Научная статья на тему 'LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI VA UNING ASOSI HAQIDA FIKRLAR'

LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI VA UNING ASOSI HAQIDA FIKRLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

822
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dars / innovatsion texnologiya / didaktik asos / metodika

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zafar Mardanovich Maxmudov, Bobur Salimovich Sharipov

Mazkur maqolada innovatsion texnologiyalarning mazmuni, lotin tili va tibbiy terminologiya fanini o’qitish jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik asoslari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI VA UNING ASOSI HAQIDA FIKRLAR»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1028-1033

LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYA FANINI O'QITISHDA

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI VA UNING ASOSI HAQIDA FIKRLAR

Zafar Mardanovich Maxmudov

Samarqand Davlat tibbiyot instituti Tillar kafedrasi o'qituvchisi

Bobur Salimovich Sharipov

Samarqand Davlat tibbiyot instituti Tillar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada innovatsion texnologiyalarning mazmuni, lotin tili va tibbiy terminologiya fanini o'qitish jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik asoslari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: dars, innovatsion texnologiya, didaktik asos, metodika.

ABSTRACT

In this article was written about the importance of innovative technologies and the usage of innovative technologies in Latin language and medical terminology.

Keywords: lesson, didactic bases, innovative technology, methodology.

KIRISH

Ta'lim - inson faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta'lim tizimida inson faoliyati bilan bog'liq ko'pgina muammolarni hal etish zarur. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnika jarayonining o'zgarishi bilan bog'liq ta'limning yangi nazariyasini yaratish, ya'ni fanni jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylantirish va amaliy ko'rsatkichlarini rivojlantirish natijasida amalga oshirish mumkin.

Innovatsion texnologiya barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi jarayonni tashkil qilishning ilmiy-usuliy asosi bo'lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan innovatsion texnologiyalar tahsil oluvchini mustaqil mutolaa qilish, bilim olish, erkin fikrlay olishga o'rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan-yangi vazifalarni yuklamoqda. Ayniqsa, bu oliy ta'lim tizimida yaqqol ko'zga tashlanib turgani hech kimga sir emas.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1028-1033

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'z navbatida boshqa fanlar qatori tibbiyot yo'nalishlarining umumkasbiy fanlar guruhiga kiruvchi lotin tili va tibbiy terminologiya fani o'qituvchisi ham innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari, vositalari, pirinsip va tamoyillarini bilishi lozim. Hozirda ta'limni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo'lib, ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo'llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:

o har bir talabaning innovatsion texnologiyalarda o'rganadigan bilimini qay darajada o'zlashtirishi mumkinligini;

o har bir innovatsion texnolgiyalarni axborot texnologiyasi orqali tushuntira olishni;

o axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilishni; o fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlarni; o axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolarini; o sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullarini; o axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalarini; o o'quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo'llay olishni;

o universal va muammoli-masofaviy innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni; o axborotni modellashtirish asoslarini; o o'qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini; o global internet kompyuter tarmog'idan foydalanishni; o o'quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo'llashni; o o'quv jarayonida elektron pochtadan foydalanish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishni;

o diskka yozilishi mo'ljallangan o'quv predmeti strukturasi, mazmunini ishlab chiqishni;

o mustaqil ishlash, o'zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar to'plamini ishlab chiqishni;

o bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni o'tkazishni;

o materialni chuqur o'rganish uchun manbalar ro'yxati, adabiyotlar katalogi, ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqishni

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1028-1033

o telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil ishlar uchun mavzular ro'yxatini tayyorlash, hamda zoom, big blue batton kabi dasturiy ta'minotlardan foydalanishni;

o o'quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniqlashni;

o o'qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo'yicha taklif berishni;

o nazorat ishlarini o'tkazish va tahlil qilishni.

MUXOKAMA VA NATIJALAR

Aynan innovatsion texnologiyalardan foydalanish istiqbolli masalalarni hal etib berar ekan, uning didaktik asosi qanday, shu haqida to'xtaladigan bo'lsak: Lotin tili va tibbiy terminologiya fani darslari jarayonida innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari quydagilarga asoslanadi:

a) innovatsion texnologiyalardan foydalanish tamoyillari;

b) innovatsion texnologiyalardan foydalanish vositalari;

d) innovatsion texnologiyalardan foydalanish shakllari (guruhli yoki individual); Lotin tili va tibbiy terminologiya fanining darsi jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik tamoyillariga quyidagilar kiradi: a) ilmiylik; b) loyihalanish; d) tizimlilik; e) yo'naltirilganlik; f) faoliyatli yondashuvlilik; g) boshqaruvchanlik; h) tuzatuvchanlik; i) natijaviylik ( samaradorlik) j) takrorlanuvchanlik; k) tejamlilik;

Ushbu tamoyillar o'zaro bog'liq bo'lib, ular bir-birini to'ldiradi. Bu tamoyillar asosida o'quv jarayoni tashkil etiladi va o'qitish jarayoni amalga oshiriladi.

Endi shu tamoyillar mazminiga qisqacha to'xtalib o'taylik.

Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil har qanday o'quv predmeti o'quv materiali fanning zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini ko'rsatadi. Bu tamoyil o'quv dasturlari, o'quv qo'llanma, darsliklarini yaratish jarayonida amalga oshiriladi.

Ilmiylik tamoyiliga ko'ra har yili fanlarning ishchi o'quv rejalari va o'quv materiallarini takomillashtirish talab etiladi. Bu borada mt.sammi.uz platformasida talabalarning mustaqil ta'lim olishi uchun qilinayotgan ishlarni ham ta'kidlab o'tish mumkin.

Loyihalanish tamoyili. Bu tamoyil o'quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarni o'quv jarayoni grafigi, ishchi o'quv reja, fanning ishchi o'quv dasturi, fanning bo'limlarning o'quv maqsadlari toifalari, o'qitish jarayoni texnologiyasi egallangan bilim va malakalarni baholash mezonini yaratishni anglatadi. Ishlab chiqilgan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1028-1033

hujjatlar asosida o'quv jarayoni amalga oshiriladi. Bu hujjatlarning barcha bandlariga rioya etilishi rejalashtirilgan natijaga erishishni kafolatlaydi.

Tizimlilik tamoyili. Bu tamoyilga ko'ra o'quv jarayonining barcha elementlari, ularning o'zaro bog'liqlik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda o'quv jarayonining barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati o'quvchi -talabalarni o'qitishga rag'batlantiradi.

Ma'lumki ishlab chiqarish jarayoni ikki qismdan:

1. Ishlab chiqarishga tayyorlash; 2. Texnologik jarayondan iborat. Xuddi shunday o'quv jarayoni ham ikki qismdan: o'quv jarayonini tayyorlash va o'qitish jarayonlaridan iborat deb aytish mumkin.

O'quv jarayonini tayyorlash qismida - o'quv jarayoni grafigi va ishchi o'quv reja, mashg'ulotlar jadvali tuziladi. Tegishli fanga oid o'quv-uslubiy materiallar va boshqa kerakli hujjatlar ishlab chiqiladi. O'qitish jarayoni qismida bilimlar, malakaga ega bo'lish va ular sifatini baholash amalga oshiriladi. Talabalar ijodiy kompetensiyasi shakllanishiga ko'maklashiladi.

Maqsadga yo'naltirilganlik tamoyili. Har bir fanni o'qitish jarayoni ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Buning uchun o'qitishning eng ko'p tarqalgan ta'rifini keltirish yetarlidir.

"O'qitish - o'qituvchi va talaba orasidagi munosabatning maqsadga yo'naltirilgan jarayoni bo'lib, uning davomida inson ma'lumotli bo'ladi." Ushbu ifodadan o'qitish sifati maqsadlarni shakllantirish sifatiga bog'liq ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

Faoliyat yondashuvi tamoyili. Ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi murakkab yuqori texnologiyalarni qo'llash, ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi. Bunda fan nafaqat ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga, balki ishlab chiqarish ham fanning tez sur'atlar bilan rivojlanishiga sharoit yaratadi. Bunday sharoitda faoliyat yondashuviga tayangan o'quv jarayonining samaradorligi oshadi, ya'ni biror faoliyatni "yuz bor ko'rgandan ko'ra, bir bor bajargan afzal" degan tamoyilga asoslanib tashkil etilishi kerak. Oliy ta'limi tizimi muassasalari uchun bu tamoyil o'ta muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi sharoitda, pedagogika fanida mavjud "nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqlik tamoyili" sifat jihatidan ya'ni ma'noga ega bo'lgan "faoliyat yondashuvi tamoyili" ko'rinishda aks ettiriladi. Bunda "faoliyat" tushunchasining mohiyati o'z ichiga maqsad, vosita va jarayonni qamrab oladi.

O'quv jarayoni, bo'lajak mutaxassisning o'quv faoliyati sifatida tasvirlanadi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE б j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-6-1G28-1G33

Boshqaruvchanlik tamoyili. O'quv jarayoni boshqariladigan taqdirda o'qitishning rejalashtirilgan natijasiga erishish mumkin. Boshqarish- jarayonni rejalashtirilgan sharoitda amalga oshirish, o'qitish maqsadlariga erishish dasturini ro'yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. O'qitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish teskari aloqani ta'minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko'zlangan natijaga erishish uchun vosita va uslublarni o'zgartirish orqali o'qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarish tamoyili o'qitish jarayoniga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish mumkinligini ko'rsatadi.

Qayta takrorlanish tamoyili. Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, zaruriy miqdordagi mahsulot tayyorlash, oldindan tayyorlangan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu esa qancha mahsulot ishlab chiqarish kerak bo'lsa, shuncha marta texnologik jarayon qayta takrorlanishini anglatadi. Texnologik hujjatlarning mavjudligi tufayli texnologik jarayonni ko'p marotaba qayta takrorlash mumkin. Ishlab chiqarish -texnikaviy sohadagi ushbu yondashuv "Texnologiya" fanining paydo bo'lishi bilan bog'liq. Ishlab chiqarishda texnologik jarayonni amalga oshirish uchun texnologik xaritalar tayyorlanadi.

O'quv jarayonini tashkil etishda, qayta takrorlanish tamoyili ham shunga o'xshash ahamiyatga ega. Qayta tayyorlanish tamoyili ma'lum fan bo'yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologik xaritani turli guruhlarda, turdosh ta'lim muassasalarida boshqa sub'yektlar bilan ko'p marotaba takroriy qo'llash imkoniyatini yaratadi.

Samaradorlik tamoyili. Ushbu tamoyil, innovatsion texnologiyalarni o'qitishning ko'zlangan natijalariga maqbul hujjatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishni ko'rsatadi. O'quv jarayonining samaradorligiga pedagogik texnologiyalarning yuqorida bayon etilgan tamoyillari - ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, maqsadga yo'naltirilganllik, faoliyat yondashuvi, boshqaruvchanlik, qayta takrorlanuvchanlikni amalga oshirib erishiladi.

Ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Bu tushunchalar lug'aviy jihatdan (yunoncha "humanus"-insoniylik, "humanitas"-insoniyat) bir o'zakka ega bo'lsa-da, ularning har biri o'ziga xos ma'nolarni ifodalaydi. Insonparvarlashtirish ta'lim muassasalarida o'rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya va h.k.) kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish-bu inson va jamiyat o'rtasidagi yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning q adr-qimmati, sha'ni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1028-1033

faoliyatini tashkil etish bo'lsa, insoniylashtirish barcha sharoitlar inson va uning kamoloti uchun degan g'oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni sanaladi. Bunga misol qilib bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning o'qituvchi shaxsini ulug'lash borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslari asosida qilina yotgan ishlarni aytib o'tish joiz.

Ta'limning uzluksizligi tamoyili. Mazkur tamoyil o'quvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo'lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri davomida asqotishi mumkin bo'lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero mavjud bilimlar har besh-o'n yil mobaynida o'zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak mazkur tamoyil o'qituvchining o'z faoliyatida mustaqil ta'limni tashkil etishga e'tibor berishi, pedagog yetakchiligini ta'minlagan ta'limdan o'quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.

Dars-muqaddas tushuncha. Ta'lim jarayonini va darsni sifatli bo'lishini esa innovatsion texnologiyalar belgilab beradi. Lekin bugungi kun o'qituvchisi, pedagogi shunday bo'lishi darkorki, har bir yangi innovatsion texnologiyani o'quvchilarning milliy ruhiyatiga, tafakkuriga ijobiy ta'sirini ko'rsata olishi darkor. Har bir darsda qo'llaniladigan innovatsion texnologiya o'quvchilarda vatanparvarlikni, mehnatsevarlikni va turli tarbiyaviy jihatga ega bo'lishini uqtirishi lozim. Buning uchun innovatsion texnologiyalarning dars jarayonida foydalanishning didaktik tamoyillarni to'g'ri tanlash va uni yo'naltirishni bilish zarur.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tsak bo'ladiki, Samarqand Davlat tibbiyot institutida innovatsion texnologiyalarni qo'llash, ulardan samarali foydalanish uzviy yo'lga qo'yilgan bo'lib, ularning natijasi o'laroq lotin tili va tibbiy terminologiya fanida ham innovation texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda.

REFERENCES

1. Ibodullayeva Z.J. " Masofaviy o'qitish texnologiyalari" fanidan elektron bilimlar omborini yaratish. Mag.dis. - Toshkent, 2012. 14-b.

2. Ротмистров Н.Ю. Мультимедиа в образовании. // ИНФО, 1994. № 4. С.89-96

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.