Научная статья на тему 'SOG’LOM SHAXS HAYOTIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING O‘RNI'

SOG’LOM SHAXS HAYOTIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1387
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Psixolog / ijtimoiy psixologiya / psixologik konsultatsiya / dunyoqarash / amaliy psixologiya / iqtisodiy / siyosiy / huquqiy / mafkuraviy. / Psychologist Social Psychology / Psychological Counseling Worldview / Applied Psychology / Economic / Political / Legal

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kamolova, Shirin Usarovna, Аxmedova, Fotima Xurramovna

Mazkur maqolada bugungi globallashuv jarayoniga xos psixologik xizmatni tashkil etish, sog’lom shaxsning o'sishini ta'minlash muammosi masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL SERVICE IN THE LIFE OF A HEALTHY PERSON

This article addresses the issue of the organization of psychological services in today's globalization process to ensure the growth of a healthy person.

Текст научной работы на тему «SOG’LOM SHAXS HAYOTIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SOG'LOM SHAXS HAYOTIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING O'RNI

Kamolova Shirin Usarovna,

Jizzax davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi Axmedova Fotima Xurramovna

Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 1- bosqich magistranti

Mazkur maqolada bugungi globallashuv jarayoniga xos psixologik xizmatni tashkil etish, sog'lom shaxsning o'sishini ta'minlash muammosi masalalariyoritilgan.

Kalit so'zlar: Psixolog, ijtimoiy psixologiya, psixologik konsultatsiya, dunyoqarash, amaliy psixologiya, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy.

В данной статье рассматривается вопрос организации психологической службы в условиях современного процесса глобализации для обеспечения роста здорового человека.

Ключевые слова: психолог, социальная психология, психологическое консультирование, мировоззрение, прикладная психология, экономическая, политическая, правовая, идеологическая.

This article addresses the issue of the organization of psychological services in today's globalization process to ensure the growth of a healthy person.

Keywords: Psychologist Social Psychology, Psychological Counseling Worldview, Applied Psychology, Economic, Political, Legal,

Jahon psixologiyasida psixologik xizmatni tashkil etish muammosini o'rganishga alohida tadqiqot yo'nalishi sifatida e'tibor qaratilmoqda. Psixologik tadqiqotlarda pedagog psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishlarni ijtimoiy psixologik xizmatni va uning o'ziga xos xususiyatlari o'rganilgan. Mazkur yo'nalishda psixologik xizmatni tashkil etishning turli usullari va zamonaviy texnologiyalarini ifodalovchi psixologik mexanizmlarni qo'llash hamda joriy etish masalasining muhimligiga e'tibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda psixologik xizmatni tashkil etish personallardagi muammolarni bartaraf etish kabi holatlar dolzarb muammolar sifatida qaralmoqda.

Bugungi kunda ta'lim tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari psixologik xizmatni joriy

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etish va rivojlantirish uchun ma'lum darajada asos bo'lmoqda. Ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va uning amaliy faoliyat yo'nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi nihoyatda muhim muammo bo'lib qolmoqda. Demak, tabiiyki, mazkur muammoni bartaraf etish uchun, O'zbekistonda psixologik xizmatning joriy etilishi, bugungi holati va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini o'rganishga, tahlil qilishga va izohlashga bag'ishlangan psixologik va ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning olib borilishi davr taqozosidir. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi ta'lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo'lajak kadrlarni har jihatdan tayyorlash bilan bog'liq psixologik xizmatning ilmiy-tashkiliy jihatlariga va ayniqsa, ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlarini tadqiq qilishga oid maxsus o'tkazilgan tadqiqotlarning nihoyatda sust ekanligi; ijtimoiy psixologiya, psixologik konsultatsiya fanlarining zamonaviy yo'nalishlari fanlarida bugungi psixologik xizmat tatbiqini qamrab oluvchi vazifalarning aniq va batafsil belgilanmaganligini, ta'lim va mehnat muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmat tajribalari misolida o'quvchi va ishchi-xodimlar muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlashdagi ijtimoiy psixologik muhofaza imkoniyatlarini o'rganish va kamol toptirish bilan bog'liq bugungi O'zbekistonning o'z istiqlol va istiqbol yo'li, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti talablariga javob beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi kabilarni bugungi dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni Andreeva G.M. Davletshin M.G., Zabrodin Yu.M.,Karnegi D., Karimova V.M., Parigin B.D., Shoumarov G'.B., G'oziev E.G'.; Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an'analari bilan bog'liq insonning amaliy psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to'g'ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a'zolariga psixologik xizmat ko'rsatish muqarrarligini talab qiladi. Bu borada iqtisod, xuquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o'zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim. Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko'proq birinchi yo'nalish-"psixologik ijtimoiy psixologiya" asoslari zamirida tarkib toptiriladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yo'nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi bilan bevosita bog'liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo'lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo'lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi (shakl jihatdan yangi, mazmun jihatdan esa azaliy-kursiv bizniki) vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog'liq nazariy, amaliy va empirik yo'nalishdagi tadqiqotlar ko'lamini belgilashning bugungi kungacha nechog'lik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to'g'ri keladi.

Psixologik maxsus adabiyotlardan bizga ma'lum bo'lishicha, ijtimoiy psixologik xizmat metodologiyasining umumiy yo'nalishlari G'arb ijtimoiy psixologiya namoyandalari tadqiqotlarini quyidagicha izoxlash mumkin: V.Vundtning 1900 yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o'n tomlik) epik asari ijtimoiy psixologiya yo'nalishlarini yorqinlashtirishga xizmat qilib, inson ma'naviyati, madaniyati va mafkurasini o'rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi.

Taniqli ingliz psixologi Vil'yam Makdugallning 1908 yilda yozilgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" asaridagi "ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi freydizmga qarshi o'laroq inson instinktlari va faoliyat uyg'unligini ta'minlash muammosini yoritishga ilk bor asos bo'lib xizmat qildi. B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilitsin, E.A.Golubeva, B.R.Qodirov va ularning shogirdlari tomonidan olib borilgan empirik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy psixologik xizmat uchun muhim bo'lgan har bir shaxsning (individning) tabiiy va tug'ma sifatlarini, oliy nerv faoliyatining o'ziga xos qobiliyat elementlarini va unga ta'sir etuvchi ta'lim-tarbiya, tashqi muhit va faoliyatning nechog'liq tashkil etilish jarayonini mukammal o'rganish va uni ijtimoiy maqsadlar asosida rivojlantirish yo'llarini belgilash uchun katta imkoniyat yaratdi.

Mazkur imkoniyatlar avvalam bor insondagi u yoki bu faoliyatni bajarishga bo'lgan iqtidor kurtaklarini o'rganishni va shu asosda shaxs faolligini kamol toptirish uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Shunga muvofiq mahsus tadqiqotlar shuni tasdiqlayaptiki, faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun individual xususiyatlar, ayniqsa, har bir shaxs temperamenti va individual uslubiga ham bog'liq. Ayniqsa, mehnat va o'quv faoliyati jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil qilish va rivojlantirish bilan bog'liq usullar majmuasining ishlab chiqilishi psixologik xizmatning muhim vazifasi ekanligidan dalolatdir. Jumladan, E.A.Klimovning empirik ma'lumotlari bir necha stanokda ishlashda asab tizimidagi" harakatchan tip"dagi ham, " harakatsiz tip"dagi xodimlar ham birdek yuqori darajadagi ishlab

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chiqarish muvaffaqiyatlariga erishish mumkinligini tasdiqlaydi. Buning asosiy sababi esa, bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat yo'nalishini tanlay bilish va amalga oshirishdir.

Umuman, yuqorida qayd etilgan olimlarning umumiy fikr-mulohazalariga ko'ra individual uslubning shaxsda darrov paydo bo'lmasligi, balki ko'pincha stixiyali tarzda (ya'ni,individual-hissiy asab sifatlari yordamida) paydo bo'lishi qayd etiladi. Demak, har bir shaxsga psixologik xizmat davomida o'z imkoniyatlari va faoliyat talabi uyg'unligini ta'minlash yo'llarini izlash asosida yondashilsa mazkur shaxs faoliyatidagi individual uslubning tarkib topishi tobora rivojlanib, takomillashib boradi. Bu esa, o'z navbatida shaxs va jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etmay qolmaydi.

K.K.Platonovning psixologik xizmat bilan bog'liq ijtimoiy psixologiya metodologiyasini yaratishdagi xizmati shundaki, u ijtimoiy-psixologik individuallik muammosini inson individual olami namoyon bo'lishining eng yuqori darajasi sifatida tadqiq qildi va psixologik xizmat moxiyatini tasavvur qilish uchun muhim bo'lgan shaxsni nafaqat o'zining individual xususiyatlari asosida, balki bu individual xususiyatlarning ijtimoiy mazmuni o'z-o'zini adekvat baholash va rivojlantirishga asoslangan shart-sharoitlarni yaratish bilan kamol toptirish muqarrarlitgini ilmiy jihatdan asoslab berdi.

Professorlar: E.G'oziyev, I.Tursunov, J.Ikromovlarning "XXasr va shaxs kamoloti" mavzusidagi ma'lumotlarida ham psixologik xizmat ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etuvchi individ, shaxs va sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga jiddiy e'tibor berish zarurligi uqtiriladi:

- inson rivojlanishining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muxiti omillari);

- insonning o'ziga taalluqli, asosiy tafsilotlar, uning ichki konuniyatlari, mexanizmlari, e'tiqod bosqichlari barqarorlashuvi va involyutsiya;

- inson yaxlit tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o'zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta'sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi (Xalq ta'limi,N5). Darhaqiqat, har bir insonning o'z individual olamida sodir etilayotgan barcha ma'naviy va ruxiy kechinmalarini u yashab turgan jamiyat istiqbollariga mos tarzda tadqiq qilmay turib shaxs va faoliyat, shaxs va jamiyat, shaxs va individuallik o'rtasidagi ijtimoiy mutanosiblikni ta'minlab bo'lmaydi. Zero, psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilinayotgan ijtimoiy psixologik himoya falsafasi ham shuni taqozo etmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bugungi psixologik xizmatning qulay va shaxs kamoloti uchun nihoyatda ahamiyatli tomonlari barchaga ma'qul va manzur bo'lgan. Lekin, psixologik xizmatning keng targ'ibot qilinishi uchun yuqoridan maxsus rasmiy farmoyishning va amaliyotchi-psixologlarning nihoyatda taqchilligi yoppasiga barcha maktablarda xuddi shunday psixologik xizmatni tatbiq etish ishiga birmuncha to'sqinlik qilib kelar edi. 1990 yillarga kelib mustaqillik, erk, o'zlikni anglash hislari hukmron bo'lgan O'zbekiston sharoitida inson va jamiyat kamolotini ko'zlovchi barcha ijtimoiy sohalar singari psixologik xizmat tatbiqining keng quloch yoyishi uchun ham o'ziga xos zamin hozirlandi.

Bu esa O'zbekiston uchun xarakterli bo'lgan psixologik xizmat rivojlantirilishining navbatdagi amaliyotchi-psixologlar tayyorlash, bosqichiga o'tishni muqarrar qilib qo'ydi. Chunki, maktabdagi ijtimoiy psixologik iqlimni tahlil qila oluvchi malakali amaliyotchi-psixologlar tayyorlamay turib O'zbekistonda psixologik xizmat tatbiqini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo'lmas edi. Shunga muvofiq, dastavval Toshkentda, so'ngra Buxoroda, keyinchalik Navoiy, Andijon, Samarqand va boshqa viloyatlarda umumta'lim maktablari uchun " amaliyotchi-psixologlar" mutaxassisligi bo'yicha qayta tayyorlov kurslari ochildi va bu kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlar Respublikamizning talaygina maktablarida psixologik xizmat tashqilotchisi, targ'ibotchisi va tadqiqotchisi sifatida samarali ish olib bormoqdalar Ma'lumki, psixologik xizmat barcha mamlakatlarda, hatto bir -biriga o'xshamagan turli ilmiy-tashkiliy shakllarda amalga oshirilib kelmoqda.

Chunki, har bir davlatning faqat o'z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga mos tadbirlargina shu davlatda qo'llaniladi va kerak bo'lsa rivojlantiriladi. Shunga muvofiq, O'zbekistonda psixologik xizmatni rivojlantirish uchun malakali va yetuk mutaxassislar kamligini xisobga olib, dastlabki qadam maktabning eng ilg'or va iqtidorli o'qituvchilari orasidan amaliyotchi psixologlar tayyorlash tashabbusi bilan boshlandi. Bu borada o'rinli bir savol tug'iladi: Nima uchun " amaliyotchi-psixologlar " kursiga aynan tajribali o'qituvchilargina jalb qilindi? Darhaqiqat, kursga faqat yuqori malakali pedagoglarning jalb qilinishi bejiz emas. Chunki, maktabda psixolog bo'lish uchun, avvalo o'quvchi shaxsini, o'quv jarayonini ta'lim-tarbiya mezonlarini chuqur va to'g'ri tahlil qila olish malakasi va tajribasi bo'lishi shart, deb o'ylaymiz. Shuningdek, masalaning ijtimoiy tashkiliy tomonlari ham mavjud. Masalan, maktabda ishlab ma'lum tajribaga ega bo'lmagan shaxslar kursga qabul qilinsa, 4-5 oygina muddat ichida maktabdagi pedagogik-psixologik jarayonni to'g'ri va muvaffaqiyatli tahlil qila olish malakasiga ega bo'la olmaydilar. Boshqa tomondan esa, agarda, universitetlar va pedagogika institutlarida "amaliyotchi-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

pedagog-psixolog" mutaxassisligi bo'yicha fakul'tetlar tashkil qilinganda, kamida yaqin yillarda balki undan ham ko'proq kutishga to'g'ri keladi. Mabodo fakul'tetni tugatgan takdirda ham pedagogik tajriba bo'lmasa baribir pedagogik jarayonni psixologik tahlil qilish ishida bir muncha mushkullik tug'diradi.

Tadqiqot davomida mazkur qarorlarning va tadbirlarning maqsadidan kelib chiqib va shularga asoslanib O'zbekistonda psixologik xizmatni tashkil etish va rivojlantirishning dastlabki bosqichi quyidagi 7 yo'nalishlar asosida amalga oshirilishi mumkin, degan xulosaga kelingan:

1. Ta'lim tizimi muassasalarida psixologik xizmat;

2. Mexnat jamoalarida psixologik xizmat;

3. Oilaviy hayotni tashkil etish tizimi muassasalarida psixologik xizmat;

4. Transport muassasalarida psixologik xizmat;

5. Sog'likni saqlash tizimi muassasalarida psixologik xizmat;

6. Ichki ishlar, huquq- tartibot tizimi muassasalarida psixologik xizmat;

7. Sport muassasalarida psixologik xizmat.

Demak, bugungi kunda mazkur 7 yo'nalish bo'yicha shaxs psixologiyasi va jamiyat uyg'unligini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy psixologik tadbirlar baholi qudrat amalga oshirilmoqda. Bu esa eng birinchi navbatda mazkur yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatayotgan shaxslarning o'z- o'zini anglash, bilish va rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik muxofaza imkoniyatlardan keng ko'lamda foydalana olishlariga, ya'ni ularning faoliyatida qamroq muvaffaqiyatsizlikka uchrashlariga va ko'proq samarali mehnat qila olishlariga katta yordam beradi.

REFERENCES

1. Barotov Sh.R.Ta'limda psixologik xizmat.Oquv qo'llanma .Buxoro 2007 y.

2. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Toshkent.1999y

3. Tadjieva S.X., Sabirova D.G'. "Tanglik vaziyatida qolgan bolaga psixologik yordam ko'rsatish". T.: RBIMM, 2011 y. 142 b

4. Shirin Kamolova, PREEMSTVENNOST_FORMIROVANIYA

MIROVOZZRENIYA STUDENTOV NA OSNOVE OB^ECHELOVECHESKIX SENNOSTEY , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 1 (2021): Zamonaviy ta'limda pedagogika va psixologiya fanlari

5. Shirin Kamolova, THE ROLE OF UNIVERSAL AND SCIENTIFIC VALUES IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF FUTURE TEACHERS , Jurnal

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 2 (2021): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (oktyabr)

6. Shirin Kamolova, O'QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: Tom 2 № 5 (2022): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (yanvar)

7. Shirin Kamolova, ISPOLZOVANIE INTERAKTIVNblX METODOV V OBRAZOVANII YAVLYAETSYA TREBOVANIEM SEGODNYASHNEGO DNYA , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 2 (2021): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (oktyabr)

8. Shirin Kamolova, AVESTODA AXLOQIY IDEAL VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KO'RINISHLARI , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 3 (2021): Zamonaviy ta'limda Pedagogika va psixologiya fanlari (Noyabr)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.