Научная статья на тему 'BADIIY ASAR VA UNDA “BADIIYLIK” TUSHUNCHASINING MOHIYATI'

BADIIY ASAR VA UNDA “BADIIYLIK” TUSHUNCHASINING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2464
153
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy asar / badiiylik / mavzu / g’oya / tarixiy mavzu / ijodkor / muammo. / artwork / theme / idea / historical theme / creator / problem.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rustamova, Ibodat Ikramovna, Maxsudov, Abbosjon Odiljon O’g’li

Maqolada har xil asarlar asosida badiiylik tushunchaning mohiyati ochib berilgan. Chunki asarda yangilik bo’lmasa, uning o’rniga qaytariq, takror bo’lsa, badiiy asar adabiyotga nokerakdir. Har bir asar taqdirini ritorika emas, balki yangilik, nafosat hal qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC WORK AND THE ESSENCE OF THE CONCEPT OF "ARTISTICITY" IN IT

The article reveals the essence of the concept of artistry based on various works. Because if there is no novelty in the work, if instead of it there is repetition, then the work of art is useless for literature. The fate of each work is decided not by rhetoric, but by innovation and sophistication.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR VA UNDA “BADIIYLIK” TUSHUNCHASINING MOHIYATI»

BADIIY ASAR VA UNDA "BADIIYLIK" TUSHUNCHASINING MOHIYATI

RUSTAMOVA Ibodat Ikramovna,

FarDU, adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti,

filologiya fanlari nomzodi MAXSUDOV Abbosjon Odiljon o'g'li,

FarDU2-kurs magistranti

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-358-367

„ Maqolada har xil asarlar asosida badiiylik tushunchaning mohiyati

ANNOTATSIYA ,. . , ,/ , .

ochib berilgan. Cnunki asardayangilik bo lmasa, umng o rmga qaytariq,

takror bo'lsa, badiiy asar adabiyotga nokerakdir. Har bir asar taqdirini

ritorika emas, balki yangilik, nafosat hal qiladi.

Kalit so'zlar: badiiy asar, badiiylik, mavzu, g'oya, tarixiy mavzu, ijodkor, muammo.

The article reveals the essence of the concept of artistry based on ABSTRACT various works. Because if there is no novelty in the work, if instead of it

there is repetition, then the work of art is useless for literature. The fate of each work is decided not by rhetoric, but by innovation and sophistication.

Keywords: artwork, theme, idea, historical theme, creator, problem.

В статье раскрывается сущность понятия художественности на примере различных произведений. Потому что если в АННОТАЦИЯ произведении нет новизны, если вместо нее повторение, то

произведение искусства бесполезно для литературы. Судьбу каждого произведения решает не риторика, а новаторство и изысканность.

Ключевые слова: произведение искусства, тема, идея, историческая тема, создатель, проблема.

KIRISH (Introduction)

IX asrda yashagan arab filologi Ibn al-Mu'tazz suyangan fikrga qaraganda, arabcha "badaa" masdari (fe'li) "yangilik" degan ma'noni bildiradi.1 Badiiylik iborasi esa go'zallik, ohorlilik, nafislik demakdir. Shu sababli "badiiylik" atamasi

1 Крачковский И.Ю. Избранные сочинения а 6-томах. Т.6. М.-Л. Наука, 1960. - С.281.

358

adabiyotning eng nozik jihati bilan aloqador, shunga e'tiborimizni tortadi. Chunki asarda yangilik bo'lmasa, uning o'rniga qaytariq, takror bo'lsa, badiiy asar adabiyotga nokerakdir. Har bir asar taqdirini ritorika emas, balki yangilik, nafosat hal qiladi. Shuning uchun yaxshi badiiy asar millat va jahon adabiyoti tarixiga kiradi. Yangilik esa asarning mazmun tomoniga ham, shakl tomoniga ham tegishli bo'ladi. Yangi narsa esa ohorlidir. Diqqatni tez tortadi va jozibador va maftunkor bo'ladi. Har qanday yangilik ruhiy va ma'naviy ehtiyoj tufayli kelib chiqadi va kishilar talabini qondiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ma'lumki, adabiyot badiiylik , ya'ni go'zallik qonunlari to'g'risida bahs yuritadi va ana shu o'zanda rivoj topadi. Go'zallik tashqi va ichki bo'ladi, ikkalasi uyg'un holda yashaydi. Inson badiiy asarni ana shu go'zallik tufayli o'qiydi, undan b ahra oladi. Unga intilib yashaydi. Ana shu holat go'zallik bilan o'quvchi inson orasidagi aloqani keltirib chiqaradi. Bu hol badiiylik bilan aloqador ekanligi ham tabiiy hodisa ekanligini ko'rsatadi, chunki badiiylik yangilik ma'nodan, shakldan, go'zallikdan tashqarida yashay olmaydi.

Mazkur tushuncha, ya'ni "badiiylik" istilohi buyuk fors tojik shoiri Abdurahmon Jomiy asarlarida ham uchraydi. U Salmon Sovajiy haqida shunday yozadi: "Uning ikkita masnaviy kitobi bor, biri "Jamshidi Xurshid" bo'lib, uning uslubi sertakallufligidan badiiyat chegarasidan chiqib ketgan. Ikkinchisi -"Firoqnoma" deb ataladigani badiiyatda yuksak va nazmiyotda latif'.2

NATIJALAR

"Badiiylik" atamasi Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarida Alisher Navoiyning "Agar xonada kishi bo'lsa, sharpaning o'zi kifoya" degan misrasiga nisbatan ishlatilgan.3

"Xudojnik" so'zi umelets, ya'ni "mohir" degan ma'noni bildiradi. "Xudojestvennost", ya'ni "badiiylik so'zi ayni shu so'zdan kelib chiqqan.4

Badiiylik atamasiga Yevropada dastlab nemis faylasufi Gegelda duch kelinadi. Mazkur atama Rossiyada XIX asrda paydo bo'lgan. O'zbek adabiyotshunosligida o'tgan asrning boshlarida mazkur so'zning muqobili ishlatila boshlangan. Abdurahmon Sa'diy, Fitrat asarlarida, o'quv qo'llanmalarida "nafis", "nafislik", "nafis adabiyot" singari istilohlar bevosita badiiy adabiyot, undagi badiiylik,

2 Абдурахмон Жомий. Бахористон. - Т. 1979. -, Б..75.

3 Давлатшох Самакандий. Шоирлар бустони ("Тазкираи шуаро"дан Б.Ахмедов таржимаси). -Т.: Адабиёт ва санъат, 1981, -Б.190.

27. Краткая литературная энциклопедия. Том 8. -М. Советская энциклопедия, 1975. - С.339.

359

go'zallikka nisbatan ishlatilgan. Zero "nafis" so'zining ko'pligi nafoyis va bu go 'zallik, nafislik, nozik, ko 'rkamlik, husn, chiroylilik, bejirim kabi qator ma'nolarga ishora qiladi.

MUHOKAMA

"Badiiylik" atamasi sinkretik san'atga, tarixiy mavzudagi memuarga va muallifi bo'lmagan (ya'ni yozma adabiyotga taalluqligi yo'q) asarlarga nisbatan o'zining to'la ma'nosida ishlatilmaydi. Ammo nasriy she'rlar, ayrim adabiy asarlar, hikmatlarga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiqdir. Jumladan, O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"idagi har bir hikmatni agar bir hikoya, qissa, roman sifatida qabul qilish mumkin bo'lsa, ularni badiiy to'qimasiz xulosalar deyish mumkin bo'lsa, mikromatnlar tarkibida badiiy tasvir vositalariga izn berilgani hisobga olinsa, "badiiylik" atamasini istifoda etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Adabiyotdagi badiiylik haqida bahs yurityapmiz. San'atning deyarli barcha ko'rinishlarida badiiylik mavjud: kino, teatr, haykaltaroshlik, rassomlik va hokazo. Ularni farqlab turuvchi jihat san'atning materialida. Ayni zamonda bu san'at turlarida badiiylikning umumiy belgilari ham yo'q emas. Umumiylik hamma san'at turlarining obraz bilan ish ko'rishidir. Ana shulardan xulosa qilib aytish mumkinki, "badiiylik -san'at sohasiga oid bo'lgan ijodiy mehnat samarasini belgilovchi ichki (tuzilishiga oid) xususiyatlarning murakkab yig'indisi hisoblanadi" .5

Keltirganimiz umumiy ta'rif hisoblanadi. Ammo unda badiiylikka tegishli bo'lgan ichki va murakkab tuzilishga e'tibor qilingan. "Badiiylik tushunchasi torroq (va ko'proq qo'llanilgan) ma'noda ijodiy maqsadning aynan va bir xil idrok etilishidagi poyoniga yetganlik va amalga oshganlikka , hissiy tugallikka baho berish jihatini" va yozilgan san'at asariga xos bo'lgan ham uning kitobxon, tomoshabin va tinglovchiga ta'sir etish arovi bo'lgan mahorat (artistizmni) birinchi planga chiqaradi.6

F.M.Dostoevskiyning aytishicha, badiiylik, masalan, aqalli romannavislikni olsak, o'z fikrini romandagi shaxslar va obrazlarda shuncha aniq ifoda etish iste'dodidirki, kitobxon romanni o'qib, adib o'z asarini yozib, qanday tushungan bo'lsa, xuddi shunday tushunadi"7 Ahamiyat beraylik. Gegel adabiyotda mahorat, uning ta'sir etishini, Dostoevskiy iste'dod masalalarini alohida ta'kidlamoqda. Demak badiiylik tushunchasi doirasiga san'atning muayyan sohasi, uning ichki tuzilishi va undagi murakkablik, san'at asarida youvchi o'z oldiga qo'ygan maqsad,

5 Роднянская И.В.Художественность. КЛЭ. Т.8.- М.: 1975.-Стр. 338.

6 Булар хакида карает: У.Туйчиев Узбек адабиётида бадиийлик. - Т.: Янги аср авлоди, 2011. -Б.3-5.

7 Достоевский Ф.М. Об искусстве. М.: Искусство, 1973. -Стр, 68-69.

360

uning aniq ifodalanishi, yozuvchi niyatining amalga oshganligi va asarning qiyomiga yetkazib ishlanganligi kiradi.8

Badiiylikni hosil etish maqsadi hayotni orzu etilgan darajada qurish va yaxshilashga xizmat qiladi. Badiiylik badiiylik uchun yashamaydi, balki hayotning murakkab masalalarini hal etish, inson ongi va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatish va ularni ezgulik, ro'shnolik va taraqqiyparvarlik, va shu bilan birga, go'zalik hamda zaruriyat qonunlari asosida o'zgartirish uchun da'vat qilingan.

Shu o'rinda badiiylik yuzasidan ayrim misollarga murojaat etaylik. O'zbek mumtoz she'riyati o'zining uzoq yillik tarixi davomida shakllanib ulgurgan ichki va tashqi jozibasi, har bir satri, misrasining mazmunan yerqatlamliligi, ma'no tovlanishlarining kamalakning yetti tusda jilolanishi kabi rangdorligi bilan barchani hayratga solib kelgani sir emas. Buning alohida sabablari uning ayrim bir o'zigagina xos jihatlariga borib taqaladi. Badiiy adabiyotning keng tarqalgan shakli bo'lgan she'riyatda o'tmish davrlaridayoq "Ahsanuhu akzabihu", ya'ni "Eng yaxshi she'r -eng yolg'on she'r" degan naql yurgani ham e'tiborga molik. Bu hikmat she'riyatning mazmuniga ham, shakliga ham daxldor bo'lib, mazmunda mubolag'aviylikning yetakchilik kasb etishi, shaklda esa jimjimadorlikka va ta'sirchanlikning turli ko'rinishlarini istifoda etilishiga moyilligi va molikligi, to'g'rirog'i, shunga izn berilganidandir. Biroq bu holat she'riy asarlar shakli va mazmuniga muallif tomonidan istagan narsani tiqishtiraverish degani emas, balki mazmun va shaklning o'zaro mutanosibligini ta'minlash, bularga she'rxonni to'liq ishontira bilish nazarda tutilgan. Shunisi borki, ayni shu holat mazkurlarning umrboqiyligini ta'min etgan sabablardan bo'lib qolgan. Chunonchi, Hazrat Alisher Navoiyning qaysi bir she'rini olib ko'rmaylik, ularda ramziylik, so'zlar mag'ziga singdirilgan zulma'naynlikni kuzatamiz, shaklda esa so'zlar o'quvchi nazarida tutgan holatni emas, balki uning ixtiyoriga bo'ysunmagan vaziyatda boshqa vazifalarni o'tashga yo'naltiriladi -tasviriy-ta'siriy vositalar hayratlanarli darajada kishini o'ziga rom etadi. Shoir g'azallaridan olingan bir baytga nazar tashlaylik:

Furqatingdin za'faron uzra to'karmen lolalar, Lolalar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar.9 Matla' bayt mazmunidan shu anglashilib turibdiki, shoirning muddaosi mumtoz she'riyatimizda an'ana tusini olgan ayriliq dardini - lirik she'riyatning azaliy mavzusi bo'lgan hijronni, oshiqning ma'shuqa firoqidagi holatini qalamga olish bo'lgan. Biroq ayni shu bilan kifoyalanish bayt mazmunini, demakki, shu g'azalda ko'tarilgan asosiy masalani ilg'ab yetishga kamlik qiladi. Baytning zohiriy

8 Краткая литературная энциклопедия. Т.8. -М.: Советская энциклопедия, 1975. -Стр. 338-345.

9 Алишер Навоий. Танланган асарлар. 10 жилдлик. 2-жилд. -Т., F.Fулом номидаги НМК. 2011. -Б.442.

361

ma'nosidan tashqari botiniy mazmunini ham anglab yetish zarur. Muqaddas kalom hisoblanmish Qur'oni majidning "Tiyn " surasining ikki oyatida bunday uqtiriladi: "Loqad xollaqna insana fi ahsani taqvim. Summa radadnahu asfalasofiylin" Ya'ni Alloh Taoloning bu kalomini mufassirlar "Biz insonni go'zal shaklu shamoyilda yaratib qo'ydik. Biroq uning bir xatosi sababidan ularni asfalasofilinga jo'natdik", deb tafsir qiladilar. Bu o'rinda "asfalasofiylin" kalimasining ma'nosini anglash lozim. Buni ham mufassirlar "tubanliklarning tubanligi" tarzida talqin etadilar. Tubanliklarning tubanligi, bu - bani bashar nash'u namo topib turgan kurrai zaminimiz sanalar ekan. Odam Atomiz va Momo Havvomizning bihishtdan mosuvo bo'lib, biz yashab turgan zaminga tushirilishi oqibatida firoq paydo bo'lgan. Va Odam Atoyu Momo Havvo zurriyodlari bo'lgan biz muttasil ilk ma'voga intilib, firoq dardida kuyib yashaymiz. Adabiyotimiz tarixi, xususan, she'riyatda firoq yo'nalishining paydo bo'lishi va tarqalishining bosh sababi ana shunda. Shunga ko'ra, Hazrat Navoiyning bir qator lirik va epik asarlarining zulma'naynligini, zohirda dunyoviy, botinda esa ruhoniy mazmun ustuvor ekanligini nazardan qochirib bo'lmaydi. Shoirning oliy va o'rta maktablari adabiy ta'limidan mustahkam o'rin olgan, xalq o'rtasida ma'lum va mashhur bo'lgan "G'urbatda g'arib..." deb boshlanuvchi ruboiylari bor. Mazkur to'rtlik o'z vaqtida (taaasufki, hozirda ham!) faqat zohiriy tarzda talqin etib kelindi. Bunda, asosan, ruboiyning uchinchi va to'rtinchi misralari bo'lgan tamsil baytga - "Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg'a tikondek oshiyon bo'lmas emish" baytiga e'tibor qilindi. Alisher Navoiyning asosiy muddaosini ifodalagan "G'urbatda g'arib shodimon bo'lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish" hikmatining talqini zohiran insonning vatanparvarligi mazmunida idrok qilingan va hamma joyda bir-birini takrorlovchi sharhlar berilgan. Aslida "g'urbat" - ayriliq, firoq; "g'arib" - bu inson. Agar Rabg'uziy hazratlarining "Qisasi anbiyoyi turkiy"sidagi "Odamning yaratilishi" qissasidagi "Parvardigori olam insonni yaratganlaridan so'ng uning ustiga qirq yil muttasil yomg'ir yog'dirdi. Shundan 39 yil g'am yomg'iri va 1 yil quvonch yomg'iri. Shuning uchun odam bolasi umrining katta qismi g'am-tashvishda, ozgina qismi esa quvonchu shodlikda kechadi", degan tamsil naqadar to'g'riligi idrok qilinadi va Alisher Navoiyning nima sababdan "G'urbatda g'arib shodimon bo'lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish" misralarining mag'zini chaqqan bo'ladi.

Yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, bayt to'laligicha badiiy san'atlar asosiga qurilgan; unda ma'shuqaning jabri tufayli azob-uqubat chekishi qismatiga aylangan oshiqning ayriliq keltirib chiqargan g'amu hasratlardan ozurda bo'lib ko'z yosh to'kishi g'oyat ishonarli tarzda bir qator badiiy tasvir vositalari yordamida berilgan. Bu o'rinda "za'faron" so'zi asl ma'noda sariq rangni ko'rsatadi, lekin mazkur bo'lgan

362

www.birunijournal .uz

baytda qurilmish mazmundan kelib chiqib, oshiqning ma'shuqa bevafoligidan azbaroyi hastalanib, rangi sarg'ayib ketganligini ifodalaydi. Demak, "za'faron" so'zi ko'chma - metaforik ma'noda istifoda etilgan. Bu mumtoz adabiyotda istiora deb atalmish badiiy san'at hisoblanadi. Xuddi shu baytda yana bir istiora mavjud bo'lib, "lolalar" so'zi bu vazifani ado etadi. Lolaning qip-qizil rangi qonni yodga keltiradi. Ko'z yoshi esa hech qachon qon rangida bo'lmaydi. Bunda mubolag'a usuliga suyanilgan holda, xalq tilida alam bilan to'kilgan ko'z yoshiga ishora sifatida "yig'layverib ko'zidan qon to'kdi" degan mubolag'aviy naqli nazarda tutiladi. Alisher Navoiy shu mafhumga tayanib "lolalar" so'zining xuddi shu istioraviy mazmunini nazarda tutadi va yuksak san'atkorlik bilan bir tomondan ma'shuqaning oshiqqa qilgan jabru jafolarini, unga nisbatan beparvoligini, qisqasi, ma'shuqaning bevafo va zulmkor tabiatini oshiqning ana shu ishq dunyosidagi turfa holatlarini mohirona ko'rsatib beradi.

Fikrimizni bardavom qilib shuni qo'shimcha qilmoqchimizki, "Xazoyinul-maoniy"da mutafakkir shoirning hayratangez g'azallarining salmog'i boshqa tipdagi g'azallariga qaraganda ancha yuqori. Hayrat esa kutilmagan g'aroyibotlar, favqulodda tilsimli hodisotlar, kishini larzaga soluvchi voqeotlardan aqlning ajablanishidir. Hayrat ko'ngil tilsimi bo'lib, inson ruhining bu hududsiz koinot asrorlaridan taajjublanishidir (I.Haqqul). Bundoq qaraganda, har qanday shoir hayrat kishisi hisoblanadi va har bir she'r hayratdan tug'iladi. Agar qalamkashda aytilgan hayrat bo'lmasa, yaratiqlarining kuchi-qudrati, yashovchanligi shubha ostida qoladi. Shoirda hayrat bo'lmasa tabiiy bir she'rning dunyoga kelishi mushkul. Alisher Navoiy ham bundan mustasno emas. Uning hayratlarining manbalari bisyor: shoirning asarlarida Yaratganning qudrati, dunyoviy ma'shuqaning husni jamoli, kamolidan hayratlanish, ma'shuqaning sitamkorligi, raqiblarga oshino, unga esa beparvoligidan hayratlanish, davr nosozliklari, zamona ahlining bevafoligidan ozorlanish tufayli paydo bo'lgan hayrat va boshqa hayratlarga duch kelish mumkin. "Yigitlik nodirliklari" devoniga kirgan g'azallaridan biri bo'lgan "O'n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur"da shoir uch-to'rt o'rinda ayni hayrat so'zini istifoda etib, o'n sakkiz yoshli ma'shuqa(yoki ma'shuq)ning bu qadar hayratangez to'kisligidan paydo bo'lgan ichki hissiyotlarini bayon qiladi. Bu hayrat o'z-o'zidan tug'ilmagan. Shoir o'n sakkiz yoshni insonning ham tashqi, ham ichki olamida maromiga yetgan yetuklik, deb biladi. Bu komillik Ilohiy komillikning jilvasi hisoblanadi. Chunki shoir o'zi e'tiqod qo'ygan ilohiy qudrat, navqironlik, hayratomuz sehru sinoatni, jismoniy va aqliy tengsizlikni o'n sakkiz yoshli inson siymosida tajassum ettirgan (N.Jumaxo'ja). Matla'ning birinchi misrasidayoq shoir "o'n sakiz ming olam" timsoli va u tufayli yuzaga kelgan "oshub" (hayajon, g'avg'o,

363

www.birunijournal .uz

to'polon)ni bejiz alohida tilga olayotgani yo'q. Chunki shoiming nazarida komillikning haddi a'losi shu: o'n sakkiz yoshga kirgan inson o'n sakkiz ming olam tilsimlariga ma'lum bir ma'noda aqli yetadigan, bu olamni mushohada etishga qodir, uning siru sinoati, aql bovar qilmas mo'jizalari bilan nafas oladigan, va ayni choqda, o'zining zohiriy va ma'naviy go'zalligi bilan o'n sakkiz ming olamni o'rtaydigan bo'lishi lozim edi va shunday bo'lib chiqadi. Buni shoir birgina "ne ajab" murojaati orqali o'quvchida hayratni yuzaga keltirib, ana shu go'zallik va mukammallikdan yuzaga kelgan hayajonni o'ta ishonarli tarzda to'kis ifoda qila oladi.

Bu gaplar mumtoz she'riyat haqida. Nasrning badiiylik tomonlarini tekshirish uchun biror mezon bormi? Albatta, bor. Adabiyotshunoslikda "mezon" va "marom" tushunchalari bor. Dastlabkisi "o'lchov", keyingisi "qamrov" so'zlariga muqobil keladi. Nasrda buning har ikkisiga amal qilinadi. Adabiyotshunos N.Shamota "Badiiylik haqida" atalmish kitobida realizmda badiiylik mezonlari uchta ekanligini aytib o'tgan. Bular tasvirlangan voqea-hodisaning tipiklik hamda bir butunligi bo'lsa, ya'ni uning hayot voqeligiga mos kelishidir. Yana biri bu tasvirning emotsional ta'sir etish kuchi; oxirgisi esa, shaklning go'zalligi va g'oyaviy yuksak mazmunga mos kelishi hisoblanadi.10

Adabiyotshunoslikda badiiylik haqidagi kontseptsiyalar turlicha bo'lib kelgan. Qadimgi yunonlarda badiiylik atamasi ishlatilmagan. Zero o'sha davrlarda ham badiiy asarlar ko'p bo'lgan. Bunday hodisani Sharq poetikasida ham ko'rish mumkin.

KLEda Gegel haqida so'z boranida, ma'no va shaklga oid ta'limotga Gegel asos solgan, deyiladi. Vaholanki, mazkur masala X asrdayoq arab ilmida hal etilgan edi. Buyuk Navoiy "Mezon ul-avzon"da Ma'nining muqim, shaklning turlicha bo'lishi haqida so'z yuritganini kuzatish mumkin.

Belinskiy V.G., CHernishevskiy N.G. va ularga hammaslak bo'lgan fikrlari adabiyotshunoslikda, inchinun, badiiiylik talqinida ham, o'sha davrgacha bo'lgan eng yuqori pog'onadir. V.G.Belinskiyning "Estetik kodeksi"da badiiylikning beshta qonuni ko'rsatilgan:

a) hayotni obrazli ko'rsatish;

b) buzmay, ularni haqqoniy ko'rsatish;

d) g'oyaning voqelikni to'la qamrab olishi lozimligi;

e) g'oya va shakl bir-biriga mos bo'lishi lozimligi;

f) asar qismlarining bir butun bo'lib uyg'unlashuvi.

Bularni atoqli adabiyotshunos, nazariyachi I.O.Sulton ham alohida ta'kidlagan.11

10 Шамота Н. О художественности. - М.: СП., 1958. -Стр.349-350.

11 Адабиёт назарияси. Икки томлик. 1-том. - Т.: Фан, 1978. - Б. 414.

364

XULOSA (Conclusion)

N.G.CHernishevskiyning yozishicha, "Faqat haqiqiy g'oyani mujassamlashtirgan asargina, agar shakli g'oyasiga mutlaqo mos kelsa, badiiy bo'ladi". "Haqiqatan ham asarning hamma qismlari va tafsilotlari uning asosiy g'oyasidan kelib chiqadimi, yo'qmi ekanini ko'zdan kechirish lozim. Ma'lum tafsilot - sahna, xarakter epizod - o'z-o'zicha qanchalik qiziqarli va go'zal bo'lmasin, agar u asarning ideyasini to'la to'kis ifoda etishga xizmat qilmasa, unday asarning badiiyligiga zarar yetadi" 12

Kezi kelganda ta'kidlash joizki, marksizam-leninizm badiiylikning mazmun tomonini chekladi, ham masalani bir tomonlama hal qildi. Sotsealizmchilar esa, buni yanada toraytirdi. Natijada bir-biridan quruq romanlar, qissalar, hikoyalar paydo bo'ldi. Biroq badiiylik mohiyatini tushunib, qalam tebratgan adiblar ham kam bo'lgani yo'q. Ularning asarlari kitobxonlar orasida o'z o'rni va shuhratini topdi. Jumladan, O'. Hshimovning roman, qissa, hikoyalari, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ining shuhrati bu qadar yuqori bo'lganining boisi aslida shunda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

5. Abdurashidovich K. A. Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature //ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies. - 2018. - Т. 7. - №. 4. - С. 47-51.

6. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

12 Чернышевский Н.Г. Пол. собр. соч. Т.3. - М.: Стр.663.

365

7. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

8. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

9. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

10. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

11. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

12. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

13. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

14. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

15. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

16. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

17. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

18. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

19. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

20. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

366

21. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

24. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

25. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

26. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

27. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

28. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 7(3), 111-112.

29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

30. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

367

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.