ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-561-565
BADIIY ASARDA QAHRAMON RUHIYATIDAGI OZGARISHLAR VA ULARNING YORITILISHI ("QUYOSH QORAYMAS" ROMANI
MISOLIDA)
Ahadjon Ro'ziboy o'g'li Mahammadiyev
Andijon davlat universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada badiiy asardagi qahramon ruhiyatidagi o'zgarishlar tahlilga tortilgan va bu o'zgarishlar badiiy psixologizm asosida o'rganilgan. Qahramonning ruhiy holati misollar orqali tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: obraz, qahramon, badiiy psixologizm, konflikt, detal, personaj, epizodik obrazlar.
CHANGES IN THE PSYCHE OF THE PROTAGONIST IN THE WORK OF ART AND THEIR COVERAGE (ON THE EXAMPLE OF THE NOVEL
"THE SUN DOES NOT DARKEN")
ABSTRACT
This article analyzes the changes in the psyche of the protagonist in the work of art, and these changes are studied on the basis of artistic psychology. The mental state of the protagonist is analyzed through examples.
Keywords: image, hero, artistic psychology, conflict, detail, character, episodic images.
KIRISH
Oybekning ushbu romanida qahramonlar o'z xarakterini boricha namoyon qila olgan. Roman qahramonlari juda bosiq va og'ir tabiatli insonlar. Xarakterlari ham shunga yarasha bo' lib, ularda o' lim va tiriklik orasida ekanliklarini chuqur his qilgan holatda harakatlanadilar. Asarda Ikkinchi jahon urushi davri tasvirlangan. Urush mavzusidagi asarlarda qahramonlar xarakteri ham turlicha bo'ladi. Bu romandagi bir tomonni alohida e'tiborga olish lozim. Urush davri tasvirlangan ko'plab asarlarda qahramonlarning ruhiy dunyosida konfliktlar bir tomonlama bo'lishi mumkin. Ya'ni qahramon faqatgina muhit yoki dushman bilan kurashadi. Oqibatda kurashayotgan obrazda g'oliblik hissi yoki mag'lublik hissi sezilib turadi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-561-565
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oybek qalamga olgan urush mavzusi esa boshqa asarlardan shunisi bilan farq qiladiki, asar qahramonlari bosqinchi sifatida emas, balki himoyachi sifatida harakat qiladi. Ikkinchi ahon urushi davridan faqatgina Germaniyaning Moskvani egallashga qilgan harakati davri qalamga olingan. Bu asar qahramonlari ham aynan shu davrning ozidagina bor xarakterlarini korsata olishi kerak boladi. Asosiy qahramon sifatida Bektemir korsatilsa-da, boshqa qahramonlar ham bosh qahramondek harakat qiladi. Lekin ruhiyatning kuchliligi va olim bilan yuzma-yuz kelgan sahnalarda faqatgina Bektemir namoyon bo ladi va bu orqali o zining ichki olamida kechayotgan jarayonlarni ham tasvirlayotgandek tuyiladi. Roman o qilish jarayonida diqqatni tortadigan jihat shundaki, ijodkor qahramonlarining ruhiyatini va ularning ichki yoki odamlar bilan, muhit bilan bo lgan qarama-qarshiliklarini qay darajada tasvirlay olgan. Ushbu romanda qahramonlarning qiyofalarini ochishda ijodkor badiiy psixologizmdan yuqori darajada foydalangan. Chunki muallif yaratgan qahramonlar psixologik jihatdan juda murakkab. Ularni aqliy va ruhiy tomondan yengib bolmaydi. Adabiyotshunos olim D. Quronov badiiy psixologizm haqida "badiiy asarda tolaqonli inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan biri" degan fikrni aytib o tadi. Bundan ko rinadiki badiiy psixologizm badiiy asarda inson obrazini yaratishda asosiy vositalardan biri hisoblanar ekan. Ushbu romanda asosan qahramonlarning tashqi harakat dinamikasiga emas, balki ularning ichki harakat dinamikasiga koproq e'tibor qaratilgan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Asar boshlanmasida qahramonlarning ruhiy dunyosi va manaviy qiyofasi asar voqealari rivoida murakkablashib borgan. Qahramonlar ruhiyatining o zgarishi asosan olim sahnalari bilan bogliq. Chunki qahramonlar bor ruhiyatlarini va ichki kechinmalarini olim bilan bogliq jarayonlarda bor boyicha namoyon qila olgan. Qahramonlarning ozlari olim bilan yuzma-yuz kelganda qanday holatga tushganliklari ularning ruhiy dunyosidagi evrilishlarni, ichki kechinmalarining qay darajada ekanliklarini ochib beruvchi jarayon hisoblanadi. Asar qahramonlari Bektemir, Asqar polvon, Ali tajanglar o lim bilan juda ko p marotaba to qnash keladilar, bu toqnashuvdan ularning har birlari har xil kayfiyatda omon qoladilar. Kimdir ichida taqdirni qarg'agan, kimdir koz o'ngida oilasini ko'rgan, kimdir esa bir marta o limdan omon qolgandan keyin uni pisand qilmaydigan holga tushgan. Qahramonlarning ajal bilan to qnashish sahnalari soni ortib borgani sari ulardagi ichki kechinmalar ham ozgarib bora boshlaydi. Ilk bor toqnash kelganlarida tanib
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-561-565
bo'lmas darajada esankirab qolgan Bektemir keyingi to'qnashuvlarga tayyor holda turadi, hattoki fashistlarni o'ldirish u uchun "qiziqarli mashg'ulot"ga aylanib qoladi. "Kichkina stansiyada batalyon poyezddan tushishga ulgirmasidanoq bombardimonga uchradi. Vagonlarning gulduros bilan ag'darilishi, parchalangan relslarning chillakday uchishi, dod-voy, tutun, tuproq - Bektemirning ilk "tomoshasi" bo'ldi. U buzilgan binoning g'isht devorlari orqasidan sog' chiqar ekan, hammani nobud bo'lgan deb o'yladi. Yo'q, o'n choqli odam o'lgan, undan ortiqrog'i yarador" Muallif Bektemirning ruhiy dunyosini urushga tayyor odam qilib ko'rsatishga uringan. Uning ilk "tomoshadan" keyin devor orqasidan chiqib kelayotganda o'ylagan hayoli ham jiddiy qiyofada berilgan. Bektemir urushga har tomonlama tayyor holda kelgan go'yoki urush dahshatlarini oldindan ko'rib, bilib yurgan insondek tasvirlanadi. Buning sababi esa muallif qahramonlarning ruhiy dunyosini voqealar rivoji orqali ochib berishni maqsad qilgan deb aytish mumkin. Urush insonning ma'naviy qiyofasini qay darajada o'zgartirib yubora olishini esa inobatga olmagan. Aslida muallif asar davomida Bektemirdagi har qanday o'zgarishni nazardan qochirmaslikka harakat qilganligini esa quyida ko'rish mumkin: "Qora, quyuq qoshlari ostidagi yirik, tiyrak, bolalarnikiday sof, sodda ko'zlari bilan uzoqlarga tikildi" Diqqat qiladigan bo'lsak Bektemir hali urush olovi ichida o'zligini yo'qotmagan holatda. Muallif ham uning sof dunyosini urush kirlantirib yubormasligini istaydi. Lekin urush baribir o'z aytganini qiladi. Bektemirning ruhiy dunyosini chilparchin qiladi va unga omon qolishning sharti faqat o' ldirish ekanligini yaxshilab uqtiradi. Bektemir ham bu shartga rozi bo'ladi va har qanday holda ham omon qolish uchun o'ldirishga tayyor holga keladi. Ammo u odamiylik qiyofasini unutmaslikka, shu chegaradan chiqmaslikka harakat qiladi. O'zi o'lim bilan yonma-yon bo'lgani holda yaqinlari haqida qayg'uradi, ulardan xavotir oladi. Ukasi haqidagi o'ylari shunday keltiriladi:: "Nima boldi ekan, ukam boyoqish? Balki u ham shu yerga yaqin joyda, Moskva yonida jang qilayotgandir, balki...ehtimol, o'lgandir... deb o'yladi, rang-quti oqarib" E tibor qiladigan bo'lsak Bektemirda hayotga va urush qonuniyatlariga real qarash mavjud. Ijodkor yaratgan qahramon urushning bor dahshatini his qila oladi. Pichirlab bo'lsa-da o'limni tan oladigan qiyofada. Chunki biz boshida aytganimizdek iodkor o'z qahramonini har qanday mushkulotlar va ayriliqlar qarshisida esankirab qolmaydigan darajada individuallashtira olgan. Faqatgina Bektemir emas boshqa qahramonlarning ruhiy qiyofasida ham o'limga nisbatan sovuqqonlikni ko'ramiz. Ayni shu sovuqqonlik ularni o'limning oldida dadil turishga undaydi. Ularning qarshiliklari esa faqat fashistlarga qaratilgan va mana shu nafrat ularni bir on bo'lsa-da bo'shashishlariga yo'l qo'ymaydi. Asarning
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-561-565
boshlanmasida hamma narsada olimni koruvchi Bektemir asar voqealari rivojida anchayin jiddiylashib boradi va u endi olim bilan bir necha bor toqnash kelgan va hattoki olimga yuzma-yuz qaray oladigan qiyofaga yetib keladi. Yani u atrofida yuz beradigan voqealarni teran tahlil qiladi va bu yerda olimdan qochib bolmasligini, olimni esa faqat fashistlarni o'ldiribgina yengish mumkin ekanligini tushunib yetadi. Uning ruhiyatida ham ozgarishlar sodir boladi va u bor nafratini endi fashistlarga qaratadi. O zining ichki olamidagi qarama-qarshilikni yengib o tib, tashqi kuch tasirida harakatlana boshlaydi. Shunga kora uning oy va fikrlari ham ozgaradi. Bektemirning ruhiyatidagi o zgarishlarni uning fikrlaridan anglab olish mumkin. Asar boshlanmasida faqatgina o limni o ylab ezilayotgan qahramon asar voqealri rivojida olimdan-da yuqoriroq darajaga chiqqanligini koramiz:
"Tabiati muloyim, biroq kechasi yolg iz yurishga qo'rqadigan Safar cho tir yig'lamsiragan tovush bilan "Ertaga kim bor, kim yo'q!" dedi. Bektemirning ozi ham shu fikrga ishonsa-da, lekin nechundir, beparvo, yigitona ovoz bilan: - Tavakkal. Qirq yil qirgin bolsa ham, ajal yetgan oladi, birodar. Oldindan aza ochishning hojati yo'q! - deb qo'ydi."
Ijodkor aynan shu joyda Safar cho tirning ruhiyati bilan Bektemirning ruhiyatini taqqoslaydi. Safar ichida qanday bolsa, tashida ham shunday odam. Yani o'ylaganini gapiradigan va hech qanday konfliktlarga kirishmaydigan. Urushga tashlanganini bir vazifa deb biladi va shu vazifani bajarishga majbur hisoblaydi o zini. U hech qachon bo layotgan voqealarni o ylab ham, tahlil qilib ham ko'rmagan. Nari borsa bir so'kinish bilan yengillab oladigan odam. Bektemir esa ruhiyatidagi o zgarishlar bilan hisoblashishga va vaziyatni tahlil qilishga majbur. Chunki unda yetilib kelayotgan konflikt bor. Agar u vaziyatga moslasha boshlasa, tabiiyki, undagi qarshiliklar yo qolib qoladi. Xuddi shu o zgarishlar jarayonida Bektemir boshqacha yol tutadi va bu orqali u ozining maqsadini belgilab oladi. Bektemirning ruhiyatidagi gradatsiya o' lim bilan yuzma-yuz kelishga oshiqishda ham seziladi. Avvallari omon qolish uchun harakat qilayotgan qahramon endi haqiqiy dushmanni korishga va uni oldirishga harakat qilmoqda. Bu harakatlar yaxshilab oylab korilmagn holatda sodir bolyapti va bu taribasizligi orqali pand yeyishiga oz qoladi. "Keyin bir qadar jasurlanib, xuddi ba zan baliq suvdan "sho p" etib bosh chiqarib yana g oyib bo lganidek, boshini bir-ikki marta ko tarib qo ygan edi -kaskasining yonidan vizillab o'q uchdi. Bektemir, "ko'zingga seni..." deb shoshib choqqayganda, orqadan, kamaridan kimdir tortdi" Agar avvalgi Bektemir bilan ayni shu joydagi Bektemirni solishtiradigan bolsak, olim bilan uchrashishga juda yaqin qolgan holda tasvirlanadi. Yana bir tomoni ham borki, muallif qahramonni juda
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-561-565
qiziquvchan qiyofada tasvirlaydi. Shuncha paytdan buyon jang qilayotgan, lekin haligacha fashistning qiyofasini ko'rmagan qahramon juda shoshilinch tarzda dushmanni ko'rishga harakat qiladi va bu harakati orqali o'lim bilan juda yaqin keladi. Lekin bir tasodif tufayligina omon qoladi. Ammo Bektemir shu holatida ham o'z fikridan qaytmaydi. U nima qilib bo'lsa ham fashistni ko'rishi kerak. Uni o'ldirishga shunchalik tashnaki, buni so'z bilan ham ta'riflab bera olmasligini aytadi. Urushga avval boshida kelganda qanday qilib harakat qilishnida bilmaydigan qahramon endi butunlay boshqa qiyofada tasvirlanishni boshlaydi. Undagi rivojlanish shu darajada tez sodir bo'ladiki, voqealar rivoji ta'sirida u o'limnida m,ensimaydigan qiyofada ko'rina boshlaydi. Avvalida o'limdan qanday omon qolishni o'ylaydigan qahramon endi o'lim bilan har daqiqada to'qnash keladi va unga qanday qilib chap berishning hadisini mukammal darajada olgandek taassurot qoldiradi. Nafaqat o'zi duch kelganda balki yonidagi safdoshlari o'lsa yoki yaralansa ularga ham befarq qaraydigan darajada sovuqqonga aylanadi. Bu bir tomondan qahramonning ruhiyati butunlay urushga moslashib qolganligidan bo'lsa, ikkinchi tomondan sodda, samimiy va beg'ubor qalb egasi bo'lgan bir inson butunlay boshqa qiyofadagi shaxs bo' lib shakllanib qolmoqda.
XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan umumiy xulosa qiladigan bo'lsak, ushbu romanda qahramonlarning ma'naviy dunyosida tub burilishlar sodir bo'ladi va ijodkor bu o'zgarishlarni ularning hatti-harakatlari, o'y-fikrlari va ichki kechinmalari asosida reallashtirib tasvirlaydi. Qahramonlarning ruhiy holatlari esa vaziyatga nisbatan o'zgarib turuvchi ekanligi, asardagi konfliktlar tizimi faqat tashqi muhit bilan yuz berayotganligini ko'rish mumkin. Asosan e'tibor qilgan tomonimiz esa qahramonlarning o'lim bilan yuzma-yuz kelgan vaziyatlarda ularda qanday o'zgarishlar sodir bo'lgani, bu jarayon hikoyachi muallif tilidan qanday kechganligi-yu qahramon-muallif tasvirida qanday holda ekanligi bo'ldi.
REFERENCES
l.D.Quronov va boshq. Adabiyotshunoslik lug'ati. Akademnashr.,T-2012. 2.Oybek. Quyosh qoraymas. Tanlangan asarlar. 6-tom. G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. T-1971
3.Sh. Botirova. Badiiy psixologizm kriteriylari va zamonaviy o'zbek romanchiligi. Tafakkur ziyosi. 2/2020.