Научная статья на тему 'BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA ZIYORAT TURIZMINING ROLI'

BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA ZIYORAT TURIZMINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
turizm / ziyorat turizmi / Butunjahon sayyohlik tashkiloti / tur / sayyoh / ziyoratgoh / madaniy meros / turistik resurs / turistik salohiyat.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Soxibova Muslimaxon Xolmatjon Qizi

Ushbu maqolada ziyorat turizmining bugungi kundagi roli, xalqaro turistik bozordagi ulushi, ziyorat turizmi resurslarini samarali boshqarish, turistik salohiyatni oshirish, O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish muammo va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA ZIYORAT TURIZMINING ROLI»

BARQAROR IQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASHDA ZIYORAT TURIZMINING ROLI

Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi

O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot

instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11218928

Annotatsiya. Ushbu maqolada ziyorat turizmining bugungi kundagi roli, xalqaro turistik bozordagi ulushi, ziyorat turizmi resurslarini samarali boshqarish, turistik salohiyatni oshirish, O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish muammo va istiqbollari ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: turizm, ziyorat turizmi, Butunjahon sayyohlik tashkiloti, tur, sayyoh, ziyoratgoh, madaniy meros, turistik resurs, turistik salohiyat.

Mehmondo'stlik sanoati oxirgi yigirma yil ichida jahon iqtisodiyotining yetakchi va eng katta daromad keltiruvchi sohalaridan biriga aylandi. Turizm nafaqat ma'lum bir mamlakat, balki mintaqalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda. Iqtisodiyotning sayyohlik sektori qisqa muddat ichida yuqori daromad keltira olish qobiliyati sababli iqtisodiyotning boshqa sektorlariga nisbatan ancha tez va barqaror sur'atlarda o'sayotganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Butunjahon sayyohlik tashkiloti - UN Tourism har yili global va mintaqaviy turizm ko'rsatkichlariga oid statistik tadqiqotlar natijalarini e'lon qilib boradi. Unga ko'ra, 2023-yilda turistik tashriflar soni 1,286 milliondan ortiq kishini, avvalgi yilga nisbatan o'sish 33,9 % ni tashkil qildi1.

1-rasmda 2010-2023-yillar kesimida xalqaro turistik tashriflar soni aks etgan bo'lib, unga ko'ra 2010-2019-yillar oralig'ida turistik tashriflar soni yildan yilga o'sib, 2019-yilda 1462,27 millionni tashkil etgan. Biroq, 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi sababli tashriflar soni qariyb 72 % ga kamaydi. 2021-yilga kelib pandemiya cheklovlari kamayganligi bois, turistik tashriflar soni 2020-yilga nisbatan 12,5 % ga oshdi, biroq pandemiyagacha bo'lgan davrdagi holatini tiklay olmadi. 2022-yilda o'sish 110 % ni, 2023-yilda esa sayyohlar oqimi hajmi 2022-yilga nisbatan 34 %, jami 1285,66 millionni tashkil etdi, ammo bu ko'rsatkich ham 2019-yilga nisbatan 12 % ga kamligicha qolmoqda.

O'zbekistonda turizmning istiqbolli: ziyorat, tarixiy-madaniy, rekreatsion, ta'lim, gastronomik yo'nalishlarini tashkil etish va rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Shuning uchun yo'nalishlarda sayyohlar sonini oshirish, shu orqali turizmdan tushgan tushumni ko'paytirish, sektorda yangi ishchi o'rinlar yaratish, mavjud turistik resurslarni samarali boshqarish muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2016-2019-yillar kesimida o'sib borgan (2-rasm). 2019-yilda jami turistlar soni 6748,5 mingdan ziyod kishini tashkil qilgan, 2020-yilda esa bu ko'rsatkich pandemiya sababli 77,7 % ga kamaygan. 2021-yilda O'zbekistonga jami 1881,3 ming nafar turistlar tashrif buyurdi, bu esa 2019-yildagidan 3,5 barobar kichik ko'rsatkich edi. Ammo, pandemiya tufayli vujudga kelgan cheklovlar qisqargach, mamlakatga turistlar oqimi yana ko'paya boshladi. 2023-yilda tashrif buyurgan sayyohlar soni 6,6 milliondan oshdi va pandemiyagacha bo'lgan holatni 98,2 % ga tikladi.

1 https://www.unwto.org/tourism-data/global-and-regional-tourism-performance

1600

1400

1200

1000

800

600

400

1285,66

927,

200

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023

1-rasm. 2010-2023-yillar kesimida xalqaro turistik tashriflar soni (million kishi)2

Mamlakatga tashrif buyurayotgan turistlar sonining ortishi turistik resurslardan samarali foydalanish, turistik xizmatlar soni va sifatini oshirish, turlarning xilma-xilligini ta'minlashni taqozo etadi.

2023-yilda qabul qilingan "O'zbekiston - 2030" strategiyasi 58-bandida mamlakatimizda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish masalasi va mazkur masala doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilab qo'yilgan3. Ulardan biri esa ziyorat turizmi bo'yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirishdan iborat4.

2 https://www.unwto.org/tourism-data/global-and-regional-tourism-performance ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son, https://lex.uz/ru/docs/-6600413

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son, https://lex.uz/ru/docs/-6600413

0

2-rasm. 2018-2022-yillar kesimida O'zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan

chet el fuqarolari (ming kishi)5

Turizmning istiqbolli yo'nalishlarini mamlakatning barcha hududlarida keng yo'lga qo'yish, sektorni modernizatsiyalash, turizm markazlarida infratuzilmani takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va diversifikatsiya qilish mamlakatning turistik destinatsiya sifatida xalqaro turizm bozoridagi o'rnini mustahkamlaydi. Shuning uchun, ushbu sektorni yanada chuqurroq tadqiq etish, xorijiy mamlakatlarning tajribasini o'rganish va tadbiq etish imkoniyatlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunga kelib ziyorat turizmi nafaqat milliy, balki xalqaro turizm tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Insonlar asrlar davomida o'zlari muqaddas deb hisoblagan manzillar, diniy markazlarga tashrif buyuradi. Bundan tashqari diniy marosimlarga qatnashish, ziyorat davomida diniy majburiyatlarini bajarishga intiladi. Din omili insonlar, jamoalar va hatto xalqlarning o'z-o'zini anglash, xulq-atvorini shakllantirishga bevosita ta'sir o'tkazadi. Mazkur omil ijtimoiy tizimning elementi bo'lib, aksariyat hollarda eng muhim omil sifatida namoyon bo'ladi.

O'zbekiston turizm, xususan, ziyorat turizmini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Mamlakat hududida 8 mingdan ziyod madaniy meros obyektlari mavjud bo'lib6, ulardan 209 tasi UNESCO ning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan7. Bundan tashqari, respublikada 11 ta milliy tabiat bog'lari va davlat qo'riqxonalari, 106 ta muzey va boshqa ko'plab sayyohlarni jalb eta oladigan turistik obyektlar mavjud.

1-jadvalda hududlar kesimidagi ziyoratgohlar axborot portalida keltirilgan ma'lumotlarning 2023-yildagi holati asosida berilgan. Mazkur reyestr xali to'liq shakllintrilmaganiga qaramay, mamlakatdagi ziyoratgohlarning asosiy qismi - 96 % ni islomiy qadamjolar tashkil etganligiga guvoh bo'lish mumkin. Eng ko'p ziyoratgohlar joylashgan hududlar Jizzax, Andijon, Farg'ona hisoblanadi. Mazkur hududlarda ziyoratgohlar nafaqat ko'p, balki zich joylashganligiga alohida e'tibor berish lozim.

1-jadval

O'zbekistonda joylashgan ziyoratgohlar hududlar kesimida8

Hududlar Umumiy Islomiy Islomiy

ziyoratgohlar qadamjolar qadamjolar

soni, nafar soni, nafar ulushi, % da

1 O'zbekiston Respublikasi 644 620 96

2 Qoraqalpog'iston Respublikasi 53 52 98

3 Andijon 94 91 96

4 Buxoro 29 29 100

5 Jizzax 98 96 97

6 Qashqadaryo 60 59 98

7 Navoiy 62 62 100

5 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

6 https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/26538-o-zbekistonda-8210-ta-madaniy-meros-obyektlari-mavjud

7 https://articles.unesco.org/en/articles/uzbekistan-and-unescos-strong-partnership-preservation-and-promotion-world-heritage-sites

8 https://uzbekistan.travel/uz/c/ziyorat-turizm-obyektlari-reestri/ ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi

8 Namangan 28 27 96

9 Samarqand 67 61 91

10 Surxondaryo 13 13 100

11 Sirdaryo 5 5 100

12 Toshkent 25 15 60

13 Fargona 88 88 100

14 Xorazm 7 7 100

15 Toshkent sh. 15 15 100

Ziyoratchilar uchun muqaddas joy va diniy manzillar alohida ahamiyatga ega. Mazkur manzillarga tashrif diniy marosimlar va bayramlar tufayli yilning ma'lum vaqtlarida amalga oshirilishi mumkin. Sayyohlar, asosan, masjidlar, maqbaralar, muzeylar va ko'rgazmalarga tashrif buyurish imkoniyatini beradigan ekskursiyalarga alohida qiziqish bildiradi. Ziyorat turizmi doirasida sayohat qilish uchun diniy mutanosiblik sharti mavjud emas, ya'ni sayyoh ziyorat doirasida asos qilib olingan dinga e'tiqod qilishi yoki boshqa dinga e'tiqod qilishi yoki umuman biror bir dinga mansub bo'lmasligi mumkin.

Mamlakatimiz hududida islom madaniyati va uning tasavvuf oqimi hamda boshqa dinlar bilan bog'liq ko'plab muqaddas manzillar mavjud. Eng muhim yodgorliklar UNESCO ning Butunjahon merosi obyektlari sifatida tan olingan. Ular orasida Buxoro shahri ham mavjud. Bundan tashqari ko'p sonli bebaho obidalar joylashgan Samarqand, Shahrisabz, Toshkent kabi manzillarni alohida e'tirof etish lozim.

Ziyorat turizmi adabiyotlarda ziyorat yoki diniy, diniy-ma'rifiy turizm sifatida ham yuritiladi. Mamlakatimizda joylashgan aksariyat yodgorliklar islom diniga tegishli bo'lganligi va aholining katta qismi islom diniga e'tiqod qilganligi sababli aynan O'zbekistonda rivojlantirilishi lozim bo'lgan ziyorat turizmini musulmon madaniyatida yuksak ahamiyatga ega bo'lgan manzillarga tashrif sifatida tushunish mumkin. Bunday joylarga memorial majmua va ziyoratgohlarni misol qilib keltirish mumkin.

Turizmning ushbu turi tashkilotchilar tomonidan ziyoratchilar uchun qular sharoitlar yaratibgina qolmay, ularni halol mehmonxonaga joylashtirish, halol taomlar bilan ta'minlashni ham o'z ichiga oladi.

Ziyorat turizmi O'zbekiston iqtisodyoti uchun muhim daromad manbai bo'lib, u xorijiy sayyohlar oqimini ta'minlaydi va diniy obidalar joylashgan hududlarda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun bir qator imkoniyatlar mavjud:

1. Iqtisodiy o'sish uchun ziyorat turizmi salohiyati: mamlakatimiz musulmon turistlarni ehtiyojlarini qondirish uchun asosiy infratuzilma va muhitga ega, ushbu yo'nalishni rivojlantirish iqtisodiy o'sishda muhim rol o'ynaydi Uni rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish orqali iqtisodiy ustunlikka erishish mumkin.

2. Innovatsion turmahsulotlar: an'anaviy ziyorat va diniy sayohat tajribalarini madaniyat va meros bilan bog'liq faoliyat bilan birlashtirish, noyob va innovatsion turpaketlarni yaratish imkoniyati mavjud.

3. Ijtimoiy tarmoqlar: Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali kengroq auditoriyaga ziyorat turizmi brendlari, mahsulot va xizmatlarini tanishtirish, targ'ib qilish va sotish mumkin.

Ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun yetarlicha shart-sharoit va resurslar mavjud. Yurtimizda turizmning ziyorat turini rivojlantirish mamlakat

iqtisodiyotiga turistik tushumlar sonini oshirishi, yangi ishchi o'rinlar yaratish, mamlakatga kirib

kelayotgan turistik oqim hajmini oshirishga bevosita va bilvosita xizmat qiladi. Shuning uchun

mavjud resurslardan samarali foydalanish, infratuzilmani takomillashtirish muhim ahamiyat kasb

etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-sonli Farmoni, https://lex.uz/ru/docs/-6600413

2. Butunjahon sayyohlik tashkilotining turizm to'g'risidagi ma'lumotlari paneli, https://www.unwto.org/tourism-data/global-and-regional-tourism-performance

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining rasmiy veb-sahifasi, https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/26538-o-zbekistonda-8210-ta-madaniy-meros-obyektlari-mavjud

4. Birlashgan Millatlar Ta'lim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti - UNESCO rasmiy veb-sahifasi, https://articles.unesco.org/en/articles/uzbekistan-and-unescos-strong-partnership-preservation-and-promotion-world-heritage-sites

5. Ziyorat turizmi obyektlari reyestri, https://uzbekistan.travel/uz/c/ziyorat-turizm-obyektlari-reestri/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.