Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KOMPOZITSIYADA IJODIY JARAYON HAMDA KOMPOZITSIYA
VOSITALARI VA ME'ZONLARI
Talipov Nig'matjon Nozimovich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Tasviriy san'at" kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola «Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi» ta'lim yo'nalishi talabalari va о'qituvchilari uchun mо'ljallangan bo'lib, unda tasviriy san'atda kompozitsiyani maqsad va vazifalari, tasviriy san 'atni o 'qitishning pedagogik mahorati shuningdek kompozitsiyada ijodiy jarayon hamda kompozitsiya vositalari va me'zonlari kabi masalalarda o 'z aksini topgan.
Kalitso'zlar: Kompozitsiya, jarayon, vosita, me'zon, turg'un, dinamik, barokko, obraz, lirik, haykaltarosh, relief, element, intervallari, tipi, jesti, personaj, epizod, peyzaj, portret, syujet, contrast.
ABSTRACT
This article is intended for students and teachers of the field of study "Fine Arts and Engineering Graphics", in which the goals and objectives of the composition in the fine arts, the pedagogical skills of teaching the fine arts, as well as the composition reflects the creative process as well as the means and criteria of composition.
Keywords: Composition, process, medium, criterion, constant, dynamic, baroque, image, lyric, sculptor, relief, element, intervals, type, gesture, character, episode, landscape, portrait, plot, contrast .
KIRISH
Tasviriy san'atda - rassom (haykaltarosh va boshqa) g'oyasini aniq ifoda etish vositasi bo'lib, unda ijodkorning mahorati yorqin namoyon bo'ladi. Kompozitsiya orqali muallif chiziq, shakl, rang va obrazlarni tartibga keltiradi, fazoviy kenglikni o'zlashtiradi va badiiy muhit yaratadi.
Kompozitsiya (lot. compositio — tuzilish, birlashish, bog'lanish) - badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bog'langan qismlarining joylashishi. Kompozitsiya asosini mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning o'zaro uyg'unligi tashqil qiladi. Ijodkor yaratgan har bir asarining asosida kompozitsiya yotadi, unda borliqni idrok etish jarayonida hosil bo'ladigan fikr, his-tuyg'ular o'z aksini topadi. Kompozitsiyaning "turg'un" va "dinamik", "ochiq" va "yopiq" xillari
mavjud. Kompozitsiya tuzish ma'lum "qonun" (kanon)lar bilan belgilangan va
744
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
chegaralangan. Bu esa kompozitsiya ifoda vositalarining torayishiga olib kelgan. Uyg'onish davrida "turg'un" va "yopiq" kompozitsiya, barokko san'atida "dinamik" va "ochiq" kompozitsiya ustuvorlik qilgan. San'at tarixida qonunlarga bo'ysunib yaratilgan kompozitsiyalar va erkin kompozitsion usullarga asoslanib kompozitsiya yaratish harakatlari birday muhim rol o'ynagan. Uyg'onish davrida kompozitsiyani ilmiy asoslashga intilish kuzatiladi. Tasviriy san'atning har bir turi o'ziga xos kompozitsion uslublarga ega. Masalan kitob bezagi (rasm) mahobatli devoriy rassomlik kompozitsiyasidan farq qiladi. Shuningdek, kompozitsiyani idrok qilish ham turlicha bo'lishi mumkin. Masalan haykaltaroshlik asarlaridan relyefni faqat old tomondan ko'rish mumkin. Aksincha, mahobatli yodgorliklarni esa aylanib tomosha qilish lozim. Haykaltarosh asar yaratayotganda kompozitsiya qonunlarini e'tiborga olishi kerak. Tasviriy san'atda ko'p shakl (figura)li kartina va haykallar ham kompozitsiya deb ataladi. Me'morlikda — kompozitsiya (mujassamot) bino (inshoot va ularning majmualari)ning tuzilishi, vazifasi va g'oyaviy badiiy jihatlari birligi va shaharsozlikdagi o'rnini ta'minlashdan iborat; kompozitsiya butun bir shahar yoki me'moriy ansambl, alohida bino yoki inshootning tashqi qiyofasi bilan ichki xonalari, tuzilishi bilan bezaklari, rangi, loyihasi va qurilishini aniqlaydi, atrof muhit bilan uyg'unlashishi me'moriy kompozitsiyaga kiradi. Bu esa me'mordan katta mahorat talab etadi. Adabiyotlarda kompozitsiya — asarni badiiy shakllantirishga xizmat qiladigan turli qismlarning holati, o'zaro bog'liqligi, voqea, harakter-obrazlar, lirik chekinishlar, tafsilotlar bayoni va shu kabi ma'lum maqsadga bo'ysundiriladi. Asar kompozitsiyasining yaxlitligi uning asosiy shartidir. Ortiqcha personaj, epizod va detallar asar qimmatini pasaytiradi. Shuning uchun ham badiiy asarda hech qanday yetishmovchilik ham, ortiqchalik ham bo'lmasligi kerak. kompozitsiyaning o'ziga xosligi syujet unsurlarining qanday tartib bilan joylashtirilishiga, syujetdan tashqari unsurlar (lirik, falsafiy-publitsistik chekinishlar, qo'shimcha epizodlar) ning bor-yo'qligiga, peyzaj, portret, psixologik tasvir, muallif tavsifi kabi vositalarning me'yori va tartibiga bog'liq. kompozitsiya yaratish usuli va uslublari turlituman. Qadimdan kompozitsiyani asar g'oyasi bilan uzviy bog'liq holda tushunib kelingan. kompozitsiya asarning shunchaki tuzilishi emas, balki shu tuzilishning maqsadi, uning nima asosida tuzilganligidir. kompozitsiya asar g'oyasiga bog'liq. Tanlangan obraz yoki voqea asarga kiritish uchun muvofiqmi yoki yo'qmi — buni faqat yozuvchi aytmoqchi bo'lgan gapga nisbatan aniqlash mumkin. Bu ham kompozitsiyaning muhim bir tomoni. kompozitsiya shu jihati bilan asarda mazmunning qay darajada mazmundorligini ko'rsatuvchi muhim omillardan. Musiqada — 1) musiqa asarining tuzilishi; 2) kompozitor ijodining mahsuli, tugal
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
musiqa asari; 3) ko'p ovozli musiqa asarlarini yaratish jarayoni, badiiy ijod turi; 4) konservatoriya va boshqa musiqa o'quv yurtlarida o'qitiladigan tarixiy-nazariy va amaliy fan. Musiqiy mavzularni yaratish tamoyillari, ularni rivojlantirishda ko'p ovozli musiqa vositalaridan unumli foydalanish yo'llari, muayyan musiqa janri, tur va uslublarning xususiyatlari, asarlar tuzilishi va tugal shaklga keltirilishi qonun-qoidalari kabi ma'lumotlardan iborat. Kompozitsiyaning asosiy qonunlari. Kompozitsiyaning asosan to'rtta qonuni mavjud: yaxlitlik qonuni, tipiklashtirish qonuni, qarama-qarshi munosabatlar (kontrast) qonuni, kompozitsiyaning barcha vositalarining fikriy mazmuniga bog liqligi qonuni.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yaxlitlik qonuni. Kompozitsiyaning birinchi qonuni asarning yaxlitligi qonuni hisoblanadi. Badiiy asarning qonunan qurilgan yaxlitligini kompozitsiya aniqlab beradi. Kompozitsiyaning barcha unsurlari rassomning mantiqiy o'y-fikrlarini birlashtirgan holda joylashadi. Biz buyumni yoki asarni kuzatar ekanmiz, avvalo uning umumiy ko'rinishiga e'tibor beramiz va bolaklarni bir-biriga taqqoslaymiz. Demak, asarning bir butunligi (yaxlitligi) kompozitsiyani tashkil etadigan barcha qismlarining o'zaro bog liqligidir. Unsurlarning uyg'unligi ozida kompozitsiyaning xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Yaxlitlik tushunchasi kompozitsiya unsurlarining bir-biriga bevosita bo'ysunishi kabi tushunchalar bilan bogliqdir. Bu qonun badiiy tasvirning hamma turlarining asosiy qonuni hisoblanadi. Yaxlitlik qonunini qollamasdan turib chizish ham, naturadan ishlash ham mumkin emas. Shakl ham, rang ham o z-o zicha paydo bo lmaydi, balki ular butunlik bilan munosabatda, butunning qismi sifatida ko'rinadi. Kartinada chuqur o'ylanmagan konstruktiv fikr bolmasa, bolaklar xuddi yopishtirib ishlanganday boladi. Bunday holatda biz faqat alohida figuralarning o'zinigina eslab qolamiz. Asarda butunlik bolmaydi. Rassomlar kompozitsiyaning konstruktiv-fikriy tuzilishini topish uchun turli usullardan foydalanishadi. Ba'zi rassomlar kompozitsiyani tartib bilan o'ylab topadi, ba'zilari esa oldin tasavvuriga nima kelsa o'shani tartibsiz chizib tashlaydi, keyin esa undan yo'l kursatuvchi konstruktiv fikr qidiradi. Mukammal kompozitsiyani yaratish rassom uchun murakkab yol hisoblanadi. Shuning uchun ham mukammal yaratilgan kompozitsiyadagi bitta detalni olsak ham uning yaxlitligiga zarar yetadi. Bunday kompozitsiyaning barcha unsurlarining aloqasi aniq va mazmundor bolganligidan unga qo'shimchalar kiritib va o'zgartirib bolmaydi. Kompozitsiyaning barcha unsurlarining o'zaro aloqasi faqatgina mantiqan emas, balki uyg'unlik yaratuvchi emotsional estetik sifatlarga ega. Kompozitsiyaning yaxlitligi, aloqasi va bir-biriga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bog liqligi muammosi kompozitsiya elementlarining takrorlanmasligi, turli-tumanligi vazifasi bilan uzilmas aloqadadir. Kompozitsiyada hech narsa takrorlanmasligi kerak. Uning kattaligi, dog'i, intervallari, tipi, jesti ya'ni harakat belgisi ham takrorlanmasligi kerak. Ularning hammasi bir butun dog' yoki siluetga birlashishi o'zbek rassomlari Abdulhak Abdullayev, Malik Nabiyev portretlari, rus rassomlaridan M.Grekov, Surikov va Repin asarlarini olishimiz mumkin. Ko'pgina rassomlar o'zlarining ko'p figurali asarlarini yaratib, ko'p detallarini takrorlanmasligiga erishishgan. Asarda harakatni aniq tasvirlash uchun tasvirlanayotgan voqeani kulminatsion nuqtasini topish, ya'ni oldingi harakatning belgilarini va keyingi bo'lajak voqealarni his qilish va tasvirlash lozim. Asarda qonunning bu belgilarini bera olmaslik kompozitsiyaning qotib qolishiga olib keladi. Bunda hattoki dinamik holatda tursa ham harakatni faqat tashqi ko rinishi tasvirlanadi. Mana shuning uchun ham rassom hayotni harakatda, yangining tuzilishi jarayonida qura olishi juda muhim. Ko'p figurali kompozitsiyaga nisbatan, bir figurali kompozitsiyada harakatni berish juda qiyin. Repinning "Kutmagan edilar" nomli asarida bir necha figura qatnashadi. Bu asarni tomosha qilgan kishi faqat tasvirlangan vaqtni emas, balki surgundan qaytgan kishi kirmasidan oldin ular nima ish qilib va qanday holatda o'tirganini ham tasavvur qila oladi. Uning paydo bo'lishi holati hozirgi holat sifatida his qilinadi. Chunki tasvirdagi boshqa barcha personajlar holatida oldingi harakat izlari saqlanib qolgan. Unda qari ona kresloni surgan holatda o'g'liga intilgani, xotini esa royal chalishdan to'htab, o'girilib qarab turgani tasvirlangan. Keyingi harakat esa tasvirlanmagan bo'lsa ham quvnoq shovqin-suronni, savol-javobni va quvonch koz yoshlarini his qilish mumkin. Bu asarda voqeaning kulminatsion nuqtasi aniq ko'rinib turibdi. Unda vaqt va harakat juda muvaffaqiyatli berilgani uchun ham asar juda hayotiy chiqqan. Rassom Yu.I. Pimenov o'zining "Yangi Moskva va Kechagi ko'chadagi to'y" nomli asarlarida ham zamonaviy shaharni harakatda bera olish. Uni ko'rgan tomoshabin voqealar xuddi koz oldida bo'lib turgandek his qilinadi. Tipiklashtirish qonunining uchinchi belgisi uning yangiligidir.Realistik san'at hayotni faqat haqiqiy holatda tasvirlash bilan birga, rassomning oddiy kundalik hayotdan zavqlanishini, uni estetik his qilishni ham ko'rsatib bera oladi.Tasvirlanayotgan materialni estetik jihatdan o'zlashtirish -san'atning spetsifik xususiyatlaridan biridir. Bu estetik qarashlarsiz u o'ziga-o'zi qarshi chiqadi. Demak badiiy obraz ozida estetik sifatlarni namoyon qilishi va kompozitsion yechimda yangilik yaratishi zarur. Haqiqatan ham biz Mikelandjelo, Titsian, Rembrandt. A.A.Deyneka, A.A.Plastov, o'zbek rassomlaridan R.Ahmedov, O.Tansiqboyev asarlarida biz dunyoni juda gozal holatda koramiz va his qilamiz.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Qarama-qarshi munosabatlar (kontrast) qonuni. Kompozitsiyaning yana bir asosiy qonunlaridan biri bu qarama-qarshi munosabatlar (kontrast) qonunidir. Qarama-qarshi munosabatlar kompozitsiyaning ta'sirchan kuchini ko'rsatib beradi. Kompozitsiyada qaramaqarshi munosabatlarning ahamiyatini rassomlar qadimdan bilishgan, Leonardo da Vinchi o'zining "Rangtasvir haqidagi traktatlar" nomli asarida uzunlik kontrasti (uzun va past, semiz va ariq), xarakter, faktura, materiallar kontrasti to'g'risida yozib qoldirgan. Mikelendjelo oz asarlarida hajm va yassilik kontrastlariga e'tibor bergan. U oz asarlarida hajmli figuralarning ko'rinishini ozg'in figuralar yoki yassilik orqali bo'rttirib ko'rsatgan. Inson oz atrofidagi predmetlarni eng avvalo ularning siluetiga qarab ajrata olamiz. Bu esa tasviriy san'atda juda katta ahamiyatga ega. Predmetning shaklini inson undagi yorug' va soya kontrastiga qarab qabul qila oladi. Chunki yorug'-soyaning yo'qligi, yassilikni, hajmsizlikni keltirib chiqaradi. Masalan, portret san'atida rassomlar qadimdan tonlar kontrastidan foydalanishgan. Ular oz asarlarida to'q rangli fonda yorqin figurani tasvirlashgan. XIX asrga kelib esa rassomlar portretda yorqin on qollay boshlashgan. V.A.Serovning "Shaftoli ushlagan qiz" nomli asarida yorqin fonda qizning yuzi yengil siluetda tasvirlangan.Rangtasvir asari issiq va sovuq ranglar kontrasti asosida quriladi. Rang kuchi uning yoniga qo'yilgan kontrast ranglar (qo'shimcha ranglar) orqali beriladi. Bular qizil-yashil, ko'k-zarg'aldoq - yashil, ko'kzarg'aldoq, oq qora va hokazo bolishi mumkin. Kompozitsiyada uzunlik kontrastlari (katta va kichik) va syujet tuzilishidagi kontrastlar (holat, psixologik) katta rol o'ynaydi. Monumental asarlar ham kontrastlar asosida quriladi. Bu yerda uzunlik kontrasti katta ahamiyatga ega. Masalan, monumentalist - haykaltaroshlar mayda shakllarni yirik monumentlar oyog'i ostiga qo'yishadi. Kompozitsiyada ideyani tasvirlash va syujetni qurilishida psixologik va holat kontrastlarini qo'llanilishi haqida Ye.A. Kibrik shunday deydi: "Kompozitsiyaning syujetini kurishda holatlarni qarama-qarshi qo'yish muhim ahamiyatga ega. Masalan, dehqon yoki turma" vagonida hibsga o'tirgan mahbusga perronda uchib yurgan ozod kabutarlar kontrast bo'la oladi. Kir, yirtiq-yamoq kiyimlardagi ishchi bilan yaxshi kiyingan fabrikant ham kontrastni bera oladi. Shunday qilib kompozitsiyada kontrastlar universal rol o'ynaydi. Ular kompozitsiyada ideyaning konstruktiv xarakteridan boshlab, syujet qurilishiga katta ta'sirqiladi. Kompozitsiyadagi barcha qonun va vositalarning uning fikriy g'oyaviy mazmuniga bog liqligi qonuni. Bu qonunga asosan rassom yaxlit, ta'sirchan, fikriy-g'oyaviy jihatdan juda mazmundor san'at asari yaratadi. Chunki kompozitsiyaning tuzilishi barcha qismlari va detallari bilan formalistik sxemaga ega emas, balki uning fikriy mazmuniga asoslanishi kerak. San'at asari ustida ishlar ekan rassom uning
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kompoziyatsiyasi orqali o'zini tasvirlaydi, unga ma'naviy va estetik jihatdan baho beradi. Bu holatlar rassomning eng yuqori fikri va g'oyasi bolishi mumkin. Shunday qilib, rassom o'zining fikri va g'oyasini kompozitsiya orqali bera olsa bu badiiy asarga aylanadi. Aks holda bu ob'ektiv real borliqni fotografik ko'chirish yoki mazmun va mohiyatdan holi bo lgan tasvirga aylanadi. Bu qonun hajmlar munosabatini (soni va sifati), rang, yoruglik, ton va shakl, shuningdek ritm va plastikasini berishi, harakat yoki nisbiy tinchlik holatini, simmetriya va assimmetriyasini hisobga olishni talab qiladi. U kartina olchamiga barcha shakllarning nisbiy olchamini, kompozitsiyaning syujet markazini boshqa qismlariga nisbatini aniqlashtirishni talab qiladi. Asarda yaxlitlik taassuroti hosil bolishi uchun qismlar va elementlarning o'lchamlari nisbatlarning garmonik uyg'unligini keltirib chiqarishi lozim. Bu vazifalar rassomning fikriy-g'oyaviy mazmuniga mos holda yechilishi zarur. Shunday asarlar qatoriga M.B. Grekovning "Tachanka" asarini kiritishimiz mumkin. Bu qonuning mazmun va mohiyatidan korinib turibdiki asar yaratuvchi rassom kuchli aqlga, qaynoq yurakka va chuqur fikr bildirishga qodir inson bolishi lozim. Shuning uchun ham rassom uchun katta dunyoqarashga ega bolishi juda zarur. Xulosa qilib shuni aytib o'tish lozimki, yuqoridagi qonunlarga rassom faqat oz munosabatini bildirsa, tomoshabinga tushunarli bo'lgan asar yaratishi mumkin emas. Chunki tasviriy san'atning asosiy vazifalaridan biri bu insonlar orasidagi muomala vositasi bolib xizmat qilishdan iboratdir. Yuqorida keltirib o'tilgan qonunlar abstraktsionizm va naturalizmga juda begonadir. Nazariya amaliyotini kerakli bilimlar bilan qurollantiradi, aniqroq qilib aytganda asrlar davomida rassomlar tomonidan to'plagan boy materialni sistemali ravishda san'atga qaytaradi. San'at nazariyasi, rassomning yoshlik davridan boshlab shakllangan dunyoqarashi kabi juda katta ahamiyatga ega. Kompozitsiyaning qoidalari, priyomlari va vositalari kompozitsiyaning badiiy ahamiyat va nazariyaning rivojlangan qonun-qoidalari va vositalari mavjud. Quyida asar yaratish jarayonida musavvirga yordam beruvchi asosiy qoidalari va vositalar haqida kengroq to'xtalib o'tmoqchimiz. Albatta insonning ozida hech qanday ijodiy qobiliyat yoki qiziqish bolmasa uni hech qanday qonun, qoidalar va vositalar bilan toldirib bolmaydi. Qobiliyatli rassomlar to'g'ri kompozitsion yechimni o'zining hissiyot va sezgisi orqali topadi, lekin bu qobiliyatni rivojlantirish uchun nazariyani ko'proq o'rganib, uni amaliyotda qollab ko'proq mehnat qilish lozim. Kompozitsiya yuqorida aytib o'tganimizdek aniq qonunlar asosida quriladi. Uning qoidalari, priyomlari va vositalari esa butun ish jarayonida qo'llaniladi. Ular badiiy asarning yaxlitligi va ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Rassomning fikri taassurotini yoritib
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
beruvchi badiiy vositalarning qollanilishi va original kompozitsion yechimni topish kompozitsiyaning tasviriy asosi hisoblanadi. Kompozitsiyaning qoidalarini quyidagilarga ajratish mumkin: harakat (dinamika)ni berish, tinchlik (statika, oltin kesim 1/3). Kompozitsiyaning priyomlariga ritm, simmetriya va assimmetriya, muvozanat va syujetli - kompozitsion markazni aniqlash kiradi. Kompozitsiyaning vositalari quyidagilardan iborat: format, masofa, kompozitsion markaz, ritm, kontrast. Yorug'-soya, rang, dekorativlik, dinamika va statika simmetriya va assimmetriya, ochiqlik va yopiqlik, yaxlitlik va hokazo. Shunday qilib, kompozitsiya vositalari, bu kompozitsiyani yaratishda zarur bolgan barcha narsalar, shu bilan birga ularning qatoriga kompozitsiyaning qoidalari va priyomlarini ham kiritamiz. Ular turli tuman. Biz bu yerda eng asosiylari to'g'risidagina ma'lumotlarni berdik. Ritm. Hammaga ma'lumki, ritm - bu tabiatning universal xususiyatidir. Masalan, kun va tun, yil fasllari siklik ravishda o'zgarib turadi, hayvonlar, o'simliklar va materiallarning rivojlanish jarayoni aniq ketma-ketlikka ega. Lekin hayot va san'atdagi ritm bir hil emas. San'atda ritm va ritmlik aktsentlarda uzilish, notenglik, noaniqlik bolishi mumkin. Musiqadagi kabi tasviriy san'atda ham ritmlar faol, uzuq-yuluq, tekis, xotirjam, sekinlashgan ritmga ajratiladi. Ritm - bu qandaydir elementlarni ma'lum bir ketma-ketlikda joylashishidir. Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, dekorativ san'atda ritm kompozitsiyaning muhim tasviriy vositasi sifatida qatnashadi. U faqat tasvirni ko'rishdagina qatnashib qolmay, balki asarga aniq emotsionallik bahsh etadi. Ritm chiziqlar, dogTar, yorugTik va soya, rang orqali berilishi mumkin. Kompozitsiyada bir-hil elementlar takrorlanib keladi, masalan odamlar qomati, ularning qoli yoki oyog'i va hakozo. Natijada ritm hajmlar kontrasti asosida quriladi. Ritmlar dekorativ - amaliy san'atda muhim rol o ynaydi. Turli-tuman bezaklardagi ko plab kompozitsiyalar elementlarining aniq ritmik ketma-ketligida qurilgan. Ritm tekislikda harakatni bera oluvchi vositalardan biridir. Nimaga ritm harakatni ko'rsata oladi? Bu bizning koruv organizmining xususiyati bilan bog'liq. Bizning nigohimiz bitta tasviriy elementdan o'ziga o'hshash boshqa elementga tushar ekan, o'zi ham harakatda qatnashadi. Masalan. Biz suv tolqiniga qarar ekanmiz, nigohimiz bitta tolqindan ikkinchisiga o'tadi va ularning harakati illyuziyasi hosil boTadi. Tasviriy san'at musiqa va adabiyotdan farqli ravishda fazoviy san'at guruhiga kiradi, vaqt va masofada harakatning rivojlanishi uning asosi hisoblanadi. Tabiiyki biz harakatni tekislikda berish haqida gapirganda, albatta uning illyuziyasini kozda tutamiz. Rassomlar kartinada ob'ektlar harakati illyuziyasini yaratish, uning xarakteri to'g'risida juda ko'p vosita va priyomlarni bilishadi. Quyida biz ulardan bir nechtasini ko'rib chiqamiz. Harakatni bilish qoidasi. Quyidagi sharoitlarda ob'ektlar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kartinada xuddi harakatlanayotgandek ko'rinadi: Agar kartinada harakat yo'nalishi bo'yicha bitta yoki bir nechta dioganal chiziqlardan foydalanilsa; Agar harakatlanayotgan ob'ekt oldida bo'sh masofa qoldirsak; Agar harakatni xarakterni juda aniq ochib beruvchi kerakli kulminatsiya tanlansa. Bundan tashqari harakatni faqat bir momentini emas, balki uning harakatlarini bosqichma-bosqich bersak ham tasvir harakatlanayotganga o'hshab ko'rinadi. Masalan, qadimgi Misr releflarida har bir figura aniq bir holatda qotib qolgan, lekin kompozitsiyani aylana holatida tomosha qilsak harakat ketma-ketligini ko'rishimiz mumkin. Bunda tasvir harakatlanayotganga o'hshab ko'rinadi. Asarni yaxlit holda tomosha qilsakgina harakatni sezishimiz mumkin, harakatning bo lak momentlarida u sezilmaydi. Harakatlanayotgan ob'ektning oldidagi ochiq masofa harakatni fikran davom ettirish imkoniyati tugdiradi. Aks holda ob'ekt qogoz sathining chekkalariga juda yaqin qilib tasvirlansa, xuddi harakat to'htab qolgandek tuyuladi. Shuningdek harakatni rasmdagi chiziqlarning yo'nalishi orqali ham berish mumkin. Masalan, barcha chiziqlar qog'oz sathining chuqurligiga yo'nalgan. Bunda qahramonni eng kuchga tolgan vaqtini tasvirlasak harakatning ta'sirchanligi ortadi. Shu bilan birga harakat hissini ob'ektning silliq bo'yalgan foni noaniq konturlari ham berishi mumkin. Fondagi qollagan vertikal va gorizontal chiziqlar harakatni to'htatib qo'yadi. Harakat yo'nalishini o'zgarishi esa harakatni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi. Statikani berish qoidasi. Quyidagi sharoitlarda kompozitsiya static hisoblanadi. Agar kartinada diagonal yo'nalishlar yo'q bolsa; Agar ob'ektlar tinch (statik) pozada tasvirlangan bo'lsa, harakatning kulminatsiyasi bolmaydi; Agar kompozitsiya simmetrik, muvozanatda yoki oddiy geometrik sxemalar (uchburchak, aylana, oval, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak) asosida qurilgan bo'lsa. Tinchlik hissi san'atning asarida yoki boshqa sharoitlarda paydo bolishi mumkin. Masalan, K.Korovinning "Qishda" kartinasida diagonal yo'nalishlarning ko'pligiga qaramay, changi qo'shilgan ot tinch turibdi, undagi harakat quyidagi sabablarga ko'ra sezilmaydi: kartinaning kompozitsion va geometrik markazi bir-biriga mos, kompozitsiya muvozanatda va otning oldidagi ochiq sathda daraxt tasvirlangan. Syujetli -kompozitsion markazni aniqlash. Rassom kompozitsiya yaratar ekan, kartinada eng asosiysi nima bo'lishini va bu asosiy syujetni ya'ni "mazmun markazi" deb ataluvchi syujetli - kompozitsion markazni qanday ajratib ko'rsatish to'g'risida o'ylashi lozim.
Albatta syujetda hamma narsa bir xil muhim va ikkinchi darajada turuvchi qismlar asosiy syujetga bo'ysunadi. Kompozitsiyaning markazi asosiy harakat b ilan
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
unda qatnashuvchi asosiy shaxslarni o'ziga bog'laydi. Asardagi kompozitsion markaz o'ziga diqqatni jalb etishi lozim. Markaz rang, yorug'lik, tasvirni yiriklashtirish, kontrast va boshqa vositalari bilan ajaratiladi. Kompozitsiya markazi faqat rangtasvir asarlaridagina emas, balki grafika, haykaltaroshlik, dekorativ san'at, me'morchilikda ham ajratiladi. Masalan, Uyg'onish davri rassomlari kompozitsiya markazi xolstning markazida turishini xohlashgan. Bosh qahramonni holstning markazida tasvirlash orqali rassomlar uning syujet uchun muhim rol uyg'onishini ta'kidlamoqchi bo'lishgan.
REFERENCES
1. Талипов, Н. Х. (2020). КАК СОЗДАЕТСЯ КОМПОЗИЦИЯ НАТЮРМОРТА. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСКУССТВА: ИСТОРИЯ, ТЕОРИЯ, МЕТОДИКА (pp. 124-127).
2. Yusubali o'g'li, Y. S. (2021). Xvi-Xvii Asrlar GArbiy Yevropa Tasviriy San'atida Maishiy Janrning Rivojlanishi. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 191-197.
3. Талипов, Н. Х. (2022). ТАСВИРИЙ САНЪАТ МАШЕУЛОТЛАРИДА ПЕРСПЕКТИВАНИ КУЛЛАШНИНГ АДАМИЯТИ. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 2(1), 27-36.
4. Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). ТАЛАБАЛАРНИ БАДИИЙ ТАЪЛИМ ОРКАЛИ КОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Зб1рник наукових праць А0ЮЕ.
5. Talipov Nozim Khamidovich, & Kholmurodova Fotima, Kholmurodova Zukhra. (2022). FEATURES OF ART EDUCATION FOR FUTURE FINE ART TEACHERS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(01), 33-39. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-01-06
6. Nazirbekova, S., Talipov, N., & Jabbarov, R. (2019). Described the Educational, Scientific, and Educational Institutions of the Miniature. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(2), 364-367. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v15.2.1192
7. Talipov Nigmatjon Nozimovich, Yuldasheva Nilufar Ibrahimovna, & Jabbarov Rustam Ravshanovich. (2020). Development Of Student's Creative Abilities In The Fine Arts In The Higher Education System . The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(07), 232-238. https://doi.org/10.37547/taissei/Volume02Issue07-30
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
8. Khamidovich, T. N., Nozimovich, T. N., Ibrohimovna, Y. N., Ravshanovich, J. R., & Kholmuratovich, M. K. (2020). DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING. Journal of critical reviews, 7(6), 227-230.
9. Xalilov, R. (2021). IMPORTANT FACTORS FOR TEACHING STUDENTS TO WORK ON LANDSCAPE COMPOSITION. Зб1рник наукових праць AOWZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.10
10. Talipov, N., & Talipov, N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION. Збгрник наукових праць AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v3.12
11. Talipov, N. X., & Aliev, N. S. (2021). The importance of perspective in teaching art to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 97-103.
12. Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). Проблема исторического жанра в изобразительном искусстве: взгляд на творческую школу художника Малика Набиева. Общество и инновации, 2(4/S), 607-613. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp607-613
13. Rustam Ravshanovich, J. (2021). Formation of Creative Abilities of Students by Teaching the Genre "Landscape" of Fine Arts. Spanish Journal of Society and Sustainability, 1, 1-8. Retrieved from http://siss.indexedresearch.org/index.php/siss/article/view/1
14. Jabbarov, R.. (2021). Уникальное направление, вдохновленное творчеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Возрождения. Общество и инновации, 2(5/S), 59-67. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67
15. Ravshanovich, J. R. (2021). Rangtasvir Taraqqiyotining Ustuvor Yo'nalishlari. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 137-
16. Khalimov Mokhir Karimovich. (2022). ELEMENTS OF STUDENT SPACE IMAGINATION IN THE TEACHING OF GRAPHIC SCIENCES AND METHODS OF USING IT. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 103116. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crip-03-02-19
17. Ozodovich, A. A. (2021). The Use Of Tasks That Create A Tendency To The Problems Of Making Typical Mistakes In The Possession Of Graphic Literacy. The
148.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(06), 99-103. https://doi.org/10.37547/taissei/Volume03Issue06-16
18. Халимов, М. К. Сравнение продуктивности учебной доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной графики / М. К. Халимов, Р. Р. Жабборов, Б. Х. Абдуханов, А. А. Мансуров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2018. — № 6 (192). — С. 203-205. — URL: https://moluch.ru/archive/192/48066/ 2, No. 1).
19. Jabbarov Rustam Ravshanovich. (2022). TASVIRIY SAN'ATDA MANZARA KOMPOZITSIYASINI O'QITISH ORQALI TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(4), 145-153. Retrieved from http://iipsss.iscience.uz/index.php/iipsss/article/view/335
20. Malikov, K. G. (2020). Theory and practice of construction of axonomertic projects. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).
21. Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Збгрник наукових праць ADrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09
22. Akhmedov Mukhomod-Umar Bakhridinovich. (2022). THE IMPORTANCE OF FOLK APPLIED ART IN THE FORMATION OF YOUTH CREATIVE ACTIVITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 142-156. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-02-23
23. Ugli, D. S. D., & Ugli, A. B. I. (2022). MODULAR TECHNOLOGY OF TEACHING ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS TO FUTURE TEACHERS DRAWING. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 3(01), 101-107.
24. Shoxboz Dilshodbek O'G'Li Dilshodbekov, & Aldiyar Alisher O'G'Li Abdulxatov (2022). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI O'QITISHDA ZAMONAVIY GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH METODIKASI. Scientific progress, 3 (3), 7-14.
25. Muslimov, Sherzod Nazrullayevich (2019) "THE ROLE OF PERSONALITY-ORIENTED EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONALLY-GRAPHIC COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS OF
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
TECHNOLOGICAL SCIENCES," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 1 : Iss. 6, Article 80.
26. Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288. doi:http://dx.doi.org/10.52155/ijpsat.v17.1.1424
27. Talipov, N. (2019). Artistic Analysis of Portraits and Other Genres. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 317320. doi:http://dx.doi.org/10.52155/ijpsat.v17.1.1432
28. Нигматжон Нозимович Талипов (2021). АМАЛИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИГА КОМПОЗИЦИЯ ТУЗИШ КОНУН-^ОИДАЛАРИ. Scientific progress, 1 (6), 309-316.
29. Абдирасилов, С. Ф., Толипов, Н. Х., & Толипов, Н. Н. (2017). Эффективность исторического подхода в художественном обучении. Молодой ученый, (20), 417-421.
30. Akhmedov, M.-U., & Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збгрник наукових праць AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03
31. Ahmedov, M.-U., & Xolmatova, F. (2021). TEACHING STUDENTS TO DRAW ELEMENTS OF PATTERNS IN WOOD CARVING CIRCLES. Зб1рник наукових праць AOWZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.17