Научная статья на тему 'MULKORO VA BAHROM – MA’NAVIY KAMOLOT TIMSOLLARI'

MULKORO VA BAHROM – MA’NAVIY KAMOLOT TIMSOLLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

225
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
obraz / doston / Mulkoro / Bahrom / Farhod / ”Xamsa” / do„stlik / sadoqat / insoniylik / ilmiy qarashlar. / analysis / image / epic / Mulkoro / Bakhrom / Farhod / Shirin / "Khamsa" / friendship / loyalty / humanity / scientific views.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы —

Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub “Farhod va Shirin” dostonining muhim ijobiy yordamchi qahramonlari – do„stlik va odamiylikning go„zal namunalari hisoblangan Mulkoro va Bahrom obrazilari atroflicha tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MULKORO VA BAHROM – MA’NAVIY KAMOLOT TIMSOLLARI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-238-240

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

MULKORO VA BAHROM - MA'NAVIY KAMOLOT TIMSOLLARI

Mohigul Uralovna Mavlonova

O„zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti mavlonovamohigul@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub "Farhod va Shirin" dostonining muhim ijobiy yordamchi qahramonlari - do'stlik va odamiylikning go'zal namunalari hisoblangan Mulkoro va Bahrom obrazilari atroflicha tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: obraz, doston, Mulkoro, Bahrom, Farhod, "Xamsa", do'stlik,sadoqat, insoniylik, ilmiy qarashlar.

ABSTRACT

This article is devoted to the analysis of the images of father and son -Mulkoro and Bahrom, who are considered as beautiful examples of friendship and humanity in the epic "Farkhod and Shirin" written by Alisher Navoi.

Keywords: analysis, image, epic, Mulkoro, Bakhrom, Farhod, Shirin, "Khamsa", friendship, loyalty, humanity, scientific views.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена анализу образов отца и сына - Мулкоро и Бахрома, которые рассматриваются как прекрасные образцы дружбы и человеколюбия «Фарход и Ширин», написанном Алишера Навои.

Ключевые слова: анализ, образ, эпос, Мулкоро, Бахром, Фарход, «Хамса», дружба, верность, человечность, научные взгляды.

Ma'lumki, Navoiy butun umr xalqning tinch, osoyishta va farovon turmush kechirishini oqilona va adolatli davlat boshqaruviga bog'liq deb bilgan. Buni ulug' shoirning o'lmas asarlaridagi umumbashariy g'oyalar, qolaversa, badiiy obrazlar ham tasdiqlaydi. "Farhod va Shirin" dostoni ana shunday davlat boshqaruvi tamoyillarining go'zal badiiy ifodasiga bag'ishlangan asardir. Navoiyga ko'ra, shohlikning muhim sharti bu - ogohlik:

Erursan shoh - agar ogohsen-sen, Agar ogohsen-sen - shohsen-sen.

8-fevral

https://tai.uz/

Xalqaro konferensiya

238

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Shuningdek, donishmand vazir Mulkoro ham mamlakatga ziynat baxsh etuvchi sharaf egasidir. [3.190] Navoiy Mulkoro zimmasiga Xoqon obrazi bajarishi lozim bo'lgan yuklamalarni to'ldirish va doston voqea-hodisalarini bevosita rivojlantirishga yordam berish vazifalarini yuklaydi. Mulkoro timsoli qaysidir jihatlari bilan turkiy xalqlarning ilk yozma yodgorliklaridan "To'nyuquq" bitiktoshidagi To'nyuquq obraziga yaqin turadi. To'nyuquq ham vazir, sarkarda, tadbirkor va vatanparvar shaxs. U o'z yurtiga va xoqoniga sodiq. To'nyuquqning ko'proq vatanparvarlik sifatlari ulug'lansa-da, o'z xoqoniga va uning farzandlariga sadoqati ham asar sujetida qayta-qayta yodga olinadi.

Mulkoro esa Navoiy dostonidagi eng mukammal vazir obrazidir. Turkiy adabiyotdagi ilk badiiy doston bo'lgan Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida O'gdulmishning tilidan haqiqiy vazir sifatlari quyidagicha bayon etilgan: "Vazir el boshlig'ining o'ng qo'lidir. U, shubhasiz, juda kerakli kishi bo'ladi. Cnunki vazir el-yurt ishining hozirligini ko'radigan eng katta kishidir. Vazir tufayli og'ir yuklar yengillashadi, ishlar pishiq-puxta bo'ladi": [4.57]

Mulkoro ana shu fazilatlarga ega bo'lgan timsoldir. Mulkoro ismi dastlab doston muqaddimasining II bobida tilga olinadi:

Mulkoro nafaqat vazir, balki Farhodning otalig'i hamdir. Xoqon va shahzodaning ishonchini birday qozona olgan sadoqatli do'st va mushkulotlarni hal qilishda yordam beruvchi tadbirkor maslahatchidir. Xoqon har qanday masalada unga suyanadi va u bilan kengashadi. Doimiy g'amga oshno bo'lgan Farhodning ko'nglini ovlash uchun xoqon to'rt qasr qurish fikrini ham dastlab Mulkoro bilan maslahatlashadi. Qasrning qurilish ishlarini ham Mulkoro nazorat qiladi, ishboshqaruvchilik va ishbilarmonlik qobiliyatini namoyon etadi. Voqealar rivojida Farhod xazinadagi tilsimli ko'zguning sirini ochish uchun Yunonistonga borish istagidan ham dastlab Mulkoroni xabardor qiladi. Farhodning yetuk va komil inson bo'lib yetishishida ham Mulkoroning xizmatlari katta.

Farhod umrining oxirgi daqiqalarida o'z yaqinlarini yodga oladi. Bodi saboga o'z vasiyatini bayon etadi. Otasi, onasi, shu jumladan, Mulkoro va Bahromga ham bodi sabo orqali qalb so'zlarini yo'llaydi:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-238-240

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Vazirlikka yetuk, sara er kerak, Oqil bo'lsa toki, yana dovyurak.

Badan mulkin qilib alqissa ma'mur, Vaziri aql Mulkorosi ma'mur.

https://tai.uz/

Ber avval qatla Mulkoroga taskin, Degil, oqil qazosig'a kin.

Xalqaro konferensiya

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-238-240

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Bahrom ham "Xamsa"ning barcha ijobiy obrazlari kabi bilimli, mehnatkash, kamtarin, kuchli va aql-u zakovatda Farhoddan kam emas: Tutub Chin-u Xito ahli musallam, Ki ish vaqti emas Farhoddin kam. Bahrom do'stlikni hamma narsadan ustun qo'yadi. U bolaligidan Farhod bilan birga o'sib-ulg'ayadi, aka-ukalardek voyaga yetadi, samimiy do'stlik rishtalari bilan bog'lanadi. Bahromdagi juda ko'p ijobiy sifatlar otasi Mulkorodan o'tgan. U Farhoddan uzoq muddat ayrilgach, uni qattiq sog'inadi va xavotirga tushadi. Farhod to'g'risidagi noxush xabarni eshitgach, xonga quyidagicha murojaat qiladi: Agar hukm etsa xon lutf -u atodin, Cheriklar jam etib Chin-u Xitodin. Azimat aylabon Mag'rib zaminga, Yetursam o'zni Farhodi guzinga. Toplsa, qilsam ul holiga tadbir, Yo'q ersa, ko'rsam ulkim bo'lsa taqdir. Bahrom - sermulohaza, uzoqni ko'ra biladigan, kamtarin, mansab va amalga, boylikka ruju qo'ymagan inson. Navoiyning bu obrazni yaratishdan asl maqsadi haqiqat va adolatni himoya qilib dostonni optimistik ruhda yakunlashdan iborat edi, desak xato bo'lmaydi.

Ko'rinadiki, "Farhod va Shirin" dostonini va undagi Mulkoro va Bahrom singari yordamchi qahramonlarni o'rganish, ulug' shoirning ma'naviy dunyosiga yo'l topish bilan birga, mumtoz adabiyotimizning o'ziga xos tamoyillarini ham keng mushohada qilishga imkon ochadi.

REFERENCES

1. Navoiy A, (2020) Farhod va Shirin. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

2. Qayumov A, (1979) Farhod va Shirin sirlari. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti.

3. Erkinov. S, (1971) Navoiy "Farhod va Shirin"I va uning qiyosiy tahlili. Fan nashriyoti.

4. Yusuf Xos Hojib. (2014) Qutadg'u bilig. Toshkent.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.