba uchun muhim bo'lgan jihatlarni aniqlashga qaratilgan, shuningdek, o'quv jarayoni ishtirokchilarida ijodiy faollikni shakllantirish uchun zamin yaratadi. [8. 240-b];

- mas'uliyat komponenti: bu komponent pedagogik loyihani ishlab chiqish va uni amaliyotda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan pedagogik faoliyatning turi va shakli sifatida namoyon bo'ladi;

- kommunikativ komponent: o'quvchilar bilan o'zaro munosabatda namoyon bo'ladi va o'qituvchi-o'qituvchidan o'z fikrini ravon bayon eta olish, o'quvchilar e'tiborini muhim masalalarga qarata olish, o'z fikrini tasdiqlovchi dalillar topa bilish, bahslasha olish, mavzularni taklif qila bilishni talab qiladi. muhokama uchun.

Muhim ma'lumotlar bo'yicha qizg'in muhokamalarni tashkil etish maqsadida muhokama qilish darsda (bizning o'qishimizda - guruhda) izlanuvchanlik muhitini yaratish va dars davomida yangiliklarni joriy etish kabi fazilatlarni o'z ichiga oladi;

- refleksivlik komponenti: o'qituvchi kompetensiyasining ushbu komponenti pedagogdan o'z faoliyatining muayyan mavzu oxiridagi qisqa muddatli qismini ongli ravishda nazorat qilish, tahlil etib borish, shaxsiy fazilatlarini takomillashtirish, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlash, muammoli vaziyatni keltirib chiqargan sabablarni izlab topish va bartaraf etish uchun chora-tadbirlar qabul qilishdan iborat bo'ladi;

- ortib boruvchi komponentlar: bu komponent aks ettiruvchi komponentdan kelib chiqadi va o'qituvchi-o'qituvchi o'z faoliyatining muayyan ta'lim jarayonini o'z ichiga olgan, ammo etishmayotgan qismida yaxlit ta'lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo'lgan sifatli va kasbiy fazilatlarga ega bo'ladi. [10. 95-bet]. Yuqoridagi komponentlarni umumlashtirib, xulosa qilish mumkinki, o'z dars jarayonlarida refleksiv muhitni yaratishga kirishgan o'qituvchi-pedagog o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lish bilan bir qatorda yetarli

darajada notiq, mulohazakor, tashabbuskorlik, o'quvchilarning

intilish va qiziqishlari yo'nalishini tushuna olish, ularning barcha

May 6, 2023

psixologik xulq-atvorini o'zaro hamkorlikka va nihoyat, mustaqil ishlashga yo'naltira olish, tahlil qilishni doimiy odatga aylantirishi kerak [6. 200-b]. Shuningdek, kompetentlilikning asosiy komponentlarini bir yoqlamalik xususiyatiga ega bo'lishi ularning ahamiyatini yo'qqa chiqaradi. Qolaversa, o'qituvchi-pedagogda uning faoliyati davomida shakllanib boradigan xususiyatlar, fazilatlar yaxlit holda o'zaro munosabatlarning hosilasi deb qaralmog'i kerak [5.550-b]. O'qituvchi-pedagog o'zida kompetentlilikni shakllantirishi va rivojlantirib borishi uchun kommunikativlik eng katta ahamiyatga ega bo'lgan komponentlardan biri hisoblanadi. Ko'rinib turibdiki, pedagogik va pedagogik kompetensiyaning alohida tarkibiy qismlari bir-birini to'ldiradi va ta'lim jarayonlarida aks ettiruvchi muhit yaratish uchun asosiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi [6. 228 -b]. O'qituvchi-o'qituvchining psixologik-pedagogik ma'noda o'z-o'zini anglashi, ijtimoiy hayot va ta'lim jarayonlarida, jamoada va ta'lim jarayoni ishtirokchilari bilan kommunikativ munosabatlarda aks ettirishning ahamiyati beqiyosdir. Yuqorida ta'lim jarayonid a aks ettirishning shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni aytib o'tdik.

Qatoriga o'qituvchi-pedagogning kompetentliligini alohida ta'kidlab o'tdik [4. 280-b]. Shuni alohida ta'kidlash muhimki, kompetentlik faqat refleksiv muhitda namoyon bo'lsagina, u kasbiy takomillashuvni ta'min etishi mumkin. Sodda qilib aytganda, kompetentlilik va refleksiv muhit bir-biridan alohida holda kutilgan natijani bermaydi. Aytish mumkinki, kompetentlik refleksiv muhitda tahlil etilib, rivojlantirib borilsagina, aniq natijaga erishish mumkin. A.Karpov fikriga ko'ra, "kasbiy takomillashuvning formulasi oddiy: "tajriba" + "refleksiya" = "kasbiy rivojlanish" [10.95-bet]. O'z kasbiy faoliyatida refleksiyani rivojlantirib borgan o'qituvchi-pedagogda pedagogik va psixologik xususiyatlardan tashqari oddiy shaxs his-tuyg'ulari ko'rinishida namoyon bo'ladigan fazilatlar ham shakllanib, rivojlanib boradi [9. 362-370-b].

Birinchidan, o'qituvchi-pedagogning pedagogik voqelikka nisbatan ta'sirchanligi ortadi va buning natijasida o'zi tomonidan yo'l qo'yilgan har qanday kamchilik, dars jarayonida sodir etilgan xatolarini tez ilg'aydi va ularni bartaraf etish chorasini ko'rish ko'nikmasi shakllanib boradi. Ikkinchidan, o'z faoliyatiga baho berishda xolisligi ortadi. Fikrlash natijasida o'qituvchi-o'qituvchining o'z faoliyatiga ta'lim jarayoni ishtirokchilari va hamkasblari nigohi bilan qarashi natijasida baholash mezonlari soni va dolzarbligi ortib boradi. Ya'ni o'qituvchining shaxs sifatidagi faoliyati haqidagi tasavvuri boyib boradi.

Uchinchidan, kamchiliklarga murosasizlik fazilati shakllanadi. O'qituvchi-pedagog refleksiv muhit sharoitida o'z

May 6, 2023

102

p

faoliyatini tashkil qilganda o'zining mutaxassis sifatidagi shaxsini hosil qilgan professional va shaxsiy fazilatlardan har birining ahamiyatini tushunib yetadi. Mavjud fazilatlarini shakllantirish, nuqsonlarini o'z vaqtida bartaraf qilish evaziga dars jarayonlarini tashkil qilish eng yuksak samara berishiga ishonch hosil qiladi.

To'rtinchidan, refleksiv muhit vositasida o'qituvchi-pedagog pedagogik madaniyatga ham erisha boradi. Pedagogik mukammallik aks ettiruvchi muhitda shakllangan pedagogik tajriba, shaxsiy fazilatlar va kasbiy mahoratning aksi sifatida qaraladi.

Yuksak darajada rivojlangan refleksiya natijasida hosil bo'lgan pedagogik madaniyatga ega bo'lgan o'qituvchi-pedagog norasmiy tarzda "donishmand-pedagog" maqomiga ega bo'ladi. Mutaxassislarning (P.Y.Galperin, V.L.Danilov, B.D.Elkonin va boshqalar) qayd etishlaricha, "donishmand-pedagog" norasmiy maqomiga ega bo'lish uchun refleksiv muhitda o'z tajribasini oshirib borgan o'qituvchi-pedagog kuzata bilish va o'z vaqtida anglab olish, narsalarning mohiyatini tezda idrok etish va tegishli qarorlar qabul qilish, har qanday ma'lumot va ma'lumotlarni tezda qabul qilish va tahlil qilish, ma'lumot o'rniga har qanday nuqtai nazar yoki gipotezani qabul qila olish; xizmat o'rnida sarishtali va xushmuomalada namunali bo'lish va shu kabi shaxsiy hamda professional fazilatlar egasi bo'lishi kerak.

"Donishmandlikning asosiy alomatlaridan biri savol-javob ko'rinishidagi suhbatlarni tashkil qilish va tashabbuskorona olib borishda namoyon bo'ladiki, bunday suhbatlarda muloqotda qatnashayotgan shaxslarning savol va javoblarida o'zaro shubha hissi yetarlicha bo'ladi (ya'ni har qanday savol o'rinli yoki har qanday javob to'g'ri deb qaralmasligi lozim - Sh.D. ta'kidi). Modomiki, o'zaro savol-javobga kirishgan shaxslar bir-biriga mutlaqo shubha bildirmas ekan, u yerda refleksiya bo'lmaydi" [9. str 95].

Sharq falsafiy maktablarida murabbiy (ya'ni ustoz - Sh.D. ta'kidi) va donishmand o'zaro ma'nodosh so'zlar sifatida talqin etiladi. O'qituvchiga pedagoglikdan donishmandlik maqomiga erishish uchun zarur bo'ladigan fazilarlar qatoriga birinchi galda refleksiv mahoratni kiritish to'g'ri bo'lgan bo'lur edi. Mazkur fikrning amaliy professional isboti shundan iboratki, har bir o'qituvchi o'z oldiga mukammallikka (ya'ni tom ma'nodagi donishmandlikka - Sh.D. ta'kidi) erishish shaklidagi maqsad qo'yadi. Bu maqsadga erishishning eng oson yo'li o'zida professional va shaxsiy fazilatlarni shakllantirib borgani holda o'z faoliyatini shartli ravishda muayyan qismlarga taqsimlagan holda

muntazam va izchil ravishda tanqidiy tahlil etib borish, o'z

May 6, 2023

shaxsiga boshqalar nigohi bilan qarash xususiyatiga ega bo'lishi talab etiladi.

O'qituvchi-pedagoglik kasbi boshqa sohalarga nisbatan yetarlicha ko'proq vaqt kesimini o'z ichiga oladigan izchil va davomli faoliyat turi hisoblanadi. Tom ma'nodagi o'qituvchi uchun asosiy faoliyat pedagogik yo'nalishdagi OTM auditoriyasidan boshlanadi. Shuning uchun refleksiv qobiliyat bo'lajak o'qituvchi-pedagogda pedagogik faoliyatning turli bosqichlarida turlicha shakl va ko'rinishlarda namoyon bo'ladi, deb aytishga asoslar yetarli.

Har bir bo'lajak o'qituvchi o'z faoliyatini rejalashtirilgan tarzda qayta tiklash uchun o'z atrofida sodir bo'layotgan yangiliklarga, ilmiy-ijodiy muhitga, jamiyat hayotidagi o'zgarishlarga moslashuvchan bo'lishi kerak.

G.Bizyayeva fikricha, "OTM talabalari o'zlarini bo'lajak pedagog sifatida tasavvur eta olishlari uchun birinchi galda o'z oldilariga maqsad qo'ya bilishlari va o'sha maqsadlarini zamonaviy ta'lim tizimi talablari, tegishli rasmiy hujjatlar, tizimdagi tub yangilanishlarga muvofiq va mutanosib holda tahrir etib borishlari lozim. Talabadan o'z oldiga uzoq muddatli maqsad qo'yish uchun birinchi galda o'z-o'zini tahliliy o'rganish talab etiladi" (ya'ni maqsadning imkoniyatga muvofiqligini ta'minlash uchun - Sh.D. ta'kidi). OTM talabasi, ya'ni bo'lajak o'qituvchi-pedagog o'z bilimi, dunyoqarashi, nutqi, kursdoshlari bilan muomalasi, kommunikativ aloqalari va shu kabi xususiyatlarini doimiy ravishda o'rganib borishi kerak.

Ikkinchidan, bo'lajak o'qituvchi-pedagog o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishni ta'minlaydigan reja tuza olishi lozim. Reja tuzish jarayoni ham izchillik va davomiylikni talab qiladi, binobarin, talaba uchun refleksiv mahorat eng kerakli fazilat sifatida namoyon bo'ladi. Talaba, ya'ni bo'lajak o'qituvchi-pedagog reja tuzar ekan, o'z imkoniyatlarini tahlil etadi, guruhdoshlari, do'stlari rejalari bilan o'z rejalarini qiyos qiladi va sodda qilib aytganda, o'z kasbiy va shaxsiy imkoniyatlariga tahliliy ruhda yondashadi.

O'qituvchilik kasbi insondan yuksak darajadagi tezkorlik va doimiy ravishda "o'sib borish"ni talab qiladi. Tezkorlik dars jarayonida hal qiluvchi qaror chiqarish uchun minimal kam vaqtdan foydalanishda namoyon bo'ladi. Mutaxassislarning kuzatishlaricha, "o'qituvchi dars jarayonlaridagi kasbiy faoliyati davomida ta'lim oluvchilar bilan muloqot qilar ekan, o'rtacha har 2 daqiqada 1 ta qaror chiqarishiga to'g'ri keladi" O'qituvchi-pedagog qaror chiqarar ekan, uning to'g'ri ekanligiga amin bo'lishi, aynan shu chiqargan qarori ta'lim oluvchilarning dunyoqarashi, shaxsiy fazilatlariga katta ta'sir ko'rsatishini biladi. Dars jarayonlarida o'quv vaziyatlari o'zgaruvchan bo'ladi, binobarin, o'qituvchida har qanday vaziyatda hal qiluvchi qarorni aytish

May 6, 2023

104

p

huquqi saqlanib qolishi uchun u muttasil ravishda vaziyatni tahlil etib turadi. Bu undan yetarli darajada tashqi refleksivlikni talab etadi. Ya'ni ayni asnoda o'qituvchi dars jarayonida o'z faoliyatiga boshqalar ko'zi bilan qaraydi va shu asosda mavjud o'quv vaziyatini to'g'ri baholab, tezkor qarorlar chiqara oladi.

Ayrim tadqiqotlarda o'qituvchining kasbiy mahoratidan kelib chiqib, uning dars jarayonidagi vazifasi ancha "yengilroq" talqin etiladi. Ya'ni "o'qituvchilar aksar hollarda ta'lim oluvchilarni juda yaxshi bilib olgan bo'ladi va navbatdagi qadamni tashlash uchun uzoq o'ylash shart emas" deb hisoblanadi.

Bu fikr ancha bahstalab va munozaralidir. Negaki, ta'lim oluvchilar shaxs va oddiy inson sifatida o'qituvchiga "ilgaridan tanish" bo'lishi mumkin, ammo dars davomida o'rganilayotgan o'quv materiallari, mavzular, yangi tushunchalar ularni "ta'lim oluvchi" sifatida "o'zgartirib boradi [8. 242-b]. Yuqoridagi bo'limda aytib o'tganimizdek, ta'lim oluvchi yon-atrofdagi ijodiy va o'quv-bilish muhitiga moslanuvchan bo'ladi. Shuning uchun dars mashg'ulotlarini olib olayotgan o'qituvchi refleksiya namoyon qilar ekan, "aks-ta'sir" usulini qo'llashi tavsiya etiladi. "Aks-ta'sir" usulining mohiyati o'quvchining shaxs sifatida emas, ta'lim oluvchi sifatida o'zgarib borishini chuqur tahlil etishda ko'rinadi. Bunda o'qituvchi ta'lim oluvchilarga mavzuni tushuntirayotib, ularda hosil bo'lgan munosabat orqali o'zining ayni vaqtdagi xatti-harakatlariga, mutaxassis sifatidagi kompetentliligiga baho beradi [5.500-b]. "O'qituvchi-pedagog qisqa fursat ichida muhim qaror chiqarishga qodir bo'lgani holda rejadagi darsni tahlil etish davomida o'quv jarayoni ishtirokchilarining qiziqishlari, mavzuga berilganlik darajalari kabi omillarni baholab boradi. Shu asosda ta'lim oluvchilarda o'ziga nisbatan shakllanayotgan munosabatni aniqlaydi. Ya'ni refleksiya faqat muayyan o'quv muddatining yakunida emas, to'liq dars jarayonida o'qituvchi-pedagog uchun eng muhim bo'lgan fazilatdir" [9. str 370].

Refleksiya o'qituvchi-pedagog faoliyatining qaysi davrida shakllanishidan qat'iy nazar, u o'quv jarayoni ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarida o'quv-bilish muhiti, ijodiylik va hamsuhbat fikrini hurmat ruhini barqaror holda saqlab turadi. Xususan, o'qituvchi-pedagog ta'lim oluvchilar tomonidan sodir etilgan o'quv jarayoniga xalaqit beruvchi vaziyatlarda o'zini impulsiv xatti-harakatlarni sodir etish, salbiy hissiyotlarni beixtiyor to'kib solish kabi noo'rin xatti-harakatlardan asraydi. O'qituvchi ta'lim oluvchilarning reaksiyalari asosida o'z xatti-harakatlarini sodir etishdan avvval o'zini va mavjud vaziyatni ongli ravishda tahlil etadi. "Faqat refleksiyagina o'qituvchi-pedagogga obyektiv shart-sharoitlarni xolis va haqqoniy baholash imkonini beradi" [10. 95-97-b]. Shuni

esdan chiqarmaslik kerakki, o'qituvchi va talaba shaxsidagi

May 6, 2023

p

"men" hodisasi bilan ishlashdan tashqari eng muhim masalani ham hal qiladi. Yuqorida isbotlanganidek, "men" hodisasini tarbiyaviy va ijodiy yo'lga qo'yish o'qituvchi uchun muammo tug'dirmasligi mumkin, lekin talabalarning intellektual tomonlarini rivojlantirishning asosiy vazifasini qo'yish o'qituvchidan yuqori darajada aks ettirish qobiliyatini talab qiladi.

Bunda o'qituvchining shaxs sifatidagi afzalliklari, mutaxassis sifatidagi mavqei, orttirgan tajribasi ham psixologik faktor sifatida ta'lim oluvchiga birinchi yaxshi ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchi-pedagog ta'lim oluvchilarda shakllangan birlamchi taassurotni saqlab turishi, nainki saqlab turishi, uni ijobiy tomonga o'zgartirishi lozim. Buning uchun esa refleksiv mahorat o'qituvchining doimiy fazilatlaridan biriga aylanishi lozim [10. 98-b].

N. Bizyukova quyidagi misolni keltiradi: "auditoriyaga favqulodda mashhur o'qituvchi kirib keladi. Uning dars o'tish uslubi, notiqlik mahorati, inson sifatidagi salobati oliy ta'lim talabalari o'rtasida afsonaga aylangan. Tasavvur qilaylik: uning qarshisida bola qanday tutadi o'zini? Mohir pedagog bola tasavvuridagi avtoritet va mavqeni saqlab qolsa, ular o'rtasida hech qanaqa ijodiy va o'quv-bilish mazmunidagi muloqot bo'lmaydi. Dars to'liq bir yoqlama kechadi" [10. 81-b].

Turgan gapki, bu vaziyatda hech qanday refleksiv muhit bo'lmaydi. O'qituvchi-pedagog refleksiv muhit yaratishi uchun "ta'lim oluvchi darajasida muloqotga kirishishi lozim bo'ladi. Bu dars mashug'lotining ko'rinishi, shakli, uslubi va usuliga muvofiq ravishda turlicha ko'rinishda namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Anicimov O.S. Sub'ektnaya pefleksiya v igpomodelipovanii i ee ponyatiynoe obecpechenie. - M.: Ugpeshckaya tipogpafiya, 2012. -S. 382.

2. Andreyeva G.M. Sotsialnaya psixologiya: uchebnik dlya un-tov. - M. : Nauka, 1998. - 320 s. - S.93.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Akopov G.V., Xaritonova T.V. Psixologiya samosoznaniya: xrestomatiya. -Samara: Izdatelskiy Dom «BAXRAX-M», 2007. - 672 s.

4. Akramov A.A. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak o'qituvchilarning fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik asoslarini takomillashtirish: pedagogika fanlari doktori. ...diss. - Toshkent, 2016. -

282 b.

5. Alekseyev N.G. Issledovaniye problem psixologii tvorchestva: monografiya- M.: Misl, 1983. - 552 s.

May 6, 20231 ©

p

6. Aksenova P.Y. Adaptatsiya kursantov obrazovatelnix organizatsiy FSIN Rossii k uchebnoy deyatelnosti. - Moskva: Prospekt, 2017. - 228 s.

7. Shaxnoza D. (2021). Boshlangich Sinf O'quvchilarining Ijodiy Faoliyatini Shakllantirish Yo'llari. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 85-92.

8. Andreyev V.I. Dialektika vospitaniya i samovospitaniya tvorcheskoy lichnosti. Kazan, 1988. - 240 s.

9. Donayeva, Sh. (2022). Refleksion o 'qitishga innovatsion yondashish va refleksiv texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etishning psixologik jihatlari. Obshestvo i innovatsii, 3(2/S), 367-372.

10. Abduraimovna, D. S. The Culture of Environmental Safety and the State of Its Formation. International Journal on Orange Technologies, 2(10), 95-98.

May 6, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.