Научная статья на тему 'BADIIY ASAR YARATISHDA KOMPOZITSIYANING XUSUSIYATLARI'

BADIIY ASAR YARATISHDA KOMPOZITSIYANING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
901
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Yaxlitlik / uyg’unlik / asimmetriya / simmetriya / muvozanat / umumiylik / plastik / ritmik / element. / Целостность / гармония / асимметрия / симметрия / равновесие / общность / пластика / ритмика / стихия.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soxibov Raxmonali, Boboyeva Zulfiya, Madaminov Nodirbek

Maqolada oliy ta’lim tizimida tasviriy san’atni o’qitishda kompozitsiya asoslari, qonunlari va vositalaridan foydalangan holda, yaratilajak badiiy asarlarning shaklini va mazmunini topa bilish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОСОБЕННОСТИ КОМПОЗИЦИИ ПРИ СОЗДАНИИ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ПРОИЗВЕДЕНИЯ

В статье рассматривается умение находить форму и содержание создаваемых художественных произведений с использованием принципов, законов и средств композиции при обучении изобразительному искусству в системе высшего образования.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR YARATISHDA KOMPOZITSIYANING XUSUSIYATLARI»

BADIIY ASAR YARATISHDA KOMPOZITSIYANING XUSUSIYATLARI

Soxibov Raxmonali, o'qituvchi, Boboyeva Zulfiya, o'qituvchi, Madaminov Nodirbek, o'qituvchi, Farg'ona davlat universiteti https://doi. org/10.5281/zenodo. 732922 7

Annotatsiya: Maqolada oliy ta'lim tizimida tasviriy san'atni o'qitishda kompozitsiya asoslari, qonunlari va vositalaridan foydalangan holda, yaratilajak badiiy asarlarning shaklini va mazmunini topa bilish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Yaxlitlik, uyg'unlik, asimmetriya, simmetriya, muvozanat, umumiylik, plastik, ritmik, element.

ОСОБЕННОСТИ КОМПОЗИЦИИ ПРИ СОЗДАНИИ ХУДОЖЕСТВЕННОГО

ПРОИЗВЕДЕНИЯ

Аннотация: В статье рассматривается умение находить форму и содержание создаваемых художественных произведений с использованием принципов, законов и средств композиции при обучении изобразительному искусству в системе высшего образования.

Ключевые слова: Целостность, гармония, асимметрия, симметрия, равновесие, общность, пластика, ритмика, стихия.

FEATURES OF THE COMPOSITION WHEN CREATING A WORK OF ART

Abstract: The article discusses the ability to find the form and content of artistic works to be created using the principles, laws and tools of composition in the teaching of visual arts in the higher education system.

Keywords: Integrity, harmony, asymmetry, symmetry, balance, generality, plastic, rhythmic, element.

KIRISH

Kompozitsiya inson ijodining barcha turlarida, hususan rassomchilik, grafika, haykaltaroshlik,adabiyot yo'nalishi, kino, teatr, musiqa, me'morchilik, dizayn va dizaynerlik san'atiga hos sanoat buyumi yaratishda keng qo'llaniladi. Ijodkor yaratgan asarining muvaffaqiyati uning kompozitsiyasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o'z asarlarida kompozitsiya jihatidan yaxshi natijalarga erishgan ijodkorni, hoh u rassom, hoh me'mor bo'lsin, o'z sohasining kompozitori deb atashgan. Ushbu fan ijodiy yo'nalishdagi barcha mutaxassislar uchun suv va havodek zarur.

Shu joyda kompozitsiyani o'ziga to'xtalib o'tsak. Kompozitsiya so'zi lotincha " komponere " so'zidan olingan bo'lib, "tuzmoq", "joylashtirmoq", " to'qimoq" degan ma'noni anglatib, turli hil ramziy qism ifodalarini bir butun yaxlitlikka va biron bir g'oyani madx etish ma'nosini bildiradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Kompozitsiya maqsadlar rang-barangligi, ko'p qirraliligi, shahsiy xis-tuyg'ularning tug'yonini anglatganligi uchun ham yagona yo'riqqa bo'y-sunmaydi va shu tomoni bilan boshqa fanlar uslubiyatidan mutloq farq qiladi. Kompozitsiya yaratish jarayoni kishi ichki dunyosi bilan bog'liq bo'lib,shahsiy ish usuli,musavvir hissiyoti, tafakkuri olamiga kirishi dastlab bir qadar qiyin bo'lsada, bu boradagi tajribalarga suyangan holda kompozitsiya sirlarini ochish imkonini beradigan muammolarni birma-bir ko'rib chiqish, tasvirlangan har qanday murakkab

munosabatlarga aql ko'zi bilan qarab yondashish, ta'surotlarni va suratda aks etgan timsollarga bog'liq fikriami mustaxkamlab, ularni tartibga solishga, sirli qirralarini ochishga yordam beradi.

Kompozitsiyani ta'riflashda yani bir ajoyib ibora bor. Bu ham bo'lsa, umumiylik, yaxlitlik, asosni tanlab olish, markazni aniqlashdir. Shuning o'zi ham kompozitsiya azaldan san'at asarining asosiy siri ekanini ko'rsatib beradi. Kompozitsiya tuzilishiga ko'ra obyektiv qonunlarga asoslangandir. Badiiy asar kompozitsiyasi o'z ichiga asar mazmunini, ijodiy jarayon mashaqqatini qamrab oladi, badiiy obrazni yuzaga chiqaradi va uni boshqa vositalar yordamida yaqqol ko'rsatib beradi. Bu obraz orqali asarning yaxlit ko'rinishiga obyektiv qonunlar asosida estetik va badiiy baho beradi[1]. Shuning uchun ham bu jarayon, ya'ni kompozitsiya tuzilishi yangi shakllar majmuasi bo'lib, bizga ko'plab tafakkur qirralarini havola etgan holda namoyon bo'laveradi. Ijodkor uslubi, uning ichki dunyosi, shaxsiy kechinmalari, estetik talab, badiiy ifoda, milliylik zamirida kompozitsiya orqali o'z talqinini topadi, hamda fikrlarning isboti sifatida namoyon bo'ladi va uning baholanishi bilan yakun topadi.

TADQIQOT NATIJALARI

San'atning har qanday sohasida kompozitsion tuzilishsiz, uning barcha qism va komponentlarini uyg'unlashtirmasdan turib, badiiy asar yaratish mumkin bo'lmaydi.Kompozitsiya forma va mazmunni yaxlitlikda ifodalashning muhim vositasidir.

Kompozitsiya deganda biz ma'lum bir ifodaga ega tuzilmasini yaxlitlikda, maqsadli qurish, qaysiki qismlari joylashuvi va o'zaro mutanosiblikda, bog'liqlikda bo'lishini va umumlashtirilgan fikr va mazmunga ega ekanligini tushunamiz. Shuningdek tugallangan badiiy asarni, masalan, rangtasvir asarini kartina deb, musiqa asari, yaxlit g'oya atrofida o'zaro bog'langan balet spektaklining nomerlarini, metal eritmalari tarkibini, duxilar va hokazolarni kompozitsiya deyishadi. Shuningdek badiiy asarni tuzish qonuniyatlarini o'qitadigan fanni ham kompozitsiya fani dyiladi. Jismlarning tartibsiz, uyib tashlangan holatdagi ko'rinishini kompozitsiya deb bo'lmaydi. Shuningdek mazmunida bir xillik, bir ma'noli, elementarlikning mavjudligini ham kompozitsiya deb bo'lmaydi[2]. Kompozitsiya har qanday yaxlitlikdagi tuzilmada ( struktura ), yohud sanat asari bo'lsin, ilmiy ish, information habar yoki tabiat yaratgan organizmda ham mavjud bo'lishi kerak.

Kompozitsiya buyumlar dunyosi formalarini, ijtimoiy mahsulotlar, mashinalar, me'moriy va dizayn ob'yektlarni yaratishda ham zarur vositadir.

Kompozitsion yondashuv qismlarning mantiqiy va chiroyli joylashuvini ta'minlaydi hamda formaga yaqqollik, chiroy baxsh etuvchi va mazmunini ravshanlashtiruvchi yaxlitlik yuzaga keladi.

Tuzilish va go'zallik mantiqi, qismlarning yaxlitlik va mutanosiblikdagi uyg'unligi, yuqorida qayd qilinganidek insonning yaratuvchanligiga bog'liq. Kompozitsiya alomatlarini biz tabiat formalarida, o'simliklarning tuzilishlarida, mavjudodlar organizmlarida, koinotning tuzilishida va hokazolarda ko'rishimiz mumkin.

San'at asarini, demak, uyg'unlikni yarata turib, uning ikki zaruriy shar- tini bajarish kerak: birinchisi - muvozanat, ikkinchisi- umumiylik va bir-biriga bo'ysunishlik. Kompozitsiyaning asosiy qonunlari shundan iborat.

Kompozitsion muvozanatga to'xtaladigan bo'lsak, bu kompozitsiyaning shunday xolatiki, unda uning hamma elementlari o'zaro muvozanatlashtiriladi. Lekin bu tushunchani o'lchovlarning oddiy tengligi bilan adashtirmaslik kerak. Muvozanat kompozitsiya asosiy massasi joylashuviga, kompozitsion markazni tashkil qilishiga, kompo- zitsiyaning plastic va ritmik qurilishiga, uning

proporsional bo'linishiga, alohida bo'laklarning o'zaro va umumiy rang, tonal va faktura munosabatlariga bog'liq.

MUHOKAMA

Muvozanat simmetrik va asimmetrik kompozitsiyalarda turlicha namoyon bo'ladi. Simmetriya o'zicha muvozanatlashtirish kafolati bo'la olmaydi. Simmetrik element va tekslikning miqdoriy nomuvofiqligi (yoki qismlar va bir butunning disproporsiyasi) ko'rinishdan muvozanatlashmagan bo'lib ko'rinadi. Simmetrik kompozitsiyani muvozanatlashtirish asimmetrik kompozitsiyani muvozanatlashtirishdan birmuncha oson va bunda ancha oddiy vositalar bilan erishiladi, chunki simmetriya kompozitsion muvozanat uchun zamin yaratadi. Yaxshi topilgan sim- metric kompozitsiya, uning tuzilish murakkabligiga bog'liq bo'lmay, oson va tez idrok qilinadi. Asimmetrik kompozitsiya ko'pincha uzoq vaqt o'ylashni talab qiladi va asta sekin namoyon bo'ladi. Lekin simmetrik kompozitsiyani ifodaliroq deb tasdiqlash noto'g'ri. San'at tarixi tasdiqlaydiki, garmoniya qonunlari bo'yicha asimmetrik qurilgan kompozitsiyalar, simmetrik kompozitsiyalardan badiiy qiymati jihatidan qolishmaydi.

Ikkinchi shartga, yani umumiylik va bir biriga bo'ysunishlik, bu kompozitsiyada turli qisimlarning bitta yaxlitlikka birlashishidir.

XULOSA

Kompozitsion markazni tashkil qilishda tekislikni vizual idrok qilish qonunlarini inobatga olish kerak. Odatda u tekislikning faol, markaziy qismida joylashadi. Geometrik markazga nisbatan surish, ko'pincha asarda badii o'braz va mavzuni ochishda katta ichki keskinlik va plastik ifodaviylikni beradi. Tekislik chetlari, biz buni istaymizmi yoki yo'qmi, xoshiya, markazda chuqurlik, fazoni hosil qiladi va butun tekislik qizg'ish ritmik bo'lib qurilishi kerak.

Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, kompozitsiyaning vosita va qonunlardan birortasi ham alohida holda uyg'unlashgan asarni yaratmaydi. Chunki ularning hammasi o'zaro bir biriga bog'liq, bo'ysunuvchan va muvofiqlashgan bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abduraxmonov G'.M. Kompozitsiya asoslari. Toshkent, 2018.

2. E.Jabborov. Kompozitsiya. Qarshi, 2019.

3. Muhammadiyev. E. Rangshunoslik - Samarqand 2002.

4. Cy^aHMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

5. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

6. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.

7. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

8. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

9. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛО^ИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204208.

10. Ахмедова, Н. Э. (2022). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТЕМУР ВА ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МЕЪМОРИЙ БЕЗАК ТУРЛАРИНИ ТАХЛИЛ КИЛИШ НАТИЖАСИДА ЁШЛАРНИ АКЛИЙ ВА МАЪНАВИЙ ТАРБИЯЛАШ САЛОХИЁТИГА ТАЪСИР КИЛИШ ОМИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 4145.

11. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., & Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 302-308.

12. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

13. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.

14. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

15. Yuldashev, I. (2022). URF-ODAT VA MAROSIMLAR MILLIY LIBOSLARNI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY VOSITA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 78-83.

16. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-15.

17. Бобоева, З. (2022). ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

18. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

19. Qurbonova, B. M. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI O'QUVCHILARIDA BADIIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHGA AMALIY SAN'ATNING O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 65-70.

20. Qurbonova, B. M. (2022). ME'MORIY OBIDALARNING BADIIY, ESTETIK QIYMATIDAN SAMARALI FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 106-109.

21. Qurbonova, B. M. (2022). DUNYO MADANIY TARAQQIYOTIDA SHARQ KITOBATCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOS HAMDA BEQIYOS O'RNI Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 239-242.

22. Sohibov, R. (2022). KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 256-259.

23. Sohibov, R. (2022). RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 234-238.

24. Yunusaliyev, M. T. (2022). RANGTASVIRDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 174-182.

25. Мадаминов, Н. М. (2022). ТАЪЛИМДА ИНФОРМАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА ТАЛАБАЛАРДА КАСБИЙ КУНИКМАЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 200-203.

26. Мадаминов, Н. М. (2022). МАСОФАВИЙ ТАЪЛИМ ПЛАТФОРМАЛАРИ ИМКОНИЯТЛАРИНИ ОЛИЙ ТАЪЛИМДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МУАММОЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 115-119.

27. Мадаминов, Н. М. (2022). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ТАСВИРИЙ САНЪАТНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА КОМПЬЮТЕР ГРАФИКАСИДАН КЕНГ ФОЙДАЛАНИШ ЕЧИМЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.

28. Каримов, У. (2017). ИНФОКОМТЕХНОЛОГИИ (ИКТ) ФОРМИРОВАНИЕ ДУХОВНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК ЛИЧНОСТИ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ2017) (pp. 1160-1163).

29. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 1(1).

30. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.

31. Ах,медбекова, М. К., & Дадажонова, М. Ё. (2022). МУТАХАССИСНИ КАСБИЙ ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИНИ МОДЕЛЛАШТИРИШ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 183-194.

32. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.