Научная статья на тему 'BERUNIYNING FALSAFIY QARASHLARIDA OLAM VA ODAM MUAMMOSINING TAHLIL ETILISHI'

BERUNIYNING FALSAFIY QARASHLARIDA OLAM VA ODAM MUAMMOSINING TAHLIL ETILISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

3715
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitob ahllari / Falsafa / Hindiston / evolyutsion nazariya / hujayra nazariyasi.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — O‘ Shonazarov

Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini to'la ma'noda insoniyat tarixining o'tgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga bag'ishlangan mumtoz qomusiy asar xaqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BERUNIYNING FALSAFIY QARASHLARIDA OLAM VA ODAM MUAMMOSINING TAHLIL ETILISHI»

BERUNIYNING FALSAFIY QARASHLARIDA OLAM VA ODAM MUAMMOSINING TAHLIL ETILISHI

O'. Shonazarov

NavDPI o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini to'la ma'noda insoniyat tarixining o'tgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga bag'ishlangan mumtoz qomusiy asar xaqida.

Kalit so'zlar: kitob ahllari, Falsafa, Hindiston, evolyutsion nazariya, hujayra nazariyasi.

Birinchi ming yillikning so'nggida (973 yil, 4 sentyabr) tavallud topgan ulug' bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ham falsafa fanini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo'shdi. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini to'la ma'noda insoniyat tarixining o'tgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga bag'ishlangan mumtoz qomusiy asar, deb baholash mumkin. Mazkur kitobda ulug' mutafakkir asar yozilishi jarayonida olib borgan ilmiy-falsafiy tadqiqotlari, qo'llagan usullari xususida so'z yuritib shunday yozgan:«Mazkur asarni yozish asnosida o'zimga ishonch hosil qildim-ki, aqliy narsalardan dalil keltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo'li bilan haqiqiy malumotlarga ega bo'lish mumkin emas. Bunga faqat «kitob ahllari» va turli din arboblariga, shu (e'tiqodlarga) amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini hamisha asos tutish bilan belgilanadi. So'ngra ularning isbot uchun keltirgan so'z va e'tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi». Falsafada olamni bilish yo'llari, usullari ishlab chiqilgan va bu metodologiya (usullar haqidagi ta'limot)da o'z ifodasini topgan. Ijtimoiy falsafa inson va jamiyatni o'rganish yo'llari, usullari haqida bahs yuritadi. Abu Rayhon Beruniy dunyoning manzarasi evolyutsion jarayon natijasida tarkib topganligini alohida qayd etadi. «Olamni idora qiluvchi manba -"tuzilish va buzilish"dan iborat ziddiyatdir, degan fíkrni qo'llab-quvvatlaydi». Ayni chog'da Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch ziddiyat va qarama-qarshiliklar emas, balki turli ijtimoiy darajalardagi murosa va konsensus ekanligini uqtiradi. «Qarama-qarshiligi ravshan, ayon bo'lgan narsaga qanday inonib bo'ladi?», deb ulug' mutafakkir qarama-qarshiliklardan holi bo'lgan jarayonlarga o'zgarish ehtiyoji

61

kuchayishiga ishora qiladi. Beruniy o'zining butun ijodiy faoliyati davomida ijtimoiy hayot masalalari bilan qiziqdiki, "Hindiston", "Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarida o'z falsafiy qarashlarini bayon etdi. Abu Ray hon

Beruniy Markaziy Osiyo va Sharq mutaffakkirlarini falsafiy g'oyalarini rivojlantirdi. Jumladan, o'zining "Qadimgi halqlardan qolgan yodgorlilar" asarida insoniyat hayoti haqidagi masalani ilmiy asosda hal etishga harakat qildi. Jamiyat va kishilar hayotida geografik omilning ahamiyati, uning ijtimoiy hodisalariga ta'sirini ko'rsatdi. Musulmonlar va hindlarning urf-odatidan tafovutlarning geografik sharoitlar bilan izohladi, hatto tillar o'rtasidagi tafovutlarni ham geografik omillar bilan bog'ladi. Abu Rayhon Beruniyning fikricha, falsafaga yo'l borliqni chuqur tushunib etishga imkon beradigan tabiatshunoslik fanlari orqali o'tadi. Umuman olganda, Beruniy falsafani borliqni mohiyatini biladigan fan sifatidagi ta'rifga qo'shiladi. Shuningdek, Abu Ma'shar al-Balhiyning "Tabiat hamma narsadan kuchliroqdir", - degan nuqtai nazariga qo'shilgan. Jahon ijtimoiy-falsafiy ta'limotining vujudga kelishi va rivojlanishiga Sharq va G'arb olimlari munosib hissa qo'shganlar. Ijtimoiy taraqqiyotning ma'lum bir davrlarida Sharq mamlakatlari etakchi mavqeini egallaganlar. Osiyo va Evropa mamlakatlari halqlarining jahon falsafa fani rivojidagi rolini biryoqlama bo'rttirish yoki kamsitish nazariy jihatdan hatodir. Har qanday fan o'z mohiyatiga ko'ra umumbashariydir. Er yuzidagi har bir halq katta-kichikligidan qatiy nazar, uning rivojiga o'z hissasini qo'shib keldi. XIX asrning o'rtalarida tabiatshunoslik fanlarida qilingan buyuk kashfiyotlar (evolyutsion nazariya, hujayra nazariyasi, energiyaning saqlanishi va o'zgarishi qonuni) falsafiy dunyoqarashning o'zgarishiga, jamiyat to'g'risidagi ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga turtki berdi. Jamiyat g'oyat murakkab va ko'pqirrali hodisa bo'lib, muttasil ravishda o'zgarish va rivojlanish xususiyatiga egadir. Juda qadim zamonlardanoq insoniyatning ulug' mutafakkirlari jamiyat mohiyatini bilishga va insonning jamiyatdagi o'rni va rolini belgilashga harakat qilganlar. Turli tarixiy davrlarda mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy qarashlar jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanishi to'g'risida muayyan bilim, tasavvurlar hosil qilishga imkon bergan. Insoniyat ma'naviyati yuksalib borgani sayin jamiyat to'g'risidagi qarashlar ham tobora takomillashib borgan, jamiyat to'g'risidagi o'ta sodda diniy-mifologik qarashlarga nisbatan ancha murakkab va ishonchli ilmiy-falsafiy qarashlar vujudga kelgan. Jamiyat to'g'risidagi izchil ilmiy-falsafiy qarashlarning rivojlanishiga Markaziy Osiyo mutafakkirlari qomusiy bilim egalari: Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino singari ulug' mutafakkirlar salmoqli hissa qo'shganlar. Ularning ilg'or qarashlari ko'p asrlar davomida ijtimoiy munosabatlarni

62

takomillashtirish, komil inson shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi va hozirgacha o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Abu Rayhon Beruniy O'rta asr Sharq uyg'onishi sharoitida haqiqiy ilmiy tabiatshunoslikka asos soldi, u tabiatshunoslikning turli sohalarida o'z davri uchun taajjubga soluvchi shunday ilmiy va faraziy fikrlarni olg'a surdiki, ular bir necha asrlardan so'ng Evropa ilmida o'z isbotini topdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning tabiiy-ilmiy qarashlari bilan bog'liq chuqur ijtimoiy-ilmiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar ham o'z ifodasini topgan. U Forobiy ilmiy-falsafiy ta'limotiga asoslanib Allohni hamma narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham xudo hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi e'tirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va o'zgarish huquqini tabiatga beradi. Uning ta'limoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi, tabiat o'zining tabiiy kuchiga ega bo'lib, shu kuch ta'sirida tabiatda to'xtovsiz harakat, o'zgarish, o'sish, rivojlanish, vujudga kelish, emirilish, halok bo'lish jarayonlari sodir bo'ladi. Bulardan shunday hulosaga kelish mumkinki Beruniy o'z ilmiy-falsafiy qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi haqida gapiradi.Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan. U insonni eng sharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat o'zi uchun yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini ta'kidlaydi. Uningcha, insonlar o'rtasidagi tafovut ko'proq tashqi jihatdan mavjud bo'lib, ular ichki tuzilishi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. U «Hindiston» asarida insonlarda tillarning turlicha ekanligi to'g'risida to'xtalar ekan: «Tillarning turlicha bo'lishiga sabab-odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda yashashlaridir»,-deydi Beruniy mamlakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm-fan taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq bo'ladi. U: «har bir olim o'z muhokamasida amaliyotga asoslanishi, o'z tadqiqotida aniq maqsadga ega bo'lishi, tinimsiz mehnat qilishi, hatolarni qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har hil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur»,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda halqlar do'st, inoq, ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qattiq qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi. Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy merosi, aniq fanlar bo'yicha ko'targan muammolari o'z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Beruniy o'z astronomik jadvalida olamning markazi Er emas, balki quyoshdir, hamma planetalar, shu jumladan Er ham quyosh atrofida aylanadi, degan geliosentrik gipotezani olg'a surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi

63

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

500 yildan keyin ulug astronom Kopernikning geliosentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan Er ham o'zaro tortishish kuchiga ega, degan xulosaga keladi. Uning bu ilmiy taxmini XVIII asr boshida ingliz olimi N'yuton kashf etgan butun dunyo tortilish qonuni bilan ilmiy jihatdan asoslandi.

Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida rivojlanishning mohiyati, uning sur'atlari insonlarning ma'naviy kamoloti darajasiga bog'liq bo'lgan. Qaysi erda ma'naviy kamolot yuksak bo'lib, ma'rifiy-tarbiyaviy tadbirlar oqilona yo'lga qo'yilgan bo'lsa, o'sha mamlakatda jamiyat ijtimoiy mezonlar asosida rivojlanganligi tarixdan ma'lum. Ma'lumki, mustaqilligimiz sharofati bilan biz o'z milliy davlatchiligimizga, qomusimizga ega bo'lish bilan, ma'naviy-madaniy me'rosimizni, halqimiz qahramonlari tarixini, ajdodlarimiz o'git- nasihatlarini o'qib o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldik.Necha ming yillik tarixiy takomil yo'lini bosib o'tgan Markaziy Osiyo halqlari ma'naviyati VIII asr ohiri va IX asr boshlaridan yangi kamolot pillapoyalaridan ko'tarilib, IX-XI asrlar mobaynida yagona islom madaniyati shaklida namoyon bo'ldi.Bu tarixiy davrda buyuk allomalarimiz Ahmad Farg'oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolar jahon ilm-fani va madaniyatining ravnaqiga ulkan hissa qo'shdilar.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.