ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113
YUKSAK MA'NAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O'RTA OSIYO ALLOMALARINING ILMIY MEROSLARINING O'RNI
Gulruh Baxodir qizi Vafoeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
O'rta Osiyo tarixiy voqealarga g'oyat boy o'lka bo'lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma'naviyatning markazlaridan biri bo'lib kelgan. Bu o'lka dunyoga ma'naviyat va ma'rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug' zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma'rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo'shganlar. O'rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma'rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Kalit so'zlar: yuksak, ma'naviyat, yoshlar, tarbiya, O'rta Osiyo, alloma, ilmiy, meros.
THE ROLE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF CENTRAL ASIAN SCIENTISTS IN EDUCATION OF HIGH SPIRITUAL YOUTH
ABSTRACT
Although Central Asia is a country rich in historical events, it has long been one of the centers of science, culture and spirituality. It has educated hundreds and thousands of world leaders and statesmen in all spheres of spirituality and enlightenment. Our great ancestors were directly involved in the creation of universal enlightenment and made a great contribution to its development and enrichment. The cultural heritage of Central Asia is an integral part of world culture and enlightenment.
Keywords: high, spirituality, youth, education, Central Asia, scholar, science, heritage.
KIRISH
Endilikda jahon ma'naviyati va ma'rifati saltanatida o'z o'rinlariga ega bo'lgan ulug'larimizni teran anglash, o'rganish va ulug'lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, "...necha yillar bizni
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113
tariximizdan, dinmizdan, ma'naviy merosimizdan g'ofil etishga urindilar, - natijada ular o'z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo'lish, o'rganishdan mahrum bo'lib keldi"[1]. Mustaqillik tufayli o'rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo'lgach, ona zaminimiz ma'naviy merosini chuqurroq o'rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
IX-XV asrlarni Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg'onish) davri deb atashadi. Ma'naviyat va ma'rifatning g'oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo'lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta'sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma'mun davrida (813-133 yy.) Bag'dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o'girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o'ynadilar.
O'rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg'oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog'liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag'doddagi "Bayt-ul-hikma"ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda alFarg 'oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari "Astranomiya va astralyabiyaga kirish", "Falakdan bo'ladigan sabablar", "Astralyabiya fani usullari", "Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi" va boshqalardir. Farg'oniyning "Astranomiya asoslari" kitobi o'sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo'lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko'p asrlar davomida Evropada astronomiya bo'yicha qo'llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada alFraganus nomi bilan mashhur bo'lgan.
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri "Kitob al-jabr va al-muqobala" asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan -algebraning vujudga kelishiga zamin bo'ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113
- al-jabr, ya'ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, ya'ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo'yishni kashf qildi.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur etish qiyin. U "Sharq Aristoteli", "Ikkinchi muallim" degan unvonga sazovor bo'lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel "Birinchi muallim " deb yuritilgan. Farobiy ko'p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo'lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini - Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ'ib qilish va o'rganishga bag'ishlangan asarlar; 2) o'rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Masalan, "Aristotelning "Metafizika" asariga izoh", "Aristotelning "Osmon sistemasi" kitobiga izoh", "Aristotelning "Etika " kitobiga sharh ", "Substanstiya haqida so 'z ", "Masalalar manbai ", "Qonunlar haqida kitob", "Bo'shlik haqida kitob", "Musiqa haqida so'z", "Fozil odamlar shahri " va boshqalarni ko 'rsatish mumkin.
Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g'alabaga erishuvi, yaxshilikni qo'lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko'tarilishi inson va jamoaning o'z qo'lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo'ladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-ma'rifat birinchi o'rinda bo'lmog'i lozim deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. Fozil shahar boshlig'i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg'on va yolg'onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko'ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo 'lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, go 'zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to 'sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo 'Imaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi.
Jahon madaniyati va ma'rifatiga katta hissa qo'shgan, Sharq va Evropada "Shayx-ur-rais - olimlar boshlig'i" unvoniga ega bo'lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o'z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning "Tib qonunlari" nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo'yicha asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Ibn Sino yoshligida zo'r mehnat, izlanish, g'ayrat bilan ilmlarni o'rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: "Uyquga ketgan vaqtimda ham o'ngimdagi masalalarni ko'rardim. Shu holatda ko'p masalalar tushumda menga ayon bo'lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113
darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning "Metafizika"sini "qirq bir marta qayta o'qidim". U menga hatto yod bo'lib ham qoldi. Lekin shunday bo'lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim", - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel "Metazifika"siga yozgan sharhini o'qib hal qiladi.
IX-XII asrlar ma'naviyati va ma'rifati rivojida XI asrning ko'zga ko'ringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o'rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o'zining yagona dostoni bo'lmish "Qutadg'u bilig" bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo'lib, uni shoir Qashg'ar hokimi Sulaymon Asrlon qoraxonga bag'ishlagan. Shu asari uchun unga Xos Hojib, ya'ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni berilgan. Doston qahramonlari - hokim Kuntug 'di adolat ramzi, vazir Oyto 'ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o 'g'li O 'gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi.
Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va foydali mehnatda chinakam kamolotga etadi, degan g'oyani ilgari suradi. Insonga foyda keltirmaydigan inson - o'likdir, deb ta'kidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli - dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi rol o'ynaydi, deb uqtiradi. Shuning uchun, Yusuf Xos Hojib hokimga adolatli bo 'lish, o 'zboshimchalik va qonunsizlikka yo 'l qo 'ymaslikni maslahat beradi.
Yusuf Xos Hojib ilm va ma'rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab-yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashgan da'vat etadi. U kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash'alga o'xshatadi. Shoir kishilarni so'zlaganda o'ylab gapirishga chaqiradi. So'zingga ehtiyot bo'l, boshing ketmasin, tilingga ehtiyoj bo'l, tishing sinmasin. Ma'nodor so'z donolik alomati, bema'ni so'z mahmadanagarchilik axmoqlik alomatidir. Shu bois odam ko'proq quloq solib, kam gapirishi kerak deb aytadi.Yusuf Xos Xojib shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma'naviy dunyosiga mos bo'lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg'onchi, munofiq kishilar jamiyat uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo'lish kerak deydi.
Muhammad Tarag'ay Ulug'bek (1394-1439) o'zidan ulkan ilmiy va madaniy meros qoldirdi, "Ziji jadidi Ko'ragoniy" ("Yangi Ko'ragon astronomik jadvallari") -"Ulug'bek ziji" buyuk olimning dunyoga mashhur asari. Ulug'bek Samarqandda observatoriya va madrasa qurdi, o'z akademiyasini tashkil qildi. O'z shogirdlari bilan mingdan ortiq yulduzni o'rganib, ro'yxati - "yulduzli osmon xaritasi"ni tuzdi. Ulug'bek akademiyasida olimlar faqat astronomiya bo'yicha emas, balki matematika, falsafa, tarix va boshqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib borishgan. Ulug'bek akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono Aloviddin Ali ibn
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113
Muhammad Qushchi (1403-1474) o'zidan matematika va astronomiyaga bag'ishlagan dunyoga mashhur ilmiy ishlarini qoldirdi. U yil fasllarining o'zgarishini Yerning Quyoshga yaqinlashishi natijasida Quyosh nurlarining Yer sathiga ta'siri bilan bog'liq deb hisoblagan, Quyoshning tutilishi jarayonini ilmiy nuqtai nazardan aniqlagan. Ali Qushchining asarlari XVI-XVII O'rta va Yaqin Sharqda astronomiya va matematika rivojiga salmoqli ta'sir qilgan.
Mirzo Ulug'bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi ravnaqiga salmoqli hissa qo'shishdi va astronomik kuzatuv bilimlarini yanada yuqori darajada ko'tarishdi. 1428-1429-yillarda Ulug'bek radiusi 40 metr kvadrant bosh uskunasi bo'lgan, o'lchamlari tengsiz, noyob astronomik rasadxona qurgan. Samarqandda 30 yillik kuzatishlar asosida tuzilgan 1018 yulduz katalogi uzoq yillar dunyoda tengsiz bo'lib qoldi. Ulug'bek astronomiya maktabi yutuqlari Sharq va G'arb fani yuksalishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uning ilmiy asarlari dunyoning ko'p tillariga tarjima qilindi, Yevropa va Amerikada keng tarqaldi. Mirzo Ulug'bek jahon fani tarixida Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay Kopernik va Galileo Galiley bilan bir qatorda turadi. M.V. Lomonosov nomidagi MDU katta zalida barcha davrlar olimlariga bag'ishlangan tarixiy xotira galereyasida o'rta asrlarning mashhur olimi Mirzo Ulug'bekning portreti haqli ravishda o'ziga mos joyni egallagan. O'zbekistonning bir qator shaharlari va Belgiyada Mirzo Ulug'bekka haykal o'rnatilgan, qadimiy Samarqand observatoriyasiga, qator universitetlarga, jumladan O'zbekiston Milliy universitetiga, maktablarga, shaharga qarashli tumanlarga va O'zbekistondagi fizik-yadroshunoslar qo'rg'oniga uning nomi berilgan[2].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 25-dekabr kuni yoshlar forumida ishtirok etdi. Prezidentimiz o'z nutqida yoshlarimizni ulug' allomalarimizdan namuna olgan holda bilim olishga undadi: "Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor: "So'z - gul, ish - meva". O'ylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo'lsa, ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Sizlar ko'p kitob o'qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o'tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg'oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda"[3].
Prezidentimiz o'z so'zida davom etar ekan, bu o'rinda qomusiy olim Muhammad Xorazmiy asos solgan ilm - "algoritm"ni eslashning o'zi kifoyaligini
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-108-113
ta'kidladi. Ushbu ulug„ zotning beqiyos xizmatlarini insoniyat hamon minnatdorlik bilan eslamoqda. Uning olamshumul kashfiyotlari bugungi axborot texnologiyalarini yaratishda ham asos bo'lgan.
XULOSA
Yuqoridagi keltirilganlardan xulosa qiladigan bo'lsak buyuk allomalarimizning bizlarga qoldirgan ilmiy me'rosi ham buyukdir. Ushbu ilmiy me'rosdan hozirgi zamon bilan uyg'unlashtirilgan holda foydalanish har bir bilim oluvchi uchun muhimdir. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo'lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o'rinni egallaydi. Oilada ota -onalar, ayniqsa, o'qimishli ota - onalar o'z farzandlarining haqiqiy inson bo'lib kamol topishiga alohida e'tibor berishlari lozim.
REFERENCES
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T.: Sharq. 1998-yil
2. N.A.Jumayeva. O'rta Osiyo allomalarining ilmiy me'rosi. Uslubiy qo'llanma. Buxoro, "Durdona" nashriyoti. 2013.
3. review.uz/uz/712 Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston yoshlari forumida yoshlar uchun muhim bir yangilikni yetkazdi.
4. Rasulov, A. R. (2021). O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, o'zgarish va muammolar. Academic Research in Educational Sciences, 2(2), 257-264.