Научная статья на тему 'BAHROM GO'R TIMSOLINING YARATILISHIDA TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TO'QIMA'

BAHROM GO'R TIMSOLINING YARATILISHIDA TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TO'QIMA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

291
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mutafakkir / afsona / rivoyat / mulohaza / pand-nasixat / shijoat / obodonchilik / adolatparvarlik / fuqaroparvarlik / xudbinlik / zulmkorlik. / мыслитель / миф / повествование / рассуждение / поучение / амбиции / процветание / справедливость / патриотизм / эгоизм / угнетение.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tojixon Sabitova

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy yaratgan Bahrom timsoli, xalq og'zaki ijodidagi afsona, rivoyatlardagi, tarixda o'tgan shaxs va yozma adabiyotda yaratilgan Bahrom Go'r obrazining badiiy to'qima va tarixiy xaqiqatga doir tomonlarini ochib berishga harakat qilindi. Bu obrazning ijobiy va salbiy tomonlari ko'rsatib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В этой статье попытались раскрыть художественную фактуру и историческую правду образа Бахрама Гура, который упоминаетс в устном народном творчестве,в мифах, легендах, о человеке, прошедшего в истории и в письменной литературе и Бахрама, созданного великим поэтом-мыслителем Алишером Навои. Были показаны плюсы и минусы этого образа

Текст научной работы на тему «BAHROM GO'R TIMSOLINING YARATILISHIDA TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TO'QIMA»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-381-386

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

BAHROM GO'R TIMSOLINING YARATILISHIDA TARIXIY HAQIQAT

VA BADIIY TO'QIMA

Tojixon Sabitova

CHDPU O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

sabitovatadj ikhon0805@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy yaratgan Bahrom timsoli, xalq og'zaki ijodidagi afsona, rivoyatlardagi, tarixda o'tgan shaxs va yozma adabiyotda yaratilgan Bahrom Go'r obrazining badiiy to'qima va tarixiy xaqiqatga doir tomonlarini ochib berishga harakat qilindi. Bu obrazning ijobiy va salbiy tomonlari ko'rsatib berildi.

Kalit so'zlar: mutafakkir, afsona, rivoyat, mulohaza, pand-nasixat, shijoat, obodonchilik, adolatparvarlik, fuqaroparvarlik, xudbinlik, zulmkorlik.

АННОТАЦИЯ

В этой статье попытались раскрыть художественную фактуру и историческую правду образа Бахрама Гура, который упоминаетс в устном народном творчестве,в мифах, легендах, о человеке, прошедшего в истории и в письменной литературе и Бахрама, созданного великим поэтом-мыслителем Алишером Навои. Были показаны плюсы и минусы этого образа.

Ключевые слова: мыслитель, миф, повествование, рассуждение, поучение, амбиции, процветание, справедливость, патриотизм, эгоизм, угнетение.

ABSTRACT

In this article, we tried to reveal the artistic texture and historical truth of the image of Bahram Gur, which is mentioned in oral folk art, in myths, legends, about a man who passed in history and in written literature and Bahram, created by the great poet-thinker Alisher Navoi. The pros and cons of this image were shown.

Keywords: thinker, myth, narrative, reasoning, teaching, ambition, prosperity, justice, patriotism, selfishness, oppression.

Sharq adabiyoti va xalq og'zaki ijodida Bahrom timsolining yaratilishi genezisi qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi. Eng avvalo bu obraz folklor asarlarida o'z tajallisini topdi. U juda ko'p

8-fevral

381

afsonalar, rivoyatlarda berildi. Tarixda o'tgan Bahrom Yazdijird o'g'li keyinchalik yozma adabiyotda Bahrom Go'r timsolida zuhr topdi.

Birinchi bo'lib yozma adabiyotda afsona va rivoyatlardan va yozma manbalardan foydalanib Abulqosim Firdavsiy o'zining "Shohnoma" asrida Bahrom Go'r haqida doston yaratadi. Firdavsiy o'z asarida Bahromning shohligi tarixi va uning nomi bilan bog'liq bir nechta afsona va rivoyatlarni hikoya qiladi. Firdavsiy o'z dostonida Bahromni ikki xil tarzda: ijobiy va salbiy qilib beradi. Ijobiyda- shavkatli, adolatli, xalqparvar podsho, vatanparvar bahodir, pahlavon va mohir ovchi sifatida; Salbiyda-aysh-ishrat va ehtirosga berilgan hudbin va qahr-g'azabi qattiq dahshatli kimsa sifatida tasvirlaydi. Ayniqsa salbiy tasvirda otasiga tortgan, chunki Sosoniylar podsholaridan Yazdigurd (ayrim o'rinlarda Yazdijurd) zulimkorligi bilan xalqning va saroy a'yonlarining g'azab va nafratiga giriftor bo'lgan ekan. U o'z hukumronligining sakkizinchi yili o'g'il farzand ko'radi. Shuncha yomon bo'lishiga qaramay o'g'li Bahromning taqdirini, kelajagini o'ylab, uni o'ziga qaram bo'lgan Yaman shohi Nu'mon va uning donishmand o'g'li Munzirning tarbiyasiga topshiradi. Bahrom yahshi tarbiya oladi. U 18 yoshga kirganida ikkita ot bilan ikkita go'zal kanizak sovg'a qilishadi. Bahrom bu qizlardan Ozoda degan go'zal chang chaladiganini sevib qoladi. Ko'pincha uni o'zi bilan birga olib chiqadi. Kunlarning birida Bahrom Ozodaning aytganidek qilib mohirlik bilan ikki kiyikka oq uzadi. Kiyiklarga rahmi kelgan Ozoda Bahromning mahoratini maqtash o'rniga, uni shafqatsizlikda ayblaydi. G'azablangan Bahrom Ozodani tuyaning oyoqlari ostida toptab halok qiladi. Bu asrda Bahrom zulmkor, qahru g'azabining cheki yo'q sifatida ko'rinadi.

Otasi Yazdijurd o'lgandan keyin Bahrom Eronga qaytib toj-taxtni olmoqchi bo'lganda, otasidan qattiq norozi bo'lgan saroy a'yonlari unga qarshilik ko'rsatadilar. Yazdigirdning uzoq qarindoshlaridan bo'lgan Kisro, ayrim manbalarda Doroni taxtga o'tqazadilar. Bahrom odil, adolatli podsho bo'lishiga qasam ichib, shart qo'yib ikki sherning, ya'ni arslonning o'rtasiga qo'yilgan tojni jasorat bilan oladi va mamlakatni obod qilib davlatini adolat bilan boshqara boshlaydi. Bahrom ayrim ertaklardagi dono podsholar kabi oddiy fuqarolik kiyimlarini kiyib mamlakatini kezib chiqadi, turli toifadagi kishilar bilan suhbatlashadi, xalqining arz-dodini eshitadi, el-yurt uchun anchagina foydali va kerakli ishlarni amalga oshiradi. Chin xoqoni hujum qilganda, jasorat bilan mardlarcha o'z mamlakatini tadbirkorlik va ustalik bilan himoya qiladi.

Munajjimlaar Bahromni 63 yil umr ko'rishini bashorat qiladilar. Undan keyin Bahrom o'z oldiga shunday maqsad qo'yadi: hayotining bir qismini aysh-ishratga, bir qismini adolat bilan boshqarishga,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-381-386

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

8-fevral

qolganini esa toat-ibodatga bag'ishlaydi. Muddat bo'lganda taxtini o'g'liga topshirib, osoyishta va tinchgina jon beradi.

Firdavsiy asarida Bahromning o'zi sarguzashtlarida ham, qoliplovchi hikoyayu, boshqa hikoyalarda ham bosh qahramon sifatida berilgan. Albatta bunda tarixiy haqiqat va ayrim o'rinlarda Bahrom obrazini ideallashtirish, shuningdek badiiy to;qim ustunlik qiladi.

Yozma adabiyotda Firdavsiydan keyin Bahrom Go'r haqida Ozarbayjonning ulug' mutafakkir shoiri Nizomiydan boshlab Sharq adabiyotida Bahrom timsoli xamsachilikning an'anaviy bir obraziga aylanib qoldi. Nizomiy 1197-yilda yozgan "Xaft paykar" ("Yetti go'zal") 4600 baytdan iborat bo'lib, o'z davrining hukumdori Alouddin Ko'rpa Arslon (1174-1207) ning topshirig'i bilan yaratilib, u ayrim manbalarda "Bahromnoma" deb ham yuritiladi.

Nizomiydan keyin asli Shahrisabzlik bo'lib Xindistonda yashagan Xusrav Dehlaviy o'zining "Hamt behisht" ("Sakkiz jannat") "Xamsa"sidagi 4chi dostonini 1302-yilda yozgan. Uning hajmi 3352 bayt bo'lib, 7bob muqaddima, yakunlovchi qism bir bob, umumiy soni 8ta, asr nomi bilan bog'liq.

Amir Xusrav Dehlaviydan keyin Ozarbayjon olimi G'azanfar Aliyevning bergan ma'lumotiga ko'ra 300 gacha yaqin ijodkorlar "Xamsa" yaratishga harakat qilgan. Bulardan oltitasigina bunga erishgan. Nizomiy, Dehlaviy, Jamoliy, Ashraf, Jomiy, Navoiy. Bulardan Abdurahmon Jomiy, Ashraf Marog'iy, Kotibiy Turshiziy, Abdulloh Xotifiy va Muhammad Avfiylar Bahrom haqida yozganlar.

Demak, ular yaratgan asrlardan shuni aytish mumkinki, Bahrom obrazi haqida Alisher Navoiyga qadar juda katta ijodiy tajriba to'plangan. Mumtoz adabiyotda adabiy an'ana vujudga kelgan va u yuqori takomil bosqichlarini kechirgan edi.

Buyuk shoirimiz Alisher Navoiy bu asarlarning barchasini mukammal, chuqur o'rganib chiqadi va salaflarining yutug'u kamchiliklarini aniqlab o'z asariga yangi ma'lumotlar, yangi vazifalar va yangi rejalar tuzishni belgilab oladi. Xamsachilik an'anasiga sodiqlik bilan Alisher Navoiy 4chi dostonini Bahromga bag'ishlashini salaflari kabi Bahrom va Dilorom hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib olib uning ichiga haftaning yetti kunida yetti qasrdagi yetti musofirning darveshlardan tinglaydigan yetti hikoyaning kiritilishi va ustozlari kabi o'z dostonini hafif bahrida yaratishi lozimligini niyat qiladi. Buning uchun shoir adabiy an'analarning talablariga rioya qilgan holda ijodiy yondoshib, boshqalar yo'l qo'ygan kamchiliklardan xoli bo'lib, ularning yutuqlaridan ijodiy foydalanib o'zi yangi va original asar yaratishni orzu qildi va bunga erishdi. Albatta bunda

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-381-386

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Navoiy o'zi yaratgan Bahrom obrazini ijobiy tomonlarini ibrat

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-381-386 o'rganish masalalari

qilib tarixiy haqiqatlarni ochishga harakat qilsa, salbiy tomonlarini kelajak avlod uchun tanbeh bo'lsin deb yomonlik va xudbinlik baribir halokatga olib kelishini badiiy to'qimalar orqali ro'yi rost ochib bergan. Chunki Navoiy salaflari Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviylarning kamchiliklari haqida so'zlab "Bo'lsa tarix alarg'a gar matlub, Anda so'z bog'lamoq emasdur xo'b",-deb tamomila ijodiy badiiy to'qima obraz yaratish vazifasini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi.

Agar biz ulug' mutafakkir shoir Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam" [1.234] asariga murojaat qilsak, unda tarixiy shaxs Yazdijurd Sosoniylar sulolasidan bo'lib, qadimiy Eronda 399-420 yillarda hukumronlik qilgan edi. U nihoyatda zolim va nodon bo'lib xalqini juda qiynagan. Podshohligining sakkizinchi yili o'g'il farzandli bo'lib, ismini Bahrom qo'yadi va arab podshohi ya'ni Yaman shohi Nu'monga unu tarbiya qilish uchun beradi. Bahrom Nu'monning o'g'li Munzir bilan mard va jasur sifatida voyaga yetadi va ov qilishga nihoyatda o'ch bo'ladi. Navoiy buni quyidagi misralarga jo qilgan:

Shoh Bahrom aning kibi shah edi Qim, sipehr anga xoki dargah edi. Avval o'lg'och Suhayldek tole', Bo'ldi mulki Yaman uza lome'. Chun Yaman bo'ldi nuri ichra g'ariq, Tufrog'i mushku toshi bo'ldi aqiq. Shoh Nu'mon? atobek o'ldi anga, Shafqat ichra atodek o'ldi anga. Bo'ldi Munzir rafiqu damsozi, Hamnishinu nadimu hamrozi. [2. 73-74] Bu o'rinda shuni ham aytish lozimki, Bahrom uchun qurilgan afsonaviy qasr shu Xavarnaq shahrida bo'lib, tarixiy ma'lumotlarga ko'ra u yer yuzida tengi yo'q muhtasham qasrlari bilan shuhrat topgan shahar bo'lgan ekan.

Endi Bahromning laqabi Go'rga e'tibor beradigan bo'lsak, Go'r-yovvoyi eshak, qulon ma'nosida, ikkinchi misrasida qabr, mozor ma'nosida qo'llangan. Ishratidin Yamang'a ravnaq o'lub, Qasri ayshi aning Xavarnaq o'lub. Buyla qasrin yasar zamon me'mor, Charx me'moridek kelib Sinmor. Ishi ov ovlomoqta chekmak jom, Tortibon jom, qilmoq ovg'a xirom. Ov aro komi borcha bodau Rud,

8-fevral

384

Go'r so'zi Bahrom nomi bilan birga ishlatilishining sababi, u qulonlarni ov qilishni juda sevgan. Shuning uchun Go'r uning laqabiga aylangan. "Ani Bahrom Go'r dedilar. Muning jihatin ba'zi dedilarkim, go'rni shersayd qilg'anda, aning o'qi egnisidan o'tub, yerga tegdi. Ba'zi debdurlarkim, Go'r ovig'a ko'p moyil erdi." [1.235]

Ikki sher olidin chu toj oldi,

Otasi mulkidin xiroj oldi.

Sherlar olidin chu oldi kuloh,

Shervashlarni ayladi ro'boh.

Ajdar o'lturdi chunki tortib ranj,

Topti ul ranj dast muzdi ganj

Kishvaridin ketardi chun toroj,

Etti yillik maof tutti xiroj.

Kim, yeti yil ketarsa eldin ranj,

Ne ajab yetsa, tengridin anga ganj. [2.74]

Bu misrada quyidagi ma'lumotga ishora etilayapti: Navoiy "Tarixi muluki Ajam"da yozishicha, Yazdajurdning zulmini ko'p tortgan xalq uning o'g'li Bahromning shoh bo'lishini qat'iyan istamaydilar va Ardasher naslidan bo'lgan Kisro otliq kishini taxtga o'tqazadilar. Bu voqeani Bahrom eshitgach, ota taxtini egallash maqsadida Nu'mon bilan yetib keladi. El Bahromni tan olmaydi. Shunda Bahrom: mamlakatda xavf tug'ilsa qaysi birimiz dafeta olishimizga qarab, shoh tayinlangiz,-deydi. Shunda xalq shohlik tojini ikki och sherning o'rtasiga qo'yib, tojni kim ololsa, shuni shoh tayinlaymiz deyishadi, Kisro toj olishga jur'at yetmaydi. Bahrom esa, shu ikki och sherni yengib, toju-taxtga erishadi.

Alisher Navoiy ochiqchasiga Xusayn Bayqaroga pand-nasihat, fikr-mulohazalarini ayta olmay o'z dostoning xotimasiga "tush" epizodini ilova qiladi. Emish Navoiy Bahromni tush ko'radi. Bahrom unga o'z sarguzashtlarini eslatib o'tadi, so'zni Husayn Boyqaroga burib, uning saltanati, harbiy shijoati, obodonchilik ishlaridagi faoliyati va boshqa jihatlarini ta'riflaydi. Shundan keyin u o'zining ayrim xatti-harakatlari va fe'l-atvoridagi nuqsonlardan (ishratparastlik, xudbinlik va boshqalar) afsus-nadomat chekib, Husayn Boyqaroda ham shunday nuqsonlarni ko'radi, unga nasihat qiladi:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-381-386

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

...Ul dag'i aysh sori moyildur, Nag'mu savt birla xushdildur...

Shahlar ichra manga erur monand, De olurmen: erur manga farzand. Endi shohingga de salomimni,

8-fevrall ©

So'ngra mundoq etur payomimii: Qi jahon kimsaga vafo qilmas, Shohlig'tarkiga kiro qilmas, Shahki ming yil oning hayotidur, Garaz o'lganda yaxshi otidur.

Mislsiz katta jur'at bilan aytilgan bu so'zlar Navoiyning dostondan kuzatgan asosiy didaktik maqsadi edi. "Tush" epizodi faqat Bahrom obrazininggina emas, balki butun dostonning ham haqiqiy qimmatini oshiradi. Bahrom obrazidagi tajassumning asosiy mohiyati ham shundadir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarixda yashab o'tgan Bahrom, xalq og'zaki ijodida tasvirlangan Bahrom, yozma adabiyatda zuhr etilgan Bahrom obrazi zolimligi va xudbinligi tufayli haqiqatni ko'rsatib turibdi. Badiiy to'qimaga asoslangan Alisher Navoiy ijodidagi Bahrom timsoli esa har tomonlama ijobiy tomonlaridan o'rnak oladigan shoh sifatida ko'rinsa, salbiy tomonlari bilan aysh-ishrat, kayfu-safo, zolimligi tufayli uni va boshqalarni ham halokatga olib kelishi muqarrar ekanligi kelajak avlod kishilariga ibrat bo'lishini taqozo etib turibdi.

Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam" asarida tasvirlangan Bahrom bilan "Sab'ai sayyor" dostonidagi bosh qahramonning harakteri deyarli bir hil. Boshida ijobiy, adolatli bo'lgan timsol, keyinchalik salbiy-xudbin, aysh-ishratga berilgan bo'lib hayotning o'zi uni jazolaydi. Bu asarida Navoiy o'zining fikrini juda chiroyli bera olgan.

Ilgari Eronda Bahrom haqida afsona, rivoyat, ertaklar yaratilgan bo'lsa Alisher Navoiy o'z dostoni "Sab'ai sayyor"ni yaratgandan so'ng keyinchalik turkiy xalqlarda Bahrom obrazi bo'lgan katta-katta dostonlar yaratildi. Shuningdek, Turkiyada, Ozarbayjonda, Tojiklarda ham ertaklar paydo bo'la boshladi. Bu

Bu go'zal dostonning g'oyalari, timsollarini va hikoyalarini o'rganish, ularni tahlil hamda tadqiq etish galdagi vazifalarimizdandir.

REFERENCES

1. Навоий А. (2000). Мукаммал асарлар туплами, 16 том, Фан. 234 б

2. Навоий А. (1992). Мукаммал асарлар туплами, 10 том, Фан, 73-74 б

3. Каюмов a. (2009) Асарлар. 3 жилд, "Mumtoz so'z", 2009

4. Маллаев Н. (1991) Суз санъатининг гултожи. "Еофур Гулом"

5. Мадаев О. (2018) Навоий сухбатлари. "Укитувчи"

6. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O., (2019).

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-381-386

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Navoiyshunoslik. Tamaddun.

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.