Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'QUVCHILAR TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O'RNI
Toshpo'latova Nodira Xudjamuradovna
Jizzax davlat pedagogika instituti, pedagogika va psixologiya fakulteti Umumiy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada bugungi globallashuv jarayoniga xos ta 'lim texnologiyalaridan foydalanish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: globallashuv, pedagogik texnologiya, innovatsiya, interfaol metod, dunyoqarash, ishbilarmonlar o'yini,
АННОТАЦИЯ
В этой статье рассматривается использование образовательных технологий, которые имеют отношение к сегодняшнему процессу глобализации.
Ключевые слова: глобализация, педагогическая технология, развитие, процесс стабильности идеология, интерактивный метод, воспитание, мировоззрение.
ABSTRACT
This article discusses the use of educational technologies that are relevant to today's globalization process.
Key words: globalization, threat, ideology, interactive method, education, development, stability, worldview.
KIRISH
Bugungi kunda ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarni qo'llanilishi jadallashmoqda va bu ta'lim jarayonini yanada sifatli tashkil etishga ta'sir ko'rsatayotgani ko'zga tashlanmoqda. Shuning uchun xam ta'lim jarayonida interfaol metodlarni qo'llash,ta'lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning extiyojiga aylandi,talabalarning o'qish motivlarini o'stiradi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to'liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida, Yoshlarni barkamol
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
inson bo'lib etishishlarida ta'lim-tarbiya jarayonlaridagi islohatlarni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim konsepsiyasida shaxsni bilim olishga bo'lgan ichki ehtiyojini hosil qilish va uni o'qishga o'rgatishga, ichki tajribasi, his-tuyg'ulari, tafakkuriga katta e'tibor qaratilgan. Bu boradagi ishlarning ahamiyatliligini O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta'kidlagan edi: «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustivor sohasi deb e'lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz». [1-48]. Demak, ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biridir. Darhaqiqat, interfaol usullar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, talabalarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Demak, ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biridir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Interfaol usullar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, talabalarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Shuni ta'qidlash kerakkita'lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo'lib,individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi,balki bu jarayonda o'quvchiga ta'sir ko'rsatadi. Bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi. Natijada, talaba ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta'limdagi yutuqlar,eng avvalo, o'qituvchiga bog'liq.[2.65,]
Innovatsiya (Innovation ) yangilik yaratish,yangilikdir.Demak an'anaviy ta'limdagi kabi bir hil shablonlar asosida emas balki,yangiliklar asosida ta'lim jarayonining ta'sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya demakdir. Ta'limda pedagogik texnologyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish,o'quvchilarni tafakkur xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta'lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi.[3.84,]
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchi (pedagog)lar tomonidan interfaol metodlarning o'rinli, maqsadli, samarali qo'llanilishi ta'lim oluvchi (o'quvchi, talabalar)da muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g'oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi.
Innovatsiyalar o'z navbatida quyidagilar bilan bog'liq bo'ladi:
-Yangi mavzuni qabul qilish;
-Yangi jarayonlarni olib kirish;
-Rivojlanish maydoninig yangi mazmuni;
-Birgalikdagi xarakatning yangi tashkiliy shakllari;
-Yangi boshqaruv;
-Yangi mahsulot kabilar.
Shu sababli ham hozirda pedagogik innovatsiyani yaxlit murakkab jarayon sifatida qaralib, uning interfaol sifatlari, tarbiyaviy qismlari, funksional tavsifi va uzviyligi izchil tadqiq qilinmoqda. Bu borada biz innovatsion ta'lim texnologiyalaridan psixologiya fanlarini o'qitishda foydalansak o'quvchilar tafakkurini rivojlantirish belgilangan talablar darajasida shakllantirish imkonini beradi. Demak, o'quvchilar tafakkurini - ilm-fan, texnika-texnologiya, ma'naviyat, maorif, san'at va shu kabilarni rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko'tarish degani ekan. Bugungi kunda ana shunday natijalarni qo'lga kirita oladigan mutaxassislarni tayyorlash o'ta mas'uliyatli va dolzarb ekanligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, zamonaviy mutaxassislarning asosiy vazifalaridan biri ham ular o'zlarining intellektual salohiyatini jamiyat taraqqiyoti saviyalarga mos holda muntazam ravishda yuksaltirib borishdan iboratdir. Buning uchun ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quvchilar fan asoslarini mukammal o'zlashtirishlari uchun ta'lim jarayonida faol ishtirok etishlari va ularni qiziqiz bilan ishlashlariga imkon beruvchi samarali usullaridan foydalansak maqsadga muvofiq bo'ladi. O'quvchilar tafakkur xususiyatlarini shakllantirishda ishbilarmon o'yindan foydalanish yuqori natijalarni beradi. Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o'quv-tarbiya mashg'ulotlari,ya'ni o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi pedagogik muloqot ko'rinishida amalga oshiriladi.[4.29,]
Ishbilarmonlik o'yinlaridan foydalanishda talabalarning mustaqil, ijodiy va amaliy ish bajarish qobiliyatlari namoyon bo'ladi hamda rivojlanadi. Oldin egallagan bilim va ko'nikmalarni boyitish, yangi vaziyatlarda qo'llash imkoniyatlari ochiladi.
Ishbilamonlik yoki rolli vaziyatli o'yinlar - muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o'rinda matnli material o'rniga o'quvchilar tomonidan rollar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Ishbilarmonlik va rolli vaziyatli o'yinlar o'quv usuli sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
O'rgatuvchi: umumta'lim mahoratni shakllantirish,ijodiy qobiliyatni o'stirish, yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va taxlil qilish.
Rivojlantiruvchi : mantiqiy tafakkurni, nutqni, atrof-muhit sharoitiga o'rganish qobiliyatini o'stirish.
Motivatsion : o'quvchilarni o'quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishgishga rag'batlantirmoq.
Tarbiyaviy: ma'suliyatni kommunikativlikni shakllantirish.
O'yin usullari va vaziyatlarini, mashg'ulotlarning belgilangan shaklida amalga oshirish quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha sodir bo'ladi:
1. Didaktik maqsad talabalar oldiga vazifa ko'rinishida qo'yiladi.
2. O'quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi.
3. Uning vositasi sifatida o'quv materialidan foydalaniladi.
4. O'quv faoliyatiga didaktik vazifani o'yinga aylantiradigan musobaqa elementini kiritish.
5. Didaktik vazifani muvofaqqiyatli bajarilishi o'qin natijasi bilan bog'lanadi.
Ishbilarmonlik o'yini rolli o'yindan qanday farq qiladi?
Ishbilarmonlik o'yini ishtirokchilariga o'yin syujeti taklif etiladi. Unda, bayon qilingan hayotiy vaziyat bo'yicha, ishtirokchilar oldiga faoliyatning bitta umumiy maqsadi qo'yiladi: taklif qilingan muammoni echish.
Shu bilan bir vaqtda, har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarish kerak. Shuning uchun, echimni ishlab chiqish jarayoni individual - guruhli xarakterga ega: har bir ishtirokchi, avval o'zining rolli maqsadiga muvofiq qaror qabul qiladi, keyingisi guruh bilan maslaxatlashadi. Ushbu shaxsiy rolli maqsadni bajarilishi butun guruh a'zolarining natijalariga bog'liqdir. Odatda ishbilarmonlik o'yini davomida muammoni echish bir nechta bosqichda sodir bo'ladi (2-3tadan 10tagacha o'yini mobaynida). Qatnashchilar faoliyatini baholash yakuniy va oraliq davrdagi ko'rsatkichlar bo'yicha amalga oshiriladi. Oraliq baholash o'yini davomida qatnashchilar faoliyatiga ta'sir ko'rsatish, oldiga qo'ygan vazifalarni mustaqil amalga oshirishga imkon beradi.
Yakuniy baholashda talabalarning tashkiliy faoliyati va ular tomonidan o'yinning rolli maqsadlarini bajarilishini hisobga olinadi.
Oriental Renaissance: Innovative, 73 VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Natijalarining ko'rsatishicha, talabalar ilmiy dunyoqarashini yuksaltirishga ishbilarmon o'yinni qo'llash quyidagicha qator ta'limiy afzalliklarni qo'lga kiritish imkoniyatini berar ekan:
• O'qitishningi jodiy muhiti yaratiladi;
• talaba sifatli va ishonchli o'quv-didaktik va intellektual ma'lumotla rbilan ta'minlanadi, ya'ni ular shug'ullanayotgan sohasi bo'yicha o'zlari ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so'nggi yutuqlaridan xabardor bo'ladi;
• ishbilarmonlar o'yini barcha turdagi o'quv mashg'ulotlarida kompyuter dasturlarining qo'llanilishini a'minlashga imkoni yatyaratadi;
• mustaqil ta'lim olishlariga sharoit yaratadi, ya'ni ularning kasbiy faoliyatida, mustaqilholda, bilimlar egallashlarida ishonchli usullardan bo'lib, o'zlashtirish lozim bo'lgan bilim ko'nikma va malakalarni shakllantiradi.
Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish oquvchilarni xar tomonlama shakllantirishga qaratilgan bo'lib, metod orqali o'quv maqsadlariga erishiladi, ob'ekt faoliyatini sub'ekt munosabatiga almashinish, faollashtirish va natijani oldindan kafolatini belgilashni ta'minlab beradi. Bunday o'yinning diqqatga sazovor tomoni shundaki, bo'lajak mutaxassis o'z kasbiy faoliyatini takomillashtirishga ongli va ijodiy holatda yondashadi.
XULOSA
Demak, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda shuni ta'kidlash joyizki,har tomonlama etuk shaxsni shakllantirish bugungi kuning asosiy maqsad vazifalaridan bir bo'lib kelmoqda.albatta xar bir ta'lim olayotgan talabaga kasbiy yo'nalganligidan kelib chiqqan holda qo'llanilgan, interfaol metod ishbilarmonlar o'yinidan foydalanish ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyatbo'lib, uning yordamida ta'lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish hamda «Kadrlar tayyorlash milliydasturi»da qayd etilgan raqobatbardosh zamonaviy kadrlarni tayyorlashga erishish mumkin ekan.
REFERENCES
1. Karimov I.A. "Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz " - 7 chi tom. -Toshkent: O'zbekiston, 48 b.
2. Mirziyoyev SH.M. "Maktab ta'limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur"Toshkent:23. 08.2019 yil yig'ilish materiallaridan 4.b.
3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» G'G' Oliy ta'lim (me'yoriy huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami). - Toshkent: 2004. - 12 b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
4. G'afforova T. "Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar"-Toshkent 2011y-4b-84b
5. Kamolova, S. (2021). ПРЕЕМСТВЕННОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ МИРОВОЗЗРЕНИЯ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКИХ
6. Kamolova, S. (2021). THE ROLE OF UNIVERSAL AND SCIENTIFIC VALUES IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF FUTURE TEACHERS. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2).
7. Kamolova, S. (2022). УКИТУВЧИ ПЕДАГОГИК КОБИЛИЯТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК АСОСЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(5).
8. Kamolova, S. (2021). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБРАЗОВАНИИ ЯВЛЯЕТСЯ ТРЕБОВАНИЕМ СЕГОДНЯШНЕГО ДНЯ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2.
9. Kamolova, S. (2021). АВЕСТОДА АХЛОКИЙ ИДЕАЛ ВА УНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК КУРИНИШЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).
10. Kamolova, S. (2021). IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL ETHICS IN FUTURE TEACHERS. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).
11. Камалова, Ш. У., Мунарова, Р. У., Ахмедова, Н. А., & Эшонкулов, Б. М. (2015). Педагогические взгляды Абу Али ибн Сины (Авиценны). Молодой ученый, (9), 1068-1070.
12. Яхшиева, М. Ш., Камолова, Ш., Эшонкулов, Э. С., Усанов, У. Н., & Уразолиев, Х. А. (2015). Самовоспитание-естественный процесс адаптации личности. Образование и воспитание, (1), 62-64.
13. Мунарова, Р. У., Камолова, Ш. У., Шакарбоева, Ш. А., Каршибоева, Д. Б., & Алимкулов, С. О. У. (2016). Великие мыслители Средней Азии о воспитании гармоничного и всесторонне развитого поколения. Проблемы педагогики, (2
ЦЕННОСТЕЙ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 1.
(13)), 17-19.