Научная статья на тему 'ARTISHOK NAVLARINING O‘SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI'

ARTISHOK NAVLARINING O‘SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

101
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
introduksiya / mikroelementlar / vegetasiya / g„unchalash / gullash / mevalash / urug„ / dorivor / yem-xashak / o„sish / rivojlanish / hosildorlik. / introduction / micronutrients / vegetation / budding / flowering / fruiting / seed / medicinal / fodder / growth / development / yield.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Eldor Erxonovich Isomov, Zebiniso Baxramovna Nomozova

Artishok navlari O„zbekiston uchun noan‟anaviy bo„lgan istiqbolli qimmatbaho o„simlik bo„lib, undan yashil holida silos, senaj, quruq yem-xashak, oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo va chorva mollariga ozuqa sifatida muhim ahamiyatga egadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The artichoke is a promising valuable plant, unconventional for Uzbekistan, and in its green form it is important as silage, haylage, dry fodder, raw material for the food and pharmaceutical industries, as well as livestock feed.

Текст научной работы на тему «ARTISHOK NAVLARINING O‘SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI»

ARTISHOK NAVLARINING O'SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI

Eldor Erxonovich Isomov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'qituvchisi1

Artishok navlari O'zbekiston uchun noan'anaviy bo'lgan istiqbolli qimmatbaho o'simlik bo'lib, undan yashil holida silos, senaj, quruq yem-xashak, oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo va chorva mollariga ozuqa sifatida muhim ahamiyatga egadir.

Kalit so'zlar: introduksiya, mikroelementlar, vegetasiya, g'unchalash, gullash, mevalash, urug', dorivor, yem-xashak, o'sish, rivojlanish, hosildorlik.

The artichoke is a promising valuable plant, unconventional for Uzbekistan, and in its green form it is important as silage, haylage, dry fodder, raw material for the food and pharmaceutical industries, as well as livestock feed.

Keywords: introduction, micronutrients, vegetation, budding, flowering, fruiting, seed, medicinal, fodder, growth, development, yield.

Tadqiqotlarimiz Samarqand viloyati sharoitida Artishok "Imperial, Violetto, Green gold", navlarini o'rganishga bag'ishlangan. Artishok "Imperial, Violetto, Green gold", navlarining ontogenezi virginil (maysa, yuvinel, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqich), generativ (yosh, o'rta va qari) davirlarni o'z ichiga oladi. Biz o'rganayotgan artishok o'simligining navlari bargi va tovpguli ko'p miqdorda mikroelement, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa foydali moddalar mavjud. Keyingi yillarda dori-darmon vositalariga bo'lgan talabni mahalliy xom-ashyo hisobiga qondirish davri vositalarini respublikamizda ishlab chiqarishni hukumat darajasida e'tibor berilmoqda. Samarqand viloyatining turli iqlim sharoitlarida artishokning navlarining o'sish va rivojlanish xususiyatlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Zebiniso Baxramovna Nomozova

Samarqand davlat universiteti dotsenti eldor_isomov@mail.ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Artishok navlarining ontogenezi virginil (maysa, yuvinel, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqichlari), generativ (yosh, o'rta va qari), davrlarni o'z ichiga oladi.

Samarqand viloyati sharoitida introduksiya qilinayotgan artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlarini yer ustki organlarining ontogenezini o'rganish maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumanining sug'orilmaydigan va sug'oriladigan sharoyitlarda tajribalar olib borildi. Tuprog'i tipik bo'z tuproq. Sug'orilmaydigan maydonlardagi tajribalar Payariq tumanining o'tloqi bo'z tuptoqlari olib borildi. Tajribalarda shudgorlangan yer uchastkalari tanlanib, 0,10 sotix maydonda olib borildi. Tayyorlangan urug'lar 2020 yilning 5-7 mart kunlari ekildi. Tikanli artishokning ontogenezini o'rganishda T.A. Rabotnov [4-5], L.A. Jukova [6], Ye.L. Nuximovskiylar [7] tavsiya etgan usullardan foydalanildi.

Tajriba maydonchalariga ekilgan urug'lar unib chiqqach sug'oriladigan va sug'orilmaydigan sharoitlarda bir xilda ishlov berildi.

Virginil davri (V). Maysa bosqichi. Artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlari urug'larining unishi yer ustki bo'lib, asosiy ildizchaning paydo bo'lishidan boshlanadi. Bu ildiz 5-6 sm chuqurlikka yetganda gipokotil urug'palla barglarni yer ustiga olib chiqadi. Urug'palla barglar 2 ta etli, bo'yiga cho'zilgan, teskari tuxumsimon, to'q yashil rangli, silliq. Urug'palla barglar sug'oriladigan sharoitda 5256, sug'orilmaydigan sharoitda 42-49 kunni tashkil etib, bargning uzunligi sug'oriladigan sharoitda 4,8±1,2 sm, sug'orilmaydigan sharoitda 3,6±1,3 sm, barg eni mos ravishda 2,4±0,6; 1,7±0,6 sm ga yetdi. Birinchi barg uzunchoq nashtarsimon bo'lib, chetlari tekis qirqilgan, kumushsimon rangli tukchalar bilan qoplangan. O'simlikning o'sish davrida keyingi paydo bo'lgan barg yaprog'ining chetlari tishsimon qirqilgan. Barglarning paydo bo'lishi o'rtacha 5-6 kunga to'g'ri kelib, bu tur xususiyatlariga bog'liq, lekin o'sish sharoitiga ko'ra ham o'zgaruvchandir. Kuzatishlar natijasida ma'lum bo'ldiki, o'rganilayotgan o'simliklarda har bir navbatdagi barglar, sug'oriladigan sharoitda 2-4 kunga va sug'orilmaydigan sharoitda 5-6 kunda yuzaga keladi. Sug'oriladigan sharoitdagi o'simliklarning 4-5 barglarining uzunligi 18,3±2,7 sm, eni 9,5±0,7 sm, sug'orilmaydigan sharoitdagi o'simliklarning 3-4 barglarining uzunligi 15,4±2,3 sm, eni 7,6±1,2 sm bo'lganda, urug'palla barglari qurib to'kiladi va maysa bosqichi nihoyasiga yetadi.

Yuvenil bosqichi (J). Bu bosqichga o'tishda artishok navlarining yer ustki va yer ostki organlarida morfologik o'zgarishlar yuz beradi. Dastlab o'simlik barglarining uzunligi sug'oriladigan sharoitda 28,7±2,3,sm sug'orilmaydigan sharoitda 25,1±2,1 sm, barg eni

October 5-6

245

mos ravishda 12,7±1,8; 10,3±2,4 sm ni tashkil etdi.Yuvenil, immatur va voyaga yetgan vegetativ bosqichlari bir-biridan barg plastinkasining qirqilganlik darajasini murakkablashuvi bilan farq qiladi. Sug'oriladigan sharoitda o'sgan o'simlikda barglar soni 11,2±1,0 ta sug'orilmaydigan sharoitlarda 9,3±1,2 ta barglar hosil qilib, barg plastinkasining chetlari chuqurroq tishsimon qirqilgan. Har bir tishchaning uchida tikanchalar paydo bo'ladi.

Immatur bosqich (Im). Bu bosqichda o'simlikning barglar soni sug'oriladigan sharoitda 27,4±2,7 ta, sug'orilmaydigan sharoitda 23,4±2,4 ta bo'lib, uzunligi sug'oriladigan sharoitda 52,7±2,6 sm sug'orilmaydigan sharoitda 47,2±3,1 sm, barg eni esa mos ravishda 19,3±1,4 sm, va 16,7±2,2 sm ga yetdi. Barg plastinkasi sug'oriladigan sharoitda 12,5±0,4 ta sug'orilmaydigan sharoitda 16,3±1,0 ta bo'lakkacha qirqiladi, bunda qirqilganlik darajasi bargning asosiy tomirigacha yetib boradi. Bu bosqich sug'oriladigan sharoitda 50-55 kun, sug'orilmaydigan sharoitda 45-50 kungacha davom etadi.

Voyaga yetgan vegetativ bosqich (G1). Bu bosqichda artishok navlari barglarining soni sug'oriladigan sharoitda 60,7±5,1 sm sug'orilmaydigan sharoitda 51±6,7 ta bo'lib, uzunligi sug'oriladigan sharoitda 100,1±1,7 sm sug'orilmaydigan sharoitda 75,7±9,3 sm gacha, barg eni mos ravishda 38,4±2,3; 28,3±3,1 sm gacha yetdi. Barg plastinkalari sug'oriladigan sharoitda 23,6±2,4ta sug'orilmaydigan sharoitda 28,3±3,1 ta gacha bo'lakchalargacha qirqiladi. Bu bo'lakchalarning ham chetlari turli daraja va shakllarda qirqilgan bo'ladi. Demak, barglar ikki karra tishsimon qirqilgan. Barg plastinkasi ko'pincha, kumushrang mayda tukchalar bilan qoplangan. Barg plastinkasini barg bandi asosidagi bo'lakchalarining uzunligi sug'oriladigan sharoitda 9,3±2,2 sm sug'orilmaydigan sharoitda 7,7±2,7 sm, o'rta qismidagilari mos ravishda 38,8±3,0; 30,4±2,1 sm, uchki qismidagilari 22,7±2,7 va 14,8±4,3 sm.

Generativ davr (G2). Yosh generativ bosqichda. Artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlarning ikkinchi vegetatsiya yilida o'simliklarning kaudeksidagi 5-6 ta kurtaklardan generativ novdalar shakllanadi. Asosiy generativ novda ortotrop holatda o'sib, birinchi bo'g'imlar oralig'i juda qisqa bo'lganligidan, to'pbarglarni hosil qiladi [3]. May oyining ikkinchi o'n kunligida asosiy novdaning yuqorigi bo'g'imlari tezroq o'sadi, natijada birinchi tartibli novdaning uzunligi sug'oriladigan sharoitda 48,2±1,9 sm sug'orilmaydigan sharoitda 40,4±3,1 sm gacha yetdi. Har bir novdaning yuqorigi yarusidagi barg qo'ltiqlarida yon novdalar paydo bo'lib, ularning har biri savatcha to'pguli bilan tugallanadi.

Artishok navlarining gullash fazasida gul a'zolarining yetilib,

October 5-6

gullarning ochilishi, changlanish va urug'lanish jarayonlari bo'lib o'tgandan keyin savatchada urug'lar yetila boshlaydi. Mana shu paytda poya asosidagi to'pbarglari birin-ketin qurib to'kila boshlaydi. Bu vaqtda o'sgan o'simliklar novdalarining uzunligi sug'oriladigan sharoitda 1,8-2 m, sug'orilmaydigan sharoitlarda 1,5-1,8 m bo'lib, 50-60 donagacha II-III-IV-tartibdagi yon novdalarni hosil qiladi.

Qari generativ bosqich (G3). Bu o'simlikning 8-9- yiliga to'g'ri kelib, bu vaqtda kaudeksdagi kurtaklardan paydo bo'ladigan generativ novdalar soni sug'oriladigan sharoitda 1-2, sug'orilmaydigan sharoitda esa generativ novdalar xosil bo'lmaydi. Sug'orilmaydigan sharoitga artishok navlari o'simligini qari generativ bosqichga o'tishi 5-6 yillari kuzatiladi.

Artishok "Imperial, Violetto, Green gold" navlarining yer ustki organlarining o'sish va rivojlanishi turli sug'orish sharoitlarida bir-biridan keskin farq qilishi kuzatildi. Ikki xil sharoitda o'sgan o'simliklarni kuzatish natijasida ko'pchilik ko'rsatkichlar bo'yicha sug'oriladigan maydonlarda o'sgan o'simlik o'sishligi ko'rindi. Faqat immatur bosqichdagi o'simlikning barg plastinkasini bo'lakchalarga qirqilganlik darajasi yuqori bo'ldi. Bu xolatni o'simlikni qurg'oqchilikka maslanish xususiyati deb izoxlash mumkin. Bundan tashqari, Artishok navlari o'simligini sug'orilmaydigan maydonlari o'sgan. Artishok navlari o'simligini qari vegetativ bosqichga o'tish davri sug'oriladigan maydonda o'sgan.

REFERENCES

1. Бутник А.А. Адаптация анатомического строения видов семейства Chenopodiaceae Vent. к аридным условиям: Автореф. дисс... докт. биол. наук. -Ташкент, 1984. - С. 41-45.

2. Шамсувалиева Л.А. Формирование структуры вегетативных и генеративных органов видов родов Glycyrriza L. и Meristotropis Fisch.et Mey. В онтогенеза растений и в связи с галофактором: дисс...докт. Биол. Наук.-Ташкент.1999.-

3. Номозова З.Б., Нормуродов Х.Н. Cynara scolymus гулининг морфологияси ва очилиш механизми. Современные проблемы структурной ботаника: Материалы республиканской научной конференции. - Тошкент, 2010.-С.91-93

4. Работнов Т.А. Род Cynara L.- Артишок // Кормовые растения сенокосов и пастбищ СССР. - М.-Л.: 1956. Т.3. - С.626-627

5. Работнов Т.А. Методы определения возраста и длительности жизни у травянистых растений. М.-Л.: Изд. АН

С.84-92.

СССР, 1960. - С. 240-262.

October 5-6

6. Жукова Л.А. Некоторые аспекты изучения онтогенеза семенных растений //Вопросы онтогенеза растений. Изд. Йошкар-Ола, 1988. - С.3-14.

7. Isomov Eldor Erkhonovich, Yigitali Toshpulatov Influence of Soil Salt on Growth, Development and Seed Productivity of Artichoke Varieties. American Journal of Plant Sciences. 2022/5/16. 13.5. 557-563

8. Z. B. Nomozova E. E. Isomov CHEMICAL COMPOSITION OF CYNARA SCOLYMUS L. AT DIFFERENT VEGETATIVE PHASES. Samarkand Branch of Tashkent State Agrarian University (SAM TSAU) jointly with Latvia University of Life Science and Technology (LLU) 1/Volume 3/75-77. Academic research in educational sciences, 2022.

9. E.Isomov. Artishok "imperial" navining o'sish va rivojlanish fazalari. Agro inform agror iqtisodiy, ilmiy ommobob jurnal 4.4.81 bet 2021/12/15 Toshkent 2021.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.