Научная статья на тему 'AXLOQ VA AHIMSA TUSHUNCHALARINING O’ZARO BOG‘LIQLIGI'

AXLOQ VA AHIMSA TUSHUNCHALARINING O’ZARO BOG‘LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hindiston / Mahatma Gandi / axloq / ahmisa / milliy ozodlik / satyaghara / tuz qonuni / svarajni / iqtisodiy-siyosiy masalalar / Dandi. / India / Mahatma Gandhi / morality / ahimsa / national liberation / satyaghara / salt law / swaraj / economic and political issues / Dandi.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sherdor Nematjonovich Pulatov

Mahatma Gandi boshchiligidagi milliy ozodlik harakati Hindiston ozodligi kurashi va Hindiston tarixi, shuningdek, insoniyat tarixida alohida ahamiyatga ega. Buning sababi shundaki, birinchi martda bunday siyosiy harakatlarda omma faol ishtirok etdi. Zero, Gandi ozodlik kurashiga butun xalqni jalb qila oldi. Ushbu harakatlarda millionlab erkak va ayollar, qariyalar, hatto, bolalar ham ingliz imperializmi va mustamlakachiligiga qarshi kurashda oliy maqsadga erishish uchun g„ayrat va jasorat ko„rsatib, Hindiston tarixida misli ko„rilmagan azob-uqubatlarga bardosh bera oldilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The national liberation movement led by Mahatma Gandhi has a special significance in Indian freedom struggle and Indian history as well as human history. The reason for this is that for the first time, the masses actively participated in such political actions. After all, Gandhi was able to involve the entire nation in the struggle for freedom. In these movements, millions of men and women, old people and even children showed zeal and courage to achieve the highest goal in the struggle against British imperialism and colonialism and endured unprecedented sufferings in the history of India

Текст научной работы на тему «AXLOQ VA AHIMSA TUSHUNCHALARINING O’ZARO BOG‘LIQLIGI»

AXLOQ VA AHIMSA TUSHUNCHALARINING O'ZARO BOG'LIQLIGI

Sherdor Nematjonovich Pulatov

Alfraganus universiti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, Falsafa fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD), dotsent v.b.

ANNOTATSIYA

Mahatma Gandi boshchiligidagi milliy ozodlik harakati Hindiston ozodligi kurashi va Hindiston tarixi, shuningdek, insoniyat tarixida alohida ahamiyatga ega. Buning sababi shundaki, birinchi martda bunday siyosiy harakatlarda omma faol ishtirok etdi. Zero, Gandi ozodlik kurashiga butun xalqni jalb qila oldi. Ushbu harakatlarda millionlab erkak va ayollar, qariyalar, hatto, bolalar ham ingliz imperializmi va mustamlakachiligiga qarshi kurashda oliy maqsadga erishish uchun g'ayrat va jasorat ko'rsatib, Hindiston tarixida misli ko'rilmagan azob-uqubatlarga bardosh bera oldilar.

Kalit so'zlar: Hindiston, Mahatma Gandi, axloq, ahmisa, milliy ozodlik, satyaghara, tuz qonuni, svarajni, iqtisodiy-siyosiy masalalar, Dandi.

ABSTRACT

The national liberation movement led by Mahatma Gandhi has a special significance in Indian freedom struggle and Indian history as well as human history. The reason for this is that for the first time, the masses actively participated in such political actions. After all, Gandhi was able to involve the entire nation in the struggle for freedom. In these movements, millions of men and women, old people and even children showed zeal and courage to achieve the highest goal in the struggle against British imperialism and colonialism and endured unprecedented sufferings in the history of India.

Keywords: India, Mahatma Gandhi, morality, ahimsa, national liberation, satyaghara, salt law, swaraj, economic and political issues, Dandi.

KIRISH

Mahatma Gandi dunyoqarashi shakllanishida qadimgi hind falsafasining o'rni juda muhim hisoblanadi. Qadimgi Hind falsafasi juda rang-barang bo'lib, ko'plab ta'limotlarni o'zida birlashtirgan. Qadimiy falsafiy tushunchalardan biri ahimsadir. Ahimsa ( ^if^TT) etimologik jihatdan uchta elementdan iborat: a ( 3f) (emas), hims (o'ldirish yoki jarohatlash fe'li) va a (I) (nominal qo'shimcha). Demak, birinchi ma'no, qotillik emaslik. Biroq, dastlabki bosqichda uning ma'nosi, shuningdek, muayyan holatlarda o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan jismoniy shikastlanish yo'qligini ham nazarda tutgan. Binobarin, uning ma'nosi shunchaki o'ldirish, tiyilishdan ko'ra, kengroq ekanligini

February, 2024

50

ham ko'ramiz, chunki hissani aniqlash uchun mavjudotning o'limi oqibatlarini aniqlash shart emas.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ahimsa haqidagi zamonaviy tushunchalarni ham birma-bir ko'rib chiqamiz. Ahimsaning zamonaviy konsepsiyasi deganda, asosan, Mahatma Gandi va qisman G'arb ta'sirida bo'lgan zamonaviy hindlar fikrlarini tushunamiz. U an'anaviy ahimsadan farq qiladi, biz uni alohida ta'riflashimiz mumkin.

Shuni ta'kidlashimiz mumkinki, Gandi ahimsa haqida quyidagi tavsifni beradi: "Ahimsa shunchaki o'ldirmaslikni anglatmaydi. Himsa g'azabdan yoki xudbin

maqsadda yoxud unga shikast yetkazish niyatida har qanday hayotga zarar keltirish yoki o'ldirishni anglatadi. Bunday qilmaslik - ahimsa".

An'anaviy ahimsaning uchta jihati mavjud bo'lib, bular: jismoniy, nutqiy (og'zaki) va aqliy. Aslida, hind tizimlaridagi barcha axloqiy tamoyillarni ushbu uch guruhga bo'lish mumkin. Ahimsaning eng keng tarqalgan an'anaviy ta'rifi, qadimgi hind manbasi Samkarada aytilganidek, tirik mavjudotlarga zarar yetkazmaslik (yoki urmaslik) "ahimsa apida praninam" bo'ladi. Ahimsa tirik mavjudotlarga (jiva) so'zi yoki xatti-harakati bilan zarar bermaslik (kaya, mana va vakya) bo'lsa, og'riq va azob (dubkha) esa shikastlanish belgilarini anglatadi. Shuningdek, qadimgi hind faylasufi Vyasa o'z sharhida yoga ahimsasini, bu barcha tirik mavjudotlarga nisbatan zulmning yo'qligi (sarvabhutanam anabhidrohah, tanaga zarar yetkazish niyatida hujum qilmaslik) sifatida ta'riflaydi. Qadimgi manba Kuralda esa, ahimsa uchun ishlatiladigan tamilcha so'z "innaseyyamai" (inna, zarar) zararsizlik deyiladi. Shunday qilib, ahimsa tirik mavjudotlarga zarar bermaslikning umumiy tamoyilidir, deb hisoblaymiz.

Ahimsa axloqiy tamoyil sifatida jismoniy harakat bilan chegaralanmaydi. Aksincha, harakat mohiyatini ongli niyat yoki ongsiz motiv hal qiladi. Binobarin, ahimsa o'zining jismoniy qulayligiga bo'lgan xudbinlik istagi yoki o'zgalar hisobiga boshqa xudbinlik istagidan salbiy ravishda yo'q bo'lishni anglatadi.

"Har qanday tirik mavjudotga zarar bermaslik, shubhasiz, ahimsaning bir qismidir. Ammo bu uning eng kam ifodasidir. Ahimsa tamoyili har qanday yomon fikr, ortiqcha shoshqaloqlik, yolg'on gapirish, nafratlanish, kimgadir yomonlik tilash orqali zarar bermaslik hamdir".

Bu tashqi ko'rinish (masalan, jismoniy shikastlanish)dan qat'i nazar, xudbinliksiz qilingan har qanday harakat yoki harakatsizlik zo'ravonlik, deb nomlanishini anglatadi. Ijobiy ravishda, sevgi (prem-^ÍH), do'stlik (maitri-ÍH^dl) yoki yaxshi niyat uchun qilingan har qanday harakat yoki harakatsizlik ham zo'ravonliksiz bo'ladi. Motiv asosida ahimsani aniqlashga urinish o'zini o'zi nazorat qilish va bog'liqlik

nuqtai nazaridan an'anaviy ta'rifning yangi shaklidir.

February, 2024

Ahimsa fidoiylik bilan bir xil emas, lekin shuni aytish mumkinki, fidoiylik ahimsaning dastlabki shartidir. Ahimsa nafaqat yaxshi yoki g'arazli niyatni, balki bu niyatni amalga oshirish uchun zarar yetkazmaydigan vositalarni (tashqi harakatni) ham nazarda tutadi. Shuning uchun yuqoridagi bayonot, ya'ni ahimsa xudbin harakatlardan voz kechishini anglatadi, ahimsaning old shartini tavsiflaydi. Darhaqiqat, ahimsa barcha tirik narsalar uchun javobgarlikni anglatadi. Nemis faylasuf-gumanisti Albert Shvaytserning fikriga ko'ra, "Axloq - barcha tirik narsalar uchun cheksiz javobgarlik". U "Axloq" atamasini hindlarning "dharma" so'zi, ijtimoiy burch bilan deyarli bir xil ma'noda ishlatadi". Hindistonning buyuk faylasuflaridan biri S.Radhakrishnan tushuntiradiki, "Keng ma'noda, dharma yolg'iz ahimsa, adharma bu himsa yoki yaratilishdan nafratlanishdir". Bu zamonaviy ahimsa konsepsiyasiga tegishli. Ushbu ikki qarashni birlashtirib, shuni aytish mumkinki, keng ma'noda, ahimsa barcha tirik mavjudotlar oldidagi mas'uliyatdir. Ammo bu mas'uliyat cheksiz yoki yo'qligi shubhali bo'lishi mumkin, chunki mas'uliyat hech bo'lmaganda imkoniyatlarimiz bilan cheklangan. Shuning uchun ahimsa, keng ma'noda, barcha tirik mavjudotlar oldidagi to'liq qobiliyatimizga muvofiq javobgarlikdir. Bu ta'rif juda zamonaviy, aytaylik, "gandichilik"ga to'la mos keladi, chunki u barcha ijtimoiy vazifalarni o'z ichiga oladi. Upanishadlar tushunilgan ahimsa bunchalik keng va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishi qiyin edi. Bu nafaqat hind urf-odatlariga mos kelmasligi, balki o'zining ma'nosi juda keng bo'lganligi sababli uni zamonaviy "ahimsa" tushunchasining umumiy, ammo noaniq tavsifi sifatida tushunish mumkin.

Hind axloqining o'ziga xos xususiyati shundaki, zo'ravonlik qilmaslik barcha tirik mavjudotlarga taalluqli. Jiva so'zi har bir tirik mavjudotni anglatadi. Masalan, Bhagavad Gitada qo'llaniladigan yana bir atama "sarvabhuta" (З^^сТ:), barcha mavjudotlardir. Radhakrishnan bir paytlar ahimsani zamonaviy tarzda "Barcha tirik mavjudotlarga nisbatan do'stlik hissi, hatto, hayvonlar hayotining eng past shakllarini ham o'zining mehribon quchog'ida qamrab olgan", deb ta'riflagan edi.

Ahimsaning do'stlik hissi sifatida tavsifi ezgulik va muhabbatga juda yaqin hisoblanadi. Mahatma Gandi ahimsani "universal do'stlik" bilan belgilaydi. Bundan tashqari, u xristian sevgisini ahimsa bilan birlashtiradi: "Men ahimsa talqinini qabul qilaman, ya'ni bu shunchaki zararsizlikning salbiy holati emas, balki bu sevgining ijobiy holati, hatto, yomonlik qiluvchiga ham yaxshilik qilishdir".

Xuddi shu kontekstda u sevgini "ahimsaning faol holati" deb ataydi. Gandining "ahimsa" tushunchasi "universal, ijobiy sevgi", degan ma'noni anglatadi. Gandi zo'ravonlik qilmaslikni ahimsaning sinonimi sifatida qabul qiladi, kuch ishlatmaslikka eng yaqin so'z "rahm-shafqat" ekanligini ta'kidlaydi. Gandining shaxsiy kotibi Mahadev Desai ham ahimsa "yumshoqlik", degan ma'noni anglatadi deb

yozadi.

February, 2024

Ahimsa turli yozuvchilar tomonidan ingliz tiliga o'ldirmaslik, shikast yetkazmaslik, nafratlanmaslik, zararsizlik, tajovuz qilmaslik, muloyimlik yoki yaxshi niyat yohud Gandi singari zo'ravonliksiz va sevgi sifatida tarjima qilingan. Lekin "ahimsa" atamasini "sevgi" kabi boshqa atama bilan almashtirish adekvat ta'rif emas. U holda bu ikkinchi muqobil so'zni yana yangi so'zlar bilan tushuntirishga to'g'ri keladi.

Agar biz ahimsani "sevgi" deb tarjima qilmoqchi bo'lsak, sanskrit tilidagi har bir so'zning o'z tarixi borligini, uning ma'nosiga zo'ravonlik qilmasdan osongina tarjima qilib bo'lmasligini yodda tutishimiz kerak, faqat o'z merosiga adolat qilish uchun.

Gandi shunday yozadi: ffTtRT Wïï Ш t, 44 tt UT ffTtRT

Wil cft cffrf^TRT c t I W WOffihTTcf)T

WëT t - I

fctcTRci % tsteT 11 c ti ft^nwстшш t, ^ t^

Pi и> ц чт f fc vRër Ь cc^T c ^rrt, ät % w^T c шт t tjsr c fiïf?r t I

Tarix muttasil davom etib kelayotgan urushlarning guvohidir. Lekin biz yangi tarixni yaratishga harakat qilyapmiz. Men shuning uchun aytyapman, qachonki, ahimsa haqida savol ko'tarilsa, men millatga vakillik qilaman. Qilich ko'tarish tamoyilini o'ylab, shu qarorga kelgandan so'ng uni tanladim. Uning imkoniyatlarini hisoblab chiqib, shu xulosaga keldimki, yovuzlik o'rniga sevgi-muhabbatni o'rnatish insonning burchi. Insonga xos narsa bir-biriga sevgi-muhabbatda bo'lishdir.

Buddaviylik "Mettasutta"da barcha mavjudotlar baxtli bo'lishini istashini salbiy ma'noda izohlaydi; hech kim birovni aldamasligi, birovni mensimasligi, birovga dardi va azob tilamasligi kerak. Demak, ezgu tilak yoki xayrixohlik va ahimsani ajratib bo'lmaydi, biri ikkinchisini tushuntiradi va to'ldiradi; ehtimol, xayrixohliksiz ahimsa va ahimsasiz xayrixohlik uchun imkoniyat bo'lmaydi.

Yana shuni qo'shimcha qilishimiz mumkinki, buddaviylarning "Brahmavihara" manbasida to'rt tomonlama meditatsiya mavjud bo'lib, u maitri "M- (xayr-ehson), kamna "ФЖ^к" (rahm-shafqat) mudita (boshqalarning baxtidan xursand

bo'lish) va upeksa (boshqalarning kamchiliklariga befarqlik)dan iborat

fazilatlarni o'z ichiga oladi. Ko'pincha bu fazilatlar ahimsaning zamonaviy konsepsiyasiga kiritilganga o'xshaydi yoki ular ahimsa bilan birlashib ketgandek tuyuladi.

Tadqiqotchi Gopinat Dhavan o'zining "Mahatma Gandining siyosiy falsafasi" dissertatsiyasida shunday yozadi: "Tolstoy zo'ravonlik qilmaslik, har qanday mavjudotga o'z xohish-irodasini majburan qabul qildirmoq, uni har qanday holatda majburlash jinoyat ekanligi haqidagi tushunchadan kelib chiqadi. Har bir majburlash zo'ravonlikdir. Shunday qilib, zo'ravonlik qilmaslik "o'z irodasini biron-bir mavjudotga yuklamaslik,

February, 2024

53

majburlamaslik, bo'ysundirmaslik", degan ma'noni anglatadi" deb yozadi.

Ammo buni ekspluatatsiya (ishlatish, foydalanish) qilmaslik atamasi bilan yanada to'ldirish mumkin. Ekspluatatsiya qilmaslik atamasiga ta'rif berish uchun mashhur nemis faylasufi Immanuil Kantga murojaat qilamiz. U amaliy imperativni quyidagicha izohladi: "Shunday ish tutingki, siz har doim insoniyatga o'z shaxsingizga yoki birovning shaxsiyatiga nisbatan hech qachon oddiy vosita sifatida emas, balki har doim bir vaqtning o'zida maqsad sifatida munosabatda bo'ling".

Bu ahimsa ta'rifi sifatida ham qo'llanilishi mumkin: "Hech qachon hech kimga vosita sifatida qaramang, balki har doim maqsad sifatida qarang". Ahimsa barcha jonli mavjudotlarga doim maqsad sifatida qarash kerakligini, hech qachon vosita sifatida munosabatda bo'lmaslikni anglatadi. Tirik mavjudotni vosita sifatida ishlatish uni ekspluatatsiya qilishdir, shuning uchun ahimsa ekspluatatsiya qilmaslik, ya'ni tirik mavjudotga maqsad sifatida qarashni anglatadi.

Gandi ko'pincha ahimsani boshqalarni ekspluatatsiya qilishdan bosh tortish sifatida ta'kidlaydi. Shunday qilib, ahimsa, kuch ishlatmasdan g'olib bo'lish, zo'ravonlikdan xoli bo'lgan, ekspluatatsiya bilan bog'liq bo'lmagan g'alaba qilishdir.

Ahimsaning zamonaviy konsepsiyasi har qanday jonzotni boshqalarning manfaati uchun ekspluatatsiya qilishdan saqlanishni anglatadi. Ya'ni, tirik mavjudotdan vosita sifatida foydalanish yoki uning erkin rivojlanishiga to'sqinlik qilishdir. Shuning uchun ahimsa jonli mavjudotlar, odamlar va hayvonlarning erkin rivojlanishiga aralashmaslikni anglatadi. Qisqacha aytganda, buni "Yasha va yashashga imkon ber" so'zlari bilan ifodalash mumkin.

REFERENCES

1. Young India, 4-11-26, p. 385.

2. Samkara : Shrimand Bhagavad Gita. Samkarabhasya Hindi-anuvad-sahita. Gita Press Gorakhpur, 1931. - P. 16.

3. Tahtinen Unto.Non-Violence as an ethical principle with a special Reference to the views of Mahatma Gandhi. Diss. .. .PhD Philosophy science. Banaras, 1957. - P. 19.

4. Mohammad Ali Modarresin. Gandhiji On The Harmony Of Religions- A Critical Study: Diss. .PhD. Philosophy science. Mysore. 2013. - P. 76

5. Albert Schweitzer. Civilization and Ethics. - London: A. & C. Black,1946. - P. 239.

6. Radhakrishnan S. Indian Philosophy. II , London: The Macmillan Co, 1951. - P. 223.

7. Radhakrishnan S. Eastern Religions and Western bthought. - London: Oxford University Press, 1940. - P. 26.

8. Gandhi, M. K. Communal Unity. - Ahmedabad: Navajivan, 1949. -

XULOSA

P. 18.

February, 2024

9. Radhakrishnan S. The Principal Upanisads. - London : George Allen & Unwin, 1953. -241 p.

10. ^ WT ,45 ШТ^ ^ W) ^^ ,( 65 (388 Gandi hikoya qilganida 45, (To'liq Gandi Vadrumaya (65-jild), p.

11. Dhawan Gopinath. The political philosophy of Mahatma Gandhi. - New Delhi. The Gandhi Peace Foundation, 1990. - P. 28.

12. Tahtinen Unto. Non-Violence as an ethical principle with a special Reference to the views of Mahatma Gandhi. Diss. .PhD Philosophy science. Banaras, 1957. - P. 26.

13. Po'Latov, S. N. M. (2020). Hindistonda pedagogic ta'limining rivojlanish bosqichlari. Scienceand Education, 1(Special Issue 1), 21-26.

14. Polatov, S. N. (2020). XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA HINDISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT. Academic Research In Educational Sciences, (4), 468474.

15. Po'Latov, S. N. M. (2021). MAHATMA GANDI FALSAFIY QARASHLARIDA "MUTLOQ G 'OYA" TUSHUNCHASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1134-1143.

16. Po'Latov, S. N. M. (2020). Rabindranat tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan hissasi. Scienceand Education, 1(Special Issue 1), 136-143.

17. Пулатов, Ш. Н. (2022). МАХАТМА ГАНДИ ФАЛСАФИЙ КОНЦЕПЦИЯСИДА "САТЯГРАХА" ТУШУНЧАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 890-896.

18. Pulatov, S. N. M. (2022). AHIMSA TUSHUNCHASINING FALSAFIY MOHIYATI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 162-166.

19. Po'Latov, S. N. M. (2022). MAHATMA GANDINING INSON TABIATI HAQIDAGI QARASHLARI. Academic research in educational sciences, 3(3), 10-19.

20. Pulatov Sh.N. The Concept of "Truth" in the Philosophical Views of Mahatma Gandhi// Akshara Multidisciplinary Research Journal Peer-Reviewed & Refereed International Research Journal, India // E-ISSN: 2582-5429 Vol.02 Issue V, 2021. -P. 12-18.

21. Пулатов, Ш. (2019). Философская концепция Махатмы Ганди. Востоковедения, 3(3), 214-224. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/oriental-studies/article/view/15683

22. ПУЛАТОВ, Ш. МАХАТМА ГАНДИ ФАЛСАФАСИДА "КУЧ ИШЛАТМАСЛИК" ЕОЯСИ. O 'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2020,[1/4] ISSN 2181-7324.

23. Пулатов, Ш. Н. (2023). МАХАТМА ГАНДИ ^АРАШЛАРИДА АХЛО^ИЙ КАТЕГОРИЯЛАР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(12), 483-490.

24. Пулатов, Ш. Н. (2023). ХИНД ФАЛСАФАСИДАГИ ИНСОН МАСАЛАСИНИНГ МАХАТМА ГАНДИ ^АРАШЛАРИГА

ТАСИРИ. International scientific journal of Biruni, 2(3), 96-103.

Multidisciplinary Scientific Journal

February, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.