POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARDAN TAYYORLANGAN DETALLARNI PARMALASHNI ASOSIY KO'RINISHLARI
Yunusali Yuldashalievich Xusanov Dostonbek Azim o'g'li Valixonov
Farg' ona politexnika instituti Farg' ona politexnika instituti
yunusali 1987@mail.ru dostonbekvalixo@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada polimer kompozit materiallardan tayyorlangan detallarni parmalashning asosiy ko'rinishlari keltirilgan. Parmalanganda teshik devorlarini titilib ketishi, teshik qirg'oqarini yorilishi va qirindini parmaga yopishib qolishi keltirilgan
Kalit so'zlar: parma, material, teshik, devor, qirindi.
BASIC VIEWS OF DRILLING DETAILS MADE OF POLYMER COMPOSITIVE MATERIALS
Yunusali Yuldashalievich Khusanov Dostonbek Azim ugli Valikhonov
Fergana Polytechnic Institute Fergana Polytechnic Institute
yunusali 1987@mail.ru dostonbekvalixo@gmail.com
ABSTRACT
This article presents the basic views of drilling details made of polymer composite materials. It is said that when drilling, the walls of the hole are cracked, the edge of the hole is cracked and the chip sticks to the drill.
Key words: driling, material, hole, wall, shavings.
KIRISH
Polimerdan tayyorlangan yaxlit materialdagi teshiklar odatda ikkita kesuvchi qirrali parma bilan parmalanadi.Teshik devori va tashqi yuza o'rtasida parma ishqalanishni yuzaga keltiradi. Parma va teshik sirti orasidagi zich bog'lanish tufayli teshikdan qirindilarning chiqishi qiyinlashib borgani sari teshik chuqurroq bo'lib boradi. Issiqlik o'tkazishning kichikligi, termik kengayish koeffitsientining kattaligi, yumshatish haroratining pastligi va plastmassa egiluvchan tiklanish qiymatlarining yuqoriligi oqibatida teshik devorlari va parma orasidagi ishqalanishlarni kattalashtiruvchi parmalash jarayonida teshiklar sirtlari kirishib ketishga moyil bo'lib qoladi. Bu hodisalar teshikning tashqi ko'rinishiga, o'q bo'ylab yo'nalgan kuchga, aylanish vaqtiga va hosil bo'luvchi qirindilarga ta'sir etadi. Teshikning tashqi ko'rinishiga, shuningdek, parmaning shakli ham ta'sir etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
1-rasm. Parmaning chiqishi (a) va kirishida (b) teshik sirtlarining qatlamga ajralishi 2-rasmda standart parmada va ikki yoqli parmalar yordamida parmalangan teshik devorlarining tashqi ko'rinishi ko'rsatilgan. Parma diametri 8,1 mm, yuqori burchagi 100°, orqa burchagi 15°, n=2000 ayl/daq, s=0,05 mm/ayl.Tasvirning yuqori yarim bo'lagida teshikning parmaning materialga kirgandagi, pastki qismida esa chiqqandagi qirrasi tasvirlangan.Teshik qirralari atrofidagi yoriqlar burchak o'sishi bilan kattalashadi, o'z-o'zidan bunda parmaning old burchagi ham kattalashadi. Parmani vintli ariqchaning kichik qiyalik burchagi bilan qo'llashda teshik ichki sirtining erib ketishi ayniqsa, shiddatliroq kechadi.
2-rasm. Paraning chiqishidagi tashiklarning ko'rinishi: a,b-standart parma; v,g-ikki yoqli parma Teshik qirralari atrofida yoriqlarning vujudga kelish jarayoniga parmaning 2^ yuqori burchagi ham ta'sir ko'rsatadi. Yoriqlar o'ichami uzatilish va parmaning yuqori burchagiga bog'liq ravishda o'zgaradi. Yuqori burchakning kattalashishi bilan yoriqlar kattalashadi, o'z-o'zidan qirindilarning qalinligi ham ortadi. (3 rasm.).
PKM parma yordamida ishlov berishda yoriqlar miqdori maxsus konstruksiya vositasida minimumga olib boriladi. 4 b rasmda ko'rsatilgan konsruksiya parmasi ikki pog'onali yuqori burchakka ega bo'ladi. Bu turdagi parmaning ikkinchi kesuvchi cheti yordamida kesilgan qirindi qalinligi kichiklashadi va shu tufayli teshik qirralarining atrofida yoriqlar hosil bo'lmaydi.
80°
100°
120 140°
Parmaning yuqori burchagi 3-rasm. Polimetilmetakrilatda parmalangan teshik qirralari bo'ylab yoriqlarning paydo bo'lishiga parma yuqori burchagining ta'siri 4v-rasmda parmaning kesuvchi qirralarini, shuningdek, old burchagini kichiklashtiruvchi charxli turi berilgan; bunday parma bilan yaxshi sifatli yoriqlardan holi ko'rinishdagi teshiklarga ega bo'lish mumkin.
PKM parmalash presslangan yoki qatlamli materiallardan tayyorlangan detallarga ishlov berish mobaynida keng qo'llaniladi. Biroq, ishlov berilayotgan materialda erib ketish, parmalangan teshik devorlariga qisilib qolish, teshik qirg'oqlari atrofida yoriqlar paydo bo'lishi kabi yuz berishi mumkin bo'lgan buzilish holatlaridan saqlanish oson emas.
4-rasm. PKM parmalashda parmalarning asosiy turlari
a - spiralsimon parma; b va v - maxsus spiralsimon parmalar; g - spiralsimon parmaning uch qirra bilan o'zgartirilgan tuzilishi; d - parrakli parma; e - maxsus parrakli parma; j - markazdan parrakli parma; z - ichi bo'sh parma.
4-rasmda oddiy spiralsimon parmadan, yuqori burchagi qo'shaloq charxli parmadan, kesuvchi qirralari charxli parmadan olingan qirindi tasvirlangan. Parma diametri d=8,1 mm, ®=270, a=150, n=2000 ayl/daq, s=0,05 mm/ayl. Oxirgi ikki turdagi parma bilan ishlash mobaynida silliq sirtli uzilmas qirindi olinadi, teshik qirralari atrofida yoriqlar hosil bo'lmaydi.
Parmalash jarayonida materialning egiluvchan deformatsiyasi va uning parmalashdan keyingi egiluvchan tiklanishi sezilarli darajada va parma orqa sirtining eyilib ketishiga va ishqalanish natijasida haroratning yuzaga kelishiga ta'sir etadi. Ishlov berilayotgan materialning egiluvchan deformaiyasi va egiluvchan tiklanishi oqibatida orqa burchak kichiklashib borgani sari o'q bo'ylab yo'nalgan kuch ortib boradi.
So'ngi yillarda yuqori darajada fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo'lgan polimer kompozitsion materiallarni (PKM) ulushi sanoatda jadal o'sib bormoqda. Ulardan ko'p detallar olish imkoni mavjud, hattoki bazi bir po'lat materiallarni o'rnini ham bosa oladi.
Metallarga nisbatan ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish harajatlari kamayishi, mahsulot ulushining pasayishi va materiallarning utilizatsiya qilishini ortishi bilan bog'liq.
Uglerod yoki ugleplastik bilan asoslangan polimer kompozit materiallari mashinasozlikda keng qo'llaniladi. Ushbu materiallar yuqori mustahkamlikga, elastiklik va past zichlik bilan ajralib turadi.
Bugungi kunga kelib sanoatda ishlov berish jarayonining samaradorligini oshirish uchun qirindilarni kesish muhitidan chiqarib olish muamosi aniqlandi. Ishlov berish jarayonida kesuvchi asbobning eyilishi sababli juda ko'p kesuvchi asboblar ishlatiladi.
Teshiklarga ishlov berishni yangi usullarni joriy qilish, kesish asboblarni va kesish usullarni maqbulini tanlash, yuzaning kerakli sifatiga erishish, ularning narxini arzonlashtirish va teshiklarning aniqligini oshirishga yordam beradi.
NATIJALAR
Amalga oshirilgan nazariy eksperimental tadqiqotlar asosida parmalash jarayonining sifati, aniqligi va samaradorligini oshirishini ta'minlaydigan PKM detallarini teshiklarni parmalashda texnikaviy uslublar ishlab chiqildi.
Polimer kompozit materilarni parmalashda tavsiya etilgan usuli, parmaning aylanish harakati va o'q bo'yicha siljishi davriy ravishda o'q bo'yicha siljishini to'xtab turish parmalashning kamida bir burilishida harakatlanishini bildiradi.
Tavsiya etilgan usul ishlov berish jarayonining dinamik xususiyatlarini barqarorlashtirida, qirindilarni ezish orqali ishlov berilgan teshiklarni sifatini yaxshilaydi, parma spirali bo'ylab qirindilarni chiqarib tashlaydi va ayniqsa avtomatik ishlov berishda qirindilarni olib tashlashni yaxshilaydi.
Usul quyidagi tartibda amalga oshtriladi. Dastgohda o'rnatilgan parma ishlov berish davomida ma'lum bir dastur bo'yicha shpindelning so'rilish harakatini
parmaning kamida bitta bo'rilishida to'xtatiladi. Buning natijasida ajralib chiqadigan qirindilar maydalanib chiqadi.
Tavsiya etilgan parmalash usulini oddiy parmalash bilan solishtirganda, ishlov berilgan teshiklarning sifati va parmaning chidamligi yaxshi baholangan.
Bundan tashqari oddatiy ishlov berilganda detal teshigidan parmaning chiqish joylarida nuqsonlar paydo bo'ladi. Tavsiya etilgan usulda parmalashda esa bunday nuqsonlar paydo bo'lmaydi.
Shunday qilib tavchiya etilgan parmalash usulida ishlov berilganda sifatli teshiklarga erishish imkonini berali.
Nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijasiga ko'ra PKM ishlov berishni unumdorlgini oshirish, sirt sifatiga va teshiklarning aniqligi muamosini ishlov berish usulini to'g'ri tanlash yo'li bilan hal qilindi.
Diametrik o'lchamlari va yumaloqlikdan chetga chiqish kordinatali o'lchash apparati yordamida amalga oshirildi.
XULOSA
1. Agar bo'ylama qism profilining og'ishiga minimal ta'sir ko'rsatadigan unumdorlikni oshirish kerak bo'lsa, birinchi navbatda surishni oshirish hisobga olish kerak.
2. PKM teshikining bo'ylama qismining yuzasi deyarli o'zgarmaydi, lekin parmalashda parma chiqadigan joyning yaqin qismlarida teshik diametrining o'zgarishi kuzatiladi.
3. Dumaloqlikning og'ishlarini o'rganishda kesish tezligi va surish omillaridan kelib chiqadigan statistik ahamiyatga ega qonuniyatlar topilmadi.
REFERENCES
1. Using gaming technologies in engineering graphics lessons V Dostonbek, A Saydullo - ACADEMICIA: An International Multidisciplinary ..., 2020
2. Optimization Conditions Of Drilling Polymeric Composite Materials
SN Fayzimatov, YY Xusanov, DA Valixonov - The American Journal of Engineering and Technology, 2021
3. Исследование формы сороудалительной сетки колково-барабанного очистителя хлопка-сырца
ДА Усманов, АА Холмурзаев, МО Умарова... - Проблемы современной науки и образования, 2019
4. ПРИМЕНЕНИЕ ПНЕВМОВИХРЕВОГО ЭФФЕКТА ДЛЯ АВТОМАТИЗАЦИИ ПРОЦЕССА ПЕРЕКАЧКИ АГРЕССИВНЫХ СРЕД USING THE PNEUMOVORTICAL EFFECT METHOD FOR AUTOMATED PUMPING OF AGGRESSIVE MEDIA
ШН Файзиматов - Ученые записки Комсомольского-на-Амуре 2011
5. Автоматизация назначения режимов обработки и интегрирование конструктивных параметров комбинированного импульсно-ударного центробежного раскатника с системой Компас 3D
ШН Файзиматов, ББУ Маткаримов - Academy, 2016
6. АВТОМАТИЗАЦИЯ ПРОЦЕССОВ УСТАНОВКИ И СБОРКИ ЗАКЛЕПОК В ОТВЕРСТИЕ С ГОРИЗОНТАЛЬНОЙ ОСЬЮ
ШН Файзиматов - Техника и технология, 2012
7. АВТОМАТИЗАЦИЯ И УПРАВЛЕНИЯ ТЕХНОЛОГИЧЕСКИМ ПРОЦЕССОМ ТРАНСПОРТИРОВКИ МЕЛКИХ ШТУЧНЫХ ИЗДЕЛИЙ В ПРОИЗВОДСТВЕ ШН Файзиматов - Аспирант и соискатель, 2012
8. Experimental determination of the operating parameters for finishing-strengthening treatment of cylindrical surfaces
ШН Файзиматов - Научная перспектива, 2011
9. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДИК ИНТЕРАКТИВНОГО ОБУЧЕНИЯ СВ Балашов, ИВ Вернер, ВИ Бышевский
10. Исследование эффективности очистки хлопка-сырца от мелких сорных примесей
ДА Усманов, МО Умарова, ДТ Абдуллаева... - Проблемы современной науки и образования, 2019
11. Развертка призматического колена
АМ Хусанбоев, ААУ Ботиров, ДТ Абдуллаева - Проблемы современной науки и образования, 2019
12. FFECT OF RADIATION ON PHYSICAL-MECHANICAL PROPERTIES OF SILK THREADS.
AM Khusanbaev, JZ Madaminov, ZN Oxunjonov - Theoretical & Applied Science, 2020