ASHTARXONIYLAR DAVRIDA YOZILGAN MANBALARDA ASHTARXONIYLAR DAVRNING SIYOSIY HAYOTI
To'lqin Mamatqobulov
Toshkent viloyati, Qibray tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi tarix o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Tarixiy manbashunoslikda Ashtarhoniylar (1601-1756) davri tarixini yorituvchi adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etib, ular O'zbekiston tarixining XVIII asr o'rtalariga qadar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni yoritishda xizmat qiladi. Bugungi kunda ushbu davrga oid turli ko'rinishdagi yozma manbalar nashr etilgan bo'lsa ham, ularda aholining etnik tarkibi masalasi nisbatan kam yoritilganligi bilan harakterlanadi.
Kalit so'zlar: Ashtarxoniylar, Buxoro xonligi, "Tarixi olmaroyi Abbosiy", "Bahr ul-asror", "Ubaydullanoma", "Tarixi Muqimxoniy", "Tarixi qipchoqxoniy", Movarounnahr, Mahmud ibn Vali, Muhammad Yusuf Munshiy, Muhammad Amin Buxoriy, Xo'jamqulibek Balxiy.
SOURCES WRITTEN IN THE ASHTARKHAN PERIOD POLITICAL LIFE OF
THE ASHTARKHAN PERIOD
ABSTRACT
The literature on the history of the Ashtarkhanids (1601-1756) plays an important role in historical source studies, they serve to cover the political, economic, social and cultural processes in the history of Uzbekistan until the middle of the XVIII century. Although various written sources of this period have been published today, they are characterized by relatively little coverage of the issue of ethnic composition of the population.
Keywords: Ashtarkhanids, Bukhara khanate, "Historical apple Abbasid", "Bahr ul-asror", "Ubaydullanoma", "History of Muqimkhaniy", "History of Kipchak", Movarounnahr, Mahmud ibn Wali, Muhammad Yusuf Munshi, Muhammad Amin Bukhari, Khojamqulibek Balkhi.
XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo xonliklarida qarama-qarshi va murakkab tarixiy jarayonlar kechdi. Ularni o'rganishda voqea-hodisalarga to'g'ri va xolis baho berishda bu davr oralig'ida yaratilgan manbalar mahalliy muarrixlarning asarlari, arxiv hujatlari, Markaziy Osiyo hududiga XVI-XIX asrning birinchi yarmida tashrif buyurgan elchilar, sayohatchilar, harbiylar va boshqa shaxslarning xotiralari muhim o'rin tutadi.
XVII-XVIII asr boshlari tarixini bayon etuvchi Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma", Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning "Muhit ut-tavorix" (Tarixlar dengizi), Abdurahmon Tole'ning "Abulfayzxon tarixi", Muhammad Yusuf Munishiyning "Muqimxon tarixi" asarlari shu davrning mahsulidir. Bundan tashqari Mahmud ibn Vali ( "Bahr-ul asror"), Xoja Samandar Termiziyning "Dastur al-muluk" asari, Mir Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma", Muhammad Vafo Karmanagiyning "Tuhfat ul-xoniy", Abdurahmon Davlatning "Tarixi Abulfayzxon" kabi tarixiy asarlari yaratildi1. Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-y vafot etgan) ning ijodi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-mulk" (Podshohlar uchun dastur) asarini Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqidagi asardir. Mutribiyning "Tazkirat ush-muaro" Salexo Samarqandiyning "Muzakkir ul-ashob" (1602-y), Mulla Sodiq Samarqandiyning "Riyoz ush-shuaro" kabi tazkiralarida davr ilmiy muhiti haqida keng tasavvur beradi.
"Matlab ut-tolibin"("Haqiqat izlovchilarning maqsadi") Tojiddinning o'g'li AbulabbosMuxammad Tolib tomonidan 1663/64 yili yozib tamomlangan. Unda mashhur Jo'yboriy xojalardan xoja Muxammad Islom, xoja Sa'd, xoja Tojiddin Xasan, xoja Abduraxim (1575-1629), Abdixoja (1577-1607) va Muxammad Yusufxoja (1595-1652)larning xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bayon etilgan shuningdek ushbu asarda ular istiqomat qilgan Buxoro shahri va viloyati hududi, undagi savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yoritiladi hamda Jo'ybor shayxlarining faoliyati va ularning vaqf mulklari sanab o'tiladi. "Matlab ut-tolibin" faqat biografik asar bo'lib qolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid hamda Buxoro xonligi bilan Hindiston o'rtasida munosabatlarga tegishli o'ta muhim ma'lumotlar mavjud. Shuning uchun ham undan V.L.Vyatkin va P.P.Ivanov Jo'yboriy xojalarning yer-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan. Muhammad Tolib haqida quyidagilar ma'lum. Asarda uchragan ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, otasi 1608-yili vafot etganida u 39 yoshda bo'lgan. Shuni e'tiborga olinadigan bo'lsa, muallifning tug'ilgan yili 1569-yil bo'lib chiqadi. U xoja Tojiddin Xasanning ikkinchi o'g'li bo'lib, hamma vaqt otasi bilan birga Buxoroda istiqomat qilgan. 1623-yili ota-bola Balxga borganlar. Muhammad Tolibning ham xo'jaligi katta bo'lgan. Otasidan olgan ulushidan tashqari, 1632-1633 yillari befarzand xolasining yer-suvi va boshqa mulki ham unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga baholangan. "Matlab ut-tolibin" tarkibi an'anaga binoan muqaddima, xotima va sakkiz bobdan iborat. Muqaddimada an'anaviy fotixa va hamdu sanolardan keyin, mazkur asarni yozishda muallif o'z oldiga qo'ygan vazifalar haqida so'z yuritiladi va asar mundarijasi keltiriladi. Lekin keyinroq atroflicha o'rganilgan "Baxr ul-asror", "Tarixi
1Tarixiy manbashunoslik. Tuzuvchilar: A.A. Madraimov, G.S. Fuzailova. - T.: Fan, 2006. - B. 253-259.
2 Ar3aMOBa r.A. CyHrra ypTa acpnap YpTa Ocne maxapnapnga xyHapMaHgnnnHK .- T., 2000. - E. 53.
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 421
olamoroyi Abbosiy", "Silsilot us-salotin" asarlarida bu voqea xijriy 1009, milodiy 1601-yili sodir bo'lgani ochiq aytilgan. "Matlab ut-tolibin"da shu fikr aniq va ishonarli dalillar bilan e'tirof qilingan. Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning o'g'li va taxt vorisi Abdulmo'min sulton o'rtasida boshlangan ziddiyat haqidagi ma'lumotlar tariximizning yaxshi yoritilmagan masalalariga aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan beshinchi bobda keltirilgan ma'lumotlar diqqatgan sazovordir. Bulardan biri, Jo'yboriy xojalarning mol-mulki yil sayin ortib borishidir. Masalan, xoja Sa'dning vorisi xoja Tojiddin Hasanning mol-mulklari orasida yangilari, yangi qurilgan Xasanobod qishlog'i, 50 nafar chorbog', 20 qator tuya va boshqalar ham bo'lgan. Shuni ham aytish kerakki, xoja Tojiddin fiqh, hadis va tarixga oid qimmatli kitoblar yig'ishga ham e'tibor bergan. "Matlab ut-tolibin" da keltirilishicha, uning kutubxonasida 1000 jild qimmatli qo'lyozmalar saqlangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib yozilgan
"5
kitoblar bo'lgan. Keltirilgan parchadan qurol-yaroqchining vazifalari va huquqlari, ortiqcha izohsiz ham ko'rinib turibdi. Abdixo'janing XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining ichki ahvoli va uning mamlakatning siyosiy hayotida tutgan o'rni va mavqeyi haqida asarda quyidagi ma'lumotlarni uchratamiz. So'nggi Shayboniy Pirmuhammad Soniy (1598-1601) davrida mamlakatning ichki ahvoli beqarorlikka yuz tutdi.Shu payt Abdixoja Buxoroni tark etib Samarqandga bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi Muxammadning omadi yurishib, toj-taxtni egallaguday bo'lsa, ikkalari davlatni birgalashib boshqarishga ahd qildilar. "Matlab ut-tolibin"da Boqi Muhammadxonning mana bu so'zlari keltiriladi; "Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bo'lsak, unda mamlakatni Siz, men va Vali Muxammad o'rtasida uchga taqsimlaymiz..." Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixo'ja Boqi Muhammadxonnga murojaat qildi; "Tabriklaymiz, ulug' ajdodlarimiz Sizga poytaxt shahar Buxoroni in'om qiladilar" Boqi Muhammadxon (ichiga sig'may) suyunib ketdi va singlisini Abdixo'jaga xotinlikka berdi. Odatda, shaharlarning mavjudligini va yurt aholisining to'kin hayotini bozorlar ko'rsatgan. Bozorlarning katta-kichikligi, boyligi va boshqa jihatlari shaharlarning mamlakatda tutgan o'rni va siyosiy vaziyat bilan bog'liq bo'lgan. Ushbu asarda esa Buxoro shahrining bozorlari va undagi rastalar ham tasvirlanadi.4
I. A. Remez, K. A. Sheyko, K. Z. Hakimova, L. N. Kravets, A. Ya. Sokolov, M. A. Boboxo'jayev tadqiqotlarida Buxoro xonligi ichki va tashqi siyosati, qishloq xo'jaligi, haqida ma'lumotlar tahlil etilgan.Albatta ularning hammasi manbalarni o'rgangan holda buni talqin qilishgan.
Mazkur davr tarixini yoritgan xorijlik tadqiqotchilar guruhini M. Xoldsvort, G. Meyendorf, G. Bonvalot, Jorj Fredrik Rayt, J. Kunit va h. k. tadqiqotchilar asarlari tashkil etadi. Mazkur olimlar ishlarida Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
3 Ефремов Ф. Девятилетнее странствование. -М., 1950. - С. 26.
4 Агзамова Г.А. Сунгги урта асрлар Урта Осиё шадарларида хунармандчилик.- T., -Б.39.
tarixi, jumladan, davlat boshqaruvi masalalari tahlil qilingan. Ayniqsa, Angliya hukumatining Osiyoga nisbatan olib borgan siyosati natijasida ingliz tarixchilari Buxoro xonligi tarixiga taalluqli voqea-hodisalarni muntazam o'rganganlar. Ingliz tadqiqotchisi Meri Xoldsvort Buxoro tarixini o'rganib, XVIII asrda ikkita asosiy sabablarga ko'ra Buxoro, Qo'qon va Xorazm tarixini o'rganishda zarur deb yozadi. Birinchi sabab, XVIII asr oxirida yoki undan oldinroq harbiy imperiyaning bir qismiga aylangan hududlar tarixini, shahar tarixi bilan birga ichki urf-odatlar hamda Buxoro xonligini Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan taqqoslash, tashqi aloqalarini o'rganishda. Ikkinchi sabab, ingliz kitobxonlari uchun Buxoroo xalqlari, uning o'tmish tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etish. Meri Xoldsvortning "Turkestan in the ninetteenith. Centry. A brief histore of the Khanates of Bukhara, Kokand and Khiva" asarida Buxoro amirligining tashqi iqtisodiy ahvoli Buxoro - Afg'oniston, Buxoro - Eron o'rtasidagi elchilik aloqalari, tashqi savdo munosabatlariga doir ma'lumotlar keltirilgan.5
Jorj Frederik Raytning "Rossiya Osiyosi" kitobida Markaziy Osiyoning moddiy madaniyatiga doir tarixiy manbalar, Buxoro - Rossiya, Buxoro - Afg'oniston, Eron -Hindiston munosabatlari haqida ma'lumotlar o'z aksini topgan.6 Joshua Kunitning "Samarqand bo'ylab tong, O'rta Osiyoning qayta tug'ilishi" nomli asarida Buxoro xonligida davlat boshqaruvi tizimi quyidagicha izohlangan: "Xonning hokimiyati mutloq edi. Turli muassasalar boshliqlari, hokimlar u tomonidan tayinlanar va faqat unga mas'ul edi. Mamlakat ma'muriy birlashmalar, viloyatlar, tumanlar va qishloqlarga bo'linardi. Ma'muriy amaldorlar beklar, amloqdorlar oqsoqollar edi". Mavzu tarixshunosligining tahlili shuni ko'rsatadiki, Buxoro xonligining tarixshunosligi masalasi nafaqat mahalliy, balki xorij tarixshunosligida ham alohida tadqiqot ob'ekti bo'lgan. Xonlik tarixiga oid yaratilgan tadqiqotlar va nashrlarda asosiy e'tibor Buxoroning siyosiy tarixi, Rossiya bilan munosabatlari, davlat tuzilishi, boshqaruvning xususiyatlari kabi masalalarga qaratilgan.
REFERENCES
1. Tarixiy manbashunoslik. Tuzuvchilar: A.A. Madraimov, G.S. Fuzailova. - T.: Fan, 2006.
2. Агзамова Г.А. Сунгги урта асрлар Урта Осиё шахдрларида хунармандчилик .Т., 2000.
3. Давидович Е.А. Денежное хозяйство Средней Азии в XIII веке - М.: "Наука" Главная редакция восточной литературы, 1992.
4. Ефремов Ф. Девятилетнее странствование. -М., 1950. - С. 26.
5 Holdsworih. Turkestan in the nineteenth century. A Briet History ofthe khanates of Bukhara, Kokand and Khiva. Oxford, 1959. - P. 84.
6 Wright George Fredorick. Asiatic Russia. - New York, 1903. 2 vols. - P. 58.
7 Kunitis J. Dawn over Samarkand The rebirth of Central Asia. - New York, 1935. - P. 22 - 23.
5. Небольсин Б. И. Очерки торговли России с странами Средней Азии (Хивой, Бухарой и Кокандом). - СПб., 1856.
6. Holdsworih. Turkestan in the nineteenth century. A Briet History ofthe khanates of Bukhara, Kokand and Khiva. - Oxford, 1959. - P. 84.
7. Kunitis J. Dawn over Samarkand The rebirth of Central Asia. - New York, 1935.
8. Wright George Fredorick. Asiatic Russia. - New York, 1903. 2 vols. - P. 58.