Научная статья на тему 'HUVAYDO IJODIDA NAVOIY AN’ANALARI'

HUVAYDO IJODIDA NAVOIY AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

423
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy / Huvaydo / anʼana / adabiy taʼsir / tatabbu / mavzu / talqin / timsol / o„ziga xoslik / mahorat / Навои / Хувайдо / традиция / литературное влияние / вкус / тема / интерпретация / символ / оригинальность / мастерство.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ergash Ochilov

Maqolada Navoiy adabiy merosining Huvaydo ijodiga taʼsiri izdosh shoirning buyuk salafi g„azallariga tatabbulari hamda turli janrdagi asarlaridan ilhomlanib yaratgan mushtarak baytu misralarining qiyosiy tahlili orqali ko„rsatib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье показано влияние литературного наследия Навои на творчество Хувайдо, его татаббу (написание газелей вслед за другим поэтом) с газелями предшественника и сравнительный анализ общих стихов, вдохновленных его произведениями разных жанров.

Текст научной работы на тему «HUVAYDO IJODIDA NAVOIY AN’ANALARI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

HUVAYDO IJODIDA NAVOIY AN'ANALARI

Ergash Ochilov

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi e-ochilov@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada Navoiy adabiy merosining Huvaydo ijodiga ta'siri izdosh shoirning buyuk salafi g'azallariga tatabbulari hamda turli janrdagi asarlaridan ilhomlanib yaratgan mushtarak baytu misralarining qiyosiy tahlili orqali ko'rsatib beriladi.

Kalit so'zlar: Navoiy, Huvaydo, an'ana, adabiy ta'sir, tatabbu, mavzu, talqin, timsol, o'ziga xoslik, mahorat.

АННОТАЦИЯ

В статье показано влияние литературного наследия Навои на творчество Хувайдо, его татаббу (написание газелей вслед за другим поэтом) с газелями предшественника и сравнительный анализ общих стихов, вдохновленных его произведениями разных жанров.

Ключевые слова: Навои, Хувайдо, традиция, литературное влияние, вкус, тема, интерпретация, символ, оригинальность, мастерство.

ABSTRACT

The article shows the influence of Navoi's literary heritage on the work of Huvaido, his tatabbus (writing ghazal by following another poet) to ghazals of the predecessor and the comparative analysis of common verses inspired by his works of various genres.

Keywords: Navoi, Huvaido, tradition, literary influence, tatabbu, theme, interpretation, symbol, originality, skill.

Huvaydo turkiy she'riyat sultoni Alisher Navoiy ijodidan ham keng bahramand bo'lib, undan mahorat sabog'ini olgan, badiiy barkamol g'azallaridan ilhomlanib, ularga qator tatabbular qilgan, turli janrdagi asarlari ta'sirida mushtarak baytu misralar tizgan, buyuk salafining ko'plab g'oyayu fikrlari, timsolu tashbehlarini davom ettirib, ularni boyitgan, yangidan-yangi qirralarini ochgan.

8-fevral

50

Huvaydo Navoiyning "oqibat", "topmadim". "aylab", "arz", hanuz", "qilg'il", "topmadim", "keldimu", "bo'lmasa" kabi qator g'azallariga tatabbular qilgan. Lekin bu tatabbular o'ziga xosligi va ohorliligi bilan ajralib turadi. Jumladan, "topmadim" radifli g'azali mana bunday boshlanadi:

Mehr ko p ko „rguzdum, ammo, mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromi jone topmadim [1,1,433].

Huvaydo esa o'z tatabbusida salafi g'azalidagi vazn va radifni, shuningdek juz'iy tafovut bilan qofiya tizimini ham saqlaydi, ayni paytda o'ziga xos ohorli g'azal yaratadi:

Dunyoni kezdim yurub, dardimga darmon topmadim, Arz etarga dod deb bir adli sulton topmadim [3,158].

Navoiy g'azalida ijtimoiy motivlar bir qadar ustuvor: zamon va zamon ahlidan shikoyat ishqiy ohanglar bilan uyg'unlashib ketgan bo'lsa, Huvaydo tatabbusi asosan ishqiy mavzuda hamda u sitamgar mahbuba va uning hajrida chekkan azoblari tasviriga bag'ishlangan. Navoiy g'azalida ijtimoiy va ishqiy ohanglar o'zaro o'rin almashib tursa, Huvaydoda matladan keyin to'laligicha ishqiy mavzu davom etadi. Fikrimizning dalili sifatida har ikki g'azalning maqtalarini keltirib o'tish mumkin: Navoiy:

Ul amon ichinda bo 'lsun, ey Navoiy, garchi men Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim. Huvaydo:

Ey Huvaydo, ishq dardi turfa qattig ', bedavo,

Yig'lamoq, dil o 'rtamakdin o'zga darmon topmadim [3,159].

Alisher Navoiyning:

Tun aqshom keldi kulbam sori ul gulrux shitob aylab, Xiromi sur'atidin gul uza xaydin gulob aylab [1,4,64], -matlasi bilan boshlanadigan mashhur g'azali bor. Huvaydo ayni shu g'azal ohangida, lekin mutlaqo boshqa qofiya va radifdagi g'azal yaratadi. Chunki bu g'azalni o'qir ekansiz, nariga g'azal xayolingizga kelaveradi: Tun oqshom keldi kulbamga nigori mehribon yolg 'uz, Olib burqa'jamolidin, o'zin qildi ayonyolg'uz [3,95]. Har ikki g'azal ham hazaji musammani solim vaznida.

Bu g'azal aynan tatabbu va nazira bo'lmasa ham, bevosita ta'sir va ilhom samarasi ekanligi shubhasiz.

Voqeabandlik asosiga qurilganligi ham bu o'xshashlikni

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

yanada mustahkamlaydi. Qiyoslang:

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 j Conference Proceedings 1 j 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60 o'rganish masalalari

Navoiy:

Kulub o'ltirdi-yu, ilkim chekib, yonida yer berdi,

Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab -

Ki: ey zori balokash oshiqim, mensiz nechuktursen?

Men o'ldum lolu ayta olmadim maylijavob aylab.

Huvaydo:

Kulub, ohista-ohista kelib, uyqudin uyg'otti,

"Sahar bo 'ldi, yotarsanmu? " - dedi shirinzabon yolg 'uz.

Qo 'limdan ushlabon aydi: "Na holing kechti yozu kuz,

Kuyub hajr o'tida bo 'lg 'on, ayo notavon yolg 'uz? ".

Huvaydo ayni g'azalga bevosita ham tatabbu qilgan. U o'zi asos bo'lgan g'azal yozilgan vazn, qofiya va radifda:

Ko 'rung ul shahsuvorimni kelur nozu itob aylab,

O 'zig'a bosh kesib, qonimni to 'kmakni savob aylab [3,45].

Navoiy g'azali 9, Huvaydoning unga tatabbusi esa 7 baytdan iborat.

Har ikki g'azal ham hazaji musammani solim vazni (mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun) da.

Qofiya tartibi aynan saqlangan: Navoiyda - shitob, gulob, tanob, iztirob, xushob, javob, itob, hijob, xarob, xob. Huvaydoda - itob, savob, shitob, sharob, shitob, pechu tob, azob, mustajob. Navoiyda 10 ta, Huvaydoda 8 ta so'z qofiya bo'lib kelgan. Huvaydoda shundan faqat ikki qofiya takrorlangan: shitob, itob. Shu bilan birga unda shitob so'zi ikki marta qofiya bo'lib kelgan.

Navoiy g'azali voqeabandlikka asoslangan, Huvaydo tatabbusi esa mahbubaga murojaat asosiga qurilgan.

Navoiy g'azali ma'shuqning oshiq kulbasiga tashrifi tasviriga bag'ishlangan bo'lsa, Huvaydo tatabbusi yordan shikoyat talqinidan iborat.

Navoiyning to'rtala devonida "oqibat" radifli to'rtta g'azal mavjud. Ajabki, har to'rtala g'azal ham 72-raqam bilan joylashtirilgan. Yanada qizig'i, har to'rtala g'azal ham bir vaznda - ramali musammani maqsurda. Huvaydo tatabbusi ham shu vaznda. Qofiya tizimiga ko'ra Huvaydo ularning birinchisiga tatabbu qilgan.

G'azal ham, tatabbu ham 8 baytdan ibrat.

Qofiya tizimi aynan saqlangan. Faqat Huvaydo "-m" egalik qo'shimchasini qo'shgan. Qofiyalar: Navoiyda - begona, afsona, devona, dona, vayrona, paymona, parvona, jurmona, na. Huvaydoda - devona, parvona, begona, mastona, tiflona, hamxona, vayrona, hayrona, har yona. Bu qofiyalardan 4 tasi Huvaydoda ham keladi: begona, devona,

8-fevral

52

vayrona, paгvona. Lekin Huvaydo o'z tatabbusi uchun ta,siг va turtkini Navoiydan olgan bo'lishiga qaramay, taqlid doiгasida qolib ketmay, o'ziga xos ohoгli asaг yaratadi - bunga g'azal va tatabbuni baytma-bayt muqoyasa qilib ham ishonch hosil qilish mumkin Jumladan, matlada Navoiy oshno yorning begonaga aylangani-yu, uning firog'ida telbaligi elga afsona bo'lganligi xususida so'z yuгitsa, Huvaydo go'zal mahbubaning husni shamiga paivona bo'lib, oqibat uning ishqida devona bo'ldim deb mubolag'a qiladi: Navoiy:

Ohkim, ul oshno begona bo 'ldi oqibat,

Hajridin bexudlug'um afsona bo 'ldi oqibat [1,1,93].

Huvaydo:

Ey, sani ishqing bilan devona bo 'ldum oqibat, Sham 'i husning ustida parvona bo 'ldum oqibat [3,52]. "Begona" qofiyali bayt esa Huvaydo g'azalida matladan keyin kelib, sening ishqingga oshno bo'ldimu jumla jahonga begona bo'ldim ma'nosida keladi:

Tushti ko 'nglim ichra darding telbalardek, ey pari, Kulli olamdin kechib, begona bo 'ldim oqibat.

Xuddi shunday, "vayrana" qofiyali baytla! ham o'zaro farq qiladi. Odatda, vayronada ganj bo'ladi va uni ajda!ho qo'riqlab yotadi. Navoiy esa husn ganji, ya'ni go'zal mahbuba o'zini tark etib, g'ami - ajdarhosi qoldi deb kinoya qiladi. Binobarin, bizning vayrana ajdaгhoning uyiga aylandi deb yo! g'amini ajdaAoga o'xshatadi:

Borg 'ali ul husn ganji g'am buzug ' ko 'nglumdadur, Ajdaho uyi bizing vayrona bo 'ldi oqibat.

Huvaydo esa yor ishqida xaloyiqdan uzilib, xilvatni makon tutgani va shu tariqa boyo'g'li kabi maskani vayrana bo'lganligiga ishora qiladi: Elu yurtumdin kechib, uzlatnishinlik xo ' qilib, Chug'zyanglig' sohibi vayrona bo 'ldum oqibat.

Shu tariqa, Huvaydo tatabbu bahona o'ziga xos ohorii g'azal yaratganligi ma'lum bo'ladi.

Navoiyning "are" radifli g'azaliga tatabbusida esa Huvaydo vazn (ramali musammani maqsrn-) va radif ("are) ni aynan saqlab, qofiya tizimini o'zgartiradi: Navoiy:

Ey sabo, jonim halokin ayla jononimg 'a arz,

Yo 'qki, jismi notavon ahvolin etjonimg'a arz [1,1,300].

Huvaydo:

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Borsang, ey bodi sabo, holimni qil yorimga arz,

8-fevral

Man g 'aribi xastadin yori jafokorimga arz [3,108].

Har ikki g'azal ham saboga murojaat asosiga qurilgan bo'lishiga qaramay, ular bir-birini takrorlamay fikru tuyg'ular oqimi boshqa-boshqa o'zanda davom etadi.

Huvaydo Navoiy asarlari mutolaasidan olgan ilhomlari natijasida unga o'xshatib qator baytu misralar ham ijod qilgan. Ularda izdosh shoir buyuk salafining muayyan fikru tuyg'ularini davom ettirib, kengaytiradi va chuqurlashtiradi, timsolu tashbehlarining esa yangi qirralarini kashf etadi. Boshqacha aytganda, o'ziga turtki berib, ilhom bag'ishlagan fikru tashbehlarning o'ziga xos ohorli badiiy talqinlarini yaratadi.

Dunyoni qoralash, tanqid qilish - mumtoz adabiyotda asosiy o'rin tutadi. Bu diniy-tasawufiy qarashlar bilan bog'liq. Unga ko'ra dunyoga ortiqcha mehr qo'yish insonni Haq yo'ldan ozdiradi, Parvardigoridan begonalashib, tubanlashuviga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham irfoniy adabiyotda dunyo ko'pincha nozu ishva bilan oshiqlarini yo'ldan uradigan, lekin hech kimga vafo qilmaydigan xiyonatkor ma'shuqaga o'xshatiladi; paranji-chachvon ichida go'yoki sarvqad va go'zal ko'rinadigan, aslida esa qaddi bukchaygan, tishlari to'kilgan qari kampirga qiyoslanadi; talabgorlarini sehru jodu bilan tuzoqqa tushirib, o'z yo'rig'iga yurgizadigan, xohlagan ko'yiga soladigan jodugar, alvasti, zol, ajuza qiyofalarida tasvirlanadi. Jumladan, Navoiy ko'plab g'azallarida dunyoni makru hiyla tajassumi bo'lgan go'zal kelinchak, yosuman kampir timsollarida jonlantiradi. Barcha yomonlik, yolg'on, riyo timsoli bo'lganligi uchun g'azallaridan birida dunyoni hatto islomdagi har to'rtala mazhab bilan uch taloq qo'yganligini aytgan edi: Dahr zolin to 'rt mazhab birla qildim uch taloq, Fard qildi bori mundoq kadxudoliqdin meni [1,1,655].

Bu yerda dahr zoli - ko'pni ko'rgan qari dunyo, majozan esa yosuman kampir bo'lsa, to'rt mazhab - sunniylikdagi hanafiylik, molikiylik, shofe'iylik, hanbaliylik mazhablari. Lirik qahramon shu tariqa dunyo otlig' jodugarni to'rtala mazhab hukmi bilan uch marta taloq qilish orqali o'zini bu alvastining tuzog'idan qutqarib, najot topgani - erkin va ozod insonga aylangani yengil nafas olib ta'kidlamoqda.

Quyidagi baytida Huvaydo ham ustoziga hamfikrlik qiladi va bu dunyo toza kelinchakdek nozu jilva qilib, seni o'z tuzog'iga tushirmoqchi bo'ladi, lekin sen bu makkoraga sira nigohingni tashlama deb uqtiradi: Bu dunyo navarusedek sani aldar qilib jilva, O 'shal makkoradin zinhor san qat 'i nazar qilg'il [3,147].

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Dunyo - ko'hna rabot, dunyo - motamxona, dunyo -hasratxona kabi ta'riflar ham Sharq mumtoz she'riyatida an'ana

8-fevral

tusini olgan bo'lib, ular Navoiy she'riyatida haddi a'losida o'zining rang-barang badiiy talqinini topgan. Bunday yondashuvlarni Huvaydo ijodida ham ko'p ko'ramiz. Jahon bir mahzi hasratxonadur - hasratda el ketti, Ko 'zungdin ashki hasratni qil emdi dam-badam paydo [3,27]. Huvaydoning agar Ka'bani tavof qilmoqchi bo'lsang, ko'ngillar Ka'basini tavof qil mazmunidagi:

Gar tavfi Ka 'ba qilmoq, ey ko 'nglum, istar ersang, Qil tavfi Ka 'bai dil, ey porso Huvaydo [3,36], -

bayti Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonidagi olamning qiblasi bo'lishiga qaramay, Ka'baning ko'ngil Ka'basichalik qadri yo'qligi haqidagi mashhur misralarini esga soladi:

Ka 'baki, olamning o 'lub qiblasi,

Qadri yo 'q onchakim, ko 'ngul ka 'basi [1,6,62].

Bu tasavvufdagi ko'ngilni ulug'lash an'analariga borib taqaladi. Ko'ngilning hamma narsa, hatto Ka'badan ham ustun qo'yilishining sababi shundaki, tasavvufda Ollohdan keyin ko'ngil turadi. To'g'ri, Ka'ba -Ollohning uyi, lekin u zohiriy, ramziy uy, uning haqiqiy uyi - insonning ko'ngli. Dunyo va nafs g'uborlaridan poklangan, ko'zguday musaffo holga kelgan ko'ngilda Olloh jamoli jilvalanadi. Huvaydoning:

G'aribni ko'nglini buzmak gunohini beadad ermish. Kaforat bo 'lmag'ayyuz Ka 'bani qaytib bino qilsang [3,136], -misralari esa Navoiyning:

Kimki bir ko 'ngli buzuqning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka 'ba vayron bo 'lsa, obod aylagay [1,3,626], -

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

bayti bilan mushtarak.

Albatta, bu fikr talqinida har bir shoir o'ziga xos ohorlilikka erishgan: Navoiy baytida bir siniq ko'ngilni ko'tarish Ka'bani obod qilishga tenglashtirilsa, Huvaydo bayti buning aksi - u bir g'aribning ko'nglini sindirish eng og'ir gunoh bo'lib, yuzta Ka'ba qurib ham uning tovonini to'lab bo'lmasligiga urg'u beradi.

Bu ikki bayt o'zaro tazod hosil qiladi: birida siniq ko'ngilni ko'tarish Ka'bani obod qilishga qiyoslansa, ikkinchisida bir g'aribning ko'nglini sindirsa, keyin yuzta Ka'ba qurib ham bu gunohni yuvib bo'lmasligi ta'kidlanadi. Lekin har ikki bayt ham ko'ngilni ulug'lashga qaratilgan.

Mahbubaning beqiyos yuzini Ka'baga, qayrilma qoshlarini mehrobga tashbeh etish Sharq mumtoz she'riyatida bir an'ana

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

tusini olgan. Ayni an'ana asosida Navoiy shoirlik mahoratini mahsuli bo'lgan betakror bir bayt ijod qiladi:

To xayoling ko 'zdadur - ko 'z uyi go 'yo Ka 'badur -Kim, turub atrofidin kirpiklarim aylar namoz [1,4,221]. "To ko'zda xayoling mujassam ekan, ko'z uyi go'yoki Ka'baga o'xshaydi, kipriklarim esa uning atrofida turib namoz o'qiydi"

Huvaydo esa: "Yuzingdan pardani ko'tarki, qoshingning mehrobini ko'rib, sening husning qiblasiga qarab, har dam namoz qilay", - deya bu ohorli tasvirning yangi bir talqinini yaratadi::

Parda olg 'il oy yuzungdin - qosh mehrobin ko'rub, Qiblai husnung sari har dam boqib, aylay namoz [3,92]. Alisher Navoiy bir qator baytlarida ma'shuqa labi hasratidan ilma-teshik bo'lgan ko'nglini asalari uyasiga o'xshatadi - bu teshiklar garchi jarohat izlari bo'lsa-da, ular yor xayolining shavqi bilan go'yoki asalga liq-liq. Ya'ni mahbuba labi xayoli asal kabi ularni to'ldirgan. Chunonchi:

Zanburning evi kibi ko 'nglum teshuk-teshuk, La 'ling xayoli har teshuk ichinda bol ekin [1,1,490].

"Ko'nglim asalari uyasi kabi teshik-teshik, lekin labingning shirin xayoli ularni bamisoli asal bo'lib to'ldirgan". Yoki:

Ey, ko 'ngulda shahdi la 'ling hasratidin yuz teshuk, Har teshukdur shahd zanburi uyi yanglig ' chuchuk [1,1,356]. "Ey, sening shirin labing hasratidan ko'nglimda yuz teshik paydo bo'ldi, lekin har bir teshik asalari uyalari kabi asalga liq to'la".

Huvaydo ham bir necha baytlarida ko'nglidagi choklarni asalari uyasiga o'xshatadi, lekin bu teshiklar, Navoiy tasvirlaridan farqli o'laroq, har tomondan yuzlangan sitamlar tig'idan paydo bo'lgan:

Yurokim xonai zanbur kibi bo 'ldi shigof,

Har tarafdin tegibon ko 'ksum uza tig'i sitam [3,174].

"Har tarafdan sitam tig'i yog'ilib, yuragim asalari uyasidek teshik-teshik

Boshqa bir baytida esa shoir asalari uyasidek chok-chok bo'lgan ko'ngliga qayrilmaqosh go'zaldan muruvvat o'tinadi:

Yurokim bo 'ldi jarohat xonai zanburdek,

Marhamat qilsang na bo 'lg 'oy, ey mahri qayrilma qosh?

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

bo'ldi".

[3,104]

8-fevral

Mayda yor aksining jilvalanishi haqidagi baytu misralar Navoiy ijodida juda ko'p uchraydi. Chunki irfoniy she'riyatda yor - Xudo, may - muhabbat, qadah -ko'ngil timsoli bo'lib keladi. Qadah qancha toza bo'lsa, may shuncha tiniq ko'rinadi. Shunga o'xshab, dunyo g'uborlaridan poklangan ko'ngilda ham Haq nuri jilvalanadi. Shuning uchun ham Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" devonlar turkumining ilk g'azalidayoq:

Ashraqat min aksi shamsil-ka 'si anvorul-hudo, "Yor aksin mayda ko 'r!" - deb, jomdin chiqti sado [1,1,22], -deb yozgan edi. Ya'ni: "Quyosh kosasining aksidan hidoyat nurlari porlab ko'ringanida qadahdan: "Yor aksini mayda ko'r!" - degan sado chiqdi".

"Jom moddiy dunyo va may esa Yorning tajalliysini aks etiruvchi va unga bog'langan ko'ngil ishqi tug'yonini anglatuvchi timsollar ekan, bunda uch ma'no bir-biri bilan bog'liq holda zuhur etdi: 1) ilohiy nur jilosi; 2) dunyo; 3) inson qalbi. Inso n agar faqat dunyo tashvishlari (zangi) bilan bog'lansa, u ilohiy nurdan bebahra qoladi. Holbuki, insonning oliy maqsadi - o'z Asliyatini idrok etish va unga qaytishdir. Shu bois u ko'ngil g'uborlarini yuvib, uni Olloh nuri aks etgan jomga aylantirishi loz im, chunki ana shu darajaga yetgan odam dunyoning o'zi Olloh jamoli aks etgan mazhar va jom ekanini anglab yetadi" [2,15].

Keyin u ko'plab baytlarida bu mavzuni davom ettirib, rivojlantirdi va uning yangidan-yangi qirralarini ochdi. Jumladan, quyidagi baytida "Kishining dunyo va nafs g'uborlaridan pok bo'lib, musaffo holga kelgan ko'ngli Haq jamoli jilva qiladigan ko'zguga aylanadi", - deb yozadi: Yor aksining o'lub jilvagahi, Kishikim xotiri mir'oti orib [1,2,70].

Huvaydoning qator baytlarida ham ayni irfoniy haqiqatning badiiy talqinini ko'ramiz. Jumladan, mutasavvifning mana bu misralari salafining ilk g'azalining matlasiga hamohang jaranglaydi.

Bir sado chiqdi qadahdin: "Yorni ko 'r mayda ", - deb, "Ko 'ra olmassan, - dedi, - to etmaguncha mayni sof"[3,116]. Boshqa bir baytida esa: "Ko'ngil Haq ko'zgusi hisoblanadi - unga muhabbat bilan sayqal berish kerak - agar bu ko'zgu xira tortsa, yor unga nazarini solmaydi", -deydi bu boradagi fikrlari shodasiga yangisini tizib:

Ko 'ngul oyinai Haqdir, muhabbat birla sayqal ur, Nazar solmas ango yorim qilur oyina kir paydo [3,29]. Navoiy qator baytlarida hijronning o'limdan ham og'irligini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

aytib, jonondan judo qilguncha jondan judo qilishini so'raydi:

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60 o'rganish masalalari

Hajr o'lumdin talx emish, mundin so 'ng, ey gardun, meni Aylagil jondin judo, qilg 'uncha jonondin judo. Bo 'lsayuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag'il Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo [1,1,59].

Huvaydo esa bu tashbehni rivojlantirib, uni qiyomat bilan bog'laydi: qiyomat kunini eng og'ir deydilar. Aslida yorning yoridan judo bo'lishining o'zi qiyomat ekan deydi:

Base qattig' dedilar, do 'stlar, ro 'zi qiyomatni, Qiyomat ul ekandur: yor yoridin judo bo 'lmoq [3,119].

Ra'no gulining ikki xil - qizil va sariq gullashidan kelib chiqib, Navoiy uni munofiq, ikkiyuzlamachi timsolida gavdalantiradi:

Ikki yuzluk bo 'lmakim, bu bog 'ning ra 'no guli Gar qizarur bir yuzi, lekin yana bir sorg 'orur [1,1,195]. "Bog'dagi ra'no gulining bir yuzi qizarsa, bir yuzi srg'ayadi - sen sira u kabi ikki yuzli bo'lma".

Huvaydo esa bu timsolning ma'no doirasini nihoyatda kengaytirib, dunyoni ra'no guliga nisbat beradi:

Dunyani kori du rang - har kimga bir rang ko'rsatur, Bo 'lmag 'il g 'ofil guli ra 'noni sen yak so' ko 'rub [3,47]. "Dunyo aslida ikki tusli bo'lib, har kimga boshqa bir tusda namoyon bo'ladi -shunday ekan, sen ra'no gulining faqat bir rangini ko'rib, aldanib qolma"

Huvaydo ijodida yana Navoiy ijodida keng qo'llaniladigan quyun, nojins, o'zlik, falak zoli kabi so'z va timsollarga ham ko'p duch kelamiz.

Huvaydo "Xamsa"dan ham yaxshigina xabardor bo'lgan ko'rinadi. Chunki shoirning ayrim baytlari Navoiy dostonlaridagi ba'zi lavhalar va rivoyatlarga ham ishora qiladi. Jumladan, "Hayrat ul-abror" dostonining falak hay'atidan shikoyatu dunyo lo''batidan kinoyatga bag'ishlangan, mutafakkir shoirning charxning kajraftorligiyu jahonning buqalamunligi, boshqacha aytganda, hayotga va dunyoga munosabatini o'z ichiga olgan 14-maqolatiga 7 iqlimni olgan Iskandarning ham dunyodan quruq qo'l bilan ketganligi haqidagi haqidagi hikoyat ilova qilinadi. Hikoyatda keltirilishicha, Iskandar taxtga taxtga o'tirgach, jahonda u tasarrufiga kiritmagan joy qolmadi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug'ini ado etishni o'zlariga sharaf deb biladilar. 7 ko'ku 7 iqlim uning tasarrufida bo'lib, jahonni ko'rsatuvchi jom uning uchun oddiy ko'zgu edi. Buning ustiga, Ham shoh o'lub, ham valiyu ham nabi, Hikmat ila ila ham tuz o'lub mashrabi.

8-fevral

58

Shunday jahongir shoh, Xudo yarlaqan zot ham ajal oldida ojiz qolib, vasiyat qiladiki: "Meni ko'mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo'limni tashqariga chiqarib qo'ying, toki unga boqqan kishilar ibrat olsinlar. Yetti iqlimni olgan, 7 falak mushkulini hal qilgan kishi ham oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo'l bilan u dunyoga boradi. Dunyo molu mulki ni havas qilganlarga menday jahongirning dunyodan quruq qo'l bilan ketgani ibrat bo'lsin!" [1,6,22-24]

Huvaydoning: "Bu dunyo mulkiga kelib na bir narsa orttirdimu na bir ko'nglim to'lgulik ish qildim - dunyodan quruq qo'l bilan ketayotganimga yig'layman", -mazmunidagi mana bu bayti ayni rivoyatning mantiqiy xulosasi yanglig' jaranglaydi: Bu dunyo mulkig'a keldim - na topdim man, na ish qildim, Ko 'runglar, dasti xoli dunyodin yong 'onga yig 'layman [3,181]. Ma'lumki, Majnun Layli ishqida sahroni makon tutganida, Farhod esa Shirin tufayli Xusrav tomonidan Salosil qo'rg'onida bandi qilinganida ularning hamrozu hamsuhbati jonivorlar edi. Navoiyning o'zi ham g'azallaridan birida ishqdagi ahvolini mazkur mashhur oshiqlar taqdiriga o'xshatib: "Men ham telbalik zanjirining rasvosi bo'ldim, mening ham tegramda Farhodu Majnun kabi bir suruk yig'ilgan", -deb mubolag'a qiladi:

O 'yla zanjiri junun rasvosimenkim, har zamon Tegrama Farhodu Majnundekyig 'ilmish bir suruk [1,1,356]. Bu bilan ulug' shoir tafakkur sohibi hisoblanmish odamlar Farhodu Majnunni tushunmaganlari holda, ongsiz va tilsiz hayvonu qushlar ularga hamdard bo'lganlari misolida Ollohni aql vositasida bilib bo'lmaydi, unga faqat ko'ngil bilan yetish, uni yolg'iz sezgilar yordamida his qilish mumkin, degan so'fiyona haqiqatni bayon etgan. Farhod va Majnun haqidagi dostonlarda ham, keltirilgan baytda ham jonivorlarning ilohiy ishqdan bebahra kishilardan ustun qo'yilishiga sabab shu.

Ko'ngli zamon ahlidan ozurda bo'lgan Huvaydoning ham bir baytida: "Vahshiy hayvonlar kabi zamona ahlidan uzoq bo'lib, Majnun singari kiyiklar bilan hamdam bo'l!" - deb hasratidan chang chiqadi:

Zamona xalqidin bo 'lg 'il yiroqroq vahshilar yanglig ', Yurub sahroda Majnundek kiyiklar birla hamdam bo 'l [3,148]. Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonining ukasi Darveshaliga bir necha pandu o'git tariqasida yozilgan faslida, jumladan, mana bunday bayt bor: Navosiz ulusning navobaxshi bo 'l, Navoiy yomon bo 'lsa sen yaxshi bo 'l [1,8,518]. Huvaydoning quyidagi baytida ayni shu misralarga

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

hamohanglikni ko'ramiz:

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-50-60

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

Sani har kim yomon desa, Huvaydo, kelmasun qahring,

Degil, ore, yomondurman, anga ayg'ilki, sanyaxshi [3,244].

Bu ikki shoir o'rtasidagi mushtarak jihatlardan yana biri - ular ijodida mav'iza she'rlar hamda hikmat va nasihat yo'sinidagi baytu misralarning yetakchi o'rin tutishi. Ma'lumki, Alisher Navoiy mutafakkir shoir sifatida Olloh-Olam-Odam munosabatlarini teran badiiy talqin qilib, ko'plab mav'iza she'rlar, falsafiy mushohadalari mahsuli bo'lmish hikmatli baytu misralar tizgan. Orif shoir sifatida Huvaydo ijodida ham pandu nasihat yetakchi o'rin tutadi. Chunki Navoiy kabi Huvaydo ham so'zni ma'rifat quroli deb bilgan. Lekin Navoiyda falsafiy mulohazalar hayotiy kuzatishlar bilan uyg'unlashib ketgan bo'lsa, Huvaydoda diniy qarashlar turmushdan chiqarilgan xulosalar bilan omuxta bo'lib ketadi. Shu bilan birga, Navoiy o'z fikrlarini ramzu tashbehlar pardasiga o'rasa, Huvaydo ko'pincha ochiq bayon etadi.

Ma'lum bo'ladiki, Navoiy ijodi Huvaydo uchun o'ziga xos mahorat maktabi bo'lgan. U o'zining buyuk salafidan ta'sirlanib va ilhomlanib, uning g'azallariga qator tatabbular qilgan, ko'plab mushtarak baytu misralar tizgan - ularda buyuk salafining muayyan fikru qarashlarini chuqurlashtirgan va kengaytirgan, ularning yangidan-yangi qirralarini ochgan, timsolu tashbehlari silsilasini esa yanada boyitgan.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy (2011). To'la asarlar to'plami, X jildlik - Toshkent: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

2. Komilov N. (2012). Ma'nolar olami safar (Alisher Navoiy g'azallariga sharhlar). -Toshkent: "Tamaddun".

3. Xojanazar Huvaydo (2005). Devon (Nashrga tayyorlovchilar: I.Abdulloh, Q.Ro'zmatzoda). - Toshkent: "Yangi asr avlodi".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.