SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601
BALIQLARNING YUQUMSIZ KASALLIKLARI
Maxliyoxon Shokirjon Sadoqatxon Ulug'bek qizi Zuxriddin Zaylobiddin qizi Meliqo'ziyeva Mullajonova o'g'li Fozilov
Farg'ona davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada baliqlarning yuqumsiz kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari klinik belgilari va davolash usullari to'g'risida malumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: yuqumsiz kasalliklar, toksikoz, gipovitaminoz, avitaminoz, moddalar almashinuvining buzilishi, shamollash.
NON-COMMUNICABLE DISEASES OF FISH
Makhliyokhon Shokirjon Sadokatkhon Ulugbek Zukhriddin Zaylobiddin kizi Melikuzieva kizi Mullajonova ugli Fozilov
Fergana State University
ABSTRACT
This article provides information on non-communicable diseases of fish, their causes, clinical signs and treatment methods
Keywords: non-communicable diseases, toxicosis, hypovitaminosis, avitaminosis, metabolic disorders, colds.
KIRISH
Ulkan rivojlanish davri bo'lgan bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining o'sishida ahamiyatli sohalardan biri bu - baliqchilik tarmog'idir.
Bu tarmoqning oldida turgan bir qator muammolar mavjud. Ushbu muammolardan biri baliqlarda uchraydigan yuqumsiz kasalliklar hamda ularni profilaktikasini to'liq o'rganish va kasallikni oldini olish usullarini ishlab chiqib, baliqchilik xo'jaliklariga tadbiq etishdan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ushbu maqolamizda baliqlarning yuqumsiz kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va davolash usullari haqida fikr yuritamiz.
Baliqlar faqat kasallik paydo qiluvchi zamburug'lar, bakteriyalar va zooparazitlar yordamida kasallanmay, balki ular yashayotgan muhitning noqulay sharoitlari, suvning organik ifloslanishidan, suv muhitda moddalar almashinuv mahsulotlarining ko'payishidan, baliqlar suzgich pufagi, shamollash kasalliklari sababli ham
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
zararlanadi. Bundan tashqari baliqlarda A, B, C, D, E, K, N vitaminlarning yetishmasligi ham baliqlarning yuqumsiz kasalliklari guruhiga kiritiladi. Quyida ular bilan batafsil tanishib chiqamiz. Keyingi yillari
baliqchilik xo'jaliklarida toksikoz kasalligi ko'plab registratsiya qilingan. Toksikozning paydo bo'lish sababi, suv havzalariga ko'p miqdordagi markazlashtirilgan ozuqalarning solinishi, organik o'g'itlarning solinishi, baliq eksprementlarini suv havzalarida to'planishi butun mavsum davomida organik moddalarni ko'payib ketishiga olib keladi.
Bunday sharoitdagi baliq toksikozlarining klinik belgilari: suv havzasining yuza qismida to'p to'p bo'lib to'planishi, suvning yuqoriga kallasini ko'tarib havodan yutishi, baliqlar jabrasini oqarib qolishi, kuchli yalqovligi, ozuqadan kam yutishi, shamolni suvdagi baliqlarni qirg'oqqa haydab chiqarishi va yerda qolgan baliqlarning halok bo'lishi kuzatiladi.
MUHOKAMA
Shamollashlar. Baliqning tana harorati uni o'rab olgan suv haroratidan unchalik farq qilmaydi. Masalan, muhit haroratidan 1 —2°C yuqori yoki past bo'lishi mumkin. Agarda muhit harorati 0,1 -0,2°C tana haroratidan past bo'lsa, baliq organizmiga salbi y ta'sir ko'rsatadi. Agarda suv harorati 4—5°C bo'lsa, havo harorati minus 4—5°C sovuq bo'lsa shu havoda baliq suvdan chiqarilsa, baliq darhol shamollaydi. Haddan tashqari suv haroratida ham bu hodisa yuz beradi. Shamollagan baliqning tashqi belgilari: tashqi qoplami yaltirab qoladi. Haddan tashqari sovuq suv terini muzlatib yuboradi. Ayniqsa, epeteliy to'qimasi o'ladi.
NATIJA
Baliqlarda moddalar almashinuvining buzilishi. Baliqlarni sifatsiz ozuqa bilan oziqlantirish kopincha ularni avitaminozga olib keladi va patalogik kamchiliklaming paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Jigarni yog' bosishi, jabra anemiyasi, ichak devorlaridagi o'zgarishlar, buyrak, nerv sistemasi buzilishi yuz beradi. Agarda B vitamini yetishmasa nuklein kislotalari sintezi buziladi, yog' uglevodlar almashinuvi ham buziladi. A vitamini yetishmaganda tana qoplamining elastiklik xususiyati, koz shox pardasining tiniqligi buziladi. D vitamini yetishmasligida Ca+ almashinuvi buziladi va baliq o'sishdan to'xtaydi. Avitaminoz paytida baliq yaxshi ovqatlanmaydi, o'sishdan to'xtaydi. Tashqi muhit faktorlariga nisbatan qarshilik ko'rsatish qobiliyati va chidamlilik qobiliyati pasayadi. Baliq kasalliklarga beriluvchan bo'ladi. Bularning barchasi baliqlarning o'limiga olib keladi.
Gipovitaminoz - bu baliqlar organizmida uchraydigan alohida kasallik guruhi. Bu kasallik baliqlarning organizmida fiziologik jarayonning
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
o'zgarishidan ya'niy baliqlarning ozuqasi tarkibida vitamin yetishmasligidan yoki ularning organizmida shu vitaminlarni o'zi sintez bo'la olmasligidan kelib chiqadi. Vitamin yetishmasligi ko'proq sun'iy suv havzalarida boqilayotgan baliqlarda uchraydi. Buning sababi esa, ularning ozuqa ratsionida tabiiy ozuqa yetishmasligidir.
Ko'pchilik gipavitaminozning klinik belgilari ba'zi baliqlar uchun umumiy: bular holsizlanish, ishtahaning yo'qolishi, yuqumli kasalliklarga beriluvchanlik, rivojlanishdan orqada qolish, kam harakatlanish , baliqlarning ko'plab nobud bo'lishi kabilar. Bu belgilar umumiy bo'lishiga qaramasdan har bir gipavitam inoz kasalligi o'ziga xos klinik belgilar bilan kechadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, baliqlarning yuqumsiz kasalliklarga chalinishining asosiy sabablari baliqlar yashaydigan suv havzasida zaharli kimyoviy moddalarning ko'payishi, suvning ifloslanishi, haroratining keskin o'zgarishi, baliqlarni sifatsiz ozuqa bilan boqishda baliqlar uchun zaruriy vitamin va minerallarning yetishmasligi kabilardir.
Yuqoridagi holatlar baliqlarda turli yuqumsiz kasalliklar: baliqlarda shamollash, moddalar almashinuvining buzilishi, gipovitominoz A,B,D kabi bir qator kasalliklar kuzatiladi. Buning uchun esa baliqlar yashaydigan suv havzalari hamisha toza, tiniq va kislarod bilan boyingan bo'lishi, ularni suniy kombikorim bilan boqishda uning tarkibiga e'tibor berilishi, imkon boricha tabiiy ozuqa bilan boqilishi zarur. Baliqchilikka asoslangan suvliklarning himoyasi bir qancha biologik qonun qoidalarga asoslangan bo'lishi kerak. Baliqlarda shamollash kasalligini oldini olish uchun esa iloji boricha sovuq havo paytida baliqlarni bir hovuzdan ikkinchisiga ko'chirmaslik kerak. Ko'chirmoqchi bo'lgan taqdirda suv haroratini darhol tenglashtirish kerak. Suv harorati 2—6°C dan oshmasligi kerak.
REFERENCES
1. Husenov Q.S. Baliqchilik asoslari "Buxoro" nashiryoti -2010y.
2. Haqberdiyev P.S. Umumiy ixtiologiya (Ixtiopatalogiya) Toshkent "Iqtisod Moliya"-2013y.
3. Husenov S.Q, Niyazov D.S Baliqchilik "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti Toshkent - 2013y