O'QITUVCHILARNING KASBIY REFLEKSIYASI O'QUVCHILARNING AQLIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI OMILI SIFATIDA
Zulayxo Usanovna Norxujayeva
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1-bosqich magistranti E-mail: [email protected]
ANOTATSIYA
Ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim tizimida o'qituvchilarning kasbiy refleksiyasi o'quvchilarning aqliy salohiyatini rivojlantiruvchi omili sifatidagi olimlarning qarashlari, o'qituvchining kasbiy refleksiyasi, kasbiy refleksiyaga doir muammolar va yechimlar haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: О'qituvchining kasbiy refleksiyasi, emotsional reaksiyalar, intellektual refleksiya, kooperativ refleksiya, kommunikativ refleksiya, pedagogik intuitsiya, individual refleksiya, pedagogik refleksiya, kasbiy refleksiya, inson psixikasi.
ABSTRACT
In this article, the views of scientists on the professional reflection of teachers in the educational system as a factor in developing the mental potential of students, the professional reflection of the teacher, the problems and solutions related to professional reflection are discussed.
Keywords: Teacher's professional reflection, emotional reactions, intellectual reflection, cooperative reflection, communicative reflection, pedagogical intuition, individual reflection, pedagogical reflection, professional reflection, human psyche.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, butun mamlakat miqyosid ta'lim va tarbiva, ilm-fan, kasb-hunar o'rgatish tizimlarini tubdan islol qilishga kirishildi. Belgilangan maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, hozirgi kunda ta'lim sohasida yuksak samaradorliklarga erishilmoqda. Bunda o'qituvchilar bilan birga keng jamoatchilik, butun xalqimizning fidokorona mehnatini e'tirof etib, Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida quyidagi fikrlarni bayon etadi: "Maktab, ta'lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo'lishi asosiy qonunimizda belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga, keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo'llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha
January, 2024
22
aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim-tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan o'qituvchilarning asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi kerak".
Bu ulkan javobgarlik hissi o'qituvchilarda pedagogik mahorat qirralarining turli jarayonlarini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirishni talab etadi. So'nggi yillarda pedagog va psixolog olimlar o'qituvchilarning pedagogik faoliyatida fikrlash hamda analitik qobiliyatlami rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlamoqdalar. Bu qobiliyatlar asosini esa, o'qituvchining kasbiy refleksiyasi tashkil etadi. Refleksiya (lot. «reflexsio» - orqaga qaytish) - «har tomonlama barkamol rivojlangan insonning o'z xatti - harakatlari va ularning qonuniyatlami anglashga qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir; inson ma'naviy dunyosining o'ziga xos yashirin hislatlarini ochib beradigan o'z-o'zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir».
Ilk bor refleksiya tushunchasi qadimgi Yunon falsafasida yuzaga kelgan va insonning o'z ongida kechayotgan mulohazalari haqida. o'zi fikr yuritishi jarayoni, o'z fikrlari mazmunini tahlil qilishga e'tiborini jalb qilishni anglatgan (Dekart). Sokrat, Platon, Lokk va boshqa yunon faylasuflari refleksiyani insonning o'z-o'zini bilishga, nimalarga qodir ekanligini e'tirof etishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta'kidlashadi. Kant, Gegel, Fixte, Shelling kabi Yevropa faylasuflari esa refleksiyaga insonning bilish qobiliyatlarini rivojlantirish asosi sifatida qarashganlar. O'qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida refleksiya jarayonini o'rganib, ko'plab olimlar uning kommunikativ hamda kooperativ turlarini ustun qo'yadilar, aynan ushbu usullar o'qituvchining pedagogik faoliyatida va o'quvchilar bilan muloqotida ko'proq namoyon bo'ladi, deb hisoblaydilar (V.A.Krivosheev, G.P. Shchedrovitskiy va boshqalar). Biroq, bizningcha, pedagogik faoiiyatning o'ziga xos xususiyatlari xilma-xil boiganligi sababli refleksiyaning har bir turini alohida o'rganib tahlil qilish mumkin emas, zero ular ma'no jihatidan bir - birlari bilan o'zaro bogiiq. N.V.Kuzminaning fikricha, refleksiyaning «mazmuni, sherigining ichki dunyosini o 'zaro hamkorlik asosida subyektiv qayta yaratishdan iborat boigan individlar bir -birlarini ko'zgudagi kabi aks ettirishi, o'zaro aks ettirishning o'ziga xos ikki tomonlamalik jarayoni, qolaversa, bu ichki dunyoda, o'z navbatida, birinchi tadqiqotchining ichki dunyosi aks etishidir». U refleksiyani pedagogik qobiliyatlar nuqtai nazaridan o'rganib, ilk
January, 2024
23
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j UIF: 6,1 j SJIF: 6,897
bor o'qituvchining refleksiv - perseptiv qobiliyatlarini alohida komponent sifatida ajratadi. N.V.Kuzmina pedagogik intuitsiyaning shakllanishi refleksiv pedagogik qobiliyatlaming shakllanganlik darajasiga bogiiq ekanligini ta'kidlaydi.
Olimning ushbu xulosalariga tayanib, faraz qilish mumkinki, ekstrapolyatsiya jarayoni o'z kasbiy zahiralaridan, o'z-o'zini kasbiy jihatdan takomillashtirish maqsadida foydalanish imkoniyatini beradi. Refleksiv qobiliyatlami o'qituvchi pedagogik faoliyatining zarur tarkibh' qismi sifatida hisoblagan qator mualliflar (A.A_Bizyayeva, V.V.Vetrova, E.N.Pexota, I.A.Stetsenko, LG.Tatur, AV.Xristeva va boshqalar) ulami bo'lajak o'qituvchilarning pedagogika oliy ta'lim muassasalarida o'qishi davridayoq shakllantirish zarurligi haqidagi g'oyalami ilgari suradilar. A.V.Xristeva refleksiv vaziyatlar mohiyatiga kasbiy faoliyatda ijodiy tizimlar hosil qiluvchi komponent sifatida qaraydi. U bo'lajak o'qituvchining refleksiv tizimini shakllantirish va rivojlantirish pedagogik faoliyatda o'z imkoniyatlarining zarur ijodiy qismi deb biladi va refleksiv tizimsiz o'qituvchining yuksak mahoratli pedagog sifatida takomillashuvi mumkin emas deb ta'kidlaydi. Olima Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarini o'qitish jarayonidavoq refleksiya mexanizmlarini o'zlashtirishi o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi uchun yangi imkoniyatlar ochishi ta'kidlanadi.
O'qituvchining refleksiv individualligi modelini yaratishni hozirgi kunda ko'plab olimlar taklif qilmoqdalar. Ma'lum pedagogik - psixologik sharoitlarda bo'lajak o'qituvchining shaxsiy kasbiy o'z - o'zini o'rganishini talqin qilishi boshlang'ich nazariy asos va jadval vazifasini o'taydi. Bo'lajak o'qituvchining professional refleksiyasini oliy pedagogik ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya jarayonini individualizatsiyalashtirish asosida rivojlantirish mumkin. Kommunikativ va shaxsiy refleksiyani o'rgangan V.A-Krivosheevning ta'kidlashicha, o'qituvchi o'z faoliyatida pedagogik mahoratni o'zlashtirgani sari hamkasblari va o'quvchilar u haqida nima o'ylashlarini ancha yaxshi tushuna boshlaydi, chuqur o'zlashtirilgan bilim va pedagogik mahorat tufayli o'qituvchi o'z-o'zini baholashga kirishadi. Kommunikativ refleksiya shaxsiy refleksfyaning mazmunini, tizimini va aynan birxilligini belgilaydi, - degan xulosaga keladi muallif Ba'zan pedagogik komimmikatsiyada ro'y beradigan uzilishlar, ya'ni o'quvchilar jamoasidagi faoliyatni «tushunmaslik holatlari» tufayli davom ettira olmaslik, pedagogik faoliyatdan refleksiv chiqishga olib keladi, zero ikkinchi o'qituvchi, birinchisining faoliyati mazmunini anglay olmaydi va natijada ularning ikkalasi ham nizo sabablarini tahlil qilishlariga to'g'ri keladi. Individual refleksiya, individlar aro refleksiyaning alohida maxsus shakli, deb hisoblaydi ba'zi
olimlar.
January, 2024
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j UIF: 6,1 j SJIF: 6,897
A.A.Bizyayeva o'qituvchining kasbiy refleksiyasidagi o'ziga xos jihatlarni o'rganar ekan, diqqatini o'qituvchi refleksiyasining boshqa inson faoliyatini tahlil qilish va anglash, shuningdek o'zini tahlil qilish va o'z - o'zini baholash zaruriyati bilan bog'liq bo'lgan asosiy omillariga qaratadi. Olimaning tadqiqotlarida aniqlanishicha, o'qituvchilarning intellektual refleksiya darajasi ularning kasbiy refleksiyasiga bevosita emas, balki uning mahorat komponentlari orqali bilvosita bog'liq. Bu olimaga intellektual refleksiyani o'qituvchilarning kasbiy refleksiyasi rivojlanishi uchun asos sifatida baholash imkoniyatlarini beradi. Bizningcha, bular o'qituvchining uzluksiz kasbiy o'sishini ta'minlash uchun tayanch sifatlar sanaiadi. Refleksiv qobiliyat o'qituvchiga pedagogik bilimlarni o'zlashtirish va amaliyotda undan foydalanish jarayonida muhim ahamiyatga ega «Bu holda, - deb yozadi YuN.Kulyutkin, - o'qituvchi o'zining pedagogik mahoratidan foydalanib amaliy qarorlarni ishlab chiqishi va qabul qilishi jarayonlarini refleksiya predmetiga aylantirishi lozim. Buning uchun esa o'qituvchida bu jarayonlarni tahlil qilishning tegishli tafakkur usullari shakllangan bo'lishi kerak».
Rivojlangan pedagogik refleksiyasiz, o'qituvchi doimiy tahlil va o'z - o'zini tahlil qilmasdan amaliy va nazariy pedagogik faoliyatda yuzaga keladigan muammolarni va ziddiyatlarni chuqur anglashi, ularni doimiy tahlil qilishning yo'llarini to'g'ri tanlashi, olingan natijalarni tanqidiy baholashi va ularni korreksiyalashi mumkin emas. G.MKodjaspirova pedagogik refleksiyani insonning o'z-o'zini anglashi deb, bunda «nafaqat o'qituvchi o'z xatti-harakatlariga to'g'ri baho berishi, balki, o'qituvchi bilan pedagogik muloqot chog 'ida о 'zaro hamkorlik qiladigan о 'quvchilar jamoasi. pedagogik jamoa, ta 'lim-tarbiyaga mas 'ul shaxslar va ota-onalar uni qanday qabul qilishini tushuna olish qobiliyati hamdir» deb ta'riflaydi. Demak, refleksiya - o'qituvchining o'z-o'zini anglashi o'zining kamchiligi va zaif tomonlarini bilib o'z-o'zini takomillashtirishga intilishi, o'z tarbiyalanuvchilarining hamda o'z-o'zini takomillashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratishi uchun mavjud ichki imkoniyatlarini kashf etishidir.
REFERENCES
1. Pedagogik mahorat. Darslik / A. A. Xoliqov; 0 6zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011, -289-298 b.
2. Zufarova M.E. UMUMIY PSIXOLOGIYA O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti TOSHKENT 2010.
3. Pedagogika G'G'A.Q.Munavvarovning tahriri ostida . -
Toshkent, O'qituvchi, 1996.
January, 2024
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897
4. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. -T.: O'qituvchi, 1999.
6.G'oziyev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). _T.: O'qituvchi, 1994.
7. Nishanova.Z.T. "PSIXOLOGIK XIZMAT", -T.:2007.
8. Safaev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. "Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti", -T.:2013.
January, 2024