Научная статья на тему 'RANGTASVIR ASARLARINI PAYDO BO’LISHIDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATI'

RANGTASVIR ASARLARINI PAYDO BO’LISHIDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

79
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompozitsiya / g’oya / tasavvur / rassom / rang / joylashtirish / syujet / ijod / shakl / perspektiva / badiiy / eskiz / etyud / asar / chiziq / bo’yoq

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ilhom Ibrohimovich Umarov, Abdulvohid Mamarasulovich Nazarov, Dilshoda Faxriddin Qizi Jorayeva, Shahzoda Mirabdullojon Qizi Mirhamidova

Ushbu maqolada Tasviriy san’atning Rangtasvir yo’nalishida ishlanadigan asarlarning paydo bo’lishida kompoziysiyaning muhim jihatlari, g’oya va tasvirlarning o’zaro mutanosibligi, shakl va chiziqlarning mavzu yuzasidan kompozitsion yechimlari, kompozitsiyada ufq chizig’ining to’g’ri topilishi, chiziqli va rang perspektivasi, issiq va sovuq ranglardan kompozitsiyaning mavzusiga mos holatda foydalanilganligi haqida so’z boradi. Umumiy qilib aytganda rangtasvir asarining kompozitsion tamoyillar orqali bosqichma -bosqich paydo bo’lishi haqida aytib o’tiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Ilhom Ibrohimovich Umarov, Abdulvohid Mamarasulovich Nazarov, Dilshoda Faxriddin Qizi Jorayeva, Shahzoda Mirabdullojon Qizi Mirhamidova

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RANGTASVIR ASARLARINI PAYDO BO’LISHIDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022

RANGTASVIR ASARLARINI PAYDO BO'LISHIDA KOMPOZITSIYANING

AHAMIYATI

Ilhom Ibrohimovich Umarov

Namangan muhandislik-texnologiya instituti "Dizayn" kafedrasi o'qituvchisi

Abdulvohid Mamarasulovich Nazarov

Namangan muhandislik-texnologiya instituti "Dizayn" kafedrasi assistenti

Dilshoda Faxriddin qizi Jo'rayeva

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Dizayn yo'nalishi talabasi

Shahzoda Mirabdullojon qizi Mirhamidova

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Dizayn yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Tasviriy san'atning Rangtasvir yo'nalishida ishlanadigan asarlarning paydo bo'lishida kompoziysiyaning muhim jihatlari, g'oya va tasvirlarning o'zaro mutanosibligi, shakl va chiziqlarning mavzu yuzasidan kompozitsion yechimlari, kompozitsiyada ufq chizig'ining to'g'ri topilishi, chiziqli va rang perspektivasi, issiq va sovuq ranglardan kompozitsiyaning mavzusiga mos holatda foydalanilganligi haqida so'z boradi. Umumiy qilib aytganda rangtasvir asarining kompozitsion tamoyillar orqali bosqichma -bosqich paydo bo'lishi haqida aytib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Kompozitsiya, g'oya, tasavvur, rassom, rang, joylashtirish, syujet, ijod, shakl, perspektiva, badiiy, eskiz, etyud, asar, chiziq, bo'yoq.

KIRISH

Har qanday rangtasvir asarlarini ishlash jarayonida uning nazariy jihatlarini doimo o'rganib borish, uning muvaffaqiyatli asar bo'lishi uchun muhim bir omil bo'lib hizmat qiladi. Tasviriy san'at va kompozitsiyaning qonun va qoidalarini makammal egallagan ijodkor rassom samarali va mazmunli asarlarni paydo bo'lishida o'z sermahsulligini ko'rsata oladi.

"Kimda-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, - u bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiq haydovchisidir va u hech qachon qayerga ketayotganligiga to'la ishonch hosil qila olmaydi, - deya ta'kidlagan Leonardo da Vinchi. - Ayniqsa rangtasvir sohasida

July, 2022

5

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

amaliyot hamisha kuchli nazariya bilan bog'liq holda amalga oshirilishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo'lmaydi"

Tasviriy san'at tarixiga nazar solsak rangtasvirni amaliy tarzda o'rganishga rassomlar katta ahamiyat berishgan. Bunga misol tariqasida Rus rangtasvir akademik asarlarini o'qitish o'sha davrda Rus Badiiy Akademiyasida amaliy tarzda o'rganish nazariy asoslarga nisbatan kuchliroq bo'lgan. Asta sekin keyingi davrlarda rangtasvirning nazariy asoslarini o'rganishga ijodkorlar tomonidan jiddiy e'tibor qaratila boshlandi. Shu tariqa Kompozitsiya fan sifatida shakllanib bordi. Rus rassomi va pedgogi D.N. Kardovskiy aytib o'tganidek: "San'atni o'rganayotganlar tasvirlashning yo'llari va usullari, ya'ni narsalarning shakli, nisbatlari, rangi, yorug'ligi, xususiyati va harakat qonuniyatlariga bo'ysunishga majburdirlar"

ADABIYOTLAR TAHLILI

Rangtasvir asari yaratishda rang surtmalari ifoda vositasi sifatida qo'llaniladi. Rassomlar rangtasvirda rang surtmalarining turli shakllaridan foydalanadilar. Bu surtmalar rassomning ish uslubini belgilab beradi. Mashxur rassom Van Gog "San -Maridagi dengiz" asarini yaratishda rang surtmalarini o'rinli qo'llaganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekistonlik rassomlar rang surtmalaridan tasviriy san'atning ifodaviy vositasi sifatida manzara, natyurmort janrlarida ham mahurat bilan ijod qilganlar. Musavvirlar M.Nabiyevning "Amir Temur portreti", R.Ahmedovning "Yoz ne'matlari" mavzuyida ishlangan asarlarida rang surtmalario'rinli qo'llangan. Tasviriy san'atning rangtasvir turini asosi ranglar hisoblanadi. Rangtasvirda asarning emotsional ta'sir kuchini oshirish maqsadida uning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda, ranglarning issiq va sovuq turlaridan foydalaniladi. Issiq va sovuq gammadagi ranglar ko'proq manzara janrida qo'llaniladi. Quyoshning botishi, issiq kun,yoz,kuz mavzulari issiq ranglarda tasvirlansa, qish, qor, ayozli kun manzaralari sovuq ranglarda tasvirlanadi.

Rangtasvir asarlarini ishlashda chiziq va ranglarning o'zaro bir birini qo'llab quvvatlaganda kompozitsiya aniq va tushunarli bo'ladi. Asarning tomoshabinga ijobiy ruh berishligi uchun bundan tashqari kompozitsion yechimi, mazmuni, tasviriy vositalardan oqilona foydalanilganligi ham muhim ahamiyatga egadir. Kompozitsiya so'zining lotincha "compozito" so'zidan o'zbek tilidagi ma'nosiga o'rganib chiqsak, "tuzish, birlashtirish, bog'lash, bir butun yaxlitlikda jamlash" ma'nolarini anglatishini bilib olamiz. Demak rangtasvir asarini ishlash uchun eng avvalo mavzuning mazmundorligiga, uning chiziqlar orqali shakl va obrazlarning tuzilishiga, ularning joylashuviga, ranglardan to'g'ri foydalanib umumiy rang uy'gunligiga ahamiyat berish lozim.

July, 2022

6

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Rangtasvir asarini ishlash uchun eng avvalo oddiy qoralama va eskizlar orqali boshlanadi. Rassom asar ishlash uchun tayyorgarlik jarayonida qanday mavzuni yoritishidan qat'iy nazar mavzu yuzasidan turli hildagi materiallarni to'playdi va ushbu to'plangan materiallarni qoralama chizgilarini, etyudlarini ishlab ma'lumotlarini jamlab, to'ldirib boradi. Asarning mazmunini ochib berish uchun turli hildagi obrazlar ustida ish olib boradi. Ushbu obrazlar orqali asar mazmunini yoritishda unumli foydalanish rassomning mahoratiga bog'liqdir. Ijodkor o'z g'oyalarini ko'rsatishda kam obraz va detallardan foydalanib ushbu g'oya mazmunini to'la ochib bersa bu uning yuksak mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. Aksincha shakl va obrazlarga boy, chiziq va ranglarda murakkablik bo'lgan taqdirda ham asar mazmuni to'la ochib berilmasa, bu rassomning obrazlardan oqilona foydalana olmaganligidan dalolat beradi. Bunday yondoshib ishlangan rangtasvir asari kompozitsion nuqsonli asar sifatida e'tirof etiladi. Rassom har bir ishlagan qoralamalarini rivojlantirish uchun bo'yoqlar orqali ularning etyudlarini ishlab kompozitsiya uchun materilallar to'plashda davom etadi. Etyudlar ishlash jarayonida ijodkor kompozitsiya uchun kerakli har bir shakl, buyum yoki manzarani mavzuning to'la ochi berish uchun eng maqbul rang koloridiga mos tarzda ishlashi kerak bo'ladi. Sababi ishlanayotgan rangtasvir asarining g'oyasi g'amgimlik, tushkunlik, qayg'u, urush va shunga o'xshash salbiy mavzuda bo'lsa ranglarning inson psixalogiyasiga ta'sir doirasidan kelib chiqib ishlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday kompozitsiyalarga sovuq ranglar guruhi va axromatik ranglardan ko'proq foydalanilgan kolorid ko'p hollarda mos keladi. Quvonch, bayram, tantana, quvonch va shunga o'xshash ko'tarinki kayfiyatdagi kompoitsiyalarga xromatik ranglardan foydalanib yorqin ranglardan hosil o'lgan kolorid mavzuni ochib berishga yordam beradi. Maishiy va jiddiy mavzularga murojat qilinganda murakkab va sokin ranglardan foydalanish kerak. Ranglar bilan bog'liq etyudlar kompozitsiya uchun yetarlicha to'plangandan so'ng ularni qog'oz yoki matoga to'g'ri joylashuvini amalga oshirish lozim. Qog'oz yoki matoni o'lchami kompozitsiyani mavzusi va joylashuviga qarab to'g'ri tanlanishi kerak. O'lchamlar gorizantal yoki vertikal holatdagi bir biriga nisbatan katta yoki kichik to'gri to'rtburchak shaklida bo'lishi mumkin. Ba'zi holatlarda kompozitsiya uchun kvadrat shaklidagi yuza kerak bo'ladi. Kompozitsiya mavzusidan keilib chiqib turli hil ko'rinishda obrazlarni joylashtirish mumkin.

Umumiy jihatdan olganda kompoitsiyaning ikki turi

mavjud:

July, 2022

1. Statik kompozitsiya - bu muvozanat hissi, sokinlikni va harakatsizlikni aks ettiruvchi kompozitsiya.

2. Dinamik kompozitsiya - harakatni, bo'ronli his-tuyg'ularni, tabiat elementini ifoda etuvchi kompoitsiya.

Ushbu ikki turdagi kompozitsiyalar o'rtasidagi farqni quyidagi raketa misolida aniq ko'rish mumkin.

Chap rasmdagi shar harakatsiz. Bu statik kompozitsiya asosida ishlangan. Ushbu rasmdagi statik kompozitsiya gorizontal ikki chiziq ( ufq chizig'ini ) ustida odatiy holatda sokin harakatsiz sharni ko'rish mumkin. O'ng tomondagi rasmda shar qiya ikki chiziq ustidan pastga tushayotgandek tuyg'u uyg'otadi. Bu tomoshabin uchun dinamik kayfiyat beradi. Siz xuddi shu tajribani, masalan, chashka chizish orqali osongina qilishingiz mumkin. Agar siz gorizontal jadval chizig'ini chizib, stolga aniq perpendikulyar bo'lgan - stakanini chizganingizda, siz static kompozitsiyasini ko'rasiz. Endi stolga burchak ostida stakan chizing va siz stakanning yuqoridan pastga qiyalab tushish lahzasini sezasiz va ushbu chizgan rasmingida kompozitsiyaning dinamikasi borligini ko'rasiz.

Bundan tashqari ragtasvir asarlarini ishlayotganda kompozitsiya markazini topishga alohida e'tibor berish lozim. Kompozitsion markazi - bu rassomning fikriga ko'ra, tomoshabinning ko'zi - rasmning markaziy elementiga intilishi kerak bo'lgan ob'ekt. Rassom uchun kompozitsion markazni aniqlash va o'z asarida unga e'tibor qaratish juda muhimdir. Ba'zi holatlarda oddiy takrorlanadigan chiziqlar, ranglar shakllar yoki ob'ektlar va ma'lum bir tushuncha tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan o'ziga xos rasmlarda kompozitsion markaz bo'lmaydi.

Xulosa qilib aytganda kompozitsiya har bir san'at asrlarini paydo po'lishida juda ham muhim bir jihatlarni o'z ichiga oladi. Kompozitsiya qurilishi mukammal bo'lgan asarlar tomoshabin qarshisida o'zining ma'no va mazmunini to'la ochib beradi.Rassom kompozitsiyani ijoddan alohida tasavvur qila olmaydi, Rangtasvir asarlarini ishlashda eng birinchi navbatda kompozitsiyaga murojat qilishi kerak bo'ladi, Kompozitsiyaning ifoda vositalar nur va soya, kontrast, simmetriya va assimmetriya, ritm, nisbat, hajmiylik, dinamika va staika va rang uyg'unliklari ijodkor uchun asarning nazariy jihatlari hisoblanadi. Bir so'z bilan aytganda rangtasvir asarlarini ishlashda tasviriy san'at nazariyasiga murojat qilish uning kompoziyasiga ko'p izlanishlar bilan munosabatda bo'lish

XULOSA

kerakdir.

July, 2022

REFERENCES

1. "Kompozitsiya asoslari" A. Egamov. Toshkent. 2005-yil

2. "Воспоминания, статьи, письма", Д.Н. Кардовский, Moskva, 1960-yil

3. "Tasviriy san'at", T.Kuziyev, S. Abdirasilov, O'.Nurtoyev, A.Sulaymonov. Toshkent, 2015-yil

4. "Мастера искусства об искусстве".1-том. Москва, 1936-yil

5. oglu Tojiboyev, I. O. (2021). On the use of modern pedagogical technologies and general grammar in the teaching of English. Science and Education, 2(8), 718-720.

6. Tojiboyev Islom Odil o'g'li. (2020). Flactors in speech development in English and other languages. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1 (3), 144-146. Retrieved from http://summusiournals.com/index.php/iidiie/article/view/278

July, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.