Научная статья на тему 'AVTOMOBIL OYNALARGA MEXANIK ISHLOV BERISH JARAYONLARIGA MOYLASH SOVUTISH TEXNOLOGIK VOSITASINING TA’SIRI'

AVTOMOBIL OYNALARGA MEXANIK ISHLOV BERISH JARAYONLARIGA MOYLASH SOVUTISH TEXNOLOGIK VOSITASINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

CC BY
220
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MST / anionaktiv / neionogen / SFM / sulfidlar / sovun / xloridlar / fosfidlar / MST / anionic / neionogenic / SFM / sulfides / soaps / chlorides / phosphides

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — Yunusali Yuldashaliyevich Xusanov, Rashidjon Yorkinjon O‘g‘li Ro‘ziyev

Ushbu maqolada avtomobil oynalariga mexanik ishlov berish jarayonlariga moylash sovitish texnologik vositasining ta’sirlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECT OF LIQUID COOLING TECHNOLOGY ON MECHANICAL PROCESSING PROCESSES OF CAR WINDOWS

This article describes the effects of lubrication and cooling technology on the mechanical processing of car windows.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL OYNALARGA MEXANIK ISHLOV BERISH JARAYONLARIGA MOYLASH SOVUTISH TEXNOLOGIK VOSITASINING TA’SIRI»

AVTOMOBIL OYNALARGA MEXANIK ISHLOV BERISH JARAYONLARIGA MOYLASH SOVUTISH TEXNOLOGIK VOSITASINING

TA'SIRI

Yunusali Yuldashaliyevich Xusanov Rashidjon Yorkinjon o'g'li Ro'ziyev

Farg' ona politexnika instituti Farg' ona politexnika instituti

t.f.f.d. (PhD) dotsent magistrant

yunusali 1987@mail.ru rashidjon4145@mail.ru

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada avtomobil oynalariga mexanik ishlov berish jarayonlariga moylash sovitish texnologik vositasining ta'sirlari keltirilgan.

Tayanch iboralar: MST, anionaktiv, neionogen, SFM, sulfidlar, sovun, xloridlar, fosfidlar

EFFECT OF LIQUID COOLING TECHNOLOGY ON MECHANICAL PROCESSING PROCESSES OF CAR WINDOWS

ABSTRACT

This article describes the effects of lubrication and cooling technology on the mechanical processing of car windows.

Keywords: MST, anionic, neionogenic, SFM, sulfides, soaps, chlorides, phosphides

KIRISH

Har bir kesib ishlov berish operasiyasi uchun texnologik ishlov berish parametrlari: ishlov berishga sarflanadigan energiya miqdori, asbobning yemirilish jadalligi va ishlov berilgan detallar sifati muhim sanaladi. Muammolar qiymatini ham global masshtabda, ham aniq texnologik jarayon doirasida baxolash qiyin. Muammoning eng maqbul yechimi muhimligi aviasiya, energetika, elektronikaning rivojlanishi natijasida o'sadi. Ushbu yo'nalish nafaqat mashina detal va uzellarining ishqalanishi, balki kesib ishlov berish operasiyalari uchun ham to'g'ridir. Shuning uchun moylay-sovutish muhitining (MS) o'rni o'ta yuqori. Yangi texnologik moylash materiallarini yaratish, yuqori unumdorlikka ega qo'shimchalarni to'g'ri tanlash kesib mexanik ishlov berish jarayonlarining takomillashishi uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Samarali MS muhitini yaratish va qo'llash kabi aniq yuksalish bilan bir qatorda ushbu sohada yana ko'pgina yechilmagan muammolar, birinchi navbatda kesish sohasidagi muhitga fizik-kimyoviy aspektlarning ta'sirini o'rganish bilan bog'liq muammolar mavjud. Ma'lum bo'ladiki, umumiy tribologiya, fizikaviy va kolloid kimyo

sohasida yig'ilgan bilimlardan foydalanmasdan turib yangi MSVlardan oqilona foydalanish imkonini bermaydi.

MSV tarkibi va texnik uzatish to'g'risidagi muammoni yechishning boshlang'ich nuqtasida ushbu operasiyaga tashqi muhit qanday ta'sir ko'rsatishi haqida yaqqol tushunchaga ega bo'lish zarur. Bu muayyan darajada uning funkional xossalariga bo'lgan talablarni oldindan aniqlab beradi. Shishalarni jilvirlashda MSVlarni qo'llash tajribasi kam yig'ilganligi bois ushbu operasiya uchun MSVning u yoki bu texnologik xossalarini amalga oshirish muammosi "abraziv-shisha-muhit" tizimida o'zaro to'qnashish bo'yicha, ayniqsa, abraziv ishlov berishda mexanik ta'sir natijasida shisha materiallarini pachoqlanish bo'yicha maxsus tadqiqotlar olib borishni talab qiladi. Mavjud tasavvurlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, olmos bilan jilvirlash sharoitida MSVdan foydalanish kesish maydonida issiqlik ajralishini kamaytirishi; ishqalanishni kamaytirishi va diffuzion hamda adgezion jarayonlarni kechish jadalligini oshirishni ta'minlashi kerak.

TAHLIL

Sovutish. Nazariy hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki [1], sovutgichlarni (suvning issiqlik fizik xarakteristiklari bilan) qo'llash butun issiqlik manbasining ta'sir sohasidagi haroratni 5% dan ko'p bo'lmagan qiymatda tushirishini kutish imkonini beradi. Bunda yuqori issiqlik o'tkazuvchanlik, issiqlik sig'imi, par hosil qilish yashirin issiqligi va kam qayishqoqlikka ega suyuqliklar eng ko'p sovutish qobiliyatiga ega suyuqliklar hisoblanadi. Ushbu talablarga eng ko'p darajada suv javob beradi (suvning sovutish imkoniyati moyga nisbatan to'rt marotaba ko'p), shu sababli sovutgich sifatida suvdan foydalaniladi. Jilvirlash asbobi bilan ishlov berilayotgan detal to'qnashish sohasida hamda tashqi muhitda issiqlik almashinuvi bir necha tartibda amalga oshirilishi mumkin: konvektiv issiqlik almashuvi, pufakchali qaynash, plyonkali qaynash.

Jilvirlash operasiyalarida MSV issiqlik hosil qilish va issiqlikni uzatish jarayonlarida faol qatnashadi. Yakunlovchi ijobiy effektni shartli ravishda to'qnashish vaqtida kechadigan bir necha birlamchi effektlarga bo'lish mumkin. Birinchi effekt jilvirlash asbobining zagotovkaga ishqalanish kuchini kamaytirish va bu orqali to'qnashish sohasida issiqlik hosil bo'lishini kamaytirishdan iborat. Ikkinchi effekt konvektiv issiqlik almashinuvi bo'lib, u jilvirlash sohasidagi issiqlikni chiqarib tashlashni ta'minlaydi. Uchinchi effekt ta'siri jilvirlash tezligi muayyan va yet arlicha katta qiymatdan (60-90 m/s) ko'p bo'lmagan sharoitda o'zini ko'rsatib, qaynashi va to'qnashish sohasidagi enegriyaning bir qismini chiqarib yuboradi. To'rtinchi effekt MSV va jilvirlash sohasi o'rtasidagi issiqlik o'tkazuvchanlik hisobiga issiqlik almashinuvidan iborat. Ko'rsatib o'tilgan effektlarning taxminiy ulushi jami hosil bo'lgan issiqlikning 9%, 5%, 19% hamda 4% na tashkil qilib, qolgan issiqlik jilvirlash jarayoni qatnashchilari o'rtasida taqsimlanadi va quyilayotgan MSV bilan chiqarib

yuboriladi. Bir qator ishlarda [2] ko'rsatilganki, etilenglikolning suvdagi 8-12% li qorishmasi eng yaxshi sovutish xususiyatlariga ega ekan.

Ayrim jilvirlash jarayonlarida, masalan polikorundli keramikada, sifatli yuzaga ishlov berishning asosiy mezoni bo'lib to'qnashish sohasidagi harorat hisoblanadi va bu bilan bir qatorda sovutish ishlov berish jarayonlarida muhim o'rin tutadi.

Ishlov berish sifatiga muhitning moylash layoqati muhim ta'ir ko'rsatadi. Materiallarga olmos-abraziv bilan ishlov berishda moylash mexanizmi o'ta murakkab hisoblanadi. Ishchi muhitga moylash ta'sirini kamida uch xil jihatga ajratiladi: mexanik, fizik-mexanik va kimyoviy. Mexanik jihat o'ziga zagotovka bilan to'qnashishda gidrodinamik moylash maromini oladi, bufer effekt -diskret to'qnashish sohasida nisbatan qalin egiluvchan plyonkani hosil qilish qobiliyati bo'lib, u o'zaro to'qnashish yuzalaridagi deformasiya jarayonlarini kamaytiradi, shuningdek gidrodinamik moylash to'qnashishi og'ir ishqalanish ta'sir sharoitida yuzaga chiqadi. Muhitlarning moylash ta'sirining mexanik aspekti MSVni jilvirlash jarayonida to'qnashish sohasiga uzluksiz va barqaror yetkazib berilgandagina hosil bo'lishi mumkin.

Hozirgi vaqtda MSVning fizik-kimyoviy va kimyoviy ta'siriga alohida e'tibor berilmoqda [3, 4]. Bu ishlov berilayogan materiallar bilan muhitning fizik-kimyoviy va kimyoviy o'zaro ta'siridagi jarayonlarning murakkabligi bilan bog'liq va natijada ikkilamchi struktura hosil bo'ladi.

MSVningyuvish mexanizmi o'ta murakkab bo'lsa-da, ammo muhit yuqori yuvish faoliyatiga ega bo'lishi uchun u faol moylash effektini ko'rsatishi kerak. MSVning an'anaviy yuvish layoqati ishlov berilayotgan materiallar hamda abraziv asbobning kesish sohasini ajralgan mayda shlamlardan tozalanish darajasi bilan aniqlanadi. Ayniqsa keramikani olmosli kesuvchi asboblar bilan tekis jilvirlanganda muhitning yuvish ta'siri keskin muammo tug'diradi, ya'ni shlamni to'qnashish sohasidan y uvib yuborish qiyin kechadi. MSVning yuvuish ta'siri asbobning yeyilishiga, issiqlik va ishlov berish keskinlik kuchiga hamda bu orqali ishlov berilgan yuza g'adir-budirligini shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Samarali yuvuish ta'siriga SFM [1, 4] qorishmalar ega bo'lib, ular shlam zarralari yuzalarida ishqalanayotgan juftlar adgeziyasini yo'qotuvchi adsorbsion-moylash plyonkalarini hosil qilishga layoatli.

Yuvish qo'shimchalari sifatida anionaktiv va neionogen SFMlar, shuningdek ularning aralashmalarini qo'llash keng tarqalgan. Asosan kaliy, natriy va naften, yog'li va sulfokislota uch etanolamin sovunlari anionaktivlardan foydalaniladi. MSV tarkibidagi neionogen SFMlar sifatida oksietilli yog'li kislotalar va yog'li kislotalar efiridan foydalaniladi.

Boshqa tomondan tadqiqotchilar tomonidan [1] 0,1..10 mkm ajralgan mayda zarralardan aylanma MSVlarni jiddiy tozalash kerakligi bir necha marotaba ko'rsatilgan. Jilvirlash sharoitida ularning mavjudligi abraziv asbobga, ayniqsa mayda donali asboblarga tuzlarni o'rnashib qolish nuqtai nazaridan o'ta xavfli. Agar katta

shlamni chiqarib yuborish filtrlovchi va syentrfugalash qurilmalari yordamida amalga oshirish mumkin bo'lsa, mayda, ayniqsa neferromagnitli shlamlarni ushbu usul yordamida chiqarib tashlash samarasiz hisoblanadi.

B.V.Deryagin va N.D.Shukakidze [5, 6] noaniq shakldagi mayda magnit bo'lmagan chiqitlar ifloslangan suyuqliklarni f mikroflotasiya jarayonini jadallashtirish hisobiga tozalash istiqbolli ekanligini ko'rsatdilar. Mayda dielektrik shlamni mikroflotasiyasini jadallashtirish inogen SFMlardan foydalanib, elektr statik itarish kuchi to'sig'idan o'tish va qirindi yuzalarini hamda havoda qorishgan pufakchalarni qayta zaryadlanish hisobiga amalga oshiriladi.

Qo'shimcha mexanik vositalardan foydalanmasdan mikroflotasiya hisobiga ajralgan mayda shlamlardan aylanma MSVlarni tozalashni jadallashtirishni MSVning yuvish funksiyasini yuzaga keltiruvchi

deb hisoblash mumkin. 1-pacM. Metallarning f ishqalanish koeffitsentiining

Samarali MSVlarni qo'llash oynalarni k°ntaktli. temperatura T ga sxemalashtirilgan

boglqligi:

jilvirlash jarayonining asosiy ko'rsatkichlarini 1-toza mineral y^^ar 2-alifatik k^tota^ 3-suv

eritmali qo'shimchalar, 4-alfatik kislotalar va suv

muhim tarzda yaxshilashi mumkin. Jilvirlash eritmali qo'shimchalar aralashmasi. suyuqligi muhim mexanik funksiyani bajaradi: u jilvirlash natijasida hosil bo'lgan zarralarni yuvib tashlaydi va ishqalanish natijasida hosil bo'lgan issiqlikni chiqarib yuboradi. Bundan tashqari, u fizik-kimyoviy ta'sir ko'rsatib, jilvirlash jarayonini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.

Shishaga ishlov berishda MSVning fizik-kimyoviy tabiati ta'siri [7, 8] ishlarda ochilgan. Jilvirlash asbobi yaratayotgan kuchlanishlar ta'siri ostida mo'rt tanaga mexanik ishlov berishda ishlov berilayotgan yuzalarga tutash qatlamlarda mikro yoriqlar kengayadi va buzilishdan oldingi zonalar paydo bo'ladi. Agar ishlov berish tanani ho'llovchi suyuqlik bilan olib borilsa, u holda suyuqlik mikro yoriqlar zonasiga kiradi va kuchlanish olib tashlanayotganda ularni bitib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Bunday suyuqlikda yoriqlarning paydo bo'lish jarayoni teskari xarakterga ega. Suyuqli k va qattiq jism o'rtasida qanchalik ko'p o'xshashlik bo'lsa, xo'llanish qanchalik yuqori bo'lsa, pachoqlanish shunchalik kuchli bo'ladi. Shunday qilib, shishani jilvirlashda MSVning dispergilash va platifisirlash ta'siri afzal bo'ladi.

Tayanch suyuqlik. Amaliyotda ko'pincha oynalarni jilvirlash suvni uzatish orqali olib boriladi. Birinchidan, suv topish eng oson va ekologik xavfsiz sovutish suyuligi hisoblanadi. Ikkinchidan, suv shishaga nisbatan muayyan kimyoviy faollikka ega. Suv qalinligi 0,5 mkm atrofida bo'lgan mikroskopik yoriqlar ichiga kiradi va ularda shisha siniqlarini bo'yashni yengillashtiruvchi gidrolitik bo'rtish hosil qiladi .

Bundan tashqari, shikastlangan qatlamning nuqsonli joylarida molekulyar kuch ta'sirida ingichka suyuq plyonka hosil bo'lib, u qo'p aralashmaga nisbatan boshqacha xossalarga ega bo'ladi. Avvalo uning katta elastiklikka egaligi uni qattiq tanalarga yaqinlashtiradi. Solvat qatlam deb nomlanuvchi ushbu qatlam mikroskopik yoriqlarni pona shaklida berkitadi va jilvirlanayotgan shishaning dispergirlanishini tezlashtiradi.

Suv shishaning sirt energiyasini jiddiy ravishda kamaytiradi. [9] ishda turli suyuqliklarning shisha sirt energiyasiga ta'siri keltiriladi. Unga ko'ra quyidagicha sirt energiyasi qiymatlari olingan: vakuumda - 126, vazelin moyda - 1000, nitrobenzolda -800, izoamil va izobutil spirtlari aralashmalarida - 660, etil spirtida - 550 va suvda 3000 erg/sm1.

Aralashmalar bilan shishani xo'llangandagi o'lchash natijalari ko'rsatadiki, natija aralashma tabiatiga bog'liq. Masalan, suv va etil spirti aralashmasi uchun sirt tarangligi "shisha-suv" qiymatidan "shisha-spirt" qiymatigacha bir xil o'zgaradi. Qutblanmagan dielektrik suyuqliklar bilan ho'llanganda boshqa natijalar kuzatiladi. Masalan, "suv-benzol" aralashmasida "shisha-suv" o'xshashligi shunchalik ko'pki, qorishmadan namlik sirtda adsorbsiyalanadi va o'lcham natijalari "shisha-suv" chegarasiga mos keladi. Suv vazelin moyida ko'p erishi natijasida "vazelin moy - suv" aralashmasi sirt tarangligi "moy-shisha" chegarasi qiymatidan farq qilmaydi.

Shunday ma'lumotlar borki, unga ko'ra suv harorati shishani jilvirlash jarayoni jadalligiga ta'sir ko'rsatadi [9]. Birinchidan, suv haroratining ko'tarilishi bilan shishadan birlik vaqt ichida olib tashlanayotgan zarralar miqdori ko'payadi. Ikkinchidan, jilvirlash tezligining maqbul qiymati kamayadi. Shaybaning shishaga ishqalanish natijasida issiqlik ajraladi, u esa ishqalanish yuza haroratini ko'taradi. To'qnashish yuza harorati jilvirlash asbobining bosimi va xossalariga, xususan, uning g'ovakligiga bog'liq. Kam g'ovaklikka ega zich jilvirlash asbobi suv bilan to'yingan g'ovakli asbobga nisbatan issiqlikni yomon chiqarib tashlaydi. Muayyan tezlik oshirilganda issiqlik ajralishi shu qadar ko'payadiki, ishlov berilayotgan shishada mahalliy yumshash ro'y berib, uning mo'rtligi kamayadi va shu sababli shishaning jilvirlanishi pasayadi. Jilvirlanayotgan muhit harorati qanchalik yuqori bo'lsa, yumshash hodisasining vujudga kelish tezlishi kam bo'ladi, shu sabadan jilvirlashning maqbul tezligi qiymati shisha tarkibiga bog'liq bo'ladi, chunki tarkib uning qayishqoqligini aniqlaydi.

Suvdan tashqari boshqa tayanch suyuqliklardan foydalanish haqida ma'lumotlar mavjud. Boshqa suyuqliklar qo'llanilganda shishaning jilvirlanish tezligi o'zgaradi. Ta'sir samaradorligi shisha tipiga bog'liq. Murakkab tarkibli shisha uchun eng samarali suyuqlik bo'lib suv hisoblanadi. Kvarsli shishaga abrazivning skipidardagi eritmasi eng samarali ta'sir ko'rsatadi. Bunday ta'sirning sabablari ma'lum qilinmagan.

Tayanch suyuqlik sifatida spirtning suv aralashmalaridan jilvirlash jarayonlarida foydalanish samaradorligi haqidagi ma'lumotlar mavjud [2]. Avvalo spirtlar suvning

bug'lanish issiqligini oshiradi, shu bilan ularning sovutish qobiliyotini ko'paytiradi. Masalan, [1] ishda bir qator suyuqliklarning (elektrolitlarning suvdagi eritmasi, SFM, spirtlar, emulsiyalar) termografik tadqiqot ma'lumotlari keltirilgan bo'lib, eng samarali sovutish suyuqligi bo'lib etilenglikolning suvdagi eritmasi ekanligi ko'rsatilgan. Bunday qayishqoqlik ega etilenglikolning suvdagi 8-12% eritmasi bug'lanish harorati bo'yicha suvdan 35% oshib ketdi.

Monokristal yarimo'tkazgichlarga ishlov berishda spirtlar ta'sirining kimyoviy jihatiga e'tibor berilgan. Tadqiqotlar ko'rsatadiki, yarimo'tkazgichlarning toza (yuvenil) yuzasi reaksiyaga layoqatli va katalitik faol hisoblanar ekan. Gazli xromatografiya usuli bilan suvga, alifatik spirtlarga va o'zining tarkibida radikal zanjir - ON mavjud ayrim boshqa eritmalarga yarimo'tkazgichlarning adsobrsion faolligi aniqlangan. Yarimo'tkazgich sirti vodorod bilan faol kimyoviy ta'sirga ega bo'lganligi natijasida spirtlarning degidratasiya hodisasi ro'y berishi, sirtda esa qo'shimcha adsorbsiya markazlari paydo bo'lishi aniqlangan. Yaxshi dispergir xususiyatga ega bo'lgan spirtlar moylash xizmatini bajaraolmasligi aniqlangan. Mo'rtlashish sabablari - yuzalarda plastik deformasiya dislokasiyalarining sirtga chiqishiga to'sqinlik qiluvchi katta kimyoviy bog'lanishlar hosil bo'lishi bilan izohlanadi.

Funksional qo'shimchalar. Zamonaviy talablar davrida suv va boshqa tayanch suyuqliklar yetarli texnologik samaradorligi bilan ajralib turmaydi, shu sababli tayanch suyuqliklar tarkibiga o'ziga xos kimyoviy birikmalar - qo'shimchalarni kiritish talab etiladi. Suvli MSVlar uchun eng muhim qo'shimchalarga korroziya engibitorlari, biosidlar, antiko'piklashtiruvchilar va boshqalar mansub [10]. MSV tarkibi jilvirlash jarayonining deyarli barcha parametrlariga - jilvirlash kuchi, harorati, asbob yemirilishi va ishlov beriladigan yuza sifatiga ta'sir ko'rsatadi.

Elektrolitlar. Shisha asosidagi materiallarga mexanik ishlov berishda qo'llaniladigan hammaga ma'lum suv eritmasidan iborat sovutish-moylash suyuqliklariga elektrolit qo'shimchalar - uch etanolamin, ho'llovchi OP-7 va OP-10, nordon oltingugurt nikeli, buralar, natriy nitriti, kalsinasiyalangan kukun va b. - turli konsentrasiyalarini qo'shish mumkin.

Elektrolit qo'shimchalari MSVning yuvish ta'sirini ko'paytiradi, ammo talab yetilgan moylash ta'siriga ega emas.

Emulsollar. Mineral moylar, emulgatorlar va ingibitorlar asosida yaratiladigan emulsollarning suvdagi eritmasi ma'lum. Tarkibida: natriy sulfonati 10-12, natriy nitriti 0,5, fosfat trinatriy 0,5, kalsininasiya kukuni 5, AS-6 moyi va qolgan qismi suv bo'lgan emulsol NGL-205 ni misol tariqasida keltirish mumkin. "EMUS" emulsoli quyidagi tarkibga ega: uch natriyfosfat bilan neytrallashtirilgan neft sulfokislotasi 60-70; gliserin va (yoki) kerosin (0-10), kalsinasiyalashgan kukin 3-5 va qolgan qismi suv.

Sovutish-moylash suyuqliklarida ishlov berilayotgan material fizik-kimyoviy tuzulishiga qarama-qarshi bo'lgan qutblanmagan qo'shimchalarning (neft va tabiiy

moy, kerosin va sh.k.) mavjudligi muhitning dispergir ta'sirini kamaytiradi. MSV tarkibida moylash komponentlarining mavjudligi ishlov berishning yakunlovchi jarayonlaridan oldin detallarni yuvish va yog'sizlantirishni talab qiladi. Bu qo'shimcha vaqt sarfining oshishiga, sirt yuzalarda qo'shimcha qirilgan joylar va o'yiqlarning paydo bo'lish ehtimolligini ko'payishiga olib keladi. Emulsollarning ma'lum kamchiliklariga aralashmalarning beqarorligi, xizmat muddatining ozligi, qo'llashda yomon ekologik ko'rsatkichlari kiradi.

Sirtqi-faol moddalar (SFM). Shishalarga mexanik ishlov berish sifatini oshirishning asosiy yo'llaridan biri - kesish sohasida kuch yuklanishini kamaytirishdir. Tarkibida plastifisirlovchi va dispergirlovchi ta'sirga ega kimyoviy faol bo'lmagan qo'shimchalar mavjud MSV lar yordamida to'qnashish sohasida kuchlanish qiymatlarini kamaytirish mumkin. Bunday qo'shimchalarga avvalo qattiq jismlar yuzalariga plastik deformasiya ishini (Rebinder effekti) ozaytirish hamda sirt energiyasini kamaytirish hisobiga sirt mustahkamligini pasaytiruvchi imkoniyatga yuqori adsorbsiya qobiliyatiga ega SFM mansub.

Sirtqi-faol qo'shimchalar muhitning dispergirlash xususiyatini oshiradi, ularni ishlov berilayotgan material yuzasiga yoyilish va ho'llanish qobiliyatini ishlov berilayotgan sohada oshirish qobiliyati sababli yetib borishini yaxshilaydi, shuningdek asbob va buyum yuzalari orasida ekranlash plyonkalarini hosil qilishga imkon yaratadi.

SFM qo'shimchalaridan foydalanish borasida amaliy tadqiqotlar orasida MSV komponentlari sifatida V.N.Latbishev ilmiy maktabi tomonidan qilingan ishlarni alohida ko'rsatish mumkin [1]. Masalan, polikorundli keramikaga ishlov berish uchun eng samarali ishqalanishga qarshi qo'shimcha bo'lib anionfaol SFM DNS-A (sulfoyantar kislotasining dinatriy tuzi) hisoblanadi. Shuningdek, 1-2% gacha SFM qo'shimchalari nafaqat ishqalanishni kamaytiradi, balki muhitning yuvish xarakteristikalarini kuchaytiradi, natijada "tuzlashish" effektining kamayishiga hamda abraziv asbob yeyilishga chidamliligini oshirishga olib keladi. Ishlab chiqarishdagi sinov natijalari tekis jilvirlash operasiyalarida ishlab chiqilgan tarkibning yuqori samaradorlikka egaligini ko'rsatdi (2-rasm). "Progress" seriyasidagi MSV So t=4 dan 12 m/min bo'yicha ishlov berish maromlarida termik barqarorlik nuqtai nazaridan xavfsiz sohaga ko'chirish orqali kesish haroratini 10..15% ga kamaytirishi, mikrog'adir-budirlik balandligi Ra = 1,3 dan 1,05 mkm oraliqqacha tushirishi va texnologik yaroqli polikorund taglik chiqishini 2..2,5 barobar ko'patirishi aniqlandi. Yarimo'tkazgichlarga ishlov berish uchun "Progress-5" va "Progress-6" MSV tarkibi taklif qilingan bo'lib, ular yordamida kesish kuchi, to'qnashish sohasidagi harorat, ishlov berilgan plastina g'adir-budirligi va buzilgan qatlam chuqurligini sezilarli kamaytiradi.

Shishalarni jilvirlash jarayonida sintetik MSV ta'sirini tadqiq etish bo'yicha olib borilgan zamonaviy ishlardan L.P.Kalafatov ishi alohida e'tiborga moyil. Muallif sirtqi -faol moddalarning suvdagi eritmasidan iborat oqilona tarkibni taklif qiladi [2]. Taklif

qilinayotgan MSV asosi sifatida tayyor sintetik yuvish vositasi "Syurpriz" tarkibi: oksietillashgan yog'li sprit - 6-8%, alkilmonosulfatlar - 10-12%, sintetik yog'li kislota sovuni - 5-5,4%, tripolifosfat - 25-26% va b. Ko'rsatib o'tilgan tarkibning yuvish vositasini MSV sifatida ishlatishdan avval suvda eritish kerak (og'irligi bo'yicha umumiy massaning 0,5-1,5% ). Uning oqilona qo'llash sohasi - shisha va sitallarni qora va yarim toza jilvirlash operasiyalari. Ancha chuqur qatlamlarda kam nuqsonli strukturali birikma buzilgan qatlam xajm sirtida yoriqlarni rivojlanishining dispergirlovchi layoqati hisobiga yaratilgan muhit keyingi texnologik operasiyalarda ishlov berish vaqtini kamayishiga imkon beradi.

Muallif ta'kidlaydiki, taklif etilayotgan muhitni qo'llash nuqsonli qatlam chuqurligini kamaytirishda ishlab chiqarishda qo'llaniladigan suvga solishtirilganda birlik nuqsonlarni 1,4-3,5 marotaba, o'rtacha 30% kamaytiradi. Bu esa ishlov berish sifati va buyum mustahkamligiga ziyon yetkazmasdan jilvirlash o'tishini 30-50% ga ko'paytirish imkonini berdi. SFM ta'siri ostida sirtqi qatlamning puxtaligini kamayishi uning barqarorligini oshirish orqali asbobning ekspluatasiya sharoitini yaxshilaydi.

SFM qo'shimchalaridan foydalanishning ma'lum texnologik afzalliklariga qaramay ta'kidlash lozimki, shishani ishlov berish jarayonlariga SFM ta'siri to'liq tadqiq qilinmagan va muayyan shisha turlarini jilvirlash uchun aniq MSV tarkibini aniqlash uchun jiddiy ilmiy asos yo'q. Shu sababli sintetik MSV assortimenti alohida empirik topilmalari bilan chegaralanadi.

XULOSA

1. Maksimal maqbullashgan funksional xossalarga ega MSV ni qo'llash orqali shisha va boshqa yuqori qattiqlikka ega hamda mo'rt metalmas materiallarga (mineral keramika, monokristalli yarimo'tkazgich) abraziv ishlov berish sifatini sezilarli oshishiga erishish mumkin.

2. Abraziv ishlov berish natijalari ishlov berilayotgan materialning fizik-kimyoviy xossalariga, texnologik parametrlariga va atrof-muhitga bog'liq bo'ladi. MSV yaratilayotganda materiallar mo'rtligi, kesish sohasidagi harorat, ishlov berishning yuqori tezligi va boshqa omillarni hisobga olish kerak. Aniq bir MSV ni qo'llanganda maksimal samaradorlik faqatgina uning funksional: sovutish, moylash, yuvish va plastifisirlash xossalari to'liq amalga oshgandagina erishish mumkin.

3. Aniq material uchun MSVni faqatgina kesish sohasidagi to'qnashish jarayonlarining fizikasi va kimyosini chuqur va hamma tomonlama tahlil qilish asosida yaratish mumkin. Fizik-kimyoviy xossalari asosida MSV samaradorligining nazariy asosini yaratish dolzarbligicha qoladi.

REFERENCES

1. Б.Н.Файзиматов, Ю.Ю.Хусанов, Д.М.Эргашев Автомобил ойналарга механик ишлов бериш жараёнларига мойлаш совутиш технологик воситасининг таъсири.

Фаргона политехника институти Илмий-техника журнали, Фаргона, 2018, Том 22. №4, Б. 60-67.

2. Б.Н.Файзиматов, Ю.Ю.Хусанов, Д.М.Эргашев. Автомобил ойналарини сифатини оширишда мойлаш суюклигини оптимал таркибини аниклаш. Фаргона политехника институти Илмий-техника журнали, Фаргона, 2018, Том 22. №3, Б.31-36.

3. Б.Н.Файзиматов, Ю.Ю.Хусанов, Д.М.Эргашев. Механик ишлов беришда шиша юзалари сифатини шакллантиришдаги муаммолар. Фаргона политехника институти Илмий-техника журнали, Фаргона, 2018, Том 22. №2, Б. 36-40.

4. Fayzimatov S. N., Xusanov Y. Y., Valixonov D. A. Optimization Conditions Of Drilling Polymeric Composite Materials //The American Journal of Engineering and Technology. - 2021. - Т. 3. - №. 02. - С. 22-30.

5. Fayzimatov B. N., Xusanov Y. Y. PROBLEMS OF GLASS SURFACE QUALITY FORMATION FOR MECHANICAL PROCESSING //Scientific-technical journal. -2018. - Т. 22. - №. 2. - С. 35-39.

6. Xusanov Y. Y., Valixonov D. A. O. G. L. POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARDAN TAYYORLANGAN DETALLARNI PARMALASHNI ASOSIY KO 'RINISHLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 11691174.

7. Хусанов Ю. Ю., Мамасидиков Б. Э. У. ПОЛИМЕР КОМПОЗИТ МАТЕРИАЛЛАРНИ ПРАМАЛАШДА КИРИНДИ ^ОСИЛ БУЛИШ ЖАРАЁНИ ТАДЖИК КДЯИШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 95-104.

8. Хусанов Ю. Ю. Мамасидиков БЭУ ПОЛИМЕР КОМПОЗИТ МАТЕРИАЛЛАРНИ ПРАМАЛАШДА КИРИНДИА ОСИЛ БУЛИШ ЖАРАЁНИ ТАДЖИК КИЛИШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 95-104.

9. Хусанов Ю. Ю., Таштанов Х. Н. У., Сатторов А. М. МАШИНА ДЕТАЛЛАРНИ ПАРМАЛАБ ИШЛОВ БЕРИЛАДИГАН НОТЕХНОЛОГИК ЮЗАЛАР ТУРЛАРИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 1322-1332.

10. Хусанов Ю. Ю., Тухтасинов Р. Д. У. ПОЛИМЕР КОМПОЗИТ МАТЕРИАЛЛАРГА МЕХАНИК ИШЛОВ БЕРИШНИНГ ЗАРУРАТИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 866-869..

11. Хусанов Ю. Ю., Анвархужаев Т. Б. У., Рахмонов С. Ш. У. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИИ БОРИРОВАНИЕ СТАЛЕЙ ИЗ ОБМАЗОК ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЖАРОСТОЙКОСТИ И ИЗНОСОСТОЙКОСТИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 1449-1454.

12. Файзиматов Б. Н., Мирзаев М. А. У. КЕСУВЧИ АСБОБНИНГ КЕСУВЧИ КИСМИНИ ЕЙИЛИШИНИ ВИБРОАКУСТИК УСУЛ БИЛАН АНИКЛАШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 794-801.

13. Файзиматов Ш. Н., Анвархужаев Т. Б. У., Рахмонов С. Ш. У. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИИ БОРИРОВАНИЕ СТАЛЕЙ ИЗ ОБМАЗОК ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЖАРОСТОЙКОСТИ И ИЗНОСОСТОЙКОСТИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 1455-1460.

14. Файзиматов Ш. Н., Рустамов М. А. Аэродинамический эффект для автоматизации процесса перекачки химических агрессивных реагентов //Современные исследования. - 2018. - №. 6. - С. 112-115.

15. Fayzimatov S., Rubidinov S. DETERMINATION OF THE BENDING STIFFNESS OF THIN-WALLED SHAFTS BY THE EXPERIMENTAL METHODOLOGICAL METHOD DUE TO THE FORMATION OF INTERNAL STRESSES //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. -Т. 6. - №. 2. - С. 5-5.

16. Мамуров Э. Т., Косимова З. М., Собиров С. С. РАЗРАБОТКА ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ CAD-CAM ПРОГРАММ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 574-578.

17. Мамуров Э. Т., Косимова З. М., Джемилов Д. И. Повышение производительности станков с числовым программным управлением в машиностроении //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 454-458.

18. Файзиматов Ш. Н. и др. КИЧИК ДИАМЕТРГА ЭГА БУЛГАН ЧУ^УР ТЕШИКЛАРНИ ДОРНАЛАР ЁРДАМИДА ИШЛОВ БЕРИШДА ЮЗА АНЩЛИГИНИ ОШИРИШ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 181-187.

19. Файзиматов Ш. Н. Шухрат Махмуджонович Абдуллаев, and Ахаджон Акрамжон угли Улмасов." КИЧИК ДИАМЕТРГА ЭГА БУЛГАН ЧУЛ УР ТЕШИКЛАРНИ ДОРНАЛАР ЁРДАМИДА ИШЛОВ БЕРИШДА ЮЗА АНЩЛИГИНИ ОШИРИШ." //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - С. 181-187.

20. Файзиматов Ш. Н., Абдуллаев Ш. М. Дорналар ёрдамида кичик улчамли чукур тешикларга ишлов бериш аниклиги ва самарадорлигини ошириш //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 851-856.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.