Научная статья на тему 'ZIYORATGOH QADAMJOLARNI RAQAMLI MODERNIZATSIYA QILISH ORQALI TURIZM SALOHIYATINI OCHIB BERISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

ZIYORATGOH QADAMJOLARNI RAQAMLI MODERNIZATSIYA QILISH ORQALI TURIZM SALOHIYATINI OCHIB BERISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
18
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ziyorat / imij / turistik brend / turistik resurslar / infratuzilma / ziyoratgohlar / tarixiy– madaniy yodgorliklar / turistik obyekt / madaniy meros.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bozarov Elyor Boboqulovich

Maqolada O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini oshirishda hududlar turistik imiji va brendini yaratish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZIYORATGOH QADAMJOLARNI RAQAMLI MODERNIZATSIYA QILISH ORQALI TURIZM SALOHIYATINI OCHIB BERISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

ZIYORATGOH QADAMJOLARNI RAQAMLI MODERNIZATSIYA QILISH ORQALI TURIZM SALOHIYATINI OCHIB BERISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Bozarov Elyor Boboqulovich

QarshiDU, Turizm va marketing kafedrasi tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11031835

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini oshirishda hududlar turistik imiji va brendini yaratish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: ziyorat, imij, turistik brend, turistik resurslar, infratuzilma, ziyoratgohlar, tarixiy- madaniy yodgorliklar, turistik obyekt, madaniy meros.

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы создания туристического имиджа и бренда регионов с целью повышения потенциала паломнического туризма в Узбекистане.

Ключевые слова: визит, имидж, туристский бренд, туристские ресурсы, инфраструктура, святыни, памятники истории и культуры, туристический объект, культурное наследие.

Abstract. The article deals with the creation of a tourist image and brand of regions in order to increase the potential of pilgrimage tourism in Uzbekistan.

Key words: visit, image, tourist brand, tourist resources, infrastructure, shrines, historical and cultural monuments, tourist site, cultural heritage.

Ziyorat turizmning dunyoning ayrim mamlakatlari va mintaqalari iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, diniy markazlarning o'ziga ta'siri juda yuqori. Buning sababi, ziyoratchilarning safarda olgan pullarining salmoqli qismini mezbon mamlakatda qoldirishlaridir. Bundan tashqari, ziyorat ko'p minglab mahalliy aholiga daromad keltiradi.

O'zbekistonda boy tarixga ega diniy qadamjolar, muqaddas ziyoratgohlar va islom olamida tengsiz bo'lgan madaniy yodgorliklarning ko'p ekanligi, ularni targ'ib qilishda turistik brendlar va turistik qiyofani shakllantirish hamda ularga tegishli bo'lgan ilmiy-nazariy asoslarning yetarlicha yoritilmaganligi ushbu yo'nalishda ilmiy ishlar olib borish zarurligini belgilab beradi.

Turizm sohasida ziyoratgohlarning o'rni va ularga doir ilmiy ishlarni amalga oshirish ko'plab mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan bo'lib, ularning aksariyati bu yo'nalishni diniy turizmning tarkibiy qismi sifatida e'tirof etishadi.

Xorijlik mutaxassis T. Veseninaning fikriga ko'ra, madaniy meros obyektlari o'zining jismoniy va ma'naviy mohiyatini yo'qotmasdan, brendga aylanishi bilanoq ulardan daromad olish imkoniyati paydo bo'ladi.

A.Kiralova va I.Straka kabi olimlar diniy va ziyorat turizm maqsadiga ko'ra bir-biri bilan chambarchas bog'liq ekanligini ta'kidlashadi. Shu nuqtai nazardan, ular ziyoratgoh va tarixiy obidalarning barqarorligini saqlab qolish uchun yodgorliklar va tabiiy obyektlar muhofaza qilinishi hamda asrab avaylanishi kerakligini ta'kidlashadi. Ushbu turizm sohasi yo'nalishini

boshqarish barqaror mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishini va mezbon aholining an'analari va urf-odatlarini hurmat qilishni ta'minlashiga keng imkoniyat yaratib beradi deb hisoblaydilar.

Mahalliy olimlarimizdan A.Xudoyarovning fikricha, ziyorat turizmi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, ulug' ajdodlarimizga ehtirom ko'rsatish, ularning o'tmishdagi hayoti va yaratgan madaniy-me'moriy hamda tarixiy merosi bilan tanishish, ularni xotirlash, shuningdek, diniy va dunyoviy marosimlarda qatnashish maqsadida amalga oshiriladigan safarlarni o'z ichiga oladi. A.Eshtayev tomonidan O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari o'rganilib, unda davlat tomonidan ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari, muammolarni yechish va sohani yanada rivojlantirish imkoniyati tahlil qilingan. Tadqiqotchi N.Ibragimov raqobatbardosh turistik hudud brendi va imijining ilmiy asoslarini o'rgangan bo'lib, u tomonidan turistik hudud brendi va imijini birlashtiruvchi bozor va iste'molchi ongidan joy olish jarayoni nazariyasi ilmiy asoslangan, brendning konseptual modeli hamda uni turistik hudud nomi, logotipi va sloganga ajratib o'rganish metodologiyasi ishlab chiqilgan. S.K.Boyjigitov turistik mahsulotlarni siljitishda O'zbekistonning turistik brendi muammolari va rivojlantirish istiqbollarini muhim marketing dastagi sifatida o'rgangan.

Tadqiqot metodologiyasi Maqolada ziyorat turizmi, uni obyektlari brendini va ijobiy qiyofasini shakllantirish bo'yicha mavjud nazariyalar va olimlarning fikrlari o'rganildi va mamlakatimizdagi uning rivojlanish jarayonlari tahlil qilindi.

Turistik brend - bu taniqli obyekt yoki tabiiy obyektlar majmuasi bo'lib, u o'z ichiga madaniy va tarixiy meros, shuningdek, tashrifni qamrab oladigan marshrutda joylashgan obyektlar, noyob hodisalar, hunarmandchilik namunalari, xizmatlar, jalb qiluvchi faoliyat turlarini qamrab oladi. Turistik brendlar shahar, hudud, mintaqa yoki mamlakatdagi turistik obyektlarni targ'ib qilish va tanitishni osonlashtiradi. Turistik brendlarni turli tamoyillar bo'yicha turkumlash mumkin. O'zbekistonda eng yuqori salohiyatga ega bo'lgan yo'nalishlardan biri bu - ziyorat turizmidir. Hududlarning ziyorat turizmi salohiyatini oshirishda uning barcha hududlarida turistik brendni yaratish va qiyofasi (imiji)ni shakllantirish katta ahamiyatga ega. Chunki turistik hudud brendi nafaqat turistik hududga xos bo'lgan nom, logotip, ramz yoki belgini ko'rsatib qolmasdan, balki sayohatchilar tasavvurida turistik hudud bilan bog'liq unutilmas sayohat tajribasini shakllantiradi, sayyoh va turistik hudud o'rtasidagi ruhiy-hissiy bog'liqlikni mustahkamlashga xizmat qilsa, obyektning turistik imiji esa ma'no va taassurotlar yig'indisi bo'lib, ular tufayli turistik obyektga nisbatan uni targ'ib qilish orqali ijobiy munosabat shakllantiriladi. Dastlab turistik imij shakllantirilgach, so'ngra turistik brend yaratiladi. Turistik imijni shakllantirishda quyidagi omillar muhim rol o'ynaydi:

- tabiiy resurslarning mavjudligi;

- madaniy-tarixiy omillarni shakllanganligi (madaniyat, san'at, urf-odatlar, qadriyatlar, turmush darajasi va h.k.);

- turistik obyektlarning mavjudligi va holati;

- turistik va umumiy infratuzilmaning holati;

- atrof-muhit va ekologik vaziyat;

- siyosiy va iqtisodiy barqarorlik va boshqalar.

Turistik qiyofa va turistik brend hududning raqobatbardoshligini ta'minlovchi muhim omil hisoblanadi.

O'zbekistonda yaqin kelajakda ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2019 yilda chop etilgan Global musulmon turizmi indeksi hisobotiga ko'ra, 2018

yilda ziyorat maqsadlarida safar qilgan musulmonlarning soni 140 million kishini tashkil qilgan va 2026 yilga kelib bu raqam 230 millionga yetishi kutilmoqda5 . Ziyorat turizmida boshqa yo'nalishlardan farqli ravishda, mavsumiylik ta'siri sezilarli emas. Bu esa turizmning ushbu yo'nalishini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlarni oshirish zarurligini ko'rsatadi. O'zbekistonda har qaysi viloyat o'ziga xos ziyoratgohlar, tarixiy qadamjolar va madaniy obyektlar mavjuddir. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida ziyorat turizmi keng rivoj topib borayotgan yo'nalishlardan biri hisoblanadi.

Viloyat hududida mavjud bo'lgan eng mashhur ziyorat obyektlariga quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin: Qarshi shahrida "Odina masjid", "Ko'kgumbaz masjid" "Abu Ubayda bin al Jarroh", Kasbi tumanidagi "Imom Muhammad Sadr Islom", "Murodbahsh ota", "Mirdevona","Hazrat Sulton Mirhaydar", Mirishkor tumanidagi "Ishoq ota", Qarshi tumanidagi "Hazrat imom Muin", "Shayx Ali", "Shayxon ota Hulvoyi","Shayx Shibliy","AbuTurob Naxshabiy", "Ko'k to'nli ota", "Imom Muhammad Hanafiy", G'uzor tumanidagi "Musofir ota", "Mir Jandiy ota","Zaynulodiddin", Qamashi tumanidagi "O'g'lonjon ota", "Langar ota", Chiroqchi tumanida "Kishmishtepa", "Siypantosh qoya" rasmlari, Yakkabog' tumanidagi "Xoja ilg'or", "Tutak ota", Shahrisabz tumanidagi "Oqsaroy me'moriy yodgorligi", "Gumbazi sayyidon", "Hazrati Sulton", Kitob tumanidagi "Shayx Shamsiddin", "Hazrat Bashir", Dehqonobod tumanidagi "Xojai pok", "Beli boyli ota", Muborak tumanidagi "Xoja Muborak", "Xoja Ro'shnoyi" kabilardir. Ular orasida hududning o'ziga xosligi va tashrif buyuruvchilar orasida mashhurligi bilan ajralib turadigan obyektlarning turistik brendini yaratish mumkin.

Xalqaro tajribalar ko'rsatishicha, turizmda hududlar raqobat ustuvorligini aniqlashda alohida obyektlarni mavjudligi bilan emas, balki turizm industriyasining quyidagi tarkibiy qismdan iborat bo'lgan majmuasining, ya'ni tarixiy-madaniy obyekt yoki arxitektura yodgorliklari, yuqori malakali mutaxassislar va ekskursiya xizmatlarining sifati, tashrif buyuruvchilarga qulaylikni ta'minlovchi joylashtirish va transport infratuzilmalarining rivojlanganlik darajasi, suvenir mahsulotlarining mavjudligi kabilarni inobatga olish lozim. Bunda xizmatlarning noyobligi va betakrorligi asosiy shart hisoblanadi.

Xulosa qiladigan bolsak Ziyorat turizmi mamlakatimizning jahondagi obro'-e'tiborini yanada oshirishda, millionlab musulmonlarning buyuk allomalar va mutafakkirlar o'tgan muqaddas zaminimizga tashrif buyurishida, bizda mavjud islomiy merosni o'rganishda muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda ziyorat turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilgan vazifalar qatorida quyidagilarni bajarish, uni barqaror rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi:

- ziyorat turizimini imkoniyatlarini oshirish hamda turistik imij va brendni yaratishda alohida hudud (viloyat, tuman) kesimida marketing tahlillarini amalga oshirish;

- ziyoratgohlar joylashgan hudud atrofini obodonlashtirish va turistlar uchun zaruriy infratuzilmani ta'minlash uchun kerakli chora tadbirlarni amalga oshirish;

- har bir hududda mavjud bo'lgan, tarixiy madaniy meros obyektlari orasidan bittasini tanlab, uni hududning turistik brendi sifatida tanitish yuzasidan tegishli yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va tayyorlashni yo'lga qo'yish. Zero sohadagi barcha ijobiy va innovatsion o'zgarishlarni, turistik imij va brendni yaratish sohasidagi faoliyatni faqat malakali va professional kadrlar yordamida bajarish mumkin;

- ichki va xorijiy turistlar uchun mo'ljallangan targ'ibotni ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish asosida tizimli yo'lga qo'yish;

- hududlarda ziyorat turizmini rivojlantirishda davlat-xususiy sherikchilik tamoyillarini qo'llash orqali hozirda sohada mavjud bo'lgan nafaqat tarixiy-madaniy obyektlar bilan bog'liq bo'lgan ko'plab muammolarni, balki yondosh sohalardagi muammolarni ham hal qilish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5611-sonli farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6165-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4802 sonli qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasini tashkil etish to'g'risida"gi 117-sonli qarori.

5. Bozarov Elyor Boboqulovich. "Raqamli axborot tizimlari va texnologiyalari orqali mintaqa ziyoratgoh va qadamjolarni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati" Turizm sohasi milliy iqtisodiyotning muhim drayveri" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar toplami. -370-373, 2023-yil.

6. Bozarov Elyor Boboqulovich. O'zbekiston Respublikasi hududida ziyorat turizmini rivojlantirish zaruriyati va sa'y-harakatlar. Gospodarka i Innowacje. -526-531, 2022-yil.

7. Mintaqadagi ziyoratgoh va qadamjolarni modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi. -56-58, 2023-

yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.