Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
TaShhkenm^tmmmTmmnnmPPmm^n
AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI - HUQUQIY DAVLATNING MUHIM
ELEMENTI
Shahnoza Kamoliddin qizi Ortiqboyeva
Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova
Inagamovna
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada jinoyat-protsessual qonunchiligining eng muhim qoidalaridan biri bo'lgan "Aybsizlik prezumpsiyasi" tushunchasi, mohiyati va tarixi hamda yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan kafolatlari yuzasidan xorijiy davlatlar va ularning huquqiy asoslarida uyg'unlashuvi haqida qiyosiy-huquqiy tahlil qilinib, taklif va izohlar berib o'tilgan.
Kalit so'zlar: aybsizlik prezumpsiyasi, javobgarlik, Miranda qoidasi, sukut saqlash huquqi, shaxsiy daxlsizlik, gumon, tuxmat, inson huquqlari, shaxsiy huquq va erkinliklar.
ABSTRACT:
In this article, one of the most important provisions of the criminal procedural legislation, the concept, essence and history of the "presumption of innocence" and the guarantees of the newly revised constitution aimed at strengthening the legal protection of the suspect, the accused, the defendant and the prisoner in foreign countries and their legal bases a comparative-legal analysis was made about its harmonization, suggestions and comments were given.
Keywords: presumption of innocence, responsibility, Miranda rule, right to remain silent, privacy, suspicion, defamation, human rights, personal rights and freedoms.
Jahonda ko'plab mamlakatlar erkin fuqarolik jamiyati, chinakkam huquqiy davlat qurish borasida o'z siyosatini amalga oshirmoqda. Ko'plab davlatlarning siyosiy va huquqiy tizimining asosi, bevosita asosiy qonun hisoblangan konstitutsiyagi bilan bog'liqdir. Bugungi kunda ko'pgina davlatlarnining huquqiy tizimida bosh ro'lni oliy yurdik kuchga ega bo'lgan mamlakat konstitutsiyasi egallaydi. Globallashuv jarayonida jamiyatda turli-tuman yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga kela boshlaydi bu munosabatlarni hal qilish uchun albatta yangi normalarga muhtojlik seziladi. Bu
299
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
^ashkeni™iaie™rans^heConSmUion^^OrH^man^aiigniy
davlatlarga o'z qonunchilik tizimlarini bunga mutanosib tarzda yangilash vazifasini yuklaydi. O'zbekiston respublikasi ham bugungi globallashuv jarayonida o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda. Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsion islohotlar uchun turtki bo'ldi. Hozirgi vaqtda Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va xalqparvar davlat barpo etish yo'lida dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirish, yangi mustahkam konstitutsiyaviy makonni shakllantirish davlatimizning eng asosiy maqsadi sifatida namoyon bo'lmoqda. "Shuni aytish joizki, Yangi tahrirda O'zbekiston Respublikasi konstitusiyasi bugungi kundagi yetakchi xorijiy mamlakatlar jumladan, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Sloveniya, Serbiya, Polsha, AQSh, Bolgariya, Gruziya, Turkiya, Yaponiya kabi davlatlar konstitutsiyalari chuqur o'rganildi va tahlil qilindi shuningdek, aholidan kelgan qariyb 222 715 ta takliflar ko'rib chiqildi ". 1
Davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim vazifa - inson huquq va erkinliklarini ta'minlash va muhofaza qilishdir. Shubhasiz, aybsizlik prezumpsiyasi - inson huquqlari rivojlanishi tarixida shakllangan eng buyuk kafolatdir. Aybsizlik prezumpsiyasi - yuridik javobgarlikka tortish jarayoniga jalb etilgan shaxsning aybsizligi ehtimolidir. Bu prinsipga ko'ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar ular aybsiz hisoblanadilar2. Jinoyat protsessida aybsizlik prezumpsiyasi birinchi marta 1789-yil 26-avgustda Fransiyada qabul qilingan "Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi'' da aks ettirilgan. Mazkur deklaratsiyaning 9-moddasida: "Har bir inson sudda aybdor deb e'lon qilinmaguncha aybsiz deb hisoblangani tufayli, uni hibsga olish zarur bo'lgan taqdirda uning huquqini ta'minlash uchun zarur bo'lgan har qanday qattiqqo'llik qonun bilan qattiq qoralanishi kerak'' 3deb belgilab qo'yilgan. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasining 1-bandida "Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta'minlangan holda, ochiq sud majlisi yo'li bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir'' 4deb mustahkamlab qo'yilgan. Bundan tashqari, 1966-yil 16-dekabrda qabul qilingan "Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risida''gi xalqaro paktning 14-moddasida 2-bandiga binoan: "Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har qanday kishi qonunga
1 https://parliament.gov.uz/news/konstitutsiyaviy-ozgarishlar-hayotiy-zaruriyatga-aylandi
2 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022-y. -448-bet.
3 https://uzpedia.uz/pedia/inson_va_fuqaro_huquqlari_deklaratsiyasi
4 https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
2024-yil, 7-dekabr
300
muvofiq aybi isbotlanmaguncha aybsiz deb sanalish huquqiga ega'' 5deb belgilangan. Bundan ko'rinib turibdiki, bugungi kunda aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat-protsesual qonunchiligining eng muhim qoidalaridan biri sifatida umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalarida o'z aksini topgan. Vaholanki, mamlakatimiz milliy qonunchiligida ham islohatlar natijasida qat'iy belgilanib qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi, birinchi navbatda, qonun inson qadri uchun xizmat qilishga qaratilgan. Ta'kidlash lozimki, ushbu konstitutsiyaning 28-moddasida aybsizlik prezumpsiyasi bilan bog'liq huquqlarni kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilgan: "...aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak''6. Bilamizki, aybdorni topish jarayonida surishtiruvchi, tergovchi dalillar to'playdi. Ba'zi holatlarda to'plagan dalillarni baholashda ularga nisbatan shubha uyg'onishi mumkin. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu insonparvar norma aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumning foydasiga hal qilinishini ta'minlaydi. Bunda "Isbotlanmagan ayb -isbotlangan aybsizlikka teng'' degan xalqaro standart amal qiladi, ya'ni bunday holatlarda sud shaxsning aybini tasdiqlovchi dalillarning yetarli emasligi tufayli oqlov hukmini chiqaradi. Jumladan, ushbu insonparvar norma tergov va sud jarayonida faqat ishonchli va qonuniy dalillardan foydalanishni ta'minlaydi hamda nohaq ayblanayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishini kafolatlaydi. Kontitutsiyamizda aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqadigan yana bir muhim kafolat, ya'ni "Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin''. Bu huquq xalqaro sud amaliyotida "Miranda qoidasi " nomini olgan norma talabiga ko'ra, hibsga olingan shaxsga u so'roq qilinishidan oldin gumonlanuvchi sifatidagi huquqlari quyidagi mazmunda tushuntirilishi lozim. Ya'ni: "Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytganlarning hammasi sudda o'zingizga qarshi foydalanilishi mumkin. So'roq jarayonida advokatingiz qatnashishi mumkin. Agar advokat xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmasangiz, Siz advokat bilan davlat tomonidan ta'minlanasiz. Huquqlaringizni tushundingizmi?" Odatda, jinoyat ishi qo'zg'atilgan shaxsning ruhiy holatida muommolar yuzaga keladi va o'zini
5 https://lex.uz/docs/-2640479
6 O'zbekiston Respublikasining maqsadli taraqqiyot strategiyasi uyushgan jinoyatchilik, ekstromizm va terrorizmga qarshi kurashning huquqi kafolati // Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstromizmga qarshi kurashda ichki ishlar organlarining roli hamda hamkorlik yo'nalishlari Respublika ilmiy-amaliy konfirensiyasi to'plami / IIB malaka oshirish instsituti 2023-yi. 5-9 b
2024-yil, 7-dekabr
301
yo'qotib qo'yib, aybi bor yoki yo'qligini isbotlash o'zining emas, balki tergov organlarining vazifasi ekanligini tushunmay o'ziga qarshi ko'rsatmalar berishi amaliyotda uchrab turadi. Shu sababli, shaxsning erkinligi cheklangan zahotiyoq unga sukut saqlash huquqi tushuntirilishi shart. Ma'lumot o'rnida sukut saqlash huquqiga oid bunday normalar AQSH, Meksika, Misr, Gruziya, Serbiya, Ozarbayjon, Armaniston va boshqa davlatlar konstitutsiyalarida o'rin olgan7. Mazkur kafolatning konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi surishtiruv va tergov organlari xodimlarining gumon qilinayotgan, ya'ni taqib ostidagi shaxsga nisbatan majburan iqrorlik ko'rsatmalarini berishga undash va shu kabi boshqa qonunga zid harakatlarini oldini olishga xizmat qiladi. Qolaversa, ushbu moddada "Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas "8, degan adolatli norma mustahkamlandi. Afsuski, bundan bir necha yillar muqaddam shaxsning sudlanganlik holatining qarindoshlariga ham bo'lgan ta'siridan ko'pchilik aziyat chekdi. Masalan, sudlanganlik davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kirishda, ma'lum bir lavozimni egallashda hamda muayyan faoliyat bilan shug'ullanishda bir qator to'siqlar yuzaga keldi. Mustabid tuzumdan meros bo'lgan bu tajribadan voz kechib, har kim o'zi sodir etgan jinoyat uchun o'zi javob berishi mustahkamlandi. Aytish joizki, mazkur masala yuzasidan xorijiy davlatlarning qonunchiligi sinchkovlik bilan o'rganildi. Xususan, Fransiya Respublikasi Mehnat to'g'risidagi kodeks va Latviya Respublikasi Mehnat huquqining 7-bo'limida "Shaxsning sudlanganligi munosabati bilan kamsitish ta'qiqlanishi" belgilangan. Shu kabi AQSH, Buyuk Britaniya, Ispaniya davlatlarining mehnat qonunchiligida ham xodimning shaxsiy hayotiga aralashmaslik va ularning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish xodimlarning asosiy huquqlari sifatida ko'rsatilgan. Albatta, hech bir holatda inson o'zining yaqinlari jinoyati uchun javob bermasligi va jamiyatda o'z o'rnini topishi, kasbiy o'sishi va shaxsiy rivojlanishi kabi huquqlardan mahrum etilmasligi kerak.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, tobora rivojlanayotgan yangi O'zbekistonning bosh qonunida xalqaro umume'tirof etilgan qoidalar ustunligi so'zsiz tan olinishi, ayniqsa, insoning shaxsiy huquqlari, himoyaga bo'lgan huquqi, aybsizlik prezumpsiyasi, sukut saqlashga bo'lgan huquq, sudlanganlikning yaqin qarindoshlarning huquqi va erkinliklariga tasir etmasligiga oid normalarning konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlanishi, mamlakatimiz inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalar va institutlarning konstitutsiya darajasida belgilanishi
7 Yangilanayotgan konstitutsiya 100 savolga 100 javob. "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi.-Toshkent: 2023-y.- 51-bet.
8
https://lex.uz/docs/-6445145?otherlang=1
2024-yil, 7-dekabr
302
demokratik davlatimizning tanlagan pozitsiyasini yana bir bor jahon hamjamiyatiga ko'rsatib berdi
REFERENCES
1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар//International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.
7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https:// www.lex.uz
303
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
^Tahkn^iamTrtmmmPmr
9. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. http : //www.insonhuquqlari.uz
10. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risida xalqaro pakt http : //www.insonhuquqlari .uz
11. Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi http : //www.insonhuquqlari .uz
12. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. - Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022-y.
13. Yangilanayotgan konstitutsiya 100 savolga 100 javob. "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi.- Toshkent: 2023-y
14. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.
15. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.
16. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.
17. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.
18. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232
304
2024-yil, 7-dekabr