Научная статья на тему 'ПРИМЕНЕНИЕ И АНАЛИЗ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ'

ПРИМЕНЕНИЕ И АНАЛИЗ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
145
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
TECHика
Область наук
Ключевые слова
охрана труда / образование / педагогические технологии / специализация / учебный процесс / наука / передовой опыт. / health and safety / education / educational technology / specialization / educational process / science and best practices.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Нарзиев Шовкиддин Муртозаевич, Рахимова Азиза Хусан Кизи

В статье рассматривается роль педагогических технологий в подготовке специалистов в области охраны труда и способы повышения эффективности их использования, а также конкретные методы инновационных педагогических технологий, которые удобны и просты в освоении студентами. Даны рекомендации по механизму пересмотра эффективных методов обучения.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION AND ANALYSIS OF PEDAGOGICAL METHODS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

The article examines the role of pedagogical technologies in training specialists in the field of labor protection and ways to improve the efficiency of their use, as well as specific methods of innovative pedagogical technologies that are convenient and easy to learn by students. Recommendations are given on the mechanism for revising effective teaching methods.

Текст научной работы на тему «ПРИМЕНЕНИЕ И АНАЛИЗ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ»

DOI: 10.24411/2181- 0753/2021-100005

ПРИМЕНЕНИЕ И АНАЛИЗ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ

Нарзиев Шовкиддин Муртозаевич Рахимова Азиза Хусан кизи

Ташкентский государственный технический университет Ташкент, Узбекистан

В статье рассматривается роль педагогических технологий в подготовке специалистов в области охраны труда и способы повышения эффективности их использования, а также конкретные методы инновационных педагогических технологий, которые удобны и просты в освоении студентами. Даны рекомендации по механизму пересмотра эффективных методов обучения.

Ключевые слова: охрана труда, образование, педагогические технологии, специализация, учебный процесс, наука, передовой опыт.

TA'LIM JARAYONIDAGI PEDAGOGIK METODLARNING QO'LLANILISHI VA

TAHLILI

Ushbu maqolada mehnat muhofazasi sohasida mutaxassislarni tayyorlashdagi pedagogik texnologiyalaming o'mi va ulaming qo'llanilish samaradorligini oshirish usullari bilan bir qatorda ta'lim oluvchilar uchun qulay va oson etkaziladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos usullari yoritilgan. Mashg'ulotlarda qo'llaniladigan samarali usullarni taqdiq qilish mexanizm bo'yicha tasiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: mehnat muhofazasi, ta'lim, pedagogik texnologiyalar, mutaxassislik, ta'lim-tarbiya jarayoni, ilm-fam, ilg'or tajriba.

APPLICATION AND ANALYSIS OF PEDAGOGICAL METHODS IN THE

EDUCATIONAL PROCESS

The article examines the role of pedagogical technologies in training specialists in the field of labor protection and ways to improve the efficiency of their use, as well as specific methods of innovative pedagogical technologies that are convenient and easy to learn by students. Recommendations are given on the mechanism for revising effective teaching methods.

Keywords: health and safety, education, educational technology, specialization, educational process, science and best practices.

Kirish. O'qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O'z kasbini sevgan kishigina butun kuch-g'ayratini, qalb qo'ri va dil haroratini bu ishga bag'ishlaydi va o'z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Shuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo'lish o'qituvchilik kasbi, o'qituvchi axloqiy qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo'llik ham talab etiladi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

"Mehnat muhofazasi" sohasida mutaxassislar tayyorlashga tadbiq etishning afzalliklarini auditoriya va auditoriyadan tashqari tashkil etiladigan mashg'ulot va tadbirlar, pedagogik mahoratning o'rni, tarbiyaviy imkoniyatlari, mazmuni, shakli va metodlari aniqlanganligi; "Mehnat muhofazasi" sohasida mutaxassislar tayyorlashga tadbiq etishning afzalliklarini shakllantirishga doir maqbul interfaol metodlar majmuasi hamda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi [1].

Albatta, o'qituvchining fikri,

mulohazalarida nisbiylik, sub'ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek to'g'ri munosabatda bo'la olmasligi mumkin, lekin u hamma talabalarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo'lmog'i lozim. Sinfda o'qituvchi "yaxshi ko'radigan", "yomon ko'radigani" bor degan taassurot tug'ilmasligi kerak.

Fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat talabalarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o'rgatish va jalb etishni talab qiladi. Xullas, yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun bo'lajak muallim yuksak pedagogik odob madaniyatini egallashi zarur. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi pedagogik odobning talab va qoidalarini bilib, o'zlashtirib olishi, tajribada pedagogik faoliyatda qo'llashi, o'zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitishi lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab ko'rish natijasida pedagogik odobning talab va qoidalari o'qituvchining shaxsiy e'tiqodiga, axloqiy fazilatlariga aylanadi [2].

Tadqiqot medotlari. Sharqona munosabatda ota-onaga hurmat bilan qaralishi ularning gapini ikki qilmaslik, ota-onaning izmidan chiqmaslik, shu bilan birga otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblanishi kabi holatlarni ko'rishimiz mumkin. Yoki ustozga hurmat bilan qarash kabi hislatlar ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Muloqotda turli xalq og'zaki ijodiga xos bo'lgan afsona, rivoyat, ertaklar, maqollar va hikmatlardan foydalanish ham kishini muomala madaniyatni kuchaytiradi va ikkinchidan katta tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega bo'ladi.

Jamiyatni demokratlashtirish- o'quv yurtidagi munosabatlarni

insonparvarlashtirishdir. Pedagogik amaliyot davrida talablar bilan birga o'quv yurti direktori fan bo'yicha eng ilg'or deb tanishtirgan o'qituvchining darsiga kiradilar. Haqiqatdan ham, o'qituvchi mavzuni juda yaxshi biladi, qator qo'shimcha adabiyotlardan foydalaniladi, mavzuni yorita oladi. Lekin talabalarga nima bo'lgan? o'qituvchi qiziqarli, mazmunli savollar berayapti. Lekin hamma talabalar pedagog fikrini tushunib etmayapti, ozgina yordam kerak. Lekin o'qituvchida talaba javobini eshitishga chidam yetishmayapti. Xatto bir qo'l ko'tarib javob

bermoqchi bo'lgan talabaga jerkib berdi: "Nimaga qo'lingni buncha chaypaysan? Bu odatingdan boshim og'rib ketdi" (Bilmasang nimaga qo'l ko'tarasan?)

Pedagogik muloqot - bu o'qituvchining talabalar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir. Noto'g'ri pedagogik muloqotdan talabada qo'rquv, ishonchsizlik, e'tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi.

O'qituvchining talabalar bilan muloqoti bunday kayfiyatga yo'l qo'ymasligi, talabani faollikka undashi, unda quvonch paydo qilishi kerak.

A.S.Makarenko fikricha o'qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat bo'lishi kerak.

V. Suxomlinskiy aytadiki: "O'quv yurti hovlisida gapirilganda har bir so'z o'ylangan aqlga, maqsadga qaratilgan bo'lishi kerak". o'qituvchi so'zi faqat quloqqa emas, balki yurakka ham qaratilgan bo'lishi kerak.

Eng avvalo, muloqot maxsus vazifalarining yo'qligidir, natijada o'qituvchi pedagogik muloqotni o'z mehnatining alohida tomoni sifatida qaramaydi, uni rejalashtirmaydi, muloqotning barcha vazifalari talabalarga bilim berishga keltiriladi. O'qituvchi bilan talabaning bir-birlarini o'zaro tushunmasliklari, muloqot vositalarining qashshoqligi, nopedagogik vaziyatlar ham uchrab turadi. Talabalarning tor doiradagi intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan salbiy tus berilgan muloqot ularga ko'pincha aks ta'sir keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan programmasini tuzish uchun har bir o'qituvchi o'zining qiyinchiliklarini tahlil qilib chiqish muhim rol o'ynaydi[3, 4].

Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo'nalishini mavjud pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish har bir muloqot ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko'maklashuvchi uning shaxsiy hislatlarini rivojlanib borishini ta'minlovchi va shu muloqot orqali qoniqtiriladigan vositalardan foydalanishi tashkil qiladi. Bunga bir qator mashqlar imkon tug'dirishi mumkin.

Bu asosiy hislatlardan tashqari

o'qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi xarakteri, muvaqqat psixik holatlari shuningdek to'plangan tajribasi muhimdir. O'qituvchi shaxsini xarakterlash uchun foliyatning individual uslubi kabi yig'ma ko'rsatkichlar, jumladan individual faoliyat uslubidan ham foydalanadilar. Ijodiyot: aktiv sotsial tutilgan yo'l vaziyat yetuk shaxs har doim bundan keyingi rivojlanishi uchun kurashadi, bu hol o'qituvchiga ham taalluqli. Shaxsning professional jihatini o'z-o'zini tarbiyalash yo'llaridan biri o'zining sifat va hislatlarini, shuningdek pedagogik faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o'qituvchining ta'lim olganligi va tarbiyalanganligidagi erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda namoyon bo'ladi [5].

Ta 4m-tarbiyajarayonida...!

Interaktiv va hamkorlikda o'qitish texnologiyalari har bir talabaning tahsil olishdagi muvaffaqiyati olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishiga, guruhiy uyushgan holda o'zaro ma'lumotlar almashinuviga zamin tayyorlaydi.

Talabalarning o'zjashtirish darajasiga o'qitish metodlarining ta'sir darajasi:

1. Ma'ruza - eshitganimizning 5%.

2. O'qish - o'qiganimizning 10%.

3. Videousul, namoyish -ko'rganimizning 20%.

4. Tajribani namoyish qilish - ko'rgan va eshitganimizning 30%.

5. Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%.

b. Mashqlar - o'qigan, yozgan, gapirganimizning 50%.

7. Ishbop o'yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash - mustaqil o'qiganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%.

8.Yo'naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o'qitish mustaqil o'rganganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, boshqalarni o'qitgan narsalarimizning 90%.

O 'qitish metodikasi:

a) pedagogning o'qitish usullari va talabaning o'qish usullari hamda talabaning o'qituvchi bilan o'zaro bog'langanligini;

b) o'qitishdan ko'zlangan maqsadga erishish bo'yicha hamkorlikda ishlashning o'ziga xosligi, ya'ni, o'qitish metodlari belgilangan maqsadga erishish uchun ta'lim vazifalarini hal etishda o'qituvchining hamkorlikdagi faoliyatidir.

"Mehnat muhifazasi" fani taraqqiyotining ustuvoryo'nalishlari.

Inson har doim har qanday faoliyat turida o'zining xavfsizligini ta'minlashni birlamchi vazifalar qatoriga qo'yib kelgan. Shu sababli hayotda va turli faoliyat sohalarida xavfsizlikni ta'minlash uzoq o'tmishdan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim tomonlaridan biri bo'lib kelgan va kelmoqda. Chunki xavfsizlik muammolari insonning sog'lig'i va hayoti, hamda jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan bog'liq muhim masaladir. Ishlab chiqarishning intensiv rivojlanishi natijasida texnosferaning shakllanishi esa undagi xavfsizlik muammolarini yechish uchun maxsus bilimlarni egallash talablarini yuzaga keltirdi[6].

Shu sababli turli xavf-xatarlardan himoyalanish masalalari, shu jumladan ishlab chiqarish muhitni zararli omillari masalasi ham juda muhimdir[7]. Fanining hozirgi holati, istiqboli, hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalarining va hududiy xavfsizlik muammolarining fanning rivojlanish tendensiyasiga ta'siri masalalarini, inson faoliyati sohalarida xavfsizlikni ta'minlash, qulay ishlash muhiti sharoitlarini yaratish uchun mutaxassislarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash ularni to'g'ri harakat qilishga va himoyalanishga, hamda atrof-muhitga ta'sirini o'rgatish masalalarini qamraydi.

Insoniyat o'zining tarixi davomida tabiat hodisalariga qarshi kurashib, undan himoyalanib kelgan[8]. Ajdodlarimizdan qolgan moddiy va ma'naviy meroslarimizga e'tibor berar ekanmiz, unda tabiat va inson o'rtasidagi uyg'unlikning naqadar chuqur iz qoldirib kelganligini ko'ramiz. Bugungi kunda esa insoniyat o'zi bilib, bilmagan holda katta muammo bilan yuzma-yuz kelayotganini anglamoqda. Bu muammoni inson o'zi yaratgan kashfiyotlari oqibati uning o'zi

uchun xavfli omillarga aylanishida ko'rdi. Inson bu paytda tabiat ustidan hukmron bo'lishga urindi. Oqibatda chegara bilmas xavflar nafaqat bir yoki bir necha xalq, balki jahon miqyosida yechilishi kerak bo'lgan muammolarni keltirib chiqara boshladi[9].

Ilmiy-pedagogik adabiyotlar ko'zdan kechirilganda muayyan muammo yuzasidan tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida asosiy e'tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlariga qaratilishi ta'kidlab o'tilganining guvohi bo'lamiz[10]. Pedagogik jarayon ta'lim beruvchi (o'qituvchi-pedagog) hamda ta'lim oluvchi (o'quvchi-talabalar) orasida

ro'y beruvchi va o'zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yorituvchi jarayondir. Nazariy pedagogik g'oyalar bevosita amaliyotda ta'lim va tarbiyaviy jarayon mohiyatini o'rganish, tahlil etish hamda umumlashtirishi asosida qaror topadi. Shuning uchun ham pedagogik izlanish jarayonida tajriba sinov ishlarini tashkil etish shu jarayonning asosiy o'zagi sifatida namoyon bo'ladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish bo'yicha tashkil etilgan tajriba-sinov ishlarining boshida talabalarning shakllanganlik darajalari quyidagi jadvalda o'z aksini topgan (jadvalga qarang).

1-1

Tashkilotchilik mahoratining pedagogik asoslariga doir nazariy bilim va ko'nikmalardan xabardorlik

№ Tashkilotchilik mahoratining pedagogik asoslariga doir nazariy bilim va ko'nikmalardan xabardorlik Talabalarning umumiy soni

Tajriba guruhi n1=58 Nazorat guruhi n2=60

Ijobiy Salbiy Ijobiy Salbiy

1 O'z ishiga muhabbat, bolalar bilan ishlashga qiziqish. 15 43 29 31

2 Tashabbuskorlik, bolalarda biror ishga ixlos va qiziqish uyg'ota bilish 18 40 17 43

3 Bolalarni tushuna bilish qobiliyati, ularning yaxshi va yomon xislatlarini ko'ra bilish, dars materialiga ular qanday idrok qilayotganini seza bilish, ularning bilimlari va qobiliyatini obyektiv baholash, psixolog- amaliyotchi bo'lish. 14 44 23 37

4 Yuksak umumiy madaniyat, ko'p qirrali bilim egasi bo'lish, salmoqli pedagogik bilimi va mahorati. 20 38 21 39

5 O'z faniga qobiliyat, uni yaxshi bilish va unga qiziqish, o'z fani bo'yicha bilimlarini kengaytirish va unga intilish. 21 37 24 36

6 Kuch-quvvat, faollik, maqsadga intiluvchanlik, irodaviy sifatlar. 19 39 25 35

7 Mehnatga ijobiy munosabat. 24 34 20 40

8 Bilimlarni, his-tuyg'ularni, e'tiqod, fikrlarni boshqalarga bera bilish. 13 45 23 37

9 Tashkilotchilik qobiliyati. 8 50 12 48

10 Bolalar jamoasini boshqara bilish qobiliyati. 14 44 15 45

11 Mas'uliyat hissi, kamtarlik, o'z mahoratini takomillashtirishga to'xtovsiz intilish, o'z nuqsonlarini seza bilish va tuzata bilish qobiliyati. 18 40 11 49

12 Hurmat qozona bilish qobiliyati. 16 42 12 48

Auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalarning tashkilotchilik mahoratini shakllantirish pedagogik tizimdagi fanlardan o'zlashtirgan bilimlari darajasining yuqoridagi jadvaldagi raqamlar orqali namoyon bo'lishi, uning past darajada ekanligini ko'rsatdi.

Ta'lim o'z ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, bir so'z bilan aytganda, hayot bilan bog'lay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina o'z oldiga qo'ygan natijalarga erisha oladi, fan, ta'lim-tarbiya va iqtisodiyotning o'zaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini ta'minlay olgan va jamiyat hayotining barcha sohalariga tatbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi[11]. Bu borada mamlakatimiz ta'lim sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli yo'nalishlarini aniqlash, ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish eng dolzarb masalalardandir[12].

Ta'lim tizimida mavjud kamchiliklarni o'rganish va ularning tahlili shuni ko'rsatdiki, pedagogik ta'lim yo'nalishlarini

muvofiqlashtirish, istiqbolni rejalashtirish, ta'lim bosqichlari o'rtasidagi aloqa va integratsiyaning sustligi, ta'lim subyektlari faoliyatidagi tarqoqlik hududda pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojning qondirilmasligi va ta'lim sifatining pasayishiga sabab bo'lgan[13]. Shundan kelib chiqqan holda pedagogik ta'lim innovatsion klasterini yaratish bilan bog'liq yangi tizimni o'zining ustuvor strategik yo'nalishi sifatida belgilab oldi va shu tizim asosida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Ushbu tizim yengil sanoat, qishloq xo'jaligining qator tarmoqlari hamda iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarida samarali hisoblangan klaster usulini ta'lim jarayoniga tatbiq etishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, ishlab chiqarish tarmoqlarida xomashyoni yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish hamda uni realizatsiya qilish ketma-ketligi zanjiri mavjud bo'lib, ushbu ketma-ketlik pedagogik ta'lim tizimida ham inson kapitali ko'rinishida mavjud.

Bu esa ishlab chiqarishda samarali bo'lgan klaster modelini ta'lim tizimiga joriy etish nazariy jihatdan mumkin ekanligini ko'rsatadi.

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash lozimki, jamiyatimizning bugungi rivojlanish bosqichida pedagogik ta'lim innovatsion klasteri ta'limda ichki va tarmoqlararo aloqadorlikni ta'minlaydigan, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik muassasalarda to'plangan tajriba va erishilgan ilmiy yutuqlarni ta'lim hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning

barcha jabhalariga yetib borishini samarali amalga oshiradigan yaqin kelajakdagi eng muhim tizim sifatida taqdim etilmoqda. Bunda ta'lim muassasalari va jamiyat boshqa manfaatdor tomonlarining o'zaro uzviy va uzluksiz aloqasini ta'minlash, ta'lim jarayonining pirovard mahsuli — har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni yetishtirish va jamiyatga naf keltirishi uchun ilmiy, ijodiy, ma'naviy, iqtisodiy imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoshligi iqtisodiy ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo'jaligi va jamiyatning boshqa sohalari taraqqiyoti va raqobatbardoshligining asosidir. Boshlagan har bir ishimizdagi sifat va samara aynan shu masala bilan chambarchas bog'liqligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi va qolaversa hayotning o'zi yaqqol ko'rsatib turibdi.

Yuqoridagi izlanishlar natijasida quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

^ Bu ishga mamlakatda information texnologiyalaming tadbiqi bilan shug'ullanadigan barcha tashkilotlami, ta'lim muassasalari va yetakchi universitetlarni jalb qilish;

^ Barcha ta'lim muassasalari uchun interaktiv elektron kitoblar va o'quv qo'llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish kerakligini ustuvor vazifa sifatida ko'rsatish;

^ Har yili eng yaxshi interaktiv kitoblar, o'quv qo'llanmalar hamda ta'lim bilan bog'liq kompyuter o'yinlari tanlovini o'tkazish va g'oliblarni munosib taqdirlash hamda erishilgan natijalarni respublika fondiga jamlab, internetdagi ta'lim portaliga joylashtirish hamda ularni barcha ta'lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish.

ADABIYOTLAR:

1.«Узбекистон республикасини янада ривожлантириш буйича Х,аракатлар стратегияси туГрисида», Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони //«Хал; сузи» газетаси 2017 йил 8 февраль 28 (6722)-сон.

2. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги "Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари туГрисида"ги ПК^-2909-сонли К^арори.

3. "Student Response Systems Overview." (2004). Retrieved 19 February 2005 from the University of Minnesota, Office of Classroom Management, Classroom Support web site: http://www.classroom.umn. edu/notes/support _srs.html.

4. "Student Response Systems." Teaching at Mizzou: A Guide for New Faculty, Graduate Instructors and Teaching Assistants website. Retrieved 4 March 2005 from: http://teachandlearn.missouri.edu/guide/chapters/ activelearning. htm.

5. Sulaymonovich S. S., Murtozayevich N. S. Studying and accounting sports injuries //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 7. - С. 759-763.

6. Shovqiddin N. et al. Prevention Of Sport Injuries //Solid State Technology. - 2020. - Т. 63. - №. 6.

- С. 11868-11875.

7. Shovkiddin Narziev, Sunnatilla Sulaimanov. To the investigation of the tension of the inter-cracked ligaments knee joint //International Journal of Research Available at https: Volume 06 Issue 01 January 2019. 731-735 page.

8. Sulaimanovich S. S., Murtozaevich H. S. Causes and Prevention of Athlete Injuries During Training Sessions and Competitions //JournalNX. - С. 325-329.

9. Narziev S. et al. Theoretical analysis of the causes of injury in sports activities and their reduction measures //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. - 2020. - Т. 12. - №. S2.

- С. 166-170.

10. Shovkiddin N. et al. Problems Of Ensuring The Safety Of Sports Activities And Reducing Injuries //Journal of Critical Reviews. - 2020. - Т. 7. - №. 11. - С. 428-432.

11. ИшмуХ,амедов Р., Мирсалиева М "Укув жараёнида инновацион таълим технологиялари" Тошкент 2014 й.

12. Ганиева М.А., Файзуллаева Д.М. Кейс-стади уКитишнинг педагогик технологиялари туплами. Методик Кулланма / Серия "Урта махсус, касб-Х,унар таълими тизимида инновацион технологиялар". - Т.: ТДИУ, 2013. - 95 бет.

13. Файзуллаева Д.М., Ганиева М.А., Неъматов И. Назарий ва амалий уКув машГулотларда уКитиш технологиялари туплами. Методик Кулланма / Урта махсус, касб-Х,унар таълимида инновацион таълим технологиялари сериясидан - Т.: ТДИУ, 2013. - 137 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.